13.04.2018 yildagi PF-5415-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.04.2018 yildagi PF-5415-son
Date of entry into force
14.04.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, birinchi navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yaxlit tizimini joriy etish yoʻli bilan amalga oshirishni koʻzlovchi adliya organlari va muassasalariga muhim rol ajratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida, ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash, ularning yuridik xizmatlarini muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash masalalari boʻyicha adliya organlari va muassasalarining roli va masʼuliyatini oshirish imkonini berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, oʻtkazilgan tahlil natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, adliya organlari va muassasalari faoliyatida huquqiy islohotlarning yuqori samaradorlik darajasiga erishishga toʻsqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, adliya organlarining tuman (shahar) tuzilmalarining mavjud emasligi bevosita joylardagi huquqiy muammolar, fuqarolarning huquq va erkinliklari ularning haqiqiy ehtiyojlari bilan bogʻliq holda taʼminlanish darajasining chuqur oʻrganilishiga, jamiyatdagi aniq huquqiy holatdan kelib chiqib manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli tahlil qilish va uning izchilligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, huquqiy normalarning oʻzboshimchalik bilan va notoʻgʻri talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan joylarda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga huquqiy maslahatlar berish boʻyicha samarali ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, adliya organlariga faoliyat yoʻnalishiga muvofiq boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi, ayniqsa, shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish sohasidagi vazifalarning yuklatilganligi davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish sohasida ularga yuklatilgan birinchi darajadagi vazifalarni bajarish uchun mavjud kuch va vositalardan oqilona foydalanish imkonini bermayapti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish boʻyicha joylarda adliya organlarining ishi lozim darajada tashkillashtirilmagan, buning natijasida esa aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati, ayniqsa, qishloq joylarda qoniqarsiz darajada qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, yurisprudensiya sohasida, avvalo, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib ifoda etadigan mutaxassislarning keskin yetishmasligi saqlanib qolmoqda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimi mavjud emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, adliya organlari va muassasalari xodimlarini ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning past darajada ekanligi mazkur sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, barqaror kadrlar zaxirasini shakllantirish imkonini bermayapti hamda xodimlarning tashabbuskorligi va masʼuliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, adliya organlari va muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ularni zamonaviy vositalar va uskunalar bilan jihozlash qoniqarsiz holatda qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Adliya organlari va muassasalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari deb quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi, adliya organlarini “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruxini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan konseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yagona davlat huquqiy siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydigan professional xizmatga aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, adliya organlari faoliyatiga, ustuvor ravishda, tanqidiy tahlil va huquqiy muammolarni, avvalo, bevosita joylarda ishlarni samarali tashkil etish yoʻli bilan hal etishga asoslangan, sifat jihatidan yangi mexanizmlarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi, huquqiy targʻibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va taʼsirchan uslublarini joriy qilish, ularga qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligiga barham berish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini, maʼmuriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarining sifatini kompleks va tanqidiy tahlil qilishda adliya organlarining rolini oshirish, bu sohalarda qonunchilikni yanada takomillashtirish va huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi, oʻz faoliyatlari yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda maʼlumotlar taqdim etish yoʻli bilan adliya organlari mansabdor shaxslarining hisobot berish tartibini joriy etish, ularning aholini tashvishga soluvchi muammolarga yuzaki munosabatda boʻlishi holatlariga chek qoʻyish, shuningdek, ularning faoliyatini baholashning aniq mezonlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi, yuridik kadrlarni, ayniqsa, talab qilinayotgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi mutaxassislarni oʻqitishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, yuridik kadrlarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tizimli ravishda yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilishning samarali tizimini, xalqaro jamoatchilik va xorijiy investorlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xabardor qilish mexanizmlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy va moddiy ragʻbatlantirishning yangi mexanizmlarini, shu jumladan ularni xizmat uylari bilan taʼminlashni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi, adliya organlari va muassasalarining barcha tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan kasb-hunar kollejlari yuridik xizmatlarining shtat birliklari hisobidan, “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pogʻonali prinsipi boʻyicha vertikal boshqaruvni joriy etgan holda tumanlar (shaharlar)da adliya boʻlimlari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, kasb-hunar kollejlarining tugatilayotgan yuridik xizmatlari funksiyalari tegishli tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika — viloyat — tuman — mahalla” prinsipi boʻyicha huquqiy targʻibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini taʼminlash va muvofiqlashtirib borish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik taʼminlash;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra 2018-yildan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, hududiy adliya boshqarmalari boshliqlari norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati toʻgʻrisida har yili tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga axborot taqdim etadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati toʻgʻrisida har yili tegishlicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot taqdim etadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qilish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga belgilangan tartibda xalqaro arbitrajlar va sud ishlari masalalari boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan topshiriqlar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
adliya organlari va muassasalari, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan huquqiy yordam koʻrsatish sohasida, shu jumladan xalqaro arbitrajlar va sud ishlari boʻyicha oʻqish va malakalarini oshirish uchun rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlariga yuborish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oylik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oylik muddatda tuman (shahar) hokimliklarining fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oylik muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5415-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 06/18/5415/1072-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)