Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi (FATF) standartlarining sakkizinchi tavsiyasini O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy foydali dasturlari va loyihalarida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni bilan manfaatdor vazirlik va idoralarning amaldagi shtatlar soni doirasida rahbar o‘rinbosarlaridan birini nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 15-oktabrga qadar hamda 2024-yildan boshlab har yili 1-yanvarga qadar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan rahbar o‘rinbosari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida erishilishi zarur bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ning ishlab chiqilishida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish samaradorligi ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilgan ma’lumotlarning Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida (keyingi o‘rinlarda — portal) joylashtirilishini hamda doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar portalda nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilangan rahbar o‘rinbosarlari haqida ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlarining tashqi manbalardan moliyalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish natijasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlari uchun e’lon qilingan xalqaro grant tanlovlari haqida ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalari ro‘yxati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portalni takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik va idoralarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul rahbar o‘rinbosarlari ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilish uchun shaxsan javobgar etib belgilansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlariga yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 4-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
527-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalar — tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (dasturlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — nodavlat notijorat tashkilotini qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning IV-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbalar — chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lgan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bir kalendar yilda olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning jami summasiga belgilangan talab, qoida tariqasida, har bir tashqi manba bo‘yicha alohida qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkning hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashqi manbalardan olinishi mo‘ljallangan pul mablag‘lari va mol-mulk bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligi uchun nodavlat notijorat tashkiloti rahbari yoki u vakolat bergan shaxs javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nodavlat notijorat tashkilotining bank hisobvarag‘iga tashqi manbalardan pul mablag‘lari kelib tushganda unga xizmat ko‘rsatuvchi bank uch ish kuni ichida bu haqda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada nodavlat notijorat tashkiloti, tashqi manba, pul mablag‘lari kelib tushgan bank hisobvarag‘i, ularning miqdori va kelib tushish sanasi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish (xabardor qilish) tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nodavlat notijorat tashkiloti tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk kelib tushish sanasidan kamida yigirma kun oldin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma (keyingi o‘rinlarda — murojaatnoma) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar tashqi manbalardan nodavlat notijorat tashkilotiga ma’lum bo‘lmagan holda uning bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari kiritilsa yoki nodavlat notijorat tashkilotiga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda nodavlat notijorat tashkiloti xabar topgan yoki xabar topishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu Nizomda belgilangan tartibda kelishish yoki xabardor qilish uchun yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagi hollarda nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ajratiladigan pul mablag‘larining miqdori va mol-mulk aniq ko‘rsatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.09.00 Gumanitar va texnik yordam]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qarori asosida tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hamda insonparvarlik yordami olinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallariga bosh tashkilotlari tomonidan ularning ma’muriy xarajatlari uchun pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) pul mablag‘lari va mol-mulk olinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulk haqida ularning olinishidan kamida uch ish kuni oldin nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada pul mablag‘lari va mol-mulk beruvchi tashqi manba haqida ma’lumotlar (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O., fuqaroligi, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi va lavozimi; yuridik shaxslar uchun — to‘liq nomi, joylashgan eri, asosiy rahbar organining joylashgan eri, rahbarining F.I.O.), olinayotgan pul mablag‘lari birligi (valyutasi) va miqdori, mol-mulk turi va qiymati, ulardan foydalanish maqsadlari ko‘rsatiladi hamda unga pul mablag‘lari va mol-mulkning nodavlat notijorat tashkilotiga ajratilishi bo‘yicha bitim, shartnoma, qaror va boshqa hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnoma asosida olinishi rejalashtirilgan pul mablag‘lari va mol-mulk hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirish maqsad qilingan bo‘lsa, loyihalar mazkur Nizomning 4-bobida nazarda turilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish talab etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar va ularning ixtisoslashtirilgan muassasalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida e’lon qilinadi. Bunda ushbu ro‘yxat har yarim yilda yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Murojaatnomani ko‘rib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.13.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish to‘g‘risidagi murojaatnomasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Murojaatnomani ko‘rib chiqish jarayonida hujjatlarda o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga bir kun ichida ushbu o‘zgarishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan kelishish uchun taqdim etilgan murojaatnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligini, qonunchilik hujjatlariga hamda nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi)da belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini o‘rganadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Murojaatnomani qo‘shimcha o‘rganish zarurati vujudga kelganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborishga, nodavlat notijorat tashkilotidan muddat ko‘rsatgan va asoslantirgan holda murojaatnoma yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olishga haqli. Bunda murojaatnomani ko‘rib chiqish o‘n kundan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Murojaatnomani ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganligi haqida nodavlat notijorat tashkiloti darhol yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatnoma bo‘yicha so‘roviga javob tegishli tashkilot tomonidan o‘n kundan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Mazkur muddatdan kechiktirib berilgan javob murojaatnomani ko‘rib chiqish natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ murojaatnomani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan kelishish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini rad etish to‘g‘risida murojaatnomani ko‘rib chiqish muddati davomida nodavlat notijorat tashkilotini yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan murojaatnomani ko‘rib chiqish natijalari haqida nodavlat notijorat tashkilotiga yozma yoki elektron shaklda xabar berilmasa, nodavlat notijorat tashkiloti pul mablag‘lari va mol-mulkni olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagi hollarda tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manbaning faoliyati, shuningdek, olinayotgan pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitishga, sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilishga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manba qonunchilik hujjatlariga ko‘ra terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan, shuningdek, sud tartibida ekstremistik va terroristik deb topilgan tashkilotlar va ularga aloqador shaxslar bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi manba O‘zbekiston Respublikasi hududida sud tartibida majburiy tugatilgan tashkilotning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti yoki uning ta’sischilari bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘lari va mol-mulkni olish maqsadi qonunchilik hujjatlari va nodavlat notijorat tashkiloti ustavi (nizomi) talablariga zid bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatnomada va unga ilova qilingan hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatnoma mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkiloti murojaatnoma yuzasidan so‘ralgan qo‘shimcha ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga belgilangan muddatda taqdim qilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi rad etilganda, nodavlat notijorat tashkiloti rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda takroran murojaat qilishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nodavlat notijorat tashkiloti murojaatnomani ushbu murojaatnoma yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori qabul qilinguniga qadar o‘z arizasiga asosan qaytarib olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tashqi manbalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nodavlat notijorat tashkiloti tashqi manbalardan olinayotgan pul mablag‘lari va mol-mulk hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan taqdirda, o‘z murojaatnomasiga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq loyihalarni amalga oshirish rejasini (keyingi o‘rinlarda — reja) ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan loyihalarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilangan tegishli davlat tashkiloti tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun belgilanadigan davlat tashkilotlari yuzasidan taklif kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha bo‘lgan loyihalarni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotlarini jalb etish nodavlat notijorat tashkilotining o‘z xohishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat notijorat tashkiloti o‘z murojaatnomasida tegishli davlat tashkilotlarini ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi kelishilganligi haqidagi xabarida loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan tegishli davlat tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotiga loyiha, loyihani amalga oshirish rejasi va nodavlat notijorat tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan xabarnomani yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Loyihani amalga oshirish jarayonida uni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun qo‘shimcha davlat tashkilotini jalb etish zarurati vujudga kelganda nodavlat notijorat tashkiloti bu haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ besh ish kuni ichida nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini ko‘rib chiqadi hamda natijasi haqida nodavlat notijorat tashkiloti va loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan tegishli davlat tashkilotini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tegishli xabarnomasini olgan kundan boshlab reja asosida loyiha ijrosiga ko‘maklashishga kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkiloti nodavlat notijorat tashkilotiga quyidagi shakllarda ko‘maklashadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasida uchrashuvlar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaga soha ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha samaradorligini ta’minlash maqsadida zarur statistik va tahliliy ma’lumotlar bilan almashish, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi ma’lumotlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish jarayonida vujudga kelgan muammolarning yechimiga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotining ustavida belgilangan faoliyatiga aralashishi yoki to‘sqinlik qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotiga ko‘rsatmalar va topshiriqlar berishi, vazifalar belgilashi hamda undan loyiha bilan bog‘liq bo‘lmagan ortiqcha ma’lumotlar talab qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning tasdiqlangan hujjatlariga (xarajatlar smetasi, rejasi va boshqalar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha doirasidagi ishtiroki uchun moddiy rag‘batlantirish talab qilishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur band talablarini buzgan tegishli davlat tashkilotiga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan nodavlat notijorat tashkilotining murojaatiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan ta’sir choralari ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Loyihani amalga oshirish jarayonida rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Nodavlat notijorat tashkiloti loyiha yakunlangan kundan boshlab bir oy ichida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida loyihani moliyalashtirgan tashqi manbaga taqdim etgan hisobotlar va hujjatlarni ilova qilgan holda loyiha natijasi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi rad etilishi yuzasidan, shuningdek, loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab boradigan davlat tashkilotining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tashqi manbalardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulk qonunchilik hujjatlariga, nodavlat notijorat tashkilotining ustavi (nizomi)da va taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan maqsad va usullarga muvofiq ishlatilishi uchun nodavlat notijorat tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning so‘roviga asosan tashqi manbalardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanilishi yuzasidan ma’lumotlar va tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Mas’ullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT)
1. Tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ (Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari)ga yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma taqdim etadi.
Pul mablag‘lari va mol-mulk kelib tushish sanasidan kamida 20 kun oldin
2. Agar tashqi manbalardan NNTga ma’lum bo‘lmagan holda uning bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari kiritilsa yoki NNTga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ga belgilangan tartibda yozma yoki elektron shaklda murojaatnoma kiritadi.
Pul mablag‘lari va mol-mulk kelib tushgani haqida xabar topgan (xabar topishi lozim bo‘lgan) kundan boshlab 3 ish kuni ichida
2-bosqich
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
NNTning murojaatnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va unga ilovaga qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Murojaatnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida
NNT
Murojaatnomani ko‘rib chiqish jarayonida hujjatlarda o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
1 ish kuni ichida
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
Murojaatnomani qo‘shimcha o‘rganish zarurati vujudga kelganda, tegishli tashkilotlarga so‘rov yuboradi, NNTdan muddat ko‘rsatgan va asoslantirgan holda murojaatnoma yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab oladi.
