07.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2466
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 07.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2466
Date of entry into force
10.06.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2466]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 34-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlashda, ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar elektr priborlari va tashkiliy texnika bilan ishlovchi hamda ularni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va taʼmirlashda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilotlar oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishlari lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-son-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tashkilotning hududi koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yongʻin texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat koʻrsatilishi” talablariga mos keluvchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qoʻyilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi va suv quvurlari boʻlmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining boʻlishiga ruxsat etiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan toʻsib qoʻymaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Yoritish vositalari koʻzni qamashtirishidan saqlash uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar boʻlishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-2014 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Liniyani toʻxtagandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslar kirishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli boʻlishi, nazorat-oʻlchash asboblari soz, apparatlar blokirovka vositalari mavjud boʻlganda ishga tushirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar koʻrilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda toʻxtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylari zarur toʻsiqlar, himoya qiluvchi hamda saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil boʻlishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Sexlarda (boʻlimlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha, shuningdek yongʻin oʻchirish anjomlarining soz holda boʻlishiga shu boʻlinmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Qoʻlda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz boʻlgan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
138. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va chiqindilarni saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
141. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
142. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
143. Omborxonada xom ashyo va materiallar bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
144. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
145. Omborxonaning devorlari boʻylab oʻralgan har bir javonda olti taxlamgacha boʻlgan miqdorda xom ashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oraligʻidagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oraligʻi esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
146. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari boʻyicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
148. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
149. Ikkilamchi xom ashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bogʻlamlarga oʻralgan holda qabul qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
150. Ikkilamchi xom ashyo bogʻlamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam boʻlmagan holda baland va 0,5 m dan kam boʻlmagan holda yonmaydigan devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
152. Ikkilamchi xom ashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam oʻlchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
153. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada agʻanamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
154. Chiqindilarni yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yoʻnalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq boʻlgan yuklarni tashish va taxlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
157. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy taʼsir xususiyatiga koʻra bogʻliqligi boʻyicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158. Har bir kimyoviy modda texnik koʻrsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki toʻkilgan kislotani neytrallash uchun soda va himoya vositalari uchun zaxira idishlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
160. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislotaning nomi yozilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Kislota uchun rezervuarlarga benzin, kerosin, yogʻ va spirt tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162. Ushlagichli savatlarga yoki yogʻoch panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari boʻyicha 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan koʻp boʻlmagan holda saqlash zarur. Guruhlar orasidagi oʻtish yoʻlagi kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlamaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165. Qattiq oʻyuvchi natriy (oʻyuvchi kaliy) temir barabanlarda, suyuq oʻyuvchi natriy (kaliy) — temir banka, idish (bak), barabanlarda, yozda esa shisha butilkalarda yumshoq qatlam bilan panjaralangan holda saqlanishi lozim. Oʻyuvchi natriyli idishlarda “Xavfli — oʻyuvchi natriy” (oʻyuvchi kaliy) yozuvi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
166. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlamaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Elektr jihozlar, elektron hisoblash va tashkiliy texnikaga xizmat koʻrsatishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
167. Elektron hisoblash va tashkiliy texnika bilan ishlashda zararli ishlab chiqarish omillarini inson salomatligiga salbiy taʼsirini bartaraf qilishga yoʻnaltirilgan xavfsizlik talablari SanQvaM 0224-07 “Kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq boʻlishi lozim
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
168. Xonalarda havo almashinuvi GOST 12.1.005-76 “OSBT. Ish zonasi havosi” talablariga mos boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish xonalaridagi ventilyatsiya tizimi bir xodim uchun soatiga kamida 30 m3 havoni tashqaridan uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
169. Ekran oldidagi ish joyi shovqinsiz boʻlishi lozim. Displeyli zallarda konditsionerlar, telefon ovozi, protsessorlar keltirib chiqaradigan shovqin minimal darajada kamaytirilgan boʻlishi zarur. Ish joyida shovqin darajasi GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(169-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
170. Elektron hisoblash vositalaridan (bundan buyon matnda EHV deb yuritiladi) foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sunʼiy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
