23.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3130
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining qarori, 23.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3130
Date of entry into force
24.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3130]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 538-son “Oʻz kuchini yoʻqotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning oʻrniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2019-yil 22-yanvar,

2-2019/QQ-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-son

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D. DEXKANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1/103-son

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ, 9, 1/103-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 58-2023/QQ-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 38-son va Transport vazirligining 2023-yil 4-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3031-2, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 10/23/3130-2/0503-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Avtomobil transporti haydovchilari (bundan buyon matnda haydovchilar deb yuritiladi) mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan koʻproqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) majburiydir, boshqa tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar haydovchilarining ish haqi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun toʻlanadigan haq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ragʻbatlantiruvchi va kompensatsiyalovchi ustama va qoʻshimcha haqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdagi ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus turdagi mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yillik ish yakunlari boʻyicha mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy yordam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yoʻla mukofotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkilotlar haydovchilari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga (bundan buyon matnda Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi deb yuritiladi) asosan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 58-2023/QQ-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 38-son va Transport vazirligining 2023-yil 4-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3031-2, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 10/23/3130-2/0503-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-yanvardagi 6-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlari belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasidan foydalanmaydigan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar haydovchilarining mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 246-moddasiga asosan ushbu tashkilotda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 58-2023/QQ-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 21-iyundagi 38-son va Transport vazirligining 2023-yil 4-iyuldagi 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 3031-2, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 10/23/3130-2/0503-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Haydovchilar mehnatiga haq toʻlash razryadlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatiga haq toʻlash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Haydovchilarning mehnatiga haq toʻlash razryadlari avtomobilning xarakteristikasida (texnik pasportida) ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan avtomobillar parametrlari va vazifasidan kelib chiqib mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotda haydovchiga bir nechta sinfdagi avtomobillar biriktirilgan hollarda haydovchiga unga biriktirilgan avtomobilning eng yuqori razryadidan kelib chiqqan holda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Haydovchilarning Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boʻyicha razryad:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon samosvallari, tez buziladigan yuklar tashishda avtomobil-refrijeratorlar, shuningdek avtokranlar — bir razryad yuqori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtomobillari uchun boshqa tez tibbiy yordam avtomobillarining haydovchilariga nisbatan bir razryad yuqori belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Haydovchilarning tarif stavkasiga 1,228 miqdorida tarmoq koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasini hosil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishga soatbay haq toʻlash joriy etilsa, bazaviy oylik tarif stavkasini ish vaqti yillik balansini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ish soatlarining oʻrtacha oylik miqdoriga boʻlish orqali belgilanadigan soatbay tarif stavkalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlarida biriktirilgan shaxsiy va navbatchi yengil avtomashinalarning haydovchilari uchun soatbay mehnatga haq toʻlash sharti bilan navbatchilikka 12 soatdan oshmagan holda smenalik ish rejimi oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Haydovchilarga beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar uchun ustamalar va qoʻshimcha haqlar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tungi vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik, shuningdek xizmat vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan miqdorlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka darajasi uchun ikkinchi darajali haydovchilarga Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasining 10 foizi miqdorida, birinchi darajali haydovchilarga — 25 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirganligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan davrda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi tegishli razryadi bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi transport qismi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yengil avtomobillar haydovchilariga alohida mehnat sharoitlari uchun — Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tegishli razryadi boʻyicha haydovchining bazaviy tarif stavkasining 35 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasi qurilmalari, mexanizmlari va uskunasini boshqarish uchun maxsus ishchilar talab etilgan boʻlsa va ularning vazifalarini haydovchi bajarayotgan boʻlsa, bir yoʻla bir necha kasbda ishlaganligi, xizmat koʻrsatish zonasi kengayganligi va bajariladigan ishlar hajmi oshganligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ish smenasi oʻrtasidagi tanaffus ikki soatdan ortiqni tashkil etsa, boʻlingan ish smenasida ishlaganligi uchun — bazaviy tarif stavkasining 30 foizigacha. Bunda, ichki smenaning tanaffus vaqti hisobga olinmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar yoʻnalish boʻyicha berilgan topshiriqqa koʻra haydovchi yashash joyiga (avtotransport tashkiloti, garaj joylashgan joyga) qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlmasa, safar xususiyatiga ega mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun — yoʻnalish boʻyicha berilgan topshiriqni bajarish davri uchun bazaviy tarif stavkaning 10 foizigacha;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustama va qoʻshimcha haqlarning aniq miqdorlari jamoaviy shartnomada belgilanadi, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda ish beruvchilar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Haydovchilarning bazaviy tarif stavkalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtbay ishlaydigan haydovchilar uchun pritseplarga ega avtopoyezd va yuk avtomobillarida ishlashda ular mazkur avtotransport vositalarida amalda ishlagan kunlari uchun 20 foizga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
togʻ va konlarda olib boriladigan texnologik ishlarda, kesik joylarda va ochiq konlarda texnologik tashuvlarda ishlashda ular amalda ishlagan kunlari uchun 24 foizgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlovchi va radioaktiv moddalarni tashishda 12 foizgacha oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Transport vositasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish davrida haydovchilarning mehnatiga haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Haydovchilarga biriktirilgan avtomobillar taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish uchun olib qoʻyilgan hollarda ular haydovchilar ixtisosligi boʻyicha boshqa avtomobillarda xizmat qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻziga biriktirilgan avtomobillarning bekor turib qolishi (nosozligi yoki toʻliq emasligi, ixtisosligi boʻyicha ish yoʻqligi) tufayli avtomobil haydovchilari avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarga (yoki boshqa kasbga ishlashga) oʻtkazilgan hollarda bekor turib qolgan butun vaqt uchun ularning mehnatiga bajariladigan ish boʻyicha, biroq avvalgi (asosiy) ish boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchilar avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash ishlariga oʻtkazilganda ularga ushbu davrda malaka darajasi uchun beriladigan ustama haq toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning maxsus shtatini saqlashga ehtiyoj boʻlmagan va shuning uchun haydovchilar ish vaqtida avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilotlarda (agar bu ishlarni texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida yoki avtotransport tashkilotida bajarish imkoni boʻlmasa) mazkur ishlarni bajarish vaqti uchun haydovchilarga belgilangan shartlarga muvofiq mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha haqlarni hisobga olgan holda haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Haydovchilarga toʻlanadigan boshqa haq turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur Nizomning 3-bobida koʻrsatilmagan mukofot berish, moddiy yordam va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar hamda kompensatsiya toʻlovlarni toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir tashkilotning lokal hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Haydovchining aybi boʻlmagan holda boʻsh turib qolgan vaqt uchun ish haqi qonunchilik hujjatlarida belgilangan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida toʻlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haydovchining aybi bilan boʻsh turib qolgan vaqt uchun ish haqi toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ikki nafar haydovchi bir vaqtda bir avtomobilda uzoq reysga yuborilgan hollarda har bir haydovchiga ish haqi reysga sarflangan ish vaqti hisob-kitobidan kelib chiqib vaqtbay toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatga ishbay haq toʻlanganda avtomobil haydovchilarining ishbay haqi malaka darajasiga egalik uchun ustama haqni hisobga olmagan holda teng ulushlarda haydovchilar oʻrtasida boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uzoq reyslarga yuborilgan haydovchilarga yoʻnalish varagʻiga muvofiq avtomobildan tashqari smenlararo dam olish vaqti berilsa (mehmonxonada, kempingda, xizmat yoki ijara uyida), bu vaqt ish vaqtiga kiritilmaydi va unga haq toʻlanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamoaviy shartnomalarda haydovchilarga boshqa ustamalar va qoʻshimcha haqlar nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizomga rioya etish uchun javobgarlik muassasa rahbari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Avtomobil sinfi

