Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 15.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3101
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
16.10.2026
21.06.2023
23.03.2023
30.11.2021
15.11.2019
18.03.2019
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3101]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. D. RAXIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 14-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145, 45-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi auditorlik tashkilotlariga ular buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatayotganida tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdor — yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs, shu jumladan manfaatini koʻzlagan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat — mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlarining, mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish, shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki qoidalar — auditorlik tashkilotlar va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar — jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlar asosida aniqlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va/yoki taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi yuridik shaxsni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz — qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti bilan buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozni va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotganini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida auditorlik tashkilotlari tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul xodim — ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, auditorlik tashkilotlarida mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalari boʻyicha, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy, sud yoki harbiy organda yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;
(2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim va auditorlik tashkilotning xatti-harakatlari yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, taʼsischilar, aksionerlar va boshqa ishtirokchilar) va ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlarini jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlarda qayd qilish va kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(4-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro almashib borish;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan Roʻyxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Auditorlik tashkilotning ichki nazorat tizimi uning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Masʼul xodim auditorlik tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq auditorlik tashkiloti oʻzining masʼul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi maxsus vakolatli davlat organiga auditorlik tashkilotlaridagi masʼul xodimlar va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 20-yanvardan kechiktirmasdan taqdim etadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Masʼul xodim rahbarlik lavozimini egallagan va auditorlik tashkilotining shtatdagi auditori boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Masʼul xodim lavozimiga tayinlanuvchi shaxs auditorlik faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlarni bilishi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargan, shuningdek iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar masʼul xodimi lavozimiga tayinlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Masʼul xodimlarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida auditorlik tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun auditorlik tashkiloti xizmatlaridan foydalanish xavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi vaziyatlar oʻzgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ushbu Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi axborotni auditorlik tashkilotning rahbariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti faoliyatida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik, qoidabuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek ichki nazorat tizimi samaradorligini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlash yuzasidan auditorlik tashkilotining rahbariga koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotining rahbariga ushbu Qoidalar bajarilishi natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni kamida bir yilda bir marotaba taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar, ularni bajarishga urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida uzatilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni tashkil qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organining masʼul shaxslari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatni auditorlik tashkiloti xodimlariga yetkazadi.
(10, 11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Masʼul xodim quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida auditorlik tashkiloti xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotining rahbariga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyaga nisbatan kelgusi xatti-harakatlar boʻyicha takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul xodim qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Masʼul xodim quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid oʻz tavvakalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish, bu tavakkalchiliklarni hujjatlarda qayd qilish va ularni kamaytirish choralarini koʻrish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash hamda Roʻyxat bilan solishtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdorlarni aniqlash va identifikatsiyalashni taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida, shu jumladan ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay ularni amalga oshirishga urinishlar toʻgʻrisida xabarlarni berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
(13-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Auditorlik tashkilotlar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilar aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malakaviy talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila aʼzolari hamda yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish hamda ular tomonidan oʻtkaziladigan operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki qoidalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar talabalariga muvofiq boʻlishi va aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi lozim. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Chet el auditorlik tashkilotining alohida boʻlinmalari (agar mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston qonunchiligi talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Auditorlik tashkiloti oʻzining xorijdagi alohida boʻlinmalaridan mazkur ajratilgan boʻlinmalar joylashgan mamlakat qonunchiligidagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatlar toʻgʻrisida bosh ofisni xabardor qilishni talab qilishga majburdir.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatish uchun mijozlar bilan shartnomalar tuzishda;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar aniqlaganda;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyati standartlari talablariga muvofiq ajratib boʻlmaydigan va nazorat tavakkalchiligini baholashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hujjatlar asosida mijozni tekshirish va identifikatsiyalashni, shuningdek uning vakilining shaxsini va vakolatlarini tekshirishni;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berish kerak. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha mazkur Qoidalarning 20-bandida koʻrsatilgan choralarni koʻrish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan auditorlik tashkilotlari:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina auditorlik tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan oʻrnatish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Auditorlik tashkilotlari mazkur Qoidalarning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning (Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar) lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik auditorlik tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda auditorlik tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni elektron tizimlar orqali, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari mazkur bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida ochiq manbalar va maʼlumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan maʼlumotlarni toʻplash va qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi maʼlumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mijozning buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun murojaat qilishida auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishga majbur:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari oʻtkazgan operatsiyalarini oʻrganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyaning turini va uning mijozning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻzda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda masʼul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, auditorlik tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaxslarni identifikatsiya qilishi va ularning shaxsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatiga olinganligi, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni boʻlmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Qoidalar bilan yuridik shaxslar uchun oʻrnatilgan talablar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Auditorlik tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatishni rad etadi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish choralarini qoʻllash imkoni boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalashni tugatish imkoni boʻlmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha u bilan ishga oid munosabatlarni oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar olingan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atayin notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻraladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(28-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxslarga hamda ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilayotgan shaxslarga, shuningdek Roʻyxatga kiritilgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatishi taqiqlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijozlarga rad etilgan hollarda auditorlik tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Auditorlik tashkilotlari tavakkalchilik darajasini aniqlashi, shuningdek uni pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshirishi kerak.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchilik darajasi mijozning faoliyati va amalga oshiradigan operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda mijoz taqdim qilgan maʼlumotlar, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va mijozni lozim darajada tekshirish natijalari asosida masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan talablar asosida mijozga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni bajarishning tegishli tavakkalchilik darajasi beriladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari har yili tavakkalchiliklarni baholash natijalarini “Audit” dasturiy majmuining axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etishi kerak.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi mumkin.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga oldindan quyidagi mezonlarga toʻgʻri keladigan operatsiya ishtirokchilari kiritilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar, Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qiluvchi shaxslar;
(30-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmalari va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlmagan jismoniy shaxslar;
(30-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va/yoki “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxs hisoblangan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) muntazam ravishda (uch oy ichida ketma-ket) shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga;
(30-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda, auditorlik tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari va doimiy monitoring qilib borishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning xususiyati oʻzgarishiga qarab, auditorlik tashkilotlari mijozni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarni hisobga olgan holda tavakkalchilik xavfi darajasini qayta koʻrib chiqishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Auditorlik tashkilotlari ichki qoidalarda belgilangan tartibda yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlarning (operatsiya ishtirokchilarning) hisobini yuritishlari kerak. Yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan barcha mijozlar (operatsiya ishtirokchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus jurnalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Auditorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishlari kerak. Ushbu maqsadda auditorlik tashkilotlari xizmatlarini koʻrsatish uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashlari va baholashlari kerak. Tavakkalchilikni bunday baholash yangi yoxud rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanishdan avval oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yiliga kamida bir marta jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish yuzasidan auditorlik tashkilotlari faoliyatida tavakkalchilik darajasini oʻrganishni, tahlil qilishni va baholashni hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻradi hamda bu toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari, hamda ularni aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud boʻlganda operatsiya shubhali deb topiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobga olinmagan moliya-xoʻjalik operatsiyalari mavjud boʻlganda va hisob-kitob hujjatlari belgilangan muddatlardan oldin yoʻq qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan choralar asosli qoʻllanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining toʻxtatilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki roʻyxatga olingan shaxslarning foydasiga oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda;
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yoʻl bilan topilgan degan har qanday shubhaning mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining xodimi tomonidan oʻtkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita masʼul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida yozma qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqqan holda va shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng masʼul xodim quyidagi choralarni koʻrishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya haqidagi maʼlumotlarni maxsus jurnalga qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni toʻxtatish boʻyicha auditorlik tashkilotining rahbariga taklif kiritish.
