Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Pecpublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 15-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
78-II-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AUDITORLIK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning oʻziga xos jihatlari Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
“Oʻzbekiston Respublikasida banklarni auditorlik tekshiruvi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 982, 04.11.2000-y.) va “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 992-1, 20.04.2004-y.)ga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2-modda. Auditorlik faoliyati
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
22-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazish, professional xizmatlar koʻrsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha yagona talablarni belgilaydi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qoʻllashi mumkin.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
3-modda. Auditor
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Auditor mehnat shartnomasi boʻyicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi 110-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar boʻladi.
31-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat.
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
4-modda. Auditorning yordamchisi
Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega boʻlmagan tarzda auditorning topshirigʻiga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining VI-bobi (77—87-moddalari)ga qarang (“Mehnat shartnomasini tuzish”).
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshiladi.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
5-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari boʻla olmaydilar.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning roʻyxati toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati koʻrinishidan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va oʻz faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi mumkin:
(5-moddaning beshinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli boʻlishi kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki shoʻba korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat oʻzi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega boʻlgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak;
(5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi boʻlgan auditor rahbar boʻlishi kerak;
(5-moddaning beshinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali mavjud boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritadi. Auditorlik tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomning 9-bobi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi.
(5-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin emas.
(5-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Auditorlik tashkilotining firma nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga oʻxshash boʻlgan belgilar bilan koʻrsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda xoʻjalik yurituvchi subyekt amalga oshirayotgan moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni toʻliq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish davomida yuzaga kelgan masalalar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xoʻjalik yurituvchi subyektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur boʻlgan barcha axborot xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xoʻjalik yurituvchi subyektga professional xizmatlar koʻrsatish, bundan buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlib kirish;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shugʻullanishi mumkin hamda u:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning soʻroviga binoan auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlarining talablari toʻgʻrisidagi, auditorning eʼtirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi OʻRQ-516-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)
auditorlik hisobotida moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini taʼminlashi;
(7-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi soʻroviga koʻra axborot taqdim etishi;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida yettinchi—toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
xoʻjalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdoriga) maʼlum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini maʼlum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yigʻilishi chaqirilishini talab qilishi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 65-moddasi hamda “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga qarang.
(7-moddaning birinchi qismi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini taʼminlashi shart.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xoʻjalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy axboroti toʻgʻrisida notoʻgʻri yakundan iborat boʻlgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz oʻtkazganlik yoki lozim darajada oʻtkazmaganlik oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga qarang.
9-modda. Auditorlik tekshiruvi
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bogʻliq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda oʻtkaziladi.
Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan oʻtkaziladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi kerak:
aksiyadorlik jamiyatlari;
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan koʻp boʻlgan masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar;
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi OʻRQ-603-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sugʻurta tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
(10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari boʻlmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablagʻlarining hosil boʻlish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar boʻlmish budjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari.
(10-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
fond va tovar birjalari.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xoʻjalik yurituvchi subyekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yigʻilishi bilan kelishib olinadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish xoʻjalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab boʻladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning toʻlanishi xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan ozod qilmaydi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1791-moddasi. Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi
11-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
12-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari
Auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi toʻgʻrisida hamda aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni toʻgʻrilash haqida auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt:
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
13-modda. Auditor tekshiruvining buyurtmachisi
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini qoʻzgʻatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda auditorlik tekshiruvining yoʻnalishi va hajmini belgilash;
auditorning eʼtirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari toʻgʻrisidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
14-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik
Auditorlik tashkiloti faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mustaqil auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish maqsadida auditorlik tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga istalgan shaklda taʼsir koʻrsatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
15-modda. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga koʻra auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga koʻra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq toʻlanadi.
(15 -moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha ishlarga haq toʻlash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Aynan bir xil asoslarga koʻra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16-modda. Auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdagi cheklovlar
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvi oʻtkazish taqiqlanadi:
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbarlari va (yoki) boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh boʻlgan shaxsga;
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari boʻlgan shaxsga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xoʻjalik boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimiga;
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:
a) mazkur auditorlik tashkilotining mulkdorlari, qatnashchilari, kreditorlari, sugʻurtalovchilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdorlar, qatnashchilar, aksiyadorlar boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
(16-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
b) mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar boʻladigan shaxs ayni bir paytning oʻzida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori, qatnashchisi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan;
(16-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
v) mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektga auditorlik tekshiruvi qamrab oladigan davrda ushbu Qonun 17-moddasi birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatganlar.
(16-moddaning birinchi qismi “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
g) xodimi bir vaqtning oʻzida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishga haqli emas.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
17-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini koʻrsatishlari mumkin:
buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash va yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga oʻtkazish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xoʻjalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish.
xoʻjalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini amalga oshirish.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham koʻrsatishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun “90-son Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) “Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari” (roʻyxat raqami 1017, 10.03.2001-y.)ga qarang.
18-modda. Auditorlik hisoboti
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi mufassal maʼlumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yigʻilishiga yoʻllangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va takliflar mavjud boʻlishi kerak.
Agar auditorlik tekshiruvi xoʻjalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari topshirigʻiga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirigʻiga binoan oʻtkazilayotgan shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning standartlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” (roʻyxat raqami 2844, 01.12.2016-y.).
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
19-modda. Auditorlik xulosasi
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xoʻjalik yurituvchi sybyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq boʻlgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining standartlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” (roʻyxat raqami 2844, 01.12.2016-y.).
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
20-modda. Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va oʻrganilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt hujjatlari mazmuniga muvofiq boʻlmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan coxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ:
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan auditorlik faoliyatining milliy standartlarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda koʻpi bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv oʻtkazadi. Mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi;
(21-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
auditor malaka sertifikatini olish uchun daʼvogarlarga malaka talablarini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3105, 21.12.2018-y.)ga qarang.
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor malaka sertifikati olish uchun oʻquv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 3105, 21.12.2018-y.) 3-bobiga qarang.
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkazadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-martdagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga qarang.
(21-moddaning ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestrining hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlarni hisobini yuritadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 166-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 117-moddasi.
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
qayta tashkil etilishi natijasida auditorlik tashkilotining faoliyati tugatilganda, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
(23-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
24-modda. Litsenziyani bekor qilish
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan maʼlumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganlik;
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
auditorlik tekshiruvi oʻtkazishda aniqlangan, xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha belgilab qoʻyilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
 LexUZ sharhi
Auditorning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish chogʻida oʻzi aniqlagan buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy hisobot tuzishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilganligi hollarini yashirishi, xuddi shuningdek auditorning bila turib soxta auditorlik hisobotini yoki auditorlik xulosasini tuzishi Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 179-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortish uchun ham asos boʻladi.
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan boʻlib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun oʻz nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab boʻlgan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarga koʻra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-110-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 37-38-son, 378-modda)
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari himoyalanishiga koʻmaklashishga daʼvat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
Oldingi tahrirga qarang.
auditorlarning taʼlim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
(27-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini oʻtkazishda;
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashda;
(27-moddaning uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
28-modda. Nizolarni hal etish
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 41-son, 405-modda; 2007-y., 37-38-son, 378-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)