24.02.2020 yildagi PQ-4611-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son
Date of entry into force
25.02.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (keyingi oʻrinlarda — MHXS) oʻtishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan taʼminlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 17-dekabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 07/25/282/0828-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida oʻz vaqtida eʼlon qilinishini monitoring qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari) hamda sohaga oid oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ASSA) va boshqalar) bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasi asosida oʻquv jarayonining sifatini, imtihonlarni oʻtkazish va natijalarini baholashning shaffofligini taʼminlovchi MHXS boʻyicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida oʻqitish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qaroriga asosan 3-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 17-dekabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 07/25/282/0828-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati boʻlimi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) buxgalterlar va auditorlar respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-iyunga qadar Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 31-yanvarga qadar MHXSni joriy etishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda va MHXS boʻyicha mavjud kadrlar salohiyatini oʻrganish natijalariga koʻra tayyorlangan buxgalterlarni sertifikatlash milliy tizimini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor davlat organlari xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat organlarining xodimlari) akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS boʻyicha oʻqitish jadvali har yili tasdiqlanishini taʼminlasin;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Fargʻona politexnika institutining (keyingi oʻrinlarda – tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari) “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS boʻyicha tezlashtirilgan tarzda oʻqitish jadvalini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 31-dekabrga qadar buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish natijalari asosida “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqitishning kunduzgi shakli muddatini qisqartirish imkoniyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha MHXSni chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi yangilangan oʻquv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda taʼlim jarayoniga joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy taʼlim muassasalarida joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS boʻyicha oʻqitilishini taʼminlasin, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi oʻrinlarda — AXS) boʻyicha oʻqitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan oʻtgan oʻquv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS boʻyicha oʻqitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS boʻyicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga yoxud Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR)” sertifikatlardan (keyingi oʻrinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan oʻqitiladi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 07/25/282/0828-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 17-dekabr)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlar oliy taʼlim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan toʻlov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta koʻrib chiqsin va uning MHXS boʻyicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlarida MHXS (buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot boʻyicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) boʻyicha oʻqitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qoʻllagan holda oʻqitish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasida dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari (“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha), talabalari va bitiruvchilari (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlarini oʻqitish xarajatlari oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari birgalikda belgilangan oʻqitishning yagona qiymati boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlariga qoplab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilari (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlari xodimlarining har biriga alohida quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — toʻliq hajmda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon topshirish uchun birinchi marta roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — roʻyxatdan oʻtish summasining 50 foizi miqdorida imtihon topshirgunga qadar, roʻyxatdan oʻtish summasining qolgan 50 foizi — imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon topshirish uchun ikkinchi marta roʻyxatdan oʻtish xarajatlari — roʻyxatdan oʻtish summasining 50 foizi miqdorida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻquv markazlariga oʻqitish xarajatlarini, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha pedagog kadrlari, talabalari va bitiruvchilariga (oʻqishni tugatgandan soʻng olti oy ichida) hamda davlat organlarining xodimlariga dastlabki roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish xarajatlarini qoplash boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan mustaqil xalqaro tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi (keyingi oʻrinlarda — MHXS fondi) bilan bitim tuzsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda MHXS va unga tushuntirishlar matnini davlat tiliga tarjima qilish, boshqa tillarda MHXSni qoʻllash bilan bogʻliq hamda MHXS fondi yillik badallar toʻlash xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti qoʻshimcha daromadlari hisobidan qoplasin, 2021-yildan boshlab esa zarur mablagʻlar ajratilishini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetida nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qaror ijrosini tashkil qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — mazkur qarorning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlasin, belgilangan tadbirlarni bajarishga masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri — MHXS joriy qilinishi monitoringini taʼminlasin, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini MHXS bilan uygʻunlashtirish, buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajribali hamda yuqori malakali mutaxassislarni MHXSni joriy qilish jarayoniga jalb etish boʻyicha choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov — taʼlim jarayonlariga MHXSni chuqur oʻqitishni muvaffaqiyatli va samarali joriy etish, pedagog kadrlarni MHXS boʻyicha sertifikatlash va oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini akkreditatsiyalash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin, shuningdek, mazkur qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, mavzuga oid telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 24-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4611-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Masʼul ijrochilar

I.MHXSni joriy etish jarayonini tizimlashtirish va uning natijadorligini oshirish

1.

MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish.

