14.06.2002 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 14.06.2002 yildagi 10-son
Date of entry into force
14.06.2002
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada o‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xususan, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan odil sudlovni amalga oshirish amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni to‘g‘ri hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 1991 — 2001-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy sud Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandining ikkinchi xatboshisi “ikki yoki undan ortiq shaxsning” so‘zlaridan keyin “birgalikda” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “hokimiyat yoki” so‘zlari hamda “(Jinoyat kodeksining 271-moddasi)” so‘zlaridan keyingi “Jinoyat kodeksining 271-moddasi” so‘zlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 5-bandining birinchi xatboshisidagi “(Jinoyat kodeksi 272 m. I q.)” so‘zlari “(Jinoyat kodeksi 273-moddasining 1-qismi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-bandining birinchi xatboshisidagi ikkinchi qavs ichidagi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“(o‘zgaga berish, hadya etish, boshqa shaxsga ukol qilish, almashtirish, qarz va qarzi evaziga berish hamda sotish va hokazolar)”. Ushbu xatboshi “Chunki giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish-o‘tkazishning bir usuli deb hisoblanishi kerak” degan jumla bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qayd etilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda birinchi navbatda o‘tkazilgan (sotilgan) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar miqdoridan kelib chiqish kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “(Jinoyat kodeksi 272 m. 2-q.)” so‘zlari “(Jinoyat kodeksi273-moddasi 5-qismi)” so‘zlari bilan hamda “...ular uchun moddiy qiymatliklar olinishini nazarda tutadi” so‘zlari “giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar faqat ko‘p miqdorda sotilsagina mazkur moddaning 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 6-bandi birinchi xatboshisining oxirgi jumlasidagi “273-moddasi yoki sotish maqsadi bo‘lganida Jinoyat kodeksi 25-moddasi va 272-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak” degan so‘zlar “25, 273-moddasining 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “1995-yil 1-apreldagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga 1-sonli ilovada mavjud” so‘zlari “1998-yil 22-maydagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga ilovada mavjud” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 8-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun mazmuniga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash deganda aybdor tomonidan g‘araz maqsadni ko‘zda tutgan-tutmaganligidan qat’i nazar, giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun maxsus sharoit yaratilgan (iste’mol qilish moslamalari, giyohvandlik vositalari bilan ta’minlangan-ta’minlanmaganligining ahamiyati yo‘q) xonalarni bir yoki bir necha marotaba berib turishi tushunilishi lozim. Tushuntirilsinki, boshqalar tomonidan xonadondan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga bildirmasdan giyohvandlik vositalarini o‘zlari bilan olib kelib iste’mol qilganliklari aniqlansa, xonadondan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs harakatini bangixona tashkil qilgan deb baholamaslik lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “273-moddasining 4-qismi va 272-moddasining 1 yoki 2-qismlarida” so‘zlari “273-moddasining tegishli qismlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 9-bandining birinchi xatboshisidagi “273-moddasining 5-qismi” so‘zlari “273-moddasining 6-qismi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan ko‘proq yoki ko‘p miqdorga mansubligi masalasini hal etish tergov organi va sudning vakolati doirasiga kiradi, bunda ular narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 1998-yil 22-may 3-raqamli qarori bilan tasdiqlangan “Qonunga xilof saqlashdagi yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning o‘lchamini oz, ozginadan ko‘proq va ko‘p miqdorga mansubligi Ro‘yxati”dagi tavsiyaga amal qilishlari zarur”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 17-bandining uchinchi xatboshisidagi “ayollarga,” so‘zidan keyin “60 yoshdan oshgan erkaklarga,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) 19-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Qurolli kuchlar harbiy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy sud Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” gi 2-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandidagi “juda ko‘p miqdorda o‘tkazilganda” hamda “(bojxona qonunlarini buzish)” so‘zlari tegishligicha “o‘tkazish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ko‘p miqdorda sodir etilsa” va “(bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandining “e” kichik bandidagi “1-qismining “b” bandida” so‘zlari “2-qismining “g” bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 7-bandining birinchi xatboshisi chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oliy sud Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rishda qayd etilgan turkumdagi ishlarni ko‘rish sifati ustidan tegishli nazoratni ta’minlasinlar va sud xatolarini o‘z vaqtida tuzatish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rsinlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy sud Plenumining 1996-yil 15-martdagi “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 9-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Savdo yoki vositachilik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlagan, nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida tovarlarni olgan va qayta sotgan holda amalga oshirish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 176-moddasining 2-qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish esa 176-moddaning 3-qismi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin o‘shanday harakatlarni ancha miqdorda sodir etish Jinoyat kodeksi 188-moddasining 1-qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “ancha yoki ko‘p miqdorda” so‘zlari “ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xuddi shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilganda Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik yuzaga keladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 9-bandidagi “215” raqami “177” raqamga o‘zgartirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 14-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 36-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 37-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, viloyat, Qurolli Kuchlar harbiy sudlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq ayrim masalalar to‘g‘risida” gi 38-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandining “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Biror bir jinoiy harakatni sodir etmagan, ammo ommaviy tartibsizlik jarayonida olomon orasida bo‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar, balki yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tushuntirilsinki, sudlar jinoiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish vaqtida, amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek bunday mazmundagi materiallarni tarqatish faktlari aniqlansa, Jinoyat kodeksining 159-moddasi belgilari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga majburdirlar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi 39-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar sudi, viloyat va Qurolli Kuchlar harbiy sudlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 40-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 15-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 24-bandidagi “kassatsiya va nazorat” so‘zlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 