30.10.2020 yildagi PF-6098-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2020 yildagi PF-6098-son
Date of entry into force
31.10.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda pul-kredit, valyuta, soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalarda yuqori darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi, bu esa vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular uchun teng bo‘lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga umumiy ovqatlanish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda jismoniy shaxslardan olingan daromadlari umum belgilangan soliqlarni to‘lashga majburiy tartibda o‘tish maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 25 foizdan 13 foizgacha pasaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qurilish korxonalariga hisobot davri uchun mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat beriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqning to‘lanishini ta’minlaydi, shuningdek, har oyda shartnoma tuzmasdan yollangan ishchilarga to‘langan naqd pul miqdorini ko‘rsatgan holda ularning reyestrini davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan reyestrlar asosida soliq to‘lovchilarni avtomatik ravishda identifikatsiya qiladi va to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobga olinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, shartnoma tuzmasdan ishga yollangan shaxslarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ro‘y bergan taqdirda xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari normalari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga korporativ bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni (xizmatlarni) shartnoma tuzmasdan sotib olishga ruxsat beriladi, biroq bunda elektron schyot-fakturalar yoki onlayn-kassa mashinalarining cheklari majburiy ravishda olinishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvargacha shunday tartib o‘rnatilganki, unga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditi tayinlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sayyor soliq tekshiruvlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda soliq tekshiruvlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda uning tartib-taomillarini tubdan soddalashtirish, shuningdek, tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — Maxsus komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllangan biznes yuritish amaliyotiga moslashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona ma’muriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga, shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortishga qaratilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish faoliyatini “pulni yuvish”ga qarshi kurashish sohasidagi tashkilotlar faoliyati bilan muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish, legal biznes yuritishning nufuzini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Joylarda quyidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirishda va zarur ruxsatnomalarni olishda yordam berish, shuningdek, ular bilan profilaktika ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy olib kirilgan yoki kontrafakt tovarlarni, shuningdek, yuk tashish hujjatlarisiz mamlakat ichida harakatlanayotgan tovarlarni sotishga qarshi kurashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda aksizosti mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish, sotish va saqlash holatlarini aniqlash orqali davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritish va daromadlarni yashirishning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvalo qurilish obyektlarida va xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, ish haqini “konvertda” to‘lash holatlarini aniqlash va bartaraf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hududiy komissiyalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan va mas’ul organlar hamda tashkilotlarni belgilagan holda “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqsin va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda ularni Maxsus komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorakda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga “yo‘l xaritalari”da nazarda tutilgan vazifalar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda hududlar darajasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) 2021-yil 1-fevralga qadar mas’ul vazirlik va idoralarning ishi sifatli tashkil etilishini ta’minlab hamda biznes hamjamiyati, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha, shu jumladan “yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga doir takliflar muhokama qilinishini ta’minlasin, shuningdek, har oy erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarni eshitib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralarning rahbarlariga “yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va hunarmandlar tomonidan hamda umumiy ovqatlanish punktlarida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uchun aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda kontaktsiz texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankomatlar va ko‘p funksiyali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari tarmog‘ini kengaytirsin va ularning sonini 10 mingtaga yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilgan holda, naqdsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining onlayn kassa mashinalarining cheklarida aks ettirilgan QR-kod yoki fiskal belgi asosida sovrinli o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilgan eksperimentni, ko‘zda tutilgan budjet ajratmalari doirasida 2020-yilda respublikaning barcha hududlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat soliq qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda shunday tartib joriy qilsinki, unga muvofiq, nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallaridan foydalanish bo‘yicha sayyor tekshiruvlar soliq to‘lovchilar kesimidagi choraklik reja-jadval asosida amalga oshirilishi mumkin hamda tekshiruv natijalari va ular bo‘yicha soliq nizolarini ko‘rib chiqish natijalari e’lon qilib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi davlatlarning soliq idoralari o‘rtasida soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan almashinuviga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari bo‘yicha doimiy maslahatchisi — chet ellik mutaxassisni tanlov asosida jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan tovarlar va xizmatlarni tasniflash tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida to‘lov terminallari va onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida muntazam ravishda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar Hisob palatasining qo‘shimcha vazifalari sifatida belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy komissiyalar tomonidan 2021 — 2025-yillarda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi hamda qabul qilingan “yo‘l xaritalari” amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat tizimlari joriy qilinishini ta’minlash choralari amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat soliq qo‘mitasi 2021-yil 1-aprelgacha 4-ilovaga muvofiq real vaqt rejimida qo‘shimcha ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydigan idoralararo apparat majmuasini foydalanishga topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) zamonaviy server uskunalari va tegishli dasturiy ta’minot bilan ta’minlashni tezlashtirish va birlamchi qo‘shimcha jihozlash maqsadida Moliya vazirligi 2020-2021-yillarda Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi Markazni modernizatsiya qilish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditini jalb qilishni tezlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasiga, istisno tariqasida, Markazni jihozlash uchun uskunalarni, dasturiy va moddiy-texnik vositalarni loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish, shuningdek, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh. Kudbiyev zimmasiga Markazni jihozlash uchun zarur uskunalar, dasturiy va moddiy-texnik vositalar xaridi jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xarid jarayonlari natijalarini e’lon qilish yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tegishli vazirlik va idoralarning umumiy shtat birligi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Soliq qo‘mitasi tarkibida:
(15-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq nazorati departamenti tashkil etilsin, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini aniqlash va agressiv soliq rejalashtirishga qarshi kurashish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-iyuldan boshlab maxsus tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin, soliq huquqbuzarliklarining oldini olish va aniqlash, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishda kontragentlar o‘rtasida hisob-kitoblarni tahlil qilish uning asosiy vazifalari etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Moliya vazirligida — yashirin iqtisodiyotni qisqartirish ishlarini tashkil etish bo‘limi tuzilsin, unga Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifalari ham yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 2020-yil 1-noyabrdan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari soni 1 154 shtat birligiga yoki 10 foizga qisqartirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 10 504 shtat birligi, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasining markaziy apparatida — 498 shtat birligi etib belgilansin.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat soliq qo‘mitasi raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalarning, shuningdek, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘ysunuvidagi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar xodimlari sonini belgilash, ularning tuzilmasini, shtat birliklarini, shu jumladan boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini, ish haqi fondini, xarajatlar smetasini, transport vositalarining limitini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Belgilansinki, davlat soliq xizmati va bojxona xizmati organlarining mansabdor shaxslari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan faqat soliq, bojxona va valyuta qonunchiligiga rioya qilishga doir tekshiruvlarni o‘tkazish uchun haftasiga 16 ish soatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Maxsus komissiya (J. Qo‘chqorov) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tadbirkorlar va aholini qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan murosasizlik hissini targ‘ib qilishga jalb etish bo‘yicha “media-reja”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-6098-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, komissiya hamraisi

