09.10.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2620
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 09.10.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2620
Date of entry into force
13.10.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 9-oktabrda 2620-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Taʼlim muassasalarida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 9-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2014-yil 9-sentabrdagi 21-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar taʼlim muassasalarida boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalar boshlangʻich harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkaziladigan taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Qoidalar talablari binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, ish joylarini texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va taʼmirlashda inobatga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar orqali amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir kasb va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 “Sanoat tashkilotlari ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan chiqarishini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xodimlar tegishli ishlarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Kasbiy tanlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(40-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish va oʻquv jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar va oʻquvchilar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tashkilotning binolari va inshootlari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarida yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C va ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.04-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Mashgʻulotlarni amalga oshirishda atrof tabiiy muhitning oqova suvlarni chiqarib yuborish, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Taktik oʻquv xonalari va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Taktik oʻquv xonalarining yuzasi bir kishi uchun 2,1 m2 boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Taktik oʻquv va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalarning poli yogʻoch yoki shunga oʻxshash materiallardan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Taktik oʻquv va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalarning eshik va derazalari yaxshi yopiladigan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Taktik oʻquv xonalari va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylarda oʻquvchilar va xodimlar hayoti uchun xavf tugʻdiruvchi holatlar tezda bartaraf etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Taktik oʻquv va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalarda hashoratlar, kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlarning paydo boʻlishiga qarshi choralar koʻrib borilishi lozim. Mazkur xonalarda oʻquv mashgʻulotlari boshlanadigan kundan kamida 10 kun oldin dezinfeksiya ishlari oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Taktik oʻquv va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalarda polga mustahkam oʻrnashmagan buyumlar va jihozlar qoʻyilmasligi, ushbu xonalarning devorlarida koʻchib tushgan yoki tirqish joylar boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Taktik oʻquv va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan xonalarda, ularning devorlarida elektr simlari yuzaga chiqib qolmasligi, elektr simlari izolyatsiyasining yorilgan joylari boʻlmasligi, razetka va oʻchirgichlar yaxshi himoyalangan hamda ishchi holatda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Taktik oʻquv xonalari va otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylar birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Tashkilotlarda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19 — 09 “Bino, xona va tashqi qurilmalarning portlash, yongʻin va yongʻin xavfliligi toiflarini aniqlash”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Harbiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishda ularda oldindan nazarda tutilmagan yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Tashkilot binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 25-iyundagi 19-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3910, 27.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Binolar va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchlanishi 380 V undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Otish mashgʻulotlarini oʻtkazishga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
123. Otish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan otish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun masʼul xodim tayinlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
124. Otish mashgʻulotlarini oʻtkazish rejasi otish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun masʼul xodim tomonidan ishlab chiqilishi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
125. Otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan hududlar otish mashgʻulotlari boshlanishidan oldin shahar (tuman) mudofaa ishlari boʻlimlari bilan hamkorlikda tekshirib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
126. Otish mashgʻulotlarini oʻtkazishdan oldin oʻquvchilar texnika xavfsizligi va otish qoidalariga rioya etish haqida ogohlantirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
127. Otish mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joyda tasodifan harakatlanuvchi obyektlar paydo boʻlganda, mashgʻulotlar masʼul xodim tomonidan sirena tovushi yoki qizil bayroq koʻtarish orqali toʻxtatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
128. Otish mashgʻulotlari tugatilgandan keyin masʼul xodim tomonidan hisobot tayyorlanishi va taʼlim muassasasi rahbariga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
129. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
130. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(130-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 8-sentabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 41-son, 514-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 27.07.2026-y., 10/26/3910/0790-son)