(40-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar auditorlik tashkiloti tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Auditorlik tashkilotlari tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar, Roʻyxatiga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha turdosh xizmatlarni koʻrsatuvchi auditorlik tashkilotlari mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishda auditorlik tashkiloti xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular bu haqda zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan masʼul xodimga xabar berishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz navbatida masʼul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya maʼlumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek uch soat ichida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim.
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishi lozim, agarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Operatsiyani toʻxtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Maxsus vakolatli davlat organining soʻrovlarini bajarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni yozma ravishda soʻrashga va bepul olishga haqlidir, shu jumladan auditorlik tashkilotlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali olishga haqlidir.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq maxsus jurnalga yozgan holda quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Auditorlik tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning ular bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini, shu jumladan ish yozishmalarini va oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan ish munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatda saqlashlari shart.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saqlash muddatlari tugashi bilan hujjatlar belgilangan tartibda arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Auditorlik tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda masʼul xodim imzosi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mijozlar soʻrovnomalari xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va masʼul xodimda saqlab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning ular bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, auditorlik tashkilotlari mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi kamida bir yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Masʼul xodim faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Auditorlik tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-iyundagi 32-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 13-iyundagi 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-3, 21.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Auditorlik tashkiloti rahbari va masʼul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti masʼul xodimi va ichki Qoidalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR _________________________________________ (auditorlik tashkiloti nomi)
1. Ismi, sharifi, otasining ismi, lavozimi, telefon. Sudlanganligi yoki sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
2. Masʼul shaxs etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq sanasi va raqami
3. Auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtgan yil uchun buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot a) mijoz nomi; b) xizmat koʻrsatish davrining muddati; v) xizmat summasi; g) xizmat koʻrsatishda auditorlik tashkilotining funksiyalari; d) mijozning tavakkalchilik darajasi, shuningdek uni pasaytirish va ichki nazoratni samaradorligini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan choralar.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlash boʻyicha auditorlik tashkilotlarning tasdiqlangan hujjati nomi va sanasi;
5. Auditorlik tashkilotining masʼul shaxs va xodimining doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumot.
6. Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni.
7. Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatishni rad etilgan mijozlar soni (rad etish sababi).
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toʻliq, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar (sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi va boshqa maʼlumotlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Joylashgan joyi (pochta manzili, filiallar va vakolatxonalar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mijoz va benefitsiar mulkdorni amaliy ish munosabatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mijoz vakili shaxsining identifikatsiyasi (pasport, ID-karta yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida) hamda vakolatlarini tekshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari, benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash (shaxsini va yashash joyini aniqlash, yuqori mansabdor shaxs, uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs ekanligi toʻgʻrisida belgi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 15-noyabrdagi 62-son va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 7-noyabrdagi 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-2, 22.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son — 2023-yil 23-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mijozni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida olingan, Auditorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 2-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 16-oktabrdagi 105, 26-sonli qarori (roʻyxat raqami 3101-1, 15.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Auditorlik tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana va auditorlik xizmatlari koʻrsatish muddati davomiyligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda Auditorlik tashkilotlari xodimi tomonidan bajariladigan funksiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha auditorlik xizmatlari narxi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mijozning soʻrovnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar va toʻldirish sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ismi, sharifi va otasining ismi, lavozimi, mijoz bilan ishlash uchun masʼul xodim aloqa telefonlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qogʻoz shaklida toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasida xodimning imzosi (ismi, sharifi, otasining ismi, lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron shaklda toʻldarilgan mijoz soʻrovnomasida xodimning ismi, sharifi va otasining ismi, lavozimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ichki qoidalar bilan aniqlanadigan boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 14-noyabrdagi 145 va 45-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 102, 42-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2035, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 493-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-maydagi 45, 15-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2035-1, 2010-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 177-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 13-apreldagi 30, 11-son “Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2035-2, 2015-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 191-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 10/18/3101/2331-son; 15.11.2019-y., 10/19/3101-1/4027-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 22.12.2022-y., 10/22/3101-2/1110-son; 21.06.2023-y., 10/23/3101-3/0417-son; 15.07.2026-y., 10/26/3101-4/0735-son)