1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan
2000-yil 24-iyunda
403-son bilan
“TASDIQLANGAN”
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirining oʻrinbosari
T.I. Joʻrayev
2000-yil 3-noyabr
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA AUDITORLIK TEKShIRUVLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 4-noyabrda 982-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 982-4, 08.05.2023-y.) asosan 2023-yil 11-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1.2. Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qonunlariga asosan tijorat banklari faoliyati har yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirilishi shart.
(1.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.)asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi);
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, tugatish va bekor qilish;
auditorlik tashkilotlari (auditorlar) tomonidan ularning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish;
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda tijorat banki Kengashi va Boshqaruvining faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
1.31. Auditorlik tashkilotlarining banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatlarini berish, qayta rasmiylashtirish, toʻxtatish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan, Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat berishda ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
1.4. Bankda auditorlik tekshiruvining maqsadi auditorlik tashkilotining bankning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborotining ishonchliligi hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligiga nisbatan fikrini xolis ifodalashidadir. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish jarayonida auditorlik tashkiloti bankning ichki nazorati tuzilmasidagi kamchiliklar toʻgʻrisida alohida hisobot tuzishi shart.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Markaziy bankning bank nazorati qoʻmitasi
2.1. Markaziy bankning bank nazorati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat, shuningdek auditor malaka sertifikatlarini berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi.
2.2. Qoʻmitaga quyidagi masalalar boʻyicha kelib tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatiladi:
auditorlarga malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish;
auditorlik tashkilotlari va auditorlarni banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) kiritish;
roʻyxatga olish maʼlumotlari oʻzgargan holda, reyestrga tegishli aniqliklar kiritish;
auditorlarga qoʻyiladigan malaka talablarni ishlab chiqish;
auditorlarning malaka imtihonlari va attestatsiyasini oʻtkazish;
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatish, tugatish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
2.4. Qoʻmitaga taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
2.5. Hujjatlar qoʻmitaning majlisida koʻrib chiqilishidan oldin Markaziy bankning tegishli boʻlinmalari va qoʻmitaning aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
2.6. Qoʻmita zarurat yuzaga kelishiga qarab chaqiriladi va oʻz majlislarini oʻtkazadi.
2.7. Hujjatlar Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti tomonidan tayyorlanadi va qoʻmita majlisi muhokamasiga kiritiladi.
2.8. Qoʻmita majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qoʻmita qarorlari ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Qoʻmita raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
2.9. Qoʻmita qarorlari majlisda qatnashayotgan Qoʻmita aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3-bob. Malaka sertifikatini olish va qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish
3.1. Malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoniga Bank auditorlarini tayyorlash markazida bank buxgalteriya hisobi va auditi boʻyicha 40 soatdan kam boʻlmagan hajmdagi maxsus oʻquv kurslarini tugatgan shaxslar kiritiladi.
3.2. Malaka sertifikatlarini olish va malaka imtihonlarini topshirish uchun arizachi tomonidan Markaziy bankka ariza topshiriladi.
3.3. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(3.3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
oliy iqtisodiy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (diplom xorijiy davlatda olingan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiya (ekvivalentligini qayd etish) qilinganligi haqidagi hujjatning) va mehnat daftarchasi (nusxalar olinib, asli qaytariladi);
(3.3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
shaxsiy varaqa (kompyuterda ishlov berilmagan va ariza topshirilgan kundan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda olingan 3 x 4 hajmdagi 2 dona fotosurat bilan birga);
bank buxgalteriya hisobi va auditi boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
3.4. Daʼvogarlar malaka imtihonlarini Markaziy bankda topshiradilar. Imtihonlarni topshirish tartibi, uning shakli va mazmuni Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
3.5. Bajarilgan ishlar “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” tizimi boʻyicha baholanadi.
3.6. “Qoniqarli” baho olgan daʼvogarlar malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadilar.
Qoʻmita imtihonlar oʻtkazilgandan soʻng sertifikat olish uchun daʼvogarlar topshirgan imtihon natijalari boʻyicha ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
(3.6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.7. Malaka imtihonlarining natijalari Qoʻmita raisi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
(3.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.8. Malaka imtihonlarining natijalari imtihonlar oʻtkazish kunida qoʻmita tomonidan daʼvogarlarga eʼlon qilinadi.