171. Displeylarni bino va xonalarning shimoliy, shimoliy-sharqiy yoki shimoliy-gʻarbiy qismida joylashtirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Ish maydonlari bitta xodimga 4,5 m2 dan kam boʻlmasligi va ishlab chiqarish xonalarining maydoni esa bitta xodimga 15 m3 dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Stolning oʻlchami kompyuter ekranining oʻlchamidan kelib chiqib belgilanishi kerak. Umumiy holda stolning uzunligi 160 sm; kengligi 0,90 m; yuzasi 1,44 m2; balandligi operatorning antropometrik xususiyatlariga qarab 0,68 m dan 0,84 m gacha boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Ekranning oʻz oʻqidan vertikal harakati +/–100 ni tashkil etishi lozim. Koʻrish burchagi 20 — 30 min atrofida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Ekran operator koʻzidan 40 — 90 sm masofada joylashtirilishi kerak. Ekrandagi 2,5 mm oʻlchamdagi belgilarni koʻrish uchun 50 sm, 3-4 mm oʻlchamdagi belgilarni koʻrish uchun 0,80 m gacha boʻlgan masofa boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Oyoq qoʻyish uchun moʻljallangan taglikning oʻlchamlari 40 x 30 x 15 sm boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
177. Ish joyining yoritilganligi 300 dan 500 lyuks atrofida boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
178. Ish joyidagi yorugʻlik operatorning koʻrish doirasida mutanosib taqsimlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
179. Displey oʻrnatilgan zallarni yoritish uchun lyuminessentli lampali yoritqichlardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180. Yoritqichdan tushayotgan nur ekranda aks etmasligi uchun nur toʻgʻridan-toʻgʻri kompyuter ekraniga tushmaydigan qilib joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Ekranda yorqin dogʻlar aks etmasligi uchun ish joyida yaltiroq predmetlar boʻlmasligi, operatorning ust kiyimi toʻqroq rangda boʻlishi va uning ortidagi barcha predmetlar kam yorqinlikka ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
182. Jihozlar bir qator qilib joylashtirilganda toʻgʻrisida turgan ekranlarning yorugʻligi bir-biriga tushmasligi uchun ular oraligʻiga toʻsiqlar qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
183. EHV bilan ishlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EHVdan foydalanish gigiyenik talablarga javob beruvchi tabiiy va sunʼiy yoritiladigan binolarda amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron nurli trubka asosidagi videodispleyli terminallardan foydalanishda bir ish joyining maydoni kamida 6 m2, yassi diskret ekranli (suyuq kristalli, plazmali) monitorlardan foydalanishda esa kamida 4,5 m2 ni tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
videodispleyli terminal ekranidan koʻzgacha boʻlgan masofa 600 — 700 mm atrofida boʻlishi va 500 mm dan yaqin boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EHV boʻlgan xonaning poli va mebellari har kuni namlangan holda tozalab chiqilishi va EHV ishlatilayotgan xona har bir soatda shamollatib turilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayollar homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab EHVdan foydalanmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish va dam olish rejimi reglamentlashtirilmaganda videodispleyli terminalda uzluksiz ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrostatik maydonning ruxsat etilgan darajasi 20 m2 dan oshmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
184. Xodim EHVdan foydalanmayotgan vaqtda ishlab turgan kompyuterdan kamida 2 m masofada boʻlishi yoki monitor quvvatdan uzilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185. Ayollar kompyuter, videodispleyli terminal va tashkiliy texnika bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq homiladorligi belgilangan vaqtdan boshlab va bolani koʻkrak bilan boqish davrida EHVdan foydalanish bilan bogʻliq ishlarga qoʻyilmasligi va boshqa ishga oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
186. Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasidan foydalanishda quyidagi asosiy xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xonalar yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yorugʻlik bilan taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nusxa koʻchirish-koʻpaytirish uchastkalarini yertoʻlada joylashtirmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmi 15 m3 dan kam boʻlmagan nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi uchun bir ish joyining maydoni kamida 6 m2 boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
187. Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasini elektr tizimidan oʻzmagan holda tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasining nusxa koʻchirish oynasiga suyanish, uning ustiga nusxasi koʻpaytiriladigan materiallarni va boshqa buyumlarni qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nusxa koʻchirish-koʻpaytirish oynasi darz ketgan texnikasini ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apparatga tiqilib qolgan qogʻozni nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasini elektr tarmogʻidan uzmagan holda olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
188. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
189. Qoʻllaniladigan elektr jihozlar milliy standartlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 48-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2466-1, 20.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
190. Uskunalarning konstruksiyasida uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar va elektr simlarining zararlanish xavfi bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali va tikanli boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
194. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
195. Xavfli joylarda muhofazalash qurilmalari va himoya vositalari boʻlmagan jihozlarda ishlash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ish asboblariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196. Asboblarni ishlatishda quyidagilarga rioya qilish lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asboblar bilan ishlovchilar soz, toʻgʻri, oʻtkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asboblarni oʻz maqsadi boʻyicha ishlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asboblarning toʻgʻri saqlanishi va sinchkovlik bilan koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash va nosoz asboblarni esa taʼmirga olib qoʻyish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
197. Asboblarni ishlash uchun yasash, taʼmirlash va tayyorlash asosan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
198. Ish jarayonida soz asbobdan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199. Ish boshlanishdan oldin asboblar tekshirilib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
200. Ishlashda nam yoki moy boʻlgan asboblarni ishlatmaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201. Asboblarni tozalash va saqlash uchun zarur quti yoki shkaflar boʻlishi kerak. Asboblarning tushib ketishini oldini olish uchun shkafda katakchalar, ushlab turuvchi tokchalar va boshqa moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
202. Asboblarni olib yurish uchun maxsus gʻiloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektr asboblariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
