14.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3953
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining buyrugʻi, 14.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3953
Кучга кириш санаси
16.01.2027
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni taʼminlash boʻyicha aviatsiya qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3953]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 27-oktabrdagi PF-193-son “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni taʼminlash boʻyicha aviatsiya qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor T. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16 sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-n-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 yil 11 avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 yil 3 avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 yil 31 iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 16-sentabrdagi 11-n-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni taʼminlash boʻyicha aviatsiya qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlim. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertolyot — taxminan vertikal holatda joylashgan oʻqlar atrofida kuch qurilmasi tomonidan aylantiriladigan bir yoki bir nechta koʻtaruvchi vintlar bilan havo reaksiyasi tufayli parvozda ushlab turiladigan havodan ogʻir havo kemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasi — havo bilan oʻzaro taʼsir hisobiga, yer sathidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsirdan tashqari, atmosferada harakatlanadigan uchish apparati (masofadan turib boshqariladigan havo kemalari uchun ham tatbiq etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson imkoniyatlari — aviatsiya faoliyatining xavfsizligi va samaradorligiga taʼsir koʻrsatuvchi insonning qobiliyatlari hamda imkoniyatlarining chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi davlat — havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini yakuniy yigʻish uchun masʼul tashkilot faoliyatiga nisbatan yurisdiksiyaga ega boʻlgan davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalovchi davlat — aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasini ishlab chiqish uchun masʼul tashkilot faoliyatiga nisbatan yurisdiksiyaga ega boʻlgan davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modifikatsiyani loyihalovchi davlat — havo kemasi, dvigatel yoki havo vintini taʼmirlash yoxud modifikatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan jismoniy shaxs yoki tashkilotga nisbatan yurisdiksiyaga ega davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga oluvchi davlat — reyestriga havo kemasi kiritilgan davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel — havo kemasini harakatga keltirish uchun foydalaniladigan yoki shu maqsadda foydalanishga moʻljallangan, ishlashi va boshqarilishini taʼminlash uchun zarur barcha tarkibiy qismlar hamda uskunalarni oʻz ichiga oladigan qurilma (havo vinti yoki koʻtaruvchi vintlarni (agar mavjud boʻlsa) oʻz ichiga olmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C2 boshqaruv va nazorat liniyasi — masofadan turib boshqariladigan havo kemasi va masofadan turib boshqarish punkti oʻrtasida havo kemasining parvozini boshqarish uchun zarur buyruqlar hamda nazorat maʼlumotlarini uzatishga moʻljallangan maʼlumotlar uzatish liniyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib boshqariladigan aviatsiya tizimi — masofadan turib boshqariladigan havo kemasi, unga tegishli masofadan turib boshqarish punkti, zarur C2 boshqaruv va nazorat liniyasi hamda ushbu turdagi tizim konstruksiyasida nazarda tutilgan boshqa barcha elementlardan iborat tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib boshqariladigan havo kemasi — masofadan turib boshqarish punktidan boshqariladigan uchuvchisiz havo kemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetarli dalil — uchishga yaroqlilikning muayyan talabiga muvofiqlikni tasdiqlovchi hamda ahdlashuvchi davlat tomonidan yetarli deb tan olingan hujjatlar yoki ishlar majmuyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi — havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintining turini aniqlash hamda uning parvozga yaroqlilikni baholash uchun zarur maʼlumotlar majmuyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modifikatsiya — havo kemasi, dvigatel yoki havo vinti turining konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirish (modifikatsiya tushunchasi texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan bogʻliq texnik xizmat koʻrsatish vazifasi doirasida modifikatsiyani amalga oshirishni ham qamrab olishi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlash va bartaraf etish — yaqin atrofdagi havo kemalari yoki boshqa xavf manbalarini koʻrish, tanib olish yoxud aniqlash hamda tegishli choralarni koʻrish qobiliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilot — ahdlashuvchi davlat tomonidan berilgan havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vinti turining sertifikatiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga egalik qiluvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni saqlash — havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel, havo vinti yoki tarkibiy qismning uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini hamda ularning xizmat muddati davomida xavfsiz ekspluatatsiya sharoitiga mos holatda saqlanishini taʼminlaydigan jarayonlar majmuyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvozlarni bajarishga yaroqliligi — havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel, havo