M.B. Nurmuratov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

A.M. Boboyev

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi

A.D. Tashkulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi

A.Yu. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi

H.S. Turaxujayev

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi

B.A. Begalov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika qo‘mitasi raisi

I.I. Norqulov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.S. Xidoyatov

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari

Sh.N. Rahmonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

L.Sh. Kudratov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

D.R. Li

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori

D.S. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

D.A. Vahobov

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

A.E. Burxonov

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

I.R. Shukurov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Kelishuv asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi

Kelishuv asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi

A.Ya. Haydarov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari, komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namunaviy tarkibi

lavozimi bo‘yicha

hokim, komissiya raisi

lavozimi bo‘yicha

hokimning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

viloyat prokurori

lavozimi bo‘yicha

Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari

lavozimi bo‘yicha

viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i

lavozimi bo‘yicha

hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

lavozimi bo‘yicha

viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri, komissiya kotibi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtisodiyotda yashirin aylanma darajasini qisqartirish va qonuniy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralari

1.

Alohida tadbirkorlik subyektlari uchun raqobat muhitini buzadigan eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qilish.

1. Amaldagi imtiyozlar va preferensiyalarni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Abdinazarov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(Sharipov)

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahlil natijalari hamda alohida imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish to‘g‘risida hukumat qarorlari loyihalarini kiritish.

2021-yil
fevral

2.

