Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeksning maqsadi
Ushbu Kodeksning maqsadi shaharsozlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aholi punkti — huquqiy maqom, nom va chegara bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birligi (shahar, shaharcha, qishloq, ovul);
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
aholi punktlariaro hududlar — ikki va undan ortiq aholi punkti oraligʻidagi aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi hududlar;
aholi punktining chegara chizigʻi — aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilangan tashqi chegarasi;
aholini joylashtirish tizimi — mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yoʻli bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
buyurtmachi — obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzishning amalga oshirilishini taʼminlovchi, shuningdek shu maqsadlarda loyiha-qidiruv, ekspertlik, qurilish-montaj va nazorat ishlarini bajarish uchun tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
zonalashtirish — hududni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish chogʻida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishga doir cheklovlarni belgilagan holda, hududning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
ishlab chiqarish obyektlari — odamlar va texnologik asbob-uskunalar ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar taʼminlanadigan ishlab chiqarishni joylashtirish uchun moʻljallangan binolar hamda inshootlar;
qizil chiziqlar — shaharsozlik hujjatlarida belgilanadigan, mavzelarning, kichik dahalarning va rejalashtirish tuzilmasi boshqa elementlarining hududlarini aholi punktlarining koʻchalaridan, tor koʻchalaridan va maydonlaridan ajratib turuvchi chegaralar;
noyob va alohida muhim obyektlar — alohida yoki birgalikda oʻziga xos, betakror hajmiy-rejaviy, konstruktiv, muhandislik yoki texnologik yechimlari hamda arxitektura gʻoyasi bilan, yuqori texnik darajadagi yutuqlar va meʼmorchilikni oʻzida mujassam etgan binolar, inshootlar va ularning majmualari;
reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) — tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) uchun maxsus ishlab chiqilgan va qoʻllaniladigan vositalar, shuningdek aholiga axborot yetkazish vazifalarini bajaruvchi texnik vositalar (konstruksiyalar);
turar joy obyektlari — odamlar yashashi uchun moʻljallangan binolar, doimiy yashash uchun uy-joylar (xonadonlar), shuningdek vaqtincha yashash uchun yotoqxonalar, mehmonxonalar, maktab-internatlar, qariyalar uylari;
urbanizatsiya — aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy oʻzgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilishiga koʻmaklashuvchi, jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning rolini oshirish, shuningdek shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni. Urbanizatsiya, qoida tariqasida, shahar atrofini shahar hududiga kiritish, bir nechta aholi punktlarini yagona makonga birlashtirish bilan birga olib boriladi;
fuqaroviy obyektlar — madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish muassasalari va tashkilotlarini, bank-moliya muassasalarini, qurilish-kommunal tashkilotlarini, aloqa hamda transport korxonalarini joylashtirish uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;
shaharsozlik — aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy yechimlari yigʻindisini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda taʼminlovchi nazariyasi hamda amaliyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarining, boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish koʻrsatkichlari hamda turlarining yigʻindisi;
(3-moddaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik faoliyati — davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini belgilash, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish sohasidagi faoliyati;
(3-moddaning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar;
yakka tartibdagi uy-joy — yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun moʻljallangan bir yer uchastkasida joylashgan bir yoki bir nechta turar-joy binolari va ularga taalluqli boʻlgan tomorqa-xoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
4-modda. Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
shaharsozlik sohasida fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududini va uning qismlarini barqaror rivojlantirish;
hayotiy faoliyat uchun qulay muhit yaratish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, atrof-muhitga, tabiiy resurslarga va madaniy merosga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
binolar va inshootlar konstruksiyalarining xavfsizligi va ishonchliligi, ularning seysmik chidamliligi, yongʻin xavfsizligi va energiya samaradorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya qilgan holda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;
shaharsozlik faoliyati va qurilish ishlab chiqarishida eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish, qurilish sifatini oshirish;
hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish jarayonida jamoatchilikning samarali ishtirokini taʼminlash.
5-modda. Shaharsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish
Shaharsozlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi raqobat muhiti:
ishlar (tovarlar, xizmatlar) bozorida monopol faoliyatni, shu jumladan raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan faoliyatni cheklash;
shaharsozlik faoliyati subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning qulay elektron bazalarini yaratish va yaratilgan asosda ularning faoliyatini baholash reytinglarini joriy etish;
shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan yaratiladi.
6-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari
Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik normalari va qoidalari normativ hujjatlar boʻlib:
(6-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
hududlarni rivojlantirishni va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;
muhandislik qidiruvlari;
loyihalashtirish, shu jumladan texnologik loyihalashtirish;
obyektlarni qurishni, rekonstruksiya qilishni, mukammal va joriy taʼmirlashni, shuningdek buzishni amalga oshirish;
obyektlardan foydalanish, ularni taʼmirlash yoki qayta tiklash (ishlarni tashkil etish, yuritish va qabul qilib olish);
obyektlarning muhandislik tizimlarini oʻrnatish;
obyektlarning qiymatini belgilash;
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish chogʻidagi majburiy talablarni belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlimiy, seysmologik hamda boshqa oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi xalqaro va xorijiy normativ-texnik hujjatlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Shaharsozlik normalari va qoidalari toʻgʻrisidagi axborot shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Shaharsozlik normalari va qoidalari chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining va ulardan foydalanuvchilarning, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlariga daxl qilinishi mumkin boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi uchun asos boʻladi.
7-modda. Idoraviy qurilish normalari
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida idoraviy qurilish normalaridan foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar bir vazirlik va idora doirasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan idoraviy qurilish normalarini oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishi, tasdiqlashi, qayta koʻrib chiqishi yoki bekor qilishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Idoraviy qurilish normalari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmasligi kerak.
Idoraviy qurilish normalari tasdiqlanishidan oldin shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi.
8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari
Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlari ularning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari jumlasiga kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyati, agar bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining hamda ulardan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qilsa, cheklanishi kerak.
Fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi, xoʻjalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaslik, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi punktlarining hamda ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligi jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.
Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar tizimlarining ishlab turishi, tabiiy resurslarni va madaniy meros obyektlarini saqlash, shuningdek manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etish, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali taʼminlanadi.
Agar shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak.
9-modda. Fuqarolarining qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi
Har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqqa ega.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitiga boʻlgan huquqi:
shaharsozlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
Qarang: mazkur Kodeksning 3-bobi.
hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish;
Qarang: mazkur Kodeksning 5-bobi.
fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;
Qarang: mazkur Kodeksning 9-moddasi.
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini sertifikatlashtirish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga sabab boʻlgan zararlarni kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash orqali taʼminlanadi.
10-modda. Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar
Shaharsozlik faoliyatiga doir asosiy talablar quyidagilardan iborat:
shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;
hududlar va aholi punktlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etish;
suvni muhofaza qilish zonalari, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari talablariga rioya etish;
madaniy meros obyektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 64-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi.
aholi punktlarini aholi punktlarining tegishli turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga xizmat koʻrsatish darajasidan kam boʻlmagan muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, rekreatsiya va sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan obyektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish obyektlari bilan taʼminlash;
nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan (turar joylar, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlari va inshootlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport obyektlari va boshqa obyektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash.
11-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi majburiyatlari
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslar:
aholining qulay hayot faoliyati muhitini asrashi;
shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yongʻinga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishi;
atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli taʼsir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining, egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan xatti-harakatlar sodir etmasligi;
yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini amalga oshiruvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga hamda obyektlarni texnik inventarizatsiyadan oʻtkazuvchi tashkilotlarga oʻzlariga tegishli obyektlardagi oʻzgarishlar haqida ishonchli maʼlumotlar taqdim etishi;
shaharsozlik hujjatlari materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlari materiallarini (bundan mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va xoʻjalik-maishiy imoratlari, uch yuz kub metrdan oshmaydigan alohida turgan obyektlarga doir shaharsozlik hujjatlari mustasno) shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmalariga taqdim etishi shart.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxslarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
12-modda. Aholi punktlarining turlari
Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga boʻlinadi.
Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga boʻlinadi:
eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
oʻrtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharlar.
Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga boʻlinadi:
katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat;
oʻrtacha — aholisining soni oʻn mingdan yigirma minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni oʻn minggacha kishidan iborat boʻlgan shaharchalar.
Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga boʻlinadi:
yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
oʻrtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat boʻlgan qishloqlar va ovullar.
Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy boʻlmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmogʻining xizmat maqsadidagi obyektlari boʻlgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yoʻl nazoratchilarining, oʻrmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar maʼmuriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli subyektlari bilan bogʻliq boʻlsa, oʻsha subyektlar tasarrufida boʻladi.
Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhiga, hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini oʻzgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar, posyolkalar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida boʻladi.
(12-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-oktabrdagi 301-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq aholi punktlari yerlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2-bob. Shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari
13-modda. Shaharsozlik faoliyati obyektlari
Oʻzbekiston Respublikasining hududi va hududining qismlari, aholi punktlarining hududlari va hududlarining qismlari, aholini joylashtirishning umumdavlat hamda hududiy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik hamda landshaft majmualari, rekreatsiya va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari hamda ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari, reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) shaharsozlik faoliyati obyektlaridir.
Shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
14-modda. Shaharsozlik faoliyati subyektlari
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati subyektlaridir.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari:
shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;
obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar;
shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish yuritishi mumkin.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlarini, ularning tizimlarini va hududlarini kutilayotgan rejalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻzining shaharsozlik faoliyatiga taʼsir eta oladigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida axborot olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq oʻziga berilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishi, shuningdek madaniy meros obyektlariga, tabiiy hamda sunʼiy landshaftlarga zarar yetkazmasligi, aholining hayot faoliyati muhiti yomonlashishiga, shaharsozlik faoliyati boshqa subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasligi shart.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
15-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar
Quyidagilar shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar boʻlishi mumkin:
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar;
davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
Buyurtmachilar:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda u bilan bu hujjatlarni ishlab chiqishga doir shartnomani tuzish;
obyektlarni qurish boʻyicha pudratchini tanlash va u bilan pudrat shartnomasini tuzish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori.
Buyurtmachilar:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etishi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlashi va tasdiqlashi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarga loyihalashtirishga doir birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan arxitektura-rejalash topshirigʻini, topografik materiallarni, muhandislik-geologik qidiruvlarning va tayanch qurilish konstruksiyalarining texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish materiallarini, nuqsonlarga oid dalolatnomalarni taqdim etishi;
shaharsozlik hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashi;
loyihalashtirish jarayoni ustidan tekshiruvni va qurilish sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshirishi, qurilish jarayonida kamchiliklar va nuqsonlar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrishi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazorati amalga oshirilishini taʼminlashi;
hududiy inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan obyektni ekspluatatsiya qilish uchun ruxsatnoma berilganidan keyin foydalanishning kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini tashkil qilishi shart.
Buyurtmachilarga, bundan asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini olib boruvchi tashkilotlar mustasno, pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan mustaqil ravishda (xoʻjalik usulida) balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq, ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda) boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash taqiqlanadi.
Buyurtmachilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
16-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni boshlash toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish asosida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar (bundan buyon matnda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) boʻlishi mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishlab chiquvchilar:
ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazoratini olib borish;
qurilish, montaj ishlari va maxsus ishlar tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda normativ talablardan fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan, madaniy meros obyektlarining shikastlanishi hamda yoʻq qilinishi xavfini tugʻdiradigan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlariga ziyon keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilgan taqdirda, qurilish, montaj ishlarini va maxsus ishlarni toʻxtatib turish yoki tugatish haqida takliflar kiritish;
zarur hollarda, shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ishlab chiquvchilar:
shaharsozlik hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilishini taʼminlashi;
oʻzlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olishi shart.
Ishlab chiquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
17-modda. Obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) boʻlishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 37-bobining 3-paragrafi (Qurilish pudrati).
Jismoniy shaxslar pudratchilar sifatida:
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish;
mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, xoʻjalik-maishiy binolarini qurish;
yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida xoʻjalik-maishiy imoratlarini qurish;
tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish talab etilmaydigan jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish;
umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan, yigʻma-qismlarga ajraladigan konstruksiyalardan quriladigan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish;
ikkitadan koʻp boʻlmagan avtomashinaga moʻljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish;
kichik arxitektura shakllarini qurish va hududlarni oʻrash;
ochiq sport maydonchalari, yoʻlaklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish;
reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish;
mulkdorlarning shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan texnik jihatdan murakkab boʻlmagan imoratlarni qurish boʻyicha ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Pudratchilar:
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning, inshootlarning va boshqa obyektlarning arxitektura-badiiy qiyofasini hamda konstruktiv yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilaydigan oʻzgartirishlar kiritish;
ishlab chiquvchidan zarur texnik maslahatlar olish huquqiga ega.
Pudratchilar:
qurilishni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan yechimlarga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachining texnik nazoratiga oid, ishlab chiquvchining mualliflik nazoratiga oid qonuniy talablarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning qonuniy talablarini bajarishi;
(17-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlarni mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi anjomlari, jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi;
buyurtmachiga qurilishi tugallangan obyektda bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani (bundan buyon matnda muvofiqlik deklaratsiyasi deb yuritiladi) taqdim etishi shart.
Pudratchilar qurilishning pirovard natijalari va pudrat shartnomasida belgilangan majburiyatlarga muvofiq shartnoma narxiga rioya etilishi uchun javobgar boʻladi.
Pudratchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
3-bob. Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
18-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari barcha vazirliklar, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi;
(19-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 140-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini va hududlarining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirishga doir hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Toshkent va Nukus shaharlarining, shuningdek respublika va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi;
shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi;
davlat shaharsozlik kadastrini hamda shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini yuritish tartibini belgilaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasida davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi;
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
20-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Maxsus vakolatli davlat organi:
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
(20-modda ikkiinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalarini, bundan tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari mustasno, hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning maʼmuriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralarni belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan idoraviy qurilish normalarini kelishib oladi;
(20-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
shaharsozlik, arxitektura, loyihalashtirish va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashgan davlat taʼlim muassasalarida hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining darajasi va sifatini oshirishga, qurilish sohasida, shu jumladan xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilarni hamda mutaxassislarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, milliy standartlarga, qurilish ishlari texnologiyalariga, qurilish materiallari va buyumlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(20-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshiradi va ekspertiza xulosalarining yagona reyestrini yuritadi;
qurilishda standartlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradi;
aholi punktlarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;
shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish tartibini belgilaydi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi;
shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi;
qonun hujjatlariga muvofiq malakasi boʻlishi majburiy boʻlgan, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlashtiradigan yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazadi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi 451-sonli “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda xabardor qiladi;
oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan shaharsozlik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini roʻyxatga oladi;
texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachining va mualliflik nazoratini amalga oshirish boʻyicha ishlab chiquvchining ishlarini tekshiradi, shuningdek texnik va mualliflik nazorati sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash toʻgʻrisida vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
shaharsozlik sohasidagi normativ hujjatlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, qurilish materiallari va buyumlarining ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi hamda qoʻllanilishini, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari talablari chidamlilik va puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turadi. Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilishni hamda qoʻllashni, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turishga olib keladigan tarzda toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqadi va jarima tarzidagi maʼmuriy jazo beradi;
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharlarning bosh rejalarini soddalashtirilgan shaklda ishlab chiqishda buyurtmachiga va loyiha tashkilotlariga loyihalashtirish uchun topshiriqlar beradi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuniga asosan yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati obyektlarining but saqlanishini taʼminlaydi;
shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;
mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu obyektlarning moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-890-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son)
oʻz hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻxtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi;
aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning jamoatchilik muhokamasini taʼminlaydi;
qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) hamda mavzelarni, kichik dahalarni va aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmasining elementlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;
viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek obodonlashtirish tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli vakillik organlariga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini tasdiqlash uchun tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organiga kiritadi;
(21-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;
aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri, shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringi yuritilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalari tuzilishini, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini va bu hujjatlarning ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida aholini muntazam ravishda xabardor qiladi;
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
22-modda. Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Tumanlar (shaharlar) ijro etuvchi hokimiyat organlari:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati obyektlarining but saqlanishini taʼminlaydi;
shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;
mahalliy ahamiyatga molik obyektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu obyektlarning moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
oʻz hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻxtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi;
tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-890-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son)
reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarining texnik holati inventarizatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻidagi oʻzining rasmiy veb-saytlari orqali aholini muntazam ravishda xabardor qiladi.
