22.02.2022 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ruxsat berish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiladigan vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali tushadigan soʻrovlar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiladigan vakolatli organlar bir oy muddatda shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tarkibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan masʼul vazirlik va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatini ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat asosida amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun mazkur qaror bilan belgilangan ruxsat berish talab va shartlari 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar ikki oy muddatda amaldagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalari faoliyatlarini mazkur qaror bilan belgilangan ruxsat berish talab va shartlariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ruxsat berish tartib-taomillari “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishiga oʻtishi munosabati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali berish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egalarining faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyatlar (harakatlar) turlari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirish (bajarish) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish tartib-taomili — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash hamda tugatish, shuningdek, uni bekor qilish, qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — ruxsat berish tartib-taomilini amalga oshiradigan davlat organi (uning hududiy boʻlinmasi) yoki boshqa tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talablar va shartlar — faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan, shuningdek, ushbu Nizomga 2 — 71-ilovalarda keltirilgan pasportlarda belgilangan talablar va shartlarning majmui (keyingi oʻrinlarda — pasportlar);
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat — vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma, kelishuv, xulosa shaklida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda beriladigan, ruxsat berish talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda, muayyan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish huquqini beradigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri — berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, tugatilgan, bekor qilingan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat berish tartib-taomillari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Litsenziya” AT orqali amalga oshirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali qabul qilingan vaqtdan boshlab vakolatli organ tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilgan arizasining koʻrib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat vakolatli organ tomonidan beriladi. Pasportlarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish tegishli vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — kelishiladigan organlar) bilan kelishilishi zarurligi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat pasportlarning 11-bandida nazarda tutilgan muddatga muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat bir martalik harakatni bajarish uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsat berishga oid talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar ruxsat berishga oid talablar va shartlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportlarning 9-bandida keltirilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish — tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan talab mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlgan talabgorning nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki filial va vakolatxona ochilgandan soʻng vakolatli organga oʻn ish kuni ichida “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs boʻlgan talabgorning unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pasportlarning 9-bandida ushbu Nizomning 8-bandiga qoʻshimcha ravishda muayyan faoliyatni amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza yuboradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada amalga oshirilishi va (yoki) bajarilishi uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish zarur boʻlgan faoliyat va (yoki) harakat turidan kelib chiqib quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni amalga oshirish manzili va (yoki) harakatni bajarish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportlarning 5-bandida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportlarda arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi koʻrsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “us-uz.gov.uz” orqali ariza yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “us-uz.gov.uz” platformasi orqali berilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda “Litsenziya”AT orqali koʻrib chiqiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgordan ushbu Nizom 10-bandning va pasportlarning 5-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatining ruxsat berishga oid talab va shartlarga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor arizaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, maʼlumotlarni arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimni toʻlashdan oldin yigʻim undirilmaydigan holatlarda esa arizani vakolatli organga yuborishdan oldin oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizani koʻrib chiqish uchun pasportlarning 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi. Bunda pasportlarda ayrim faoliyat turlari boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi, agarda pasportlarning 6-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlab avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ayni bir xil faoliyatni amalga oshirishi yoki harakatni bajarishi muayyan muddatga toʻxtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat boʻyicha tanlagan faoliyatni amalga oshirish va/yoki harakatni bajarish sudning qaroriga asosan muayyan muddatda taqiqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT orqali dastlab taqqoslanib tekshirilgandan soʻng talabgor tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportlarning 10-bandida belgilangan taqdirda, talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga koʻra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib oʻrganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz xodimlari tarkibidan yoki oʻz hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda, ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijasi boʻyicha talabgor ishtirokida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritiladi. Agar talabgor dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, litsenziyalovchi yoki kelishiladigan organlar tomonidan bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportlarning 12-bandida vakolatli organ va talabgor oʻrtasidagi yozma shartnomaga koʻra amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun talabgor tomonidan qoplanadigan xarajatlar toifasi aniq koʻrsatib oʻtilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgorning arizasini koʻrib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar pasportlarning 10-bandida belgilangan muddatlarda tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish imkoni boʻlmaganda, talabgorning arizasini koʻrib chiqish muddati va tartibini buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar vakolatli organ pasportlarning 8-bandida belgilangan arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa yoki uni berishni rad etmasa, talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida faoliyatni amalga oshirish va (yoki) harakatni bajarish huquqiga ega boʻlgan va bu haqda vakolatli organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik vakolatli organni xabardor qilish orqali faoliyatni amalga oshirish va (yoki) harakatni bajarish huquqini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda, talabgor pasportlarning 7-bandida belgilangan hujjatni berganlik uchun undiriladigan yigʻimni toʻlagandan keyin (yigʻim toʻlanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno) “Litsenziya” AT da QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va vakolatli organlar vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ruxsat berishga oid talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportlarga muvofiq oʻtkazilishi shart boʻlgan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan bino va inshootlarning sanitariya-epidemiologik va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlanganda, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni mukammal ishlab chiqish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam koʻrsatishi va tavsiyalar berishi kerak, talabgorning taklif etilgan yordamni rad etgan hollari bundan mustasno. Vakolatli organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan koʻrsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati xabarnomada koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda vakolatli organ va uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda kelishiladigan organlar tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim, agar ariza ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin boʻlgan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, undirilmaydi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining ruxsat berish tartib-taomillari bilan bogʻliq harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ bu haqida shu kunning oʻzida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga pasportlarning 7-bandida koʻrsatilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun nazarda tutilgan yigʻimni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim undirilmaydigan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa maʼlumotlar talabgorning xohishiga koʻra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻimni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim belgilangan muddatda toʻlamasligi vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilinishi uchun asos boʻladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim quyidagi tartibda taqsimlanadi, agarda pasportlarning 7-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlangandan soʻng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat haqidagi maʼlumot “Litsenziya” ATda har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi boʻyicha alohida yuritiladigan reyestrda avtomatik ravishda shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida vakolatli organga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishi shart.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati cheklangan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda, ilgari berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati oʻzgarmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda, maxsus elektron tizim orqali vakolatli organga xabarnoma yuboradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda yigʻim undirilmaydi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgarganligi hamda tadbirkorlik subyektining joylashgan joyining (pochta manzilining) nomlanishi (mahallalar, koʻchalar nomi, uy raqamlari) oʻzgarganda tadbirkorlik subyektining amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlariga “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda toʻlov undirmasdan oʻzgartirish kiritiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda pasportlarning 7-bandida nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda vakolatli organga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qayta rasmiylashtirilguniga qadar tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirishda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyat (harakat) turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda, vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun undiriladigan yigʻim koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun belgilangan yigʻimni toʻlaganda, ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan yigʻim belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga, agar pasportlarda shunday holat nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali vakolatli organga uning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilayotgan paytda uning amal qilish muddati tugab qolsa, hujjat egasi tegishli faoliyatni (harakatlarni) vakolatli organ qarori qabul qilingunga qadar davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun pasportlarning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi hamda ushbu Nizomning 14 hamda 29-bandlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasiga asosan vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filial va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shugʻullanishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatini amalga oshirish joyi oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan asoslar talabgor faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan ruxsat berishga oid talab va shartlar pasportlarning 9-bandida belgilangan taqdirda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni oʻzgartirish tartibida ariza taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan talablar va shartlar belgilanmagan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni oʻzgartirish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda pasportlarning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlarning yarmi undiriladi. Undirilgan yigʻimlar tegishli ravishda ushbu Nizomning 14 va 29-bandlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda vakolatli organ tashabbusi bilan toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talab va shartlar talabgor tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan vakolatli organning uning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan oʻn ish kunigacha, oʻn ish kunidan ortiq, lekin olti oygacha boʻlgan muddatda sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ushbu Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatganda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin. Bunda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan olti oy muddat ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning oʻzida bu haqda “Litsenziya” ATdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vakolatli organ yoki sud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan koʻp boʻlmagan muddat taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan soʻng qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda maʼlumot yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma va asoslantiruvchi hujjatlar qarorda koʻrsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida vakolatli organ maʼlumotlarni tahlil qilishi, zaruratga koʻra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tahlil yoki oʻrganishlar natijasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan soʻng vakolatli organni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik ravishda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarori tegishli vakolatli organga kelib tushganda, vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish quyidagi hollarda vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida murojaat qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi, shuningdek, yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun toʻlashi lozim boʻlgan yigʻimni belgilangan muddatda toʻlamaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 48-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga maʼlum qiladi. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi reyestrga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Vakolatli organ quyidagi hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan ruxsat berishga oid talab va shartlar bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklar pasportlarda nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilganligi haqidagi maʼlumoti sudga daʼvo arizasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga “Litsenziya” AT orqali hujjatning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori hujjat egasiga va vakolatli organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda vakolatli organ ushbu maʼlumotni bir ish kuni ichida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat ushbu bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilgan asosga koʻra bekor qilingan taqdirda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan bir martalik harakat bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga ega boʻlgan jismoniy shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi tomonidan vakolatli organga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilgan hollarda, vakolatli organ tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan asos boʻyicha tugatilgan taqdirda, vakolatli organ bu haqda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etishi vakolatli organ (yoki uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi boʻyicha nazorat amalga oshirilayotganda, vakolatli organlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etayotganligini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yoʻl qoʻygan ruxsat berishga oid talab va shartlarning aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxs zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish, shuningdek, sudga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki uning amal qilishini bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha yuridik shaxslarga jarima qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” AT orqali masofaviy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik axborotlarini va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egalaridan soʻrab olinadigan maʼlumotlarni tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vakolatli organ masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning xodimlari toʻgʻrisidagi, ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, vakolatli boshqa organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning ruxsat berishga oid talab va shartlarni buzish holatlari toʻgʻrisida “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar vakolatli organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali vakolatli organ jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini tahlil qiladi va oʻrganadi. Zaruratga koʻra, vakolatli organ ruxsat berishga oid talab va shartlarning buzilish holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar masofaviy nazorat asosida vakolatli organ tomonidan berilgan koʻrsatmada bayon etilgan talablarni oʻn ish kuni ichida bajarishi va bu haqda vakolatli organga xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi taʼminlanmaganda, vakolatli organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati quyidagilar asosida joyiga chiqqan holda tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfni tahlil qilish” tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” AT orqali yuborilgan ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik buzilishiga oid holatlar toʻgʻrisida jismoniy shaxslarning maʼlumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ruxsat berishga oid talab va shartlarga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish oʻn kungacha boʻlgan muddatda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshirishdan bosh tortish ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan harakat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tegishli faoliyat bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish holatlari bilan bogʻliq qonun buzilishlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, ularni ragʻbatlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Vakolatli organlar va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi vakolatli organning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlari va hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) boʻyicha shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi shikoyatni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy darajadagi vakolatli organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida vakolatli organga nisbatan Shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasi belgilangan tartibda vakolatli organ hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Respublika darajasida Apellyatsiya kengashi tarkibi vakolatli organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellyatsiya kengashi yigʻilishiga Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining yigʻilishi uning aʼzolarining toʻrtdan uch qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan paytdan yoki talabgorlar/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning egasiga vakolatli organning harakatlari (harakatsizligi) haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi vakolatli organ tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Shikoyat yozma, ogʻzaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat bergan shaxsning talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati (mavjud boʻlgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat berilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yozma shaklda berilganda, shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan boʻlsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Jismoniy shaxs ogʻzaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining elektron manzili va yagona identifikatori (JSH SHIR/STIR) hamda boshqa rekvizitlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatda elektron manzilning koʻrsatilganligi talabgor/ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining shikoyatini koʻrib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga boʻlgan roziligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizligi) toʻgʻrisidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida oʻrganish uchun soʻrab olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya kengashining shikoyat boʻyicha yigʻilishi materiallari respublika darajasidagi vakolatli organning yuridik xizmati tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Talabgorlar/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining talabiga koʻra shikoyat uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashi talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining istagiga koʻra muhokamani videokonferens-aloqa vositalaridan foydalangan holda oʻtkazishni taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferens-aloqa rejimida shikoyatni koʻrib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni taʼminlash vakolatli organning markaziy apparati yoki tegishli hududiy boʻlinmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Shikoyatni koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellyatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha oʻn besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Shikoyat bergan talabgor/ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yigʻilishda koʻrib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashi shikoyat boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat qilinayotgan qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat qilinayotgan qarorga oʻzgartishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni bekor qilish va zarur boʻlgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati boʻyicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Shikoyat Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning aʼzolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir aʼzo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellyatsiya kengashi aʼzolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Vakolatli organning qarori yuzasidan shikoyat qilingan taqdirda shikoyat yuqori turuvchi vakolatli organ yoki Apellyatsiya kengashida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi toʻxtatib turiladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat boʻyicha alohida yuritiladi va undagi maʼlumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri avtomatik ravishda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Vakolatli organ quyidagi maʼlumotlarni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga oʻz vaqtida kiritib borishga javobgar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning qayta rasmiylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat oʻzgartirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati uzaytirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi toʻxtatib turilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishi qayta tiklanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning bekor qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning tugatilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Har bir ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasining reyestr tartib raqami, uning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va tashkiliy huquqiy shakli, yuridik manzili, yuridik shaxs uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrga kiritilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallar va vakolatxonalar toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida bajariladigan faoliyat va (yoki) harakatlar turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat olib borish manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgan sana va uning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning holati (amalda, toʻxtatib turilgan, bekor qilingan, tugatilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatdagi har bir oʻzgarishning asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bazasi vakolatli organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda ruxsat berish jarayonida kiritiladigan barcha maʼlumotlar hamda ilova qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlar bazasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestriga kiritilmagan axborotlar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan mazkur axborotlar va ilova qilingan hujjatlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasi ruxsat berishga oid talab va shartlarning bajarilganligi yuzasidan vakolatli organga soxta, yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar berganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Vakolatli organ (ularning mansabdor shaxslari) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat egasiga nisbatan qoʻllagan javobgarlik choralari, shuningdek, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni toʻxtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, hujjat egasiga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shu jumladan, “Litsenziya” AT orqali doimiy monitoring qilib boradi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgor

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turini tanlab, elektron shaklda ariza toʻldiradi va tegishli hujjatlarni yuklaydi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Arizani koʻrib chiqish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar pasportlarining (keyingi oʻrinlarda — pasportlar) 6-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlaydi (agar yigʻim undirilishi nazarda tutilgan boʻlsa).

3-bosqich

“Litsenziya” AT yoki YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik ravishda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboriladi. Pasportlarning 10-bandida belgilangan holatlarda hujjatlar bir vaqtning oʻzida kelishuvchi organlarga ham yuboriladi.

Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlangandan soʻng real vaqt rejimida

Vakolatli organ

Arizani koʻrib chiqadi, zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud maʼlumotlarni mustaqil ravishda oladi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.

Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda

4-bosqich

“Litsenziya” AT

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

2. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.

Real vaqt rejimida

5-bosqich

Talabgor

1. Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻimni toʻlaydi (agar pasportlarning 7-bandida belgilangan miqdorda yigʻimni toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa).

1. Oʻz xohishiga koʻra

“Litsenziya” AT

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

2. Yigʻim toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ixtisoslashgan soʻyish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyekt faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ixtisoslashgan soʻyish korxonalarida hayvonlarni soʻyish, hayvonotga mansub mahsulot va xomashyoni ishlab chiqarish, saqlash hamda sotish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

obyekt nomi, hayvon turlari;

amaldagi faoliyat koʻrsatish manzili;

ixtisoslashgan soʻyish korxonalari uchun qoʻshimcha:

b) ixtisoslashgan soʻyish korxonasining joylashish sxemasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

7 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Veterinariya toʻgʻrisida”gi hamda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari talablariga rioya qilish;

b) Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-maydagi 386-son qarori bilan tasdiqlangan norma va qoidalarga rioya qilish;*

v) Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-huquqiy tusdagi veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi)

12.

Izoh:

Veterinariya-sanitariya xulosasi — davlat veterinariya xizmatining vakolatli organlari tomonidan hayvonlarni soʻyish hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat.

Veterinariya-sanitariya xulosasida faoliyat turlari boʻyicha hayvonlar va hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash, boqish, parvarishlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar tartib raqami koʻrsatiladi:

T/r

Faoliyat turi mahsulot kodi

Kod

1.

Chorvachilik yoʻnalishidagi obyektlar:

qoramolchilik;

A1

qoʻychilik va echkichilik, qorakoʻlchilik;

A2

yilqichilik;

AZ

tuyachilik;

A4

choʻchqachilik;

A5

2.

Parrandachilik (gʻozchilik, oʻrdakchilik, tovuqchilik, bedanachilik, kurkachilik va tuyaqushchilik)

A7

3.

Baliqchilik

V1

4.

Asalarichilik

V2

5.

Quyonchilik

VZ

6.

Naslchilik-seleksiya yoʻnalishidagi korxonalar

V4

7.

Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni saqlaydigan va sotadigan obyektlar

S

8.

Veterinariya dori vositalarini saqlaydigan va sotadigan obyektlar

D1

9.

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaradigan va sotadigan obyektlar

D2

10.

Quyidagilarni qayta ishlovchi obyektlar:

goʻsht;

G1

baliq va baliq mahsulotlari;

G2

asal va asalarichilik mahsulotlari;

G3

sut va sut mahsulotlari;

G4

hayvonotga mansub xomashyo.

G5

11.

Oziqa va oziqa qoʻshimchalarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.

K

12.

Boshqa nomlanmagan obyektlar.

R

13.

Hayvonlarni soʻyish va ularga dastlabki ishlov berish, parrandadan tashqari, qolgan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.

U1

14.

Parrandalarni soʻyish va dastlabki ishlov berish, olingan mahsulotlarni saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi obyektlar.

U2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining harfiy-raqamli kodi, viloyatga boʻysunuvchi tuman, shaharlar obyektlariga roʻyxatga olish raqamlarini berish uchun tartib raqamlari:

T/r

Kod

Nomi

1

UZ

Oʻzbekiston Respublikasi

2

01

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3

02

Andijon viloyati

4

03

Buxoro viloyati

5

04

Jizzax viloyati

6

05

Qashqadaryo viloyati

7

06

Navoiy viloyati

8

07

Namangan viloyati

9

08

Samarqand viloyati

10

09

Surxondaryo viloyati

11

10

Sirdaryo viloyati

12

11

Toshkent viloyati

13

12

Fargʻona viloyati

14

13

Xorazm viloyati

15

14

Toshkent sh.

Roʻyxatga olish raqami belgilardan tashkil topgan va quyidagi strukturaga ega:

Misol uchun:

Uz 01-002/G4-001/E

1-belgi — Oʻzbekiston Respublikasi kodi

Uz — Oʻzbekiston Respublikasi,

2-belgi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kodi

01 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

3-belgi — viloyatga boʻysunuvchi tuman (shahar) kodi

002 — Nukus sh.,

4-belgi — mahsulot turi kodi

G4 — sut,

5-belgi — obyektning roʻyxatga olish raqami

001 — obyekt

6-belgi — eksportchi kodi

E — eksportchi

Mazkur pasport qoidalari fuqarolar tomonidan uy sharoitlarida soʻyilgan hayvon goʻshti va soʻyish mahsulotlariga hamda shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan, respublika hududida muomalaga chiqarilmaydigan goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etilmaydi.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Belgilangan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya olish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ularni ishlatish va ularni taʼmirlash faoliyati uchun litsenziya, neft mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun xabarnomalar yuborish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Oʻzenergoinspeksiya”) hududiy boshqarmalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

arizada quyidagi faoliyat turlaridan biri yoki bir nechtasi koʻrsatiladi:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;

b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish;

v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;

g) gaz toʻldirish stansiyalari yoki gaz toʻldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish;

yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash;

j) neft mahsulotlarini realizatsiya qilish (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilishda:

obyektlar loyihalarining Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

obyektlarning loyihalariga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

korxonadagi mavjud oʻrnatilgan texnologik asbob-uskuna va agregatlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

barcha texnologik jarayonlar boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilib, buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;

korxona tomonidan qabul qilinayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hisobini yuritish boʻyicha tegishli qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

korxonadagi mavjud mashʼala xoʻjaligining (fakellar) holati va gaz hisoblash uskunalari bilan taʼminlanganligi;

ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini texnologik yoʻqotish meʼyorlarini ishlab chiqarilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;

oʻlchov asboblari bilan toʻliq taʼminlanganligi, holati va oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi hamda tekshiruvdan oʻtkazilganligi, shu jumladan, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarishdan qayta ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib berish jarayonigacha zamonaviy oʻlchov uskunalari bilan taʼminlanganligi;

standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) orqali siqilgan gazni realizatsiya qilishda:

AGTKSH loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

AGTKSH loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

AGTKSH ishga tushirilishida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilinganligi;

AGTKSHda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregat va boshqa uskuna va jihozlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

AGTKSHda avtomobillarga gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;

AGTKSHda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

AGTKSHda gazni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻlchov vositalari va gaz toʻldirish ustunlari bilan taʼminlanganligi, holati va oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi tekshiruvdan oʻtkazilganligi;

AGTKSH gaz mahsulotini qabul qilish, saqlash va tarqatishga oid meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

AGTKSHda ishlab chiqarilayotgan siqilgan gaz mahsulotiga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

AGTKSH orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi (dispenserlar) maʼlumotlarni real vaqt rejimida toʻplash va yuritish imkonini beruvchi Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi;

AGTKSHlar orqali siqilgan gazni sotish uchun yangi litsenziya olish boʻyicha Energetika vazirligining taqdimnomasi berilganligi;

v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari (AGTSH) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:

AGTSH loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

AGTSH loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

AGTSHda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;

AGTSHga oʻrnatilgan nasosni soʻrish texnologik tizimida filtr. gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;

AGTSHga oʻrnatilgan kompressorning soʻrish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich, gazni haydash tizimini moytutgich bilan taʼminlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;

AGTSHda hisob-kitob tizimining yaratilganligi;

AGTSHda avtomobillarga gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;

AGTSHda mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

g) gaz toʻldirish stansiyalari (GTS) yoki gaz toʻldirish punktlari (GTP) orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilishda:

GTP yoki GTS loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan berilgan xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirishga litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilganligi;

GTP yoki GTS loyihasiga Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari tomonidan berilgan ekspert xulosasining mavjudligi hamda uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanganligi;

GTP yoki GTSda oʻrnatilgan texnologik asbob-uskunalar, agregatlar va boshqa uskuna va jihozlar joylashuvining loyihaga muvofiqligi;

GTP yoki GTSga oʻrnatilgan nasosni soʻrish texnologik tizimida filtr, gazni haydash tizimida teskari klapan bilan jihozlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;

GTP yoki GTSga oʻrnatilgan kompressorni soʻrish texnologik tizimini suyuqlik ajratgich hamda gazni haydash tizimini moytutgich bilan taʼminlanganligi va tashqi atmosfera taʼsiridan himoyalanganligi;

GTP yoki GTSda gaz toʻldirish reglamentining mavjudligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda oʻz ehtiyoji va texnologik yoʻqotishlar miqdori boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan uslub (metodika)ning mavjudligi;

GTP yoki GTSda gazni qabul qilish, saqlash, tarqatishda oʻlchov vositalari bilan taʼminlanganligi, sozligi va tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilganligi;

mahsulotni qabul qilish, saqlash va tarqatishda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurishda:

qurilish va montaj ishlarini bajaruvchi texnika va mexanizmlar bilan taʼminlanganligi va texnik holati toʻgʻrisida maʼlumotning mavjudligi;

payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan taʼminlanganligi;*

payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

qurilish va montaj ishlarini amalga oshirishga oid normativ-texnik hujjatlar, shuningdek, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi va ular roʻyxatining mavjudligi;

texnologik jarayon bilan bogʻliq soz, texnik talablarga muvofiq va tekshiruvdan oʻtkazilgan oʻlchov asboblari bilan taʼminlanganligi;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda:

barcha texnologik jarayonlar boʻyicha tasdiqlangan texnologik reglamentlarning mavjudligi;

oʻrnatilgan uskunalar (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlari, kompressor stansiya, gaz taqsimlash stansiyasi, yer osti gaz saqlash inshooti)ning roʻyxati va texnik xususiyatlarining mavjudligi;

magistral quvurlarga oʻrnatilgan yopuvchi, boshqaruvchi moslamalar va klapanlarning texnik sozligi va foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarning mavjudligi;

kimyo-nazorat laboratoriyalarining yetarli darajada nazorat asbob-uskunalar va kimyoviy reagentlar bilan taʼminlanganligi;

korxonadagi mavjud mashʼala xoʻjaligining (fakellar) sozligi va gaz hisoblash uskunalari bilan taʼminlanganligi;

ixtisoslashgan tashkilot tomonidan neft, gaz hamda neft mahsulotlarini texnologik yoʻqotish meʼyorlarini ishlab chiqilganligi hamda uning korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganligi;

texnologik jarayon bilan bogʻliq oʻlchov vositalari bilan taʼminlanganligi, oʻlchov vositalarining belgilangan texnik talablarga muvofiqligi hamda qiyoslash tekshiruvdan oʻtkazilganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikati mavjudligi;

yo) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlashda:

belgilangan meʼyor roʻyxatiga muvofiq taʼmirlash va tiklash xizmati, mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika va boshqa vositalar bilan taʼminlanganligi;

payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish asbob-uskunalari bilan taʼminlanganligi;

payvandlash va izolyatsiyalash ishlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyasining yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga tegishli boʻlgan normativ-texnik hujjatlar, shuningdek standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan taʼminlanganligi;

majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

j) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilishda:

faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqini (kadastr, davlat roʻyxatdan oʻtganligi) va boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi, shuningdek, soliq organlarida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish yoxud omborda omonat saqlash shartnomalari mavjudligi. Bunda shartnomalarda ijaraga berilgan (olingan) yoki tekinga foydalanish yoxud omborda omonat saqlash nazarda tutilgan rezervuarlarning joylashgan joyi, raqami va sigʻimi koʻrsatilgan boʻlishi lozim;*

neft ombori hududida neft mahsulotlarini vagon sisternalardan qabul qilish uchun boshi berk temir yoʻlning mavjudligi, har bir mahsulot turini alohida qabul qilib olishda texnologik jihozlar bilan taʼminlanganligi;*

mazut va quyuq texnik moy mahsulotlarini qabul qilish va tarqatishda qizdirish moslama va qurilmalarning mavjudligi;

neft omborida neft mahsulotlarini sigʻimlarga alohida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek neft mahsulotlarining turlari (avtobenzin, dizel yoqilgʻisi, ekstrabenzin, pech yoqilgʻisi, mazut yoqilgʻisi, texnik moylar va moylash materiallari) sigʻimlar va texnologik quvurlarda koʻrsatilganligi;

neft mahsulotlarining sifatini davlat standartlari va texnik shartlarga mosligini nazorat qilish kimyo laboratoriyasining mavjudligi va ularni kerakli anjomlar bilan taʼminlanganligi yoki Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan kimyo laboratoriyasi bilan tuzilgan shartnomalarning mavjudligi;

neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatishda talab qilinadigan oʻlchov asboblarining mavjudligi, sigʻimlar va quvurlarga hajmlagich jadvallarini tuzilganligi va ularni Texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlari tomonidan davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida sertifikat guvohnomalarining mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish — 5 yil;

b) avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari orqali siqilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

v) avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

g) gaz toʻldirish stansiyalari yoki gaz toʻldirish punktlari orqali suyultirilgan gazni realizatsiya qilish — 5 yil;

d) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish — cheklanmagan;

e) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish — cheklanmagan;

j) magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash — cheklanmagan;

z) neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali realizatsiya qilish va zavodda idishlarga qadoqlanganlarini realizatsiya qilish bundan mustasno) realizatsiya qilish — neft ombori talabgorga tegishli boʻlgan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmagan. Agarda neft omborida ijara shartnomasi asosida faoliyatni yuritish koʻzda tutilgan boʻlsa, ijara shartnomasining amal qilish muddatiga koʻra ruxsatnomaning amal qilish muddati belgilanadi.

12.