(3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.9. Malaka sertifikati imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarlarga 15 kun muddat ichida beriladi. Malaka sertifikatlari davlat reyestriga sertifikat egasining imzosi qoʻydirilgan holda malaka sertifikati beriladi.
(3.9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.11. Malaka sertifikati Markaziy bank tomonidan auditorga uning banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha professional malakasini tasdiqlash maqsadida beriladi (1-ilova). Malaka sertifikati auditorga 5 yil muddatga beriladi.
3.12. Malaka sertifikatini auditorning familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi) oʻzgarganligi yoxud uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish uchun auditor bir oy muddat ichida, amal qilish muddati tugaguniga qadar malaka sertifikatining asl nusxasi va mazkur Nizomning 3.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi mumkin.
Malaka sertifikatini amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish auditor yangi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganidan soʻng amalga oshiriladi.
3.13. Qoʻmita tomonidan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, auditorga avval berilgan malaka sertifikatining raqami bilan yangi malaka sertifikati beriladi.
(3.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.14. Malaka sertifikatini berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
arizachi Markaziy bank qoʻygan talablarga javob bermasa, shu jumladan, oliy iqtisodiy maʼlumotga, soʻnggi oʻn yillik ish staji davomida bank sohasida (kamida 2 yil) kamida yetakchi mutaxassis lavozimida yoki xalqaro auditorlik tashkilotlarida (kamida 1 yil) auditor lavozimida ish tajribasiga ega emasligi;
benuqson ishchanlik va shaxsiy obroʻ-eʼtiborga ega emasligi;
Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati va Markaziy bank tomonidan berilayotgan malaka sertifikatining amal qilish muddatlarining nomuvofiqligi. Malaka sertifikatlarining amal qilish muddati oʻzaro uch yildan kam boʻlmagan muddatga muvofiq kelishi shart;
rasmiylashtirilgan hujjatlarning notoʻgʻri taqdim etilishi, hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning keltirilishi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
3.14-1. Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obroʻ-eʼtiborga egalik mezonlariga muvofiq deb hisoblanmaydilar.
bankrot boʻlgan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari — yuridik shaxsni bankrotlikka olib kelgan harakatlarning ular tomonidan sodir etilganligi aniqlanganda;
sud qarori bilan jazoni oʻtash davrida va undan keyin sudlov qonunda belgilangan tartibda soʻndirilgunga (olib tashlangunga) qadar moliyaviy-xoʻjalik munosabatlari sohasida maʼlum lavozimlarni egallamaslik yoki maʼlum faoliyat bilan shugʻullanmaslik (maʼlum huquqlardan mahrum qilish) koʻrinishidagi jazo qoʻllangan holda sudlanganlar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlganlar.
3.15. Markaziy bankning malaka sertifikatini bermaslik toʻgʻrisidagi qarorlari boʻyicha manfaatdor tomonlar qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
3.16. Markaziy bank qoʻygan talablarga nomuvofiqligi uchun malaka sertifikatini berish rad etilgan auditor Qoʻmitaning malaka sertifikatini rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan davrdan boshlab bir yildan kam boʻlmagan muddatda ushbu sertifikatni berish toʻgʻrisida ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
(3.16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
3.17. Markaziy bank berilgan malaka sertifikatlari reyestrini olib boradi, unga quyidagilar kiritilishi lozim:
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, manzili va boshqa pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi), talab qilib olinguncha depozit hisob raqami, aloqa vositalari raqamlari, mavjud malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati.
3.18. Auditorlar qayd etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida 10 kun muddat ichida yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatga tuzatish kiritish uchun Markaziy bankka maʼlum qilishlari shart.