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi qoidalari shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning vakillik hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tumanlar (shaharlar) vakillik hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi
23-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, bunga vakolatli boʻlgan vazirliklar va idoralarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari, ekspert komissiyalari va ekspert guruhlari, shuningdek akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi maxsus vakolatli davlat organining ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladi.
Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shu jumladan shaharsozlik, yongʻinga qarshi hamda ekologik normalar va qoidalarga, shuningdek sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-sonli “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun shaharsozlik hujjatlari zilzilaga bardoshlilik va yongʻin xavfsizligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladigan obyektlar boʻyicha shaharsozlik hujjatlarining smeta qismini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.
Quyidagi obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi majburiy emas:
mavsumiy ishlar uchun vaqtinchalik va maishiy binolar;
uch yuz kub metrdan ortiq boʻlmagan alohida qurilayotgan kichik hajmdagi obyektlar;
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
I xavf-xatar toifasiga kiradigan obyektlar;
binolarni, inshootlarni va boshqa obyektlar joriy taʼmirlanganda.
Loyiha yechimlariga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shu jumladan qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasi oʻzgarganda (qavatlar soni oʻzgarganda, yonma-yon qurilganda, ustiga qavat qurilganda) shaharsozlik hujjatlari kiritilayotgan oʻzgartirishlar qismida qayta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ilgari ekspertizaning ijobiy xulosalari berilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyihalar takroran qoʻllanilganda ekspertiza ushbu loyihalarni aniq bir joyga va shartlarga bogʻlash qismida amalga oshiriladi.
Buyurtmachi zimmasiga shaharsozlik hujjatlarining toʻliq toʻplamini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish va ularning ishonchliligini taʼminlash majburiyati yuklanadi.
Shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasi buyurtmachilar va ekspert tashkilotlari tomonidan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi, bunda xarajatlar koʻrib chiqilayotgan loyihani ishlab chiqish qiymatiga kiritiladi.
Ekspertizaning ijobiy xulosalari (bundan davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan shaharsozlik hujjatlariga doir xulosalar mustasno) ular ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritilgan taqdirdagina haqiqiy deb tan olinadi.
Ekspertizaning ijobiy xulosalari shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish, tasdiqlash va kelgusida amalga oshirish uchun asos boʻladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-sonli “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
24-modda. Ekspert tashkilotlarining vakolatlari
Ekspert tashkilotlari:
qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qoʻllash boʻyicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi;
ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etadi;
bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi.
Ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda. Shaharsozlik hujjatlari ekspertlarining huquqlari va majburiyatlari
Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari:
hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish loyihalari boʻyicha kompleks shaharsozlik ekspertizasida ekspert komissiyalari (ekspert guruhlari) tarkibida ishtirok etishga;
buyurtmachilardan va ishlab chiquvchilardan zarur materiallarni hamda axborotni soʻrash va olishga;
shaharsozlik faoliyatining professional ixtisoslashuviga muvofiq loyihalarning alohida boʻlimlari (qismlari) boʻyicha ekspertizani amalga oshirish, ular boʻyicha mahalliy ekspertiza xulosalarini tuzishga. Ayrim boʻlimlar (qismlar) boʻyicha ekspertizaning lokal xulosalari shaharsozlik hujjatlarini yaxlit tarzda tasdiqlash uchun asos hisoblanmaydi va ekspertizaning jamlanma xulosasini tuzishda foydalaniladi;
buyurtmachi ekspertiza xulosasida qayd etilgan shartlarni (talablarni) bajarmagan hollarda ekspert tashkiloti tomonidan ilgari berilgan ekspertiza xulosasini chaqirib olinishini taklif qilishga haqlidir.
Shaharsozlik hujjatlari ekspertlariga quyidagilar taqiqlanadi:
mazkur ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud er (xotin) va (yoki) boshqa yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqacha tobelik munosabatlarida boʻlish.
Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari:
shaharsozlik hujjatlarining koʻrib chiqilayotgan loyihalari boʻyicha davlat sirlarining va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning maxfiyligiga rioya etishi hamda saqlanishini taʼminlashi;
oʻz kasbiy malakasini oshirib borishi;
kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi shart.
Shaharsozlik hujjatlari ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ekspertiza sifatsiz oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda ekspertlar va ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ekspertlar va ekspert tashkilotlari oʻz faoliyatida shaharsozlik faoliyati subyektlaridan mustaqildir. Shaharsozlik hujjatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha ekspertiza xulosalarini tayyorlash vaqtida hech kim ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari ishiga aralashishga haqli emas.
5-bob. Qurilishni nazorat qilish va amalga oshirish
26-modda. Qurilishni nazorat qilish
Qurilishni nazorat qilish shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan qurilishga tayyorgarlik koʻrish, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish chogʻida quyidagilarning amalga oshirilishi taʼminlanishi kerak:
qurilish ustidan davlat nazorati;
buyurtmachining texnik nazorati;
ishlab chiquvchining mualliflik nazorati;
pudratchining ichki nazorati.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy inspeksiyalarining vakolatlari
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) hamda uning hududiy inspeksiyalari (bundan buyon matnda hududiy inspeksiyalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritadi;
binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek fuqaro hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi hamda demontaj ishlari amalga oshirilishini talab qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillariga rioya qilinmagan va aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha kamida ikkita koʻrsatma bajarilmagan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi va demontaj ishlarini olib borish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni, ularni bajarishning shaharsozlik faoliyati obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan mutanosib muddatlarini, lekin koʻpi bilan oltmish kunni belgilagan holda, beradi;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning hamda ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarida binolar hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari hamda buyumlari qoʻllanilganligi aniqlangan hollarda, qurilish materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishni, realizatsiya qilish hamda qoʻllashni toʻxtatib turish haqida tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuboradi;
qurilayotgan obyektlarga moneliksiz kiradi va davlat nazorati vazifalarini amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishiga rioya etilishi ustidan, shuningdek texnik va mualliflik nazorati yuritilishi ustidan tanlab oʻtkaziladigan davlat nazoratini amalga oshiradi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtiradi va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni, maʼlumotlar va axborotni vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan soʻraydi va oladi;
(27-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ekspertlari hamda mutaxassislarini davlat nazorati tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga jalb etadi;
qurilish obyektlaridagi avariyalar holatlarini tekshirish boʻyicha idoralararo komissiyalar ishida ishtirok etadi;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga konstruksiyalarning ayrim elementlarini, uzellar va detallarni ochish va qayta yopib qoʻyish, poydevorlar ostidagi tuproqni, qoʻllanilgan qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini hamda muhandislik kommunikatsiyalarini sinash yuzasidan topshiriqlar beradi, shuningdek tegishli xulosa tayyorlash uchun ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
28-modda. Texnik nazorat
Shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda texnik nazorat buyurtmachi tomonidan texnik nazorat boʻyicha mutaxassisni biriktirish yoki ushbu faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsni shartnoma asosida jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Texnik nazorat boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2010-yil 27-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qurilishda mualliflik va texnik nazorat toʻgʻrisidagi nizom.
