Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2013 28.12.1998 yildagi 30-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 28.12.1998 yildagi 30-son
Date of entry into force
28.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan yangi Bojxona kodeksi me’yorlarining qo‘llanishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlarini talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bojxona faoliyati sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotganda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, bojxona ishi haqidagi qonunlar Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlaridan, shu jumladan, davlat Bojxona qo‘mitasining hujjatlaridan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari davlat boshqaruv organlari tizimiga kirishi, ularning vakolat doirasida qabul qilingan qarorlari, mulk shaklidan qat’i nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ijro etish uchun majburiy ekanligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, Davlat bojxona qo‘mitasining me’yoriy hujjatlari Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bojxona qonunlarining buzilishiga doir ishlar, basharti ularda jinoyat tarkibi bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida va Bojxona kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va ular bojxona organlariga taalluqlidir. Jumladan, jarima tariqasidagi ma’muriy jazolarni qo‘llash, shuningdek, ro‘yxati qonunlarda ko‘rsatilgan tovarlarni musodara qilish bojxona organining boshlig‘i va uning o‘rinbosari vakolatiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish kerakki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar, basharti huquqbuzar, huquqbuzarlik faktini inkor etsa, bunday ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tayotgan fuqarolar huquqlarining muhim kafolatlari nazarda tutilganiga qaratilsin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 315-moddasiga muvofiq bojxona organining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqargan qarori ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan, belgilangan muddatda shikoyat berilishi yoki e’tiroz bildirilishi, basharti qonunlarda boshqa yo‘llar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shikoyat yoki e’tiroz ko‘rib chiqilgunga qadar ta’sir chorasini qo‘llash haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib qo‘yilishi to‘g‘risidagi me’yorlar ham fuqarolarning huquqlarining muhim kafolati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona kodeksining 192-moddasiga muvofiq, bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib ish tugatilganda, undirib olingan pul summalari, olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarning qaytarib berilishiga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarning bekor qilinishga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bojxona kodeksining 183-moddasiga muvofiq bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, xolis ishtirok etishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasi 2-qismiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollardagina uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Ayni vaqtda bojxona organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, musodara qilish bilan bog‘liq bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar faqat favqulodda hollardagina, buning oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilgandan keyingina, aybdor shaxs yoki uning vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Aybdor shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi yoxud uning qayerdaligini aniqlashning iloji yo‘qligi shunday hollarga kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab yoki undan yashirib yohud bojxonaning hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiya bilan olib o‘tish” kabi tushunchalarning izohi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 2-son qarorida bayon etilganini nazarda tutish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali olib o‘tgan shaxslarning xatti-harakatlari Jinoyat kodeksi 182-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqbuzarlik predmeti bo‘lgan tovarlarning qiymati 1998-yil 1-yanvardan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Bojxona tarifi haqida”gi Qonuni, shuningdek, Bojxona kodeksining 179-moddasi bilan belgilangan tartibda bozor bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlar g‘ayriqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib o‘tilgan vaqtdan e’tiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Ana shunday olib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan harakatlar jinoyatga suiqasd deb tasniflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni g‘ayriqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish g‘ayriqonuniy ravishda chegaradan tashqariga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish yoki belgilangan tartiblarni buzib chegaradan o‘tish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 va 223-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarning yig‘indisi sifatida tasniflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat kodeksining 182-moddasi dispozitsiyasi mazmuni bo‘yicha hamda shu xildagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Bojxona kodeksi qoidalari bo‘yicha tovarlarni bojxona nazoratini chetlab olib o‘tish faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jinoyat kodeksining 246-moddasida javobgarlik ko‘zda tutilgan kontrabanda bojxona qonunlarini buzish turlaridan biri bo‘lib, jamiyat uchun ko‘proq xavf tug‘dirishini, shu sababli Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan qo‘shimcha tasniflashni talab qilmasligini sudlarga tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlarning e’tibori jinoyatlarni sodir etishda va bojxona qonunlarini boshqacha buzishda aybdor shaxslarga qonuniy va adolatli jazolar tayinlanishi ishni to‘g‘ri hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy jazo tariqasidagi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina qo‘llanmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar bojxona qonunlarining buzilishiga doir jinoiy va ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish muddatlarining buzilish hollariga barham berishlari, sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda sud qarorining bir nusxasi jinoiy yoki ma’muriy ishni qo‘zg‘atgan organga yuborilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish vaqtida sudlar bojxona qonunlarining buzilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi bojxona sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarilik to‘g‘risidagi ishlarning sudlar tomonidan bexato ko‘rilishi ustidan tegishli sud nazoratini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nazorat instansiyasi sudlari ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini, yo‘l qo‘yilgan sud xatolarini o‘z vaqtida tuzatgan holda, muntazam ravishda o‘rganib va umumlashtirib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son