08.08.2023 yildagi O‘RQ-860-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 08.08.2023 yildagi O‘RQ-860-son
Date of entry into force
09.08.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 6-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 22-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar — korrupsiyaning koʻrinishlari uchun, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish uchun imkoniyat yaratadigan huquqiy normalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi — normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashga, aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklist — normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha namunaviy shakldagi savolnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqillik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xolislik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazishning majburiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalarining asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiqlik va shaffoflik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi subyektlar hamda ularning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi subyektlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiquvchilari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari (bundan buyon matnda yuridik xizmatlar deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tashabbusiga koʻra — har qanday normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan oʻrganish va tekshirishlar natijalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanilishi chogʻida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar fakti aniqlangan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga koʻra.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tashabbusiga koʻra — har qanday normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan jamoatchilik eʼtiborini tortgan va ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokama va munozaralarga sabab boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga koʻra.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uchun boshqa davlat organlarining vakillarini, shuningdek mustaqil va ilmiy ekspertlarni hamda oʻzga tashkilotlarning vakillarini shartnomaga asosan jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining adliya organlari tomonidan oʻtkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boʻlinmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, tuman (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini quyidagilarga asosan oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ish rejalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik nazorati subyektlarining takliflari va tavsiyalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan huquqiy monitoring natijalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganishlar jarayonida, shu jumladan bevosita joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) maʼlumotlarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻz tashabbusiga koʻra ham oʻtkazishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uchun boshqa davlat organlarining vakillarini, shuningdek mustaqil va ilmiy ekspertlarni hamda oʻzga tashkilotlarning vakillarini shartnomaga asosan jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining yuridik xizmatlar tomonidan oʻtkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik xizmatlar quyidagi hollarda korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini — ular koʻrib chiqish uchun manfaatdor organlarga kiritilguniga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni — ular davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilguniga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini amalga oshirish doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejalariga asosan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik xizmatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish chogʻida tegishli davlat organining yoki tashkilotining boshqa tarkibiy boʻlinmalarini jalb etishga, shuningdek mustaqil va ilmiy ekspertlarni hamda oʻzga tashkilotlarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash oʻz zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari har yili ish rejalariga muvofiq ijrosi oʻz zimmasiga yuklatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi. Normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlangan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga hamda adliya organlariga ushbu omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari jamoatchilik eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasida jamoatchilikning ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazishga haqli boʻlib, ushbu ekspertiza doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish doirasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan takliflar va tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noaniq va asossiz havolalarning qoʻllanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diskretsion vakolatlarning kengligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatlarning noaniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va vazifalari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi tomonidan oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vaqtida tartibga solinmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan qoidalardagi istisnolarning asossiz ravishda qoʻllanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha va asossiz talablar belgilanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqt chegaralarining noaniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlovlar miqdorlarining noaniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanksiyalarning nomutanosibligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar sarflanishining aniq va shaffof tartib-taomillari mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va yigʻimlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq va imtiyozlar beruvchi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov (auksion) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirlarni amalga oshirish usullarining murakkabligi va ularni moliyalashtirish manbalarining noaniqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish va taftish oʻtkazish tartibining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi boʻshliqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy va boshqa sanksiyalarni qoʻllash hamda undirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish shakllari va turlarining mavjud emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ushbu Qonunning 11 — 15-moddalarida nazarda tutilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash maqsadida, ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq shakldagi cheklistni toʻldirish orqali yuridik xizmatlar tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil aniqlangan taqdirda, quyidagi harakatlardan biri amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omilni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklistdagi “korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar” degan ustunning tegishli qismiga “bor” degan belgini qoʻyish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omilni oʻz ichiga olgan huquqiy normani koʻrsatish, ushbu normani boshqacha tarzda bayon etish imkoni mavjud emasligini asoslab berish, shuningdek korrupsiyani keltirib chiqaruvchi mazkur omil mavjudligi sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavf-xatarlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarni bayon etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar loyihada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil aniqlanmasa, cheklistdagi “korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar” degan ustunning tegishli qismiga “yoʻq” degan belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklist tegishli davlat organi yoki tashkiloti birinchi rahbarining (alohida hollarda — uning birinchi oʻrinbosarining) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan cheklist idoraviy kelishib olish, jamoatchilik muhokamasi va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, loyihani yuqori turuvchi organga yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) kiritish bosqichlarida normativ-huquqiy hujjat loyihasiga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va adliya organlari ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan cheklistni oʻrganish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va adliya organlarining oʻzi ishlab chiquvchi boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻi mavjud boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlariga muvofiq cheklistni toʻldirish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalariga koʻra xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari huquqiy ekspertizani oʻtkazish natijalari boʻyicha tuziladigan xulosada ham aks ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlangan taqdirda, xulosada ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar va chora-tadbirlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha fikr-mulohazalar majburiy ravishda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrib chiqish uchun kiritilayotganda loyihaga normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalariga koʻra berilgan barcha xulosalar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ushbu Qonunda belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ushbu Qonunning 11 — 15-moddalarida nazarda tutilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha cheklistni toʻldirish orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda adliya organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish yoki korrupsiyani keltirib chiqaruvchi xavf-xatarlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi va ularni bartaraf etishga doir tegishli choralar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va adliya organlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va nazorat qiluvchi tuzilmalarga bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli taqdimnomalar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha tuzilgan xulosa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha tuzilgan xulosada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi ekspertizani oʻtkazish asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi (tegishli xulosa asoslantirilgan holda) maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir (ularni bartaraf etish choralari koʻrsatilgan holda) takliflar va tavsiyalar.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha tuzilgan xulosada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaysi normativ-huquqiy hujjatga koʻra normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish topshirilgan boʻlsa, oʻsha normativ-huquqiy hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, eʼlon qilingan rasmiy manbasi, topshiriq bayon etilgan tegishli moddasi yoki bandi (kichik bandi, xatboshisi), shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (organning nomi, topshiriqning (topshiriq mavjud boʻlganda) raqami va sanasi, zarur boʻlgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjat loyihasi asosiy qoidalari mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni, bu qoidalarning huquqiy tabiati tushuntirilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tegishli xulosa asoslantirilgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga doir (ularni bartaraf etish choralari koʻrsatilgan holda) takliflar va tavsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi davlat organi yoki tashkiloti masʼul xodimining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi davlat organining yoki tashkilotining masʼul xodimi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi oʻtkazilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining predmetiga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar hamda maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrab olish tashabbusi bilan chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi davlat organining yoki tashkilotining masʼul xodimi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi davlat organining yoki tashkilotining masʼul xodimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan talablariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida oʻzini oʻzi rad qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda bu haqda oʻz rahbarini zudlik bilan xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi davlat organi yoki tashkilotining masʼul xodimi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Huquqiy ekspertiza doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari hamda adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini oʻtkazish chogʻida ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq mazkur hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy ekspertiza muddati ichida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalariga koʻra ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq xulosa tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari huquqiy ekspertizani oʻtkazish natijalari boʻyicha tuziladigan xulosada ham aks ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari boʻyicha tuzilgan xulosa ishlab chiquvchi tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi ushbu moddaga muvofiq ularning huquqiy ekspertizasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Jamoatchilik eʼtiborini tortgan va ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokama va munozaralarga sabab boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoatchilik eʼtiborini tortgan va ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokama va munozaralarga sabab boʻlgan, muhokama qilish davomida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar mavjudligi toʻgʻrisida koʻplab fikrlar bildirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan oʻtkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uchun mustaqil va ilmiy ekspertlarni shartnomaga asosan jalb etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan ilmiy tashkilotlarning hamda oliy taʼlim tashkilotlarining vakillari va boshqa jismoniy shaxslar normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazuvchi mustaqil va ilmiy ekspertlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan oʻtkaziladigan korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalariga koʻra xulosa beriladi. Mazkur xulosa tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan taqdim etilgan xulosani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tuzib, keyinchalik uni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun mustaqil va ilmiy ekspertlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga hamda Adliya vazirligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestrini shakllantirish hamda yuritishga, shuningdek korrupsiyaga qarshi mustaqil va ilmiy ekspertizani oʻtkazuvchi shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazishga oid faoliyatni uslubiy jihatdan taʼminlash hamda monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi oʻtkazilishi chogʻida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda adliya organlari normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazishning barcha bosqichlarida normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda) 24-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda) 29-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 8-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-860-son

