Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022 31.05.2018 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2018 yildagi 409-son
Date of entry into force
05.06.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibini yanada takomillashtirish hamda soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bir oy muddatda diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun rozilik berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur qarorning mazmun va mohiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov va O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
409-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar), shuningdek diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bir diniy tashkilotning a’zosi bir vaqtning o‘zida boshqa diniy tashkilotning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida yoki tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa diniy tashkilotlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Diniy tashkilotlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda nazarda tutilgan summaning 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ustavining dublikatini olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan davlat boji va to‘lov qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga diniy tashkilotni tashkil etish bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy mobaynida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi)ning raisi va kotibi hamda diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organini tuzish tashabbuskorlari bo‘lgan o‘n sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkita asl nusxada notarial tartibda tasdiqlangan diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ta’sis yig‘ilishi bayoni va diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ustavi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;

diniy tashkilot ta’sischilari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusxalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi);

diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rozilik xati ilova qilingan holda) kafolat xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rozilik xati;

b) diniy ta’lim muassasalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi rahbari hamda diniy ta’lim muassasasi tuzish tashabbuskorlari bo‘lgan o‘n sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkita asl nusxada notarial tartibda tasdiqlangan diniy ta’lim muassasasini tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organining vakolatli rahbar organi yig‘ilishi bayoni va diniy ta’lim muassasasi ustavi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy ta’lim muassasasi ta’sischisi — diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma va ustavining nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy ta’lim muassasasining rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy ta’lim muassasasi rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusxalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy ta’lim muassasasining yuridik (pochta) manzili to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rozilik xati ilova qilingan holda) kafolat xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rozilik xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boshqa diniy tashkilotlar uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari bo‘lgan o‘n sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkita asl nusxada notarial tartibda tasdiqlangan diniy tashkilotni tashkil qilish, ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ta’sis yig‘ilishi bayoni va diniy tashkilot ustavi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot tashabbuskorlari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq ma’lumot (rahbar organlari va ularning soni diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi (mavjud bo‘lganda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan hujjatlari nusxalari (diniy ma’lumot haqidagi hujjat xorijiy davlatda berilganda uning nostrifikatsiya qilinganligi bo‘yicha hujjat nusxasi ham taqdim qilinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rozilik xati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rozilik xati ilova qilingan holda) kafolat xati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Diniy tashkilotlarning ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning nomi, turi, joylashgan manzili, qaysi dinga mansubligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilishi va boshqaruv (rahbar) organlarining vakolat doirasi va ularni shakllantirish tartibi, ularning vakolat muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, ularni tasarruf qilish borasidagi boshqaruv organlarning vakolatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu diniy tashkilotga taalluqli boshqa ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy boshqaruv organlariga ega bo‘lgan diniy tashkilotlarning ustavlari mazkur markaziy boshqaruv organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tegishli organlarning ekspertiza xulosasini olishga haqli. Bunday holda qaror ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgan kundan e’tiboran uch oy muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning ustaviga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar diniy tashkilot qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch oy mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga tegishli hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta tashkil etish qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibida amalga oshiriladi. Bunda, diniy tashkilotni qayta tashkil etishda yuridik shaxsni qayta tashkil etishga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinganligi bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘i shaklida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagi hollarda diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning ta’sis hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, mustaqilligi, yaxlitligi va xavfsizligini buzish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, fuqarolarning sog‘lig‘i, ma’naviyati va ahloqiga qasd qilish maqsadiga ega bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot ustavi qoidalari va boshqa hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga yoki boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizom talablariga zid bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmaganda yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilarga qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi uch oy muddatda davlat bojini qaytarish masalasi bo‘yicha murojaat qilish yoxud mazkur muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin, davlat boji to‘lamasdan diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taqdirda, takroriy murojaat qilishda davlat boji umumiy asoslarda undiriladi, shuningdek mazkur muddatdan keyin davlat bojini qaytarish masalasi bo‘yicha murojaat qilingan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan diniy tashkilotga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining aniq vaqt rejimida Internet tarmog‘idagi tegishli idoraviy saytlardan foydalangan holda olingan STIR va KTUT kodlari aks etgan mazkur Nizomning 6-ilovasidagi shaklga muvofiq diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ro‘yxatdan o‘tkazilgan” yozuvi qayd etilgan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ muhri bilan tasdiqlangan diniy tashkilot ustavi (tilxat orqali beriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan diniy tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli ravishda ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq Diniy tashkilotlar reyestriga hamda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda diniy tashkilot bir vaqtning o‘zida joylashgan joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlarida hisobga qo‘yiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlari yo‘qolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda diniy tashkilotning arizasiga binoan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ularning dublikatlari beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dublikat olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlar yo‘qolganda);
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yoxud ta’sis hujjatlarining asl nusxasi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ta’sis hujjatlari yaroqsiz holga kelganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlarning haqiqiy emasligi to‘g‘risida davriy matbuot nashrida berilgan e’lon (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlar yo‘qolganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma yoki ta’sis hujjatlarning dublikati berilganligi uchun belgilangan miqdorda to‘lov to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yoxud ta’sis hujjatlarning dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza o‘n ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-fevralgacha rahbar organi tomonidan qabul qilingan qarorlar nusxasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha o‘tgan yildagi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, shu jumladan faoliyatni moliyalashtirish manbalari va mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risidagi deklaratsiyani, e’tiqod qiluvchilarning soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar organining yangi tarkibi saylanganda yoki rahbar organi tarkibida o‘zgarishlar bo‘lganda bir oy mobaynida bu to‘g‘risidagi rahbar organi qarorining nusxasini taqdim qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirilayotgan tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar, treninglar, yig‘ilishlar, aksiyalar va boshqalar) haqida oldindan xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Diniy tashkilotni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Diniy tashkilotni tugatish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda diniy tashkilotning ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot o‘z tashabbusiga ko‘ra uning yuqori organi qaroriga binoan yoki “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga diniy tashkilot tomonidan rioya qilinmagan taqdirda sud tartibida tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Diniy tashkilotlar qonun hujjatlari va o‘z ustavi talablarini buzganda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan unga taqdimnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilmasa yoki taqdimnomada qayd qilingan holatlar diniy tashkilot tomonidan takroran sodir etilsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ diniy tashkilotni tugatish yuzasidan sudga murojaat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Diniy tashkilotni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi yoki sud tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydi hamda tugatish muddatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi tomonidan diniy tashkilot tugatilishi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek diniy tashkilotni tugatish haqida uning yuqori organi tomonidan qabul qilingan qaror ilova qilingan holda uch ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot sud tomonidan tugatilgan taqdirda, tugatuvchi sudning qarorini olgandan keyin uch ish kuni mobaynida uning nusxasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tugatuvchiga nisbatan e’tirozi bo‘lmasa, u tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar hamda diniy tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga, shuningdek, axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga diniy tashkilotning tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi tegishli bo‘limini xabardor qiladi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shundan so‘ng, tugatuvchi tomonidan diniy tashkilotni tugatish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tugatuvchi tomonidan diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risida davlat reyestriga yozuv kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish to‘g‘risidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davriy bosma nashrda chiqqan diniy tashkilotning tugatilganligi to‘g‘risidagi e’lon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning ustavi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning barcha hisobvaraqlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari to‘liq qondirilgandan keyin ortib qolgan mol-mulkning tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhr va shtamplar yo‘q qilinganligi haqida ichki ishlar organining ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha litsenziyalar va ruxsatnomalarning asl nusxalari (agar mavjud bo‘lsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan diniy tashkilot qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tegishli bo‘limining yozma javobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risida davlat reyestriga yozuv kiritish uchun nazarda tutilgan barcha hujjatlar olingandan keyin besh ish kuni mobaynida davlat reyestriga diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmasa yoki ular zarur tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin noto‘g‘ri ma’lumot keltirilganligi yoxud diniy tashkilotni tugatishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi buzilganligi aniqlansa davlat reyestriga yozuvlar kiritilishi rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risida davlat reyestriga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan xatni tugatish komissiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat reyestriga yozuv kiritish haqidagi qaror ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining buyrug‘i shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat reyestriga hamda axborot tizimlari orqali “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi”ga diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin ikki ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risida tugatish komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Diniy tashkilot tugatilganligi to‘g‘risida davlat reyestriga yozuv kiritilgandan e’tiboran diniy tashkilot tugatilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Davlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududlarda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun qonun bo‘yicha javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning faoliyati qonun hujjatlari va o‘z ustaviga muvofiqligini nazorat qilish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

