05.07.2021 yildagi O‘RQ-699-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 05.07.2021 yildagi O‘RQ-699-son
Date of entry into force
06.07.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi vijdon erkinligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy taʼlim muassasasi — muayyan konfessiyaga mansub boʻlgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur boʻlgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot — fuqarolarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, birgalikda dinga eʼtiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan koʻngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy taʼlim muassasasi va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi — bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining kamida sakkizta maʼmuriy-hududiy birligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) roʻyxatdan oʻtib faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ellik nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
missionerlik — aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy taʼsir oʻtkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) oʻz diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy taʼlimotni tarqatishga doir faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof diniy faoliyat — diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni oʻzi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy taʼlim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy professional taʼlim — diniy taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga maʼlum bir konfessiyaga oid diniy bilimlar berishga qaratilgan jarayon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prozelitizm — missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga eʼtiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga oʻtkazishga qaratilgan shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Vijdon erkinligini taʼminlash asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Vijdon erkinligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik boʻyicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro dinga, dinga eʼtiqod qilishga yoki eʼtiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy taʼlim olishga nisbatan oʻz munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz diniga eʼtiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qilish, fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi oʻrtasida sarosima uygʻotish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda, ularning vijdon erkinligiga boʻlgan oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdon erkinligini taʼminlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibiga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sogʻligʻi va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy gʻoyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar teng huquqliligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, dinga munosabatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish erkinligi huquqidan foydalanadi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy hujjatlarda fuqarolarning dinga nisbatan munosabatini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik eʼtiqodi bilan bogʻliq holda fuqarolarda adovat va nafrat uygʻotish yoxud ularning his-tuygʻularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy eʼtiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan hech kim oʻz diniy eʼtiqodlarini sabab qilib boʻyin tovlashi mumkin emas. Diniy eʼtiqodlarini sabab qilib, bir majburiyatni bajarishni boshqasiga almashtirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir ustunliklar yoki cheklovlar belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Dinning davlatdan ajratilganligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Oʻzbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar va davlat organlarining faoliyati oʻzaro aralashmaslik asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat turli dinlarga eʼtiqod qiladigan va ularga eʼtiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qoʻyish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar oʻrtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat konfessiyalarning tinch-totuv yashashiga kafil boʻladi. Missionerlik va prozelitizmni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid boʻlmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga eʼtiqod qiluvchilarning din bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlaydigan faoliyatga yoʻl qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida diniy ruhdagi siyosiy partiya va boshqa jamoat birlashmasining, respublikadan tashqarida tuziladigan diniy partiyalar vakolatxonalari va filiallarining tashkil etilishiga hamda faoliyatiga, siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalari faoliyatida diniy tashkilotlarning ishtirok etishiga, shuningdek ularga moliyaviy yoki boshqa yordam koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Taʼlim tizimi va din
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimi dindan ajratilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim tizimining oʻquv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy taʼlim muassasalari mustasno) yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy taʼlim olish huquqi, ularning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼi nazar, taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har kim diniy taʼlim muassasalarida professional diniy taʼlim olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy taʼlim muassasalarida oʻqishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki professional taʼlim olganidan keyin qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy professional taʼlim olgan shaxslar diniy taʼlim muassasalarida diniy fanlarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Diniy rasm-rusumlar va marosimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy rasm-rusumlar va marosimlar diniy tashkilotlar joylashgan joyda, shu jumladan ibodat qilinadigan binolarda hamda ularga tegishli hududlarda, dafn etish joylarida, ziyoratgohlarda, diniy zaruriyat boʻlgan taqdirda fuqarolarning xohishiga koʻra ularning uylarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasalxonalarda, gospitallarda, internat muassasalarida, dastlabki qamoq va jazoni oʻtash joylarida, ichki ishlar organlarining reabilitatsiya markazlarida diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda, shu joylardagi fuqarolarning iltimoslariga koʻra oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ibodat qilinadigan binolardan tashqaridagi ommaviy diniy rasm-rusumlar va marosimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar dinga eʼtiqod qiluvchilardan majburiy pul yigʻimlari va toʻlovlar undirishga, shuningdek ularga nisbatan shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi choralarni qoʻllashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallar diniy taʼlimotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy taʼlimot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy taʼlimotlarning marosimlar oʻtkazish amaliyotini, shuningdek alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilardan (disketlar, CD, DVD disklari, oʻrnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va boshqalar) iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Diniy tashkilot tashkil etish, uning huquq va majburiyatlari. Diniy tashkilotlar faoliyatining qoʻshimcha kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Diniy tashkilotni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot qonunchilikka muvofiq uning tashabbuskorlari (taʼsischilari) qaroriga koʻra tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning tashabbuskorlari (taʼsischilari) taʼsis yigʻilishini (konferensiyasini) chaqiradi, unda ustav qabul qilinadi va rahbar organlar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot yuridik shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi (bundan buyon matnda markaziy boshqaruv organi deb yuritiladi), diniy taʼlim muassasasi yoki mahalliy diniy tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy taʼlim muassasasi roʻyxatdan oʻtkazilganidan va vakolatli organning tegishli litsenziyasini olganidan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot belgilangan tartibda taqdim etiladigan yer uchastkalarida, vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli diniy professional taʼlimga ega boʻlgan shaxs diniy tashkilotning rahbari boʻlishi mumkin, bundan diniy taʼlimotida diniy professional taʼlim tizimi nazarda tutilmagan konfessiyalar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni qayta tashkil etish uning rahbar organining qaroriga koʻra qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Diniy tashkilotning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida beriladigan binolardan va mol-mulkdan, shuningdek moddiy-madaniy meros obyektlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xayriya faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning faoliyati bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustavda koʻrsatilgan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va olib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ziyoratlarni tashkil etish yoki boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish maqsadida xalqaro aloqalar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi dafn etish joylarini tashkil etish va mavjud dafn etish joylarini taʼmirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga va oʻz ustavi qoidalariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar yoki marosimlar uchun moʻljallangan joylarda qulay shart-sharoitlar yaratishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot egaligida (foydalanishida) boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlarining but saqlanishini taʼminlashi, bunda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni majburiy tartibda bajarishi, arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilish boʻyicha loyiha hujjatlari asosida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlarini tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar va boshqalar, bundan diniy rasm-rusumlar va marosimlar mustasno) erkin oʻtkazilishida koʻmaklashish uchun ularning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlarini rahbar organning tarkibi oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlariga oʻzining oʻtgan yilgi faoliyati toʻgʻrisida belgilangan shaklda har yili axborot taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot qonunda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Diniy tashkilotlar faoliyatining qoʻshimcha kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar oʻz mulkida binolarga, inshootlarga, ibodat predmetlariga, ishlab chiqarish obyektlariga, ijtimoiy obyektlarga va xayriya uchun moʻljallangan obyektlarga, oʻz faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlariga va boshqa mol-mulkka ega boʻlishi mumkin. Diniy tashkilotlarning mulki qonun bilan qoʻriqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining diniy tashkilotlar huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Diniy tashkilotni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Diniy tashkilotning taʼsis hujjati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari (taʼsischilari) tomonidan tasdiqlangan ustav diniy tashkilotning taʼsis hujjatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning ustavida quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning nomi, turi, taʼlimot asoslari toʻgʻrisidagi axborot va unga mos keladigan diniy faoliyat haqidagi maʼlumotlar, uning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), oʻz faoliyatini qaysi hudud doirasida amalga oshirsa, oʻsha hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning tuzilishi va rahbar organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning rahbar organlarining vakolat doirasi va ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat koʻrsatadigan rahbar organning joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, diniy tashkilotning hamda uning tarkibiy boʻlinmalarining mol-mulkni boshqarishga doir huquqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, shuningdek diniy tashkilot tugatilgan taqdirda uning mol-mulkini tasarruf etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustavga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustavda diniy tashkilotning qonunchilikka zid boʻlmagan faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot ustavining talablari diniy tashkilotning oʻzi, uni tuzish tashabbuskorlari (taʼsischilari) uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy boshqaruv organlariga ega boʻlgan diniy tashkilotlarning ustavlari ushbu organlar bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) chogʻida davlat xizmatlari koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari, shu jumladan diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda) xizmatlar adliya organlarining elektron tizimi orqali koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tizimga kirish elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaat qiluvchi elektron tizimga kirganidan keyin oʻzining shaxsiy kabinetidagi tegishli murojaat turini tanlaydi, maʼlumotlarni bosqichma-bosqich kiritadi va hujjatlarni elektron tizim orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tizimda shakllantirilgan yoki adliya organlari tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarda matritsali shtrix kod (QR-kod) va identifikatsiyalangan raqamlar mavjud boʻladi. Bunda elektron hujjatda koʻrsatilgan identifikatsiyalangan raqamni elektron tizimning maxsus boʻlimiga kiritish orqali elektron hujjat toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun imkoniyat yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron tizimning ishlash tartibi, maʼlumotlarning turlari va shakllari, shuningdek elektron hujjatlarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy boshqaruv organlarini va diniy taʼlim muassasalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish esa tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini (rahbarlarini), shuningdek ularning oʻz qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik, diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oʻz qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazgan organ ushbu tashkilot faoliyatining ustav maqsadlariga va qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni tashkil etish boʻyicha taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) oʻtkazilgan kundan eʼtiboran olti oy ichida uni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy boshqaruv organini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis yigʻilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qarorining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan yeridan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy boshqaruv organining taʼsischilari va uning rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi hujjatlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning, bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ xulosasining.

