26.08.2004 yildagi 660-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2004 yildagi 660-II-son
Date of entry into force
01.01.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida
(qonun nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, yuridik shaxslarga, ularning filiallari hamda vakolatxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlariga nisbatan tatbiq etiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar — jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan boʻlsa, ularni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yoʻli bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlarining yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat boʻlgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishini, faoliyat koʻrsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni taʼminlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishga yoki yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, toʻplash, saqlash, oʻtkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OMMAVIY QIRGʻIN QUROLINI TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL ETISH
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar
(4-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
(4-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
(4-moddaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar;
(4-moddaning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ichki nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning maxfiyligini taʼminlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar boʻlmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xoʻjalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs boʻlgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-modda. Tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, shuningdek ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiruvchi organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish hollarining oldini olish yoki sonini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan choralar aniqlangan tavakkalchiliklarga muvofiq boʻlishi hamda nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi barcha organlarga hamda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga yetkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha choralarni muvofiqlashtirishni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida qonunchilikka muvofiq belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar oʻtkazilishi ustidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda xoli va mustaqildir, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlarning ishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
(9-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan axborotni soʻraydi va bepul oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha ushbu Qonunga muvofiq olinadigan axborotning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish belgilarini aniqlash maqsadida tahlil qilinishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar haqidagi xabarlarni oladi, maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi va ularga ishlov beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq maʼlumotlar va axborotni almashish hamda yuborish boʻyicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoki soʻrovga binoan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatini terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan maʼlumotlar asosida shakllantiradi va yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha tavakkalchiliklarni baholashni tashkil etish yuzasidan jalb etilgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda choralar koʻradi;
(9-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni amalga oshirish uchun pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olinadigan axborot asosida tahlil qiladi hamda umumlashtiradi, shuningdek qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda kiritadi;
(9-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, chet davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan kelishuvlar tuzadi;
(9-moddaning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzarolik prinsipi asosida hamkorlik qiladi va axborot almashishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi qarorlarining majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. PUL MABLAGʻLARI YOKI BOSHQA MOL-MULK BILAN BOGʻLIQ OPERATSIYALAR VA ULARNI AMALGA OSHIRUVCHI TASHKILOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan oʻz mulkiy huquqlari va majburiyatlarini belgilashga, oʻzgartirish yoxud tugatishga qaratilgan harakatlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyati;
(12-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati;
(12-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja aʼzolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari;
(12-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oʻtkazmalari, toʻlovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lombardlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarda xizmatlar koʻrsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari.
(12-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ichki nazoratni oʻtkazish davomida shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topiladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiyalar ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, alohida hollarda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatini yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
(14-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki nazorat tizimlarini tashkil qilishi va joriy etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiyalash tartib-taomillarini amalga oshirishi va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi, shu jumladan mijoz va uning mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam yangilab borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi hamda ularning shaxsini tekshirish boʻyicha imkon qadar choralar koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini koʻrishi, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni kamaytirish yuzasidan choralar koʻrishi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga oshirishga boʻlgan urinishlar toʻgʻrisidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda yuborishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati bilan solishtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan toʻxtatib turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyishi, shuningdek shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmagan yuridik yoki jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar mazkur operatsiyalarni bajarishni rad etadi, yuridik yoxud jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish operatsiyalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq chet el valyutasidagi operatsiya
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya chet el valyutasida amalga oshirilayotgan boʻlsa, uning milliy valyutadagi miqdori qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA VA OMMAVIY QIRGʻIN QUROLINI TARQATISHNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BILAN BOGʻLIQ AXBOROT
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni taqdim etish
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish, shuningdek pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarni terrorchilik faoliyatida yoxud boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoki ushbu faoliyatda ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoxud jismoniy shaxslar haqida xabardor qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yoxud boshqa maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning, maxsus vakolatli davlat organining hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan oʻtkazilayotgan nazoratdan xabardor qilishga haqli emas.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklash hamda bunday axborotni tarqatmaslik
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar, maxsus vakolatli davlat organi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi boshqa organlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni qonunchilikda belgilangan tartibda cheklaydilar hamda bunday axborotning tarqatilmasligini taʼminlaydilar.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

22-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
(22-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi zarur axborot taqdim etish toʻgʻrisida chet davlatlarning vakolatli organlariga soʻrovlar yuborish va chet davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlariga javob qaytarish huquqiga ega.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-212-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 210-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
660-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda; 2007-y., 17-18-son, 172-modda; 2009-y., 17-son, 210-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)