O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
335-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-ilovaning 4-bandi sakkizinchi xatboshisiga “har yili” so‘zlaridan keyin “kamida ikki marta” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 2-ilovada:
a) 8-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi ma’lumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning ro‘yxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va to‘liq nomi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“nashrga tayyorlashga mo‘ljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy ma’lumotga ega bo‘lsa, uning diniy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega bo‘lmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada ko‘rsatiladi)”;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan “ijobiy” so‘zi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)