Texnik nazorat boʻyicha mutaxassis:
pudratchi tomonidan tashkiliy-texnologik hujjatlar va shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shuningdek qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarining sifatining taʼminlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yashirin ishlarni tekshirish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
texnik nazorat jurnalining toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi;
qurilish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchilar va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi kamchiliklar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani taʼsirchan choralar koʻrish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi;
qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlari sifatini muntazam ravishda nazorat qiladi.
Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan soʻng texnik nazorat boʻyicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisida xulosa beradi.
Texnik nazorat boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29-modda. Mualliflik nazorati
Mualliflik nazorati ishlab chiquvchi tomonidan shartnoma asosida obyektni qurishning (rekonstruksiya qilishning) butun davri davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchi mualliflik nazoratini amalga oshirish boʻyicha oʻz vakolatlarini shartnoma asosida boshqa ishlab chiquvchiga, bu haqda buyurtmachini xabardor qilgan holda, topshirish huquqiga ega.
Mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2010-yil 27-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qurilishda mualliflik va texnik nazorat toʻgʻrisidagi nizom.
Mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassis:
qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarida qabul qilingan loyiha yechimlariga muvofiq bajarilishini nazorat qiladi;
yashirin ishlarni koʻrikdan oʻtkazish va muhim konstruksiyalarni oraliq qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
mualliflik nazorati jurnali toʻgʻri yuritilishini taʼminlaydi va mualliflik nazorati jurnaliga tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan chetga chiqishlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritadi, ular buyurtmachi va pudratchi tomonidan bajarilishi majburiydir;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlaridan konstruksiyalarning ishonchliligiga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir koʻrsatuvchi, shuningdek inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi chetga chiqishlar aniqlanganda, buyurtmachini hamda hududiy inspeksiyani taʼsirchan choralar koʻrish uchun xabardor qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turadi;
qurilish obyektining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar boʻladi.
Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tugallangandan soʻng mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassis buyurtmachiga bajarilgan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
30-modda. Ichki nazorat
Ichki nazorat pudratchi tomonidan kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish va ularning oldi olish boʻyicha choralar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
Ichki nazorat boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-sonli “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ichki nazorat boʻyicha mutaxassis:
shaharsozlik hujjatlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq butligi yuzasidan kirish nazoratini;
qurilish materiallarini, konstruksiyalarini, buyumlarini va uskunalarini albatta tashqi koʻzdan kechirishdan oʻtkazgan holda, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ish chizmalariga, pasportlarga, sertifikatlarga va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan kirish nazoratini;
texnik va mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislar ishtirokida muhim konstruksiyalarni ularning tayyor boʻlishiga qarab qabul qilib olish yoʻli bilan qurilish jarayonlari texnologiyalariga rioya etilishiga doir operatsiyalar boʻyicha nazoratni;
tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini qabul qilib olish nazoratini amalga oshiradi.
Ichki nazorat boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish pudratchining qurilish laboratoriyasi yoki shartnoma asosida jalb etiladigan tashkilot tomonidan taʼminlanadi.
31-modda. Qurilish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish
Qurilish ishlarini tashkil etish pirovard natijaga erishish uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy-texnik va texnologik yechimlar qoʻllanilgan holda shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish ishlari:
buyurtmachi tomonidan hududiy inspeksiya obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilingandan keyin;
pudratchilar tomonidan malakali muhandis-texnik xodimlarni, mutaxassislar va ishchilarni jalb etgan holda, bundan ushbu Kodeks 17-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
ekspert tashkilotlarining ijobiy xulosasi asosida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq;
qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarishning tasdiqlangan loyihalari majburiy ravishda mavjud boʻlganda amalga oshirilishi kerak.
32-modda. Obyektlarni qabul qilish va ularni foydalanishga topshirish
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq toʻliq tayyor boʻlganda va ijro hujjatlari, muvofiqlik deklaratsiyasi, bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi va qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi xulosalar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq qurilishi tugallangan obyektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi oʻrtasida imzolanadigan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi komissiya aʼzolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi shakli maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish ishtirokchilarining vazifalariga quyidagilar kiradi:
qurilishi tugallangan obyektning tayyorligini belgilash va hujjatli tasdiqlash;
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash;
texnologik, muhandislik yoki boshqa uskunalarni (muhandislik tizimlarini) sinovdan oʻtkazish;
obyektning ishga tushiriladigan quvvatining (sigʻimi, oʻtkazuvchanligining) shaharsozlik hujjatlarida tasdiqlangan koʻrsatkichlarga muvofiqligini belgilash.
Tasdiqlangan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda, shuningdek texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning salbiy xulosalari mavjud boʻlganda buyurtmachi (komissiya) pudratchi buzilishlarni bartaraf etgandan soʻng obyektni foydalanishga qabul qiladi.
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berish uchun asos boʻladi:
qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
obyektning ijro hujjatlari toʻplami;
pudratchi tomonidan berilgan muvofiqlik deklaratsiyasi;
mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;
texnik nazoratni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan berilgan qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi xulosa.
Hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanishga ruxsatnoma berilgan sana obyekt foydalanishga topshirilgan sana hisoblanadi.
Qurilgan obyektdan qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan dalolatnomasiz va hududiy inspeksiyaning qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnomasisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Muvofiqlik deklaratsiyasining, qurilish-montaj ishlarining sifati va bajarilgan ishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini toʻgʻrisidagi xulosalarning buyurtmachiga taqdim etilishi ishlab chiquvchini, pudratchini, texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarni obyektni loyihalashtirish, qurish, qabul qilish va foydalanishga topshirishda bajarilgan ishlar uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Buyurtmachi qurilishi tugallangan obyektni oʻz vaqtida topshirish-qabul qilish va uni foydalanishga topshirish uchun javobgar boʻladi.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish va uni foydalanishga topshirish boʻyicha tartib-taomillarni oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
33-modda. Qurilish materiallariga, buyumlariga va konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar, ularni shaharsozlik hujjatlariga kiritish shartlari
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining xavfsizlik koʻrsatkichlari qayd etiladi.
Shaharsozlik hujjatlarida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari qurilishning texnik-iqtisodiy asoslari hamda loyiha yechimlarining talablaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
34-modda. Shaharsozlik faoliyatini sugʻurta qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari boʻyicha qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish amalga oshiriladi.
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularning ehtiyot qismlari, materiallar va qurilish maydonidagi hamda sugʻurta shartnomasida belgilangan qurilish va montaj predmetidan iborat boʻlgan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sugʻurta qildiruvchining javobgarligi sugʻurta obyektlaridir.
Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish xarajatlari obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari boʻyicha sugʻurta qilish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
6-bob. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati
35-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazoratining shakllari
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi shakllarida va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Jamoatchilik nazoratining natijalari boʻyicha axborotga oid va tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlgan takliflarni oʻz ichiga olgan yakuniy hujjat tayyorlanadi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiyalar va takliflar shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
36-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati subyektlari va ularning huquqlari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek fuqarolar shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati subyektlaridir, bundan jamoatchilik nazorati subyektlari buyurtmachi sifatida ishtirok etgan hollar mustasno.