1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil 1-iyun

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

2. MHXS hujjatlarini davlat tilida talab qilish huquqlaridan voz kechish boʻyicha MHXS fondi bilan kelishuv tuzish.

2020-yil 1-iyul

buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

3. MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish, shuningdek, ularni Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish.

kelishuvga muvofiq

4. MHXSning har yili yangilanishini hisobga olgan holda, davlat tilidagi MHXS hujjatlarining dolzarbligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish.

Doimiy ravishda

2.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga uygʻunlashtirishni hisobga olgan holda ularni takomillashtirish.

1.Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda buxgalteriya hisobining milliy standartlari va MHXS oʻrtasidagi muhim farqlanishlar boʻyicha keng qamrovli axborotlar tayyorlash.

2020-yil

1-mart

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

2.Buxgalteriya hisobining yangi milliy standartlarini ishlab chiqish va amaldagi milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish.

Doimiy ravishda

3.

MHXSni joriy etishni hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

1. Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi, jumladan:

MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni oʻz vaqtida eʼlon qilmaslik;

MHXS boʻyicha sertifikatga ega mutaxassislar soni eng kam miqdor talablariga muvofiq emasligi boʻyicha maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil 1-iyul

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Soliq hisoboti shakllarini MHXS boʻyicha tuzilgan moliyaviy hisobotlarga asosan qayta koʻrib chiqish va unga moslashtirish.

2020-yil 1-oktabr

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev),

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

6.

MHXSga bosqichma–bosqich oʻtish chora-tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagini jalb etish masalasini koʻrib chiqish.

1. Xalqaro moliya institutlariga milliy buxgalteriya hisobi tizimini diagnostikadan oʻtkazish va baholashga koʻmaklashish hamda MHXSni qoʻllash infratuzilmasini yaratish masalalari boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma yuborish:

MHXSga oʻtish jarayonida tadbirkorlik subyektlarini uslubiy qoʻllab-quvvatlash;

qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari moliyaviy hisobotlarining axborot berish darajasini oshirish;

davlat sektorida MHXS boʻyicha kadrlar salohiyatini oshirish.

2020-yil mart

Moliya vazirligi (D. Sultanov)

2. Yuqorida keltirilgan masalalar boʻyicha ekspertlar bilan hamkorlik qilish va grant shartnomalari imzolashni muhokama qilish.

3. Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil davomida

II. Buxgalteriya hisobi va audit taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

8.

Tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish va mazkur tajriba loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy taʼlim muassasalarida amalga oshirish.

1. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalalari boʻyicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2020-yildan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Tajriba oliy taʼlim muassasalari

2. Oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish.

3. Oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari va akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

4. Oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalari hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining masʼul xodimlarini belgilash.

5. “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari oʻquv dasturlari mazmunini monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qoʻllash boʻyicha ommabop oʻquv va amaliy materiallarni koʻpaytirish.

9.

Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari tarkibining MHXS boʻyicha kasbiy bilimlarini oshirishda xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.

1. Tizimli asosda oʻquv jarayoniga va pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslariga xorijiy mutaxassis va oʻqituvchilarni jalb qilish.

Har yili

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

sohaga oid oliy taʼlim muassasalari

2. Xalqaro va respublika darajalarida MHXS boʻyicha amaliy seminarlar va tanlovlar tashkil etish.

10.

MHXS sohasidagi xalqaro tashkilotlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish asosida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

1. MHXS boʻyicha xalqaro professional sertifikatlashtirish dasturlariga mos keladigan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2020-yil 1-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

sohaga oid oliy taʼlim muassasalari

2. MHXSni chuqur oʻrganish, uni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishni nazarda tutuvchi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari boʻyicha yangilangan oʻquv dasturlarini tasdiqlash va taʼlim jarayoniga joriy qilish.

Har yili

3. Uch yillik oʻqish muddatidan kelib chiqqan holda “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqitishning kunduzgi shakli oʻquv dasturlari va rejalarini qayta koʻrib chiqish.

2020-yil 1-avgust

11.

Oliy taʼlim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari boʻyicha pedagog xodimlarini tezlashtirilgan tarzda oʻqitish maxsus kurslarini tashkil etish, shuningdek, MHXS boʻyicha pedagog xodimlarning uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish.

1.“Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻqituvchilarni buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotdan akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida MHXS boʻyicha oʻqitish grafigini tasdiqlash.