vinti yoki tarkibiy qismning sertifikatlangan konstruksiyasiga muvofiq boʻlgan va xavfsiz foydalanish shartlariga javob beradigan holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilik sertifikatini tan olish (bundan buyon matnda tan olish deb yuritiladi) — ahdlashuvchi davlat oʻzining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish oʻrniga boshqa ahdlashuvchi davlat tomonidan berilgan sertifikatni oʻzining sertifikatiga teng hujjat sifatida tan olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib boshqarish punkti — masofadan turib boshqariladigan havo kemasini boshqarish uchun foydalaniladigan uskunalarni oʻz ichiga olgan masofadan turib boshqariladigan aviatsiya tizimi elementi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qayd etiladigan maʼlumotlar — havo kemasi, dvigatel, havo vinti yoki tegishli tarkibiy qismda bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi qayd etiladigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash — havo kemasi, dvigatel, havo vinti yoki tegishli tarkibiy qismning shikastlanishi yoxud eskirishi natijasida yoʻqotilgan uchishga yaroqlilikni uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanma — fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti rahbari tomonidan kelishilgan hamda uning tuzilmasi va rahbariyatining majburiyatlari, bajariladigan ishlar sohasi, ishlab chiqarish bazasi, texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari hamda sifatni taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samolyot — dvigatel yordamida harakatlanadigan havodan ogʻir havo kemasi boʻlib, uning parvoz vaqtidagi koʻtarish kuchi asosan maʼlum parvoz sharoitlarida qoʻzgʻalmas boʻlib qoladigan yuzalardagi aerodinamik taʼsirlar hisobiga hosil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma — koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq yetarli darajada bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilik normalari — havo kemalari, masofadan turib boshqarish punktlari, dvigatellar yoki havo vintlarining koʻrib chiqilayotgan sinfi uchun ahdlashuvchi davlat tomonidan belgilangan, qabul qilingan yoxud tan olingan keng qamrovli va batafsil uchishga yaroqlilik talablari majmuyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilik sertifikati — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 31-moddasida nazarda tutilgan, havo kemasining uchishga yaroqlilikni tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat koʻrsatish — havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel, havo vinti yoki tegishli tarkibiy qismning uchishga yaroqlilikni saqlash uchun zarur boʻlgan ishlarni, shu jumladan alohida yoki birgalikda bajariladigan nazorat-tiklash, tekshirish, almashtirish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek modifikatsiya yoki taʼmirlash ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahdlashuvchi davlat — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning ishtirokchisi boʻlgan davlat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II boʻlim. Havo kemalarini sertifikatlash va uchishga yaroqlilikni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish va uning amal qilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) tomonidan havo kemasining uchishga yaroqlilik normalarida belgilangan konstruksiyaga qoʻyilgan talablarga muvofiqligi yetarli dalillar bilan tasdiqlangan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Masofadan turib boshqariladigan havo kemasiga berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati masofadan turib boshqariladigan aviatsiya tizimining yaxlit tizim sifatida parvozlarni bajarishga yaroqlilikni tasdiqlovchi maʼlumotlarni (havo kemasining identifikatsiya maʼlumotlarini, uning uchishga yaroqlilik holati, masofadan turib boshqarish punkti, aloqa va boshqaruv kanallari hamda tegishli tizimlar va uskunalarning texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni) oʻz ichiga oladi hamda ushbu tizimning aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasiga muvofiqligi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun yaroqli holatda ekanligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzaviatsiya” agentligi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaning 33-moddasiga muvofiq ahdlashuvchi davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatini havo kemasi mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq boʻlganda hamda tegishli uchishga yaroqlilik normalariga rioya etilganda tan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzaviatsiya” agentligi havo kemasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 54-ilovasiga muvofiq uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu sertifikat boshqa davlatlar yurisdiksiyasidagi hududlarda parvoz qilish yoki ular ustidan uchib oʻtishga ruxsat berishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shartlar va cheklovlarni ham qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 54-ilovasiga muvofiq bir kalendar yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqa davlat tomonidan berilgan amaldagi uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikatiga ega havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilganda, “Oʻzaviatsiya” agentligi uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat berish uchun eksport sertifikatini havo kemasining tegishli uchishga yaroqlilik normalariga va mazkur Qoidalarning talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi yetarli dalil sifatida qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzaviatsiya” agentligi havo kemasini boshqa ahdlashuvchi davlatning reyestriga oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida ushbu ahdlashuvchi davlatga uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikatini beradi. Ushbu uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati parvozlarni amalga oshirish huquqini bermaydi, biroq eksport qiluvchi davlat tomonidan havo kemasining uchishga yaroqlilik holati boʻyicha oʻtkazilgan soʻnggi tekshiruv ijobiy yakunlanganini tasdiqlaydi. