26.06.2018 yildagi PQ-3802-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.06.2018 yildagi PQ-3802-son
Date of entry into force
27.06.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uygʻunlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qoʻyilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yigʻiluvchanligining oshirilishini taʼminlash imkonini bermaydi, oʻz yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjudligi ushbu holatni yanada ogʻirlashtirmoqda, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, soliq solishning qoʻshimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan prognoz koʻrsatkichlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan soliq maʼmuriyatchiligining past darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, soliq maʼmuriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha boʻgʻinlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligini toʻliq amalga oshirish, soliq solinadigan qoʻshimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, kameral nazoratni, jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yigʻishni taʼminlaydigan taʼsirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, soliqlar toʻlashdan boʻyin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, maqsadli tekshiruvlar tashkil etish uchun soliqlarni toʻlashdan muntazam ravishda boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan, mavjud resurslardan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yetarlicha foydalanilmayotganligi va intizomiy javobgarlikka tortish darajasi haddan tashqari yuqoriligi umuman soliq tizimining samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavjud muammolarni bartaraf qilish, Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini va 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, davlat soliq xizmati organlarini soliq toʻlovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati — insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori” degan maqsadli vazifani soʻzsiz bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, eksterritoriallik prinsipi asosida soliq toʻlovchilar oʻz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʻlovchilarning qoniqish darajasining oshishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha preventiv va oldini olish choralarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan, soliq toʻlovlarining oʻz vaqtida va bir xildagi tushumini taʼminlash, maʼmuriy tartib-taomillarni maksimal darajada kamaytirish va soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmalarni qisqartirish hisobiga budjetlarning daromad qismini barqaror shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan, tekshiruvdan oldingi tahlil va masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun maʼlumotlarni toʻliq yigʻish va qayta ishlashni taʼminlaydigan zamonaviy, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlariga korporativ etikani singdirish, davlat soliq xizmati organlarining strategik maqsad va vazifalariga erishish uchun oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi tizimini joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning quyidagi asosiy mezonlari belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq toʻlovchilar, shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarning soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kameral nazorat natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning umumiy summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xronometraj va koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlangan davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralari summasi va ularni undirish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasportlari tuzilgan soliq toʻlovchilarning soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar undirilishining toʻliqligi va soliq qarzdorligining pasayish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni qoʻllayotgan soliq toʻlovchilarning qamrab olinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) hisobidan quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda mukofotlanishi belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kameral nazorat natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy mobaynida xronometraj va pasportlashtirish natijasi boʻyicha aniqlangan, soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq tekshiruvlari natijasi boʻyicha undirilgan soliqlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda yakuniy natijalarga erishishdan kelib chiqib davlat soliq xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini va ularni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus jamgʻarmaga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar va maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimalar summasidan ajratmalar miqdori 25 foizdan 40 foizga oshirilsin, bunda qoʻshimcha tushadigan mablagʻlar xodimlarni shaxsiy mukofotlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat soliq xizmati organlari davlat ulushi boʻlgan jamiyatlardan dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalar yigʻimini undirishni amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Soliq-servis” davlat unitar korxonasini va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasini Soliq qoʻmitasi muassisligida aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ va “Soliq-servis” AJlarni isloh qilish uchun maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar “Soliq-servis” AJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(8-bandning uchunchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan koʻmaklashish, shuningdek, hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish boʻyicha soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik, dasturiy va axborot taʼminotini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan hujjatlarni qogʻoz va elektron shaklda markazlashgan holda arxivda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“call-markaz” maxsus servisi orqali aholiga axborot xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilarni elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari boʻyicha oʻqitish, ularga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarini yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi:
