26.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2734
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 26.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2734
Date of entry into force
30.11.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.

Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-noyabrda 2734-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 2-martdagi 36-son “Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 22-2021-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-1, 16.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 10/21/2734-1/0682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-2015-son

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) magistratura mutaxassisliklari talabalari (bundan buyon matnda magistratura talabasi deb yuritiladi) tomonidan stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTMdan stajirovka rahbari — stajirovkaga yoʻllangan magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilayotgan ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi), magistratura talabasining stajirovkasiga rahbarlik qilish oʻquv yuklamasiga kiritilgan OTM professor-oʻqituvchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) — magistratura mutaxassisligi boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim oʻquv reja va dasturlarini oʻzlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yoʻli orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sogʻliqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash dasturi — stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sogʻliqni saqlash, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni oʻrganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yigʻish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur boʻlgan tajriba-sinovlarni oʻtkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan oʻtkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish boʻyicha tadbirlarni qamrab olgan stajirovka rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shugʻullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan dastur (xorijda stajirovka oʻtash dasturi OTM rektori (direktori) tomonidan tasdiqlanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka oʻtkazilishi rejalashtirilgan hamda oʻtkaziladigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka oʻtash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini oʻtkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga koʻmaklashish masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan, oʻrnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy OTMlariga, shuningdek yuridik taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka oʻtashga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Stajirovka:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisod, fan, madaniyat va sogʻliqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik boʻyicha bilim va koʻnikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) boʻyicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga samarali moslashuvni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka oʻtash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda oʻtashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Stajirovkani tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga koʻra magistratura talabasini stajirovka oʻtashga yuborish masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Magistratura talabasi kadrlar isteʼmolchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka oʻtashga jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Stajirovka oʻtashga yuborilayotgan magistratura talabalari roʻyxati OTMdan stajirovka rahbari koʻrsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Stajirovka oʻtash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan taʼminlash imkoniyati hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda oʻtkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. OTM rektori (direktori) stajirovka oʻtash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Stajirovka boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura boʻlimi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakultet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shugʻullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasida stajirovkani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda oʻtash hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Stajirovkani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan taʼminlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka oʻtashni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Stajirovka oʻtash davrida stajirovka oʻtayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda boʻlgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistratura talabasi tomonidan stajirovka dasturining oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda, unga amaliy koʻmaklashib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. OTMdan stajirovka rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarini stajirovka oʻtash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli boʻlinmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash dasturini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yoʻl-yoʻriqlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining stajirovka oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka oʻtash holati boʻyicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasiga stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, stajirovka oʻtash joylariga borish orqali stajirovka oʻtash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka oʻtash dasturi bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtashni takomillashtirish yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini OTM kengashida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovkani tashkil etish boʻyicha buyruq (qaror) qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasiga stajirovka oʻtash dasturiga muvofiq stajirovka oʻtash uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotda magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasiga zarur yoʻl-yoʻriqlar va tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasini qabul qiluvchi tashkilot obyektlarining tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va boshqa oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining stajirovka oʻtash dasturiga taalluqli zarur materiallardan foydalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasiga stajirovka oʻtash dasturida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha zarur maslahatlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va stajirovka kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTMdan stajirovka rahbari bilan stajirovka oʻtash holati boʻyicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka kundaligining tegishli qismlarini imzolaydi, imzo qabul qiluvchi tashkilot muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTMdagi stajirovka rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining stajirovka oʻtash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan stajirovka oʻtash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistratura talabasidan stajirovka oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifa va topshiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Magistratura talabasining stajirovka boʻyicha huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Magistratura talabasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovkani oʻtash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Magistratura talabasi zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovkani belgilangan muddatlarda oʻtash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash dasturida koʻrsatilgan topshiriqlarni (ishlarni) belgilangan tartibda, toʻliq va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Magistratura talabasi stajirovka boʻyicha qonunchilik hujjatlarida yoki oliy taʼlim tashkiloti ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Stajirovka oʻtash bosqichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Stajirovka oʻtash quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlov bosqichi (stajirovka oʻtashning birinchi kuni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy bosqich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakuniy bosqich (stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Stajirovka oʻtashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka oʻtash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka oʻtashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yoʻnalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka oʻtash dasturiga muvofiq tegishli koʻrsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Stajirovka oʻtashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Stajirovka oʻtashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka oʻtash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari koʻrib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng, stajirovka oʻtashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Magistratura talabasining u taʼlim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud boʻlgan tashkilotlarda stajirovka oʻtashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrugʻi bilan ushbu tashkilotda stajirovka oʻtash uchun yoʻllanma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Magistratura talabasi yozgi taʼtil davrida stajirovka oʻtash uchun yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Stajirovka oʻtash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin bepul beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Stajirovka oʻtash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Stajirovka oʻtashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka oʻtash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka oʻtagan magistratura talabasiga uning iltimosiga koʻra yozma yoki