41-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zlari tegishlicha “apellatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 21-bandining birinchi xatboshisidagi “498-moddasiga” so‘zi “4972-moddasiga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 21-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 22-bandining birinchi xatboshisidagi “498-moddasiga” hamda “kassatsiya” so‘zlari tegishligicha “4972-moddasiga” hamda “apellatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Kassatsiya” so‘zi “Apellatsiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 22-bandining uchinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya” so‘zi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 23-bandidagi “kassatsiya” so‘zlari “apellatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) qaror matnlari (9-banddan tashqari)dagi “advokat” so‘zlari “himoyachi” deb o‘zgartirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oliy sud Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudiga, Toshkent shahar va viloyat sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy sudiga ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida” gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandidagi “kassatsiya va nazorat” so‘zlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 11-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “167-moddasi 3-qismining “v” bandi” so‘zlari “167-moddasi 2-qismining “g” bandi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-bandining birinchi xatboshisidagi “167-moddasining 4-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1,2 va 3-qismlari” so‘zlari “167-moddasining 3-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1 va 2-qismlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 29-bandidagi “mol-mulkni musodara qilish,” so‘zlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 31-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlariga, Qurolli kuchlar harbiy sudiga jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rayotganda” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rayotganda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 6-bandining oxirgi xatboshisidagi “kassatsiya yoki nazorat” so‘zlari “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 16-bandining birinchi xatboshisidagi “kassatsiya yoki nazorat” so‘zlari “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 23-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudi, Toshkent shahar sudi va viloyat sudlari, Qurolli Kuchlar Harbiy sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 9-bandining oxirgi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ma’muriy jazo tariqasidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 33-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina qo‘llanmasligi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 12-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi 31-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 10-bandining birinchi xatboshisidagi “504” raqami chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-bandining uchinchi, beshinchi xatboshilaridagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya, kassatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya va kassatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 17-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya sudida” so‘zi “apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 18-bandidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya va kassatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 19-bandining birinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya, kassatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” so‘zi “apellatsiya va kassatsiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 25-bandidagi “ijro qilinadigan joydagi sudga” so‘zlaridan keyin “yoki Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti hududiy bo‘limiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 29-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oliy sud Plenumining 1999-yil 30-apreldagi “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 8-bandining birinchi xatboshisidagi “169-modda 4-qismi” hamda “ushbu modda 1, 2 va 3-qismlari” so‘zlari tegishligicha “169-moddasi 3-qismi” hamda “ushbu modda 1 va 2-qismlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-bandi chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 12-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, Qurolli Kuchlar Harbiy sudi” va “kassatsiya va nazorat” so‘zlari tegishligicha “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” va “apellatsiya, kassatsiya va nazorat”so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi haqida”gi 17-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Respublika Harbiy sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandidagi “kassatsiya va nazorat” so‘zlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qaror matnlari (qonun nomidan tashqari) dagi “advokat” so‘zlari “himoyachi” so‘zlariga o‘zgartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 19-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan bo‘lsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga o‘tkaziladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 18-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 8-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 10-bandidagi “o‘zlashtirish yoki rastrata qilish,” so‘zlardan keyin “firibgarlik, o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish,” so‘zlari kiritilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 11-bandidagi “to‘lov vositasi sifatida foydalanish” so‘zlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli bo‘lgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga o‘tkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 14-bandining 3-xatboshisidagi “sudlanuvchilarga nisbatan mol-mulkni musodara etishni qo‘llash yoki qo‘llamaslikdan qat’iy nazar” so‘zlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 16-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sud, Toshkent shahar va viloyat sudlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 21-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar sudi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 23-bandidagi “tuman (shahar) sudi” so‘zlari “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 27-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 12-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shuningdek, mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan o‘zgarishlar nazarda tutilgan bo‘lsa, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yo‘l qo‘yilishiga e’tibor qaratilsin (Jinoyat-protsessual kodeksining 513-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 25-bandining ikkinchi xatboshisidagi “mol-mulkni musodara qilish,” so‘zlari chiqarilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Oliy sud Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qo‘llash haqida”gi 25-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandi quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat kodeksining 661-moddasida ro‘yxati keltirilgan jinoyatlardan boshqa ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar bilan shu ishlar yuzasidan jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili deb topilganlar o‘rtasida yarashuvga erishilgan taqdirda jinoyat sodir etgan shaxsni Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilish yoki shu kodeksning 70 va 71-moddalariga asosan jazodan ozod qilish masalasi muhokama etilishi shart”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sobiq SSR Ittifoqi Oliy Sudi Plenumining qarorlari haqida”gi 5-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud raisi vazifasini bajaruvchi A. IShMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi X. HASANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-son