Elektron tijorat bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini hamda ularni soliqqa tortish tizimini soddalashtirish. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini bank kartalaridan foydalangan holda to‘lab, maxsus elektron dasturlar (elektron maydonchalar) orqali sotish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

1. Elektron tijorat bozoridagi amaldagi vaziyatni tahlil qilish, mavjud takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr
2021-yil
fevral

DSQ (Kudbiyev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (Azimov),
Markaziy bank (Nurmuratov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
fevral

3.

Jahon banki mutaxassislari ishtirokida yashirin iqtisodiyotni statistik baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy qilish.

1. Jahon Banki ekspertlariga so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish.

2020-yil
noyabr

Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Norqulov),
Davlat statistika qo‘mitasi
(Begalov)
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev)

2. Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda baholash metodikasini, shu jumladan Qashqadaryo viloyati misolida ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil
dekabr

3. Yashirin iqtisodiyotni statistik baholash natijalarini e’lon qilish.

2021-yil
yanvar

4.

Aksizosti va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ta’sischilari jismoniy shaxslarning xarajatlari deklaratsiyalangan daromadlarga muvofiqligini o‘rganishni tashkil etish.

1. Aksizosti mahsulotlar va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni tahlil qilish.

2020-yil
dekabr

2021-yil aprel

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Sultanov),
Maxsus komissiya a’zolari

2. Tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

3. Zaruratga ko‘ra, aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni ta’minlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

2021-yil
avgust

5.

Davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ustidan jamoatchilik nazoratini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini yoritish.

1. Ishlab chiqilgan dasturlar, ularga ajratilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar to‘g‘risida “Ochiq budjet” portalida batafsil ma’lumotlarni joylashtirib borish.

doimiy ravishda

Moliya vazirligi (Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
MTRK (Xadjayev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini keng yoritib borish.

doimiy ravishda

3. Ommaviy axborot vositalarida yashirin iqtisodiyot mavzusida ochiq suhbatlar o‘tkazish.

doimiy ravishda

6.

Investitsiyalarning o‘zini o‘zi qoplash muddatlarini baholash, daromadlilik me’yorlari va indekslari, rentabellik va samaradorlikning boshqa ko‘rsatkichlari asosida davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarni auditdan o‘tkazish standartlarini joriy etish.

1. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan o‘tkazish standartlarini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtirilgan yakunlangan loyihalar va dasturlarning samaradorligini auditdan o‘tkazish standartlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

7.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga budjet va korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari yuzasidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

1. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Hisob palatasi (Turabov),
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Hisobotlar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ma’lumotlarni taqdim etish.

har chorak

8.

Davlat auditi sohasida samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish.

1. Davlat auditi sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhini tuzish.

2021-yil yanvar

Hisob palatasi (Turabov)

2. Xorijiy davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash.

2021-yil iyun

9.

Budjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) birja savdolarida sotib olishda taqqoslanadigan narxlar asosida g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish.

1. Birjalarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi va to‘lovchi bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tovarlarga (xizmatlarga) narxlar shakllanishini tahlil qilish.

2021-yil
yanvar — may

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev)

2. Savdolarda g‘oliblarni aniqlash uchun yagona talablarni yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil
iyun

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari

10.

Vazirliklar, idoralar hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish. 1. Tashkiliy tuzilmasidakorrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish zarur bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda davlat ulushiga ega korxona va tijorat banklar ro‘yxatini tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Hisob palatasi (Turabov)

2. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy qilish reja-grafigini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

3. Korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish.

2020-yil dekabr

4. Vazirliklar, idoralar, shuningdek, davlat ulushiga ega korxonalar va tijorat banklari kesimida korrupsiyaga qarshi muvofiqlik va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

5. “Yo‘l xarita” ijrosi to‘g‘risida hisobotlarni eshitib borish.

har chorakda

11.

Tegishli davlat organlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va muntazam malaka oshirish tizimini joriy etish.

1. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan kadrlarni o‘qitish va muntazam malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(Azizov)

2. Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘lgan xodimlarni baholash tizimini ishlab chiqish va kiritish.

2021-yil
mart

12.

Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibini joriy qilish.

1. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini majburiy ravishda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev)

2. Markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining monitoringini ta’minlash.

doimiy ravishda

13.

Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini joriy etish, shuningdek, davriy ravishda rahbarlarning reyting va shaxsiy javobgarligini baholash natijalarini e’lon qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Metodikani ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2020-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
(Burxanov),
Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi (Xakimov)

2. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasining reyting baholash natijalarini e’lon qilib borish.

Har chorak

III. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish

14.

Aksizosti mahsulotlarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilishini ta’minlash.

1. Ayrim turdagi tovarlarning barcha bosqichlardagi (olib kirish, ishlab chiqarish, sotish) harakatini identifikatsiya qilish va hisobga olish tizimini ishlab chiqish, shuningdek, onlayn-kassalarni keng qo‘llash.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Majburiy ravishda raqamli markirovkalanadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish.

2021-yil
iyul

15.

Soliq to‘lovchilarni soliq to‘lamaslik xavfini baholash, kameral, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditini o‘tkazish asosida segmentlash tizimini belgilaydigan soliq nazoratini yuritish tartibini tasdiqlash.

1. Segmentlash tizimini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

16.

Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini joriy etish orqali respublika hududida sotiladigan tovarlar va xizmatlarni majburiy identifikatsiya qilish tartibini joriy etish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Tovarlar va xizmatlar turlarini tasniflashning yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil noyabr

17.

Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, firibgarlik sxemalarini qo‘llash, shuningdek, soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil fevral

DSQ (Kudbiyev),
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev)

18.

Jismoniy shaxs nomiga xalqaro kuryerlik va pochta jo‘natmalari orqali keladigan, bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlarini tenglashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Xalqaro kuryerlik va pochta jo‘natmalarini tahlil qilish. Mavjud muammolarni aniqlash
va takliflarni tadbirkorlar bilan muhokama qilish.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortgan taqdirda olinadigan yagona bojxona to‘lovi stavkasini pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

2020-yil dekabr

3. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil dekabr

4. Ushbu normaning mazmuni va uning maqsadlarini ommaviy axborot vositalarida tushuntirish.

2020-yil dekabr

19.

Keladigan chet el tovarlarini keyinchalik elektron savdo doirasida bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda qo‘shni mamlakatlar, shuningdek, mamlakat ichida sotish uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi
(Sadikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil yanvar

3. Keladigan chet el tovarlari uchun ixtisoslashtirilgan omborlar faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlarini yaratish.

2021-yil davomida

20.

Xalq iste’mol tovarlarini import qiluvchilar va yuk tashuvchi “kargo” xizmatlari faoliyatini tashkil etishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Kontragentlar tomonidan barcha pullik hisob-kitoblarni faqat bank hisob raqamlari orqali amalga oshirilishini nazorat qilish imkoniyatini yaratgan holda import qilinadigan tovarlarning yakuniy iste’molchiga yetib borgunga qadar harakatini o‘rganish.

2021-yil

iyul

Maxsus komissiya

21.

Qurilish sohasidagi soliq to‘lovchilarni xavf darajasi bo‘yicha baholash indikatorlarini ishlab chiqish. Eng avvalo, markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida band bo‘lgan pudratchi tashkilotlardagi ishchilar soni haqqoniyligining muntazam monitoringini olib borish.

1. Indikatorlarni shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

DSQ (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
(Xusanov),

Qurilish vazirligi
(Zakirov)

2. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

3. Respublikaning yirik shaharlarida tajribadan o‘tkazish.

2020-yil dekabr

4. Tajriba natijalari to‘g‘risida hisobot berish va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda, uni boshqa sohalarda qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2021-yil
may

22.

Zarurat bo‘lganda, berilgan huquqni suiiste’mol qilganligi va (yoki) bitimning soxtaligini tekshirish uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga oladigan, ammo to‘lamaydigan soliq to‘lovchilar ustidan soliq auditini o‘tkazish yo‘li bilan hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi haqqoniyligining monitoringi va tekshirilishini ta’minlash.

1. Davlat soliq qo‘mitasi tarkibida Soliq nazorati departamentini tashkil etish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Monitoring o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ehtimoliy firibgarlik sxemalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda budjetga mablag‘lar tushumini ta’minlash.

doimiy ravishda

23.

Onlayn NKM va to‘lov terminallaridan foydalanmasdan faoliyatni ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida yoritish.

doimiy ravishda

24.