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikatini berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 54-ilovasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish oʻrniga boshqa davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatini haqiqiy deb eʼtirof etilganda, haqiqiyligini tasdiqlovchi va u bilan birga saqlanadigan tan olish sertifikati beriladi. Bunda boshqa davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati milliy sertifikatga tenglashtiriladi. Tan olish sertifikatining amal qilish muddati tan olinayotgan uchishga yaroqlilik sertifikatining amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Uchishga yaroqlilik sertifikatining shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati (bundan masofadan turib boshqariladigan havo kemalari mustasno) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tanish va roʻyxat belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan berilgan belgisi (uning turi va modelini oʻz ichiga olishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) havo kemasining seriya (zavod) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) havo kemasining ishlab chiqaruvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) maksimal uchish vazni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) havo kemasining toifalari va (yoki) tatbiq etilishi (havo kemasining ruxsat etilgan parvoz toifasini koʻrsatish uchun foydalaniladi, masalan: yoʻlovchi, transport, maxsus maqsadli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya hamda tegishli uchishga yaroqlilik normalariga havola keltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) uchishga yaroqlilik sertifikati birinchi marta berilganligi yoki uning yangilanganligining qayd etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uchishga yaroqlilik sertifikatining berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) uchishga yaroqlilik sertifikatining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) tasdiqlagan mansabdor shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Masofadan turib boshqariladigan havo kemalarining uchishga yaroqlilik sertifikati quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tanish va roʻyxat belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masofadan turib boshqariladigan havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan berilgan belgisi (uning turi va modelini oʻz ichiga olishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) masofadan turib boshqariladigan havo kemasining seriya (zavod) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) masofadan turib boshqarish punktining turi (turlari) va (yoki) modeli (modellari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) masofadan turib boshqariladigan havo kemasi uchun aloqa liniyasi (liniyalari) (C2 liniyasi) (masofadan turib boshqariladigan havo kemasini boshqarish va nazorat qilish uchun ruxsat etilgan, sertifikatlashtirish talablariga javob beradigan hamda belgilangan ekspluatatsiya cheklovlariga muvofiq foydalaniladigan C2 boshqaruv va nazorat liniyasining (liniyalarining) nomlanishi koʻrsatilishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) havo kemasining toifalari va (yoki) tatbiq etilishi (masofadan turib boshqariladigan havo kemasining ruxsat etilgan ekspluatatsiya parvoz toifasini koʻrsatish uchun foydalaniladi, masalan: yoʻlovchi, transport, maxsus qoʻllanilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiya hamda tegishli uchishga yaroqlilik normalariga havola keltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) uchishga yaroqlilik sertifikati birinchi marta berilganligi yoki uning yangilanganligining qayd etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uchishga yaroqlilik sertifikatining berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) uchishga yaroqlilik sertifikatining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) tasdiqlagan mansabdor shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun uchishga yaroqlilik sertifikatining matni ingliz tilida boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida uchishga yaroqlilik sertifikati havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi uchishga yaroqlilik sertifikati boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Havo kemasi uchun belgilangan cheklovlar va maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir havo kemasiga tegishli uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq uning uchishga yaroqli deb hisoblanishi uchun rioya etilishi lozim boʻlgan tasdiqlangan cheklovlarni oʻz ichiga olgan parvoz ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma, jadvallar, sxemalar yoki boshqa hujjatlar ilova qilinadi hamda havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun zarur qoʻshimcha yoʻriqnomalar va maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masofadan turib boshqariladigan havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun zarur maʼlumotlar, shu jumladan masofadan turib boshqarish punktlari hamda C2 boshqaruv va nazorat liniyasiga oid maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uchishga