Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
06.07.2021
15.05.1998
04.10.1993
30.09.1991
02.07.1991
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TAShKILOTLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi O‘RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 618-I-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Qonunning vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun fuqarolarning dinga yoki shunga mos e’tiqodga o‘z munosabatini belgilash va ifodalash hamda hech qanday qarshiliksiz dinga e’tiqod qilish va diniy rasm-rusumlarni bajarish huquqlarini ta’minlaydi, ijtimoiy adolat va tenglikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunidan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Vijdon erkinligi huquqi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Bu qonuniy huquq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu Qonun bilan kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, farzandlarini o‘zlarining e’tiqodlariga va dinga munosabatlariga muvofiq tarzda tarbiyalashga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro o‘zining dinga, diniy e’tiqodga yoki undan voz kechishga, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda, dinni o‘rganishda qatnashish yoki qatnashmaslikda o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni biror-bir darajada majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dinga e’tiqod qilish erkinligi yoki o‘zga e’tiqodlar jamoat xavfsizligini va tartibni, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi va axloqini, shuningdek huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishi mumkin emas, fuqaroning o‘zi shuni istagan hol bundan mustasnodir. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini bevosita va bilvosita cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita biron-bir imtiyozlar belgilash, xususan dushmanlik va adovat uyg‘otish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e’tiqodi munosabati bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqorat qilish, shuningdek muqaddas qadamjo hisoblangan diniy inshootlarni oyoq osti qilish qonun bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hech kim o‘z diniy e’tiqodiga ko‘ra qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlashi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardagina e’tiqod tufayli bir vazifani boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida dinlar va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgandir. Bir din yoki diniy e’tiqod uchun ikkinchi bir din yoki diniy e’tiqodga nisbatan biron-bir darajada imtiyoz yoki cheklash belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning qandaydir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, diniy tashkilotlarning qonunlarga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini hamda dahriylikni targ‘ib qilishga oid faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy tadqiqotlar olib borishni, jumladan davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni, ularning natijalarini targ‘ib qilishni yoxud ularni umumiy ta’lim dasturlariga kiritishni ular biron-bir din yoki dahriylik qoidalariga mos kelishi yoki mos kelmaslik belgisiga ko‘ra cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar ijtimoiy hayotda qatnashish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning xodimlari barcha fuqarolar bilan bab-baravar siyosiy hayotda qatnashish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar siyosiy partiyalar faoliyatida qatnashmaydilar va siyosiy partiyalarga moliyaviy madad ko‘rsatmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun talablariga va huquq-tartibotga rioya etishga majburdirlar. Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borish, nifoq, nafrat qo‘zg‘atish, millatlararo adovat uyg‘otish hamda davlat manfaatlariga va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlar qilish, qonuniy ravishda va demokratik yo‘l bilan tuzilgan hokimiyat va boshqaruv idoralariga hamda davlat vakillariga nisbatan g‘ayriqonuniy usullar bilan tazyiq o‘tkazish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qonuniy ravishda ishlab turgan hokimiyat va boshqaruv idoralariga va mansabdor shaxslarga demokratiyani bahona qilib tazyiq o‘tkazishga har qanday urinish Qonun bilan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar o‘rtasida, turli e’tiqoddagi diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy mutaassiblik va vijdon erkinligiga xilof ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli oqimlar va mashablar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartiblarni buzganlar qonunga binoan javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Maktabni dindan va diniy tashkilotlardan ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim sistemasi dindan va diniy tashkilotlardan ajratilgandir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga munosabatidan qat’i nazar, ular ta’limning barcha turlari va darajalaridan bahramand bo‘la oladilar. Davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar o‘zlari istagan tilda diniy ta’lim olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nizomlari bo‘lgan diniy tashkilotlar o‘z nizomlariga muvofiq katta yoshdagi kishilarga va bolalarga diniy ta’lim berish uchun o‘quv yurtlari yoki guruhlar tashkil etish, shuningdek ta’limni boshqa shakllarda olib borish huquqiga egadirlar, buning uchun o‘zlariga qarashli yoki o‘zlariga foydalanish uchun berib qo‘yilgan binolardan foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni faqat maktab yoshiga yetganda maktabdagi mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda ota-onalarining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning yozma roziligi bilan, balog‘at yoshiga yetganlarni esa o‘z xohishlariga ko‘ra tashkiliy ravishda diniy ta’limotga o‘rgatishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy ta’limotdan saboq beruvchi shaxslar maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lishlari va o‘z faoliyatlarini diniy boshqarmaning, markazning ijozati