203. Elektr asbobining kuchlanishi yuqori xavf boʻlmagan xonalarda 220 V dan, yuqori xavf boʻlgan xonalar va xonalardan tashqarida esa 42 V dan yuqori boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
204. Elektr asboblarni va koʻchma elektr chiroqlarni ulash uchun moʻljallangan shtepselli bogʻlagichlar (rozetka, vilka), tok olib yuruvchilar va qoʻshimcha yerga ulanish kontaktiga tegib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
205. 12 va 42 V shtepselli bogʻlagichlar boʻyalgan boʻlishi va ular 127, 220 V li shtepselli bogʻlagichlardan boʻyoqlash orqali ajralib turishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Kabellar va oʻtkazgichlarning qobiqlari elektr asbobiga kiritilishi hamda ularni shikastlanishidan ehtiyotlab mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
207. Kuchlanishi 12 va 42 V boʻlgan koʻchma elektr chiroqlarini transformatorga ulash bevosita yoki shtepsel vilkalari orqali amalga oshirilishi va oxirgi holatlarda transformator qobigʻi tomonlarida 12 va 42 V uchun tegishli shtepsel rozetkasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Elektr asbobi va koʻchma yoritqichlar uchun avtotransformatordan tok olish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
208. Elektr asbobi va koʻchma elektr yoritqichlarning saqlanishi hamda sozligini nazorat qilish, maxsus vakolatli shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak. Elektr asbobi tartib raqamiga ega boʻlishi va quruq joyda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
209. Korpusda qisqa tutashuv yoʻqligi va simlarning izolyatsiya holati, elektr asbobi, koʻchma elektr yoritqichning yerga ulanish simlarida uzilishlar yoʻqligi, shuningdek, tok kamaytiruvchi transformator va oʻzgartirgichlar chastotalari oyiga kamida 1-marta megometr yordamida III guruh malakasiga ega mutaxassis tomonidan tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
210. Elektr asboblar, tok kamaytiruvchi transformatorlar, koʻchma elektr chiroqlari va chastota oʻzgartirgichlar tashqi koʻrinishi orqali tekshirib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211. Xodimga elektr asbobi berishidan oldin stendda yoki moslamada (masalan, normametrga oʻxshagan) yerga ulanish va oʻtkazgichida, asbob korpusida qisqa tutashuvlar yoʻqligi tekshirib berilishi lozim. Kamchiliklarga boʻlgan elektr asbobidan foydalanmaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Elektr asbobi bilan ishlashdan oldin quyidagilar tekshirilgan boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr asbobining detallaridagi vintlar va qotiriladigan bogʻlamalari tortilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr asbob shpindelini qoʻl bilan aylantirib tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shyotka va kollektorlarning holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr asbob simlarining holati, izolyatsiyasining butunligi va tolalarida uzilish yoʻqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerga ulanish sozligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Elektr asbobini tokka ulash uchun shlangli simdan foydalanish kerak. Rezina shlangga oʻralgan koʻp tolali egiluvchan (PRG turidagi) kuchlanish izolyatsiyasi 500 V dan kam boʻlmagan sim bilan qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
214. Elektr asboblari yoki koʻchma elektr chiroqlaridan foydalanilganda ularning sim yoki kabellari osib qoʻyilishi kerak. Oʻtkazgich va kabellar issiq, nam va usti moyli yoki metall buyumlarda turmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
215. Asbobda biror bir nosozliklar aniqlanganida, elektr asbob yoki koʻchma elektr chirogʻi bilan ishlash darhol toʻxtatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
216. Elektr asbobi bilan ishlaganda, tok kelmay qolgan yoki tanaffus paytlarida asbob elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
217. Elektr asbobidan foydalanuvchi xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr asboblarini biror bir shaxsga (hattoki, vaqtinchalikka) berib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr asbobini (elektr simlar, shtepselli bogʻlovchilar va boshqalarni) oʻzboshimchalik bilan ochib taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr simidan ushlab turish yoki asbobning aylanib kesadigan joyiga tegib turish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
218. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik taʼmirlash qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlari sifatining yaxshilanishi boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
220. Asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
221. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-taʼmirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak. Bunda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼmirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223. Taʼmirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson oʻrnatilib yechilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
224. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam oʻrnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225. Dastgohlar sirti silliq material (poʻlatli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226. Dastgohdagi iskanja soz holatda boʻlishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
227. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m boʻlishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam boʻlmasligi hamda dastgohlar oraligʻiga 1 m dan kam boʻlmagan himoya toʻri oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
228. Qoʻl asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻoch soplar yogʻochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
instrumentning ish qismida yoriqlar, gʻadir-budurlar va singan joylari boʻlmasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
229. Qoʻl omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qoʻlni siqib qoʻyishdan himoyalaydigan tayanchi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
230. Qoʻl asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231. Elektr taʼminoti toʻxtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish toʻxtatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
233. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari taʼsiridan saqlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
234. Dastgohlarni yigʻish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yigʻma detallarni oʻrnatish maxsus qoʻllanma asosida texnologik hujjatlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolyatsiyasi tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
236. Elektr uskunalar va jihozlarni taʼmirlashdan soʻng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
(236-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
237. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
238. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
239. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(239-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
240. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 7-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 310-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 24.07.2023-y., 10/23/2466-1/0513-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)