Yengil avtomobil dvigatelining litrdagi ish hajmi;

avtobusning gabarit uzunligi, metrda

(avtomobilning texnik pasporti boʻyicha)

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Umumiy

Tibbiy xizmat avtomobillari;
maxsus ovoz va chiroq signallari bilan jihozlangan avtomobillar

1. Yengil avtomobillar

Oʻta kichik va kichik

1,8 litrgacha

1

2*

Oʻrtacha

1,8 litrdan
3,5 litrgacha

2

3*

Katta

3,5 litrdan ortiq

3

4*

2. Avtobuslar

Oʻta kichik

5 metrgacha

2

3*

Kichik

5 metrdan
7,5 metrgacha

3

4*

Oʻrta

7,5 metrdan
9,5 metrgacha

4

5*

Katta

9,5 metrdan
11 metrgacha

5

6*

11 metrdan
15 metrgacha

6

7*

15 metrdan ortiq

7

3. Mototsikllar, motorollerlar hamda boshqa ikki va uch gʻildirakli motovositalar

Har qanday sinfdagi

-

1

-

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yengil avtomobillar haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan uch razryad, boshqa avtomobillar haydovchilariga ikki razryad yuqori belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin.

* Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan bir razryad yuqori belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotlardagi yuk avtomobillari haydovchilarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Avtomobillar guruhlari (tonnada yuk koʻtarish qobiliyati),

avtomobilning texnik pasporti boʻyicha

Yagona tarif setka boʻyicha razryad

I

II

III

bort avtomobillari

ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomobillar: samosvallar, furgonlar, sisternalar, refrijeratorlar, texnik yordam, yongʻin avtomobillari, qor tozalagichlar, yoʻlga suv sepgich mashinalar, avtokranlar, avtoyukkoʻtargichlar va maxsus jihozlangan boshqa avtomobillar; pritsepli va yarimpritsepli shatakchi avtomobillar

najas, chiriydigan axlat, hayvonlarning oʻliklari, sement, zaharli ximikatlar, suvsiz ammiak, ammiakli suv, radioaktiv moddalar va boshqa xavfli kimyoviy vositalar tashuvchi assenizatsion, sipiruvchi va tozalovchi avtotransport vositalari.

1,5 gacha

-

1

1,5 dan 3 gacha

0,5 dan 1,5 gacha

do 0,5 gacha

2

3 dan 5 gacha

1,5 dan 3 gacha

0,5 dan 1,5 gacha

3

5 dan 10 gacha

3 dan 5 gacha

1,5 dan 3 gacha

4

10 dan 20 gacha

5 dan 10 gacha

3 dan 5 gacha

5

20 dan 40 gacha

10 dan 20 gacha

5 dan 10 gacha

6

40 dan ortiq

20 dan 40 gacha

10 dan 40 gacha

7

-

40 dan ortiq

8

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi Avtoxoʻjaligi balansida boʻlgan yuk avtomobillari haydovchilariga razryadlar mazkur jadvalda belgilangan razryadga nisbatan ikki razryad yuqori belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlarida tashkilotga oʻzi uchun alohida razryad belgilash vakolati berilgan boʻlsa, ushbu tashkilotda mazkur jadvalda belgilangan razryaddan boshqa razryadlar qoʻllanilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son, 26.08.2019-y., 10/19/3130-1/3649-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.07.2023-y., 10/23/3130-2/0503-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)