bilan amalga oshirishlari shart. Xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY TAShKILOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Diniy tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy jamoalar, boshqarmalar va markazlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar O‘zbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlardir. Diniy tashkilotlar o‘z boshqarma va markazlari orqali ish ko‘radilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlar, jamoalar fuqarolarning e’tiqod qilish va maslakni targ‘ib etishdan iborat diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tuziladi va o‘z tarkibiga muvofiq ish yuritadi, o‘z nizomiga ko‘ra o‘z xodimlarini saylaydi, tayinlaydi va almashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida diniy ruhdagi biron-bir partiya, jumhuriyatdan tashqarida tashkil etiladigan diniy partiyalarning shu’balari, bo‘limlari, bo‘linmalari tuzilishiga va ish yuritishiga, shuningdek missionerlik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Diniy jamoa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy jamoa birgalikda dinga e’tiqod qilish va boshqa diniy ehtiyojlarni qondirish maqsadida fuqarolar tomonidan tuziladi hamda ixtiyoriylik asosida ish yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi bilan kelishgan holda ro‘yxatga olinadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Diniy boshqarmalar, markazlar va birlashmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy boshqarmalar va markazlar amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadigan o‘z nizomlari asosida ish yuritadilar. Davlatning diniy boshqarmalar, markazlar va birlashmalar bilan munosabatlari Qonun bilan tartibga solinadi. Qonun vositasida tartibga solinmagan munosabatlar diniy boshqarmalar, markazlar va jamoalar bilan davlat idoralari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Diniy o‘quv yurtlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy boshqarmalar va markazlar o‘zlarining ro‘yxatga olingan nizomlariga muvofiq ruhoniylar va o‘zlariga zarur bo‘lgan diniy ixtisoslar bo‘yicha boshqa xodimlar tayyorlash uchun diniy o‘quv yurtlari ochish huquqiga egadirlar. Bu o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kunduzgi oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rayotgan fuqarolar harbiy xizmatni o‘tashni kechiktirish, soliq to‘lash, ta’lim olish davrini mehnat stajiga qo‘shib hisoblash yuzasidan davlat o‘quv yurtlarining talabalari uchun belgilab qo‘yilgan huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Diniy tashkilotlarning nizomlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning nizomi fuqarolik qonunlariga muvofiq ravishda uning huquq layoqatini belgilab beradi va u qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diniy tashkilot nomi, turi, qayerda joylashganligi, faoliyat ko‘rsatayotgan hudud, uning qaysi e’tiqodga mansubligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ushbu diniy tashkilotni tuzish tartibi, tuzilishi va boshqaruvi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tashkilotning mulkiy ahvoli, mablag‘larini hosil qiladigan manbalar, ham o‘z ichidagi, ham nizomida o‘zaro aloqalar bog‘lash nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar bilan mulkiy munosabatlari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— nizomga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— korxonalar va ommaviy axborot vositalari ta’sis etish, o‘quv yurtlari ochish huquqlari to‘g‘risida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— diniy tashkilotni tugatish tartibi to‘g‘risida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar, diniy o‘quv yurtlarining nizomlari diniy boshqarma, markaz bilan kelishib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan va huquq doirasidan tashqaridagi diniy tashkilotlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ish ko‘radilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Diniy tashkilotlar — yuridik shaxslardir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning nizomi ro‘yxatga olinishi bilanoq ular yuridik shaxs deb tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar yuridik shaxs sifatida qonunlarga va o‘z nizomlariga muvofiq holda huquqlardan foydalanadilar hamda majburiyatlar o‘taydilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Diniy tashkilotlarning nizomlarini ro‘yxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lishi uchun uni tuzgan, kamida o‘n kishidan iborat o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining shu diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilgan viloyatdagi yoki Toshkent shahridagi idorasiga, yoxud Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga nizomni ilova qilib ariza topshiradilar. Agar diniy tashkilot muayyan diniy birlashmaga mansub bo‘lsa, bu hol nizomda ko‘rsatiladi hamda tegishli diniy boshqarma yoki markaz tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning Nizomlari va boshqa hujjatlari ushbu Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Shunga muvofiq diniy tashkilotlarning nizomlarini ro‘yxatga olish chog‘ida ulardan boshqa hujjatlar ham talab qilib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan diniy tashkilotlar jumhuriyatda ro‘yxatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya idoralari arizani bir oy ichida ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy markaz va boshqarmaning tasdig‘i bo‘lmagan taqdirda adliya idoralari qo‘shimcha materiallar talab qilishga va mutaxassislarning xulosasini olishga haqlidir. Bu holda qaror uch oy muddat ichida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi doirasida joylashgan va ishlab turgan diniy o‘quv yurtlarining nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning Nizomiga keyinchalik kiritilgan qo‘shimcha o‘zgarishlar nizomlar o‘zlari ro‘yxatga olingan tartibda qayta ro‘yxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning Nizomi ro‘yxatga olinganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda va miqdorda ro‘yxat haqi undiriladi.