Elektron shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish, saqlash va hisobga olish tizimidan foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish.

1. Ushbu tartib-taomillarni soddalashtirish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

doimiy ravishda

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida elektron hisob-fakturalarning qulayliklari to‘g‘risida yoritish.

doimiy ravishda

25.

Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni hamda tovar-moddiy tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish.

1. Shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazishga o‘tish uchun mexanizmlar ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

DSQ (Kudbiyev)

2. Ommaviy axborot vositalarida shartnomalarni va ishonchnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazishning qulayliklarini yoritish.

2021-yil yanvar

26.

Umume’tirof etilgan xalqaro normalar va amaliyotga asoslangan bojxona auditini amalga oshirish tartibini joriy etish.

1. Bojxona auditini amalga oshirish tartibi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil noyabr

DBQ (Azimov)

2. Xalqaro ekspertlar ko‘magida bojxona auditini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil dekabr

27.

Bojxona auditini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilishini ta’minlash hamda bojxona organlarini yangi funksiyalarni bajarishga tayyorlash choralarini ko‘rish.

1. Bojxona auditini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

DBQ (Azimov)

2. Bojxona auditini o‘tkazish tartibi bo‘yicha bojxona organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish.

2021-yil davomida

28.

Soliq organlarini “xizmat ko‘rsatuvchi” yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilishni davom ettirish.

Biznes-jarayonlarni reinjiniring qilish, yangi dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish.

2021-yil davomida

DSQ (Kudbiyev)

29.

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan dasturiy hisob yuritish komplekslarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

1. Tadbirkorlik subyektlarini o‘z dasturiy mahsulotlarini soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilishga rag‘batlantirish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil
may

30.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Tashqi iqtisodiy faoliyatning insofsiz qatnashchilarining reyestrini (ro‘yxatini) yuritish tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil
dekabr

DSQ (Kudbiyev),
DBQ (Azimov),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2021-yil yanvar

31.

Transfert narx shakllanishi masalalari bo‘yicha norezidentlarning soliq nazorati va ma’muriyatchiligi sohasida soliq qonunchiligini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
may

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
iyul

32.

Xorijiy yuridik shaxslarning soliq ma’muriyatchiligi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
iyul

DSQ (Kudbiyev),
Moliya vazirligi
(Ishmetov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

33.

Aktivlarning kelib chiqish manbasini aniqlashni ta’minlagan holda, jismoniy shaxslarning daromadlari to‘g‘risidagi soliq deklaratsiyasi ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil
mart

DSQ (Kudbiyev,)
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(Ortikov)

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
mart

34.

Davlat soliq xizmati organlarida soliq sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha elektron ish yuritilishini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil yanvar

DSQ (Kudbiyev)

2. Takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil yanvar

35.

Ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishning jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibini yuridik shaxslarga nisbatan ham tatbiq etish bilan bir qatorda soliq solish maqsadida bitimning bozor konyunkturasini hisobga olish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi
(Ishmetov),
DSQ (Kudbiyev),
Savdo-sanoat palatasi
(Ikramov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar, zarurat tug‘ilgan taqdirda, boshqa bandlarning hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida Maxsus komissiya a’zolari va (yoki) mas’ul vazirlik va idoralarning takliflari asosida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Real vaqt rejimida idoralararo elektron aloqa orqali soliq organlariga taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ma’lumotlar nomi

Ma’lumotni taqdim qiluvchi idoralar

1.

QQSning qaytarilishi bo‘yicha haqiqiy xarajatlar to‘g‘risida mablag‘ oluvchilar kesimida ma’lumot

Moliya vazirligi

2.

Berilgan davlat nafaqalari to‘g‘risida oluvchilar kesimida ma’lumot

3.

Birja savdolari orqali amalga oshirilgan bitimlar to‘g‘risida (savdo predmeti, narx va hisob-kitob shartlari) savdo ishtirokchilari kesimida ma’lumot

“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ

4.

Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari tomonidan olib qo‘yilgan (olingan) mol-mulk va mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot

Surishtiruv organlari, tergovgacha tekshirish, dastlabki tergov, sud organlari

5.