6-bob. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
6.2. Malaka sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan murojaat etganda;
auditga buyurtma bergan shaxsning ruxsatisiz auditor tomonidan audit jarayonida olingan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga (Markaziy bankdan tashqari) taqdim etilishi, qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno;
(6.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
auditor bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek audit oʻtkazishda aniqlangan moliyaviy hisobot tuzishning belgilangan talablari buzilganligi faktlarini yashirganda;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida qatnashmaganlik;
malaka sertifikatining boshqa shaxsga auditorlik faoliyatida oʻz nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berilganligi fakti aniqlanganda;
sudning moliyaviy-xoʻjalik munosabatlari sohasida maʼlum lavozimlarni egallash yoki maʼlum faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq jazolarni koʻzda tutuvchi qarori qonuniy kuchga qirganda;
sud fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish haqida qaror qilganda;
Berilgan malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda;
(6.2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda.
6.3. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan auditorga dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda, qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun ichida yetkaziladi. Auditor tomonidan malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror olinganidan soʻng oʻn kun mobaynida malaka sertifikati Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
6.4. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
6.5. Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatining amal qilishi uning tugatilganligi toʻgʻrisidagi qaror chiqqan vaqtdan eʼtiboran kuchga kiradi.
6.6. Qoʻmitaning malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(6.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
7-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish
7.2. Malaka sertifikati Qoʻmita tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
(7.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda malaka sertifikatini olish fakti aniqlanganda;
(7.2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
7.3. Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Qoʻmita tomonidan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
(7.3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
7.4. Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror berilgan kundan boshlab amal qiladi va ommaviy axborot vositlarida eʼlon qilinishi lozim.
7.5. Qoʻmitaning malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilish mumkin.
(7.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
8-bob. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish
8.1. Tijorat banklarining auditorlik tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
8.2. Tijorat banklari auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlaydi.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga malaka sertifikatiga ega auditor jalb etilishi mumkin, agar u bilan mehnat shartnomasi tuzilgan va u auditorlik tashkilotining shtatida turgan boʻlsa, yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzgan boʻlsa.
Bank va auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma va har qanday bitimlar auditorlik hisobotini Markaziy bankka berishni cheklash boʻyicha bandlarni koʻzda tutmasligi lozim.
8.4. Banklarda auditorlik tekshiruvlari har yili yillik hisobot boʻyicha oʻtkaziladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq davlat muassasalari talabiga koʻra yoki bankning oʻz tashabbusi bilan butun bank faoliyati hamda alohida masalalar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.
8.5. Auditorlik tashkilotlari banklar faoliyati tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy hisobotning toʻgʻriligini hamda buxgalteriya hisoboti yuritilishining qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlaydilar (yoki tasdiqlamaydilar), shuningdek banklar yillik hisobotiga ilova qilinadigan rasmiy auditorlik xulosalarini beradilar. Auditorlik xulosasisiz bank yillik hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va matbuotda chop etilmaydi.
8.6. Auditorlik xulosasining titul varagʻida auditorlik tashkilotining toʻliq nomi, banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat raqami, mazkur xulosa berilayotgan bankning toʻliq nomi koʻrsatilishi shart. Auditorlik xulosasining titul va keyingi varaqlari auditorlik tashkilotining malaka sertifikatiga ega va mazkur bankda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga masʼul boʻlgan auditorlari, auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlganda).
Bank hisobotlari boʻyicha auditorlik xulosasi Markaziy bankning auditorlik tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha talablariga muvofiq shaklda tuzilishi va auditorlik tashkilotining fikrini aniq ifodalashi shart.
Auditorlik tashkilotining fikri auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq oʻtkazilganligini bildirishi lozim. Auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq oʻtkazilganligi haqida fikr bildirilmagan auditorlik hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur Nizom talablarini qondirmaydi deb baholanib, qabul qilinmaydi. Markaziy bank:
(8.6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
auditorlik tekshiruvlari mazmuni va koʻlami yuzasidan qoʻshimcha talablar qoʻyish;
banklar, ularning filiallari hamda bank bilan uzviy bogʻlangan (affillangan) yuridik shaxslar faoliyatini Markaziy bankning nazoratchilari va Markaziy bank tomonidan tayinlangan, banklarning har qanday maʼlumotlari bilan tanishish huquqiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish huquqiga ega.
8.7. Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlmagan auditorlik tashkiloti yoki auditor amalga oshirgan bank auditi noqonuniy hisoblanadi va bu faoliyatdan olingan barcha daromadlar davlat budjetiga oʻtkazib yuboriladi.