Izoh:

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili koʻrsatiladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining (AYQSH) loyiha hujjatlari mavjudligi va oʻrnatilgan asbob-uskunalar va texnologik jarayonlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi;

b) AYQSHning texnik pasporti va tasdiqlangan texnologik sxemasi mavjudligi;

v) neft mahsulotlarini avtotsisternalardan quyib olishda texnologik jihozlar va quvurlar bilan taʼminlanganligi;

g) sigʻimlarga oʻrnatilgan asbob-uskunalarning texnik holati, yorugʻ ranglarga boʻyalganligi, trafaret yozuvlarining mavjudligi, sigʻimlarga chiqish narvonlari bilan taʼminlanganligi, nafas olish moslamasi bilan jihozlanganligi hamda oʻlchash va namuna olish lyuklari bilan taʼminlanganligi;

d) oʻrnatilgan har bir sigʻim uchun texnik pasportning mavjudligi;

e) sigʻimlarga va quvurlarga hajmlagich jadvallarining mavjudligi va amal qilish muddati oʻtmaganligi;

j) sigʻimlarni tozalash jadvallari va tozalash dalolatnomalarining mavjudligi;

z) yonilgʻi tarqatish kolonkalarida pistolet-dastaklar tartib raqami va tarqatilayotgan yonilgʻi rusumining yozilganligi, ular orqali tarqatilayotgan mahsulotlarni miqdor jihatidan toʻgʻri quyilishi;*

i) vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan Neft, gaz kondensati va neft mahsulotlarini qabul qilish, tashish, chiqarish va hisobini yuritish yoʻriqnomasida belgilangan shakldagi smena hisobotining hamda neft mahsulotlarini hisobga olish jurnalining mavjudligi;

y) 2000 ml gacha kichik sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlar yoki 2000 ml dan yuqori sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlar, sathni oʻlchov vositasi va areometr mavjudligi;

k) AYQSHda namuna olgich va suv sezgich pastasining mavjudligi;

l) faoliyat yuritayotgan AYQSHlarga keltirilgan neft mahsulotlaridan olib qoʻyilgan namunalarning (arbitraj) rasmiylashtirilishi va saqlash shkaflarining mavjudligi;

m) neft bazalardan olingan neft mahsulotlari sifatini tahlil qilish uchun oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;

p) tarqatilayotgan neft mahsulotlariga sifat sertifikatlarining mavjudligi va mahsulotning sifat koʻrsatkichlariga mosligi;

r) oʻlchov vositalarining belgilangan muddatda qiyoslashdan oʻtkazilganligi;

s) Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy yongʻin xavfsizligi boshqarmalari — AYQSHda yongʻin xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — AYQSHda sanoat xavfsizligi boʻyicha qoʻyiladigan minimal talablar bajarilganligi toʻgʻrisidagi xulosa;

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

5 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi)

12.

Izoh:

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarning energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda yoqilgʻining muqobil turlaridan foydalanish toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan korxonalar va texnologik neft-gaz obyektlari (qurilmalari)da qoʻllaniladigan yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki texnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami hamda faoliyatni amalga oshirish manzili koʻrsatiladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) oʻrnatilgan texnologiya va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ularning sertifikatlanganligi hamda energiya tejamkorlik koʻrsatkichlariga mosligi;

b) gazdan vosita sifatida foydalanish boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yoʻriqnomaning mavjudligi;

v) gazdan vosita sifatida foydalanishda yoʻqotilishi mumkin boʻlgan gaz hisob-kitobining mavjudligi;

g) gaz taʼminoti korxonalari tomonidan berilgan korxonani gazlashtirish uchun texnik xulosaning mavjudligi;

d) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq qiyoslashdan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tabiiy gazni hisobga olish uskunasi mavjudligi;

e) tabiiy gazdan foydalanuvchi texnologik qurilma va asbob-uskunalarni muqobil yoqilgʻidan foydalanishga moslashtirilganligi hamda zaxira yoqilgʻi xoʻjaligi yaratilganligi;

yo) yuqori tejamkor texnologik sxemalarni, jarayonlarni va sertifikatlangan gazdan foydalanish qurilmalari va gaz gorelka qurilmalari oʻrnatilganligi;

j) isteʼmol qilinayotgan tabiiy gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini taʼminlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan hamda tabiiy gazni isteʼmol qilishni avtomatik tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimiga mos boʻlgan tabiiy gazni hisobga olish priborlarini qoʻllash;*

z) ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va texnik jihatdan mumkin boʻlgan tarzda foydalanish;

i) xavfsizlik avtomatika priborlarining mavjudligi;

y) issiqlik jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish va nazorat qilish tizimlarini qoʻllash;

k) tabiiy gazning va undan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotning hisobga olinishini taʼminlash;

l) amaldagi loyihalashtirish normalariga muvofiq agregatlarni va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini himoyalovchi issiqlik izolyatsiyalarini qoʻllash;

m) yonadigan mahsulotlar tarkibini va haroratini nazorat qilishni taʼminlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) ishlayotgan gazdan foydalanishda va yordamchi uskunada — 3 yil;

b) gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda (mukammal va joriy taʼmirlashni oʻtkazish xususiyatini hisobga olgan holda) — 4 yil;

v) gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki texnik jihatdan qayta jihozlanganda — har safar.

12.

Izoh:

Loyiha-texnik hujjatlari gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishiga qadar, texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechiktirilmasdan roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.

Gazlashtirish loyihasi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari boshlanishidan avval, biroq gazlashtirish uchun texnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmasdan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi lozim.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Sugʻurtalovchini qayta tashkil etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

qayta tashkil etish shakli (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish yoki oʻzgartirish);

b) muassislarning (qatnashchilarning) yoki taʼsis hujjatlarida bunga vakolat berilgan sugʻurtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;

v) tashkil etilayotgan sugʻurtalovchining balansi va uning faoliyati moliyaviy natijalari prognozi;

g) qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shartnomasining loyihasi (qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar :

a) sugʻurtalovchining moliyaviy barqarorligiga qoʻyiladigan talablarga rioya etish;

b) sugʻurta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga yoʻl qoʻymaslik;

v) sugʻurtalovchi tomonidan unga huquqiy vorislik tartibida oʻtgan va ilgari tuzilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi;*

g) sugʻurtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qaʼridan foydalanish markazi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1. Toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

(yuridik shaxslar uchun)

Familiyasi, ismi va otasining ismi:

(yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)

2. Manzili, telefon raqami, elektron pochtasi:

3. Rekvizitlari (STIR raqami, MFO, hisob raqami):

(yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR raqami:

((yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun)

4. Burgʻilash uskunalari va yordamchi texnikalar toʻgʻrisida maʼlumot.

5. Burgʻilash uskunalarining GPS-treker qurilmasi bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot.

6. Mazkur sohaga oid mutaxassislar (gidrogeolog, burgʻilovchi, kompressor qurilmasi mashinisti) toʻgʻrisida maʼlumot.

b) ariza ilovalari:

mavjud burgʻilash uskunalari va yordamchi texnikalarning davlat roʻyxatidan oʻtgan texnik pasportlari;

burgʻilash uskunalarini yagona tizimga ulash uchun ulardagi GPS-trekerlarning login va parollari (login va parollar oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi ushbu maʼlumotlarni Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga elektron shaklda yuboradi).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

8 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM tomonidan berilgan gidrogeologik xulosalarga muvofiq yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash (Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining gidrogeologiya korxonalari bundan mustasno);

b) burgʻilash uskunalariga oʻrnatilgan GPS-trekerlarning barqaror ishlashini taʼminlash, uch kundan ortiq ishlamay qolganda bu haqda Hududiy gidrogeologiya stansiyalarini xabardor qilish va nosozlikni bartaraf qilish choralarini koʻrish;

v) quduqlarni burgʻilash va jihozlash texnologiyalariga hamda ularda suv chiqarish, tajriba-sinov hamda laboratoriya tahlili ishlarini oʻtkazish talablariga toʻliq rioya qilinishini taʼminlash;

g) quduq burgʻilash ishlari boshlanishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining Hududiy gidrogeologiya stansiyalarini xabardor qilish;

d) yer osti suvlariga quduq burgʻilashda mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilish;

e) burgʻilash ishlari olib borilgan maydonda ishlar yakunlanganidan soʻng rekultivatsiya ishlarini bajarish;

j) burgʻilash ishlari yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda uning texnik pasportini mazkur pasportga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlab, hududiy gidrogeologiya stansiyalariga bevosita yoki elektron pochta orqali taqdim etilishini taʼminlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining hududiy gidrogeologiya stansiyalari.

Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda:

qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun Suv xoʻjaligi vazirligi;

ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Besh yil

12.

Izoh:

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ushbu faoliyat bilan shugʻullanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgandan boshqa har qanday holatlarda ruxsatnoma olmasdan;

qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli texnik hujjatlarga ega boʻlmagan burgʻilash uskunalari yordamida.

Jismoniy shaxslar tomonidan texnik talablarga javob bermaydigan, qoʻlbola geofizik uskunalar yordamida karotaj ishlarini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining gidrogeologiya korxonalariga yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ushbu pasportning 6-bandida keltirilgan miqdorning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma pasportiga
ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________________________________________________________________________________

(yer osti suvlariga quduq burgʻilashga buyurtma bergan yuridik yoki jismoniy shaxs)

_______________________________________________________________________________________

(burgʻilangan quduq joylashuvi (viloyat, shahar, tuman, QFY, MFY, qishloq, koʻcha, uy)

hududda yer osti suvlariga burgʻilangan ______________________________________-son burgʻi qudugʻi

TEXNIK PASPORTI

________________________________________

(burgʻilovchi tashkilot nomi, masʼul shaxs lavozimi)

____________

(imzo)

______________

(F.I.Sh.)

M.Oʻ.

20______ yil

1. Umumiy maʼlumotlar

1.1. Quduq joylashuvi: _____________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

1.2. Quduq joylashuvining geografik koordinatlari (daraja, min., sek.):

Shimoliy kenglik:___________________________________

Sharqiy uzunlik: ____________________________________

1.3. Quduq buyurtmachisi nomi: _______________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

1.4. Suvdan foydalanuvchi nomi: _____________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

1.5. Yer osti suvlarini olishdan maqsad: ______________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________________________

1.6. Ruxsatnomalarning raqami va berilgan vaqti:

Burgʻilash faoliyatiga ruxsatnoma _______________________________

Gidrogeologik xulosa _______________________________________

1.7. Yer osti suviga boʻlgan ehtiyoj, m3/sut: ______________________________________________________________________

1.8. Burgʻilovchi tashkilotning nomi:__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

1.9. Burgʻilash turi va burgʻilash uskunasi rusumi: ________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

1.10. Burgʻilash ishlarini oʻtkazish sanasi: _____________________________________________________________________

2. Burgʻilash ishlari natijalari

2.1. Quduq kesimining litologik tuzilishi haqida qisqacha maʼlumotlar:

2.2. Quduq burgʻilandi:

d ______ mm, ______________ m oraliqlarda

d ______ mm, ______________ m oraliqlarda

d ______ mm, _________________ m.

2.3. Quduq quvurlar bilan jihozlandi:

d ______ mm, ______________ m oraliqlarda

d ______ mm, ______________ m oraliqlarda

d ______ mm, _________________ m

2.4. Filtr _________________ turda, d _________ mm _______________ m oraliqda oʻrnatilgan.

2.5. Sementlash oraligʻi _________________ m.

3. Suv chiqarish, tajriba — sinash ishlari haqidagi maʼlumotlar

3.1. Kompressor yoki nasos turi ______________________________________________________________________________

3.2. Quduqdagi suvning statik sathlari:

suv chiqarilguncha _______________m;

suv chiqarilganidan soʻng _____________ m.

3.4. Suv chiqarish natijalari:

suv sarfi Q ___________ l/s,

favvorali tarzda suv oqib chiqish sarfi __________ l/s;

suv sathining pasayishi: S ______________ m;

solishtirma suv sarfi: Q/ S __________l/s.

3.5. Quduqqa suv koʻtarish uskunasini oʻrnatish boʻyicha tavsiyalar (nasos turi, markasi va tushirish chuqurliklari

__________________________________________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

3.6. Quduqning buyurtmachiga va/yoki suvdan foydalanuvchiga topshirishdagi holati

__________________________________________________________________________________________________________

4. Suvning sifati haqida maʼlumot

4.1. Suv tahlilini oʻtkazuvchi laboratoriya ______________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

4.2. Tahlil turlari va oʻtkazish sanasi__________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________

4.3. Tahlilning asosiy natijalari:

Mineralizatsiyasi _______ mg/l;

Umumiy qattiqligi _______ mg-ekv/l;

rN _________

5. Quduqning texnik pasportiga ilovalar

5.1. Quduqning joylashish sxemasi

5.2. Quduqning geologo-texnik pasporti (quyidagi shaklga muvofiq)

Masshtab

Geologik indeksi

Qatlam qalinligi, m

Togʻ jinslarining litologik tavsifi

Quduqning litologik kesimi va konstruksiyasi

Burgʻilash diametri (mm)

Jihozlash quvuri diametri (mm) va uzunligi (m)

Yer osti suvlari statik sathi, m

5.3. Quduq elektrokarotaji diagrammasi va xulosasi nusxasi (karotaj oʻtkazilgan quduqlar uchun)

5.4. Quduq suvining laboratoriya tahlili natijalari nusxasi

(7-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Filmni ommaviy namoyish etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Kinematografiya agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR (xorij fuqarolari uchun pasportining elektron nusxasi), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

filmning qisqacha annotatsiyasi;

film mualliflari toʻgʻrisida maʼlumot;

b) filmga nisbatan mutlaq huquq egalari tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha ular va film mualliflari (sahnalashtiruvchi rejissor, ssenariy muallifi, musiqa asari muallifi, sahnalashtiruvchi operator va sahnalashtiruvchi rassom) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar elektron nusxasi;

v) filmdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan taqdim etilgan arizalar boʻyicha filmdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxasi;

g) filmning elektron shakli (shaxsan yetkaziladi).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) filmning ommaviy namoyish etishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi, bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi va boshqa qonunlarga rioya etish;

b) filmda zoʻravonlik, pornografiya targʻib qilinmasligi, mamlakatda xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, fuqarolar tinchligi, millatlararo va dinlararo totuvlikni hamda Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri axborot tarqatilmasligi hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlarini buzib koʻrsatilmasligi;*

v) filmda insonlarning ongiga va (yoki) ularning ruhiy salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatadigan yashirin koʻrinishdagi sahnalar yoki boshqa shu kabi texnik usullarning boʻlmasligi;

g) ruxsatnoma olingunga qadar filmning ommaviy namoyishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa usullarda eʼlon qilmaslik hamda chiptalar sotuvini oldindan amalga oshirmaslik;

d) Vazirlar Mahkamasining “Respublika yagona repertuar siyosati yuritilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika kinoprokat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga kinovideo xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga rioya qilish;*

e) ruxsatnoma berilgan filmdagi sahnalarni ruxsatnoma olingandan keyin oʻzgartirmaslik yoki vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilib, ommaviy namoyishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan film mazmuniga muvofiq boʻlmagan filmni ommaviy namoyishini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Filmning ommaviy namoyishi — filmni jamoa uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila aʼzolari boʻlmagan shaxslarning keng doirasi hozir boʻlgan joyda (kinoteatrlar, kinozallar va boshqa maxsus jihozlangan binolarda va joylarda) texnik vositalar yordamida ekranda koʻrsatish.

Filmni ommaviy namoyish qilishga quyidagi hollarda ruxsatnoma olish talab qilinmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish etilishi koʻrsatib oʻtilgan filmlar;

festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan (yetkazib berilgan) filmlar uchun.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

geodeziya va (yoki) kartografiya faoliyatining tegishli turi boʻyicha xabarnoma qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma raqami;

b) geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyiha (dastur).

Unda quyidagilar aks ettiriladi:

texnik loyiha (dastur) ishlab chiqish uchun asos boʻlgan texnik topshiriq va texnik shartlar;

ish obyektining nomlanishi, buyurtmachi toʻgʻrisida maʼlumotlar, moliyalashtirish manbalari, ishlarni bajarish muddatlari;

ish obyektining tabiiy-geografik xususiyatlari va joylashgan joyi;

obyektning geodezik, topografik, aerokosmik va kartografik oʻrganilganligi (oʻrganilganlikning tegishli boʻlimi rejalashtirilayotgan ish turlariga binoan tanlanadi);

rejalashtirilayotgan ish hajmi va turlari, amalga oshirish texnologiyasi tavsifi;

obyektda ishni tashkil etish va tugatish tadbirlari;

mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi;

ishlarni tekshirish va qabul qilish tartibi;

ishlarni bajarish grafigi;

ishlarni amalga oshirish smetasi va texnik-iqtisodiy hisoblari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Koʻrsatkichlar

Geodeziya va kartografiya ishlarining smeta bahosidan foiz stavkalari

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ekspertiza qilish, ishlarning quyidagi smeta bahosida (soʻm):

bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 40 baravarigacha

3,64

BHMning 80 baravarigacha

2,14

BHMning 200 baravarigacha

1,18

BHMning 400 baravarigacha

0,81

BHMning 800 baravarigacha

0,56

BHMning 1200 baravarigacha

0,52

BHMning 1600 baravarigacha

0,43

BHMning 3200 baravarigacha

0,37

BHMning 3200 baravaridan ortiq

0,35

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib, quyidagi muddatlarda ekspertizadan oʻtkaziladi va qaror qabul qilinadi:

BHMning 40 baravarigacha — 2 ish kunida;

BHMning 80 baravarigacha — 3 ish kunida;

BHMning 200 baravarigacha — 4 ish kunida;

BHMning 800 baravarigacha — 5 ish kunida;

BHMning 1600 baravarigacha — 6 ish kunida;

BHMning 1600 baravaridan oshiq boʻlganda — 7 ish kunida.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) davlat sirlarini va (yoki) qonunchilik hujjatlari bilan himoya qilinadigan boshqa maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;*

b) geodeziya va (yoki) kartografiya ishlarini rejalashtirishda avval yaratilgan geodeziya va kartografiya materiallari va maʼlumotlarini ishlatishning toʻliqligi;

v) geodeziya va kartografiya mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarning taʼminlanishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror quyidagi ish turlariga talab etilmaydi:

qurilish obyektlarini joyida belgilash, bino, inshootlar oʻqlari va muhandislik kommunikatsiyalari chiziqlarini joyiga chiqib belgilash boʻyicha geodeziya ishlari;

1:500 masshtabli (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda) topografiya-geodeziya ishlari, maydoni 25 gektar boʻlgan 1:1 000 masshtabli, maydoni 100 gektar boʻlgan 1:2 000 masshtabli ishlar hamda 10 kilometrgacha uzunlikdagi va kengligi 300 metrgacha boʻlgan turli masshtabdagi chiziqli qidiruv ishlari;

qurilish obyektlarini joyida belgilash uchun geodeziya asosini yaratish ishlari;

qurilish-montaj ishlarining loyiha va qurilish normalariga muvofiqligini tekshirish maqsadida geodezik oʻlchashlar hamda yangi qurilgan binolar va uylarning joriy sʼyomkalari;

bajarilgan kon va boshqa ishlar hajmini ularga ajratilgan yerlarda hisoblash yuzasidan tekshirish ishlari;

foydali qazilmalarni qazib chiqarish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan va qurilayotgan korxonalarning marksheyderlik taʼminoti (ularga ajratilgan yerlarda) bilan bogʻliq topografiya-geodeziya ishlari;

taʼlim muassasalarida talabalar amaliyoti tartibida bajariladigan geodeziya va kartografiya ishlari, agar ular ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlmasa;

turli inshootlarni qurish va ulardan foydalanishdagi muhandislik-geodeziya ishlari (zichlashtirish tarmoqlari rivojlantirilmagan taqdirda).

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:

asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, uning tashqarisida, ikki yoki undan koʻp viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni;

Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq — tele, radiodasturlarni;

Axborot agentliklarini;

mahsulotlari Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar orqali elektron shaklda tarqatiladigan boshqa ommaviy axborot vositalari turlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hududiy boshqarmalari — asosiy qismi bitta viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududida tarqatish uchun moʻljallangan davriy bosma nashrlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

ommaviy axborot vositasining nomi, tili va turi;

maqsad va vazifalari;

ixtisoslashuvi;

tarqatilish hududi (veb-sayt bundan mustasno) va shakli;

davriyligi;

moliyalashtirish manbalari;

tahririyatning joylashgan joyi (pochta manzili) va tahririyat toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar;

hajmi;

b) ommaviy axborot vositasi (shu jumladan, Internet jahon tarmogʻidagi veb-sayt) tahririyati yuridik shaxs boʻlmagan hollarda tahririyat toʻgʻrisidagi nizomning elektron nusxasi;

v) muassis ikkita boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomasining elektron nusxasi;

g) muassis bitta shaxsdan iborat boʻlsa, tahririyat ustavi (nizomi).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

a) davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari;

b) tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

v) mahsulotlari Internet global axborot tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi;

g) asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;

d) reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

8 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

b) Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilishga yoʻl qoʻymaslik;

v) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborot tarqatmaslik, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni va pornografiyani targʻib qilmaslik;

g) ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymaslik;

d) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz surishtiruv yoki dastlabki tergov materiallarini eʼlon qilish, muayyan ish boʻyicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yoʻl bilan taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ommaviy axborot vositalariga quyidagilar kiradi:

davriy bosma nashrlar (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax va boshqalar);

tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari;

mahsulotlari Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, almanaxlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar);

asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʼlim va madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari (reklama tarqatishga ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, bukletlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar);

ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari (elektron shaklda tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari mahsulotlari va boshqalar).

Reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele, radiodasturlarda eshittirish va koʻrsatuv har bir soatining 10 foizidan koʻprogʻini reklama xabarlari tashkil qiladigan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.

Quyidagilarni ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat ularning rasmiy xabarlari va faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa materiallarini eʼlon qilish uchun taʼsis etiladigan gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlar, olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari;

korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan oʻquv va ilmiy muassasa)ning oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun tiraji yuz nusxagacha boʻlgan davriy bosma nashrlari;

tarqatilishi bir korxona, muassasa, tashkilot (shu jumladan, oʻquv va ilmiy muassasa)ning binosi va (yoki) hududi bilan cheklangan kabel tarmoqlar orqali uzatiladigan tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, audiovizual xabarlar va materiallar.

(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, konsert-tomosha tadbirlarini hamda xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari — birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun;

tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boʻlimlari — ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

tadbir tashkilotchisi yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

tadbir tashkilotchisi jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

b) tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirning dasturi (ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati bilan kelishilgan holda):

ommaviy tadbirni oʻtkazish maqsadlari;

ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti;

ommaviy tadbirni oʻtkazish sanasi va aniq vaqti;

tadbirni har bir bosqichini oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxslar;

tadbirning asosiy bosqichlarining vaqt boʻyicha jadvali (bosqichma-bosqich rejasi);

foydalaniladigan texnik va muhandis-texnik vositalar (sahna maydonchasi, ovoz kuchaytirish, elektr taʼminoti manbai, chiroq va pirotexnika bilan bezatilishi, tibbiy xizmat koʻrsatish, ommaviy tadbir oʻtkazilgandan keyin hududning yigʻishtirilishi);

maʼrifiy faoliyat koʻrsatish haqida shartnoma tuzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼrifiy faoliyat koʻrsatish boʻyicha tadbir oʻtkazilayotganda).

v) chet ellik ijodkorlar konsert dasturi uchun konsert dasturida ijro etiladigan qoʻshiqlar mualliflari koʻrsatib oʻtilgan holda toʻliq matni;

tadbir tashkilotchisi va xorijiy sanʼatkor oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada konsertda buzgʻunchilik gʻoyalarini targʻib etmaslik, davlatlar oʻrtasida siyosiy jarayonlarga munosabat bildirmaslik, odob-axloq qoidalari, sahna madaniyati hamda milliy maʼnaviyat va qadriyatlarga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi hamda tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi xatti-harakatlar qilmaslik kabi talablar toʻliq aks ettirilishi shart);

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga oʻtkaziladigan konsert-tomosha tadbirining batafsil tafsilotlarigacha yoritib berilgan aniq ssenariysi (talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning oʻzida yuboriladi).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

a) jamiyatning axloqiy asoslarini, umuminsoniy qadriyatlarni buzishga qaratilgan, konstitutsiyaviy tuzumni noqonuniy oʻzgartirish yoki Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish, urush, zoʻravonlik va shafqatsizlik, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qoʻzgʻash, qonunda taqiqlangan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadidagi ommaviy tadbirlarni oʻtkazmaslik;*

b) ommaviy tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga rioya qilish;

v) ommaviy tadbirlarni tayyorlashda va oʻtkazishda ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyatining qurilish normalari va qoidalari, xavfsizlik texnikasi, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibi, yongʻinga qarsh? qoidalar, ekologiya va sanitariya-gigiyena normalari hamda talablariga majburiy rioya qilish;

v1) ommaviy tadbirga fuqarolarning reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;

g) muhandis-texnik, kommunikatsiya, yonginga qarshi, evakuatsiya va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari hamda tizimlari, borish yoʻllari va transport vositalarining toʻxtash joylari, dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish punktlari, shuningdek, obyektga borish va kirish joylarida transport vositalari harakatini cheklash, xavfli tabiiy hodisalar, texnogen avariyalar, yongʻin hamda boshqa favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan texnik uskuna va maxsus vositalar, ularning hisob-kitob qilingan zaxirasi va turlarining mavjudligi hamda ishga soz holatda boʻlishini taʼminlash;

d) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining hududi boʻylab tomoshabinlarning harakatlanishini, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam, yongʻinga qarshi jihozlar va uskunalarni joylashtirish joylarini tashkil qilish sxemalari hamda ommaviy tadbir ishtirokchilarining xatti-harakatlari qoidalarining mavjudligi;

e) sud tomonidan ishga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan, sud hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylaridagi, yil davomida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka takroran tortilgan jismoniy shaxslar, shuningdek, faoliyati qonun tomonidan belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyilgan yoki taqiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlari ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari hisoblanmasligi;*

j) ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joyi va vaqti boʻyicha boshqa ommaviy tadbir bilan toʻgʻri kelib qolmasligi;

z) ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joyda jamoat transportining mavjudligi yoki ommaviy tadbir tugagandan keyin ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tadbir ishtirokchilarining jamoat transportidan foydalanishlarini taʼminlash;

i) ommaviy tadbirning ommaviy tadbir dasturiga muvofiq oʻtkazish;*

y) ruxsatnomada belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar yoki ommaviy tadbirlar dasturlari umumiy vaqti va sonining oshib ketmasligini taʼminlash;*

k) tomoshabinlarning chiptalarda koʻrsatilgan oʻrinlarga joylashishini taʼminlash,

l) ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzish, shartnoma shartlari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma arizaga muvofiq:

muayyan tadbirni bir marotabaoʻtkazish uchun beriladi;

ommaviy tadbirlar bir turdagi dastur boʻyicha aynan bitta ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida aynan bitta ommaviy tadbirning tashkilotchisi tomonidan oʻtkazilgan taqdirda (kinoseanslar, teatr spektakllari, sirk tomoshalari va shu kabilar), talabgorning arizasida ommaviy tadbirlarning sonini koʻrsatgan holda uzogʻi bilan bir yil muddatga ruxsatnoma beriladi.

12.

Izoh:

Ommaviy tadbir — 100 va undan koʻp kishilarning ishtirokida ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va koʻngilochar-tomosha dasturlari (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsert, teatr, sport, reklama tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy namoyishlar va oʻyinlar, koʻrik-tanlovlar va boshqalar), shuningdek, umumxalq, diniy, kasb bayramlarini oʻtkazish maqsadida ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil qilinadigan fuqarolarning birgalikda qatnashishlari.

Alohida toifadagi ommaviy tadbir — “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, “Mustaqillik kuni”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish”, “Roʻza hayit” (Iyd al-Fitr), “Qurbon hayit” (Iyd al-Adha), “Rojdestvo Xristovo”, “Pasxa” bayramlarini nishonlashga doir tadbirlar, taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish, umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining boshlanishi va tugashiga bagʻishlangan, saylov va referendumlarni oʻtkazish bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat rahbarlari ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar hamda futbol boʻyicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar.

birinchi toifadagi ommaviy tadbir — Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari hududida oʻtkaziladigan alohida toifadagi ommaviy tadbir toifalariga kirmaydigan ommaviy tadbir;

ikkinchi toifadagi ommaviy tadbir — alohida va birinchi toifadagi ommaviy tadbirlar toifasiga kirmaydigan ommaviy tadbir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obyektlarida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar olish talab qilinmaydi.

Koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar tadbirning toifasidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boʻlinmalari yoki hududiy ichki ishlar organlari tomonidan pulli asosda amalga oshiriladi (alohida toifadagi ommaviy tadbirlar hamda davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) bundan mustasno).