Diniy taʼlim muassasasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy boshqaruv organining diniy taʼlim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qarorining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy taʼlim muassasasining davlat tilidagi ustavining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari toʻgʻrisidagi hujjatlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ xulosasining.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilotni oʻz tashabbusiga koʻra tuzayotgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ellik nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini oʻz ichiga olgan hujjatning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis yigʻilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qarorining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari toʻgʻrisidagi va uning rahbar organi aʼzolari haqidagi hujjatlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatning, bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ xulosasining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi moʻljallanayotgan koʻchmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalar ilova qilingan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) xulosasining.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining (qoʻshib yuborish va oʻzgartirish chogʻida) yoki taqsimlash balansining (boʻlish va ajratib chiqarish chogʻida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnomaning.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Diniy tashkilot ustaviga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilganda uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda, ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talablar diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi elektron murojaat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilot ustaviga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustavga kiritiladigan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar matnining yoki ustav yangi tahririning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot rahbar organining ustavga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish haqidagi qarorining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning nomi yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgargan taqdirda — diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot qayta tashkil etilganligi (ajratib chiqarilganligi yoki qoʻshib olinganligi) munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarning elektron koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligi va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinganligi tasdiqnomasining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan ushbu tashkilotning barcha majburiyatlari, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorislik haqidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan topshirish dalolatnomasining yoki taqsimlash balansining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan diniy tashkilotning muhri va shtampi yoʻq qilinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ oʻzgargan taqdirda, diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ilgari diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilishi bilan bogʻliq hujjatlarni elektron tizim orqali soʻrab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pochta manzili, bank rekvizitlari yoki rahbar organning tarkibi oʻzgargan taqdirda, diniy tashkilot ushbu masalalar boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida elektron tizim orqali tegishli qarorlarni ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni bu haqda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron murojaatni yuboruvchi elektron soʻrovni shakllantirishni yakunlab, elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda belgilanadigan davlat boji toʻlovini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji toʻlanganidan keyin diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqish bosqichiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar murojaatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa yoki ushbu Qonunda talab qilinadigan yoxud elektron murojaatni yuboruvchi havola qilayotgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ unga besh ish kuni ichida xatolarni tuzatish va yetishmayotgan hujjatlarni yuborish uchun imkon beradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ elektron murojaatni yuboruvchining iltimosnomasiga koʻra bu muddatni besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborilgan hujjatlarning ishonchliligini va ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi muddatlar ichida koʻrib chiqiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun — murojaat olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun — murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot haqidagi maʼlumotlarni diniy tashkilotlar reyestriga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni soliq organlarida va statistika organlarida hisobga qoʻyishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tizimda diniy tashkilotning shaxsiy kabinetini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani va diniy tashkilot ustavini diniy tashkilotning elektron tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomada diniy tashkilot haqidagi avvalgi maʼlumotlar, shu jumladan uning nomi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana, shuningdek qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzgarishi munosabati bilan diniy tashkilot qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, yangitdan roʻyxatdan oʻtkazgan organ ilgarigi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni tegishli roʻyxatdan oʻtkazishga oid maʼlumotlarni koʻrsatgan holda elektron tizim orqali bu haqda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni ichida elektron murojaatni yuboruvchining elektron tizimdagi shaxsiy kabinetiga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi, basharti rad etish asoslari bartaraf etilsa, hujjatlarni takroran taqdim etish uchun monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirish, Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻiga va xalqning maʼnaviyatiga tajovuz qilish maqsadini koʻzlagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida eʼtirof etilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri axborot mavjudligi aniqlangan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Diniy tashkilotlar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan diniy tashkilotlar reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning nomi va uning qaysi konfessiyaga mansubligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot faoliyat koʻrsatadigan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskorlar (taʼsischilar) ishtirokchilar toʻgʻrisidagi axborot (familiyasi, ismi, otasining ismi), aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar organning nomi va pochta manzili, aloqa bogʻlash uchun maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va boshqa axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning faoliyati, u Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan taqdirda, sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan, shuningdek tashkilotning oʻz ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda, prokuratura organlari yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnomani ushbu diniy tashkilotning rahbar organlariga kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, diniy tashkilot faoliyati prokuratura organlarining yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning taqdimnomasi asosida sud qarori bilan olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda holat joriy etilgan taqdirda diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish tartibi qonunda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning faoliyati sudning qarorida belgilangan muddatga toʻxtatib turilgan taqdirda, uning xayriya fondlari muassisi sifatidagi huquqlari ham toʻxtatib turiladi, unga tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan xoʻjalik faoliyati, mehnat shartnomalari boʻyicha xarajatlar, oʻz harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash va jarimalar toʻlashga doir xarajatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar diniy tashkilot faoliyatini toʻxtatib turishning sud tomonidan belgilangan muddati davomida uning faoliyati toʻxtatilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, mazkur muddat tugaganidan keyin diniy tashkilot oʻz faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot koʻrsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda, uning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritgan organ mazkur diniy tashkilotni tugatish haqida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Diniy tashkilotni tugatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni tugatish qonunchilikka va diniy tashkilotning ustaviga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni tugatish diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi qaroriga binoan ixtiyoriy ravishda yoki ushbu Qonun 26-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan diniy tashkilotning rahbar organi yoki sud tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydi, diniy tashkilotni tugatish muddatini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatish komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, tegishli yuridik, iqtisodiy maʼlumotga ega va (yoki) buxgalteriya sohasida amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida rahbar organ qabul qilgan qarorning elektron koʻchirma nusxasi ilova qilingan holda uch ish kuni ichida elektron tizim orqali taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot sud tomonidan tugatilgan taqdirda, tugatuvchi sudning qarorini elektron tizim orqali olganidan keyin qarorning elektron koʻchirma nusxasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va diniy tashkilotni tugatish haqidagi rahbar organning qarorini olganidan keyin ikki ish kuni ichida reyestrga diniy tashkilotning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda diniy tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq organlarini va statistika organlarini, koʻchmas mulkka va avtotransportga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni, shuningdek sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishni taʼminlash boʻyicha organlarni elektron tizim orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun tugatuvchi bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga elektron tizim orqali elektron murojaat yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida davriy bosma nashrda berilgan eʼlonning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan tugatish balansining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotning barcha hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi banklar maʼlumotnomalarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditorlarning talablari toʻliq qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk tasarruf etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhrlar va shtamplar yoʻq qilinganligi haqidagi dalolatnomaning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalar va ruxsatnomalarning (mavjud boʻlgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlarining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosasining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻyicha organning diniy tashkilot qarzdor sifatida ishtirok etayotgan, ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi xabarnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomaning.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hujjatlarning asl nusxalari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ikki ish kuni ichida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchining elektron murojaati olinganidan keyin reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida besh ish kuni ichida yozuv kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar hujjatlarning toʻliq roʻyxati taqdim etilmagan yoki ular lozim tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek taqdim etilgan hujjatlarda atayin notoʻgʻri axborot mavjudligi aniqlangan boʻlsa, reyestrga yozuv kiritilishi rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga yozuv kiritish rad etilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda elektron tizim orqali bildirishnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga yozuv kiritish haqidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbarining xulosasi tarzida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida reyestrga yozuv kiritilganidan keyin ikki ish kuni ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisida tugatuvchini, soliq organlarini va statistika organlarini elektron tizim orqali xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotga berilgan litsenziyalar va ruxsatnomalarni (mavjud boʻlgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot reyestrga diniy tashkilot tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Oʻz faoliyatini tugatgan diniy tashkilotning mol-mulkini tasarruf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotga unga foydalanib turish uchun berilgan mol-mulk uning faoliyati tugatilganidan keyin avvalgi egasiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda uning tasarrufidagi mol-mulkka egalik qilish uning ustaviga va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Kreditorlarning daʼvolari boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlmagan, ibodat qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy vorislar mavjud boʻlmaganda mol-mulk davlat mulkiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi 289-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 186-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 290-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 187-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 934-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 334-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 618-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 99-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 619-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 100-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 2-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 2-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 5-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-699-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son)