8.8. Auditorlik tashkiloti bank faoliyatining auditorlik tekshiruvini malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorning ishtiroki sharti bilan amalga oshirishi mumkin.
Boshqa auditorlarni jalb qilish shartlari
8.9. Auditor ishini yordamchilariga topshirganda yoki boshqa auditorlar tayyorlagan materiallardan foydalanganda, oʻz xulosasining sifati va rasmiylashtirilishi, shuningdek moliyaviy maʼlumotlar sir saqlanishi uchun javobgarlikdan xoli boʻlmaydi.
Markaziy bankning bank auditi oʻtkazilayotganda meʼyoriy hujjatlarga, tartib va metodologiyaga rioya etilishini nazorat qilishi
8.10. Auditorlik tashkilotlari Markaziy bankka oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi toʻgʻrisida hisobot va axborot taqdim etadilar. Markaziy bank 10 kun muddat ichida tekshiruv natijalari va auditorlik tashkiloti xulosasini koʻrib chiqadi.
Auditorlik xulosasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Markaziy bank bank Kengashi va Boshqaruviga aniqlangan kamchiliklarni, shu jumladan, auditorlik tashkilotining xulosasida bank tomonidan qonunchilik hujjatlariga va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya etilmaganligi haqidagi fikrni “sharhlar” bilan bildirishga olib kelgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma yuboradi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya qilmaslik bank nazoratidan tashqarida boʻlgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda bir oy muddat ichida tijorat banki tomonidan auditorlik tashkilotining koʻrsatilgan kamchiliklari yuqoridagi sharhlarni inobatga olgan holda toʻgʻirlanadi va auditorlik tashkilotining yangi xulosasi olinadi.
(8.10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8.11. Banklar auditorlik tekshiruvi oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari banklarda oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari toʻgʻrisida Markaziy bankka maʼlumot berib turishlari shart.
8.12. Auditorlik tashkilotlarining bank faoliyatining tekshiruvi toʻgʻrisidagi hisobotlari quyidagi holatlarda haqiqiy hisoblanmaydi:
a) auditorlik tashkiloti yoki auditor bank bilan aloqador shaxs boʻlsa;
b) auditorlik tashkiloti yoki auditorning bank oldida pul majburiyatlari boʻlsa;
g) auditorlik tashkilotining hisoboti mazkur auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan va malaka sertifikatiga ega auditor, shuningdek auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanmagan va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanmagan boʻlsa (muhr mavjud boʻlganda);
e) auditorlik xulosasida tekshiruv oʻtkazishda cheklashlar boʻlganligi sababli “sharhlar” berib oʻtilgan boʻlsa (bank nazoratidan tashqari boʻlgan holatlar bundan mustasno).
8.13. Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga, jumladan, bank auditi tartibi va metodologiyasiga rioya etilishini nazorat qilish bilan Markaziy bankning kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti shugʻullanadi.
(8.13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
9-bob. Auditorlik tashkilotlari huquq va majburiyatlari
9.1. Auditorlik tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun bankning taʼsis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda bank faoliyatiga tegishli barcha hujjatlarni toʻliq hajmda tekshirish, moddiy boyliklar va qimmatli qogʻozlarning amalda mavjudligini tekshirish, auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan har qanday savol va qoʻshimcha maʼlumotlar boʻyicha tushuntirishlar olish;
yozma soʻrovnomaga asosan uchinchi shaxslardan kerakli maʼlumotlarni olish;
auditorlik tekshiruvida ishtirok etish uchun shartnoma asosida boshqa auditorlik tashkilotlari va auditorlarni jalb qilish;
tekshirilayotgan bank tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmagan holda auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdan bosh tortish.
Auditorlik tashkilotlari tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasida koʻzda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatgan banklarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish huquqiga ega emas.
9.2. Barcha auditorlar oʻzlari auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun zarur deb hisoblagan har qanday maʼlumot va materiallarni olish, koʻrib chiqish va nusxa koʻchirish, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini muhokama qilish uchun bank rahbariyati bilan hech qanday toʻsqinliksiz muloqotda boʻlish borasida istisnosiz huquqqa egalar.