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish uchun “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi yoki uning hududiy boʻlimlari tomonidan tadbir oʻtkaziladigan joyga chiqqan holda ssenariyni haqiqatga toʻgʻri kelishi oʻrganiladi. Oʻrganish natijasi boʻyicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son. 11-ilova 5-pozitsiyasining “v” kichik bandi va 12-bandning sakkizinchi xatboshisi 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qaroriga asosan 2024-yil 3-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
14-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardan tashqari, Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi — davlat oʻrmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish uchun.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, yashash manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

yigʻish (tayyorlash)ning maqsadi (yovvoyi oʻsimliklardan ekstrakt ishlab chiqarish, yovvoyi oʻsimliklarni xom ashyo shaklida yetkazib berish, shirinmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish, shirinmiya oʻsimligini xom ashyo shaklida yetkazib berish, plantatsiya barpo etish uchun ekish materiallari (urugʻ, qalamcha), tijorat maqsadlarida, ilmiy maqsadlarda);

Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilarning yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi mavjudligi;

yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish nazarda tutilayotgan oʻsimliklar nomi, tayyorlanadigan qismi, oʻlchov birligi (kg., tonna, kubometr, dona), yigʻish (tayyorlash) va (yoki) tabiiy muhitdan ajratib olish muddati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov

MIQDORLARI

Foydalanish obyektlari

Oʻsimliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda

Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimliklar turlari, dorivor va oziqabop oʻsimliklarning yovvoyi turlari (quruq ogʻirligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun moʻljallangan oʻsimliklar texnik xomashyosi (oʻrganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, qoragʻat, chakanda, zamburugʻ — hisob xom holda amalga oshiriladi)

Zira (urugʻi)

0,035

Turli dandanal rodiola (ildiz)

0,022

Yovvoyi holda oʻsuvchi moychechak (toʻpgul)

0,015

Oddiy zirk (mevasi), zamburugʻ, yalangʻoch qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand boʻznochi

0,008

Turkiston Ayugasi (jivuchka)

0,007

Doʻlana (guli, mevasi), qora andiz, kiyik oʻt, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi oʻt, limon oʻt, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli togʻ dastorboshi, katta bargizub, dala qirqboʻgʻini, dorivor mavrak, tikanli kovul, afsonak, Maksimovich ravochi, naʼmatakning barcha turlari, Anzura piyozi

0,005

Archa (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (togʻ rayhoni), dagʻal qizilpoycha, oq qaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy ming yaproq, chebrets, uch boʻgʻimli ittikanak, Turkiston arslon quyrugʻi, oddiy qamish (m3), shoʻravor sistanxe va oʻsimliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari

0,004

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan botanika kolleksiyalarini (ilmiy, madaniy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaviy yoki estetik qiymatga ega) yaratish uchun oʻsimlikning bir donasi uchun

0,002

Oʻsimlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urugʻligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 5 baravari miqdorida

Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qizil kitobga kiritilmagan, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar va ularning qismlarini gʻamlashga (toʻplashga) toʻlov mazkur tur uchun belgilangan toʻlovning 0,2 foizi miqdorida undiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytiriladi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalariga rioya qilish;

b) oʻsimliklarni tayyorlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda oʻsimliklarning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼiy rioya etish;

v) muhofaza etiladigan hududlarda oʻsimlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish;

g) ruxsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amal oshirish;

d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan soʻng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi).

10.

R?xsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatga beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tasdiqlangan kvotalar doirasida maxsus foydalaniladi.

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga kvotalar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi.

Bunda:

auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi;

mazkur pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish auksion gʻolibidan talab etilmaydi;

mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar auksion gʻolibidan undirilmaydi.

3. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.

(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2026-y., 09/26/245/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
15-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

kesiladigan va (yoki) koʻchirib oʻtkaziladigan daraxtlar va butalarning turi va soni;

daraxtlar va butalar joylashgan joy (tuman, koʻcha, uy);

kesishdan va (yoki) koʻchirib oʻtkazishdan maqsad.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik va (yoki) koʻchirib oʻtkazganlik uchun toʻlov

MIQDORLARI

Kesish yoki koʻchirib oʻtkazishga ruxsat berilgan daraxtlarning yerdan 1,3 metr balandlikdagi tanasining diametri hamda butalarning tana ildiz boʻgʻzi diametri, sm

Bitta daraxtni (butani) kesish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori

(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)

Kam qimmatli daraxt va butalar turi: oddiy archa, virgin archa (mojjevelnik), sharq biotasi, aylant (sassiq daraxt), ipak akatsiya, sovun daraxti, qogʻoz daraxti, oq tol, qora tol, yapon soforasi, oq terak, koʻk terak, qora terak, Turkiston teragi, mirza terak, togʻ terak, oddiy shirin bodom, oʻrik, olma, naʼmatak, chakanda, qandim, yulgʻun, oddiy zirk va boshqalar

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxatida nazarda tutilgan qimmatbaho navli daraxt va butalar (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan daraxt va butalar bundan mustasno)

4 sm gacha

0,2

0,4

4,1 — 8

0,3

0,6

8,1 — 12

0,4

1,0

12,1 — 16

0,6

1,3

16,1 — 20

1,0

1,8

20,1 — 24

1,5

2,5

24,1 — 28

1,8

3,5

28,1 — 32

2,3

4,5

32,1 — 36

3,3

5,5

36,1 — 40

4,4

6,5

40,1 — 44

5,2

8,0

44,1 — 48

6,2

9,5

48,1 — 52

7,2

10,5

52,1 — 56

8,2

11,5

56,1 — 60

9,2

13,5

60,1 — 64

10,5

14,5

64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.

Butalar tanasining diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;

b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan 10 tup daraxt va butalardan kam boʻlmagan, yirik oʻlchamli koʻchatlarni ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) va ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, shuningdek, ruxsatnoma asosida koʻchirib oʻtkazilgan har bir daraxt va butani uch yil davomida parvarish qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar

12.

Izoh:

I. Daraxtlar va butalarni kesish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash.

Daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish.

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan va tana diametri 15 santimetrgacha boʻlgan daraxtlarni, tana ildiz boʻgʻzi diametri 10 santimetrgacha (koʻp tanali butaning yirik tanasining ildiz boʻgʻzi diametri oʻlchanadi) boʻlgan butalarni koʻchirib oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Davlat dasturlari, transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda ruxsat berilgan oʻlchamdan ortiq boʻlgan daraxt va butalarni koʻchirib oʻtkazishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruxsat beriladi.

II. Ushbu pasport qoidalari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:

jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalarga;

pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;

yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga.

III. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari oʻrmon fondiga kirmaydi:

shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;

temir yoʻllar va avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan hududlaridagi ihota daraxtzorlar;

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;

tomorqa yer uchastkalaridagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar.

IV. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar tanasining bir qismi va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlar) sanitariya maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiyalarning qarorlariga muvofiq ushbu pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlarsiz ruxsatnoma asosida kesiladi. Bunda ushbu komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarining malakali mutaxassislaridan iborat yetti kishilik tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.

V. Daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtkazishga binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlarda yoʻl qoʻyiladi.

Bunda kesilishi koʻrsatilgan daraxtlar va butalarni vakolatli organ boshqa joyga koʻchirish masalasini koʻrib chiqadi. Agar daraxtlar va butalarni koʻchirishning imkoni boʻlmasa vakolatli organ tomonidan ularni kesishga ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

Daraxt va butalarga sanitar maqsadida shakl berish, ularni ruxsat etilgan oʻlchamdagilarini koʻchirib oʻtkazish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq holda kuz mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri tugagan vaqtdan boshlab bahor mavsumida oʻsimliklarni vegetatsiya davri boshlanishiga qadar, zaruratdan kelib chiqib, daraxtlarni koʻchiradigan maxsus texnika mavjud hollarda, koʻkartirish kafolatlangan holda amalga oshirilishi mumkin.

(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
16-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yovvoyi hayvonlarni ovlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

ov qilish turi (sanoat, sport, havaskorlik va oʻlja olish, ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida);

yovvoyi hayvon turining nomi;

tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlarning soni;

ov qilish muddati;

yovvoyi hayvonlarni tutish joyi (jismoniy shaxslar uchun);

tutish usuli (tutish, otish);

b) ov qurolini saqlash va olib yurish uchun amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (jismoniy shaxslar uchun) vakolatli organ tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda soʻrab olinadi;

v) ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun);

g) hayvonlarni sanoat maqsadida tutish hollarida, agar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish moʻljallanayotgan boʻlsa, yetkazib berish shartnomalari (shartnoma) nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorlarda toʻlovlar undiriladi. Toʻlovlar toʻliq vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tomonidan harakatlarni bajarish

va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, ruxsat berish tartib-taomili doirasida, mustaqil ravishda yoki jalb qilingan uchinchi shaxs tomonidan oʻrganishlar, tadqiq qilishlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytiriladi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish;

b) hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish hamda ov qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud boʻlishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

“Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda

12.

Izoh:

Pitomniklarda, hovuz xoʻjaliklarida yetishtirilgan va ularning hududidagi hayvonlarni tutish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
17-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

hayvonlarni tutishning maqsadi;

hayvonlarni tutish muddatlari;

hayvonlarni tutish joyi (viloyat, tuman);

tutish usuli (tutish, otish);

b) hayvonlarni tutishni amalga oshiruvchi shaxsning ovchilar jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasining nusxasi (jismoniy shaxslar uchun).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

“Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan miqdorda toʻlovlar undiriladi. Toʻlovlar toʻliq vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talab va shartlarga rioya qilish;

b) hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish hamda ov qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

v) tutilgan tirik hayvonlar uchun muqim yoki vaqtinchalik ushlab turish sharoitlarining mavjud boʻlishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

“Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda.

12.

Izoh:

Ruxsatnomalar joriy yilga belgilangan kvotalar doirasida beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini talabnomalar asosida tayyorlaydi va 25-noyabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi boʻyicha xulosani 5-dekabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 5-mayga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etadi.

(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
18-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomnik, shuningdek, zoologiya kolleksiyalari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Pitomnikdagi yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, zoologik kolleksiyalarni saqlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

hayvonot dunyosi obyektlarini (keyinchalik tabiatga qoʻyib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar) yoki kolleksiyalarni saqlashning maqsadi;

turlari (kichik turlari, agar duragay boʻlsa — ota-onalarining turlari koʻrsatiladi) boʻyicha soni koʻrsatilgan tirik holdagi hayvonlarning, hayvonot dunyosi obyektlari kolleksiyalarining roʻyxati;

kolleksiya preparatlarini konservatsiyalash turi (nam preparatlar, tanalar, tulumlar va boshqalar);

hayvonot dunyosi obyektlari va kolleksiyalarining kelib chiqishi (sotib olinishi);

pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi;

hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va boshqalar);

hayvonlar belgisining mavjudligi (tavsiflash, tartib raqamini koʻrsatish).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) jadal surʼatlarda hayvonlardan foydalanilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda hayvonlarning yashash joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼi rioya etish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

b) ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya qilish;

v) ruxsatnomaga oʻz ixtiyori bilan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritmaslik;

g) veterinariya xizmatining mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Guvohnoma berishdan oldin vakolatli organning hududiy organlari joyiga chiqqan holda hayvonlarni urchitish va saqlash sharoitlari oʻrganadi. Oʻrganish natijasi boʻyicha xulosa rasmiylashtirilib, vakolatli organga taqdim etiladi.

(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
19-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami koʻrsatiladi;

b) amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan asrashga doir ishlarning loyihasi (vakolatli organ buyurtmachi boʻlgan holatlar bundan mustasno);

v) YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar boʻyicha YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

b) respublika ahamiyatiga ega boʻlgan obyektlar boʻyicha asrashga doir ishlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;

v) madaniy meros obyekti YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda joylashgan boʻlsa, mazkur obyektlarda bajariladigan asrashga oid ishlar boʻyicha YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodika boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Mavjud emas

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

25 ish kuni (YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlarda bajariladigan katta hajmdagi asrashga oid ishlar boʻyicha 35 ish kuni)

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) asrashga doir ishlarni ruxsatnomada koʻrsatilgan joy va muddatda oʻtkazish;

v) vakolatli organga taqdim etilgan va belgilangan tartibda maʼqullangan asrashga doir ishlarning loyihasiga qatʼi rioya qilish;*

g) asrashga doir ishlarni amalga oshirish muddatiga yoki loyihasiga 10 foizdan koʻp boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlganda, bu haqda vakolatli organni oldindan yozma ravishda xabardor qilish;*

d) asrashga doir ishlarda obyektga salbiy taʼsirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;

e) loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati va vakolatli organ tomonidan shartnoma asosida ilmiy-texnik nazorat amalga oshirilishini tashkil etish;

yo) talabgorda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjud boʻlishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Ushbu pasport qoidalari arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.

YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar boʻyicha rejalashtirilgan katta hajmdagi asrashga oid ishlar maʼqullangan taqdirda, vakolatli organ YUNESKOning Umumjahon merosi qoʻmitasi tomonidan tavsiya etilgan metodikasi boʻyicha Merosga taʼsirni baholash hisoboti bilan birgalikda koʻrib chiqib, tegishli munosabat bildirish uchun YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga yuboradi.

Loyihaga nisbatan 10 foizdan koʻp boʻlgan oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi umumiy asoslarda madaniy meros obyektlarida tadqiqotlar, qidiruvlar oʻtkazish, ilmiy-konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun yangi ruxsatnoma olishi lozim.

Ruxsatnomani olish uchun asos boʻlgan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning bekor qilinishi ruxsatnomani bekor boʻlishiga olib keladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar

(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
20-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili;

maʼlumoti, mutaxassisligi;

ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSH SHIR);

taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtish muddatlari (bor boʻlsa);

b) chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

v) chet el fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari toʻgʻrisida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi koʻrsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

g) chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

d) chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) viza rejimi oʻrnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “A-2” oʻqituvchilar kirish vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar);

j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — ular xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;

z) nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjat.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar bundan mustasno)

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;

malakali mutaxassislar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

vatandoshlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tomonidan yangi loyihalar uchun tadbirkorlik subyektlariga tor doiradagi mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;

boshqa chet el fuqarosi boʻlgan shifokorlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;

zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida;

boshqa chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida.

Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yigʻim undirilmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 50 foizi Migratsiya jamgʻarmasiga, 20 foizi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda 30 foizi Migratsiya agentligiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholi bandligi, ish beruvchining fuqarolik majburiyatini majburiy sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) soʻralayotgan chet el fuqarolarining soni va mutaxassisligi (lavozimlari) ishchi kuchiga boʻlgan amaldagi ehtiyojga mos kelishi;

b1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;

v) chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakatlarni sodir etmaslik;

g) vakolatli organga taqdim etilgan maʼlumotlarda (tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar, arizalar, soʻrovnomalar, pasport maʼlumotlari va boshqalar) boʻlgan har qanday oʻzgarishlar haqida vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish;

d) vizasining muddati tugagan yoki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida 3 kundan ortiq muddat davomida roʻyxatdan oʻtmagan, Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet el fuqarolari uchun tasdiqnoma olish uchun hujjatlar taqdim etmaslik;

Ish beruvchiga qoʻyiladigan qoʻshimcha talab va shartlar:

e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddati tugashidan keyin chet el fuqarosi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish;

yo) chet el fuqarosi ishdan boʻshatilsa yoki tashkilot tugatilgan boʻlsa, vakolatli organni bir hafta muddatda xabardor qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari — chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligini ish beruvchi tomonidan koʻrsatilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun mahalliy ishchi kuchi mavjudligi yuzasidan (5 ish kuni).

Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni).

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) ish beruvchilarga tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar, shuningdek, Prezident maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ishlash uchun jalb etilayotgan oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun — mehnat shartnomalari amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;

a1) Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tavsiyasiga asosan yangi loyihalar doirasida tor doiradagi mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;

a2) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga;

b) boshqa chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.

12.

Izoh:

Ish beruvchi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa, yuqori malakali va malakali mutaxassislar oʻttiz ish kuni davomida yangi ish beruvchini topishga haqli. Bu davr mobaynida ularga avval berilgan tasdiqnomalar, vizalar va yashash guvohnomalarining amal qilishi saqlab qolinadi.

Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni oʻtmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.

Ushbu Pasport qoidalari quyidagi toifadagi chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarori 5-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlari va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha boʻlgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassislarga;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar taʼsischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha boʻlgan muddatda;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arboblariga;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga;

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining chet ellik mutaxassislariga;

“Vatandosh” kartasi egalariga;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxslarga.

mehnat faoliyatini xorijda turib masofaviy (onlayn) shaklda olib boruvchi xodimlarga (ushbu toifadagi faoliyat uchun tasdiqnoma talab etilmaydi)

(20-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
21-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

foydalanish turi (pichan oʻrish yoki chorva mollarini oʻtlatish);

pichan oʻrish hajmlari (kg, tonna, kubmetr), otlar, eshaklar soni qoramollar (chorva mollari) oʻtlatilganda — ularning taxminiy yoshi va foydalanish muddati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

b) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng 10 ish kuni davomida vakolatli organga oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi boʻyicha qisqa hisobot berish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

Pichan oʻrish hamda tabiiy pichanzorlar va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatish meʼyorlari va muddatlari tegishli qishloq xoʻjaligi, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi davlat organlarining taqdimnomasi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
22-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

oʻsimlik turi, uning gʻamlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni koʻrsatgan holda;

gʻamlash yoki toʻplash usuli;

gʻamlash hududi (viloyat, tuman);

gʻamlash yoki toʻplash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);

gʻamlash (toʻplash) muddatlari;

oʻsimlik turlarini gʻamlash (toʻplash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;

v) xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSH dollari miqdorida.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Foydalanish obyektlari

Oʻsimliklarni tayyorlash uchun ruxsatnoma qiymati

yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, bazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlarda

xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar uchun, (AQSH dollarida)

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar turlari (bitta piyozboshchaning yoki bitta ildizning qiymati — oʻsimlik maqomiga koʻra)

Yoʻqolib ketayotgan turlar

0,2

30

Kamyob turlar

0,1

15

Qisqarayotgan turlar

0,02

3

1 kg urugʻlik va piyozboshchalar — shu maqomdagi oʻsimliklar qiymatining 10 baravari miqdorida

1 kg ildiz, barglar va sharbat (yelim) — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 3 baravari miqdorida;

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga majburiy rioya etish;

b) oʻsimliklarni tayyorlash ishlari jadal surʼatlarda olib borilayotgan xoʻjaliklar va hududlarda oʻsimliklarning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini, shu jumladan foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishni ekologik, sanitariya va gigiyena, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼiy rioya etish;

v) muhofaza etiladigan hududlarda oʻsimlik dunyosidan foydalanishni ularda belgilangan rejimlar asosida amalga oshirish;

d) ruxsatnomaning amal qilish muddati tugangandan soʻng, 10 ish kuni davomida qisqa hisobot bilan uni bergan organga qaytarish (oʻsimlik dunyosi obyektlarining gʻamlangan hajmi, vaqti va toʻplash joyi).

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatda, ammo koʻpi bilan berilgan yilning 31-dekabrigacha

12.

Izoh:

Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlari uchun ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.

Tasdiqlangan kvota doirasida ruxsatnomalar talabnoma bergan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.

Maxsus ekin maydonlari (plantatsiya) va parvarishxonalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (toʻplash) uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ushbu pasport talablari Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi oʻsimliklar namunalarini olib kirish va olib chiqib ketishga ruxsatnomalarga tatbiq etilmaydi.

(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
23-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (xorijiy kinokompaniya yoki boshqa xorijiy tashkilot)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Kinematografiya agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR (agar mavjud boʻlsa), pochta manzili, elektron pochta manzili, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

film turi (koʻp seriyali, bir seriyali, qisqa metrajli);

sahnalashtiruvchi rejissor;

filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning boshlanish va tugash sanalari;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish rejalashtirilayotgan film ssenariysi (film epizodlaridagi koʻrish va ovozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film suratga olish talablariga muvofiq boʻlgan filmni tasvirga olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi)ning davlat tilidagi yoki rus tilidagi bosma (yoki elektron) varianti.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Ariza beruvchi Oʻzbekiston brendini ilgari surish sharti bilan, shu jumladan, kirish (sarlavha) va (yoki) yakuniy titrda tasvirga olish mamlakati hamda joyini (obyekti) alohida kadrlar bilan koʻrsatish orqali moddiy-madaniy meros obyektlarida tasvirga olish uchun ushbu yigʻim toʻlashdan ozod etiladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) film ssenariysida:

milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targʻib etuvchi;

fuqarolarning milliy mansubligi, diniy eʼtiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid boʻlgan;

Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini nohaqqoniy yoki buzib aks ettiruvchi;

ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega boʻlgan sahnalar mavjud boʻlmasligi kerak;

b) filmni tasvirga olish ishlari ruxsatnomada belgilangan kunlardan ortiq amalga oshirmaslik;

v) kino va video tasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilgan film ssenariysi oʻrtasida tafovutlar boʻlmasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Arizaga koʻra ruxsatnomada koʻrsatilgan muddatda beriladi.

Tasvirga olish jarayoni davomida filmni tasvirga olish kunlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelsa (koʻrib chiqilgan film ssenariysi mazmuniga oʻzgartirish kiritmasdan), ruxsatnoma muddati soʻralgan muddatga uzaytirib berilishi mumkin.

12.

Izoh:

Film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar)

Kino va video tasvirga olish — oʻzaro bogʻliq tasvirlarni kinotasma (selluloid asosida) yoki raqamli vositalarga ovoz yoki ovozsiz qayd etish yoʻli bilan kinematografik tasvirlarni yaratish jarayoni.

Film Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston kinemotografistlari jalb etilgan holda suratga olingan taqdirda, ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
24-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishib olish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

madaniy boyliklarning roʻyxati;

madaniy boyliklarning qisqacha tasnifi (davri);

b) madaniy boylikka mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi;

v) madaniy boylikning uch xilda (anfas, oʻng va chap, orqasi) olingan kamida 4 ta fotosurati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori talablariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Olib chiqilishi mumkin boʻlmagan madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bu boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida xaridor yozma ravishda ogohlantirilgandan keyingina amalga oshiriladi.

(24-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
25-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish uchun ruxsatnoma, past va oʻrtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashish, past va oʻrtacha faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish bundan mustasno

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi yoki yuk joʻnatuvchi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

transport vositasi, tirkamasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning oʻlchamlari;

transport vositasining yuk bilan va yuksiz vazni;

haydovchi va yuk tashishga masʼul boʻlgan xodimlarning F.I.O.;

harakatlanish yoʻnalishi, belgilangan sanasi va vaqti, transport vositasining yuk bilan eng kam burilish radiusi, gʻildirak yoʻllarining va gʻildiraklarning soni, oʻqlarga tushadigan ogʻirlikning taqsimlanishi, umumiy ogʻirligi;

yukli transport vositasining oʻlchamlari, transport vositasining rusumi va turi;

kunning yorugʻ yoki qorongʻu vaqtida harakatlanishi;

avtomobilning harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlanishi uchun himoya qiluvchi kuzatuvchi maxsus avtomobilga ehtiyoj mavjudligi yoki mavjud emasligi;

b) gʻildiraklarning joylashish chizmasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:

Yuk tashuvchilar uchun:

100 km ga qadar BHMning 54 foizi miqdorida;

har bir keyingi kilometr uchun BHMning 0,24 foizi miqdorida.

Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruxsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlanadigan toʻlov:

Umumiy haqiqiy vaznning yoʻl qoʻyiladigan vaznga nisbatan ortiqchalik miqdori, tonnada

Yuriladigan 1 km masofa uchun tarif, soʻmda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

0 dan 5 gacha

0,08

5 dan 10 gacha

0,12

10 dan 15 gacha

0,24

15 dan 20 gacha

0,42

20 dan 25 gacha

0,63

25 dan 30 gacha

0,97

30 dan 35 gacha

1,39

35 dan 40 gacha

1,94

40 dan 45 gacha

2,66

45 dan 50 gacha

3,59

50 va undan yuqori

4,22

Ogʻir vaznli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy ogʻirlikning (Of) ruxsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun toʻlov:

Gʻildirak oʻqi haqiqiy yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan yuklamaga nisbati

(Of/Od)

Har bir oʻqning yoʻl qoʻyiladigan yuklamadan ortiqcha yuklamaga 1 km uchun tarif, soʻmda

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

1,01 dan 1,05 gacha

0,23

1,05 dan 1,10 gacha

0,25

1,10 dan 1,15 gacha

0,59

1,15 dan 1,20 gacha

0,76

1,20 dan 1,25 gacha

0,89

1,25 dan 1,30 gacha

1,06

1,30 dan 1,35 gacha

1,27

1,35 dan 1,40 gacha

1,48

1,40 dan 1,45 gacha

1,73

1,45 dan 1,50 gacha

2,03

1,50 dan 1,55 gacha

2,32

1,55 dan 1,60 gacha

2,70

1,60 dan 1,65 gacha

3,08

1,65 dan 1,70 gacha

3,59

1,70 dan 1,75 gacha

4,01

1,75 dan 1,80 gacha

4,55

1,80 dan 1,85 gacha

5,15

1,85 dan 1,90 gacha

5,82

1,90 dan 1,95 gacha

6,50

1,95 dan 2,00 gacha

7,30

2,00 va undan yuqori

8,44

Avtotransport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun BHMning 0,32 foizi miqdorida undiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

3 ish kuni, bunda ruxsatnomani rasmiylashtirish ikki kunda, kelishish jarayonlari bir kunda amalga oshiriladi (amaldagi qonunchilikka muvofiq maxsus koʻrik oʻtkazilishi talab etilgan hollarda bir oy).

Chegara bojxona postlari orqali harakatlanadigan, ruxsat etilgan vazn parametrlaridan (oʻlchash asbobining farq bilan ishlash foizi ham inobatga olinadi) oʻn foizgacha (oʻn foiz ham kiradi) ortiq boʻlgan transport vositasiga maxsus ruxsatnoma olish uchun berilgan arizaga belgilangan toʻlovlarni undirish orqali inson omilisiz avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalari talablariga rioya qilish;

b) ruxsat etiladigan eng yuqori tezlik 50 km/soatdan oshmasligi, tezlikni chegaralovchi belgi transport vositasiga yoʻl harakati qoidalarida belgilangan tarzda oʻrnatilganligi;*

v) haydovchilar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi va tasdiqlangan yoʻnalishga qatʼi rioya qilishi;*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Vakolatli organning yoʻnalish (marshrut) chizmasi quyidagi organlar tomonidan 2 ish kunida kelishiladi:

a) Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan — Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoki tashqaridan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda;

b) hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hududida va viloyatlararo yuk tashishni amalga oshirishda;

v) shahar (tuman ) elektr transporti, elektr tarmogʻi va boshqa aloqador tashkilotlar bilan — yukning balandligi yoʻl sathidan 4,5 metrdan yuqori boʻlgan taqdirda;

g) temir yoʻl organlari bilan — yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl bilan bir sathda kesishganda, transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz kengligi 5 metrdan, yoʻl sathidan balandligi 4,5 metrdan, bir tirkamali (yarim tirkamali) avtopoyezdning uzunligi 20 metrdan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdning uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa, shuningdek, transport vositasining umumiy ogʻirligi 52 tonnadan yuqori yoki harakatlanish tezligi soatiga 5 kilometrdan kam boʻlsa, yuk tashish yoʻnalishi temir yoʻl koʻprigi, temir yoʻl oʻtkazgichi ostidan oʻtganda, transport vositasining kengligi yuki bilan yoki yuksiz 5 metrdan ortiq, balandligi yoʻl sathidan 4,35 metrdan ortiq boʻlsa.

Chegara bojxona postlari orqali harakatlanadigan, ruxsat etilgan vazn parametrlaridan (oʻlchash asbobining farq bilan ishlash foizi ham inobatga olinadi) oʻn foizgacha (oʻn foiz ham kiradi) ortiq boʻlgan transport vositalariga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirilishida vakolatli organ tomonidan yoʻnalish belgilanmaydi va tegishli organlar bilan kelishilmaydi.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

30 kun muddatga belgilangan yoʻnalish boʻylab bir marta yuk tashish uchun beriladi, bunda respublika hududiga kirish va qaytib chiqib ketish koʻzda tutilishi mumkin. Fors-major holatlari yuz berganda, ushbu muddat fors-major holatlari amal qilgan muddatga uzaytiriladi.

12.

Izoh:

I. Katta hajmli yuk — oʻlchamlari (balandligi, kengligi yoki uzunligi)ning birorta koʻrsatkichi ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda mazkur pasportda bayon etilgan meʼyoriy oʻlchamlardan katta boʻlgan yuk.

Ogʻir vaznli yuk — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida tashishda transport vositasining gʻildirak oʻqiga tushadigan ogʻirligi mazkur pasportda bayon etilgan meʼyoriy miqdorlardan ortiq boʻlgan yuk.

II. Avtotransport vositasining gabarit oʻlchamlari haqiqiy koʻrsatkichlari chiziqli-oʻlchash asbobi yordamida, toʻliq massa va oʻqqa tushadigan ogʻirligi esa turgʻun yoki koʻchma turdagi avtomobil tarozilari yordamida yoxud maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari orqali harakatlanishi paytida aniqlanadi.

Chiziqli oʻlchash asbobi, shu jumladan, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari va avtomobil tarozilari soz holatda boʻlishi va sertifikatlarga va (yoki) metrologik tekshirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat tamgʻasiga ega boʻlishi kerak.

Avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlari aniqlashda oʻlchash asbobining ikki foizli farq bilan ishlashiga yoʻl qoʻyiladi va u yuk tashuvchi foydasiga talqin qilinadi.

Agar tashiladigan yukning gabarit oʻlchamlari va (yoki) uning vazni belgilangan koʻrsatkichlardan oʻta yuqori boʻlganligi yoxud avtomobil tarozilari, maxsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalarining yoʻqligi (nosozligi) sababli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositasining umumiy massasini va oʻqlarga tushadigan ogʻirligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda, zarur boʻlgan parametrlar tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin.

III. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga yoki Davlat chegarasi tashqarisidan mamlakat hududiga yuklarni tashishda, shuningdek, mamlakat hududidan yuklarni tranzit tashishda vakolatli organlardan olingan va kelishilgan ruxsatnoma hamda yoʻnalish chizmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning berilishi bilan bir vaqtda katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish uchun yoʻlga egalik qiluvchi yuridik shaxslar tomonidan Bojxona qoʻmitasiga real vaqt rejimida elektron shaklda kiritiladi va ularga asosan belgilangan tartibda harakatlanishni boshlashga ruxsat beriladi.

Bojxona organlari tomonidan avtotransport vositasining maxsus ruxsatnomada koʻrsatilgan ogʻirlik gabarit parametrlaridan ortiq ekanligi aniqlangan taqdirda, bunday avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi va uning kelgusidagi harakatlanishi yangi maxsus ruxsatnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

IV. Xorijiy yuk tashuvchilardan toʻlovlar milliy valyuta “soʻm”da bevosita bojxona postlarida tijorat banklari tomonidan toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha undiriladi.

V. Avtomobil yoʻllarini maxsus koʻrikdan oʻtkazish va texnik xulosa ishlab chiqish xizmatlari uchun toʻlovlar yuk tashuvchi (buyurtmachi) yoki ularning vakillari bilan vakolatli organ oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida yoʻnalishning har bir kilometr masofasi uchun transport vositasining yuk bilan umumiy ogʻirligi:

100 tonnagacha boʻlgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh foizi;

100 tonna va undan ortiq boʻlgan transport vositalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Muddati oʻtgan, biroq ruxsatnomadan foydalanmagan holatlarda harakatlanish yoʻnalishini va yukni oʻzgartirmagan holda ruxsatnomani bepul qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda ruxsatnomadan foydalanilmaganligini Bojxona qoʻmitasi tomonidan elektron tizim orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(25-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
26-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga oʻzgartirishlar kiritish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

mazkur pasportning 12-bandida koʻrsatilgan qayta jihozlash turi;

qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi, STIR (yoki JSH SHIR yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun) va joylashgan manzili;

avtomototransport vositasining texnik pasport yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nomi, raqami va sanasi;

b) transport egasi 16 yoshga toʻlmaganlar boʻlsa — tugʻilganlik haqida guvohnoma, chet el fuqarosi boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi elektron nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi

tezlashtirilgan tartibda — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

umumiy tartibda — 10 kun;

tezlashtirilgan tartibda — 5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) ruxsatnomada koʻrsatilgan qayta jihozlashni amalga oshirish;

b) ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat oʻtgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno);

transport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan koʻzda tutilmagan qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi;

v) avtotransport vositasini bir vaqtning oʻzida ikki turdagi gaz (siqilgan tabiiy va suyultirilgan gaz) yoqilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlash taqiqlanadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan oʻzgarishlar roʻyxati:

I. Avtomototransport vositasini bir turdan boshqa turga oʻzgartirish:

yengil turdan furgon turiga;

yengil turdan pikap turiga (kuzovini almashtirish sharti bilan);

yengil turdan yuk turiga (bortli, bortli-tentli);

yengil turdan maxsus turga;

yengil turdan refrejirator turiga;

yengil turdan yuk (bortli, bortli-tentli, tentli-furgon, bortli tentli furgon, yuk-furgon, izotermik furgon) turiga;

yengil (miniven) turidan mikroavtobus turiga;

yengil (miniven) turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

yengil turdan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

yengil turdan maxsus-harakat xavfsizligini taʼminlash turiga;

mikroavtobus turidan yuk-furgon turiga;

mikroavtobus turidan yuk-bortli turga;

mikroavtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;

mikroavtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;

mikroavtobus turidan maxsus turga;

avtobus turidan yuk-furgon turiga;

avtobus turidan yuk-bortli turga;

avtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;

avtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;

avtobus turidan maxsus turga;

avtobus turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

avtobus turidan yuk furgon-izotermik turiga;

avtobus turidan yuk-refrejirator turiga;

avtobus turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;

avtobus turidan maxsus evakuator turiga;

avtobus turidan furgon turiga;

avtobus turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

mikroavtobus turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

avtobus turidan maxsus evakuator-manipulyator turiga;

avtobus turidan yuk-manipulyator turiga;

avtobus turidan yuk-oʻzi agʻdaruvchi turiga;

avtobus turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

beton-qorgich turidan yuk bortli tentli furgon turiga;

beton-qorgich turidan izotermik furgon turiga;

beton-qorgich turidan maxsus turiga;

beton-qorgich turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

beton-qorgich turidan yoʻlovchi tashuvchi turiga;

beton-qorgich turidan yuk-manipulyator turiga;

beton-qorgich turidan yuk-evakuator turiga;

beton-qorgich turidan yuk-oʻzi agʻdaruvchi turiga;

beton-qorgich turidan yuk-evakuator manipulyator turiga;

beton-qorgich turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

beton qorgich turidan maxsus avtokran turiga;

beton-qorgich turidan yuk bortli turiga;

beton-qorgich turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi turiga;

beton-qorgich turidan konteyner tashuvchi turiga;

beton qorgich turidan yuk-bortli turga;

beton qorgich turidan yuk-bortli-tentli turiga;

beton qorgich turidan yuk-furgon turiga;

beton qorgich turidan oʻtirma tortuvchi turga;

beton qorgich turidan refrejirator turiga;

beton-qorgich turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

maxsus turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

yuk-furgon turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

yuk bortli turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

yuk izotermik turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

platformaga maxsus-axlat tashuvchi oʻrnatish;

mikroavtobus turidan yuk izotermik turiga;

mikroavtobus turidan yuk izotermik furgon turiga;

mikroavtobus turidan oʻzi agʻdaruvchi turiga;

mikroavtobus turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

mikroavtobus turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

mikroavtobus turidan yuk bortli tentli furgon turiga;

mikroavtobus turidan M1-toifali yengil (miniven) turiga;

mikroavtobus turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

mikroavtobus turidan maxsus evakuator manipulyator turiga;

mikroavtobus turidan maxsus evakuator turiga;

mikroavtobus turidan yuk-refrejirator turiga;

mikroavtobus turidan yuk-manipulyator turiga;

maxsus turidan avtobus turiga;

maxsus turidan mikroavtobus turiga;

yuk-bortli turdan maxsus turga;

yuk-bortli turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;

yuk-bortli turdan yuk-furgon turiga;

yuk-bortli turdan yuk-bortli-tentli turga;

yuk-bortli turdan refrejirator turiga;

maxsus turdan yuk-bortli turga;

maxsus turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;

maxsus turdan yuk-furgon turiga;

maxsus turdan yuk-bortli-tentli turga;

maxsus turdan refrejirator turiga;

maxsus turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

maxsus turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

maxsus turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

maxsus turidan yengil turiga (kuzov/kabina almashtirish sharti bilan);

maxsus turidan yuk bortli tentli furgon turiga;

maxsus turidan yuk-oʻtirma tortuvchi turiga;

maxsus turidan maxsus evakuator turiga;

maxsus turidan beton-qorgich turiga;

maxsus turidan yuk-izotermik furgon turiga;

maxsus turidan yengil yoʻlovchi tashuvchi turiga;

maxsus turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

maxsus turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

yuk-furgon turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

yuk bortli turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

yuk izotermik turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

maxsus turidan maxsus evakuator manipulyator turiga;

maxsus turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

maxsus turidan yuk-manipulyator turiga;

maxsus turidan maxsus avtokran turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turdan maxsus turga;

oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-bortli turga;

oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;

oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-furgon turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turdan refrejirator turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan avtobus turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan mikroavtobus turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk-evakuator manipulyator turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk-izotermik furgon turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan maxsus avtokran turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan beton qorgich turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk evakuator turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk-oʻtirma tortuvchi turiga;

oʻzi agʻdaruvchi turidan yuk-manipulyator turiga;

oʻtirma tortuvchi turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;

oʻtirma tortuvchi turdan yuk-bortli turga;

oʻtirma tortuvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;

oʻtirma tortuvchi turdan maxsus turga;

oʻtirma tortuvchi turdan refrejirator turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-izotermik furgon turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan maxsus avtokran turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-manipulyator turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan beton-qorgich turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-furgon turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk-evakuator manipulyator turiga;

oʻtirma tortuvchi turidan yuk evakuator turiga;

yuk-furgon turidan avtobus turiga;

yuk-furgon turidan mikroavtobus turiga;

yuk-furgon turidan yengil yoʻlovchi tashuvchi turiga;

yuk-furgon turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

yuk-furgon turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

yuk-furgon turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

yuk-furgon turidan maxsus evakuator turiga;

yuk-furgon turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

yuk-furgon turidan maxsus evakuator manipulyator turiga;

yuk-furgon turidan yengil yoʻlovchi tashuvchi turiga;

yuk-furgon turidan yuk-izotermik furgon turiga;

yuk-furgon turidan maxsus avtokran turiga;

yuk-furgon turidan oʻzi agʻdaruvchi turiga;

yuk-furgon turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

yuk-furgon turidan konteyner tashuvchi turiga;

yuk-furgon turidan yuk-oʻtirma tortuvchi turiga;

yuk-furgon turidan beton-qorgich turiga;

yuk-furgon turidan yuk bortli tentli turiga;

yuk-furgon turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;

yuk-furgon turidan yuk bortli turiga;

yuk-furgon turidan yuk refrejirator turiga;

yuk-furgon turidan yuk-manipulyator turiga;

yuk bortli turidan maxsus evakuator manipulyator turiga;

yuk bortli turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;

yuk bortli turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

yuk bortli turidan maxsus avtokran turiga;

yuk bortli turidan yuk-manipulyator turiga;

yuk bortli turidan beton-qorgich turiga;

yuk bortli turidan yengil yoʻlovchi tashuvchi;

yuk bortli turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi turiga;

yuk bortli turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

yuk bortli turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

yuk bortli turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

yuk bortli turidan maxsus evakuator turiga;

yuk bortli turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

yuk bortli turidan yengil yoʻlovchi tashuvchi turiga;

yuk bortli turidan yuk-izotermik furgon turiga;

yuk bortli turidan yuk-oʻtirma tortuvchi turiga;

yuk bortli turidan maxsus evakuator turiga;

yuk bortli turidan avtobus turiga;

yuk bortli turidan mikroavtobus turiga;

yuk bortli turidan yengil turiga (kuzov/kabina almashtirish sharti bilan);

yuk izotermik turidan avtobus turiga;

yuk izotermik turidan mikroavtobus turiga;

yuk izotermik turidan yuk furgon turiga;

yuk izotermik turidan yuk bortli turiga;

yuk izotermik turidan yuk bortli tentli turiga;

yuk izotermik turidan yuk bortli tentli furgon turiga;

yuk izotermik turidan yengil turiga (kuzov/kabina almashtirish sharti bilan);

yuk izotermik turidan maxsus evakuator turiga;

yuk izotermik turidan yuk-oʻtirma tortuvchi turiga;

yuk izotermik turidan yuk-izotermik furgon turiga;

yuk izotermik turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

yuk izotermik turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi turiga;

yuk izotermik turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli turiga;

yuk izotermik turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli turiga;

yuk izotermik turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon turiga;

yuk izotermik turidan maxsus evakuator manipulyator turiga;

yuk izotermik turidan yuk-manipulyator turiga;

yuk izotermik turidan yuk refrejirator turiga;

yuk izotermik turidan konteyner tashuvchi turiga;

yuk izotermik turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

yuk izotermik turidan oʻzi agʻdaruvchi turiga;

yuk izotermik turidan maxsus avtokran turiga;

platformaga maxsus evakuator oʻrnatish;

platformaga yuk-izotermik furgon oʻrnatish;

platformaga maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) oʻrnatish;

platformaga yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli furgon oʻrnatish;

platformaga yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli tentli oʻrnatish;

platformaga yuk-yoʻlovchi tashuvchi bortli oʻrnatish;

platformaga beton-qorgich oʻrnatish;

platformaga maxsus avtokran oʻrnatish;

platformaga maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) oʻrnatish;

platformaga yuk bortli-tentli-furgon oʻrnatish;

platformaga maxsus evakuator manipulyator oʻrnatish;

platformaga yuk-manipulyator oʻrnatish;

platformaga yuk refrejirator;

platformaga yuk bortli oʻrnatish;

platformaga yuk bortli-tentli-furgon oʻrnatish;

platformaga yuk bortli tentli oʻrnatish;

platformaga beton-qorgich oʻrnatish;

platformaga yuk-furgon oʻrnatish;

platformaga maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) oʻrnatish;

platformaga oʻzi agʻdaruvchi oʻrnatish;

platformaga maxsus avtokran oʻrnatish;

platformaga yuk-izotermik furgon oʻrnatish;

refrejirator turidan maxsus turga;

refrejirator turidan oʻzi agʻdaruvchi turga;

refrejirator turidan yuk-furgon turiga;

refrejirator turidan yuk-bortli-tentli turga;

refrejirator turidan yuk-bortli turga;

refrejirator turidan M1-toifali yengil (miniven) turiga;

refrejirator turidan yuk-yoʻlovchi tashuvchi turiga;

refrejirator turidan konteyner tashuvchi turiga;

refrejirator turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;

refrejirator turidan oʻtirma tortuvchi turiga;

refrejirator turidan yuk evakuator turiga;

refrejirator turidan maxsus sisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;

refrejirator turidan yuk-evakuator manipulyator turiga;

refrejirator turidan mikroavtobus turiga;

refrejirator turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;

refrejirator turidan yoʻlovchi tashuvchi turiga;

refrejirator turidan maxsus avtokoʻtargich (avtovishka) turiga;

refrejirator turidan yuk-izotermik furgon turiga;

refrejirator turidan maxsus avtokran turiga;

refrejirator turidan yuk-manipulyator turiga;

refrejirator turidan yuk bortli-tentli furgon turiga;

refrejirator turidan beton-qorgich turiga;

tirkamani yarim tirkamaga oʻzgartirish;

konteyner tashuvchi yarim tirkamani yuk bortli tentli furgon yarim tirkamaga oʻzgartirish;

konteyner tashuvchi yarim tirkamani oʻzi agʻdaruvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish;

konteyner tashuvchi yarim tirkamani yuk tentli furgon yarim tirkamaga oʻzgartirish;

konteyner tashuvchi yarim tirkamani yuk bortli tentli yarim tirkamaga oʻzgartirish;

konteyner tashuvchi yarim tirkamani yuk furgon yarim tirkamaga oʻzgartirish;

yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish;

oʻzi agʻdaruvchi yarim tirkamani yuk bortli tentli furgon yarim tirkamaga oʻzgartirish;

oʻzi agʻdaruvchi yarim tirkamani yuk bortli yarim tirkamaga oʻzgartirish;

oʻzi agʻdaruvchi yarim tirkamani yuk bortli tentli yarim tirkamaga oʻzgartirish;

oʻzi agʻdaruvchi yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish;

yuk bortli yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish;

yuk bortli tentli yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish;

yuk bortli tentli furgon yarim tirkamani konteyner tashuvchi yarim tirkamaga oʻzgartirish.

II. Avtomototransport vositasining kuzovi hamda detallarini oʻzgartirish:

yukxonaning (bortning) gabarit oʻlchamlarini oʻzgartirish (koʻtarish, uzaytirish);

yukxona eshiklarining ikki yonga vertikal ochilishiga ruxsat berish;

chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar kuzovini almashtirish;

yengil avtomobillar kuzovini almashtirish;

gidrobort oʻrnatish;

avtotransport vositalarining tashqi koʻrinishiga (kuzov) oʻzgartirish(lar) kiritish (masalan, “Captiva-3” rusumli avtomobilni “Captiva-4” rusumiga);

avtotransport vositasining dvigatelini oʻzgartirish;

yarim tirkamani tirkamaga oʻzgartirish;

qoʻshimcha yoqilgʻi sigʻimi (bak) oʻrnatish;

qoʻshimcha oʻrindiq oʻrnatish yoki kamaytirish (olib tashlash);

avtotransport vositasiga ishlab chiqargan korxona tomonidan koʻzda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya oʻrnatish;

ehtiyot (zaxira) gʻildiragini belgilanmagan joyda (orqa eshikka) oʻrnatish;

maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar oʻrnatish;

avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini oʻrnatish;

yuk-yoʻlovchi tashuvchi avtobuslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz muhitni taʼminlovchi uskunalar bilan jihozlash;

I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini gaz va tormoz tizimini qoʻl boshqaruviga oʻtkazish hamda mexanik boshqaruv tizimini avtomatik boshqaruvga oʻtkazish.       

Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.

(26-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
27-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yoʻllarga chiqishi uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yoʻllarga chiqishi uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Harakatlanuvchi tarkibning umumiy foydalaniladigan temir yoʻllarga chiqishi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

haydovchining F.I.O., Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan berilgan harakatlanuvchi tarkibni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma raqami va sanasi;

harakatlanuvchi tarkib chiqadigan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar uchastkasi;

roʻyxatdan oʻtgan harakatlanuvchi tarkibning seriyasi va raqami, ulanishning maksimal ogʻirligi, vagonlar soni, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl qismida ruxsat etilgan maksimal harakatlanish tezligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) harakatlarni ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda koʻrsatilgan chegaralarda bajarish;

b) tadbirkorlik subyekti xodimlarining (harakatlanuvchi tarkib mashinistlari, harakatlanuvchi tarkib mashinist yordamchilari, haydovchilar, poyezd tuzuvchilari va bosh konduktorlar) temir yoʻl transporti sohasidagi qonunchilikni bilish boʻyicha malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi;

v) mashinist va haydovchilar tomonidan harakatlanuvchi tarkibni texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarisiz yoki muddati oʻtgan holda, shuningdek, RBU-9 shakldagi guvohnomalarsiz umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga chiqmaslik.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi)

12.

Izoh:

Ushbu pasport qoidalari Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan qoʻllanmaydi.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(27-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
28-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini, shuningdek, yuklash, tushirish hamda vagon va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

yakka tartibdagi tadbirkor uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

b) bosh sxemalar boʻyicha:

korxonalarning tashish hajmi, ularning temir yoʻl shoxobcha yoʻllari boʻylab harakati, umumiy temir yoʻllar tutashgan va kesishgan stansiyalarining oʻlcham boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish xatlari;

sanoat zonalarini ajratgan holda sanoat maydonining transport sxemasi;

loyihaviy yechimlarga ega boʻlgan sanoat zonalarining transport sxemalari (hajmi 1:5000-1:10000);

v) sanoat qurilmalarini tartibga solish sxemasi va sanoat uzellarining bosh loyihalari boʻyicha:

korxonalarning tashish hajmi, ularning temir yoʻl shoxobcha yoʻllari boʻylab harakati, umumiy temir yoʻllar tutashgan va kesishgan stansiyalarining oʻlcham boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish xatlari;

vaziyatga bogʻliq boʻlgan reja (hajmi 1:10000 — 1:25000);

transport sxemasi (masshtab 1:2000 — 1:5000);

keng koʻlamli sxema yoki tutashgan vokzallarning takomillashtirilgan yoʻl rejasi (hajmi 1:2000);

g) korxonaning joylashish sxemasi boʻyicha:

temir yoʻlda tashishlar hajmi asoslantirilgan, yuklarni yetkazish hamda koʻrib chiqilayotgan shaharning sanoat hududi yoki aholi punktiga joylashtirganlik boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish xati;

transport sxemasi (hajmi 1:5000 — 1:10000);

stansiyalarning ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar bilan birga sxemalari;

d) korxonani qurish uchun maydon tanlashda:

temir yoʻlda tashishlar hajmi asoslantirib koʻrsatilgan, yuklarni yetkazish hamda kirish temir yoʻl izlarini ulashning dastlabki shartlari va ulanish nuqtalarini ishlab chiqish boʻyicha takliflardan iborat tushuntirish xati;

kirish temir yoʻl izlarining sxematik diagrammasi va korxonaning vaziyatli reja-shkala boʻyicha joylashuvi;

stansiyalarning ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar bilan birga sxemalari;

e) tashqi kirish temir yoʻl loyihalari boʻyicha:

kompaniyaning temir yoʻl transportida tashish hajmlari va kirish temir yoʻllar va umumiy temir yoʻl tarmogʻining qoʻshni boʻlimlaridagi harakatlar oʻlchamlari haqidagi asosli (zarur boʻlganda) maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qisqacha eslatma;

asosiy qurilish-montaj ishlari hajmining chizmalari:

korxonaning ichki va tashqi oʻtish temir yoʻllarining keng koʻlamli rejasi;

tutashgan vokzallar yoʻllarini (hajmi 1:2000 — 1:1000) va sanoat vokzallarining (agarda keng koʻlamli rejada aks etmagan boʻlsa) rivojlantirish rejasi (xizmat-texnik binolar, inshootlar va qurilmalar, shu jumladan, lokomotiv va vagon xoʻjaligini yuritish boʻyicha qurilma va inshootlar). Koʻrsatib oʻtilgan rivojlantirish rejasi agarda keng koʻlamli rejada aks ettirilmagan boʻlsa, ilova qilinadi;

tashqi kirish temir yoʻl izlarining boʻylama profillari (murakkab relyefda);

tashqi kirish temir yoʻl izlarining murakkab uchastkalarida yoʻlning alohida kesimli profillari;

katta koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar (overpasslar)ning sxematik chizmalari;

signalizatsiya qurilmalariga ega tutash va sanoat stansiyalarining sxematik rejalari;

stansiyalararo liniyalar bilan aloqa sxemalari;

elektr taʼminoti va elektrlashtirish uchun asosiy texnik yechimlar (aloqa tarmogʻining elektr taʼminoti sxemasi, elektr taʼminoti va aloqa tarmogʻini sxemasi);

umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportini boshqarishga topshirilayotgan obyektlar uchun — binolar, inshootlar va qurilmalarning namunaviy va qayta foydalanish mumkin boʻlgan loyihalari roʻyxati (loyihalarning qisqacha tavsifi bilan);

uy-joy bilan taʼminlanadigan temir yoʻl ishchilarining qoʻshimcha shtatlari hisob-kitobi, alohida nomlarda ishlab chiqilgan sanoat temir yoʻl transporti obyektlarini qurish loyihalari (ishchi loyihalar) boʻyicha — ushbu transportga xizmat koʻrsatuvchi xodimlari va temir yoʻl ishchilarining qoʻshimcha shtatlari uchun uy-joy qurilishi hajmi;

davlat temir yoʻl transporti mablagʻlari hisobiga yoki uning ishtirokida qurilishi rejalashtirilgan sanoat temir yoʻl transporti obyektlari uchun xarajatlarning hisob-kitobi;

j) ichki kirish temir yoʻllari:

asosiy ortish-tushirish frontlarini koʻrsatuvchi qabul qilingan qarorlarni asoslovchi mazmunga ega qisqacha eslatma (yuklarning tavsifi, foydalanilgan harakatdagi tarkibning tiplari, ish vaqti, oʻrtacha sutkalik vagonlar oqimi, yuklar fronti uzunligi va sigʻimi);

umumiy foydalanishdagi temir yoʻl vagonlari harakatlanadigan, yoʻllarni qurish va asosiy ortish va tushirish frontlarini joylashtirishni nazarda tutgan, korxonaning ichki oʻtish temir yoʻllarini koʻrsatgan holdagi bosh rejasi;

z) yer uchastkasi temir yoʻl shoxobchalariga tutashgan taqdirda, yer egasining roziligi;

i) umumiy foydalanishdagi temir yoʻl egasi yoki shoxobcha temir yoʻl egasining shoxobcha yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun texnik shartlari.

Korxona (ishlab chiqarish, sexlar, omborlar va boshqalar) tarkibiga kiruvchi temir yoʻl transportining alohida inshootlarini, shuningdek, sanoat temir yoʻl transportining alohida inshootlari va qurilmalarini loyihalashtirishda kelishiladigan obyekt, inshoot va qurilmalarga bevosita tegishli boʻlgan loyiha hujjatlari taqdim qilinadi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

20 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) qurilish ishlarini ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatda koʻrsatilgan chegaralarda bajarish;

b) faoliyat turini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazmaslik yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfini yaratmaslik.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

Ushbu pasportdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat turi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning temir yoʻl yoʻlaklarini qurish va rekonstruksiya qilishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
29-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini oʻtkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazishni tasdiqlash va kelishish toʻgʻrisida xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini oʻtkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazishni tasdiqlash va kelishish toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini oʻtkazish, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Neft-gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiya) oʻtkazish boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

neft va gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) qabul qilish va topshirish dalolatnomasi.

2. Neft-gaz quduqlarini tugatish boʻyicha:

a) ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

yuqori turuvchi (agar mavjud boʻlsa) tashkilotning quduqni tugatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi;

sanoat xavfsizligini va yer osti boyliklarini muhofaza qilish talablari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan quduqni izolyatsiya qilish — tugatish ish rejasi;

izolyatsiya — tugatish ish rejasi bajarilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

quduqni tugatishning asoslanganligi;

quduqni oʻrganish dalolatnomasi;

quduq joylashgan joyning tuzilma xaritasi;

quduqqa tushirilgan quvurlarning mustahkamligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

oltingugurt yoki boshqa agressiv komponentlari mavjud boʻlgan neft va gaz quduqlari ingibitor bilan toʻldirilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

quduq atroflarida rekultivatsiya ishlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

b) qoʻshimcha tarzda quduqda avariya sodir boʻlganda:

quduqni burgʻilashda, sinashda yoki foydalanishda sodir boʻlgan avariyalarni tekshirish dalolatnomalari;

sodir boʻlgan avariyalar oqibatlarini va ularni sodir boʻlishini oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar;

3. Neft-gaz quduqlarini vaqtinchalik toʻxtatish (konservatsiya qilish) boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

neft va gaz quduqlarini vaqtinchalik toʻxtatish (konservatsiya qilish) dalolatnomalari;

4. Shaxtalar (konlar)ni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami;

atmosfera, yer osti konlari va truboprovodlardagi metanning miqdori haqidagi laboratoriya tadqiqotlari bayonnomasi;

avariyalarni bartaraf qilish loyihasi (ABQL);

loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

7 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

1. Neft-gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiya) oʻtkazish boʻyicha “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilish.*

2. Neft-gaz quduqlarini tugatish boʻyicha:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilish;*

b) quduqlarni va ularning etak va oʻzak qismlarini jihozlashni tugatish, konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning mavjudligi.*

3. Neft-gaz quduqlarini vaqtinchalik toʻxtatish (konservatsiya) boʻyicha:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilish*;

b) quduqlarni va ularning etak va oʻzak qismlarini jihozlashni tugatish, konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning mavjudligi.*

4. Shaxtalar (konlar)ni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish boʻyicha:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va sanoat xavfsizligi qonunchiligi talablariga rioya qilish;*

b) xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

v) yangi oʻtkazilgan toifadan kelib chiqib bir oy muddatda shaxta (kon)dan foydalanish boʻyicha loyiha hujjatlariga sanoat xavfsizligi talablari boʻyicha oʻzgartirish kiritish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) neft-gaz quduqlarini foydalanishga (ekspluatatsiya) oʻtkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

b) neft-gaz quduqlarini tugatish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan);

v) neft-gaz quduqlarini vaqtinchalik toʻxtatish (konservatsiya qilish) jarayonida — 5 yil;

g) shaxtalar (konlar)ni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish jarayonida — bir marotaba beriladi (cheklanmagan).

12.

Izoh:

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(29-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
30-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Kon ishlarini amalga oshirish va foydali qazilma konlarini mineral xomashyoni qayta ishlash bilan birga ishga tushirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) konchilik ishlarining yillik loyihasi;

v) grafik materiallar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish*;

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;*

g) Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish;*

d) xavfli ishlab chiqarish obyekti qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi va identifikatsiya qilinishini taʼminlash;*

e) xavfli ishlab chiqarish obyektining qonunchilikda belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishini taʼminlash;*

j) xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlash;*

z) xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish;*

i) texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri ishlab chiqilishini taʼminlash;*

k) xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;*

l) xavfli ishlab chiqarish obyektining injener-texnik xodimlari va ishchilarining davriy bilim sinovlari va ularni qayta tayyorlash choralarini koʻrish.*

m) Foydali qazilmalarni qazish chogʻida yer qaʼrini muhofaza qilishning yagona qoidalari talablariga rioya etish*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(30-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
31-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Togʻ-kon ishlarini yuritish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) togʻ-kon ishlarini yuritish uchun qoʻllaniladigan texnik qurilmalarning roʻyxati;

v) maʼlumoti, diplom boʻyicha mutaxassisligi va diplom raqami koʻrsatib oʻtilgan togʻ-kon ishlarini yuritishga rahbarlik qilayotgan muhandis-texnik xodimlarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

g) togʻ-kon ishlarini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatish xodimlarining toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;*

g) Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Pudratchi togʻ-kon ishlarini yuritmoqchi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yuridik shaxsning oʻzaro munosabatlari rasmiylashtirilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
32-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bogʻlari attraksionlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bogʻlari attraksionlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bogʻlari attraksionlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)***

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi — koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida shaxta koʻtarish va markaziy shamollashtirish ventilyator qurilmalari, asbob-uskunalar, texnik qurilmalar, neft va gaz quduqlarini burgʻilash qurilmalari va quduqlarni taʼmirlash, oʻzlashtirish hamda sinash uskunalarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash, shuningdek, quduqlarni ishlatish va boshqarish hamda yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash qismida;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — neft va gaz sanoatida gazkondensatni tayyorlash qurilmalari, sigʻimlar, kompressorlar, magistral gaz quvurlari, toʻkish-quyish uskunalari, shuningdek, kimyo, neft-kimyo va gazni qayta ishlash qurilmalari, metall eritish pechlari, bugʻ qozonlari, bosim ostida ishlovchi sigʻimlar, koʻtarish inshootlari, liftlar hamda attraksionlarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va foydalanish qismida

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida shaxta koʻtarish qurilmalari, markaziy shamollashtirish ventilyator qurilmalari, koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni, texnik qurilmalarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami;

ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslarni tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

mazkur ish turini amalga oshirayotgan ishchilarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilma, uskuna va asboblarning roʻyxati;

montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnomalar.

