Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
27.05.2021
24.04.2020
23.01.2020
04.12.2019
16.01.2019
19.04.2017
28.09.2016 15
21.08.2015
15.05.2014
01.05.2013
10.09.2009
19.09.2007
11.10.2006
05.04.2006
19.02.2003
01.09.2000
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2021
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Pecpublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 15-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 26-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78-II-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AUDITORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yangi tahriri)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasida banklarni auditorlik tekshiruvi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 982, 04.11.2000-y.) va “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.)ga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Auditorlik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, professional xizmatlar ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo‘llashi mumkin.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Auditor
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi 110-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Auditorning malaka sertifikati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Auditorning yordamchisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI-bobi (77—87-moddalari)ga qarang (“Mehnat shartnomasini tuzish”).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shiladi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Auditorlik tashkiloti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la olmaydilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
(5-moddaning beshinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘ba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak;
(5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak;
(5-moddaning beshinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomning 9-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
(5-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin emas.
(5-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektdan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug‘ullanishi mumkin hamda u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi;
(7-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi;
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida yettinchi—to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasi hamda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga qarang.
(7-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganlik yoki lozim darajada o‘tkazmaganlik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Auditorlik tekshiruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o‘tkaziladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar;
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
(10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish budjetdan tashqari fondlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari.
(10-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond va tovar birjalari.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo‘jalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishi bilan kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to‘lanishi xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan ozod qilmaydi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1791-moddasi. Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni to‘g‘rilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Auditor tekshiruvining buyurtmachisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mustaqil auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish maqsadida auditorlik tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga istalgan shaklda ta’sir ko‘rsatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi.
(15 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aynan bir xil asoslarga ko‘ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur auditorlik tashkilotining mulkdorlari, qatnashchilari, kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdorlar, qatnashchilar, aksiyadorlar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
(16-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo‘ladigan shaxs ayni bir paytning o‘zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, qatnashchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
(16-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatganlar.
(16-moddaning birinchi qismi “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xodimi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan “g” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobotni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini amalga oshirish.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “90-son O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari” (ro‘yxat raqami 1017, 10.03.2001-y.)ga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Auditorlik hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning standartlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” (ro‘yxat raqami 2844, 01.12.2016-y.).
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Auditorlik xulosasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi sybyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” (ro‘yxat raqami 2844, 01.12.2016-y.).
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan coxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko‘pi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta o‘tkaziladi;
(21-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3105, 21.12.2018-y.)ga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 3105, 21.12.2018-y.) 3-bobiga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom”ga qarang.
(21-moddaning ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarni hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 166-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasihamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 117-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilishi natijasida auditorlik tashkilotining faoliyati tugatilganda, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;
(23-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
LexUZ sharhi
Auditorning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida o‘zi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 179-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish uchun ham asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-110-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va o‘zga nodavlat notijorat tashkilotlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari himoyalanishiga ko‘maklashishga da’vat etilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
(27-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini o‘tkazishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda;
(27-moddaning uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 41-son, 405-modda; 2007-y., 37-38-son, 378-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)