Ko‘chmas mulk va yer uchastkalari to‘g‘risida toifalar bo‘yicha ma’lumot

Kadastr agentligi

6.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va “pul yuvish” bilan bog‘liq ma’lumotlar

Bosh prokuratura

7.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi to‘g‘risida ma’lumot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

8.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan tabiiy gaz hajmi to‘g‘risida ma’lumot

“O‘ztransgaz” AJ,

“Hududiy gaz tarmoqlari”

9.

Yuridik va jismoniy shaxslar kesimida haqiqatda foydalanilgan suv hajmi to‘g‘risida ma’lumot

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

10.

Yo‘lovchi va yuk tashish haqida ma’lumot

Transport vazirligi

11.

Yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) va ular tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risida ma’lumot

Ichki ishlar vazirligi

12.

Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga qo‘llanilgan jarimalar to‘g‘risida ma’lumot

13.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning joylashtirish vositalarida va davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot

Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

14.

Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolik holati dalolatnomalari va ularning tarkibi to‘g‘risida ma’lumot

Adliya vazirligi

15.

Davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumot

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

16.

Realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risida, shuningdek, davlat ulushiga tegishli sof foydadan hisoblangan dividendlar va ajratmalar to‘g‘risida ma’lumot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

17.

Soliq imtiyozlarini qo‘llovchi ishtirokchilar va rezidentlar to‘g‘risida ma’lumot

Soliq imtiyozlari taqdim etilishi nazarda tutilgan birlashmalar, maxsus iqtisodiy zonalarning direksiyalari va boshqa tashkilotlar

18.

Shaxslarning pensiyaga chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumot

Pensiya jamg‘armasi

19.

Billing tizimi orqali mijozlardan olingan to‘lovlar haqida ma’lumot

Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlarini realizatsiya qiluvchi korxonalar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Yashirin iqtisodiyotni qiskartirish bo‘yicha maxsus komissiya ushbu Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilovaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotganQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1 va 2-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “davlat soliq xizmati organlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qarori 4 bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-noyabrdagi “Jamansoy karyerida ohaktosh va Borsakelmas konida texnik tuzni qazib olishni ko‘paytirgan holda Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarishni kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1853-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi “krome naloga na dobavlennuyu stoimost” so‘zlaridan keyin “i naloga za polzovaniye nedrami v chasti dobivayemogo izvestnyaka dlya realizatsii drugim litsam” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2, 4-bandlar, shuningdek 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Davlat soliq xizmati organlari davlat ulushi bo‘lgan jamiyatlardan dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalar yig‘imini undirishni amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “kameral nazorat o‘rnatish” so‘zlari “soliq nazoratini amalga oshirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“soliq ma’muriyatchiligi sohasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish vazifasi yuklangan holda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 14-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Maxsus jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4005-son qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matni “gosudarstvennie selevie fondi” so‘zlaridan keyin “v techeniye pervix trex let” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi PQ-4426-son qarori 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707-son qarori 2-bandining birinchi xatboshisidagi “Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasi” so‘zlari “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilab qo‘yilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha), talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini o‘qitish xarajatlari o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari birgalikda belgilangan o‘qitishning yagona qiymati bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlariga qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — to‘liq hajmda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon topshirish uchun birinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, ro‘yxatdan o‘tish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari — ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘quv markazlariga o‘qitish xarajatlarini, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (o‘qishni tugatgandan so‘ng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarini qoplash bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4819-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi qarori” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi raisi tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari Kadastr agentligi direktori tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘linmalari boshliqlari, Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari (“Respublika aerogeodeziya markazi” DK, “Kompyuterlashtirish, geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, “O‘zdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyiha instituti, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji), shuningdek, ularning komplayens nazorat xizmati xodimlari Kadastr agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Kadastr agentligi direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 45-bandning birinchi xatboshisidagi “2 va 3” so‘zlari “2, 3 va 4” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga
4-ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga ko‘p yil xizmatlari uchun har oylik ustama haq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ish staji

Rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga ustama haq miqdori (koeffitsiyent hisobida)

2 yildan 5 yilgacha

0,1

5 yildan 10 yilgacha

0,2

10 yildan 15 yilgacha

0,3

15 yildan 20 yilgacha

0,4

20 yildan 25 yilgacha

0,5

25 yildan ortiq

0,6

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son; 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)