2. Neft va gaz sanoatida neft va gaz quduqlarini burgʻilash qurilmalari va quduqlarni taʼmirlash, oʻzlashtirish va sinash uskunalarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

xavfli moddalarni saqlash va tayyorlash uchun sigʻimlar, hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

kompressorlar (siquvchi, yetkazib beruvchi, haydovchi) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

magistral i konlararo gaz quvuri (neft quvuri va kondensat quvurlari, ularning ulovchi qismlari, tozalash uskunalarini yuborish va qabul qilish uskunalari, gaz taqsimlash stansiyalari, shuningdek, texnologik quvurlar) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

quduqlarni ishlatish va neft, gaz va gazkondensatini tayyorlash qurilmalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

toʻkish-quyish uskunalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi hamda telefon raqami;

ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslar tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

mazkur ish turini amalga oshirayotgan ishchilarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilma, uskuna va asboblarning roʻyxati;

montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash boʻyicha yoʻriqnomalar.

3. Kimyoviy, neft-kimyoviy, neft va gazni qayta ishlash, boshqa portlash-yongʻin xavfi boʻlgan va xavfli kimyoviy ishlab chiqarish hamda metallurgiya sohasida kolonna turidagi apparatlar, kompressorlar va nasoslar, ekstruder uskunalari, turbotanderlar, reaktivlar, separatorlar, issiqlik almashtirgichlar, sigʻimli apparatlar, havo sovitkichli apparatlar, trubkali pechkalar, sferik va bugʻli gazgolderlar, texnologik quvurlar, metall eritish pechlari texnik qurilmalarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi hamda telefon raqami;

ishlarni bexatar olib borish boʻyicha javobgar shaxslar tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

mazkur ish turini amalga oshirayotgan ishchilarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilma, uskuna va asboblarning roʻyxati;

montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash boʻyicha yoʻriqnomalar.

4. Qozon-boyler; qozon-utilizator, avtonom bugʻ qizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlarini oʻrnatish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha:

a) qozon-boyler, qozon-utilizator, avtonom bugʻqizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlarini oʻrnatish va taʼmirlashda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

b) qozon-boyler, qozon-utilizator, avtonom bugʻqizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlaridan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

uskuna pasporti;

uskuna muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi.*

5. Gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 115ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlar;

bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlar;

akkumulyator bloklari, shuningdek, hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlar;

suyuqlik va kriogen gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlar (avtotransport, qishloq xoʻjaligi vositalarida va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari);

0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish boʻyicha:

a) gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlarni oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

b) bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlarni oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

v) akkumulyator bloklarini oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

g) suyultirilgan uglevodorod gaz (SUG) sigʻimlarini yoki hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlarni (avtotransport va qishloq hoʻjaligi vositalarida oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi va telefon raqami;

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

d) suyuqlik gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlarni (avtotransport, qishloq xoʻjaligi vositalarida va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

e) kriogen gazlarini tashish va saqlashga moʻljallangan ballonlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimdagi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlarni (avtotransport, qishloq xoʻjaligi vositalarida va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

uskuna pasporti;

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

yo) 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlarni oʻrnatishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma.

j) gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlardan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

z) bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlardan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi va telefon raqami.

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

i) akkumulyator bloklaridan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

k) suyultirilgan uglevodorod gaz (SUG) sigʻimlari yoki hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlardan (avtotransport va qishloq hoʻjaligi texnikasida oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

l) suyuqlik gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlardan (avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

m) kriogen gazlarini tashish va saqlashga moʻljallangan ballonlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimdagi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlardan (avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari) foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi;*

n) 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110°Sdan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlardan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

uskuna pasporti;

uskunaning muvofiqlik sertifikati;

montaj sifati toʻgʻrisida guvohnoma;

loyiha tashkiloti tomonidan berilgan loyiha;

sanoat xavfsizligi ekspertiza xulosasi.*

6. Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari, liftlar, koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllarni oʻrnatish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha:

a) statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari, liftlar, koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllarni oʻrnatish va taʼmirlashda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami.

ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

oʻrnatish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha yoʻriqnoma;

b) statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kr?nlari, liftlar,** koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllardan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

uskuna pasporti;

uskunalarning muvofiqlik sertifikati (oldingi foydalanilgan texnik uskunalardan tashqari);

montaj sifati toʻgʻrisida dalolatnoma;

kran osti rels yoʻllari loyihasi (rels yoʻlaridan harakatlanuvchi yuk koʻtarish kranlari uchun);

sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi (minorali kranlarga tuzilgan kranlar bilan ishlash loyihasidan tashqari).*

7. Yangi portlash xavfi mavjud texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami;

yangi portlash xavfi mavjud texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish va taʼmirlash boʻyicha javobgar shaxslarning tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

mazkur ishlarni amalga oshiruvchi ishchilarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

montaj qilish va taʼmirlash ishlari uchun uskunalarning roʻyxati;

uskuna uchun muvofiqlik sertifikati;

yangi portlash xavfi mavjud texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yoʻriqnomalar va pasportlar;

8. Madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda oʻrnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlarni oʻrnatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha:

a) madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda attraksionlarni oʻrnatish va taʼmirlashda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

talabgor tomonidan ishlarni xavfsiz olib borish uchun masʼul shaxslar tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

talabgor tomonidan ushbu turdagi ishlarni bajaruvchi xodimlarning malakasi toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnomasi;

ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

ishlarni xavfsiz olib borish toʻgʻrisida yoʻriqnoma;

b) madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda attraksionlardan foydalanishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami;

attraksion pasporti;

attraksionni muvofiqlik sertifikati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

1. Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida shaxta koʻtarish qurilmalari, markaziy shamollatish ventilyator qurilmalari, koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni texnik qurilmalarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;*

xavfli ishlab chiqarish obyekti qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi va identifikatsiya qilinishini taʼminlash;*

xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlash;*

xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish;*

xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;*

xavfli ishlab chiqarish obyektining muhandis-texnik xodimlari va ishchilarining davriy bilim sinovlari va qayta tayyorlash choralarini koʻrish.*

2. Neft va gaz sanoatida neft va gaz quduqlarini burgʻilash qurilmalari va quduqlarni taʼmirlash, oʻzlashtirish va sinash uskunalarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

xavfli moddalarni saqlash va tayyorlash uchun sigʻimlar, hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

kompressorlar (siquvchi, yetkazib beruvchi, haydovchi) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

magistral va konlararo gaz quvuri (neft quvuri va kondensat quvurlari, ularning ulovchi qisml?ri, tozalash uskunalarini yuborish va qabul qilish uskunalari, gaz taqsimlash stansiyalari, shuningdek, texnologik quvurlar) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

quduqlarni ishlatish va neft, gaz va gazkondensatini tayyorlash qurilmalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

toʻkish-quyish uskunalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish.*

3. Kimyoviy, neft-kimyoviy, neft va gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari va boshqa portlash-yongʻin xavfi boʻlgan va xavfli kimyoviy ishlab chiqarishlar sohasida kolonna turidagi apparatlar, kompressorlar va nasoslar, ekstruder uskunalari, turbotanderlar, reaktivlar, separatorlar, issiqlik almashtirgichlar, sigʻimli apparatlar, havo sovitgichli apparatlar, trubkali pechkalar, sferik va bugʻli gazgolderlar, texnologik quvurlar texnik qurilmalarini montaji, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish.*

4. Qozon-boyler, qozon-utilizator, avtonom bugʻqizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlarini oʻrnatish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;

Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

5. Gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlar;

bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlar;

akkumulyator bloklari, shuningdek, hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlar;

suyuqlik va kriogen gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlar (avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari);

0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;

Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

6. Statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari, liftlar, koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllarni oʻrnatish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash va foydalanish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;

Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

7. Yangi portlash xavfi mavjud texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;*

8. Madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda oʻrnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlarni oʻrnatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha:

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida shaxta koʻtarish qurilmalari, markaziy shamollashtirish ventilyator qurilmalari, koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatida qoʻllaniladigan asbob-uskunalarni texnik qurilmalarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish boʻyicha — 3 yil;

b) neft va gaz sanoatida neft va gaz quduqlarini burgʻilash qurilmalari va quduqlarni taʼmirlash, oʻzlashtirish va sinash uskunalarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

xavfli moddalarni saqlash va tayyorlash uchun sigʻimlar hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

kompressorlar (siquvchi, yetkazib beruvchi, haydovchi) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

magistral va konlararo gaz quvuri (neft quvuri va kondensat quvurlari, ularning ulovchi qismlari, tozalash uskunalarini yuborish va qabul qilish uskunalari, gaz taqsimlash stansiyalari, shuningdek, texnologik quvurlar) hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

quduqlarni ishlatish va neft, gaz va gazkondensatini tayyorlash qurilmalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash;

toʻkish-quyish uskunalari hamda boshqarish va yopish klapanlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash boʻyicha — 2 yil;

v) kimyoviy, neft-kimyoviy, neft va gazni qayta ishlash ishlab chiqarish va boshqa portlash-yongʻin xavfi boʻlgan va xavfli kimyoviy ishlab chiqarish sohasida kolonna turidagi apparatlar, kompressorlar va nasoslar, ekstruder uskunalari, turbotanderlar, reaktivlar, separatorlar, issiqlik almashtirgichlar, sigʻimli apparatlar, havo sovutgichli apparatlar, trubkali pechkalar, sferik va bugʻli gazgolderlar, texnologik quvurlar texnik qurilmalarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 2 yil;

g) qozon-boyler, qozon-utilizator, avtonom bugʻqizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlarini oʻrnatish va taʼmirlash boʻyicha — 1 yil;

d) qozon-boyler, qozon-utilizator, avtonom bugʻqizdirgich va ekonomayzerlar, suv isitish qozonlari, avtonom ekonomayzerlar, yuqori haroratli organik va noorganik issiqlik tashuvchilar bilan ishlovchi bugʻ va suyuqlik qozonlaridan foydalanish boʻyicha — muddatsiz, yangi va qayta oʻrnatilganlar uchun;

e) gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlar;

bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlar;

akkumulyator bloklari, shuningdek, hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlar;

suyuqlik va kriogen gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlar (avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari);

0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110°C dan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlarni oʻrnatish — 1 yil;

yo) gidrostatik bosimi boʻlmagan, suvning harorati 110ºC dan yuqori boʻlgan yoki boshqa suyuqlikning 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2) bosimda qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan bosim ostida ishlovchi sigʻimlar;

bugʻ yoki gaz bosimi 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori boʻlgan bosimda ishlovchi sigʻimlar;

akkumulyator bloklari, shuningdek, hajmi 150 litrdan ortiq boʻlgan guruhiy suyultirilgan uglevodorod gaziga (SUG) moʻljallangan ballonlar;

suyuqlik va kriogen gazlarni, shuningdek, 0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda ishlovchi siqilgan gazlarni tashish va saqlash uchun moʻljallangan ballonlar (avtotransport, qishloq xoʻjaligi texnikasi va maishiy SUGlarda oʻrnatilgan ballonlardan tashqari);

0,05 MRa (0,5 kgf/sm2)dan yuqori bosimda va suvning qizish harorati 110°S dan yuqori boʻlgan haroratda ishlovchi quvurlardan foydalanish — muddatsiz, yangi va qayta oʻrnatilganlari uchun;

j) statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari, liftlar, koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllarni oʻrnatish va taʼmirlash boʻyicha — 1 yil;

z) statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish kranlari, liftlar, koʻtargichlar, avtominoralar, eskalatorlar, funikulerlar, odamlar va yuklarni tashuvchi poʻlat arqonli osma yoʻllardan foydalanish boʻyicha — muddatsiz, yangi va qayta oʻrnatilganlar uchun.

i) yangi portlash xavfi mavjud texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash va foydalanish boʻyicha — 3 yil;

k) madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda oʻrnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlarni oʻrnatish va taʼmirlash boʻyicha — 1 yil;

l) madaniyat va istirohat bogʻlarida, shuningdek, boshqa koʻngilochar maskanlarda oʻrnatiladigan va foydalaniladigan attraksionlardan foydalanish boʻyicha — mavsum oldidan.

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Har bir faoliyat turi uchun alohida toʻlov undiriladi.

Pasportning 5-bandida koʻrsatilgan faoliyat boʻyicha sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi quyidagi holatlarda olinishi lozim:

texnik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan ishlash muddatini oʻtab boʻlganda;

texnik qurilmaning texnik hujjatlarida uning ishlash muddati toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmaganda, uning haqiqiy ishlash muddati 20 yildan oshgan boʻlsa;

texnik qurilmaning konstruksiyasiga aloqador oʻzgartirish kiritilsa, texnik qurilmaning asosiy koʻtarish elementlari materiali oʻzgartirilsa, xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki baxtsiz hodisa roʻy berishi oqibatida texnik qurilma shikastlanganda uni taʼmirlash ishlari bajarilgandan soʻng;

sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasida keltirilgan muddatni oʻtab boʻlganda.

Pasportning 5.5-bandida koʻrsatilgan kichik faoliyat turi quyidagi obyektlarga tatbiq etilmaydi:

bosimiga bogʻliq boʻlmagan holda ilmiy-ekspremental maqsadlar uchun ishlatiladigan 0,025 m3 (25 l)dan ortiq boʻlmagan sigʻimlar;

sigʻimni aniqlashda idishning umumiy sigʻimidan futerovka, quvurlar va boshqa ichki moslamalar bilan egallangan hajmi olib tashlanadi. Alohida korpuslardan va oʻzaro 100 mm dan ortiq ichki diametrli quvurlar bilan birlashgan alohida korpuslardan iborat boʻlgan idishlar guruhi bitta idish kabi koʻriladi;

sigʻimi 0,025 m3 (25 l)dan ortiq boʻlmagan, MPa (kgs/sm2)da bosimning koʻpaytmasi m3 sigʻimdan 0,02 (200) oshmaydigan sigʻimlar va idishlar;

atom energetik qurilmalari idishlari, shuningdek, radiaktiv muhitda ishlaydigan idishlar;

texnologik jarayonga muvofiq ichidagi portlash natijasida yoki oʻz-oʻzidan tarqaladigan yuqori harorat sintezi rejimida yonishdan hosil boʻladigan bosim ostida ishlaydigan idishlar;

dengiz, daryo kemalari va boshqa suzadigan vositalarga (dragalardan tashqari) oʻrnatiladigan idishlardan tashqari;

samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlarga oʻrnatiladigan idishlardan tashqari;

avtotransport vositasiga oʻrnatiladigan gaz-ballon uskunalaridan tashqari;

temir yoʻl transporti, avtomobil va boshqa harakatlanuvchi vositalarning harakatlanuvchi tarkibi tormoz moslamasining havoli rezervuaridan tashqari;

harbiy idoralar uchun maxsus moʻljallangan idishlar;

bugʻ va suv isitish asboblari;

ichki diametri 150 mm dan ortiq b??magan kollektorsiz quvurlardan, shuningdek, ichki diametri 150 mm lik quvurlardan yasalgan kollektordan iborat boʻlgan idishlar;

mustaqil idish boʻlmagan mashinalarning qismlari (nasos yoki turbinalar korpuslari, bugʻ, gidravlik, havo mashinalari va kompressorlarning dvigatellari silindrlari).

Pasportning 5.6-bandida koʻrsatilgan kichik faoliyat turi quyidagi obyektlarga tatbiq etilmaydi:

avtomobil turidagi kranlar, kran manipulyatorlar, minoralar, koʻtargichlar, oʻziyurar va zanjirli kranlar;

maxsus qoidalar tatbiq etilgan dengiz, daryo kemalari va boshqa suzadigan vositalarga (dragalardan tashqari) oʻrnatiladigan yuk koʻtaruvchi mashinalar;

yer qazish uskunasi yoki greyferlar bilan ishlash uchun moʻljallangan ekskavatorlar;

maxsus yuk koʻtarish moshinalari, masalan, dalaga oʻrnatiladigan koʻmadigan moshinalar, quvurni joylashtiruvchi, elektr va avtoyuklagichlar, shtabellar;

montaj va konstruksiyalariga osiladigan (machta, shevro, balkalar va h.k.);

harbiy idoraviy yuk koʻtaruvchi mashinalar.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

** Quyidagi liftlarga tatbiq etilmaydi:

togʻ-kon sanoati konlarida oʻrnatilgan liftlar;

kemalar va boshqa suzuvchi inshootlarga oʻrnatilgan liftlar;

samolyotlarda va boshqa uchuvchi qurilmalarda oʻrnatilgan liftlar;

maxsus maqsadlar va maxsus konstruksiyalar uchun liftlar;

koʻp kvartirali uylarda oʻrnatilgan liftlar.

*** Ariza beruvchilar toifasidagi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor) qismi faqat attraksionlardan foydalanish uchun tatbiq etiladi. Bunda mazkur attraksionlardan foydalanish uchun ruxsatnoma oluvchilar toifasiga yuridik shaxslar ham kirishi inkor etilmaydi.

(32-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son. 5-pozitsiya 5-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, “a”, “b”, “d”, “e”, “yo”, “z”, “l”, “j”, “m, “n” kichik bandlarining birinchi xatboshilari, 9-pozitsiya 5-bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, 11-pozitsiya “e” kichik bandining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, “yo” kichik bandi birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarining kuchga kirish sanasi — 2026-yil 6-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
33-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda rele himoyasi qurilmalari, elektroavtomatika, telemexanika va isteʼmolchi elektrqurilmalardagi ikkilamchi zanjirlarni sozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi konchilik, neft va gazni qazib olish, burgʻulash va portlatish ishlari qismida;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi kimyo, neft-kimyo va gazni qayta ishlash qurilmalari, metall eritish pechlari, bugʻ qozonlari, bosim ostida ishlovchi sigʻimlar, koʻtarish inshootlarini ishga tushirish-sozlash qismida.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda rele himoyasi qurilmalari, elektroavtomatika, telemexanika va isteʼmolchi elektrqurilmalardagi ikkilamchi zanjirlarni sozlash ishlarni amalga oshirish boʻyicha javobgar shaxslar tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

v) elektrqurilmalarda sozlash ishlarini amalga oshirish uchun asbob va uskuna (qurilmalar)ning roʻyxati;

g) rele himoyasi qurilmalari, elektroavtomatika, telemexanika va isteʼmolchi elektrqurilmalardagi ikkilamchi zanjirlarni sozlash ishlarini amalga oshiruvchi shaxslarning majburiyatlarini belgilovchi yoʻriqnomalar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(33-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
34-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni koʻrik va sinovdan oʻtkazish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni koʻrik va sinovdan oʻtkazish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni koʻrik va sinovdan oʻtkazish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha masʼullarni tayinlash toʻgʻrisida buyruq;

v) ushbu ishlarni amalga oshiradigan ishchilarning malakasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

g) ushbu ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan asbob va uskunalar hamda jihozlar roʻyxati;

d) mazkur ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnoma.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish.

g) Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

(34-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
35-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bogʻlari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va istirohat bogʻlaridagi attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bogʻlari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi hamda telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) putur yetkazmaydigan nazorat laboratoriyasining taalluqli soha boʻyicha akkreditatsiya yoki muvofiqligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

v) putur yetkazmaydigan nazorat tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlarning sanoat xavfsizligi sohasida oʻqiganligi toʻgʻrisida guvohnoma;*

g) Nazorat ostidagi obyektlarni va bogʻlardagi attraksion qurilmalarini putur yetkazmaydigan nazorat tizimi uslubida tekshirish yoʻriqnomasi, har bir uslubga alohida;*

d) putur yetkazmaydigan nazoratini amalga oshiruvchi xodimlarning malaka sertifikati;*

e) putur yetkazmaydigan nazoratni amalga oshiruvchi asbob-uskunalar, oʻlchov asboblarining davlat qiyoslovidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnomasi;*

j) putur yetkazmaydigan nazorat tizimiga oid normativ hujjatlar va texnik hujjatlar roʻyxati;

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish.*

g) Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining putur yetkazmaydigan nazorat tizimini rentgen uskunasidan foydalangan holda tekshirish yuzasidan

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

2 yil

12.

Izoh.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Vakolatli organ ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan, elektron shaklda mustaqil oladi.

(35-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
36-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Xulosa nomi:

Xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun xulosa olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobil transportida ogʻir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Xulosa beruvchi organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

5.

Xulosani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Yadroviy va radioaktiv materiallardan tashqari xavfli yuklarni tashish boʻyicha:

a) avtomobil transportida neft, gazkondensati va neft mahsulotlarini tashishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt (lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami;

sigʻim pasporti;

sigʻim yoki konteynerlarning muvofiqlik sertifikatlari;

xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun masʼul shaxs(lar) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

masʼul shaxslar va haydovchilarning sanoat xavfsizligi boʻyicha bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan xavfsizlik klapanlari taftishdan oʻtkazilganligi va sozlash dalolatnoma mavjudligi;

sigʻimga oʻrnatilgan kran va zulfinlar taftishdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma mavjudligi;

xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositasini xavfsiz ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar;

nazorat-oʻlchov asboblari, avtomatlashtirilgan qurilmalar davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar;

b) avtomobil transportida suyultirilgan uglevodorod gazini tashishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami;

sigʻim pasporti;

sigʻimning muvofiqlik sertifikati;

xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs(lar) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

masʼul shaxslar va haydovchilarning sanoat xavfsizligi boʻyicha bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan xavfsizlik klapanlari taftishdan oʻtkazilganligi va sozlash dalolatnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan joʻmraklar va zulfinlar taftishdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositasini xavfsiz ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar;

nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika qurilmalarining davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar;

sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (xizmat muddatini oʻtgan sigʻimlar uchun);

v) avtomobil transportida karbanad angidrid (dvuoksi ugleroda), etil spirti, tarkibida spirt boʻlgan mahsulotlar, metanol, ammiakli texnik suv, ammiak, suyuq azot, azot, sulfat, solyan va chumoli kislotasi, argon, atseton, formalin, natriy sianid, kaustik soda, gipoxlorit natriya, suyuq xlor, atsetelen, ammoniy nitrat, natriya siannidi, natriya siannidi eritmasi, boshqa suyuq va gazsimon (suyultirilgan uglevodorod gazidan tashqari) kimyoviy moddalarni tashishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt (lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami;

sigʻim pasporti;

sigʻimning muvofiqlik sertifikati;

xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs(lar) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

masʼul shaxslar va haydovchilarning sanoat xavfsizligi boʻyicha bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan xavfsizlik klapanlari taftishdan oʻtkazilganligi va sozlash dalolatnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan joʻmraklar va zulfinlar taftishdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositasini xavfsiz ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar;

nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika qurilmalarining davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar;

sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (xizmat muddatini oʻtgan sigʻimlar uchun);

g) avtomobil transportida suyultirilgan va siqilgan kriogen gazini tashishda:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt (lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami;

sigʻim pasporti;

sigʻimning muvofiqlik sertifikati;

xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun javobgar shaxs(lar) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

masʼul shaxslar va haydovchilarning sanoat xavfsizligi boʻyicha bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan xavfsizlik klapanlari taftishdan oʻtkazilganligi va sozlash dalolatnoma;

sigʻimga oʻrnatilgan joʻmraklar va zulfinlar taftishdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;

xavfli yuklarni tashish uchun moʻljallangan transport vositasini xavfsiz ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar;

nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika qurilmalarining davlat qiyoslovidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnomalar;

sanoat xavfsizligi ekspertizasining xulosasi (xizmat muddatini oʻtgan sigʻimlar uchun).

2. Yadroviy va radioaktiv materiallarni tashish boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt (lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami;

sigʻim pasporti;

sigʻim yoki konteynerlarning muvofiqlik sertifikatlari;

xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarining xavfsiz ishlashi uchun masʼul shaxs(lar) tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq;

avtotransport vositasi haydovchisining xavfli yuklarni tashishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

konteyner (konteyner) sinov natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma.

6.

Xulosani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Xulosa berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni

9.

Ruxsatnoma talablari va shartlari:

a) yadroviy va radioaktiv materiallardan tashqari xavfli yuklarni tashish boʻyicha:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;

b) yadroviy va radioaktiv materiallarni tashish boʻyicha:

radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;*

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, xulosa berish xususiyatiga ega hujjatlarda koʻrsatilgan faoliyatning muayyan turini va (yoki) amalga oshirish uchun tegishli moddiy-texnika bazasi va malakali xodimlarning mavjudligi;*

10.

Xulosa berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari — yadroviy va radioaktiv materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv chiqindilar va qurilmalarni tashish shartlari va usullarining sanitariya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan xulosa.

11.

Xulosani amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Yadroviy va radioaktiv materiallardan tashqari xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun beriladigan ariza ariza beruvchi tomonidan har 10 ta sigʻim uchun alohida beriladi, bunda har bir ariza uchun toʻlanadigan yigʻim alohida amalga oshiriladi.

Yadroviy va radioaktiv materiallarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun beriladigan ariza ariza beruvchi tomonidan har bir sigʻim uchun alohida beriladi, bunda har bir ariza uchun toʻlanadigan yigʻim alohida amalga oshiriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(36-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
37-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz quvurlari va gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Gaz quvurlari va gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi boshqa obyektlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Gaz quvurlarini va gaz xoʻjaligining boshqa gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va ulardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli poʻlat yer usti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

b) gaz xoʻjaligida oʻrta va past bosimli poʻlat yer usti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

v) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli poʻlat yer osti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

gaz quvurini izolyatsiyalash boʻyicha maxsus tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (agar, talabgor tomonidan izolyatsiya ishlarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa);

payvandchiga tamgʻa biriktirish toʻgʻrisidagi buyruq;

g) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli polietilen gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

gaz quvurini izolyatsiyalash boʻyicha maxsus tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (agar, talabgor tomonidan izolyatsiya ishlarini amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa);

payvandchiga tamgʻa biriktirish toʻgʻrisidagi buyruq;

d) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarida montaj qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

e) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarida ishga tushirish-sozlash faoliyati boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi javobgar shaxsni, payvandchi va chilangarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiyani tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruq;

doimiy harakatdagi komissiya aʼzolarining hamda muhandis-texnik xodimlar, payvandchilar, chilangarlar va javobgar shaxslarning attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma;

payvandchining payvand choklarini topshirganligi toʻgʻrisidagi mexanik koʻrik bayonnomasi;

texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;

tashkilotda mavjud boʻlgan nazorat-oʻlchov asboblarining roʻyxati;

j) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha:

ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, obyekt(lar) joylashgan manzil, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

gaz xoʻjaligida javobgar shaxs va ishchi xodimlarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

gaz xoʻjaligida javobgar shaxs va ishchi xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilganligi boʻyicha guvohnoma va bayonnoma;

dudburon holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma;

xonaning shamollatish dalolatnomasi;

elektr yoritish tizimi dalolatnomasi;

joʻmrak va zulfinlarning taftish dalolatnomasi;

majburiy sertifikatga moyil boʻlgan gaz isteʼmol qiluvchi uskunalarning muvofiqlik sertifikati;

nazorat oʻlchov asboblarining davlat qiyoslovi dalolatnomasi;

gaz quvurining sinalganligi dalolatnomasi;

gaz taʼminoti loyihasi va ijro-texnik hujjatlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

7 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish;

Shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli poʻlat yer usti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 1 yil;

b) gaz xoʻjaligida oʻrta va past bosimli poʻlat yer usti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 1 yil;

v) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli poʻlat yer osti gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 1 yil;

g) gaz xoʻjaligida yuqori, oʻrta va past bosimli polietilen gaz quvurlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 1 yil;

d) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarida montaj qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — 1 yil;

e) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarida ishga tushirish-sozlash faoliyati boʻyicha — 1 yil;

j) gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlari boʻyicha — 2 oy.

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.
              