yaroqlilikning vaqtincha yoʻqotilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Havo kemasining uchishga yaroqlilik holati tegishli uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq saqlanmagan taqdirda, uning uchishga yaroqliligi tiklangunga qadar undan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masofadan turib boshqariladigan havo kemasining uchishga yaroqlilikni tiklash uning boshqarilishini taʼminlovchi masofadan turib boshqarish punktlari, zarur C2 boshqaruv va nazorat liniyasi (liniyalari), shuningdek tegishli uchishga yaroqlilik normalarida nazarda tutilgan boshqa tarkibiy qismlarning yaroqlilikni tiklashni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Havo kemasining shikastlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Havo kemasi shikastlangan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi ushbu shikastlanish oqibatida havo kemasi tegishli uchishga yaroqlilik normalarida belgilangan uchishga yaroqlilik holatini yoʻqotgan yoki yoʻqotmaganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Boshqa ahdlashuvchi davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida shikastlangan yoki uning shikastlanishi ushbu hududda aniqlangan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi havo kemasining parvozni davom ettirishini toʻxtatib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻzaviatsiya” agentligi roʻyxatdan oʻtkazish davlatini zudlik bilan xabardor qilishi hamda qaror qabul qilish uchun zarur barcha maʼlumotlarni (havo kemasining shikastlanish xususiyati va koʻlami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda boshqa aniqlangan maʼlumotlarni) unga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Oʻzaviatsiya” agentligi havo kemasining shikastlanishi uni parvozlarni bajarishga yaroqsiz holga keltirgan deb topsa, uning uchishga yaroqliligi tiklangunga qadar parvozlarni taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻzaviatsiya” agentligi maxsus cheklovlar belgilagan holda havo kemasining uchishga yaroqliligi tiklanadigan aerodromga notijorat parvozini amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin. Ushbu cheklovlarni belgilashda havo kemasining parvozni davom ettirishini dastlab taqiqlagan ahdlashuvchi davlat taklif etgan barcha cheklovlar hisobga olinadi. Mazkur ahdlashuvchi davlat belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda bunday parvozlarni amalga oshirishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Roʻyxatdan oʻtkazish davlati havo kemasining shikastlanishi uni parvozlarni bajarishga yaroqsiz holga keltirmagan deb topsa, ushbu havo kemasiga parvozni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlim. Havo kemalarining uchishga yaroqlilikni saqlash boʻyicha davlatlar va vakolatli organlarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Loyihalovchi davlat tomonidan uchishga yaroqlilikni saqlashni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Havo kemasini loyihalovchi davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havo kemasini loyihalovchi davlat havo kemasining Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro havo kemalari davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinganidan soʻng, “Oʻzaviatsiya” agentligining murojaatiga asosan havo kemasining uchishga yaroqlilikni saqlash va xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha umumiy maʼlumotlarni, shu jumladan tegishli hollarda masofadan turib boshqarish punktlari, dvigatellar va havo vintlariga oid maʼlumotlarni (bundan buyon matnda uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlar deb yuritiladi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarga havo kemasini modifikatsiya qilish, qismlarini almashtirish yoki tekshirish, shuningdek ekspluatatsiya cheklovlari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha majburiy talablar hamda ahdlashuvchi davlatlar tomonidan uchishga yaroqlilik direktivalari shaklida chiqariladigan maʼlumotlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kemasini loyihalovchi davlat masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlat tomonidan ilgari chiqarilgan uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlar tegishli masalani toʻliq qamrab olganiga ishonch hosil qilsa, ushbu maʼlumotlarni ular haqida avval xabardor qilingan ahdlashuvchi davlatlarga qayta yuborishi talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar hamda 3175 kg dan ortiq boʻlgan vertolyotlar uchun quyidagilarni taʼminlaydigan tizimning mavjudligini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samolyotlar va vertolyotlarning uchishga yaroqlilikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nosozliklar, buzilishlar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni taʼminlash choralarini koʻrish zarurligini va ularni qachon amalga oshirish lozimligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikka oid zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ular haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan havo kemasining (tegishli hollarda dvigatellar va havo vintlarini ham qoʻshgan holda) uchishga yaroqlilikni saqlash hamda havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlarga nisbatan samolyotning uchishga yaroqlilikni taʼminlash uchun konstruksiya butunligini saqlash dasturi mavjudligini taʼminlaydi. Ushbu dastur korroziyaning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha aniq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va masofadan turib boshqariladigan vertolyotlarga nisbatan quyidagilarni taʼminlovchi tizim mavjudligini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq masofadan turib boshqariladigan samolyotlar hamda maksimal uchish vazni 3175 kg dan ortiq masofadan turib boshqariladigan vertolyotlarning uchishga yaroqlilikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nosozliklar, buzilishlar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni taʼminlash choralarini koʻrish zarurligini va ularni qachon amalga oshirish lozimligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikka oid zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ular haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan masofadan turib boshqarish punktlarining (tegishli hollarda dvigatellar va havo vintlarini ham qoʻshgan holda) uchishga yaroqlilikni saqlash hamda havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va vertolyotlarning vazni hamda ekspluatatsiya toifasini hisobga olgan holda, ularning uchishga yaroqliligini taʼminlashga qaratilgan konstruksiya butunligini saqlash dasturining mavjudligini taʼminlaydi. Tegishli hollarda ushbu dastur korroziyaning oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga oid aniq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlat havo kemasini loyihalovchi davlatdan boshqa davlat boʻlsa, u quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchishga yaroqlilikni saqlashga oid barcha maʼlumotlarni havo kemasini loyihalovchi davlatga, shuningdek soʻrovga asosan boshqa har qanday ahdlashuvchi davlatga yuborishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarni yuborish boʻyicha umumiy masʼuliyat havo kemasini loyihalovchi davlat zimmasida boʻlsa-da, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi ayrim davlatlar ushbu maʼlumotlarni bevosita roʻyxatdan oʻtkazish davlatlariga va boshqa ahdlashuvchi davlatlarga yuborishi mumkin. Bunday amaliyot majburiy maʼlumotlarning tezkor yetkazilishi va odatdagi tartibda qayta ishlanishiga xizmat qiladi. Bunda havo kemasini loyihalovchi davlat keyinchalik masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlat yuborgan maʼlumotlarga qoʻshimcha majburiy maʼlumotlarni yuborsa, ular oʻrtasida nomuvofiqlik yuzaga kelgan taqdirda, havo kemasini loyihalovchi davlatdan olingan majburiy maʼlumotlar ustun hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va vertolyotlarga, maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlarga hamda 3175 kg dan ortiq boʻlgan vertolyotlarga oʻrnatilgan dvigatellar va havo vintlari, shuningdek masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va vertolyotlar bilan bogʻliq masofadan turib boshqarish punktlari uchun quyidagilarni taʼminlaydigan tizimning mavjudligini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va vertolyotlarning uchishga yaroqlilikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nosozliklar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni taʼminlash choralarini koʻrish zarurligini va ularni qachon amalga oshirish lozimligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikka oid zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Modifikatsiyani loyihalovchi davlat modifikatsiya qilinayotgan havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlatdan boshqa davlat boʻlsa, u uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarni modifikatsiya qilingan havo kemalari roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha davlatlarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muayyan havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintini ishlab chiqaruvchi davlat uni loyihalovchi davlatdan boshqa davlat boʻlsa, loyihalovchi davlat har ikkala davlat uchun maqbul kelishuvning mavjudligini taʼminlaydi. Ushbu kelishuv ishlab chiqaruvchi tashkilotning tegishli havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintining konstruksiyasi, ishlab chiqarilishi va ekspluatatsiyasiga oid maʼlumotlarni baholashda aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilot bilan hamkorlik qilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihalovchi davlat aviatsiya xavfsizligiga oid maxfiy maʼlumotlarning uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlar bilan birga uzatilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Loyihalovchi davlat aviatsiya xavfsizligiga oid maxfiy maʼlumotlarning “Oʻzaviatsiya” agentligiga himoyalangan aloqa kanallari orqali uzatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Modifikatsiyani loyihalovchi davlat tomonidan uchishga yaroqlilikni saqlashni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Modifikatsiyani loyihalovchi davlat havo kemasi, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlatning oʻzi boʻlsa, mazkur davlat mazkur Qoidalarning 3-boʻlimi 1-bobida belgilangan qoidalarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Modifikatsiyani loyihalovchi davlat havo kemasi, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlatdan boshqa davlat boʻlsa, u quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir ahdlashuvchi davlat modifikatsiya yoki taʼmirlash bilan bogʻliq uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi barcha majburiy maʼlumotlarni taqdim etish tizimiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar hamda 3175 kg dan ortiq boʻlgan vertolyotlarning modifikatsiyasi yoki taʼmirlanishiga nisbatan quyidagilarni taʼminlaydigan tizimning mavjudligini taʼminlashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samolyotlar va vertolyotlarning uchishga yaroqlilikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nosozliklar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni taʼminlash choralarini koʻrish zarurligini va ularni qachon