9.3. Banklarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar quyidagi talablarga amal qilishlari shart:
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda bank audit jarayoni va metodologiyasiga rioya etishlari;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari;
auditorlik tekshiruvlarini professional audit andozalariga muvofiq ravishda yuqori malaka bilan oʻtkazishlari;
tekshiruv davomida oʻzlari oladigan va tuzadigan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashlari;
Markaziy bank talabiga muvofiq barcha ishchi hujjatlarni hamda ularning nusxalarini taqdim etishlari;
quyidagilar toʻgʻrisida buyurtmachi va Markaziy bankka zudlik bilan xabar berishlari:
a) mazkur auditorlik tekshiruvida oʻzi qatnasha olmasligining sabablari toʻgʻrisida;
b) audit jarayonida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tekshiruvda qatnashishga qoʻshimcha auditorlarni jalb etish zarurligi toʻgʻrisida;
v) auditorlik tekshiruvi davomida bankka uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda.
Auditorlarning obyektivligi va mustaqilligi
9.4. Auditor auditorlik natijalari boʻyicha xulosa va tavsiyalar berish chogʻida mustaqildir. Bank tekshiruv natijalari boʻyicha bevosita yoki bilvosita taʼsir oʻtkazish huquqiga ega emas.
Auditor tekshiruvlarning obyektivligi va toʻliq boʻlishi uchun amaldagi qonunchilik va shartnoma talablariga asosan javobgardir.
Mahfiylik
9.5. Auditor ish davomida oʻziga maʼlum boʻlgan mahfiy axborot sir saqlanishini taʼminlashi va alohida ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart, bundan Markaziy bankka taqdim etiladigan axborotlar mustasno.
9.6. Auditor mahfiy axborotni sir saqlay olmagani uchun amaldagi qonunchilik talablari hamda shartnoma shartlariga asosan javobgardirlikka tortiladi.
10-bob. Auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda bank kengashi va boshqaruvining majburiyatlari
10.1. Bank Boshqaruvi yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi uchun javobgardir.
10.2. Bank Kengashi banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega boʻlmagan auditorlik tashkilotini jalb qilganligi uchun javobgar boʻladi. Auditorlik tashkiloti va bank oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi hisobot yilidan keyingi yilning 2 oyi davomida Markaziy bankka taqdim etilishi shart.
10.3. Auditorlik tekshiruvlari yakunlangandan soʻng 10 kun muddat ichida auditorlik hisobotlarining nusxasini Markaziy bankka taqdim etish tijorat banklarining majburiyatiga kiradi.
Agar bank tomonidan Markaziy bankka taqdim etilgan hisobotlar bilan auditdan oʻtkazilgan hisobotlar oʻrtasida farq aniqlansa, tijorat banki auditorlik hisobotini olgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi toʻgʻirlangan (tuzatishlar bilan) yillik hisobotini Markaziy bankka taqdim etishi shart.
10.4. Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi shart:
a) auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga olgan xolis auditorlik xulosasi;
b) ichki audit ahvoli toʻgʻrisida alohida hisobot;
v) auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan tayyorlangan barcha qoʻshimcha hisobotlar.
10.5. Bank Kengashi tijorat banki auditorlik hisobotini olgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan ichki nazoratga doir kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalarni bajarishga qaratilgan choralar yuzasidan Markaziy bankka hisobot berishi shart.
10.6. Mazkur Nizom qabul qilinishi bilan Markaziy bankning 1998-yil 4-iyuldagi 403-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida banklarni audit qilish toʻgʻrisida” Nizom (Adliya vazirligida 1998-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan) 1999-yil 18-sentabrda kiritilgan 403-1-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalari bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI
Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi AUDITOR MALAKA SERTIFIKATI № __________
Auditor surati (3 x 4)
Toshkent sh.
20___ y. “___” _______________
Mazkur malaka sertifikati auditor
______________________________________________________________________________________________ga,(auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi) ________________________________________________________________________________________________, (pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan)
berildi hamda mazkur sertifikat berilgan sanadan boshlab unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkiloti nomidan banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga ruxsat etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari
(F.I.O./imzo)
Berilgan sanasi: 20___ y. “___” ___________
M.Oʻ.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-aprel 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 982-3, 13.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/13-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)