OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT KADASTRLARI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, kadastrga doir axborotni toʻplash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Davlat kadastri tushunchasi
Davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xoʻjalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan turining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat boʻladi.
4-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarining yagona tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (bundan buyon matnda Milliy geografik axborot tizimi deb yuritiladi) shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisobi yuritilishini, baholanishini taʼminlash uchun moʻljallangan.
Davlat kadastrlarining axborotini Milliy geografik axborot tizimiga taqdim etish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda, faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Bunda davlat sirlari jumlasiga kiritilgan davlat kadastrlarining axborotini taqdim etish davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fazoviy maʼlumotlar sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
5-modda. Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibi
Davlat kadastrlari yagona tizimiga quyidagilar kiradi:
davlat yer kadastri;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri;
(5-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyuldagi 467-sonli “Yer qaʼri davlat fondi maʼlumotlarini yuritish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
davlat suv kadastri;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-yanvardagi 11-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
davlat oʻrmon kadastri;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 21-moddasi.
oʻsimliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri;
(5-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(5-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
binolar va inshootlar davlat kadastri;
davlat shaharsozlik kadastri;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 28-moddasiga qarang.
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarori bilan tasdiqlangan Gidrotexnika inshootlarining kadastrini yuritish tartibiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri;
(5-moddaning birinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom.
avtomobil yoʻllari davlat kadastri;
temir yoʻllar davlat kadastri;
transport quvurlari davlat kadastri;
aloqa obyektlari davlat kadastri;
energetika obyektlari davlat kadastri;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni koʻmib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga qarang.
(5-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
tabiiy xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar davlat kadastri;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda birinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun bilan belgilanadigan boshqa davlat kadastrlari ham kirishi mumkin.
6-modda. Davlat kadastrlari obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yer, foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen hosilalar, suvlar, oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini koʻmib tashlash va utillashtirish joylari, binolar va inshootlar, geodeziya punktlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, transport va muhandislik kommunikatsiyalari davlat kadastrlarining obyektlari hisoblanadi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi OʻRQ-278 sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)
Qonunda davlat kadastrlarining boshqa obyektlari ham nazarda tutilishi mumkin.
7-modda. Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari
Davlat kadastrlarini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kadastr obyektlarining har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻla qamrab olish;
fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash;
kadastrga doir axborotni shakllantirish uslubiyatining yagonaligi;
kadastrga doir axborotning aniqligi;
kadastrga doir axborotning hamma uchun ochiqligi.
8-modda. Davlat kadastrlarini yuritish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritish tartibini belgilaydi;
Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlari axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi;
(9-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Maxsus vakolatli organning davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi Milliy geografik axborot tizimini va davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr agentligi:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(10-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geografik axborot tizimida yuritadi;
(10-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarni tegishli davlat kadastrlarini yuritish uchun zarur boʻlgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda taʼminlaydi;
(10-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(11-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tashkil etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiradilar;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(11-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
12-modda. Davlat kadastrlarini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlarini yuritish tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat kadastrlarini yuritishga quyidagilar kiradi:
kadastr obyektlariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanuvchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan taʼminlash.
(12-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi toʻgʻrisida, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi davlat kadastrining har bir turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tartibga solingan. Mazkur Qonunning 5-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yuritilishini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.
Kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Koʻchmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
(13-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi OʻRQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻchmas mulk boʻlgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar koʻchmas mulk obyekti boʻyicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi notoʻgʻri axborot oqibatida koʻrgan zararlar uchun javobgar boʻladi. Zararning oʻrni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
14-modda. Kadastr obyektlarini hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, idoralarning tegishli boʻlinmalari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek aholi punktlari, tumanlar, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ularning amaldagi holati va ulardan foydalanilishiga koʻra olib boriladi.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
15-modda. Kadastr obyektlarini baholash
Kadastr obyektlarini baholash sifat va qiymat jihatidan baholashni oʻz ichiga oladi.
Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash ularning tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr obyektlarini qiymat jihatidan baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti.
16-modda. Kadastr hujjatlari
Kadastr obyektiga boʻlgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, obyektning kadastr yigʻmajildi, kadastr xaritasi (plani), kadastr kitobi, kadastr obyektlarining holati haqidagi hisobot kadastr hujjatlarining asosiy turlaridir.
Kadastr yigʻmajildi kadastr obyektiga boʻlgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlaridan iborat boʻladi.
Kadastr xaritasi (plani) kadastr obyektlari joylashgan yerni, ularning chegaralari, muhofaza tegralari, baholash, miqdor va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi grafik chizma hujjati boʻlib, u qogʻozda, magnit va boshqa vositalarda tuziladi.
Kadastr kitobi kadastr obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanib, u kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor hamda sifat jihatdan tavsiflari va bahosi haqidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobot davlat kadastrining har bir turi boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi hamda kadastr obyektlarining alohida hududlar va butun Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha miqdor va sifat holati, bahosi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
17-modda. Davlat kadastrlariga doir axborotni taqdim etish
Davlat kadastrlariga doir axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq maʼlumotlarni Milliy geografik axborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat siri hisoblangan davlat kadastrlariga doir axborotdan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Maʼmuriy javobgarlik davlat yer va suv kadastrlari yuritish tartibini buzganlik uchun nazarda tutilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 68 va 75-moddalari).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-dekabr,
171-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 19-modda; 2002-y., 9 (1317)-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)