Jamoatchilik nazorati subyektlari aholi punktlarining bosh rejalari toʻgʻrisida ishonchli va oʻz vaqtida axborot olish huquqiga ega.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasida va qabul qilinishida ishtirok etishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taʼminlanadi.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun quyidagilar tashkil etilishi mumkin:
jamoatchilik kuzatuv komissiyalari;
jamoatchilik ekspert komissiyalari;
jamoatchilik nazorati guruhlari;
jamoatchilik nazoratining boshqa tashkiliy tuzilmalari.
Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarning jamoatchilik muhokamasi va qabul qilinishi chogʻida jamoatchilik nazorati subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarni muhokama qilish, ular yuzasidan takliflar kiritish va ularni tayyorlashda boshqa shaklda ishtirok etish;
zarur hollarda, aholi punktining bosh rejasi tasdiqlanguniga qadar qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobiga uni jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil etish.
Jamoatchilik nazorati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
37-modda. Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot
Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholi punktlari bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari haqidagi maʼlumotlar;
aholi punktlarining bosh rejalari toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari jamoatchilik muhokamalarining yakuniy hujjatlarini, jamoatchilik ekspertizalarining xulosalarini ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilish, dasturlar va shaharsozlik hujjatlarini namoyish qilishga doir tadbirlar orqali jamoatchilik nazorati subyektlarini aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida xabardor qilishi shart.
Aholi punktlarining bosh rejalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladi.
38-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi
Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan muhokama qilinishi aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasidir.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik muhokamasi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
1) muhokama boshlanishidan oʻn kun avval jamoatchilik nazorati subyektlarini jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish muddatlari va tartibi bilan aholi punktining bosh rejasi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etgan holda tanishtirish. Jamoatchilik nazorati subyektlarini tanishtirish:
ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida tegishli eʼlonlar berish;
korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning binolarida, jamoat joylarida, taxmin qilinayotgan qurilish maydonchasi hududida bannerlar (plakatlar) va tashqi reklama vositalarini oʻrnatish;
ekspozitsiyalar tashkil etish;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllardan foydalanish orqali amalga oshiriladi;
2) jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish, aholi punktining bosh rejasiga oid fikrlarni toʻplash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllar.
Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish davomiyligi kamida oʻn besh kundan iborat boʻlishi kerak;
3) bildirilgan mulohazalarni qayd etish (soʻrovnomalar, audiovideoyozuv, kelishib olish varaqasi, ishtirokchilarning yozma takliflari, jamoatchilik muhokamasi yigʻilishining bayonnomasi);
4) jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha xulosaning muhokama yakunlanganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida va maxsus vakolatli davlat organining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi.
Aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalari hisobga olingan holda tasdiqlanadi.
Aholi punkti bosh rejasining oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi materiallari bosh reja amal qiladigan butun muddat mobaynida buyurtmachida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida saqlanadi.
39-modda. Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibining buzilishlari ustidan shikoyat berish
Aholi punkti bosh rejasining jamoatchilik muhokamasini oʻtkazishning ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibi buzilishlari aniqlanganda, jamoatchilik nazorati subyektlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shikoyat berishga haqli.
Jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilganligi toʻgʻrisidagi shikoyat mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan asosli deb topilgan taqdirda takroriy muhokama oʻtkaziladi.
Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tartibi buzilgan holda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat berilishi mumkin.
40-modda. Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi ushbu rejalarning yuridik va jismoniy shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganilishini hamda baholanishini nazarda tutadi.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik nazorati subyektlarining tashabbusiga koʻra va jamoatchilik muhokamasini oʻtkazuvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish zaruratini asoslagan holda bergan arizasi asosida oʻtkaziladi.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishga doir ariza jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilganidan keyin oʻn besh kun ichida shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinadi.
Jamoatchilik ekspertizasi jamoatchilik asosida, jamoatchilik nazorati subyektlarining mablagʻlari, homiylik mablagʻlari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Aholi punktlari bosh rejalarining jamoatchilik ekspertizasi natijalari boʻyicha yakuniy hujjat tayyorlanib, u shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga va buyurtmachiga taqdim etiladi.
Aholi punktlari bosh rejalarining buyurtmachilari aholi punktlari bosh rejalari jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatiga doir javoblarni ushbu hujjatni tasdiqlash toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.
Aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qiluvchi shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organi oʻtkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bilan bir qatorda jamoatchilik ekspertizasining yakuniy hujjatida keltirilgan tavsiyalarni hisobga oladi.
41-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar kiritilishi
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar berish huquqi oʻz qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan jamoatchilik nazorati subyektlariga taqdim etiladi.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflari faqat uni amalga oshirish boshlanguniga qadar qabul qilinadi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yozma yoki elektron shaklda beriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi kelib tushgan taklifni oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi. Aholi punktining bosh rejasiga oid oʻzgartirishlarning jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish zarurati boʻlmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi arizachilarga jamoatchilik muhokamasini oʻtkazishni rad etishga doir asoslantirilgan javob yuboradi.
42-modda. Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar ekspert baholash natijalari olinganidan keyin oʻn besh kunlik muddatda buyurtmachilar tomonidan arizachi yoki uning vakolatli vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ekspert baholash buyurtmachi mablagʻlari hisobidan tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi.
Aholi punktining tasdiqlangan bosh rejasiga oʻzgartirishlar kiritish ishlab chiquvchi tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
43-modda. Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish tartibi
Aholi punktining muqobil bosh rejasi aholi punktining taklif etilgan bosh rejasidan norozi boʻlgan jamoatchilik nazorati subyektlarining tashabbusiga koʻra va ularning mablagʻlari hisobidan bajariladigan loyihaviy, ilmiy ishlanmadan iborat.
Aholi punkti muqobil bosh rejasining tashabbuskori mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga oʻz aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topish toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yozma arizani olganidan keyin aholi punkti bosh rejasining tayyorlik darajasini hisobga olgan holda, uni muqobil bosh reja deb topish hamda jamoatchilik ekspertizasiga va jamoatchilik muhokamalariga taqdim etish yoki uni asoslangan holda rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Aholi punktining bosh rejasini muqobil bosh reja deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan ushbu Kodeksning 39-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Aholi punktining muqobil bosh rejasini ishlab chiqish, ekspertiza qilish, kelishib olish va uning jamoatchilik muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholi punktining bosh rejasi muqobil bosh reja deb topilgan taqdirda, tashabbuskorga uni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni ushbu bosh rejaning buyurtmachisi tomonidan qoplanadi.
7-bob. Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri
44-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi
Shaharsozlik hujjatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi;
(44-modda birinchi qismi 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq viloyat hududlarini oʻz ichiga olgan qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhi;
(44-modda birinchi qismi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
2) Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari;
(44-modda birinchi qismi 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
(44-modda birinchi qismi 3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
aholi punktlarining bosh rejalari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-sonli “2018-2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan taʼminlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
aholi punktlari chegara chiziqlarining loyihalari;
aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;
aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish tarhlari;
4) aholi punktlarining hududlarini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlar:
batafsil rejalashtirish loyihasi;
qurish loyihasi;
5) shaharsozlik faoliyati obyektlarining qurilishi uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlari:
qurilishning texnik-iqtisodiy asosi;
qurilishning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari;
loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, loyiha-smeta hujjatlari, ishchi hujjatlar).
Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari tarkibiga shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham kirishi mumkin.