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(37-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
38-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), toʻlov topshiriqnomasi, telefon raqami koʻrsatilgan litsenziya berish toʻgʻrisida ariza;

b) uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish boʻyicha ishlarni bajarish uchun masʼul shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq;

v) uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish boʻyicha ishlarni xavfsiz bajarish boʻyicha yoʻriqnomalar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etish;*

b) sanoat xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish;*

v) Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini sinash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) talablariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

2 yil

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib oʻrganiladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(38-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
39-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), obyekt manzili, sanitariya-muhofaza zonasi turi, elektron pochta manzili, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami koʻrsatilgan ruxsatnoma oluvchining arizasi;

v) sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyekt yoki inshootning profilini oʻzgartirish loyihasi nusxasi;

g) sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan profilini oʻzgargan obyekt yoki inshootning qabul qilinganini tasdiqlovchi dalolatnoma nusxasi;

d) sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligini tasdiqlovchi quyidagi tegishli tashkilotlardan birining yoki bir nechtasining xulosasi:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;

Sogʻliqni saqlash vazirligi;

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

30 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Sanitariya-muhofaza zonasi turidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan xulosalarda koʻrsatilishi lozim.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa;

d) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xoʻjalik maqsadida foydalanish mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosa.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar vakillari zaruratga koʻra obyektlarni joyiga chiqib oʻrganadi.

(39-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
40-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Rentgen uskunasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

rentgen uskunasining rusumi, raqami va ishlab chiqarilgan yili;

faoliyat yuritish manzili.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish qoidalari, sanitariya normalari, radiatsiyaviy xavfsizlik qoidalari va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga majburiy rioya qilinishi;*

b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarda koʻrsatilgan faoliyatning muayyan turini va (yoki) amalga oshirish uchun vakolatli ravishda harakat qilish imkonini beradigan tegishli moddiy-texnika baza va malakali xodimlarning mavjudligi;

v) ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarda koʻrsatilgan chegaralar doirasida muayyan faoliyat turini amalga oshirish;*

g) vakolatli organlarni ariza beruvchi — yuridik shaxs uchun nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida xabardor qilish;

d) ariza beruvchi — jismoniy shaxs uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyining oʻzgarishi toʻgʻrisida yetti ish kuni mobaynida xabardor qilish;

e) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yigʻim miqdorini toʻlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalaridan olingan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun beriladigan ariza, ariza beruvchi tomonidan har bir rentgen uskunasi uchun alohida beriladi, bunda har bir ariza uchun toʻlanadigan yigʻim alohida amalga oshiriladi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim har bir rentgen uskunasi uchun alohida amalga oshiriladi.

Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(40-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
41-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasining oʻta muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs (qoʻriqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan qoʻriqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishning texnik vositalari turlari;

b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Maʼlumotda quyidagilar koʻrsatiladi:

kamida uch nafar xodimning F.I.O, JSHSHIR, pasportining seriyasi va raqami, yashash manzili;

maʼlumoti, mutaxassisligi;

yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik boʻyicha ish staji va malaka tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar;

v) oxirgi uch yilda qoʻriqlash signalizatsiyalarini va texnik qoʻriqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

20 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi;

b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv boʻyicha (yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni va qoʻriqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida uch nafar xodim mavjudligi;

v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bogʻliq holda dispanser hisobida turgan mavjud emasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Qoʻriqlashning texnik vositasi — qoʻriqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma.

2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari turlari va sonini koʻrsatgan holda oʻta muhim va toifalangan obyektlarda qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.

(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
42-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Obyektlar (xonalar)da giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

I. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning (keyingi oʻrinlarda — maxsus xonalar) muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, jihozlanishiga va saqlash sharoitlariga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan), mustahkam bino (inshoot)larda joylashtirilishi va bitta kirish joyiga (eshik oʻrniga) ega boʻlishi;

b) eshik oʻrni (eshik qutisi)ning romi qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall profildan (shveller, burchakcha va shu kabilar) tayyorlanishi. Ilgari qurilgan binolarda qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan, oʻlchamlari 30 x 40 mm boʻlgan metall burchaklar bilan mustahkamlangan hamda armatura diametri 14 mm dan va uzunligi 120 mm dan kam boʻlmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida oʻnta shtirlar yordamida devorga qotirilgan taxtali eshik romlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;

v) eshiklari soz va eshik kesakisiga zich mustahkamlanishi (puxta moslashtirilishi);

g) deraza oʻrinlarining boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmasligi. Ilgari qurilgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga xonaning ichki tomonidan metall panjaralar oʻrnatilgan boʻlishi, metall panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi;

d) birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga qoʻshimcha ravishda xonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yogʻoch deraza eshiklari oʻrnatilishi hamda ular osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi bilan jihozlanishi;

e) devorlari, shift toʻsinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek, eshik va deraza oʻrinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 14 mm dan kam boʻlmasligi, sim chiviqlari 150 x 150 mm dan katta boʻlmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanishi;

j) ichkarisiga chiquvchi ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga oʻtish imkonini istisno etadigan diametri 14 mm dan kam boʻlmagan hamda katakchalarning oʻlchami 100 x 100 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar oʻrnatilishi;

z) devorlarida, shift toʻsinlarida yoki polida muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta boʻlmasligi;

i) ichki maydoni va ularga olib keluvchi yoʻllarning yetarlicha yoritilishi;

k) fonarlar yoki boshqa yoritishning avariya (zaxira) manbalari bilan taʼminlanishi;

l) shamlar, mashʼalalar, kerosinli fonarlar, chiroqlar va boshqa ochiq olovli yoritish vositalari ishlatilishiga, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;

m) ichki maydoni quruq boʻlishi;

n) yaqin (10 metrdan uzoq boʻlmagan) joyda oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi inventarlar bilan taʼminlanishi;

o) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishi;

p) giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga moʻljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bugʻ yigʻmaydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi hamda havoni tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi, devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanishi;

r) prekursorlarni saqlashga moʻljallangan xonalarda shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilish.

2. Birinchi va ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) maxsus xonalarning asosiy (tashqi) devorlarining qalinligi 250 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 125 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi;

b) maxsus xonalarning ichki devorlari (pardevorlari)ning qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 80 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi;

v) maxsus xonalarning poli va shift toʻsinlarining qalinligi 180 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan boʻlishi;

g) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlari talablariga javob bermaydigan maxsus xonalarning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armaturalanishi), metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oraligʻi 500 x 500 mm boʻlgan hamda diametri 14 mm dan kam boʻlmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanishi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda, 100 x 50 x 6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallarini toʻrtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yoʻl qoʻyiladi;

d) ikkita eshik bilan jihozlanishi, bunda:

tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlanishi, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilishi hamda xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochilishi;

ichki (qoʻshimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanishi hamda xonaga kirish tomonga (ichkariga) ochilishi;

tashqi va ichki eshiklar sekretlari boʻyicha (har bir qulf uchun) har xil boʻlgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanishi, qulflar yoki qulflash uskunalarining rigellari koʻndalang kesishmasining maydoni boʻyicha 3 sm2 dan kam boʻlmasligi.

3. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlangan, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilgan, xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladigan bitta tashqi eshik bilan jihozlanishi.

II. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash tartibiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun seyflar va metall javonlar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi, ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq), oʻrtacha va katta gabaritli (oʻlchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam boʻlmagan) seyf va metall javonlar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega boʻlgan ogʻir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi;

b) giyohvandlik vositalarini saqlashga moʻljallangan metall javonlarning eshiklari metalli ust qoʻyma (nakladka)lar yoki burchaklar bilan mustahkamlanishi;

v) kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalardan kelib chiqib, saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki boshqa farmoyish hujjatiga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida oʻrnatilgan, ichki qulf bilan qulflanadigan va muhrlanadigan sovitish kameralarida (sovutkichlarda) saqlanishi;

g) tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari tibbiy maqsadlarda tashish mobaynida tibbiy qutilarda saqlanishi;

d) ish kuni yakunlangandan soʻng seyflar, metall javonlar, sovitkichli kameralar (sovitkichlar) va maxsus xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) hamda qoʻriqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamgʻalash uskunasi (plombir) esa — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda boʻlishi;

e) muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun boʻlishi, kanop ip maxsus xonalar, seyflar, metall javon va sovitkichli kameralar (sovitkichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday oʻtkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr izi (ottiski)ga zarar yetkazmasdan ochishning imkoni boʻlmasligi, shuningdek, muhrlar kanop ip ustidan muhrlar izi (ottiski) uchun chuqurchaga ega boʻlgan taxtachaga bosilishi;

j) maxsus xonalar, seyflar, metall javonlar va sovitkichli kameralar (sovitkichlar) kalitlarining ikki toʻplami boʻlishi, bunda kalitlarning bir toʻplami doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxs yonida, ikkinchisi esa muhrlangan qutichada yuridik shaxsning rahbarida saqlanishi. Kalitlarni stollar, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi;

z) maxsus xonada seyflar, metall javonlar va sovitkichli kameralar (sovitkichlar) ularning raqami va ular muhrlanadigan muhrlar koʻrsatilgan roʻyxati osilishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall javonlarda saqlanishi;

b) prekursorlar saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida saqlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarga, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi;

b) davolash-profilaktika muassasalarining navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall javonlarda saqlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarda, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi.

III. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar hamda maxsus xonalarning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar.

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan ishlab chiqilgan maxsus loyihalarga muvofiq amalga oshirilishi;

b) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlariga ularni loyihalashtirish, montaj qilish va sozlash ishlarini amalga oshirgan yuridik shaxs bilan kelishmagan holda oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik;

v) qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish uchun javobgar shaxs tayinlanishi;

g) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishga oid texnik hujjatlarga “Xizmat faoliyati doirasida foydalanish uchun” grifi qoʻyilishi hamda ushbu rejimga rioya etilishi;

d) xavfni bildiruvchi signal tushganda, qorovul (qorovullik xizmat) xatti-harakatlarini belgilovchi yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanishi;

e) maxsus xonalar ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi qoʻriqloviga topshirilishi, bunda ularning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi texnik qoʻriqlash markaziga ulanishi;

j) birinchi (tashqi) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasining datchiklari ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida quyidagicha jihozlanishi:

obyektlar hududining atrofi boʻylab yer ustida joylashgan binoning tashqi devoridan yoki bino doʻnglikda joylashganda, doʻnglikning tashqi asosidan yoxud bino pastqamlikda joylashganida chuqurlikning tashqi chetidan 5 m dan kam boʻlmagan masofa doirasida yaxlit himoya zonasi koʻrinishida oʻrnatilishi;

bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz boʻlishi va uning doirasida harakatlanayotgan odam aniqlanishini taʼminlashi;

tashqi himoya tizimi qoʻriqlanayotgan hududda odamlarning harakatlanishini sezadigan radiotoʻlqin uskunalari bilan jihozlanishi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi yoki yopiq uzluksiz perimetr boʻyicha tor, chegara boʻylab tortilgan himoya zonasini yaratish uchun tarmoq tipidagi xabar bergich uskunalardan foydalanilish. Yaxlit zona oʻrniga tashqi himoya tizimi chegarasida kengligi 1,5 — 2 metrli perimetr boʻylab qoʻriqlash zonasini jihozlashga ruxsat etiladi;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning eshiklariga, derazalariga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining tuynuk va teshiklariga oʻrnatilishi;

z) ikkinchi (ichki) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida maxsus xonalar ichiga oʻrnatilishi;

i) yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning koʻrsatkichlari xona ichiga, u yerdagi yongʻinga qarshi vaziyat keskin oʻzgarganda (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) yoki yongʻin yuzaga kelganda, xatarni bildiruvchi signalni berish uchun oʻrnatilishi;

k) yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya yongʻin chiqqanligi yoki bino ichidagi yongʻin xavfsizligi holati oʻzgarganligini aniqlash va signal berishga moʻljallangan tutunli, issiqlik, yorugʻlik va (yoki) kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanishi;

l) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning xatarni bildiruvchi signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yongʻin roʻy bergan joyni (yongʻinni) chiroq (nur) yordamida koʻrsatadigan tovushli, yorugʻlik yoki boshqa indikatorlar (signallar) uzatilishi;

m) xatarni bildiruvchi signal yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga uzatilishi;

n) xatarni bildiruvchi signal sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish va yolgʻon (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati hamda ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi oʻrtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi;

o) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi maxsus xonaning tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi;

p) xatarni bildiruvchi signalni uzatishda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi avtomatik tarzda ishlashi;

s) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi:

uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini taʼminlashi;

asosiy elektr tizimi oʻchirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr taʼminoti manbaiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan jihozlanishi;

t) videokuzatuv tizimi tasvirni kamida oʻttiz kun davomida saqlanishini;

u) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisi (kommutatsion uskuna)dan datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti toʻsiqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib oʻtkazilishi hamda unga shikast yetkazilganda ishlab ketadigan datchiklar bilan taʼminlangan boʻlishi. Qoʻriqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari boʻylab quvurlarda faqat maxsus xonalar ichida yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi;

f) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksining signal beruvchi va taʼminlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan boʻlishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ikki (tashqi va ichki) doirali qoʻriqlash, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanishi.

IV. Birinchi toifadagi obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni saqlash joylarining hududiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) toʻsiq devordan 3 m dan kam boʻlmagan kenglikda taqiqlangan hududga ega boʻlishi, uning chegaralarida toʻsiqlar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi, shuningdek, taqiqlangan hudud doirasidagi daraxtlar va butalar olib tashlangan boʻlishi, ushbu hudud quruq oʻtdan, butalardan, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalanishi;

b) toʻsiq devordan eng yaqindagi omborxonagacha masofa 3 m dan kam boʻlmasligi;

v) yuzasi tekis boʻlishi, yogʻingarchilik, qor-muz suvlari va sugʻoriladigan suvlar oqib ketishi uchun zarur qiyaliklarga ega boʻlishi;

g) binolar, qurilmalar va inshootlarga, yongʻinni oʻchirish gidrantlariga, hovuzlarga va boshqa suv taʼminoti manbalariga olib boruvchi ichki yoʻllar, oʻtish yoʻllari, shoxobcha yoʻllar, oʻtish joylari va piyodalar yoʻlakchalari, shuningdek, yongʻinga qarshi buyumlar, moslamalar hamda rezervuarlarning boʻsagʻalari qattiq qoplamaga ega boʻlishi, erkin harakatlanish uchun doimo boʻsh hamda toza saqlanishi va oʻz vaqtida taʼmirlanishi, muz bilan qoplanganda qum sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi;

d) ichki temir yoʻllarini kesib oʻtish yoʻllari va joylari yongʻin oʻchirish avtomobillari oʻtishi uchun boʻsh turishi, yoʻllardan, oʻtish yoʻllaridan, binolar, qurilmalar va inshootlar orasidagi uzilishlardan materiallarni, xom ashyoni, tayyor mahsulotlarni toʻplash joylari hamda avtotransport vositalari turargohi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik;

e) oʻtish yoʻllarining tor joylarida va yongʻinni oʻchirish tezkor rejasi boʻyicha yongʻin oʻchirish texnikasi joylashtirilishi belgilangan joylarda avtotransportning va boshqa mexanizmlarning toʻxtab turishini taqiqlovchi yoʻl belgilari va aniqlashtiruvchi yozuvlar bilan taʼminlanishi;

j) soz va zudlik bilan ishlatishga tayyor holda ushlab turiladigan yashindan himoyalash hamda yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi, ular olinishi qulay boʻlgan joylarda joylashtirilgan hamda sutkaning qorongʻi vaqtida yoritiladigan hududdagi maxsus yongʻinga qarshi qalqon (post)lariga oʻrnatilishi;

z) sutkaning qorongʻi vaqtida turgʻun elektr chiroqlari bilan yoritilishi;

i) qazilgan chuqurlar yoki chuqurli joylarning boʻlmasligi, lyuklar, quduqlar va ariqchalar toza boʻlishi va qopqoqlar bilan yopilishi, vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuklar, quduqlar va ariqchalar esa balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, sutkaning qorongʻi vaqtida koʻrinadigan chiroqli signalizatsiya oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan taʼminlanishi;

k) quduqlarga, shuningdek, muyulish burchaklarida kameralarga ega boʻlmagan yer osti muhandislik tizimlari ularning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlashtiruvchi belgilar bilan jihozlanishi;

l) alohida joylashgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari oʻrtasidagi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari va boshqa binolar, qurilmalar va inshootlar oʻrtasidagi masofa yongʻinga qarshi oraliqlaridan kam boʻlmasligi, ushbu oraliqlardan materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik;

m) hududda materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun maydonchalarning jihozlanishi davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishilishi;

n) hududi kunu tun xizmat olib boruvchi qurollangan qoʻriqlash xizmati bilan qoʻriqlanishi.

2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) hududi tikanli sim, pishiq gʻisht, tosh yoki metalldan tayyorlangan, balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan toʻsiq devor bilan oʻralishi;

b) pishiq gʻishtdan, toshdan yoki metalldan tayyorlangan toʻsiq devor ustiga 0,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda metall asoslarga toʻrt qator tikanli sim tortilishi;

v) toʻsiq devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatilishi.

3. Prekursorlar saqlash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar:

a) hudud quyidagi tartibda ikki doirali toʻsiq devor bilan oʻrab olinishi:

birinchi (tashqi) doiradagi toʻsiq devor 2,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda pishiq gʻisht, tosh yoki temir-betonli bloklardan koʻtarilishi, toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatilishi;

ikkinchi (ichki) doiradagi toʻsiq devor asosiy devorning ichki tomonidan balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan “rabitsa” turidagi simdan koʻtarilishi, toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatilishi;

birinchi va ikkinchi doiradagi toʻsiq devorlar qulflanadigan darvoza va eshiklar bilan jihozlanishi;

b) muayyan turdagi saqlash joylarida (omborxonalar, ochiq va usti yopiq maydonchalar, rezervuar joylar) saqlanishi lozim boʻlgan prekursorlarning aniq turlari hamda ularning cheklangan sigʻimlari normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanishi;

v) yongʻin xavfsizligi qoidalari va moddalarning oʻzaro mutanosibligi hamda oʻt oʻchirish vositalarining bir xildaligi belgilariga rioya etilgan holda saqlanishi;

g) har bir omborxonada koʻrinadigan joyda “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” 12.4.026 Davlat standarti boʻyicha omborxonada saqlanayotgan materiallarni toʻplashda xavfsizlik qoidalari, baxtsiz hodisalar roʻy berganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻriqnomalari osilishi;

d) prekursorlarni idishlarda saqlash omborxonalari yonmaydigan materiallardan qurilishi, quruq, yaxshi shamollatilishi yoki ventilyatsiyalanishi;

e) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida umumiy almashinuvchan ventilyatsiya, sochiluvchan moddalarni saqlash silos omborxonalarida esa — aspiratsiya oʻrnatilishi;

j) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar atmosfera yogʻinlaridan va quyosh nurlarining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan himoyalangan boʻlishi, yoʻlning qatnov qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, suyuqliklarning toʻsiqlarsiz yoyilishini cheklovchi moslamalar hamda atmosfera va yer usti suvlari uchun ariqlar bilan jihozlanishi;

z) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni maxsus maydonchalarda idishlar ichida saqlash har birida soni 100 donadan ortiq boʻlmagan guruhlar bilan amalga oshirilishi, guruhlar orasidagi masofa 1 metrdan kam boʻlmasligi hamda har bir guruhda maʼlum bir turdagi moddalar saqlanishi;

i) kislotalarni saqlash uchun omborxonalar boshqa materiallarni saqlovchi omborxonalardan alohida joylashtirilishi va ularni shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilishi, shuningdek, kislotalar yertoʻlalarda saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik;

k) xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun boʻlinmalarda havoni tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan omborlar jihozlanishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

12.

Izoh:

1. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joylar texnik mustahkamlik, jismoniy himoyalanganlik hamda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifadagi obyektlarga boʻlinadi:

a) birinchi toifadagi obyektlarga umumiy toʻsiq devor bilan oʻrab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi:

prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar);

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash;

tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish;

b) ikkinchi toifadagi obyektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalar kiradi:

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari);

yangi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish;

giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan, ularning analoglaridan va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ilmiy va taʼlim maqsadlari uchun foydalanish;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni yoʻq qilish;

v) uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari boʻlinmalarining, tibbiyot punktlarining, boshqa tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalari kiradi.

2. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi organlari va boʻlinmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun olish talab qilinmaydi.

3. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa yuridik shaxslarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi.

4. Ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun vakolatli organ arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda oʻz mablagʻlari hisobiga ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mavjud sharoitlarni tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan yuridik shaxs vakili ishtirokida joyiga chiqqan holda, ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud sharoitlarni tekshirishni va baholashni amalga oshiradi hamda natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnomani tuzadi.

Dalolatnomada giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joyning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi, jismoniy himoyasi tashkil etilganligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlanganligi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar bayon etiladi, zarurat boʻlganda aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishning aniq tavsiyalari va yetarli muddatlari koʻrsatiladi.

Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning rahbariga yoki tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan shaxsga imzo orqali topshiriladi.

(42-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
43-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Xalqaro avtomobil yoʻllari, shahar magistral koʻchalaridagi loyihalarni kelishish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati;

Xalqaro avtomobil yoʻllari, shahar magistral koʻchalaridan tashqari barcha yoʻllar va koʻchalardagi loyihalarni kelishish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta va elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat uchun olingan litsenziya raqami (avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha);

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya raqami (avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha);

loyiha toʻgʻrisida maʼlumot (loyiha nomi va mazmuni, joylashgan joyi, geolokatsiyasi, shuningdek, xaritadagi kenglik va uzunlik koʻrsatkichlari);

b) loyihaning elektron shakli, sputnik xarita ustiga yoʻl harakatini tartibga solish texnik vositalari bilan jihozlanishi chizilgan chizmasi (svetofor obyektini ish tartibi bilan koʻrsatilishi) masshtabi 1:500.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

b) “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

v) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori talablariga muvofiq kelishi;

g) avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, AYOQS, AGTKS hamda AGQSni qurish va rekonstruksiya qilish sohasini tartibga soladigan tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiq kelishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir martalik.

12.

Izoh:

Loyihadagi tushunarsiz masalalar boʻyicha loyiha tayyorlagan tashkilot tomonidan tushuntirish berish soʻraladi.

Zarur hollarda, loyiha joyiga chiqib oʻrganiladi.

(43-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
44-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, bundan sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika vositalari mustasno
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Pirotexnika vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza (pirotexnika vositalarini olib kirish sanasidan kamida 13 ish kuni oldin taqdim etiladi).

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarini (xavflilikning III — V darajalari) (keyingi oʻrinlarda — pirotexnika vositalari) olib kirish va ulardan foydalanish uchun asos boʻluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining sanasi, raqami va nomi;

pirotexnika vositalaridan foydalaniladigan ommaviy tadbir toifasi, nomi va tashkilotchisi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti nomi va manzili;

pirotexnika vositalaridan foydalanish sanasi, boshlanish va tugallanish vaqti;

pirotexnika vositalaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash manzili);

b) ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi;

v) otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi tushirilgan holda, obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha asosiy tadbirlar, shuningdek, pirotexnika vositalaridan foydalanishda ishtirokchilar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladigan asosiy texnik vositalar roʻyxati koʻrsatilgan pirotexnika vositalaridan foydalanish dasturi;

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan pirotexnika vositalarining xavflilik klassi, guruhi va miqdori, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, moddalarning klassifikatsiya shifri, yuk joʻnatuvchi nomi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish punkti (bojxona posti), olib kirilgan pirotexnika vositalari saqlanadigan joy nomi va manzili, yuk tashuvchi nomi, foydalaniladigan transport turi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi hamda yukning kuzatuvini amalga oshiruvchi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

d) yuridik shaxsning pirotexnika vositalaridan foydalanishga jalb etilgan xodimlarining Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qoʻllash” yoʻnalishi boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxalari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

13 ish kuni.

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

a) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V darajalari) foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga (faoliyatning kichik turiga) ega boʻlish;

b) pirotexnika vositalarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish maqsadlarida olib kirish va ulardan foydalanish;*

v) pirotexnika vositalaridan ommaviy tadbir dasturiga muvofiq foydalanish;

g) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil etilgan otish maydonchasi va xavfli hududda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish*;

d) olib kirilgan va foydalanilgan pirotexnika vositalarining mavjudligi va sarfi hisobini yuritish;

e) shtatda kamida 2 nafar pirotexnika vositalaridan foydalanish sohasi mutaxassislarning mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir marta olib kirish va foydalanish uchun beriladi.

12.

Izoh:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma olish quyidagilar amalga oshirish uchun talab etilmaydi:

a) sanoat maqsaddagi pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

b) maishiy maqsadidagi (xavflilikning I — III darajalari) pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

v) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirish va ulardan foydalanish.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(44-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
45-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza.
Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun — STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;
jismoniy shaxs uchun — JSHSHIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;
olib chiqilayotgan davlat nomi.
2. Sugʻurta tavakkalchiliklarining barcha holatlari taʼminlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini mulkiy sugʻurtalash shartnomasining sugʻurta polisi.
3. Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan qoʻshimcha ravishda arxiv hujjatlari yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqish maqsadlari, muddatlari va shartlari toʻgʻrisida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma.
4. Arxiv hujjatlarining roʻyxati, shuningdek, arxiv hujjatlarining oʻzi yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalari (yetkazib beriladi).
Quyidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi:
yuridik shaxsning nomi, pochta manzili, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻiga doir maʼlumotlar;
jismoniy shaxsning F.I.O, pochta manziliga doir maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan boʻlishi*;

b) vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqligi, arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi toʻgʻrisida nizolar mavjud emasligi;

v) arxiv hujjatlarining qaytib olib kelinishiga shubha tugʻdiradigan holatlar va dalillarning mavjud boʻlmasligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma — 3 oy.

12.

Izoh:

1. Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “Oʻzarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkaziladi va ularning xulosasiga koʻra ruxsatnoma beriladi.

2. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilgan oʻrami qaytarilayotganda, mazkur oʻram “Oʻzarxiv” agentligi va Bojxona qoʻmitasining xodimlari ishtirokida ochiladi hamda arxiv hujjatlarining tarkibi va miqdori, shuningdek, ular olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan vaqtdagi holatiga nisbatan sifati xususiyatlarining mos kelishi yuzasidan qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan oʻtkaziladi.

3. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgach, arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilishiga ruxsat etilgan roʻyxatning har bir varagʻi orqasiga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi.

Roʻyxatning birinchi jamlanmasi “Oʻzarxiv” agentligida saqlanadi, ikkinchisi ruxsatnoma bilan birgalikda bojxona organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchiga topshiriladi.

4. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Taqdim etilgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallarni talab qilish, agar qonunchilik hujjatlarida bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.

5. Arxiv hujjatlarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi nusxalarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilayotganda, ularni vaqtincha olib chiqish mumkinligi yoxud mumkin emasligidan qatʼiy nazar, ariza beruvchidan maxsus yigʻim toʻliq miqdorda undiriladi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(45-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
46-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar uchun fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish, qurolni va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.

2. Qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash joyi joylashgan hudud boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining va “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati “Uzbekistan airways technics” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida joylashgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalariga, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatining “I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” masʼuliyati cheklangan jamiyatning oʻz tarkibida ornitologiya xizmatiga ega boʻlgan ruxsat berish va obyekt ichki rejimini nazorat qilish otryadlariga nisbatan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir;

g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir;

d) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir;

e) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.
Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi;

ariza beruvchining bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli, kalibri va miqdori) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri va miqdori) toʻgʻrisida jamlanma maʼlumotlar;

harakatlar va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy (obyekt) (qurolxona, oʻq otish obyekti, muzeybop tarzda kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyekti);

harakatlar va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda).

Soʻralayotgan ruxsatnoma turiga qarab, arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:

a) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda — qurol va uning oʻq-dorilarini olish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

b) fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish chogʻida ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi, shuningdek, realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va uning manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonalarda saqlash, shuningdek, ularni kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishda quyidagi maʼlumotlar:

qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

qurol toʻgʻrisida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) maʼlumotlar;

qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish uchun mavjud moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qoʻriqlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

har kuni koʻrgazma ishi tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — qurol va uning oʻq-dorilarini ochiq vitrinalar va stendlarda koʻrgazmaga qoʻyishda);
koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilariga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarining koʻrgazma obyekti hududiga tashilishini, qabul qilib olinishini va joylashtirilishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilgan quroli va uning oʻq-dorilarini koʻrgazma qoʻyishda);

g) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyektlari hududida saqlashda quyidagi maʼlumotlar:

qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

qurol toʻgʻrisida individual (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqami) hamda uning oʻq-dorilari toʻgʻrisida jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori) maʼlumotlar;

qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun mavjud moddiy-texnik baza (maxsus jihozlangan binolar, inshootlar, xonalar, qoʻriqlashning muhandislik-texnik, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari, seyflar va metall shkaflar), qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash obyekti hududini ish va ishdan tashqari vaqtda qoʻriqlash tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

nishonni joylash va uzatish uskunalari, oʻq otish uchun toʻsiqlar va boshqa oʻq otish anjomlari turi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

oʻq otish boʻyicha mutaxassislar (trenerlar, instruktorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, mutaxassislik boʻyicha ish staji, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

d) qurol va uning oʻq-dorilarini tashishda quyidagi maʼlumotlar:

yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va tashishga taqdim etuvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan avtotransport turi toʻgʻrisida (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari);

qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ nomi toʻgʻrisida (oʻn donadan koʻp oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq oʻq-dorilari Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish holatlari bundan mustasno);

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda qurolli qoʻriqlovning kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda);

e) fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda quyidagi maʼlumotlar:

yukning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN), BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxati belgilari), olib kirish (olib chiqish, tranzit qilish)ning taxminiy vaqti, shuningdek, tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

qurol va uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida olib kirish va olib chiqishda ularning but saqlanishini, kuzatib borilishini va qoʻriqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxs masʼul xodimlarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organi toʻgʻrisida (olib kirilgan, olib chiqilgan va tranzit qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashish hollari bundan mustasno);

qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida.