ARIZA

_________________________________________________________________________________________________

‎‎(diniy tashkilotlarni tuzuvchi fuqarolar yoki tashkilot rahbarining

‎‎_____________________________________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi, tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi)‎‎

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎(diniy tashkilotning nomi)

ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etadi.
‎‎Ustav ___________________________________________________________________________________________da

‎‎(ustav qabul qilingan yil, oy, kun)

____________________________________________________________________________tomonidan qabul qilingan

‎‎(Ustavni qabul qilgan organning nomi)‎

‎‎Diniy tashkilotning turi, uning qaysi dinga mansubligi __________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida muzokaralar olib borishga vakil qilingan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefoni
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎Diniy tashkilotning manzili _________________________________________________________________________

Arizachilarning F.I.O.

‎‎Arizachilarning yashash manzili

sana‎

Imzolar‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ilova

Diniy tashkilot tashabbuskorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI

T/r

F.I.O

Tug‘ilgan yili,

oy, kun

Turar joyi

Ish joyi va lavozimi

Telefon raqami

Diniy tashkilotning rahbari_________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. va imzosi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Diniy tashkilot ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi uchun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashabbuskor diniy tashkilot nomi

Diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va raqami

Diniy tashkilot manzili

Diniy tashkilot rahbarning F.I.O

Tashabbuskor diniy tashkilot rahbarining imzosi va diniy tashkilot muhri

Diniy tashkilotlarning

markaziy boshqaruv organi rahbari_______________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. va imzosi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

F.I.O

Tug‘ilgan yili,

oy, kun

Turar joyi

Ish joyi va lavozimi

Telefon raqami

Diniy tashkilotning rahbari_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. va imzosi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

Diniy tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REESTRI

Nomi

Joylashgan o‘rni

Rahbar organining saylangan kuni va tarkibi

Ustavi qabul qilingan
kun

Reyestrga kiritilgan kun
va kiritgan mansabdor
shaxsning
F.I.O

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

‎_____________________________________________________________________________________

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)‎‎

‎‎DINIY TAShKILOT DAVLAT RO‘YXATIDAN
‎ O‘TKAZILGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI GUVOHNOMA

‎‎20 ___ yil “___”____________________

№ ______________‎
‎‎Tashkilotning nomi_________________________________________________________________________________
‎‎Turi, qaysi dinga mansubligi_________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________
Boshqaruv organi_________________________________________________________________________

(nomi, manzili)

‎‎Faoliyatining asosiy maqsadi:________________________________________________________________________
‎‎KTUT kodi: ________________________
‎STIR kodi: ________________________
‎__________________________________
‎(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining lavozimi)
_______________________________(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ rahbarining F.I.O.)
‎imzo va muhr o‘rni ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 20-iyundagi 263-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 10-bandi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/409/1296-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)