45-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish ishlab chiquvchilar tomonidan shartnoma, buyurtmachi tomonidan beriladigan loyihalashtirish topshirigʻi, boshlangʻich-ruxsat beruvchi hujjatlar va muhandislik-texnik qidiruvlar natijalari asosida amalga oshiriladi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir topshiriqlar quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli vazirliklar, idoralar bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;
(45-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;
maxsus vakolatli davlat organi bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida, 4-bandida (ularning ishlab chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda), 5-bandida (budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hamda hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan noyob va alohida muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlar boʻyicha) nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha;
maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari bilan — ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 4-5-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari boʻyicha (ularning ishlab chiqilishi budjet tizimining budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganda).
Shaharsozlik hujjatlari quyidagilar bilan kelishib olinishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan;
(45-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari tegishli vazirliklar, idoralarning hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan.
(45-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Shaharsozlik hujjatlarini kelishib olish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaharsozlik hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishib olinishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-sonli “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlari sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va davlat yongʻin nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa ular huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
(45-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-sonli “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Shaharsozlik hujjatlari ushbu Kodeksda belgilangan vakolatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar ushbu hujjatlarni tasdiqlagan organning yoki buyurtmachining qaroriga binoan kiritiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
46-modda. Shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish
Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks dasturlar bajarilishining borishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining majlislarida koʻrib chiqilishi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi lozim.
47-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishdagi taqiqlar va cheklovlar
Ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, obyektlarni shaharsozlik hujjatlarini bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) ishlab chiqqan holda qurish va rekonstruksiya qilish;
qurilishning borishiga va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoniga tegishli vakolatlarga ega boʻlmagan shaxslarning aralashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish;
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-950-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son — 2024-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
shaharlar va shaharchalarda qurilishi tugallangan mavzelar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalarining (dahalarning) hududida aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmati koʻrsatish hamda bozor infratuzilmasining alohida turgan obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish;
koʻp qavatli uylarni qurish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida bunday turdagi qurilishlarni amalga oshirish;
shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini oʻtkazmay qurilayotgan va mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan ikki qavatdan yuqori boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat qurish);
umumiy foydalaniladigan koʻkalamzorlar hududlari va obyektlarida qurilish obyektlarini (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar) joylashtirish, bundan obodonlashtirish, muhandislik infratuzilmasi va metropoliten obyektlari mustasno.
Obyektlarni bir vaqtning oʻzida (parallel ravishda) loyihalashtirgan holda qurish mudofaa qobiliyati va davlat xavfsizligini, aholining hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar, tabiiy va ekologik ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq istisno hollarda, moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan amalga oshirilishi mumkin.
48-modda. Davlat shaharsozlik kadastri
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiradi.
Davlat shaharsozlik kadastri:
muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondini;
hududlarning, koʻchmas mulk obyektlarining, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmaning manzilli reyestrlarini;
hududlarni rivojlantirish va qurishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi maʼlumotlarni;
hududlarni hamda shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
8-bob. Hududlarni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
qishloq xoʻjaligiga va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan hududlar;
ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hududlar;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar;
foydali qazilmalar joylashgan hududlar;
oʻziga nisbatan shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari va shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mazkur hududlardan foydalanishga doir cheklovlar belgilangan hududlar;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha yechimlari Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qoʻshni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallab ishlab chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhi Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik koʻp maqsadli strategik hujjatdir:
aholini va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tizimi davlat tomonidan tartibga solinishini taʼminlash;
hududlarning joriy holatini, salohiyatini aniqlash, oʻzaro bogʻliqlik maqsadlarini va oʻziga xos xususiyatlarini belgilash;
arxitektura, shaharsozlik va qurilish faoliyatini amalga oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududlararo va tarmoqlararo davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish;
loyihalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini asos sifatida belgilash.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
50-modda. Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari
Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
hududning zonalashtirilishi;
aholini joylashtirishning hududiy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlari;
viloyatlararo ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari;
hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan taʼminlash chora-tadbirlari;
hududni rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari
(51-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
(51-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
hududlarning zonalashtirilishi;
aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
sanoatni, qishloq xoʻjaligini, viloyatlararo hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik vositalari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlari;
(51-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
(51-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlaridagi loyiha yechimlari Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qoʻshni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga moʻljallab ishlab chiqiladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
52-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
energiya taʼminotini, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish;
(52-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish;
hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari
Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi:
tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish chora-tadbirlari;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlari;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari;
aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
54-modda. Aholi punktining bosh rejasi
Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi:
aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati;
aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari;
aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbati;
aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
aholi punktining chegaralari;
aholi punkti hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Oʻrtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida qoʻshib bajarilishi mumkin.
Hududida madaniy meros obyektlari boʻlgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.
Aholi punktining bosh rejasi yigirma — yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga moʻljallanib ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi u toʻliq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktining bosh rejasi mavjud boʻlmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bogʻliq masalalar tuman (shahar) qurilish boʻlimining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olinadi.
(54-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda davlat ahamiyatiga molik obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratishga doir materiallar ishlab chiquvchilar bilan qoʻshimcha ravishda kelishib olinishi lozim.
Aholi punktlari hududida obyektlarni bosh rejasiz va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanadi.
55-modda. Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari
Aholi punktlarining chegara chiziqlari loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi.
Kichik shaharlarning, shuningdek shaharchalar, qishloqlar va ovullarning chegara chiziqlari loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejalari tarkibida ishlab chiqilishi mumkin.
56-modda. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlari
Aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
energiya taʼminotini, gaz taʼminotini, aloqani, irrigatsiyani, suv taʼminotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish;
(56-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-951-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)
transport turlarini rivojlantirish;
iqtisodiyot tarmoqlarining obyektlarini joylashtirish;
hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish;
aholining fuqaro muhofazasi;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish;
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
hududlarni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
57-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari
Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududlarining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:
qizil chiziqlarni;
yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini;
yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini;
hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini;
muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;
koʻchalar, tor koʻchalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning koʻrsatkichlarini;
ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi hamda joylashuvini;
qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi.
Batafsil rejalashtirish loyihasi hududlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
58-modda. Hududlarni qurish loyihalari
Hududlarni qurish loyihalari belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida ishlab chiqiladi.
Hududlarni qurish loyihalarida:
qurishni tartibga solish chiziqlari;
binolar va inshootlarning joylashuvi, qavatlari soni, turi hamda boshqa tavsiflari;
qurishning arxitektura yechimi;
muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlari, shuningdek mazkur tizimlarni yer uchastkalari, massivlar, mavzelar, kichik dahalar va aholi punktlarini rejalashtirish tuzilmasining boshqa elementlari doirasidan tashqaridagi muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlarining inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlari;
transport vositalari va piyodalar harakatining tashkil etilishi;
umumiy foydalanishdagi hududlar belgilanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni qurish loyihalariga ushbu Kodeksga, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmagan, mahalliy sharoitlarga muvofiq qoʻshimcha talablarni, shu jumladan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish zonalarida loyihalashtirish va qurilishga, hududlarni koʻkalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arxitektura obyektlarini, reklamalarni, peshlavhalarni va boshqa axborotni joylashtirishga doir talablarni kiritishga haqli.
59-modda. Loyihaoldi hujjatlari
Loyihaoldi hujjatlari quyidagilardan iborat:
texnik-iqtisodiy asos;
texnik-iqtisodiy hisob-kitob.
Texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob loyihaning umuman eng yuqori qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini loyihalarni moliyalashtirishning ishlab chiqilgan dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilaydigan variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi hujjatdir.
60-modda. Loyiha hujjatlari
Loyiha hujjatlari quyidagilardan iborat:
ishchi loyiha;
loyiha-smeta hujjatlari;
ishchi hujjatlar.
Loyiha hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va texnikaviy yechimlarni, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlashning, shuningdek obodonlashtirish ishlarining qiymatini belgilaydi.
Loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yongʻin nazorati organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa xizmatlar bilan kelishiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, shuningdek ularga oʻzgartirishlar kiritish buyurtmachining tashabbusiga koʻra hamda uning hisobidan amalga oshiriladi.
Obyektlar qurilishi tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarorining 6-bandi.
9-bob. Aholi punktlari va shahar atrofi zonalari hududlaridan foydalanish
61-modda. Qurish qoidalari
Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qurish qoidalari energiyani tejovchi, ekologik xavfsiz, ijtimoiy foydali texnologiyalarni qoʻllash va rivojlantirishni ragʻbatlantirishi va buning uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi va tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi hamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.
Qurish qoidalari joriy etilgunga qadar berilgan obyektlarni qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqiqiy hisoblanadi, bundan aholi xavfsizligi talablari taʼminlanmayotgan hollar mustasno.
62-modda. Hududlarning zonalashtirilishi
Hududlarning zonalashtirilishi qulay hayot faoliyati muhitini taʼminlashga, hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilishga, aholi hamda ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishining, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishga, shuningdek madaniy meros obyektlarini, qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar:
madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalarida, qoʻriqxona zonalarida;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga duchor boʻlgan zonalarda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarida;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitli zonalarda belgilanadi.
Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishga doir cheklovlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2009-yil 23-dekabrdagi 2.07.01-03-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.3, 66, 73, 266-bandlari.
Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishga doir cheklovlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Aholi punkti hududining funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlaridan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, investitsiyalar jalb qilish, rekreatsiya va madaniy zonalarni shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
63-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:
turar joy zonalari;
ijtimoiy-amaliy zonalar;
ishlab chiqarish zonalari;
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;
rekreatsiya zonalari;
qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;
maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;
harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlar zonalari;
shahar atrofi zonalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy sharoitlarga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari boshqa hududiy zonalarni belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer uchastkalarini hamda boshqa obyektlarni kiritishi mumkin.
(63-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlar, tabiiy obyektlarning tabiiy chegaralari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari chegaralari inobatga olingan holda belgilanadi.
Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan bir xil qoʻllaniladi.
Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan hududiy zonalarda ayrim binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
64-modda. Turar joy zonalari
Turar joy zonalari koʻp qavatli uylar, oʻrtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun moʻljallangan.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.
Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya taʼsiri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qoʻshimcha qilib qurilgan yoki qoʻshimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona obyektlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Turar joy zonalarida yuzdan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, kino-videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilyonlarni, ochiq turdagi yozgi sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
65-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar
Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlarini, sogʻliqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini, davlat taʼlim muassasalarini va nodavlat taʼlim tashkilotlarini, maʼmuriy, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ibodatxonalar va inshootlarni, ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek avtomobil transporti turargohlarini joylashtirish uchun moʻljallangan.
Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish uchun ruxsat etilgan obyektlar roʻyxatiga uylar, mehmonxonalar, yer osti garajlari yoki koʻp qavatli garajlar kiritilishi mumkin.
66-modda. Ishlab chiqarish zonalari
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini taʼminlaydigan sanoat, kommunal, omborxona obyektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar obyektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday obyektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Sanoat, kommunal va omborxona obyektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash, dam olish obyektlari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport inshootlari, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan obyektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
67-modda. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari
Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalarini va muhandislik uskunalarini joylashtirish hamda ularning ishlab turishi uchun moʻljallangan.
Qulay hayot faoliyati muhitiga transport, aloqa inshootlari, kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish bunday obyektlardan to turar joylar, ijtimoiy-amaliy, rekreatsiya zonalari hududlariga qadar zarur masofa boʻlishiga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari, qurishning maxsus normativlari hamda qoidalari talablariga rioya etilishi orqali taʼminlanadi.
Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining yer uchastkalari, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalari chegaralaridagi hududlar ushbu yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan obodonlashtirilishi lozim.
Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri zararli taʼsir koʻrsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
68-modda. Rekreatsiya zonalari
Rekreatsiya zonalari turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, koʻkalamzorlar hududlari va obyektlari (shahar oʻrmonlari, oʻrmon-bogʻlar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, bogʻlar, sayilgohlar), hayvonot bogʻlari, hovuzlar, plyajlar, sohilboʻyi obyektlari va boshqa obyektlarni oʻz ichiga oladi.
Rekreatsiya zonalarining hududlarida rekreatsiya-sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan obyektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan mavjud sanoat, kommunal, omborxona obyektlari qurilishiga va kengaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
69-modda. Qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar
Aholi punktlarining chegaralari chizigʻi doirasida haydaladigan yerlar, bogʻlar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan binolar va inshootlar egallab turgan, qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi aholi punktining bosh rejasiga va qurish qoidalariga muvofiq oʻzgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq xoʻjaligini yuritish maqsadida foydalanilishi mumkin.
70-modda. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari koʻmiladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan axlatxonalarni va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun ajratiladi.
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari oʻrnatiladi.
Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.
71-modda. Harbiy obyektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari
Harbiy obyektlarning va boshqa rejimli hududlarning zonalari oʻziga nisbatan alohida rejim belgilanadigan obyektlarni joylashtirish uchun moʻljallangan. Mazkur zonalarning hududlaridan aholi punktlari chegaralari doirasida foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
72-modda. Shahar atrofi zonalari
Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, xoʻjalik hududini tashkil etuvchi, ushbu shahar hududini, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal, omborxona obyektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar obyektlarini, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish uchun, shuningdek qishloq xoʻjaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan yerlarni oʻz ichiga oladi.
Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash ushbu Kodeksga hamda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Qarang: Yer Kodeksi 60-moddasining uchinchi qismi.
73-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish
Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlariaro hududlarning manfaatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning oʻz shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.
Shahar atrofi zonalarida sanitariya-himoya va rekreatsiya vazifalarini bajaradigan hududlar ajratiladi. Ushbu hududlarda atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik faoliyati va boshqa xildagi faoliyat taqiqlanadi.
Shahar atrofi zonasi chegaralari doirasida binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish shaharning ijro etuvchi hokimiyat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
10-bob. Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish
74-modda. Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish
Agar hududdan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning manfaatlarini taʼminlash mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim.
Shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:
hududlardan foydalanishning maxsus qoidalarini joriy etish;
maxsus shaharsozlik normalari va qoidalarini joriy etish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishning, tasdiqlashning va amalga oshirishning alohida tartibini joriy etish;
hududlarni va aholi punktlarini zararli taʼsirlardan himoya qilish boʻyicha maxsus tarhlar hamda loyihalarni ishlab chiqish;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
75-modda. Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati obyektlari
Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati obyektlari umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim, agar:
hududlar hamda aholi punktlari tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan boʻlsa;
hududlar yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha miqdorlarda radioaktiv moddalar bilan ifloslangan boʻlsa;
shaharsozlik faoliyati muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari jumlasiga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:
muhofaza etiladigan noyob landshaftlarga ega hududlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
kurort uchun moʻljallangan hududlar;
rekreatsiya uchun moʻljallangan hududlar;
maxsus iqtisodiy zonalarning hududlari;
kichik sanoat zonalarining hududlari;
suv resurslarining muhofaza zonalari;
Toshkent shahri hududi;
Nukus shahri hududi;
viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlar hududlari;
Toshkent va Nukus shaharlariga, viloyatlar va tumanlarning maʼmuriy markazlariga tutash zonalar;
madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan aholi punktlari;
kurort aholi punktlari;
qoʻriqxona aholi punktlari;
turistik salohiyatiga ega boʻlgan aholi punktlari;
alohida (ekstremal) tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan aholi punktlari;
hayot faoliyatining alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalarining hududida hamda boshqa qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari).
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi.