Ruxsatnoma turiga qarab, arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ilova etiladi:

1. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun:

a) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishga doir kontrakt (shartnoma);

b) qurol va uning oʻq-dorilarini olishda ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan, qurol va uning oʻq-dorilari bilan taʼminlash normalariga muvofiq yuridik shaxsning yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan (mavjud boʻlsa) tasdiqlangan qurol (xili, modeli va kalibri boʻyicha) va uning oʻq-dorilariga (turi va kalibri boʻyicha) boʻlgan talab miqdorining hisobi (fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini olishda).

Fuqaroviy va xizmat qurolining sarflangan, yoʻqotilgan yoki yoʻq qilish uchun topshirilgan oʻq-dorilari oʻrniga oʻq-dorilar olish uchun oʻq-dorilar hisobdan chiqarilganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻq-dorilarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari, oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish chogʻida sarflangan oʻq-dorilarga doir tarqatish-topshirish qaydnomalari, oʻq-dorilarni yoʻq qilish uchun qabul qilib olish (topshirish) dalolatnomalari) qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.

2. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun:

a) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan qurol va uning oʻq-dorilarini komission tarzda realizatsiya qilish boʻyicha kontrakt (shartnoma) nusxasi;

b) qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda ularning but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi.

3. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;

v) qurolxona ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa);

d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

j) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;

z) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun).

4. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;

v) qurolxona ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa);

d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

j) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;

z) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun);

i) oʻq otish obyekti hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi xavfsiz hudud radiusi doirasida tutashgan hududning quyidagilar belgisi qoʻyilgan va tir, oʻq otish stendi, oʻq otish maydoni hududining quyidagilar belgisi qoʻyilgan holdagi sxematik rejasi (masofalarni metrda koʻrsatgan holda):

xavfsiz hudud perimetri boʻylab joylashgan tashqi toʻsiqning turi va balandligi, toʻsiqda mavjud boʻlgan darvoza, eshik va darchalar;

qoʻriqlash postlari soni va joylashuvi, ular orasidagi aloqa vositalari;

qurolxona, oʻq otish galereyasi, oʻq otish maydonchalari va oʻq otish joyidagi toʻsiqlarning joylashuvi;

oʻq otish yoʻnalishini koʻrsatgan holda, nishonni joylash va uzatish uskunalari uchun minoralar va budkalarning, yopiq turdagi xandaqlarning, boshqa oʻq otish anjomlarining joylashuvi, turi va nomi;

oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va ship qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalarining joylashuvi (yarim ochiq turdagi oʻqotar tirlari uchun);

oʻq otishning yoʻnalishi (nishon hududi)da va yon tomonida oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngliklari joylashuvi (ochiq turdagi oʻqotar tirlari va tarkibida ochiq turdagi oʻqotar tirlari boʻlgan oʻq otish maydonlari uchun).

Ariza beruvchining xohishiga qarab, sxematik rejaga tushuntirish xati ilova qilinishi mumkin;

k) foydalaniladigan oʻq otish jihozlari va anjomlarining qisqacha roʻyxati va taʼrifi;

l) oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish, qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, berish-qabul qilib olish, hisobga olish, olib yurish va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan ichki yoʻriqnoma;

m) malaka darajasiga taalluqli hujjatlarni (malaka oshirish kurslari yoki maxsus tayyorgarlikdan oʻtganligi, malaka darajasini berish toʻgʻrisida diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar nusxalari) ilova qilgan holda, oʻq otish jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilish, qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish vazifalari yuklangan oʻq otish boʻyicha mutaxassislarni (trener, instruktorlar) tayinlash toʻgʻrisida buyruq yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (buyruqda ularning malaka darajasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim).

5. Xizmat qurolini olib yurish uchun:

yuridik shaxsning xodim xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish ruxsat berilgan lavozimga qabul qilinganligi (tayinlanganligi) toʻgʻrisidagi buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat(lar)ning nusxasi;

xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxat shaklida);

xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi, Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi, Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi va Toshkent mintaqaviy oʻquv markazining bazasida xizmat quroli va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan vazirlik va idoralarning qoʻriqlash (harbiylashtirilgan, qorovullik) boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi.

6. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida tashish uchun:

a) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno);

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

v) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda).

7. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashish uchun — tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

8. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;

v) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa);

g) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

d) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

e) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;

j) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun);

z) kolleksiyalash qurolini saqlashga moʻljallangan xonalarning, jumladan, muzeybop tarzda kolleksiyalashda, ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi.

9. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan bino, inshoot, xonalar ariza beruvchiga egalik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;

b) qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, jismoniy himoyaning boshqa texnik vositalari hamda videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar nusxalari;

v) qurolxona ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

g) oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻriklar yoki boshqa ilmiy va texnik baholash yakuni asosida xulosa (mavjud boʻlsa);

d) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobga olinishini va ulardan foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

e) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida bevosita harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning rahbarlari va xodimlarining (xizmat vazifalariga muvofiq qurol va uning oʻq-dorilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydiganlar), qoʻriqlash xizmati (mavjud boʻlganda) xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, doimiy yashash joyi, egallab turgan lavozimi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;

j) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid tasdiqlangan ichki reja;

z) qurol hamda uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurol (turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi va raqamini koʻrsatgan holda) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri, miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun);

i) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijara olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalar qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari;

k) koʻrgazmaga qoʻyish rejasi va ekspozitsiyalarning (koʻrgazma obyektlarining) joylashuv sxemalari (kelishish uchun);

l) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilari olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).

10. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtomobil transportida olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganda, ularni olib kirish jadvali;

b) olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari;

v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;

g) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno);

d) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

e) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda).

11. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga temir yoʻl transportida olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan olib kiriladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib kirilganda, ularni olib kirish jadvali;

b) olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxalari;

v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

12. Koʻrgazmaga qoʻyish va sport quroli hamda uning oʻq-dorilari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib chiqib ketish (sport musobaqalarida ishtirok etishda — sport quroli va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) sharti bilan vaqtincha olib kirish uchun:

a) sport tadbiri (koʻrgazma) tashkilotchisining Oʻzbekiston Respublikasi hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) chet ellik ishtirokchilar ishtirok etishlari uchun taklifnoma nusxasi;

b) chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini tashish, qabul qilib olish hamda obyekt hududiga joylashtirishni taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodim (xodimlar)ni tayinlash toʻgʻrisida, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va yili, doimiy yashash joyi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi va raqami hamda uni bergan organ koʻrsatilgan holdagi yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi (chet ellik ishtirokchilarga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirishda);

v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini tashishda Milliy gvardiya organi, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashilayotganda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari (temir yoʻl transportida tashilayotganda) tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

13. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan avtomobil transportida olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali;

b) olib chiqilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari;

v) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;

g) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, shuningdek, ularni kuzatib borish va qoʻriqlovni taʼminlash majburiyati yuklangan masʼul xodimlarni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatining nusxasi (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari kuzatuvi ostida tashilayotgan hollar bundan mustasno);

d) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

e) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan avtotransport vositasida amalga oshirishda).

14. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan temir yoʻl transportida olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqiladigan sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari bundan mustasno):

a) qurol va uning oʻq-dorilarini yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, bir nechta turkumlarda olib chiqilganda, ularni olib chiqish jadvali;

b) olib chiqilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari;

v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

15. Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan avtomobil transportida vaqtincha olib chiqish uchun:

a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;

b) sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi toʻgʻrisida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbirlari (koʻrgazma) davomida qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilarini tashish Milliy gvardiya organlari, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi;

g) avtomobil transportida qurol va uning oʻq-dorilarini tashish boʻyicha xizmat koʻrsatishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi (tashishni ariza beruvchiga tegishli boʻlmagan transport vositasida amalga oshirishda).

16. Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan temir yoʻl transportida vaqtincha olib chiqish uchun:

a) xorijiy davlat hududida tadbir tashkilotchisi taklifnomasining belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;

b) sport tadbir (koʻrgazma)larida ishtirok etish uchun delegatsiyaning yuborilishi toʻgʻrisida, delegatsiya rahbarini hamda sport tadbir (koʻrgazma)lari davomida qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini va ulardan foydalanishini taʼminlash vazifalari yuklangan masʼul xodimni tayinlash toʻgʻrisida yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjat nusxasi;

v) tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilari turkumini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan kuzatib borishni taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

17. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun:

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalar nusxalarining belgilangan tartibda davlat tiliga tarjima qilingan va tasdiqlangan nusxasi;

b) avtomobil transportining xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi (avtotransportda tranzit qilishda);

v) qurol va uning oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari (avtotransportda tranzit qilishda) yoki “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (temir yoʻl transportida tranzit qilishda) kuzatuvida amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi (oʻn dona yoki undan kam miqdordagi oʻqotar sport quroli yoki uning besh yuz dona va undan kam miqdordagi oʻq-dorilari, pnevmatik sport quroli va uning oʻq dorilari, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurollarini sport tadbirlarida ishtirok etish uchun tranzit qilish holatlari bundan mustasno).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

T/r

Ruxsatnoma nomi

Yigʻim miqdori (BHMdan foizda)

I. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun

1.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

2

b)

silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

1,5

v)

kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

2

g)

kalta stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

2

d)

cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

2

e)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)

5

j)

uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun

3

z)

pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun

3

i)

sovuq tigʻli sport qurolining (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun

3

k)

uloqtirish sport qurolining (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) har bir donasi uchun

3

l)

elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar yoki shikast yetkazuvchi taʼsirga ega elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning har bir donasi uchun

0,2

m)

gazli oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun

0,2

n)

gazli kalta stvolli qurolning har bir donasi uchun

2

o)

oʻqotar qurolning har 1000 dona oʻq-dorilari (patronlari) uchun

0,2

2.

Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

15

b)

cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

4

v)

pnevmatik qurolning har bir donasi uchun

8

g)

signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun

6

d)

gazli qurolning har bir donasi uchun

8

e)

sovuq tigʻli qurolning har bir donasi uchun

10

j)

uloqtirish qurolining har bir donasi uchun

10

z)

boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun

10

i)

oʻq-dorilarning har bir dona uchun

1

II. Boshqa yuridik shaxslar uchun

3.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

15

b)

silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

10

v)

kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

15

g)

kalta stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

15

d)

cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

15

e)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)

20

j)

uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun

12

z)

pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun

12

i)

sovuq tigʻli sport qurolining (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun

12

k)

uloqtirish sport quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)ning har bir donasi uchun

12

l)

elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar yoki shikast yetkazuvchi taʼsirga ega elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning har bir donasi uchun

5

m)

gazli oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun

3

n)

gazli kalta stvolli qurolning har bir donasi uchun

8

o)

boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun

2

p)

oʻqotar qurolning har 1000 dona oʻq-dori (patron)lari uchun

1

4.

Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

25

b)

cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

10

v)

pnevmatik qurolning har bir donasi uchun

15

g)

signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun

10

d)

gazli qurolning har bir donasi uchun

15

e)

tigʻli sovuq qurolning har bir donasi uchun

15

j)

uloqtirish qurolining har bir donasi uchun

15

z)

boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun

15

i)

oʻq-dorilarning har bir donasi uchun

2

5.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma

20

6.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlashga doir ruxsatnoma

100

7.

Yuridik shaxs xodimining qurolni olib yurishga doir ruxsatnoma

10

8.

Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma

200

9.

Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma

200

10.

Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma

60

11.

Sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma

60

III. Barcha yuridik shaxslar uchun

12.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma

20

13.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma

50

14.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma

50

15.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma

100

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

1. 30 ish kuni:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun;

v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun;

g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun.

2. 10 ish kuni:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

1. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir umumiy talablar va shartlar:

a) fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonun va normativ hujjatlarga, yongʻinga qarshi, ekologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini taʼminlash;

b) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgandan soʻng ularni qurolxonaga joylashtirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni koʻrish;

v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik:

“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 9-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari;

shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari;

g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida, shuningdek, ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilariga nisbatan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;

d) qurolning individual (turi, xili, modeli, zavod seriyasi va raqami, chiqarilgan yili), uning oʻq-dorilarining esa jamlanma (turi, kalibri, partiyasi va miqdori boʻyicha) hisobini yuritish, ularning mavjudligini, kirim-chiqimi hamda foydalanish uchun berish-qabul qilib olishni nazorat qilib borish, shuningdek, hisobga olish hujjatlarini oʻn yil mobaynida saqlash;

e) qurol va uning oʻq-dorilari sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan xodimlar orasida quyidagi shaxslar boʻlmasligini taʼminlash:

oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar;

doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganlar;

“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi — sakkizinchi, oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilarida belgilangan asoslar mavjud boʻlganlar;

j) yuridik shaxsning buyrugʻi yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlari bilan zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklangan xodimlarni belgilash:

ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish) faoliyat turini amalga oshirishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi, belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini va hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha;

ruxsatnomada koʻrsatilgan tegishli (olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish) harakatni bajarishda qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash boʻyicha;

z) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini taʼminlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan yoxud xizmat qurolini olib yurish va undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlarni qurolni saqlashga va (yoki) olib yurishga doir ruxsatnomalarni olishda hamda ularning amal qilish muddatini uzaytirishda doimiy yashash joyi boʻyicha yoxud yuridik shaxs va tibbiyot muassasasi oʻrtasidagi shartnomaga muvofiq belgilangan davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni tashkil etish;

i) hisobot yilidan keyingi yilning birinchi oyi oʻninchi sanasidan kechiktirmay qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bogʻliq ishlarga jalb etilgan, shuningdek qoʻriqlash (xavfsizlik) xizmati (mavjud boʻlsa) xodimlarining roʻyxatini vakolatli organga taqdim etish;

k) qurol va uning oʻq-dorilarini olish, saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish, tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning muddati tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;

l) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnomaning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish;

m) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan obyektlar hududiga hamda joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.

2. Fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini olish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini faqat fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali olish;

qurol va uning oʻq-dorilari olingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish.

3. Fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy, xizmat va kolleksiyalash quroli hamda uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;

qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingandan soʻng oʻn kun muddatda ularni saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish.

4. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini qurolxonada saqlash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi;

qurolxonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;

qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joyda (manzilda) saqlash;

qurol va uning oʻq-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda oʻqsizlantirilgan holda saqlash;

qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno;

qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish.

5. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi;

qurolxonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlash va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;

qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joyda (manzilda) saqlash;

qurol va uning oʻq-dorilarini qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda oʻqsizlantirilgan holda saqlash;

qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno;

qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;

oʻq otish obyektini unda foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarining turi, xili va kalibrining oʻq otish uzoqligini inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini va ular mol-mulkining himoyasini taʼminlovchi hamda obyekt hududidan tashqaridagi obyektlarga ziyon yetkazishini istisno etuvchi (xavfsiz hududda) aholi yashash joylaridan, yashash, maʼmuriy, ishlab chiqarish binolari, inshootlari va imoratlaridan tegishli masofasida joylashtirish;

foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari turi, xili va kalibrining taktik-texnik tavsiflarini inobatga olgan holda oʻq otish obyektini quyidagilar bilan jihozlash:

oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shiftlar (yopiq turdagi tirlar uchun);

oʻq oʻtkazmaydigan devorlar va shift qismida koʻndalang tarzda jihozlangan oʻqni ushlab qolish moslamalari (yarim ochiq turdagi tirlar uchun);

oʻq otish yoʻnalishida (nishon hududida) va yon tomonida ularning ortidagi shaxslarga oʻq tegishining oldini oluvchi oʻqni qabul qilish (himoya qilish) tuproq doʻngiligi (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun);

xavfsiz hudud boʻylab tashqi toʻsiqlar (ochiq turdagi tirlar va oʻq otish stendlari uchun);

xalqaro va milliy sport federatsiyalari (tashkilotlari) standartlariga muvofiq texnik tavsiflarga ega nishonni joylash va uzatish uskunalari, oʻq otish joyidagi toʻsiqlar va boshqa oʻq otish anjomlaridan foydalanish;

foydalaniladigan fuqaroviy va xizmat qurolining turi, xili va kalibrini hamda oʻq-dorilarning turi va kalibrini vakolatli organ bilan kelishish;

oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimining amalga oshirilishini, qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, berish-qabul qilib olinishini, hisobi yuritilishini, olib yurilishini va xavfsiz foydalanishini taʼminlash tartibiga oid ichki yoʻriqnoma ishlab chiqish;

oʻq otish obyekti hududida ruxsat berish va obyekt ichki rejimini amalga oshirish;

soyli stvolli sport oʻqotar qurolidan yoki ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolidan, pnevmatik kalta stvolli quroldan, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik quroldan, shuningdek, tigʻli sovuq sport qurolidan hamda sport uloqtirish qurolidan oʻq otish obyektlaridan tashqarida foydalanishni istisno etish, hayvonot dunyosi obyektlarini harakatsizlantirish va emlash bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot hamda profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun kamonlar va arbaletlardan foydalanish bundan mustasno;

sport oʻqotar qurolini, shu jumladan soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, shuningdek, tigʻli sovuq sport va sport uloqtirish qurolini oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;

shtatda xalqaro va milliy sport federatsiya (tashkilot)lari malaka talablariga javob beradigan, foydalaniladigan qurol turlaridan otish boʻyicha shu yoʻnalishdagi maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarning (trenerlar, instruktorlarning) mavjudligi;

qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha fuqarolar bilan majburiy dastlabki yoʻriqnoma oʻtkazish (sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslar bundan mustasno);

sport tashkilotlarida otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslarni qurol va uning oʻq-dorilaridan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha oʻqitish hamda ushbu qoidalarni bilishi yuzasidan tegishli tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjat berish (sport quroli uchun).

6. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini avtomobil transportida tashish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish;

qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;

qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish;

tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno);

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash.

7. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash.

8. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini, portlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq egalik yoki boshqa huquq asosida yuridik shaxsga tegishli moddiy-texnik bazaning (maxsus jihozlangan bino, inshoot, xona, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi hamda videokuzatuv tizimlari, seyflar va metall shkaflar) mavjudligi;

qurol va uning oʻq-dorilarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilab berilgan joylardagi doimiy ravishda joylashgan statsionar turdagi bino va inshootlarda hamda ruxsatnomada koʻrsatilgan joy (manzil)da saqlash;

qurolni, uning oʻq-dorilaridan alohida (alohida seyf yoki metall shkaflarda) saqlash;

qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan yongʻinni, avariyani yoki boshqa favqulodda vaziyatni bartaraf etish, uning oqibatlarini cheklash yoki kamaytirish boʻyicha yuridik shaxs maʼmuriyati va xodimlarining harakatlarini belgilovchi avariyaga oid ichki rejani ishlab chiqish;

qurol va uning oʻq-dorilarini qurolxonadagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash (muzeybop tarzda kolleksiyalash bundan mustasno), bunda qurolning oʻqsizlantirilgan holatda saqlanishini taʼminlash;

muzeybop tarzda kolleksiyalashda qurol va uning oʻq-dorilarini ana shu maqsadlar uchun moʻljallangan alohida, maxsus xonalarda saqlash, bunda oʻqotar qurol maxsus taʼmirlash ishlarisiz otishni istisno qiladigan yaroqsiz holatga keltirilishini taʼminlash;

qurolxonalar va muzeybop tarzda kolleksiyalash uchun ajratilgan xonalarni jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ularni qoʻriqlashning muhandislik-texnik va videokuzatuv vositalari bilan jihozlash hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash.

9. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun bino (xona)larni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish;

koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan hamda oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish;

koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;

koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiya (koʻrgazma obyekt)larini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish;

qurol va uning oʻq-dorilarining boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish, qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek, tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno;

qurolni muzey binolaridan tashqarida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish;

qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, jismoniy himoya qilish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilgan, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlangan va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan qurolxonalarda saqlash uchun topshirish;

qurolni oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish;

koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomasini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).

10. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

a) avtomobil transportida olib kirishda:

qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish;

qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;

qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish;

tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida tashish bundan mustasno);

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotganda, ularning Milliy gvardiya, ichki ishlar organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash;

avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish (avtomobil transportida olib kirish uchun);

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va koʻrgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun);

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan sport musobaqalari va koʻrgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun);

b) temir yoʻl transportida olib kirishda:

qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;

qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish;

qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (sport musobaqalari va koʻrgazmalarning chet ellik ishtirokchilari uchun);

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (xorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan sport musobaqalari va koʻrgazmalarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslarning delegatsiyalari uchun).

11. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida tranzit qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;

qurol va uning oʻq-dorilarini shahar jamoat transportida, shuningdek shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro avtomobil transportida tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning koʻrishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratish;

qurolni va uning oʻq-dorilarini zavod oʻrovida yoxud soʻrgʻichlangan yoki plombalangan maxsus (moslashtirilgan) idishda tashish;

qurolni oʻq-dorilaridan alohida, oʻqsizlantirilgan holatda tashish;

avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlgan transport vositalarini ajratish;

tashilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻnalishda but saqlanishini taʼminlash vazifalari yuklangan yuridik shaxsning masʼul xodimlari tomonidan kuzatib borish;

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash.

12. Fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali temir yoʻl transportida tranzit qilish uchun ruxsat berishga doir qoʻshimcha talablar va shartlar:

qurol va uning oʻq-dorilarini yoʻlovchi poyezd (vagon)larda tashishga yoʻl qoʻymaslik;

tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi ostida amalga oshirish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1. 3 yil:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini saqlash uchun;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini oʻq otish obyekti hududida saqlash uchun;

v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun.

2. 90 kun:

a) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish uchun;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun.

3. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun — koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga — qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun.

4. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun (koʻrgazmaga qoʻyish va sport quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun — tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga);

5. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun (xorijiy davlat hududida sport tadbirlarida (koʻrgazmada) ishtirok etish uchun — tadbir davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga);

6. 30 kun — fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun

12.

Izoh:

1. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari.

2. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari.

3. Qurolxona — qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashga moʻljallangan, texnik jihatdan mustahkamlangan, qoʻriqlash-yongʻindan saqlash signalizatsiyasi hamda qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari va jismoniy himoyaning boshqa vositalari bilan maxsus jihozlangan alohida inshoot (ombor, xona).

4. Tir — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlari va oʻquv-oʻq otish mashqlarini oʻtkazishga, qurolni tekshirishga, shuningdek, koʻngilochar maqsadlarda fuqaroviy va xizmat oʻqotar qurolidan, pnevmatik ov qurolidan, pnevmatik sport qurolidan, sport uloqtirish qurolidan harakatlanmaydigan hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti;

5. Oʻq otish stendi — sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazishga, shuningdek koʻngilochar maqsadlarda silliq stvolli oʻqotar ov va silliq stvolli oʻqotar sport qurolidan uchar nishonlarga qarata oʻq otish uchun maxsus moʻljallangan (jihozlangan) muhandislik-qurilish inshooti.

6. Oʻq otish maydoni — bir necha tir va (yoki) oʻq otish stendlaridan tashkil topgan majmua.

7. Quyidagilar ichki ishlar organlarining ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi:

a) pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;

b) quyidagilarni olish va saqlash:

signal beruvchi qurolni va tigʻli sovuq ov qurolini — maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar va ovchilik sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan;

signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini hamda tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;

tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan;

v) fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish — fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;

g) quyidagilarni tashish:

vakolatli organlarda roʻyxatga olingan qurol va uning oʻq-dorilarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasida, mazkur qurol va uning oʻq-dorilarini vakolatli organlar roʻyxatga olgan joyda;

vakolatli organda roʻyxatga olinmaydigan qurol va uning oʻq-dorilarini — signal beruvchi qurolni, tigʻli sovuq ov qurolini, tigʻli sovuq va uloqtirish sport qurolini, pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilarini;

d) fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hududlarida joylashgan xonalar, savdo zallarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish.

Joʻnatuvchilari yoki oluvchilari chet el davlatlarining Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari boʻlgan fuqaroviy, xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tranzit qilish maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

pnevmatik ov qurolining hamda pnevmatik sport qurolining oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;

8. Fuqaroviy (xizmat, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish) qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnomalar berilganda, ushbu qurol va uning oʻq-dorilarini tashishga doir alohida ruxsatnomalar berilmaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish qurol va oʻq-dorilarni olib kirishga yoki olib chiqishga doir berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

9. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi:

a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;

b) ruxsatnoma belgilangan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;

v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralarining koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa;

g) quyidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish:

turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan;

qurol va uning oʻq-dorilarini but saqlash, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olish va hisobini yuritish (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda) yoxud qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash (qurol va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda) vazifalari ruxsatnomada koʻrsatilmagan shaxslar tomonidan bajarilishi;

d) ushbu pasportda belgilangan holatlarda qurol va uning oʻq-dorilarini Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati, jumladan, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining yoxud Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining kuzatuvi ostida tashilishini taʼminlamaslik (tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda);

e) ruxsatnomada belgilangan tashish yoʻnalishiga amal qilmaslik, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini tashishga ruxsatnomada koʻrsatilmagan avtotransport vositalarini jalb qilish (avtomobil transportida tashish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish boʻyicha harakatlarni bajarishda);

j) qurol va uning oʻq-dorilarini ruxsatnomada koʻrsatilmagan joy (manzil)da saqlash va ulardan foydalanish (saqlash, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish faoliyatini amalga oshirishda).

10. Vakolatli organ ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu pasportda nazarda tutilgan muddatlar doirasida quyidagi huquqlarga ega:

ariza beruvchining arizasiga muvofiq harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarini joyiga chiqib oʻrganish va baholash (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, ulardan foydalanish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan hududni, binolarni, xonalar va inshootlarni, ularning texnik jihatdan mustahkamlanganligini, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlanganligi, qoʻriqlash va joriy etilgan rejim choralarining ahvoli, mavjud transport vositalari, arizada koʻrsatilgan aniq harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan boshqa sharoitlarni);

qurol va oʻq-dorilarining tuzilishi, turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi, raqami, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa oʻziga xos maʼlumotlarni ekspert va texnik baholash hamda tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlgan holatlarda hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.

11. Elektron shaklda berilgan ruxsatnomalar manfaatdor shaxslar tomonidan qogʻozda chop etilishi mumkin. Bunda qogʻozda chop etilgan ruxsatnomalar elektron shaklda berilgan ruxsatnomalarga tenglashtiriladi.

12. Qurolni olib yurishga doir ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan anʼanaviy tarzda bevosita ariza beruvchining oʻziga yoki yuridik shaxsning masʼul xodimiga beriladi.

13. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan qurolni olib yurishga doir ruxsatnomalar oʻrniga yuridik shaxsning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Dublikatni berishda vakolatli organ tomonidan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan ruxsatnomaning amal qilish muddati koʻrsatilgan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan yangi ruxsatnoma beriladi.

Vakolatli organ ariza, shuningdek, ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi shart.

Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi va undirilgan yigʻim Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 14-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

14. Yuridik shaxsning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.

Vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida yuridik shaxslar tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish davomida Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda belgilangan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga egadir:

qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan hamda ulardan foydalaniladigan joylarni koʻzdan kechirish;

ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning buzilishi qurol va uning oʻq-dorilari yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirganda, ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarni bajarishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurol va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib kelishni va vaqtincha joylashtirishni talab qilish.

15. Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 14-bandiga muvofiq qurol muomalasi sohasida ruxsatnoma berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va unga oʻzgartirishlar kiritilganligi uchun vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va modernizatsiya qilishga hamda ushbu boʻlinmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.

16. Ushbu Pasport talablariga rioya etilishi uchun yuridik shaxslarning rahbarlari, shuningdek, yuridik shaxslarning buyruqlari yoki farmoyish tusidagi boshqa hujjatlar bilan zimmasiga qurol va uning oʻq-dorilarining but saqlanishini, belgilangan tartibda berish-qabul qilib olinishini va hisobi yuritilishini taʼminlash uchun masʼuliyat yuklangan mansabdor shaxslar javobgardir.

17. Yuridik shaxslar uchun fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtishga doir hujjatlardagi maʼlumotlar (ruxsatnomalar reyestriga kiritilgan maʼlumotlar bundan mustasno) foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanib, ruxsat etish tartib-taomillaridan oʻtkazish jarayoni ishtirokchilari tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.

(46-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
47-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar uchun fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — jismoniy shaxslar)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir;

b) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;

v) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir;

g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir;

b) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir;

3. Jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi boʻyicha tuman va shaharlar ichki ishlar boshqarma (boʻlim)lari — quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, shu jumladan aralash oʻqotar qurolni, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olishga doir ruxsatnomalardan tashqari);

b) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir;

v) fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir;

g) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir;

d) soyli stvolli sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga quyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili, murojaat uchun telefon raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta manzili;

bajarmoqchi va (yoki) amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi, ushbu harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga daxldor qurol (turi, xili, modeli va kalibri) va uning oʻq-dorilari (turi, kalibri);

harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtiriladigan (saqlanadigan) joy;

harakatlar bajariladigan va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda).