(13-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot faoliyati uning nizomlariga muvofiqligini nazorat qilish bu nizomlarni ro‘yxatga olgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Diniy tashkilot nizomini ro‘yxatga olishni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot nizomining qoidalari ushbu Qonun talablariga yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lsa, uni ro‘yxatga olish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot nizomini ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi qaror arizachilarga rad etish asoslari ko‘rsatilib, yozma ravishda yuboriladi. Bu qaror ustidan yoki ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan qarorni qabul qilish muddati o‘tkazib yuborilganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin, bunda davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaxslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilab qo‘yilgan tartibga amal qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Diniy tashkilotlarning faoliyatini to‘xtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning faoliyati faqat o‘z nizomlariga muvofiq yoki ular ushbu Qonunning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan taqdirda to‘xtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror uning nizomini ro‘yxatga olgan idora tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual qonunlariga binoan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. DINIY TAShKILOTLARNING MULKIY HOLATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan binolar, imoratlar, din anjomlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya inshootlari, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklar ularning mulki bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar o‘z mablag‘lari, fuqarolar, jamoat tashkilotlari ehson qilgan, fuqarolar vasiyat qilib qoldirgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan yoki barpo etilgan yoxud davlat tomonidan topshirilgan, shuningdek qonunda ko‘zda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra sotib olingan mol-mulkka nisbatan mulk huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning chet ellarda ham mulki bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar baholi qudrat moddiy va o‘zga xayr-ehson qilinishini so‘rab o‘z xayrixohlariga murojaat qilishga va ularni olishiga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning moliyaviy va mulkiy xayr-ehsonlariga soliq solinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning mulkiy huquqlarini qonun muhofaza qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Davlat, jamoat tashkilotlari yoxud fuqarolar mulki bo‘lgan mol-mulklardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar davlat, jamoat tashkilotlari yoki fuqarolar tomonidan shartnoma asosida o‘z ixtiyorlariga beriladigan binolar va mol-mulklardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joylardagi davlat hokimiyati organlari davlat mulki hisoblangan va ijtimoiy-madaniy maqsadlarda foydalanilmaydigan din bilan bog‘liq binolarni va boshqa mol-mulklarni diniy tashkilotlarga mulk qilib yoki haq to‘lamay tekin foydalanish uchun berishlari mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar aslan diniy maqsadlarda qurilgan yaroqli imoratlarni eri bilan o‘z ixtiyorlariga olishida mustasno huquqga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Din bilan bog‘liq bo‘lgan binolarni va mol-mulklarni diniy tashkilotlarga o‘tkazish masalasiga doir qarorlar tegishli iltimosnoma olingan paytdan boshlab bir oy muddatdan kechiktirmay qabul qilinishi va ayni paytda bu haqda arizachilarga yozma ravishda xabar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarix va madaniyat yodgorliklari bo‘lmish imoratlar va buyumlarni diniy tashkilotlarga o‘tkazish va bu tashkilotlarning ulardan foydalanishi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda yerga egalik qiladilar va undan foydalanadilar. Diniy binolar qurish joylardagi davlat hokimiyati organlarining ijozati bilan amalga oshiriladi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Diniy tashkilotlarning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va o‘z nizomlariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan noshirlik, ishlab chiqarish, ta’mirlash-qurilish, qishloq xo‘jalik korxonalari va boshqa korxonalarni, shuningdek xayriya muassasalarini (yetimxonalar, kasalxonalar) ta’sis etishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatidan olgan foydalaridan va boshqa daromadlaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda jamoat tashkilotlarining korxonalari uchun belgilangan tartibda va miqdorda soliq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan va xayriya maqsadlariga sarflanadigan daromadlardan olinadigan soliq miqdorini imtiyozli tarzda belgilash huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi egadir.