amalga oshirish lozimligini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchishga yaroqlilikni saqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ushbu chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shu jumladan modifikatsiya yoki taʼmirlash bilan bogʻliq uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarni eʼlon qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) muayyan havo kemasi, dvigatel yoki havo vintining modifikatsiyasini loyihalovchi davlat sifatida oʻzi tayyorlagan uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi barcha majburiy maʼlumotlarning tegishli havo kemasi, dvigatel yoki havo vintini loyihalovchi davlatga yuborilishini taʼminlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Modifikatsiyani loyihalovchi davlat modifikatsiyani ishlab chiqarish yoki taʼmirlash uchun qismlarni ishlab chiqarish uchun masʼul tashkilot ustidan yurisdiksiyaga ega boʻlgan davlatdan boshqa davlat boʻlgan taqdirda, “Oʻzaviatsiya” agentligi tegishli davlatlar oʻrtasida oʻzaro xalqaro kelishuvlarga erishilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ishlab chiqaruvchi davlat tomonidan loyihalovchi davlat bilan hamkorlikni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi davlat maqomida boʻlganida, loyihalovchi davlat boshqa xorijiy davlat hisoblansa, “Oʻzaviatsiya” agentligi ishlab chiqaruvchi tashkilotning havo kemasi, masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintining konstruksiyasi, ishlab chiqarilishi va ekspluatatsiyasiga oid maʼlumotlarni baholashda loyihalovchi davlatning aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkiloti bilan hamkorlik qilishini taʼminlash maqsadida mazkur xorijiy davlatning vakolatli organi bilan tegishli xalqaro kelishuvlar tuzish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Roʻyxatga oluvchi davlat tomonidan uchishga yaroqlilikni saqlashni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “Oʻzaviatsiya” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi loyihalovchi davlat hisoblanmagan muayyan turdagi havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro havo kemalari davlat reyestriga birinchi marta kiritganda hamda mazkur Qoidalarga muvofiq uchishga yaroqlilik sertifikatini berganda yoki boshqa davlat tomonidan berilgan sertifikatni haqiqiy deb eʼtirof etilganda, tegishli loyihalovchi davlatni havo kemasining davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muayyan havo kemasining uchishga yaroqliligi amaldagi tegishli uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq saqlanayotganligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) havo kemasining xizmat muddati davomida uning uchishga yaroqlilikni saqlash boʻyicha talablarni ishlab chiqadi yoki qabul qiladi. Ushbu talablar havo kemasining modifikatsiya yoki taʼmirlash ishlari bajarilganidan yoxud almashtiriladigan qism oʻrnatilganidan keyin ham tegishli uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini hamda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli aviatsiya qoidalarida belgilangan texnik xizmat koʻrsatish talablariga rioya etilgan holda parvozlarni bajarishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlashni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) loyihalovchi davlatdan olingan uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarni bevosita qabul qiladi yoki ularni baholab, tegishli choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) modifikatsiyani loyihalovchi davlat tomonidan chiqariladigan uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlarni kuzatib borish va olish tizimiga ega boʻladi hamda olingan maʼlumotlarni bevosita qabul qiladi yoki ularni baholab, tegishli choralarni koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi roʻyxatdan oʻtkazish davlati boʻlgan muayyan havo kemasiga oid oʻzi tayyorlagan uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi barcha majburiy maʼlumotlarning tegishli loyihalovchi davlatga hamda modifikatsiyani loyihalovchi davlatga yuborilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar, 3175 kg dan ortiq boʻlgan vertolyotlar, shuningdek masofadan turib boshqariladigan samolyotlar va vertolyotlarning uchishga yaroqlilikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nosozliklar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilotga yuborish tizimining mavjudligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vintiga taalluqli boʻlsa, ular tegishli masofadan turib boshqarish punkti, dvigatel yoki havo vinti turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilotga hamda havo kemasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchishga yaroqlilikni saqlashning parvozlar xavfsizligiga taalluqli jihatlari modifikatsiya yoki taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi mazkur maʼlumotlarni modifikatsiya yoki taʼmirlashni loyihalash uchun masʼul shaxs yoki tashkilotga yuborish tizimining mavjudligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Oʻzaviatsiya” agentligi fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotini sertifikatlashda yoki boshqa ahdlashuvchi davlat tomonidan berilgan tegishli sertifikatni tan olishda mazkur Qoidalarning IV boʻlimi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Oʻzaviatsiya” agentligi aviatsiya xavfsizligiga oid maxfiy maʼlumotlarning uchishga yaroqlilikni saqlash toʻgʻrisidagi majburiy maʼlumotlar bilan birga uzatilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “Oʻzaviatsiya” agentligi aviatsiya xavfsizligiga oid maxfiy maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq loyihalovchi davlatning