12.07.2000 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.07.2000 yildagi 267-son
Date of entry into force
12.07.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

MEHNATNI MUHOFAZA QILISHGA DOIR MEʼYORIY HUJJATLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH VA ISHLAB CHIQISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarishda mehnatning muhofaza qilinishini taʼminlash uchun “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda bozor qayta oʻzgartirishlari shart-sharoitlariga javob beradigan meʼyoriy bazani yaratish, shu asosda mulkchilikning barcha shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda ishlovchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasiga nazoratdagi obyektlar boʻyicha tasdiqlash uchun kiritiladi, qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qoida va normalar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda ushbu Dasturga kirmagan standartlarni, xavfsizlik texnikasi qoidalarini, sanitariya norma va qoidalarini tahlil qilsinlar, mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalarda kelgusida qoʻllanish uchun qayta koʻrib chiqish va tasdiqlashning aniq rejalarini tuzsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va budjetdan mablagʻ bilan taʼminlamaydigan hamda ushbu Dasturga muvofiq masʼul ijrochilar sifatida jalb etilgan boshqa tashkilotlar norma va qoidalarning qayta koʻrib chiqilishini hamda ushbu ishlar uchun zarur mablagʻlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Dasturning budjet hisobidan mablagʻ taʼminlanadigan masʼul ijrochilari tomonidan bajariladigan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining respublikaga tegishli qismi mablagʻlaridan moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Mehnat” nashriyoti, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tavsiyasiga koʻra, mehnatni muhofaza qilishga doir ishlab chiqilgan norma va qoidalarni, boshqa normativlar va qoʻllanmalarni vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vaqtida nashr etishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan va ishlab chiqarish usullaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar barcha xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yangi qabul qilingan normativlarni oʻrgatsinlar va ish jarayonida ularga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 12-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267-son

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, shuningdek qayta koʻrib chiqishning yagona tizimini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartib davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb ataladi) ishlab chiquvchi va ularni qayta koʻrib chiquvchi boshqa tashkilotlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoidalarning oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi yoki qayta koʻrib chiqilishi, ularning kelishilishi, tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar masʼul hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, standartlar, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablari, ergonomik talablar va boshqa normativ hujjatlar hisobga olingan holda ishlab chiqilishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoidalarni tasdiqlagan vazirliklar, idoralar ularning davlat standartlari, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini muntazam tekshirishlari hamda zaruriyat boʻlganda tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoidalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qoidalarni qayta koʻrib chiqishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa normativ hujjatlarning oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnika va texnologiya joriy etilishi asos boʻlib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda qabul qilingan Qoidalarni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDAGI QOIDALAR MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoidalar quyidagi asosiy boʻlimlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy qism;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Noishlab chiqarish tarmoqlari (savdo, madaniyat tashkilotlari, davlat muassasalari) shuningdek, elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish, ulardan foydalanish, ularni tuzatish, montaj qilish, oʻrnatish va qurish bilan bogʻliq jarayonlar, teleradio korxonalari va aloqa korxonalari, transportda tashish, saqlash, tashish jarayonlari va boshqa jarayonlar uchun Qoidalar mazmuniga tarmoqlarning xususiyatlaridan kelib chiqib boʻlimlar qoʻshilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI BOʻLIMLARI MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Umumiy qism” boʻlimida Qoidalar qoʻllanilishi va tatbiq etilishi, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar” boʻlimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni oʻqitishni, ularning bilimlarini tekshirishni va ularga yoʻriqnoma berishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl qoʻyiladigan sanitariya normalari darajalari, konsentratsiyalar va boshqa parametrlar koʻrsatilgan holda aniq bir ishlab chiqarish uchun xos boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan mehnat xavfsizligining qoʻshimcha talablari qoʻyiladigan yuqori xavf-xatarli kasblar va ishlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash zarurligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-kor tanlovi oʻtkazilishi zarurligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning salomatligini nazorat qilishning davriyligiga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalar tatbiq etiladigan ishlab chiqarish jarayonlariga xos boʻlgan yoritish, harorat rejimi, namlik va boshqa omillar boʻyicha sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning ishlab chiqarish binolariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shamollatish, isitish, havoni sovutish, suv quvuri, kanalizatsiya, energiya bilan jihozlash va yoritishga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladigan binolar, inshootlar, imoratlar, ishchi oʻrinlariga muhandislik jihatidan jihozlashga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy imoratlarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnati xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar uchun mehnat rejimiga, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffuslarga, smenaning davom etishi cheklanishiga qoʻyiladigan talablar nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologiya hujjatlarida hisobga olinishi kerak boʻlgan xavfsizlik talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan yongʻin va portlash xavfsizligi talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning himoya qilinishini va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining avariya paytida uzib qoʻyilishini taʼminlaydigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim texnologiya operatsiyalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari paydo boʻlganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida maʼlum qilish usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlgan yoki kamroq intensivlikka ega boʻlgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, jarayonlar va operatsiyalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq texnologiya jarayonlari va operatsiyalarini almashtirish tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologiya jarayoni buzilgan taqdirda xodimlarning xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi materiallarga, yarim mahsulotga va yarim tayyor mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari manbai hisoblangan ishlab chiqarish chiqindilarini oʻz vaqtida chiqarib tashlash va zararsizlantirishga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning birlamchi materiallar, yarim mahsulot, chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada boʻlishini istisno etuvchi chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari taʼsiridan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha talablar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan texnologiya jarayonida foydalaniladigan aniq ishlab chiqarish asbob-uskunalari xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar davlat standartiga muvofiq boʻlishi kerak. Xavfsizlikning aniq talablari amaldagi standartlarga muvofiq asbob-uskunalarning alohida guruhlari va turlariga belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, kommunikatsiyalarni joylashtirishda xavfsizlik shartlari. Har bir asbob-uskuna, asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish binolari, inshootlar devorlari oʻrtasidagi masofa texnologiya loyihalashtirilishi normalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan texnologiya jarayoniga tatbiqan ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararli omillar taʼsiri darajasining amaldagi sanitariya normalari bilan belgilangan miqdorgacha pasayishini taʼminlovchi usullar va chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladigan texnologiya taʼsiridan himoya qilish usullari va mehnat sharoitlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Tuzatish ishlarini bajarish chogʻida qoʻyiladigan xavfsizlik talablari” boʻlimida quyidagilar bayon etilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish ishlarini olib borish shartlari va tartibi; uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka, sex, korxona rahbariyati bilan kelishish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatishni amalga oshirish muddatlari, tuzatish ishlarini olib borish uchun masʼul shaxsni tayinlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish ishlarini bajaruvchi shaxslarning malakasiga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatiladigan uchastkani ajratish (toʻsib qoʻyish) zarurligi va tuzatishdan oldingi maxsus ishlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish ishlari xavfsiz olib borilishini taʼminlaydigan maxsus talablar, shu jumladan elektr energiyasini toʻxtatib qoʻyish va berish, ishlovchining yonida asbob-uskuna boʻlganda ochiq maydonlarda va binoda, zinapoyalarda va koʻtarish mexanizmlarida ishlash shartlari, himoya vositalari bilan taʼminlash va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asbob-uskunalar va moslamalarni tuzatishga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilib olish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilganligi uchun xodimlarning javobgarligi” boʻlimida Qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi uchun mansabdor shaxslar va xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarligi belgilanishi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI RASMIYLASHTIRISHGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoidalar talablarini bayon qilish har xil talqin qilish imkoniyatini istisno qiluvchi loʻnda va aniq boʻlishi kerak. Majburiy talablarni bayon qilishda Qoidalarda “kerak”, “lozim”, “zarur” va ulardan hosil boʻluvchi soʻzlar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoidalarni bayon qilishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda qabul qilingan atamalar va taʼriflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SI tizimida ifodalangan fizik miqdorlar qoʻllanilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Hajmi va mazmuniga bogʻliq ravishda Qoidalar quyidagi pasayib boruvchi tarkibiy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Xatboshilarni boshqa tarkibiy birliklarga boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimlar va boblar rim raqamlari bilan belgilanadi va ularda sarlavha boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, ularga arab raqamlari bilan tartib raqami qoʻyiladi va ularda sarlavha boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qoidalarning har bir bandida bitta tugallangan normativ koʻrsatma boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalarning namunalari, qoidaga koʻra, ilovalarda joylashtirilishi, matnda esa tegishli havolalar koʻrsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI KELISHISH VA TASDIQLASH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishlab chiqilgan Qoidalar tushuntirish xati bilan birgalikda kelishish va tasdiqlash uchun yuboriladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalar birinchi marta ishlab chiqilganligi yoki amaldagi Qoidalar qayta ishlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidalarni ishlab chiqish yoki qayta ishlash uchun asoslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular asosida kiritilgan hujjatlar va materiallar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqishda qatnashgan tashkilot (birinchi boʻlib ishlab chiquvchi tashkilot yoziladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tayyorlangan qoidalar ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamijrochi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena talablariga tegishli qismi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga tegishli qismi boʻyicha Qurilish vazirligi;
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (nazorati ostidagi obyektlar boʻyicha);
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yongʻin xavfsizligi talablariga tegishli qismi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda boshqa organlar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi yoki Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qoidalar, shuningdek Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(22-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Belgilangan tartibda kelishilgan Qoidalar masʼul ijrochilar tomonidan tegishliligi boʻyicha tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan Qoidalarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 234-modda)