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan diniy tashkilotlarning mulkini tasarruf qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning faoliyati to‘xtatilgandan keyin davlat va jamoat tashkilotlari yoki fuqarolar tomonidan shu tashkilotga foydalanib turish uchun berilgan mol-mulk oldingi egasiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotning faoliyati to‘xtatilgan taqdirda uning ixtiyoridagi mol-mulk shu tashkilot nizomiga va amaldagi qonunlarga muvofiq tasarruf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz beruvchilarning da’volariga ko‘ra qarzni undirib olish diniy tashkilotlarning din bilan bog‘liq mol-mulklariga qaratilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy voris bo‘lmagan taqdirda mol-mulk davlat ixtiyoriga o‘tadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. DINIY TAShKILOTLAR VA FUQAROLARNING DINIY E’TIQOD ERKINLIGI BILAN BOFLIQ HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Diniy urf-odatlar va marosimlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar ibodat qilish yoki diniy yig‘ilishlar o‘tkazish uchun qulay bo‘lgan joylarga, shuningdek u yoki bu din qadrlaydigan joylarga (ziyoratgohlarga) asos solish va ularni saqlab turish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ibodat, diniy rasm-rusmlar va marosimlar ibodatxonalarda va ularga tegishli maydonda, ziyoratgohlarda, diniy tashkilotlarning muassasalarida, qabristonlarda fuqarolarning xohishi bilan ularning uylari va hovlilarida hech qanday to‘sqinliksiz o‘tkaziladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy qismlarning qo‘mondonligi harbiy xizmatchilar bo‘sh vaqtlarida ibodatda va diniy rasm-rusumlarni bajarishda ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar ibodat qilish to‘g‘risidagi takliflar bilan kasalxonalardagi, harbiy shifoxonalardagi, keksalar va nogironlar uylaridagi, ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi fuqarolarga murojaat qilishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasalxonalarda, harbiy shifoxona, keksalar va nogironlar uylarida, dastlabki qamoq joylarida va jazoni o‘tash joylarida ibodatlar va diniy rasm-rusumlar u yerlardagi fuqarolarning iltimosiga muvofiq o‘tkaziladi. Mazkur muassasalarning ma’muriyati ruhoniylarni taklif etishga ko‘maklashadi, ibodat qilish, rasm-rusumlar yoki marosimlarni o‘tkazish vaqtini va boshqa shart-sharoitlarni aniqlashda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zga hollarda ommaviy ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosimlar O‘zbekiston Respublikasida yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar va ko‘cha yurishlarini o‘tkazish uchun belgilangan qat’iy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Diniy adabiyot va diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar va diniy tashkilotlar o‘zi tanlagan tilda diniy adabiyotni, shuningdek diniy maqsadlarga mo‘ljallangan boshqa buyumlar va ashyolarni xarid qilishga va ulardan foydalanishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy markazlar va boshqarmalar diniy adabiyotlarni nashr etish va tarqatish huquqlaridan O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari haqidagi Qonunga muvofiq ravishda foydalanadilar. Ilmiy muassasalar din va ibodatga oid ilmiy tadqiqotlarini nashr etishlari mumkin. Diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish huquqiga faqat diniy boshqarmalar va markazlar egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar diniy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlarni, diniy adabiyotni va diniy mazmundagi boshqa ma’lumotnomalarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishlab chiqarishga, chet ellarga chiqarishga, chet eldan keltirishga va tarqatishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Diniy tashkilotlarning xayriya va madaniy-ma’rifiy faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xayr-ehson qilish, diniy adabiyotlarni o‘rganish va o‘zga madaniy-ma’rifiy faoliyat yuritish maqsadida diniy tashkilotlar huzurida jamiyatlar, uyushmalar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari tuzilishi mumkin. Ular O‘zbekiston Respublikasining mahalliy adliya idoralarida ro‘yxatga olinadigan o‘z ustavlariga ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar o‘zlari mustaqil ravishda, shuningdek ijtimoiy jamg‘armalar orqali xayriya faoliyatini amalga oshirish va mehr-muruvvat ko‘rsatishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ana shu maqsadlar uchun qilingan xayr-ehsonlar va ajratmalar soliq solinadigan pul miqdoridan chiqarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Dindorlar va diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari va muloqotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dindorlar va diniy tashkilotlar guruh bo‘lib yoki yakka tartibda xalqaro aloqalar o‘rnatishga va bevosita shaxsiy muloqotda bo‘lishga hamda bunday aloqalarni davom ettirishga, jumladan muqaddas joylarni ziyorat qilish uchun, yig‘ilishlarda va boshqa diniy tadbirlarda ishtirok etish uchun chet elga borishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlar diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish, malaka