18.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3333
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 18.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3333
Date of entry into force
18.11.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3333]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir R. DAVLETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15-noyabrdagi 19-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga nisbatan tavsiyaviy tusga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) — xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va viloyat, tuman, shahar hokimlari (bundan buyon matnda mahalliy davlat hokimiyati organlari deb yuritiladi) qabul qiladigan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy ekspertiza — qaror loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligini, shu jumladan qaror loyihasida havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gender-huquqiy ekspertiza — qaror loyihasini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi ekspertiza — qaror loyihasida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-qaror” elektron tizimi — mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror va farmoyish loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlovchi elektron tizim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari hamda viloyat, tuman va shahar hokimlari oʻz vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlarida (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) huquqiy ekspertizadan oʻtkazish “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-qaror” elektron tizimini chetlab oʻtgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati (bundan buyon yuridik xizmat deb yuritiladi) qaror loyihasini tegishli hududiy adliya organiga huquqiy, gender-huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qaror loyihasi mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha hududiy adliya organining ijobiy xulosasi mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarorlarni qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Huquqiy normalarni normativ-huquqiy hujjat boʻlmagan hujjatlarga (xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi hujjatlari hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash va boshqa shu kabilar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sessiya, yigʻilish, konferensiyalarni chaqirish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) umummajburiy xususiyatga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydigan hujjatlarda umummajburiy huquqiy normalar boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qaror loyihasida hatto bitta umummajburiy xususiyatga ega huquqiy norma oʻrnatilgan boʻlsa ham, bunday loyiha albatta hududiy adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Qaror loyihasini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qaror loyihasi mahalliy davlat hokimiyati organining masʼul tarkibiy boʻlinmasi yoki manfaatdor davlat organining hududiy boʻlinmasi tomonidan (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishlab chiquvchi tomonidan qaror loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh (komissiya) tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmalarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishlab chiquvchi qaror loyihasini ishlab chiqishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikning holatini, qaror loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻshliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlash nuqtai nazaridan qonunchilikni xatlovdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek boshqa davlatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi tajribani oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni, ularning oʻrnini qoplash miqdorlari va manbalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Qaror loyihasining matniga va tuzilishiga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qaror loyihasining matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi kerak. Qaror loyihasining matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Qaror loyihasining jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qaror loyihasining matni quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumlalarning soddaligi va qisqaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼrifning aniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bayon etishning tizimliligi va ketma-ketligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qaror loyihasida, shuningdek unga ilova qilinadigan hujjatlarda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻzaki nutq shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlikni, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni belgilaydigan, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qaror loyihasida qonunchilikda mavjud boʻlmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilganda ularning taʼriflari beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umum qoʻllaniladigan tushunchalarga taʼrif berish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tushunchaning yoki atamaning taʼrifi uning mazmunini toʻliq ochib berishi kerak. Tushunchani yoki atamani aynan shu tushunchaning oʻzi va atama orqali, shuningdek oʻzi taʼriflanishi lozim boʻlgan boshqa tushuncha va atamalar orqali taʼriflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qaror loyihasida koʻp marotaba qoʻllanilgan uch va undan ortiq tushunchaga taʼrif berish zarurati boʻlganda, ular alohida bandda koʻrsatiladi va qaror loyihasi matnining boshida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Soʻz birikmalari bir necha marta qoʻllanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi tarkibiy birlikda (bandda, kichik bandda, xatboshida) qoʻllanilgan boʻlsa, oʻsha tarkibiy birlikda toʻliq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning qaror loyihasining keyingi qoidalarida qoʻllaniladigan qisqartirilgan taʼrifi qavs ichida bosh kelishikda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qaror loyihasida, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatda koʻrsatilgan huquqiy normalar qayta takrorlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlganda, qaror loyihasida yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollardagina yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchungina loyiha matniga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Havolalar aniq boʻlishi va muayyan normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir havola qaror loyihasi boʻyicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tarkibiy birligi koʻrsatilgan holda asoslantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasida davlat organlarining bayonnomalariga, topshiriqlariga va xatlariga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qaror loyihasi bandining matnini shu loyihaning boshqa bandlarida takror bayon qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qaror loyihasining tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hajmiga koʻra qaror loyihasi pasayib boruvchi quyidagi tarkibiy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qaror loyihasining boʻlimlari rim raqamlari, kichik boʻlimlari va boblari esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf bilan, “yarim qora” shriftda, matn markaziga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz, bitta qatorda raqami koʻrsatilib, ketidan nuqta qoʻyilgan holda yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Quyidagi tarkibiy birlikning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qaror loyihasida boblar boʻlmasa, “boʻlim” birligining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qaror loyihasida boʻlimlar boʻlmasa, “kichik boʻlim” birligining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar qaror loyihasida bandlar boʻlmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarining.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Har bir ishlab chiqiladigan qaror loyihasi nomga ega boʻlishi kerak. Nom qisqa, tushunarli ifodalanishi va uning asosiy huquqiy tartibga solish predmetini aks ettirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qaror loyihasi uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat boʻlgan, qaror loyihasining boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasining muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muqaddima:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalarga ega boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini oʻz ichiga olmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamlanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qaror loyihasining muqaddimasida uning qabul qilinishi uchun asos boʻlgan yoki ijrosi taʼminlanayotgan qonunchilik hujjatlari koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qaror loyihasida uning (yoki uning tarkibiy birliklarining) rasman eʼlon qilingandan soʻng yoxud boshqa kechroq muddatda kuchga kirishi toʻgʻrisida band kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qaror loyihasida huquqiy normalar arab raqamlarida nuqta qoʻyilgan holda ketma-ket raqamlanib, bandlar tarzida bayon qilinadi, shuningdek sarlavhalarga ega boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy normalarni ikkilangan (qoʻshaloq) tarzda raqamlashga hamda bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Har bir band, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasining qaror qismiga eng muhim boʻlgan huquqiy normalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bandlar kichik bandlar yoki xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan yopiladigan kichik harflar bilan belgilanadi. Harflar alifbo boʻyicha ketma-ketlikda bayon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kichik bandlar faqat xatboshilarga boʻlinishi mumkin. Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Qaror bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi boʻlgan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qaror loyihasiga talablar, roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Agar qaror loyihasining qaror qismidagi bandlari (kichik bandlari, xatboshilari) bilan hujjatlarni tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birligi va u tomonidan tasdiqlanadigan hujjatning nomi bir-biriga mos ravishda bayon etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Boʻlimlardan iborat boʻlgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega boʻladi. Boʻlim nomga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Qaror loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va rasmiy eʼlon qilish manbalarini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qaror loyihasining matni A4 formatdagi varaqning bir tomonida uning masshtabi kichraytirilmagan holda joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Agar qaror loyihasi ikki yoki undan ortiq sahifada bayon etilgan boʻlsa, uning har bir sahifasi va ilovalari alohida raqamlanishi kerak. Sahifaning tartib raqami sahifaning yuqorisida oʻrtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi sahifada 1 raqami qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qaror loyihasi, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sahifaning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 2 sm, past va yuqori hoshiyalari 2 sm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14 oʻlchamli shrift;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qatorning satr boshisi 1,27 sm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatorlar oʻrtasidagi interval (mnojitel) 1.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qaror loyihasining birinchi sahifa yuqori qismining oʻng burchagida “Loyiha” soʻzi qoʻyiladi, uning oʻlchami matn shrifti oʻlchami bilan aynan bir xil boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qaror loyihasi turining matni bosh harflar bilan, matnini markazga toʻgʻrilagan holda, “yarim qora” shriftda, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz rasmiylashtiriladi. Qaror loyihasining turi ikki qatorda ifodalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Qaror loyihasining nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va satr boshisiz yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Matnning har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Har bir qator oxirida bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqa shu kabilar, qoida tariqasida, qoldirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda sahifaning yuqori oʻng burchagida, ilovaning raqami (agar ilovalar bir nechta boʻlsa), ilova qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat turi koʻrsatilgan hamda hujjat raqami va sanasi uchun joy qoldirilgan holda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ilovaning nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi, qoida tariqasida, quyidagi hollarda tayyorlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qonunchilikni yangidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga doir talablarini bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ishlab chiqilayotgan qaror loyihasi boshqa qarorlarga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyatini keltirib chiqarsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasini tayyorlash jarayonida xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjudligi maʼlum boʻlib qolganda hamda yangi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilmasdan mazkur normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyati aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir masala boʻyicha bir talay normativ-huquqiy hujjatlar mavjud boʻlishini va huquqiy normalarda aniqlangan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Quyidagilar qarorlarga oʻzgartirishlar kiritish deb eʼtirof etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalarning nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Grafa — ikki vertikal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi yoki bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Blok — turli shakllarda (toʻrtburchak, toʻgʻri burchak, silindr, oval va h.k.) funksional jihatdan birlashtirilgan jadvallarning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pozitsiya — ikki gorizontal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida grafada ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi, kichik boʻlimi, bobi, bandi, kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Quyidagilar qarorlarga qoʻshimchalar kiritish deb eʼtirof etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorning tarkibiy birligini yangi soʻzlar, raqamlar yoki jumlalar bilan toʻldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorlarni tarkibiy birliklar (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, ilova, grafa, blok, pozitsiya, band, kichik band va xatboshi) bilan toʻldirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi matn quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arabcha raqamlar bilan nuqta qoʻyib raqamlanadigan bandlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik harflarda qavs bilan raqamlanadigan kichik bandlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatboshilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar band bilan tegishli qarorga faqat bitta oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, kichik bandlar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari raqamlar bilan raqamlanishi hamda kichik bandlarining raqamlar bilan raqamlanishi yoki harflar bilan raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Agar qarorlar yangi tarkibiy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan raqamlarni qoʻshishga faqat keyingi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritishda yoʻl qoʻyiladi. Tarkibiy birliklarning barcha raqamlanishi oʻzgarishining oldini olish uchun bunday belgilardan faqat keyingi qoʻshimchalarda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Agar tegishli qoʻshimchalar qarorlarning tarkibiy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, band, kichik band va xatboshi) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, mavjud raqamlanish davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Band yoki kichik band yangi xatboshi bilan toʻldirilganda mazkur bandning yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Agar qaror loyihasi bir vaqtning oʻzida bir nechta qarorlarga yoki ularning tarkibiy birliklariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutayotgan boʻlsa, mazkur hujjatlar (ularning yuridik kuchi va qabul qilingan sanasi boʻyicha) xronologik tartibda joylashtiriladi. Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ularning raqamlariga muvofiq ortib borish tartibida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Agar qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga olgan loyihada ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) tarzida tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami va nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Agar tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar qarorning ilovasiga kiritilayotgan boʻlsa, qaror loyihasida tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi keltirilmaydi, balki u bilan tasdiqlangan ilovaning nomi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan va chiqarib tashlanayotgan soʻzlar hamda raqamlar qoʻshtirnoq ichiga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Agar ilovaning, boʻlimning, kichik boʻlimning, bobning, paragrafning, bandning, kichik bandning, xatboshining va jumlaning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Agar qarorning bandi yoki kichik bandi kirish xatboshisining davomi boʻlgan xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Qarorlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qaror loyihasining ilovasi faqat bandlardan iborat boʻladi. Bu holda bandlardan iborat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlarning roʻyxati keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Butun qarorni yoki uning kichik bandiga qadar boʻlgan, shu jumladan kichik bandni ham qoʻshgan holda, tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, ushbu hujjat umuman yoki uning kichik bandiga qadar boʻlgan, shu jumladan kichik bandni ham qoʻshgan holda, tarkibiy birligi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning xatboshi tarzidagi tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Qarorning tegishli tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tarkibiy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Agar qarorda faqat bitta amaldagi tarkibiy birlik mavjud boʻlib, qolganlari esa oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa, ushbu tarkibiy birlikni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan taqdirda, butun normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qarorlarning roʻyxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusdagi hujjatlar yoki normalar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Amal qilish muddati tugagan qaror alohida normasining yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi loyiha tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Agar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan bandda, kichik bandda yoki xatboshida tegishli ravishda oʻz kuchini yoʻqotishi kerak boʻlgan ilovaga koʻrsatma mavjud boʻlsa, mazkur tarkibiy birlik va unda nazarda tutilgan ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ilova toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlmasa, uning faqat tegishli tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi (chiqarib tashlanishi) lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Qaror toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan deb topilayotgan qarorga qaysi qarorning qoidalariga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa, oʻsha qarorning tegishli qoidalari ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari qabul qilingan qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qaror oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan qarorning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida qarorning tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qaror loyihasini manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Ishlab chiquvchi qaror loyihasiga birinchi rahbar darajasida “E-qaror” elektron tizimi orqali viza qoʻyadi hamda qaror loyihasini uzil-kesil kelishib olish (viza qoʻyish) uchun manfaatdor davlat organining sohaga masʼul hududiy boʻlinmalariga (bundan buyon matnda manfaatdor tashkilotlar deb yuritiladi) yuboradi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Quyidagilar bilan majburiy tartibda kelishib olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi yoki viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari yoki tuman (shahar) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari bilan — barcha loyihalar, shu jumladan hududiy rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari loyihalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari yoki tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlari bilan — mahalliy budjetdan mablagʻlar ajratishga doir loyihalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Manfaatdor tashkilotlar “E-qaror” elektron tizimi orqali koʻrib chiqish uchun kelib tushgan qaror loyihasini 3 kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yurituviga qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda qaror loyihasi yuzasidan ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali oʻz taklif va eʼtirozlarini koʻrsatgan holda javob xatini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishilgan qaror loyihasini ishlab chiquvchiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Manfaatdor tashkilotlarga kelishish uchun kiritilgan hujjatlar loyihalari yuzasidan belgilangan muddatlarda “E-qaror” elektron tizimi orqali munosabat bildirilmagan taqdirda, qaror loyihasi kelishilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. “E-qaror” elektron tizimi orqali yuboriladigan xatda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar ishlab chiquvchi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Bunda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar qabul qilinmaganligining oqibatlari uchun javobgarlik manfaatdor tashkilotning oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini asoslab bermagan birinchi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Qabul qilinishi qaror loyihasining mazmuni va tuzilishini jiddiy ravishda oʻzgartiradigan, qaror loyihasiga doir boʻlgan fikr-mulohazalar hamda takliflar mavjud boʻlgan taqdirda manfaatdor tashkilot oʻzining qaror loyihasi variantini “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga taklif etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Ishlab chiquvchi 3 kun muddatda manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qaror loyihasini elektron tizimdan oladi va uni manfaatdor tashkilotning tegishli xulosasini hisobga olgan holda (zarur hollarda) yakuniy koʻrib chiqadi hamda uni elektron tizim orqali tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga (hokim qarori loyihalari boʻyicha) yoki mahalliy vakillik organlari kotibiyatiga (xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarorlari boʻyicha) kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli tarkibiy boʻlinmasi, mahalliy vakillik organlari kotibiyati 3 kun muddatda “E-qaror” elektron tizimi orqali kelib tushgan qaror loyihasini ish yurituviga qabul qiladi va uni koʻrib chiqadi hamda qaror loyihasini elektron raqamli imzo qoʻyish yoʻli bilan kelishadi (viza qoʻyadi) yoki zarurat boʻlganda uni ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali oʻz taklif va eʼtirozlarini koʻrsatgan holda qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Ishlab chiquvchi kelishilgan qaror loyihasini mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) belgilangan tartibda korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha cheklist toʻldiriladi va qaror loyihasini ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno — uning birinchi oʻrinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmatiga qaror loyihasi bilan birga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qaror loyihasini yuridik xizmat tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Yuridik xizmat qaror loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Jamoatchilik muhokamasi yakunlangandan soʻng yuridik xizmat ikki kun muddatda qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligini, shu jumladan qaror loyihasida havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasining huquqiy ekspertizasi jarayonida yuridik xizmat ularda korrupsiya uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda oʻzga cheklovlarni joriy etuvchi, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilni, shuningdek qaror loyihasining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilishi natijalarini ham oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasi qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlgan, shuningdek havola qiluvchi normalarning qoʻllanilishi asosli va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda, yuridik xizmat uning yuzasidan huquqiy xulosa tayyorlaydi hamda xulosa yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda yuridik xizmat xodimi) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida quyidagilar aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan topshirilgan boʻlsa, oʻsha normativ-huquqiy hujjatlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, eʼlon qilingan rasmiy manbai, topshiriq bayon etilgan tegishli bandi (kichik bandi, xatboshisi) toʻgʻrisidagi, shuningdek yuqori organning topshiriqlari (organning nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur boʻlgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (topshiriq mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasi