1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻtgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini taʼminlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan maʼmuriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish boʻyicha mavjud cheklovlar va tanlovlar oʻtkazish amaliyoti koʻp hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega boʻlib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini taʼminlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
toʻrtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy taʼsir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini koʻrsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora koʻrish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umumeʼtirof etilgan xalqaro audit standartlariga toʻliq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish koʻnikmasining shakllanishini taʼminlamayapti.
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishni taʼminlasin:
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning taʼsirchan tizimini shakllantirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy taʼlim muassasalari bilan faol hamkorligini taʼminlash;
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qoʻllash masalalarida faol uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qoʻllash sohasida jahonning ilgʻor tajribasini ommalashtirish boʻyicha faoliyatini faollashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Joʻrayev), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Toshkent moliya instituti (U. Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻz nomida “auditorlik tashkiloti” soʻzlaridan foydalanishga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beradi;
auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablagʻlaridan shakllantiriladi;
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida toʻrt nafar shtatdagi auditordan iborat boʻladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqi]
aynan bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
auditorlik tashkilotlari oʻzlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida oʻtkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari toʻgʻrisidagi axborotni xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlarini va auditorlik xulosasini koʻrsatgan holda eʼlon qiladi.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019-yilning 1-apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni toʻliq toʻldirilishini taʼminlasin.
4. 2019-yil 1-yanvardan:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan oʻtishi boʻyicha;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) toʻplami 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyxat ichidan tanlov asosida tanlash toʻgʻrisidagi talablar bekor qilinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
a) 2020-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum bazaviy hisoblash miqdorining 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
xodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa;
b) Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida eʼlon qilinadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida toʻrtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan oʻtkazish boʻlimi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtgan jamoat birlashmalariga majburiy aʼzoligini belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini oʻn yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
xalqaro buxgalter sertifikati mavjud boʻlganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam boʻlmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud boʻlganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam boʻlmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida) ega boʻlish talabini oʻrnatish;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagilarni taʼminlasin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqi]
a) har yili 1-iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida quyidagi axborotni oʻz veb-saytida joylashtirish:
xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlari (soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
b) majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan oʻz vaqtida choralar koʻrish;
v) quyidagilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
majburiy auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishidan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisida.
9. Toshkent moliya instituti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni oʻrganish asosida:
2018/2019 oʻquv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda ularni yanada takomillashtirish va oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini koʻrsin;
buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha fanlarni kiritsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz firma nomida “auditorlik tashkiloti” soʻz birikmasidan foydalanishning qonuniyligini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilishini taʼminlasin;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan oʻzaro elektron hamkorlikka moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqishni taʼminlasin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritsin:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari boʻyicha hamkorlik]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun xalqaro audit standartlarining oʻz vaqtida tan olinishini taʼminlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 179 va 1791-moddalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
g) 2019-yilning 1-yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni taʼminlasin;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini koʻrsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi.
e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-sentabr,
PQ-3946-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
REJASI
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. Auditorlik xizmatlari bozori faoliyatining tashkiliy va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish
1.
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning auditorlik xizmatlari bozori barqaror faoliyat yuritishi va uning natijalariga talabning oshishini taʼminlaydigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilash.
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va ilgʻor tajribasini oʻrganish.
2. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan normalarni nazarda tutish:
auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish;
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish boʻyicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish;
xalqaro audit standartlarini qoʻllash;
har yili auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.
2018-yil dekabr
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), SSP (I. Jasimov), auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
2.
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik.
1. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Moliya vazirligi oʻrtasida roʻyxatdan oʻtgan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida axborot almashinuvini tashkil etish.
2. Quyidagilarni nazarda tutadigan mexanizmni joriy etish:
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri maʼlumotlarini davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatga olingan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi axborot bilan taqqoslash;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan auditorlik tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish uchun ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni yoʻllash;
belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish.
2018-yil noyabr
2019-yil 1-yanvardan
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi
(X. Toʻraxoʻjayev)
3.
Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy taʼminotini takomillashtirish.
1. Xorijiy mamlakatlarda xalqaro audit standartlarini (XAS) joriy etish amaliyotini oʻrganish.
2. XASni tan olishni nazarda tutadigan respublikada xalqaro audit standartlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman eʼlon qilish.
3. XASni davlat tiliga tarjima qilishni va ularni Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman eʼlon qilishni tashkil etish.
4. Xalqaro auditorlik tarmoqlari va xalqaro uyushmalar aʼzosi hisoblangan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Moliya vazirligi veb-saytida joylashtirish.
5. Auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va oʻtkazish.
2019-yil
mart
2019-yil iyul
2020-yil 1-yanvargacha
har yarim yillikda
doimiy ravishda
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
4.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash va ularni davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
1.“Auditorlik tashkilotining shaxsiy kabineti” va “Auditorlar jamoat birlashmasining shaxsiy kabineti” veb-servisini yaratishni nazarda tutadigan “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish.
2.Quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks choralarni amalga oshirish:
a) majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida quyidagi axborotni har yili 1-iyulga qadar Davlat soliq qoʻmitasi veb-saytida joylashtirish:
xoʻjalik yurituvchi subyektning identifikatsiya maʼlumotlari (soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan oʻz vaqtida chora koʻrish;
v) quyidagilar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi shart boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan boʻyin tovlagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga qoʻllanilgan moliyaviy sanksiyalar.
2019-yil 15-martgacha
har yili
Moliya vazirligi (V. Pak),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
5.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishdan boʻyin tovlayotgan subyektlarni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
doimiy ravishda
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
6.
Auditorlik xizmatlari bozorida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish.
Ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) toʻplami 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tartibini bekor qilish.
2019-yil yanvar
Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (V. Pak)
II. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini yanada takomillashtirish
7.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholash mexanizmini baholash natijasining xolisligi va mustaqilligini taʼminlaydigan qiziqtirgan ranjirlovchi koʻrsatkichlar boʻyicha renking oʻtkazish yoʻli bilan takomillashtirish.
1. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini reyting baholash amaliyotini tanqidiy oʻrganish hamda mazkur sohadagi xalqaro tajribani tahlil qilish.
2. Baholashning shaffof mexanizmi va baholash natijalaridan foydalanish tartibini taʼminlaydigan koʻrsatkichlarni ranjirlashni oʻz ichiga olgan auditorlik tashkilotlari renkingi metodikasini ishlab chiqish.
3. Quyidagilarni taʼminlash:
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida auditorlik tashkilotlari renkingi natijalarini joylashtirish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholashda ranjirlovchi koʻrsatkichlarni doimiy ravishda dolzarblashtirish.
2018-yil 15-oktabrgacha
2019-yil 1-yanvargacha
renking oʻtkazilishiga qarab
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
Moliya vazirligi (V. Pak)
8.
Xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtishi tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtgan jamoat birlashmalarida majburiy aʼzoligini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2019-yilning ikkinchi yarim yilligida
yangi tartibni 2020-yildan joriy etish
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
9.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini XASni qoʻllash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda jahonning ilgʻor tajribasini umumlashtirish va joriy etish boʻyicha Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini XAS hujjatlarini qoʻllash, ushbu standartlarni qoʻllash boʻyicha jahonning ilgʻor tajribasini ommalashtirishni tashkil etish masalalarida faol uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.
doimiy ravishda
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari, Moliya vazirligi (V. Pak)
III. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida mutaxassislarni tayyorlash hamda auditorlar malakasini oshirishning ilgʻor usullarini joriy etish
10.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida masofaviy va mustaqil oʻqishni tashkil etishni nazarda tutadigan innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur usullar va texnologiyalarni taʼlim tizimiga joriy etish.
1. 2018/2019 oʻquv yili davomida oliy taʼlim muassasalarining buxgalteriya hisobi va audit boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini kompleks tahlil qilish va amalga oshirish monitoringini olib borish.
Natijalari boʻyicha ularni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
2. Ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari oʻquv reja hamda dasturlariga auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha fanlarni kiritish.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga oʻqitishning innovatsion shakl va usullarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida pedagog va boshqa kadrlarning professional bilimlarini, koʻnikmalari va malakasini oshirish.
2018-2019 yy.
2018-2019 yy.
doimiy ravishda
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
Toshkent moliya instituti (U. Azizov),
Moliya vazirligi (V. Pak),
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
11.
Xalqaro standartlar asosida auditorlarni professional sertifikatlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
1. Buxgalter va auditorlarni sertifikatlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini tahlil qilish va ilgʻor tajribasini oʻrganish.
2. Auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini oʻn yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berishni nazarda tutgan holda malaka sertifikatini berish tartibini qayta koʻrib chiqish.
3. Auditorlar malakasini oshirish tizimini monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish.
2018-yil 1-noyabrgacha
doimiy ravishda
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
12.
Auditor kasbi nufuzini va yosh mutaxassislarning bu kasbni egallashga qiziqishini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari boʻyicha magistr diplomiga ega talabgorlar uchun auditor malaka sertifikatini olishi uchun malaka talablarini qayta koʻrib chiqish.
2018-yil 1-noyabrgacha
Moliya vazirligi (V. Pak)
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev)
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari.
IV. Nazoratning zamonaviy shakllarini joriy etish va auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish
13.
Auditorlik tashkilotlarining xizmatlar sifati hamda ular beradigan xulosalarning haqqoniyligi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkiloti auditorlari va rahbarining vakolatini suiisteʼmol qilganligi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarining buzilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish.
1. Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy va boshqa turdagi javobgarlik sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini tahlil qilish hamda ilgʻor tajribasini oʻrganish.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
2019-yil 1-yanvargacha
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi (N. Joʻrayev),
SSP (I. Jasimov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),
manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
14.
Auditorlik tashkilotlari faoliyati sifati tashqi nazoratining zamonaviy, samarali tizimini yaratish.
1. Auditorlik faoliyatini nazorat qilish, shu jumladan sifatning tashqi nazorati tizimining xalqaro amaliyotini tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazadigan auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek, auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati davomida aniqlanadigan qoidabuzarliklar va kamchiliklarga nisbatan taʼsir choralarini ishlab chiqish hamda keyinchalik sifatning tashqi nazorati natijalarini Moliya vazirligi �yeb-saytida joylashtirish.
2019-yil yanvar
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
SSP (I. Jasimov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)
V. Xalqaro audit standartlarini joriy etishning ahamiyati va zaruratini tushuntirish
15.
Xalqaro audit standartlarini amaliyotda qoʻllashning dolzarb masalalarini keng muhokama qilish hamda xalqaro audit standartlari mohiyati va mazmunini, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi sharoitida koʻrsatilgan xizmatlar sifati uchun auditor masʼuliyatini oshirish mavzusini ommaviy axborot vositalarida yoritish.
Xalqaro audit standartlarini joriy etish va amaliyotda qoʻllash masalalariga bagʻishlangan, shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar, davra suhbatlari, tele- va radio koʻrsatuvlar tashkil etish va oʻtkazish, uslubiy qoʻllanmalar nashr qilish va turkum maqolalar chop etish.
2019-2020-yillar
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
SSP (I. Jasimov),
Moliya vazirligi (V. Pak)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 07/18/3946/1955-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)