oshirish, tajriba o‘rganish va almashish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlari va shu maqsadda ajnabiy fuqarolarni qabul qilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari belgilagan tartibga rioya qiladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. DINIY TAShKILOTLARDAGI VA ULARNING KORXONALARIDAGI MEHNAT FAOLIYATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Diniy tashkilotlarda mehnatga oid huquqiy munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot fuqarolarni ishga qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartlari diniy tashkilot bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi va yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilot mehnat shartnomasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruhoniylarga haq to‘lash shartlarini belgilaydigan hujjatlar ham xuddi shunday tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotda mehnat shartnomasiga muvofiq ishlayotgan fuqarolar kasaba uyushmasining a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolarning mehnat huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishchilari hamda xizmatchilariga nisbatan qay darajada qo‘llanilsa, diniy tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan fuqarolarga nisbatan ham xuddi shu darajada qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar, shu jumladan ruhoniylar diniy tashkilotlarda ishlab oladigan daromadlariga davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan mezonlar bo‘yicha soliq solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Diniy tashkilotlarning korxonalari va muassasalarida fuqarolarning mehnat sohasidagi huquqiy munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarning korxonalarida, muassasalarida, shuningdek ular tuzgan xayriya muassasalarida ishlayotgan fuqarolarga davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari ishchi va xizmatchilarining mehnati, ularga soliq solish tartibi, ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi qonunlar qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug‘urtasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar, shu jumladan ruhoniylar davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ishchilari hamda xizmatchilari bilan barobar ijtimoiy ta’minlashlari va ijtimoiy sug‘urta qilinishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ana shu maqsadlarda diniy tashkilotlar, ularning korxonalari va muassasalari Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi nafaqa jamg‘armasiga jamoat tashkilotlari, ularning korxonalari va muassasalari uchun belgilangan tartibda va miqdorda ajratma o‘tkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diniy tashkilotlarda ishlayotgan barcha fuqarolarga qonunga muvofiq umumiy asoslarda davlat nafaqasi tayinlanadi va to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. DAVLAT IDORALARI VA DINIY TAShKILOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. O‘zbekiston Respublikasida din masalalari bo‘yicha davlat idoralari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida dinlar va diniy tashkilotlarga oid masalalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi, viloyat va Toshkent shahar hokimlari shug‘ullanadi. Ularning zimmasiga maslahat berish, mutaxassislar xulosasini chiqarish, nazorat qilish va axborot berib turish vazifalari yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Din masalalari davlat idoralari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellardagi diniy muassasalar bilan muloqot qilib turadi va muvofiqlashtiruvchi aloqalar bog‘laydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasidagi diniy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarning ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadlarda diniy tashkilotlar rahbarlaridan kerak axborot talab qilishga va olishga hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda ishtirok etishga haqlidir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning iltimosiga muvofiq davlat idoralari bilan kelishuvga erishishda ko‘maklashadi va davlat idoralari hal etishini talab qiluvchi masalalar yuzasidan zarur yordam beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi va chet ellardagi turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida hamjihatlik va hayrixohlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dinshunoslik bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun diniy masalalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar huzurida dinshunoslar jamoatchi ekspert kengashlarini tuzadi, diniy tashkilotlar vakillari va inson huquqlari muammolari bo‘yicha mutaxassislarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv va sud idoralarining so‘rovi bo‘yicha rasmiy ekspert xulosasini taqdim etadi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlaridan farq qiladigan qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
289-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 186-modda; 11-son, 273-modda; 1993-y., 9-son, 334-modda)