asosiy qoidalarining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda, bu qoidalar mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek qaror loyihasidagi har bir havola qiluvchi norma qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Qaror loyihasi qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek havola qiluvchi normalar asossiz va maqsadga nomuvofiq boʻlganda, yuridik xizmat ikki kun muddatda ishlab chiquvchining loyihani tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasiga uni tegishli fikr-mulohazalar bilan maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Qaror loyihasining hududiy adliya organlaridagi huquqiy ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Barcha manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib olinganidan keyin yuridik xizmat qaror loyihasini qarorni qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin uni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli hududiy adliya organiga “E-qaror” elektron tizimi orqali yuridik xizmat xulosasini ilova qilgan holda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Qaror loyihasi hududiy adliya organlari tomonidan ikki ish kuni ichida xulosasiz “E-qaror” elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga quyidagi hollarda huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan “E-qaror” elektron tizimi orqali qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha barcha manfaatdor tashkilotlar bilan ularning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosari) darajasida kelishib olinmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik xizmatning huquqiy xulosasida qaror loyihasining jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari loyihalari mazkur Kengashlar sessiyalari oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin hududiy adliya organiga “E-qaror” elektron tizimi orqali yuridik xizmat tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qaror loyihalari ikki ish kuni ichida hamda viloyat, tuman, shahar hokimining qaror loyihalari besh ish kuni ichida hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Qaror loyihasi hududiy adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan qaror loyihasida havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unda korrupsiya uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda oʻzga cheklovlarni joriy etuvchi, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlili amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy tartibga solish predmeti (muayyan sohadagi munosabat) va huquqiy tartibga solish mexanizmining ishlab chiqilish darajasi aniqlanadi, bunda tegishli munosabatlarning huquqiy tartibga solinganlik holati va darajasiga baho berish maqsadida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Qaror loyihasi normalaridagi muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boʻshliqlar va nomuvofiqliklar hamda ichki ziddiyatlar mavjud emasligiga eʼtibor beriladi va normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinish zaruriyati, qaror loyihasining nomi uning mazmuniga muvofiqligi havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan talablarga mos ravishda tayyorlanganligi va rasmiylashtirilganiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havola qilinayotgan hujjatlarning rasmiy manbalari toʻgʻri koʻrsatilganligiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasi bilan boshqa qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilgan boʻlsa, qaror loyihasi ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan talablarga mos ravishda ishlab chiqilganligiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Qaror loyihasida ishlatilgan yuridik, texnik va boshqa atamalarga baho berishda quyidagilar oʻrganiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atamalarning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etgan holda bayon qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasidagi atama va tushunchalarning toʻliq ochib berilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlatilgan qisqartmalarga tushuncha berilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Agar taqdim etilgan qaror loyihasi huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bersa, loyihaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 1-ilovasidagi namunaga muvofiq xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim etilgan qaror loyihasi huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlsa, biroq qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bermasa va ushbu kamchiliklar hujjatni qabul qilish jarayonida bartaraf etilishi mumkin boʻlganda, bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar koʻrsatilgan holda mazkur Qoidalarning 2-ilovasidagi namunaga muvofiq xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Qaror loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosa raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining qonunchilik hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorni qabul qilish jarayonida bartaraf etilishi mumkin boʻlgan qaror loyihasida yoʻl qoʻyilgan qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bermaydigan kamchiliklar (agar mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan mutaxassis hamda xulosani tasdiqlagan hududiy adliya organi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Agar taqdim etilgan qaror loyihasi huquqiy ekspertiza natijalariga koʻra qonunchilik hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga javob bermasa, qaror loyihasining qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 3-ilovasidagi namunaga muvofiq xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Qaror loyihasining qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosa raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihasining qonunchilik hujjatlari va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligi haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy ekspertizadan oʻtkazgan mutaxassis hamda xulosani tasdiqlagan hududiy adliya organi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Qaror loyihasining huquqiy ekspertizasi yakunlari boʻyicha hududiy adliya organining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) loyihaga “E-qaror” elektron tizimi orqali xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Toshkent shahar, viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari hamda manfaatdor tashkilotlarning mansabdor shaxslari mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalariga

‎‎NAMUNA

‎‎‎“TASDIQLAYMAN”

‎_________________
‎(lavozimi
)

‎________________________
‎(Hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)

___________________________________ tomonidan‎‎

‎‎(hududiy adliya organining nomi)

‎‎(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari) _______________________________________________________ ning normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

‎‎XULOSA ‎

‎‎20 ____ yil _____________ shahri

Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar‎‎

‎‎‎ANIQLANDI:

‎‎‎Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun ‎ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan. ___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid emas.

‎‎Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

‎‎‎XULOSA QILAMAN:
‎‎‎

‎‎________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent

shahar yoki ‎‎tuman (shahar) hokimliklari)ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilganligi va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid emasligi, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar mavjud emasligi qayd etilsin.

_‎_______________________________________
‎(loyihani koʻrib chiqqan xodimning lavozimi)

‎‎______________________________
‎(xodimning ismi va familiyasi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

‎‎NAMUNA‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎

‎‎‎“TASDIQLAYMAN”
____________________
‎ (lavozimi)

‎_____________________________ (Hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)

‎‎___________________________________ tomonidan

‎‎(hududiy adliya organining nomi)

‎‎(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)_____________________________________________________ ning normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

‎‎‎XULOSA
‎‎

‎‎20 ____ yil ‎‎________________ shahri

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning “Sariosiyo tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar‎‎ ‎‎

‎‎‎ANIQLANDI:
‎‎

‎‎‎‎Sariosiyo tumani xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasining 6-bandida ushbu qaror ijrosini nazorat qilish “Mahalla” xayriya jamoat fondining Sariosiyo tumani boʻlimiga yuklatilgan.

‎‎“Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, ‎‎ ‎‎nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, qonunlarda nazarda tutilganidan boshqa hollarda ularga hisobot bermaydi hamda ularning nazorati ostida boʻlmaydi.

‎‎Shunga koʻra, taqdim etilgan loyihaning 6-bandi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.

‎‎‎‎Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab ‎chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarining (roʻyxat raqami 3333, 2021-yil 18-noyabr) 17-bandiga asosan davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari qaror loyihasida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

‎‎‎‎Biroq, taqdim etilgan loyihaning 2, 3 va 4-bandlarida “perekryostka” degan soʻzlar qoʻllanilgan. Shunga asosan, hujjatda mazkur eʼtiroz inobatga olinishi kerak.

Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha‎‎

‎‎‎XULOSA QILAMAN:
‎‎

‎‎___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar

‎‎yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning “Sariosiyo tumanida jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish va sanitariya qoidalariga rioya qilinishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilganligi, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi zarurligi qayd etilsin.

____‎‎_____________________________
‎‎(loyihani koʻrib chiqqan xodimning lavozimi)

‎‎_________________________________
‎‎(xodimning ismi va familiyasi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎NAMUNA‎

‎‎“TASDIQLAYMAN” __________________________ (lavozimi) ______________________________ (Hududiy adliya organi rahbarining F.I.O.)

‎‎___________________________________ tomonidan

‎‎(hududiy adliya organining nomi)

‎‎(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)______________________________________________________ ning normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan

‎‎XULOSA

‎‎20 _____ yil ‎‎_____________ shahri

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining ‎‎Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganda quyidagilar

‎‎ANIQLANDI:

‎‎‎‎Taqdim etilgan qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun Oʻzbekiston
‎‎Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan. ___________________ (Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklari)
ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid kelmoqda.

‎‎Yuqoridagilarga koʻra, taqdim etilgan qaror loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha

‎‎XULOSA QILAMAN:

‎‎___________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar

‎‎yoki tuman (shahar) hokimliklari)ning 2021-yilgi budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilmaganligi va boshqa qonunchilik hujjatlariga zidligi, qonunchilik texnikasi qoidalariga toʻgʻri kelmasligi, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asossizligi va maqsadga muvofiq emasligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar mavjudligi qayd etilsin.

‎‎___________________________________
‎(loyihani koʻrib chiqqan xodimning lavozimi)

‎‎________________________________
‎(xodimning ismi va familiyasi)‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15-noyabrdagi 19-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-1, 2014-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 297-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-2, 2014-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 652-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 5-iyuldagi 171-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-3, 2017-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 630-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 30-oktabrdagi 354-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-4, 2017-yil 30-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 10/17/2420-4/0188-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-iyundagi 331-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420-5, 2018-yil 25-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 10/18/2420-5/1390-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/3333/1077-son)