tegishli vakolatli organiga himoyalangan aloqa kanallari orqali uzatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ahdlashuvchi davlatlar tomonidan uchishga yaroqlilikka oid maʼlumotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Oʻzaviatsiya” agentligi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining uchishga yaroqlilikni saqlash boʻyicha vakolatli organi sifatida, maksimal uchish vazni 5700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar, 3175 kg dan ortiq boʻlgan vertolyotlar hamda masofadan turib boshqariladigan aviatsiya tizimlariga oid ekspluatantlar, aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilotlar va texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan Agentlikka taqdim etilishi shart boʻlgan maʼlumotlarning turlarini hamda ularni taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV boʻlim. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlari va ularning faoliyatiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotini sertifikatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Qoidalarning talablari fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilmagan havo kemalariga, shu jumladan birorta ham ahdlashuvchi davlatda roʻyxatdan oʻtkazilmagan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining sertifikatini berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 57-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 57-ilovasida belgilangan talablarga muvofiqligi hamda mazkur talablar bajarilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatini bergan “Oʻzaviatsiya” agentligi, shuningdek sertifikatni bergan mansabdor shaxsning familiyasi, lavozimi va imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining nomi va rasmiy manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatining raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatining oxirgi marta berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) amal qilish muddati tugaydigan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sertifikatlanadigan ishlar doirasi (bunda tatbiq etiladigan havo kemalari va tarkibiy qismlarning turlari hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlab chiqarish bazasining joylashgan manzili (ushbu maʼlumot fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatida keltirilgan hujjatda nazarda tutilmagan boʻlsa koʻrsatiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Havo kemasiga berilgan fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatining dastlabki berilgan sanasi oxirgi berilgan sanadan farq qilsa, fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatida dastlabki berilgan sana ham koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatining amal qilish muddati tashkilotning mazkur Qoidalarda belgilangan tegishli talablarga hamda parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimiga oid talablarga muvofiqligi saqlanib turgan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti bajariladigan ishlar hajmi, joylashgan manzili yoki tayinlanadigan xodimlariga oid har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligini bunday oʻzgarishlardan xabar topgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida agentlikni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “Oʻzaviatsiya” agentligi boshqa ahdlashuvchi davlat tomonidan berilgan fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatini tan olganda, ushbu hujjatni va unga keyinchalik kiritiladigan oʻzgartirishlarni tan olish tartibini belgilaydi. Bunda “Oʻzaviatsiya” agentligi mazkur hujjatni dastlab bergan ahdlashuvchi davlat bilan tegishli hamkorlik va axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining faoliyati boʻyicha qoʻllanma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti texnik xizmat koʻrsatish xodimlari uchun yoʻriqnoma vazifasini bajaradigan tashkilot faoliyati boʻyicha qoʻllanmaning mavjudligini hamda qoʻllanma alohida qismlar shaklida nashr etilishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishini taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotiga berilgan sertifikatlash shartlariga muvofiq ruxsat etilgan ishlar hajmining umumiy tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotida qoʻllaniladigan tartiblar hamda sifatni taʼminlash tizimi yoki ichki tekshiruvlar tizimining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining ishlab chiqarish bazasining umumiy tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) rahbar xodimlarning familiyasi va lavozim majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) texnik xizmat koʻrsatish xodimlarining kompetentligini aniqlashda qoʻllaniladigan tartiblarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qayd etilgan maʼlumotlar va ularni saqlash usulining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish tartib-taomillari hamda ushbu guvohnoma imzolanishi lozim boʻlgan shartlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolash vakolatiga ega xodimlar va ularning vakolat doirasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) pudrat (subpudrat) asosida bajariladigan ishlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ekspluatantning texnik xizmat koʻrsatishga taalluqli tartib-taomillari va talablariga rioya etishni taʼminlovchi qoʻshimcha qoidalarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) uchishga yaroqlilikni saqlash boʻyicha majburiy maʼlumotlarni taqdim etish talablarini bajarish tartib-taomillarining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) aviatsiya texnikasi turining konstruksiyasi uchun masʼul tashkilotdan olinadigan uchishga