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati hududiy organlarining yuqorida koʻrsatilgan funksiyalarni bajaradigan boshqaruv xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi ishini tubdan takomillashtirish, jumladan soliq toʻlovchilar uchun yangi dasturiy mahsulotlar va servislarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Soliq-servis” AJning xizmatlari budjet mablagʻlari va Maxsus jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanishi belgilansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, jumladan soliq hisobotlarini qabul qilish, soliq nazoratini amalga oshirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish majburiyati yuklatilgan yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq maʼmuriyatchiligi sohasida soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish vazifasi yuklangan holda Yigʻma axborot-tahlil departamenti tashkil etilsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Soliq akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqitishning zamonaviy uslublarini, jumladan malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, shuningdek, hududiy filiallarini tuzishni nazarda tutgan holda hukumat qarorini qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan Soliq akademiyasining bakalavriat va magistratura talabalarining oʻqishini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutiga koʻchirish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar prognozining bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash ustidan lozim darajada nazorat oʻrnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlariga yuqori maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ragʻbatlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning xizmatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish, qonun buzilishining barcha koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhiti yaratilishi, jamoada sogʻlom muhit shakllantirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi taʼminlanishi, soliq toʻlovchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqasiz muloqot oʻrnatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan taʼminlanishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishining taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish bazasini kengaytirish boʻyicha, jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks chora-tadbirlar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yoʻl qoʻyilmasligi, xalqaro tajribani chuqur oʻrganish orqali soliq tizimi modernizatsiya qilinishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qoʻllash metodologiyasi takomillashtirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish choralari koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilgʻor avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, toʻliq va obyektiv koʻrib chiqilishi, fuqarolar shaxsan qabul qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va soliq kollejlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tili matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda soliq toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslar, yashirilgan soliq solish obyektlari, shuningdek, noqonuniy olib kirilgan tovarlar yetkazilishi, saqlanishi va realizatsiya qilinishi, yashirin sexlarni aniqlash yuzasidan tizimli qoʻshma reydlarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda davlat soliq xizmati organlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, jumladan offshor zonalarda roʻyxatdan oʻtgan shaxslar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilarni monitoring qilishni nazarda tutgan holda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda soliq sohasida fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tarmoqlar va dasturiy mahsulotlarning salohiyatidan foydalanish mumkin boʻlgan, jumladan ularga tadbirkorlik subyektlarining soliqqa oid huquqbuzarliklari toʻgʻrisida xabar qilish imkonini beruvchi veb-portal ochish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻini elektron boshqarish tizimini, jumladan soliqlar yigʻiluvchanligini oshirish va insofsiz soliq toʻlovchilarni aniqlash maqsadida barcha aylanmalar zanjirini tahlil va nazorat qilish uchun davlat soliq xizmati organlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish boʻyicha dasturiy kompleksni joriy etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. 2018-yil 1-avgustdan mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash faoliyatini moddiy ragʻbatlantirishni oshirish va korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga mazkur qarorga muvofiq tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini kengaytirish, zamonaviy elektron maʼmuriyatchilik tizimini, jumladan elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan monitoring qilish tizimi dasturiy mahsulotlarini joriy etish, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun 2018-yilda zarur mablagʻlarni ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi quyidagilar boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori professional malaka va maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan professional kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida vijdonan xizmat qilayotgan xodimlarni ularning shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan korrupsiya koʻrinishlari va mansab suiisteʼmolchiliklari sodir etilishining barcha xavflarini bartaraf qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida keng tushuntirish, profilaktika ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat soliq inspeksiyalarining ish yuklamasi va soliqlarni yigʻish faoliyatining iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib ularning sonini optimallashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasini boshqa davlat organlari maʼlumotlar bazalari bilan taqqoslash, joylarda soliq tekshiruvlari dalolatnomalarini oʻrganish orqali soliq toʻlovchilarning va soliq solish obyektlarining toʻliq qamrab olinishiga alohida eʼtibor qaratgan holda, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini monitoring qilish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi ikki hafta muddatda mavjud maʼlumotlar bazasiga Moliya vazirligining ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarning Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3168-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 26-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3802-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ-190-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 07/18/3802/1402-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son; 26.10.2022-y., 07/22/409/0956-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 26.05.2025-y., 07/25/190/0464-son)