Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003 24.09.1999 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.1999 yildagi 17-son
Date of entry into force
24.09.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining bajarilishi haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisining “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Plenum qarorining bajarilishi haqidagi maʼruzasini muhokama qilib, Plenum, ushbu Qarorning qabul qilinishi jinoyat sudlov ishlarining yurituvini demokratlashtirishga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilganini qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuning bilan birga tergov organlari va sudlar koʻp hollarda har bir shaxsning himoya huquqiga egaligi haqidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablarining oʻta muhimligiga, ish holatlarini har tomonlama, tekshirishni taʼminlovchi sudda ishlarni yuritishda taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyiliga, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashga, oxir-oqibatda esa har bir ishning haqiqiy holatini xolisona aniqlashga yetarlicha baho bermayaptilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp ishlar boʻyicha fuqaro ushlangan paytdan boshlab himoyachilar qatnashmagan, uning huquqlari hamma vaqt ham yetarli darajada aniq tushintirilmagan, agar ayblanuvchi yoki sudlanuvchi hibsda saqlanayotgan taqdirda himoyachi u bilan miqdori va muddati cheklanmagan holda holi uchrashuv oʻtkazishga haqliligi haqidagi qonun talabi koʻp hollarda inkor qilib kelingan.
(muqaddimaning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishlar qator hollarda ruxsat etilmagan tergov usullarini qoʻllash, ruhiy va jismoniy tarzda koʻrsatmalar berishga majbur qilish, asoslantirilmagan holda ushlab turish, hibsga olish va hatto sudlashda ifodalangan fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlarining qoʻpol buzilishiga olib keldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy sud qonunga xilof ravishda yigʻilgan dalillar yuridik kuchga ega emasligi va oqibatda ular sud tomonidan rad qilinishini koʻrsatib oʻtgan boʻlsada, sudlar qayd etilgan noqonuniy harakatlarga baho berishda zaruriy qatʼiyatlik koʻrsatmayapti, gumonlanuvchi tomonidan himoyachining ishtirokisiz aybini boʻyniga olganligi holatiga har doim ham tanqidiy baho bermayapti.
(muqaddimaning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ishlarini yuritishda taraflarning teng huquqliligi, dalillar taqdim qilish, ularni tekshirishda ishtirok etish, iltimosnoma berishda teng imkoniyatlarga egaligi va boshqa tamoyillarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, himoyachi taraf sifatida, sud ishlarini yuritishniig hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
(muqaddimaning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlarni ijro qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, jinoyat, sudlov ishlarida himoyaga boʻlgan huquqqa qatʼiy rioya qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori himoyaga boʻlgan huquqni kafolatlovchi jinoyat-protsessual qonunchilikning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining jiddiy buzilayotganligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari fuqarolarning himoyaga boʻlgan huquqlariniig buzilishini bartaraf qilish, jinoyat sudlov ishlarining yurituvida himoyachining haqiqiy ishtirokini va sud protsessida taraflarning tengligini taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qonunchilikka rioya qilinishi muntazam tahlil qilib borilsin, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichlarining roli kuchaytirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi U. MINGBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. A. Muhammadiyev
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son