76-modda. Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda ularning chegaralarini belgilash
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining manfaatdor vazirliklar va idoralar maʼlumotlari asosidagi taqdimnomalariga koʻra;
(76-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining taqdimnomalariga koʻra;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri hududida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining taqdimnomalariga koʻra;
(76-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra;
(76-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kurort shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra;
(76-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻriqxona shaharlar hududlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining taqdimnomalariga koʻra;
(76-moddasi birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi OʻRQ-1160-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalaridagi va boshqa qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklarning, idoralarning taqdimnomalariga koʻra;
(76-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — manfaatdor vazirliklarning va idoralarning taqdimnomasiga koʻra amalga oshiriladi.
(76-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda;
(76-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalariga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(76-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini mahalliy ahamiyatga molik (umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlar jumlasiga kiritilmagan) obyektlar jumlasiga kiritish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan:
(76-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda;
(76-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonliQonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
hayot faoliyatining alohida rejimiga ega boʻlgan aholi punktlari (harbiy obyektlar, boshqa rejimli hududlar, davlat qoʻriqxonalari hududlarida va qoʻriqlanadigan boshqa tabiiy hududlarda joylashgan aholi punktlari) hududlarida — manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda;
(76-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Nukus shahri hamda viloyatlarning maʼmuriy markazlari boʻlgan shaharlar hududlarida, shuningdek madaniy meros obyektlari mavjud boʻlgan shaharlar hududlarida — tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taqdimnomasiga koʻra amalga oshiriladi.
Alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari aholi punktlarining hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida belgilanadi hamda maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.
77-modda. Tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiriga duchor boʻlgan hududlarda shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish
Yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori konsentratsiyalardan ortiqcha kimyoviy va (yoki) biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar bilan, yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalardan ortiqcha radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish inson hayoti hamda sogʻligʻiga tahdid tugʻdirayotgan boʻlsa, konservatsiya qilinishi va ularga maxsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sogʻlomlashtirish usuliga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Aholi punktlari hududlarining xavfsizligi konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida fuqaro muhofazasi talablariga, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek terrorchilik harakatlariga qarshi kurashish talablariga rioya etilgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Shaharsozlik faoliyati obyektlarida alohida tartibga solishni joriy etish muddatlari shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Alohida tartibga solish rejimi amalda boʻlgan davrda shaharsozlik faoliyati ushbu Kodeksning 74-moddasida nazarda tutilgan tadbirlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
78-modda. Obyektlarni qurish uchun maxsus ruxsatnomalar
Obyektlar toʻgʻrisidagi axborot davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlgan obyektlar, shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun maxsus ruxsatnomalar qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
11-bob. Shaharsozlik faoliyatida yer munosabatlari
79-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari
Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer uchastkalari berilayotganda yuridik va jismoniy shaxslarni yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga qurish uchun yer uchastkalari berilayotganda (realizatsiya qilinayotganda) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga nisbatan quyidagi shaharsozlik talablari va yer uchastkasini saqlash vazifalari belgilanishi mumkin:
maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga binoan hududni qurish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha;
qurilishga tutash boʻlgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish boʻyicha;
obyektlar qurilishini boshlash va tamomlash muddatlariga rioya etish boʻyicha.
Obyekt qurilishi qurilish boshlangan sanadan eʼtiboran ikki yil ichida yoki shaharsozlik hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda, obyekt tugallanmagan deb hisoblanadi.
Yangi qurilish mazkur qurilish hududi aholisining tegishli xizmatlar bilan taʼminlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan boʻlsa, yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ular muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning qoʻshimcha obyektlarini qurishda ulushli ishtirok etganda berilishi (realizatsiya qilinishi) mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan talablar va yer uchastkasini saqlash vazifalari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda saqlanib qoladi.
Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalarida amalga oshiriladigan qurilishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;
doirasida yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;
yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish zonalarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning va suvni muhofaza qilish zonalarining chegaralarida, shuningdek tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonunda cheklovlar belgilanadigan boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;
yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlarining mavjudligi ushbu obyektlarning koʻrsatkichlari va ulardan foydalanishga doir cheklovlar koʻrsatilgan holda;
yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasining mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan foydalanuvchiga tegishli boʻlmagan binolar va inshootlarning mavjudligi ushbu yer uchastkasida koʻrsatib oʻtilgan obyektlar joylashganligi munosabati bilan undan foydalanishga doir cheklovlar koʻrsatilgan holda.
Yer uchastkalari boʻlib berilayotganda yoki ularning chegaralari va koʻrsatkichlari oʻzgarganda qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga hamda shaharsozlik reglamentlarining eng kichik oʻlchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.
Yer uchastkalari hamda ularda joylashgan binolar, inshootlar va boshqa obyektlar boʻlingan taqdirda ularning qismlari mustaqil obyektlar sifatida ishlab turishi uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kerak.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 26-moddasi.
80-modda. Obyektlarni rekonstruksiya qilish jarayonida yer uchastkalariga, bino va inshootlarga qoʻyiladigan talablar
Binolardan foydalanish sharoitlarini oʻzgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini imkoni boricha toʻldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) oʻzgartirish bilan bogʻliq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar majmui obyektlarni rekonstruksiya qilishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlarni rekonstruksiya qilish, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar oʻrnida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirgan holda yangi obyektlar qurish uchun ruxsatnomalar aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari asosida sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishuvga koʻra maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.
(80-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarining rivojlanishini rejalashtirish va hududlarini qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda ruxsatnomalar berish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishiladi.
(80-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-960-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlarni rekonstruksiya qilishda, shu jumladan buzilgan binolar va inshootlar oʻrnida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirgan holda yangi obyektlar qurishda buyurtmachilar zimmasiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan majburiyatlar yuklanadi.
(80-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
81-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda oʻzga shaxsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan taʼminlash mumkin boʻlmagan hollarda belgilanadi:
binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash;
muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va foydalanishga topshirish;
hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish;
oʻzganing yer uchastkasi orqali kesib oʻtish;
binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-871-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar shaharsozlik faoliyati subyektlarining manfaatlari shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha boshqa ehtiyojlar uchun oʻzga yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz taʼminlanishi mumkin boʻlmagan taqdirda belgilanadi.
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga doir servitutlar va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalari yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va bunday uchastkalardan foydalanuvchilarning majburiyatlarini hamda ularning huquqlari cheklanishini oʻz ichiga oladi va shaharsozlik hujjatlari hamda qurish qoidalari asosida belgilanadi.
Yer uchastkalariga doir servitutlarni va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifalarini belgilash hamda bekor qilish tartibi yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
82-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(82-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 173-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 30-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
83-modda. Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobidan, yuridik va jismoniy shaxslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushli ishtirok etishi, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish quyidagi hollarda budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi:
ushbu Kodeks 44-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda, kompleks muhandislik qidiruvlarini oʻtkazishda, mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini tuzishda va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda;
shaharsozlik faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;
favqulodda ekologik vaziyatlar va ekologik falokat zonalarini, tarixiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 83-moddaning uchinchi qismining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Agar hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat manfaatlariga, ikki va undan ortiq viloyatning manfaatlariga yoki aholi punktlari guruhlarining manfaatlariga daxldor boʻlsa, budjet mablagʻlaridan boshqa shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari har yilgi qurilishlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalarini, tabiatni muhofaza qilishning hududiy kompleks tarhlarini tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalarining amalga oshirilishi monitoringi ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan oʻtkazilishini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutishi kerak.
84-modda. Nizolarni hal etish
Shaharsozlik faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2016-yil 23-dekabrdagi 306-sonli qarori.
85-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son; 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son; 11.09.2024-y., 03/24/960/0699-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son; 27.07.2026-y., 03/26/1160/0786-son)