yaroqlilikka oid barcha zarur maʼlumotlarni qabul qilish, baholash, oʻzgartirish va fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti doirasida tarqatish tartib-taomillarining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining sertifikatiga taalluqli oʻzgartirishlarni kiritish tartib-taomillarining tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti oʻz faoliyati boʻyicha qoʻllanmada keltirilgan maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash maqsadida unga zarur oʻzgartirishlarning oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti oʻz faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan barcha oʻzgartirishlarni ushbu qoʻllanma taqdim etilgan barcha tashkilotlar va shaxslarga zudlik bilan yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari va sifatni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti “Oʻzaviatsiya” agentligi uchun maqbul boʻlgan hamda texnik xizmat koʻrsatishning tegishli usullari qoʻllanilishini va tashkilotga qoʻyilgan barcha talablarning bajarilishini taʼminlaydigan tartiblarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti belgilangan talablarning bajarilishini va ularning yetarliligini nazorat qiluvchi mustaqil sifatni taʼminlash tizimini yoki texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha ishlarning bajarilishini taʼminlaydigan ichki tekshiruvlari tizimini joriy etish orqali taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ishlab chiqarish bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti bajariladigan vazifalarga mos ishlab chiqarish bazasiga, shuningdek ishlarni bajarish va xodimlar uchun kerakli ish sharoitlarini yaratish uchun binolar, inshootlar, zarur energiya turlari, ishlab chiqarish xonalari, omborxonalar, ofis va maishiy binolarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikatlangan ish turlarini bajarish uchun zarur texnik maʼlumotlar, uskunalar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti ehtiyot qismlar, uskunalar, asboblar va materiallarning tegishli darajada himoyalanishini taʼminlaydigan, ularning sifati pasayishi va shikastlanishining oldini oladigan saqlash sharoitlarini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti tashkilot nomidan ish yuritadigan va uning faoliyati uchun yakuniy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladigan masʼul rahbarni tayinlaydi. Masʼul rahbar boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining masʼul rahbari tashkilotning havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarining bajarish talablariga muvofiqligini taʼminlash uchun masʼul shaxsni yoki shaxslar guruhini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti texnik xizmat koʻrsatish ishlarini rejalashtirish, bajarish, ularga rahbarlik qilish va nazorat qilish, shuningdek texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan xodimlarni ishga qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti texnik xizmat koʻrsatish xodimlarining malakasini belgilangan tartib-taomillarga muvofiq baholaydi hamda ularning malakasi “Oʻzaviatsiya” agentligi uchun maqbul darajada boʻlishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolovchi shaxs havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis guvohnomasiga ega boʻlmasa, u “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) (roʻyxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) muvofiq malaka talablariga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha xodimlarning oʻzlariga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarga muvofiq dastlabki hamda keyingi tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot tomonidan tasdiqlangan tayyorgarlik dasturi inson imkoniyatlarini hisobga olgan holda bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan tayyorgarlikni, shu jumladan texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xodimlar hamda ekipaj bilan oʻzaro hamkorlik qilishga oid tayyorgarlikni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qayd etiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolash uchun talablar bajarilganligini tasdiqlovchi, bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlariga oid maʼlumotlarni qayd etadi va saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qayd etilgan maʼlumotlar texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma imzolangan sanadan boshlab ikki yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Qayd etilgan maʼlumotlarni saqlash va uzatishda ularning doimiy ravishda oʻqish uchun yaroqlilikni, himoyalanganligini hamda yaxlitligini taʼminlaydigan shakl va formatlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlar qogʻozda, elektron shaklda yoki ushbu shakllarning istalgan uygʻunligida qayd etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma ishlarning qoniqarli bajarilganligini, texnik maʼlumotlarga hamda tashkilot faoliyati boʻyicha qoʻllanmada belgilangan tartib-taomillarga muvofiqligini tasdiqlash uchun rasmiylashtiriladi va imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlariga oid asosiy maʼlumotlar, shu jumladan ushbu ishlarni bajarishda foydalanilgan maʼlumotlar va hujjatlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakunlangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) guvohnomani imzolagan shaxs yoki shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Parvozlar xavfsizligini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlari uchun parvozlar xavfsizligini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlash davlat dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026 y., 10/26/3953/1039-son)