elektron ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Stajirovka oʻtash uchun yuborilgan magistratura talabalari oʻquv jadvalini individual grafik asosida bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Stajirovka oʻtash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrugʻi bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka nazariy taʼlimning oʻzaro aloqasini taʼminlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Magistratura talabasi xorijda stajirovka oʻtash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka oʻtash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi magistratura talabasining xorijda stajirovka oʻtashi masalasini oʻrganib chiqadi va koʻrib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi stajirokani tashkil etish boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda stajirovka oʻtaydigan magistratura talabalari roʻyxatini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda stajirovka oʻtaydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda stajirovka oʻtaydigan magistratura talabasiga xorijda oʻzini tutish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Stajirovkani xorijda oʻtash uchun magistratura talabasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada koʻrsatilgan chet tilini bilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka oʻtash dasturini bajarish boʻyicha reja-jadvalni (kalendar rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Xorijda stajirovka oʻtash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yoʻl xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qoplanishi va boshqa muhim shartlar koʻrsatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Magistratura talabasi homiy tashkilot mablagʻlari hisobidan xorijda stajirovka oʻtashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM oʻrtasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Magistratura talabasi stajirovka oʻtab boʻlgandan soʻng, stajirovka boʻyicha yozma yoki elektron ravishda hisobot tayyorlaydi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Stajirovka yakunlari boʻyicha hisobotda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka muddati, stajirovka oʻtalgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari haqida qisqacha maʼlumotlar,;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka dasturida koʻrsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar boʻyicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka xorijda oʻtalgan boʻlsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimining xorijda oʻtalgan stajirovka boʻyicha xulosalarini aks ettiruvchi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka boʻyicha hisobotning ilmiy konfrensiyalarda maʼruza qilinganligi va mazkur maʼruzaning muhokama natijalariga koʻra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda chop etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, agar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasi (dissertatsiyaning rejalashtirilgan qismi) boʻyicha amalga oshirilgan tajriba sinovlari yoki tadqiqot ishlari natijalari haqidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash boʻyicha boshqa muhim masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan soʻng, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Stajirovka natijalari boʻyicha magistratura talabasi tomonidan stajirovka yakunlangan kundan eʼtiboran 3 kun ichida OTM buxgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yoʻl xarajatlari chiptalari, turar joy (mehmonxona) toʻlovlari kvitansiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda xarajatlar haqida hisobot taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Magistratura talabasi OTMda stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi oʻtkazilgunga qadar stajirovka boʻyicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yigʻilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari boʻyicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma yoki elektron ravishda xulosa beriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Magistratura talabasi stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi oʻtkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni boʻyicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka boʻyicha hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka kundaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka oʻtash vaqtida toʻplangan materiallar yigʻmajildi (ularning roʻyxati stajirovka kundaligida aks ettirilgan boʻlishi lozim). Toʻplangan materiallar yigʻmajildi stajirovka boʻyicha baho qoʻyilgandan soʻng, kelgusida oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib, stajirovka kundaligida stajirovka oʻtash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrugʻi bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasida qabul qiluvchi tashkilot vakili ishtirok etishi mumkin. OTMning xalqaro aloqalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimi xodimi (magistratura talabasi xorijda stajirovka oʻtagan boʻlsa), OTMdan stajirovka rahbari stajirovka boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etishi shart, ular uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi komissiya aʼzosining stajirovka boʻyicha rahbarlar xulosalarini oʻqib eshittirishidan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka rahbarlari xulosalari oʻqib eshittirilgandan soʻng, magistratura talabasining stajirovka boʻyicha xulosasi, stajirovka davomida toʻplagan materiallari, shuningdek stajirovkaga oid taklif va mulohazalari tinglanib, komissiya tomonidan muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlariga asosan baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bildirilgan takliflarning asosliligi va amaliy ahamiyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning oʻzida magistratura talabasiga eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Magistratura talabasi stajirovka boʻyicha hisobotni ilmiy konfrensiyalarda maʼruza qilsa va mazkur maʼruza muhokama natijalariga koʻra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda chop ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Stajirovka boʻyicha hisobot ilmiy konfrensiyalarda maʼruza qilinganligi va mazkur maʼruza muhokama natijalariga koʻra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u maʼruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomonidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Stajirovka boʻyicha qoʻyilgan ball fanlar boʻyicha qoʻyiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy oʻzlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka yakunlari boʻyicha 60 va undan kam ball toʻplagan hollarda magistratura talabasining bilimi “qoniqarsiz” deb baholanadi hamda magistratura talabasi stajirovka boʻyicha hisobotni bir oy ichida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda OTM rektorining (direktorining) tegishli buyrugʻi chiqarilishi lozim.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
581. Magistratura talabasining apellatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun OTM rahbarining qarori bilan ushbu tashkilot tizimining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi komissiya aʼzosining Apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
582. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan magistratura talabasi natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasini shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
583. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
584. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
585. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida magistratura talabasiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
586. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasi natijalariga oʻzgartirish kiritish va uni stajirovkadan oʻtgan deb topish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
587. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
588. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan magistratura talabasi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(581 — 588-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2734-2, 03.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Magistratura talabasi stajirovkani uzrli sabablarsiz oʻtamaganda, stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
(59-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabasining ogʻir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (maʼnaviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka oʻtashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini toʻliq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb topiladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Stajirovkani moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Stajirovka oʻtash davrida magistratura talabalarining stipendiya olish huquqi saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Quyidagilar stajirovka oʻtashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu maqsadlar uchun ajratilgan OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qiluvchi tashkilotning mablagʻlari (budjet tashkilotlarida ularning ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardagi qabul qiluvchi tashkilotning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylarning begʻaraz yordami tufayli tushgan (ushbu maqsadlar uchun ajratilgan) mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar.
(61-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal etiladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri ‎ R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr

Iqtisodiyot vaziri ‎ G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURITDINOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 30-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 604-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,16.07.2021-y., 10/21/2734-1/0682-son; 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)