“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHEKLIST

Yoʻnalishlar

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Javob

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil mavjud boʻlgan norma va uning asoslanishi

Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi

bor

yoʻq

noaniq va asossiz havolalarning qoʻllanilishi

bor

yoʻq

normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi

bor

yoʻq

Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

diskretsion vakolatlarning kengligi

bor

yoʻq

vakolatlarning noaniqligi

bor

yoʻq

davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va vazifalari mavjudligi

bor

yoʻq

davlat organi tomonidan oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi

bor

yoʻq

vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi

bor

yoʻq

oʻz vaqtida tartibga solinmaslik

bor

yoʻq

manfaatlar toʻqnashuvi

bor

yoʻq

afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi

bor

yoʻq

normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish

bor

yoʻq

huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi

bor

yoʻq

Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi

bor

yoʻq

belgilangan qoidalardagi istisnolarning asossiz ravishda qoʻllanilishi

bor

yoʻq

ortiqcha va asossiz talablar belgilanishi

bor

yoʻq

vaqt chegaralarining noaniqligi

bor

yoʻq

toʻlovlar miqdorlarining noaniqligi

bor

yoʻq

sanksiyalarning nomutanosibligi

bor

yoʻq

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar sarflanishining aniq va shaffof tartib-taomillari mavjud emasligi

bor

yoʻq

soliqlar va yigʻimlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi

bor

yoʻq

davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi

bor

yoʻq

huquq va imtiyozlar beruvchi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov (auksion) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi

bor

yoʻq

tadbirlarni amalga oshirish usullarining murakkabligi va ularni moliyalashtirish manbalarining noaniqligi

bor

yoʻq

Nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

tekshirish va taftish oʻtkazish tartibining mavjud emasligi

bor

yoʻq

shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi

bor

yoʻq

shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi boʻshliqlar

bor

yoʻq

moliyaviy va boshqa sanksiyalarni qoʻllash hamda undirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi

bor

yoʻq

davlat organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish shakllari va turlarining mavjud emasligi

bor

yoʻq

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son)