Murojaatnomani ko‘rib chiqish muddati davomida
So‘rov yuborilgan tegishli tashkilot
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning so‘roviga asoslantirilgan xulosa taqdim etadi.
So‘rov kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan
NNT
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning so‘roviga asosan murojaatnoma yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan organning so‘rovida ko‘rsatilgan muddatda
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
Murojaatnomani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan rozilik berish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda rad etish to‘g‘risida NNTni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Murojaatnoma kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUROJAATNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Ma’lumotlar
I. Pul mablag‘lari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkiloti to‘g‘risida ma’lumotlar:
1.
Pul mablag‘lari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilotining to‘liq nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va guvohnoma raqami
2.
Pul mablag‘lari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbarining F.I.O.
3.
Pul mablag‘lari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilotining joylashgan eri
II. Pul mablag‘lari va mol-mulk beruvchi tashqi manbalar to‘g‘risida ma’lumotlar:
Pul mablag‘lari va mol-mulkni to‘g‘ridan-to‘g‘ri beruvchi chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari to‘g‘risida ma’lumotlar
4.
Jismoniy shaxslar uchun
a) F.I.O.
b) fuqaroligi
v) yashash joyi
g) tug‘ilgan sanasi
d) tug‘ilgan joyi
e) ish joyi va lavozimi
5
Yuridik shaxslar uchun
a) to‘liq nomi (pul mablag‘lari va mol-mulk beruvchi tomon chet el davlati yoki chet el davlati tashkiloti bo‘lganda ushbu bandning “b” — “g” kichik bandlari to‘ldirilmaydi)
b) ta’sis hujjatlari nusxasi (ilova qilinadi)
v) joylashgan eri
g) rahbarining F.I.O.
Asosiy tashqi manba to‘g‘risida ma’lumotlar
(II bo‘limning 6 va 7-bandlari pul mablag‘lari va mol-mulk chet el davlatlari, xalqaro va chet el tashkilotlari, chet el davlatlarining fuqarolari topshirig‘iga binoan berilganda to‘ldiriladi)
6.
Jismoniy shaxslar uchun
a) F.I.O.
b) fuqaroligi
v) yashash joyi
g) tug‘ilgan sanasi
d) tug‘ilgan joyi
e) ish joyi va lavozimi
7.
Yuridik shaxslar uchun
a) to‘liq nomi (pul mablag‘lari va mol-mulk beruvchi tomon chet el davlat tashkiloti bo‘lganda ushbu bandning “b” — “d” kichik bandlari to‘ldirilmaydi)
b) ta’sis hujjatlari nusxasi (ilova qilinadi)
v) joylashgan eri
g) asosiy rahbar organi joylashgan manzili (bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan tashkilotlarning filiallari va vakolatxonalari uchun)
d) rahbarining F.I.O.
III. Olinayotgan pul mablag‘lari va mol-�ulk hamda ulardan foydalanish maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar:
8.
Pul mablag‘lari birligi (valyutasi)
9.
Pul mablag‘lari miqdori
10.
Mol-mulk turi
11.
Mol-mulkning umumiy qiymati
12.
Pul mablag‘lari va mol-mulkni olish maqsadlari
13.
Pul mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha xarajatlar smetasi (ilova qilinadi)
14.
Pul mablag‘lari va mol-mulkni olish asosi (agarbitim, shartnoma, qaror va boshqa hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularning nusxalari ilova qilinadi)
15.
Pul mablag‘lari va mol-mulkning kelib tushish sanasi
IV. Olinayotgan pul mablag‘lari va mol-mulk hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar
(olinayotgan pul mablag‘lari va mol-mulk hisobidan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan taqdirda to‘ldiriladi):
16.
Loyiha nomi
17.
Loyihaning maqsadi va vazifalari
18.
Loyihaning davomiyligi (oy):
boshlanish muddati:
tugash muddati:
19.
Loyihaning umumiy qiymati, shundan
tashqi manba ulushi
nodavlat notijorat tashkiloti ulushi
hamkorlar ulushi
20.
Loyihaning xarajatlari smetasi (ilova qilinadi)
21.
Loyiha amalga oshiriladigan hududlar
22.
Loyihaning maqsadli auditoriyasi
23.
Loyiha jamoasi:
F.I.O.
Asosiy ish joyi va lavozimi
Loyiha doirasidagi vazifalari
24.
Loyiha hamkorlari:
Hamkor tashkilot nomi
Vazifalari
25.
Loyihani tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlab borish uchun jalb etilishi so‘ralayotgan davlat tashkilotlari
___________________
(NNT rahbari imzosi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro (chet el) tashkilotlar va chet el davlatlari ekspertlari
1.
________________________________________
_______________________
_______________________________________
(NNT nomi)
(imzo)
(NNT rahbarining F.I.O.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 13-iyundagi 328-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 727-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 29-maydagi 217-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2023-y., 09/23/527/0752-son)