Har yili

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

oliy taʼlim muassasalari

2. Quyidagilarni:

akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartlari asosida MHXS boʻyicha malaka oshirish jarayonini tashkil etishda masofaviy va vebinar texnologiyalar dasturlari;

2022-yildan boshlab

oʻqitish, imtihon topshirish va malaka oshirish hamda “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishlari
va mutaxassisliklari boʻyicha pedagog kadrlarning kasbiy faoliyat natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi tizimi;

2022-yildan boshlab

buxgalteriya hisobi va audit fanlarini faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot” yoki “Audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) ega boʻlgan pedagog xodimlar tomonidan oʻqitish tartibini;

2021/2022 oʻquv yildan boshlab

Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjud “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” yoʻnalishidagi pedagog xodimlarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish.

Doimiy

ravishda

3. Xalqaro buxgalter sertifikati (ASSA, ASSA DipIFR, SRA, CIPA) mavjudpedagog xodimlarning malakasini oshirish xarajatlari uchun ish beruvchi tomonidan kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish.

Har yili

12.

Buxgalteriya hisobi va audit fanlari boʻyicha oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish.

1. Buxgalteriya hisobi va audit fanlari boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari amaliyotida joriy etilgan zamonaviy oʻquv adabiyotlarni sotib olish, jumladan elektron kutubxonani yaratish.

Doimiy ravishda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

oliy taʼlim muassasalari

2. Oliy taʼlim muassasalari talabalarining Internet global axborot tarmogʻidan foydalangan holda mustaqil chuqur bilim olishlarini taʼminlash uchun ularni MHXSga doir yangiliklar bilan tezkor tanishtirib boradigan virtual maydon (veb-sayt) yaratish.

2020-yilda vomida

13.

Oʻquv jarayoni, imtihon oʻtkazish va uning natijalarini baholash hamda sertifikat berish shaffofligini taʼminlaydigan MHXS boʻyicha maqsadli oʻqitish dasturlarini tashkil etish orqali xalqaro standartlar asosida kasbiy sertifikatlashning zamonaviy tizimini joriy etish.

1. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida MHXS boʻyicha oʻqitishni davom ettirish boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari bilan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari

Moliya vazirligi

(D. Sultanov)

2. Xalqaro professional tashkilotlar bilan buxgalterlarni sertifikatlash boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) oʻrtasida tuzilgan memorandum va qoʻshma harakatlar rejasi ijrosi boʻyicha;

oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;

mutaxassislarning keng doirasi uchun MHXS boʻyicha moliyaviy hisob sohasidagi xalqaro kasbiy sertifikatlash boʻyicha oʻqitish va imtihon topshirish dasturidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

Memoran-dumga muvofiq

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

3. Quyidagilar uchun MHXS boʻyicha oʻqitish va sertifikat olish uchun imtihon topshirishning grafigini tasdiqlash:

davlat organlari xodimlari;

oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari.

Har yili

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. MHXSning ahamiyati va mazmunini tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar

14.

Tashkilotlar rahbarlari va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari uchun MHXSni qoʻllash masalalari boʻyicha faol axborot-uslubiy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish.

Mavzuli seminarlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Grafik asosida

Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari

(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)

15.

Ushbu qaror talablarini yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar tashkil etish.

MHXSning ahamiyati toʻgʻrisidagi axborotlarni davlat organlari hamda buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida joylashtirish.

Media-rejaga muvofiq

Moliya vazirligi (D. Sultanov),

Markaziy bank (I. Norkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(O. Nazirov)

16.

Tadbirkorlik subyektlari moliyaviy hisobotni MHXS boʻyicha tayyorlaganda, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi tartibi belgilanganligi haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga “soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti” orqali xabarlar yoʻnaltirish.

2020-yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi
(B. Musayev)

18.

Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qoʻllash boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish.

1. MHXS fondi va Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi (D. Sultanov),
buxgalter va auditorlarning respublika ja?oat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, tadbirkorlik subyektlari

2. Xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagilar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish:

MHXSni dastlab va kelgusida qoʻllash;

MHXS asosida moliyaviy hisobotni tuzish.

2020-yil davomida

3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda MHXSni qoʻllashning dolzarb masalalariga doir seminar
va treninglarni oʻqituvchilar, talabalar va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etish.

Media-rejaga muvofiq

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2025-y., 07/25/282/0828-son. 1-ilovaning 4, 5, 7 va 17-pozitsiyalarning chiqarilish sanasi — 2025-yil 17-dekabr)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Birinchi xatboshidan “2020-yil 1-yanvardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) 2020-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim:”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 16.09.2025-y., 07/25/282/0828-son)