15.06.2005 yildagi PQ-100-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.06.2005 yildagi PQ-100-son
Date of entry into force
15.06.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNI NOQONUNIY TALAB ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot tizimi va uni taqdim etish tartibini takomillashtirish, shuningdek qo‘shimcha hisobotni noqonuniy talab etish hollariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2006-yilgi Davlat statistika ishlari dasturini tayyorlash doirasida ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari uchun davlat statistik hisobotini yanada soddalashtirishga qaratilgan hisobot shaklini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillik statistik va moliyaviy hisobotni o‘zaro muvofiqlashtirishni nazarda tutgan holda uni taqdim etish muddatlarini qayta ko‘rib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlaridan oladigan, shu jumladan pochta va elektron aloqa vositasida oladigan moliyaviy hisobot, soliqlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda qabul qilib olish tartib-taomilini soddalashtirish, unifikatsiyalashtirilgan ish jadvali va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy va statistik hisobotlarni taqdim etishning belgilangan tartibi hamda muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin, bunda mikrofirma va kichik korxonalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalterlik balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklni va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-shaklni — har yili;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistik hisobotni — hisobot turlariga qarab har chorakda yoki har yili taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tadbirkorlik subyektlaridan:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan tartib o‘rnatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni qabul qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin, tadbirkorlik subyektlaridan moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni, shuningdek boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni noqonuniy talab qilishda aybdor bo‘lgan shaxslarning jazolanishi muqarrarligini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar, tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararning o‘rni sud qaroriga binoan aybdor mansabdor shaxslar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot va hisob-kitoblar tizimini, shuningdek hisobot va hisob-kitoblarni noqonuniy talab qilganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini tushuntirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida muntazam maqolalar chop etib borilishini, teleko‘rsatuv turkumlari tashkil etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalarda tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha seminarlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari xodimlari uchun moliyaviy, statistik hisobotlar va hisob-kitoblarni qabul qilish borasida o‘rnatilgan tartib buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan haftalik seminarlar o‘tkazib turilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 15-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-100-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)