Ruxsatnoma turiga qarab, arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:

a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishda — realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilinishi rejalashtirilayotgan bunday faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning nomi va manzili toʻgʻrisida maʼlumotlar;

b) sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, sport uloqtirish qurolini saqlashda — sport oʻq otish obyektining nomi va joylashgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

v) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashishda:

sport musobaqalari va oʻquv-mashq yigʻinlari tashkilotchisi va oʻtkazish joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — tashish uchun jalb qilingan transport vositasining rusumi va davlat roʻyxat belgilari) toʻgʻrisida maʼlumotlar;

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumini qurolli qoʻriqlovining kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida (Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan avtomobil transportida tashishda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan temir yoʻl transportida tashishda);

g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda — koʻrgazma joyi, shuningdek, har kuni koʻrgazma ish vaqti tugagach, qurol va uning oʻq-dorilarini topshirish uchun ular but saqlanishini taʼminlaydigan qurolxona toʻgʻrisida maʼlumotlar (koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurol va uning oʻq-dorilari ochiq vitrina va stendlarga joylashtirilgan hollarda);

d) fuqaroviy, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda — yukni joʻnatish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joylari (yukni yetkazish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish joylari), Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxat belgilari), olib kirishning (olib chiqishning, tranzit qilishning) taxminiy sanasi, shuningdek, tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishning moʻljallanayotgan yoʻnalishi toʻgʻrisida maʼlumotlar (tranzit qilishda);

oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida.

Ruxsatnoma turiga qarab, arizaga vakolatli organ boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda oladigan hujjatlardan tashqari qoʻshimcha ravishda quyidagilar ilova etiladi:

I. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun:

1. Fuqaroviy qurolni olish uchun:

a) birinchi marta qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno) olayotgan fuqarolar uchun — ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan (ov qurolini olish uchun) hamda otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan (sport qurolini olish uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilish yuzasidan tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;

b) ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);

v) ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, yarim avtomat silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, oʻqdon (baraban) sigʻimi toʻrt dona patrondan ortiq boʻlgan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini, shuningdek, ogʻiz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);

g) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan, sport qurolidan foydalanish bilan bogʻliq sport turi koʻrsatilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun).

Maxsus organlar va harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari qurolni olishda mazkur bandning “b”, “v”, “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni, shuningdek, maxsus organ yoki harbiy tuzilmalarda xizmatni oʻtayotganliklari, harbiy yoki maxsus unvonini hamda adliya malaka darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

2. Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) fuqaroviy qurolni roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda fuqaroviy qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnoma (saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun);

b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan fuqaroviy qurolning muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda).

3. Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun:

a) mukofotlashga oid hujjatlar yoki ularni bergan organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan koʻchirma (maxsus organ yoki harbiy tuzilma rahbarining buyrugʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari);

b) mukofot qilingan qurol belgilangan talablarga mos kelishini aniqlash yuzasidan koʻzdan kechirish uchun qurol va uning oʻq-dorilari (xorijiy davlatlar rahbarlarining hamda xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari asosida olingan qurol va uning oʻq-dorilari uchun).

4. Sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun:

a) sport qurolini roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qoʻshimcha tarzda sport qurol olinganligi munosabati bilan qayta roʻyxatdan oʻtkazishda — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurolni olishga doir ruxsatnomasi (saqlashga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish yoki unga oʻzgartirish kiritish uchun).

b) oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan sport qurolining muvofiqlik sertifikati (qurol Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan taqdirda);

v) otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan oʻq otish obyekti hududidagi qurolxonada sport quroli va uning oʻq-dorilari saqlanishini taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjat (tasdiqlov).

5. Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashish uchun — otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsning sport tadbirlari yoki oʻquv-mashq otishlari va boshqa otishlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjati (buyruq, taqvimiy reja-jadval yoki ulardan koʻchirma, sport tadbirida ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi).

6. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylash tirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

7. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun:

a) koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi;

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

8. Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun:

a) qurolni saqlashga moʻljallangan xonada qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari montaj qilinganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasi;

b) qurolni saqlashga moʻljallangan xona ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi.

9. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun xonalarni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash, but saqlanishini taʼminlash boʻyicha ushbu xonalarga qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari oʻrnatilganligi hamda qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi va video-kuzatuv tizimlari montaj qilinganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomalar nusxalarini ilova qilgan holda shartnoma, shuningdek, ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi orqali qoʻriqlovga olinganligi toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxalari;

b) koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalari (kelishish uchun);

v) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir ruxsatnomalarni olish uchun hujjatlar (chet ellik ishtirokchilar olib kirayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).

10. Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno) — olib kirilayotgan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarining oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan nusxalari.

11. Mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻrnatilgan tartibda davlat tiliga tarjimasi tasdiqlangan xorijiy davlatlar rahbarlari va xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlarining mukofotlashga oid hujjatlari yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan koʻchirmalari.

12. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini olib kirish uchun — oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

13. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organining qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi.

14. Doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan kolleksiyalash uchun qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun:

a) qurol hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan vakolatli organning qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomasi;

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

15. Xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilari) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish:

a) chet ellik yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun:

a) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonasi, konsullik muassasasi va ularga tenglashtirilgan tashkilotning iltimosnomasi;

b) ariza beruvchi oʻzi fuqarosi boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organining qurolni olishga va ushbu xorijiy davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomasi.

III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun — fuqaroviy va xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsning olingan qurolning turi, xili, modeli, kalibri, zavod seriyasi va raqami, oʻq-dorilarning turi, kalibri va miqdori toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan qurol olishga doir ruxsatnomasi.

IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish qurolini va uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — qurol va uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini) qaytib olib chiqish sharti bilan olib kirish uchun:

a) ov qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs bilan ov qilish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (sport tadbirlari, koʻrgazmada ishtirok etish uchun tashkilotchining taklifnomasi);

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

V. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun:

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqish va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar nusxalari;

b) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari turkumi tashilayotgan yoʻlda Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovida kuzatib borilishini taʼminlash toʻgʻrisida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

T/r

Ruxsatnoma nomi

Yigʻim miqdori (BHMdan foizda)

I. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun

1.

Fuqaroviy qurolni olishga doir ruxsatnoma:

a)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

40

b)

silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

40

v)

kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

40

g)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)

20

d)

uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun

30

e)

pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun

40

j)

tigʻli sovuq sport qurolining (rapiralar, shpagalar va qilichlar) har bir donasi uchun

10

z)

uloqtirish sport qurolining (kamonlar, arbaletlar va nayzalar) har bir donasi uchun

10

i)

signal beruvchi sport qurolining har bir donasi uchun

10

k)

oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun

15

2.

Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

oʻqotar qurolining har bir donasi uchun

15

b)

cheklangan shikast yetkazuvchi oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

4

v)

pnevmatik qurolning har bir donasi uchun

8

g)

signal beruvchi qurolning har bir donasi uchun

6

d)

gazli qurolning har bir donasi uchun

8

e)

tigʻli sovuq qurolning har bir donasi uchun

10

j)

uloqtirish qurolining har bir donasi uchun

10

z)

boshqa xildagi qurolning har bir donasi uchun

10

i)

oʻq-dorilarning har bir donasi uchun

1

3.

Fuqaroviy qurolni, mukofot qilingan qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilishga doir ruxsatnoma

10

4.

Fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma

100

5.

Mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma

200

6.

Sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport quroli, uloqtirish sport qurolini saqlashga doir ruxsatnoma

100

7.

Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashishga doir ruxsatnoma

20

8.

Qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalashga doir ruxsatnoma

100

9.

Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnoma

100

10.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma

30

11.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma

30

12.

Ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib kirish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma

40

II. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari uchun

13.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olishga doir ruxsatnoma:

a)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

50

b)

silliq uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

40

v)

kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning har bir donasi uchun

50

g)

soyli uzun stvolli oʻqotar qurolga hamda kombinatsiyalangan uzun stvolli oʻqotar qurolning almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolining har bir donasi uchun (quroldan alohida olishda)

30

d)

uzun stvolli pnevmatik ov qurolining har bir donasi uchun

40

e)

tigʻli sovuq ov (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar) qurolining har bir donasi uchun

20

j)

signal beruvchi ov qurolining har bir donasi uchun

20

z)

pnevmatik sport qurolining har bir donasi uchun

50

i)

tigʻli sovuq sport (rapiralar, shpagalar va qilichlar) qurolining har bir donasi uchun

20

k)

uloqtirish sport qurolining har bir donasi uchun

20

l)

signal beruvchi sport qurolining har bir donasi uchun

20

m)

oʻzini oʻzi himoya qilish qurolining har bir donasi uchun

20

14.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga doir ruxsatnoma

50

III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun

15.

Ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqib ketish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnoma

100

IV. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun

16.

Fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma

100

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

1. 30 ish kuni:

a) fuqaroviy qurolni olish uchun;

b) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun;

v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun;

g) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun.

2. 10 ish kuni:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun;

b) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun;

v) fuqaroviy va mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun;

g) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun;

d) soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun;

e) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun;

j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini qaytib olib chiqish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib kirish uchun:

z) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun;

i) xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini (ov qilish, sport tadbirlarida — ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilar) qaytib olib kirish sharti bilan olib chiqish uchun;

i) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun;

k) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

1. Qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat berishga doir umumiy talablar va shartlar:

a) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;

b) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini, saqlash xavfsizligi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash hamda ularga begona shaxslar egalik qilishni istisno etishga qaratilgan choralarni koʻrish;

v) quyidagilar muomalasi sohasida harakatlarni bajarishga va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik:

“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 19-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan fuqaroviy va mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilari;

shikastlovchi taʼsiri radioaktiv nurlanish, kimyoviy va biologik (bakteriologik) omillardan foydalanishga yoki elektromagnit, nur, issiqlik, infratovush, ultratovush nurlanishdan foydalanishga asoslangan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari;

g) ruxsatnomada koʻrsatilgan qurol va uning oʻq-dorilari doirasida hamda ularga oid harakatlarni shaxsan bajarish va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirish, shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun olish;

d) ariza beruvchining yigirma besh yoshga (fuqaroviy ov, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilariga egalik qilish uchun) va oʻn sakkiz yoshga (fuqaroviy sport quroli va uning oʻq-dorilari, oʻzini oʻzi himoya qilish quroliga egalik qilish uchun) yetgan boʻlishi;

e) “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi oʻninchi qismining uchinchi, beshinchi — oʻn uchinchi hamda oʻn beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olib chiqish, fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish hollaridan tashqari);

j) fuqaroviy qurolni birinchi marta olayotgan jismoniy shaxslarning ovchilar jamoat birlashmasida (ov quroli uchun) va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarda (sport quroli uchun) quroldan xavfsiz foydalanish qoidalarini bilishi yuzasidan tekshiruvdan, shuningdek, qurolni birinchi marta olayotgan hamda uni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirayotgan fuqarolarning davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan oʻtishi, ularning doimiy yashash joyi boʻyicha birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari hamda boshqa shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserlarida hisobda turishi boʻyicha tekshirilishi (qurol bilan mukofotlash hollari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari bundan mustasno);

z) doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida tegishli vakolatli organga oʻziga tegishli qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazish choralarini koʻrish;

i) fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlashga, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin, boshqa turdagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni esa ularning amal qilish muddatlari tugashidan kamida oʻn ish kunidan oldin vakolatli organga taqdim etish;

k) vakolatli organ yoki sudning ruxsatnoma amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarni vakolatli organga qaytarish;

l) qurol toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organlar xodimlarining qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan joylarga soat 6-00 dan 22-00 gacha moneliksiz kirishini taʼminlash, tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish.

2. Fuqaroviy qurol, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali sotib olish;

b) qurol va uning oʻq-dorilari olingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarni rasmiylashtirish (qurol va uning oʻq-dorilarini roʻyxatdan oʻtkazish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish;

v) bittadan ortiq olingan har bir soyli stvolli oʻqotar ov quroliga, pnevmatik ov quroliga va silliq stvolli oʻqotar ov quroli uchun har yili ushbu Pasportning izohidagi 9-bandida ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlab borish, mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar bundan mustasno.

3. Fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash va mukofot qilingan qurol hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurol va uning oʻq-dorilarini, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilish;

b) qurol va uning oʻq-dorilari realizatsiya qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda ularni saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish uchun tegishli hujjatlarni (qisman realizatsiya qilinganda), shuningdek, qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va olib yurish, kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomaning aslini (toʻliq realizatsiya qilinganda) vakolatli organga taqdim etish.

4. Qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash va kolleksiyalash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) oʻqotar ov qurolini va uning oʻq-dorilarini, pnevmatik ov qurolini, signal beruvchi ov quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq ov qurolini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini doimiy yashash joyida qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;

b) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari saqlanadigan xonalarga oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulanishini taʼminlash;

v) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, shu jumladan soyli stvolli sport qurolini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport va uloqtirish sport qurolini sport oʻq otish obyektlari hududida jihozlangan qurolxonalardagi qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlash;

g) qurolni seyflarda yoki metall shkaflarda, uning oʻq-dorilarini esa ushbu seyflar yoki shkaflar ichidagi qulflanadigan alohida qismida (boʻlinmasida) yoki alohida qulflanadigan seyflarda yoxud metall shkaflarda saqlash.

5. Soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport, uloqtirish sport qurolini, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini tashish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish;

b) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish;

v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda ularni Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash.

6. Qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun binolar (xonalar)ni ijaraga olish (oʻz egaligida bunday xonalar boʻlmaganda), qurolni va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish tartibi, ularning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha shartnomalar tuzish;

b) koʻrgazmani qoʻriqlashning muhandislik-texnik hamda videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan va oʻrnatilgan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan statsionar turdagi binolar (xonalar)da oʻtkazish;

v) koʻrgazmaga qoʻyilgan (shu jumladan, chet ellik ishtirokchilar tomonidan) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishi va saqlash xavfsizligini taʼminlash, qurol va uning oʻq-dorilari joylashtirilgan va saqlanadigan joylarga kirayotgan shaxslarni bevosita kuzatish, nazorat qilish hamda begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;

g) koʻrgazmaga qoʻyish rejalarini va ekspozitsiya (koʻrgazma obyekt)larini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish hamda koʻrgazma oʻtkaziladigan joydagi vakolatli organlarga kelishib olish uchun taqdim etish;

d) qurol va uning oʻq-dorilarini boshqa predmetlar bilan birga koʻrgazmaga qoʻyilishini istisno etish (qurolni ishlab chiqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan qurilmalar va asboblar, sport, ov va baliq ovlash ashyolari hamda qurolning ehtiyot qismlari, shuningdek tarixiy-madaniy koʻrgazmalar eksponatlari bundan mustasno);

e) qurolni muzey binolari tashqarisida koʻrgazmaga qoʻyishni faqat ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga yoki ichki qoʻriqlash postiga ulangan qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan yopiq (qulflanadigan) vitrinalar va stendlarda amalga oshirish;

j) qurol va uning oʻq-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurol va uning oʻq-dorilarini har kuni koʻrgazma ishi tugagach, ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markaziga ulangan yuridik shaxslarning qurolxonalarida saqlash uchun topshirish;

z) qurolning oʻq-dorilarini oʻqsizlantirilgan holatda koʻrgazmaga qoʻyish;

i) koʻrgazmaning chet ellik ishtirokchilari uchun ularga tegishli qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashishga doir vakolatli organning ruxsatnomalarini olish, ularni tashish, koʻrgazma oʻtkazilayotgan obyekt hududida qabul qilish va joylashtirish boʻyicha choralarni koʻrish (chet ellik ishtirokchilarning olib kirilayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyishda).

7. Fuqaroviy, mukofot qilingan, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish;

b) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish;

v) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tashilayotganda ularni Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari yoki idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (avtomobil transportida tashishda), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari (temir yoʻl transportida tashishda) qurolli qoʻriqlovi ostida kuzatib borilishini taʼminlash;

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan ov va sport quroli hamda uning foydalanilmagan oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini ov qilish toʻgʻrisidagi shartnomada, sport musobaqalarida qatnashish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun taklifnomalarda belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun);

d) Oʻzbekiston Respublikasida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini ular olingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari uchun).

8. Qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) tranzit qilinayotgan qurol va uning oʻq-dorilarini joʻnatuvchi davlat hududidan olib chiqishga va qabul qiluvchi davlat hududiga olib kirishga doir ruxsatnomalarni taqdim etish;

b) qurolni tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus gʻiloflarda, oʻqsizlantirilgan holatda oʻq-dorilaridan alohida tashish;

v) begona shaxslarning koʻrishi va ularni erkin olishi imkoniyatini istisno etadigan sharoitlarda tashish;

g) oʻn donadan koʻp miqdordagi oʻqotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi oʻq-dorilari tranzitini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qurolli qoʻriqlovining (temir yoʻl transportida tashishda) yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining (avtomobil transportida tashishda) kuzatuvida amalga oshirilishini taʼminlash.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1. Amal qilish muddatisiz — mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurish uchun.

2. 3 yil:

a) fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish uchun;

b) sport oʻqotar qurolini va uning oʻq-dorilarini, ogʻiz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq boʻlgan pnevmatik sport qurolini, pnevmatik kalta stvolli qurolni, tashqi tomondan avtomatik qurol nusxa (replika)lariga oʻxshash pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini saqlash uchun;

v) qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash uchun.

3. 90 kun:

a) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olish uchun;

b) fuqaroviy qurolni, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun;

v) kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun;

g) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish uchun qaytib olib chiqib ketish sharti bilan ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish quroli hamda uning oʻq-dorilari bundan mustasno);

d) doimiy yashashga chiqib ketayotgan shaxslar tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini olib chiqish uchun;

e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish uchun;

j) fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun.

4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashash davrida, biroq 30 kundan oshmagan muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari tomonidan fuqaroviy qurol va uning oʻq-dorilarini olish uchun.

5. Sport tadbiri davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga — soyli stvolli sport oʻqotar quroli va uning oʻq-dorilarini, tigʻli sovuq sport qurolini, uloqtirish sport qurolini tashish uchun.

6. Koʻrgazma davomida, biroq 90 kundan ortiq boʻlmagan muddatga:

a) koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini tashish uchun;

b) qurol va uning oʻq-dorilarini koʻrgazmaga qoʻyish uchun.

7. Ov qilish, sport tadbiri yoki koʻrgazma davomida, biroq 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ov quroli va uning oʻq-dorilarini, sport quroli va uning oʻq-dorilarini, koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish uchun;

b) xorijiy davlat hududida ov qilish, sport tadbirlarida ishtirok etish yoki koʻrgazmaga qoʻyish maqsadlarida ov, sport va koʻrgazmaga qoʻyish uchun qurolni hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha olib chiqish uchun.

12.

Izoh:

1. Kolleksiyalash quroli va uning oʻq-dorilari — kolleksiyalash obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari.

2. Koʻrgazmaga qoʻyish quroli va uning oʻq-dorilari — koʻrgazma obyektlari hisoblangan oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, sovuq va boshqa qurol hamda uning oʻq-dorilari.

3. Tigʻli sovuq ov qurolini, oʻqotar ov qurolining va pnevmatik qurolning oʻq-dorilarini olish Oʻzbekiston Respublikasining ov qilish huquqi berilgan fuqarolari tomonidan olish vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz amalga oshiriladi.

4. Tigʻli sovuq ov va signal beruvchi ov qurolini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlarning ruxsatnomalarisiz, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

5. Oʻqotar ov qurolining oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish va tashish vakolatli organlar tomonidan oʻq-dorilarning turi va kalibriga mos ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

6. Shaxsiy foydalanish maqsadida silliq stvolli oʻqotar ov quroliga patronlarni aslahalash uchun foydalaniladigan initsiyalanadigan va olovlanadigan modda va materiallarni (ov poroxi va pistonlar) olish, realizatsiya qilish, saqlash, tashish vakolatli organlar tomonidan silliq stvolli oʻqotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir berilgan ruxsatnoma va ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

7. Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini, silliq stvolli sport qurolini va uning oʻq-dorilarini, pnevmatik sport qurolini, shuningdek, mukofot qilingan qurol va uning oʻq-dorilarini, oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini tashish vakolatli organlarning qurolni saqlash va olib yurishga yoki saqlashga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.

8. Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining birinchi marta qurol va uning oʻq-dorilarini olayotgan, shuningdek, qurolni saqlashga va olib yurishga, kolleksiyalashga yoki koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomalarning amal qilish muddatlarini uzaytirish uchun berilgan taqdirda, vakolatli ichki ishlar organi tomonidan qabul qilingan hujjatlar roʻyxati bilan birga qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishga doir yoʻllanma yuboriladi (topshiriladi).

Yoʻllanmada tibbiy tekshiruv oʻtkazuvchi davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasasi nomi va manzili, murojaat uchun telefon raqamlari, mavjud boʻlsa — elektron pochta manzili, ish rejimi, tibbiy tekshiruvga yuborilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) seriyasi, raqami va uni bergan organ yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), tugʻilgan sanasi va joyi, doimiy yashash joy manzili, shuningdek, tibbiy xulosa yuboriladigan vakolatli ichki ishlar organi nomi, pochta yoki elektron manzili, ichki ishlar organi masʼul xodimining lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.

9. Vakolatli organ tomonidan bittadan ortiq har bir soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini va silliq stvolli oʻqotar ov quroliga egalik qilganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi, mazkur qurol turlari kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish obyektlari boʻlgan hollar bundan mustasno.

Yigʻim qurol egasi tomonidan har yili quyidagi tartibda toʻlanadi:

qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma amal qilishining birinchi va ikkinchi yillarida — ruxsatnoma berilgan kundan bir va ikki yil oʻtgan sanadan kechiktirmasdan;

soyli stvolli oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini va silliq stvolli oʻqotar ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma amal qilishining uchinchi yilida — ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz ish kunidan oldin.

10. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi:

a) ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;

b) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga ziyon hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;

v) qurol va uning oʻq-dorilari but saqlanishini taʼminlash choralari koʻrilmasligi ularning yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirsa;

g) ruxsatnomada koʻrsatilgan harakatlarni shaxsan bajarmaslik va (yoki) faoliyatni shaxsan amalga oshirmaslik;

d) turi, xili, modeli, kalibri va soni ruxsatnomada koʻrsatilmagan qurol va uning oʻq-dorilari bilan harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish;

e) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyishga doir ruxsatnomada belgilanmagan joyda (manzilda) qurol va uning oʻq-dorilarini saqlashni, kolleksiyalashni va koʻrgazmaga qoʻyishni amalga oshirish;

j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning qurol va uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish muddatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish tartibini buzishi.

11. Vakolatli organ ariza beruvchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga mos kelishini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobidan ushbu Pasportda nazarda tutilgan muddatlar doirasida quyidagi huquqlarga ega:

ariza beruvchining arizasiga muvofiq harakatlarni va (yoki) faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan mavjud sharoitlarni joyiga chiqib oʻrganish va baholash (qurol va uning oʻq-dorilarini saqlash, ulardan foydalanish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan hududni, binolarni, xonalar va inshootlarni, ularning texnik jihatdan mustahkamlanganligini, qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiyasi, yongʻinga qarshi avtomatika va qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlanganligi, qoʻriqlash va joriy etilgan rejim choralarining holati, mavjud transport vositalari, arizada koʻrsatilgan aniq harakatni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan boshqa sharoitlarni);

qurol va oʻq-dorilarining tuzilishi, turi, xili, modeli, kalibri, ishlab chiqarilgan yili, zavod seriyasi, raqami, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa oʻziga xos maʼlumotlarni ekspert va texnik baholash hamda tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlgan holatlarda, hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda shartnoma asosida tegishli sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni va ekspertlarni jalb etish.

12. Elektron shaklda berilgan ruxsatnomalar manfaatdor shaxslar tomonidan qogʻozda chop etilishi mumkin. Bunda qogʻozda chop etilgan ruxsatnomalar elektron shaklda berilgan ruxsatnomalarga tenglashtiriladi.

13. Ushbu Pasportga 3 — 5-ilovalarga muvofiq rasmiylashtirilgan fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurishga, mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini saqlashga doir ruxsatnomalar vakolatli organ tomonidan bevosita ariza beruvchining oʻziga beriladi.

14. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan fuqaroviy hamda mukofot qilingan qurolni saqlash va olib yurishga, sport oʻqotar qurolini saqlashga doir ruxsatnomalar oʻrniga jismoniy shaxsning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Dublikatni berishda vakolatli organ tomonidan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan ruxsatnomaning amal qilish muddati koʻrsatilgan “Dublikat” belgisi qoʻyilgan yangi ruxsatnoma beriladi.

Vakolatli organ ariza, shuningdek, ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ruxsatnomaning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda ruxsatnomaning dublikatini berishi shart.

Ruxsatnomaning dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi va undirilgan yigʻim Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 14-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

15. Jismoniy shaxsning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga rioya etishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.

Vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishini tekshirish davomida Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda belgilangan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga egadir:

qurol va uning oʻq-dorilari saqlanadigan hamda ulardan foydalaniladigan joylarni koʻzdan kechirish;

ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarning buzilishi qurol va uning oʻq-dorilari yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini tugʻdirganda, ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarni bajarishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar qurol va uning oʻq-dorilarini olib qoʻyish, ichki ishlar organiga zudlik bilan olib kelishni va vaqtincha joylashtirishni talab qilish.

16. Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 14-bandiga muvofiq qurol muomalasi sohasida ruxsatnoma berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi, ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi va unga oʻzgartishlar kiritilganligi uchun vakolatli organning hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va modernizatsiya qilishga hamda ushbu boʻlinmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanadi.

17. Jismoniy shaxslar uchun fuqaroviy qurolni va uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtishga doir hujjatlardagi maʼlumotlar (ruxsatnomalar reyestriga kiritilgan maʼlumotlar bundan mustasno) foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanib, ruxsat etish tartib-taomillaridan oʻtkazish jarayoni ishtirokchilari tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.

(47-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
48-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtotransport vositasida xavfli yuklarni tashish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar (yuk tashuvchi)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, yashash manzili, telefon raqami;

transport vositasi va (yoki) tirkamasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, turi (kuzov-sisternali, konteyner-sisterna), davlat raqami belgilari, transport vositalari va (yoki) tirkamalarining oxirgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sanasi.

b) Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

avtotransport vositasida tashiladigan xavfli yukning nomi, BMT roʻyxati boʻyicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi va kodi hamda uning hajmi va vazni toʻgʻrisida maʼlumot;

avtotransport vositasi va (yoki) tirkamalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxasi;

transport vositasining bir martalik texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga doir talab

va shartlar:

a) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalariga rioya qilish;

b) yonilgʻi baki akkumulyator batareyasidan uzoqlikda yoki undan oʻtib boʻlmaydigan toʻsiq bilan ajratilgan boʻlishi, shuningdek dvigatel, elektr simlari va tutun chiqaradigan quvurdan uzoqda boʻlishi hamda bakdan yoqilgʻi oqqanda tashilayotgan xavfli yukka tushmasdan bevosita yerga quyiladigan tarzda joylashgan boʻlishi kerak. Bak, bundan tashqari tubi va yonlaridan himoyaga (gʻilofga) ega boʻlishi kerak. Yonilgʻi dvigatelga oʻz-oʻzidan berilmasligi kerak;

v) avtotransport vositasidan 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashish uchun bir marta foydalanilgan taqdirda glushitelning chiqarish trubasi chiqish oʻyigʻiga alangani oʻchiruvchi toʻr oʻrnatilishi lozim;

g) 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashiydigan vositalarning elektr uskunalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:

elektr uskunasining nominal kuchlanishi 24 voltdan ortiq boʻlmasligi kerak;

elektr simi korroziyaga uchramaydigan choksiz qobiq bilan himoyalangan simlardan iborat boʻlishi hamda uning qizib ketishini toʻliq oldini oladigan tarzda hisoblab chiqilgan boʻlishi kerak;

elektr tarmogʻi yumshoq predoxranitellar (zavodda tayyorlangan) yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida oshirilgan yuklamadan saqlangan boʻlishi kerak;

elektr oʻtkazma ishonchli izolyatsiyaga ega boʻlishi, mustahkam mahkamlanishi va avtotransport vositasining konstruktiv qismlariga urilish va yorilishlaridan zarar koʻrmaydigan tarzda joylashtirilishi hamda sovutish tizimidan ajralib chiqqan issiqlikdan va ishlatilgan gazlardan himoyalangan boʻlishi kerak;

agar akkumulyatorlar dvigatel kapoti ostiga joylashtirilmagan boʻlsa, u holda ular izolyatsiyalovchi ichki devorlar bilan ekvivalent mustahkamlikda metalldan yoki boshqa materialdan ventilyatsiya qilinadigan boʻlmada boʻlishi kerak;

avtotransport vositasi akkumulyatorni elektr zanjiridan ikki polosali viklyuchatel (yoki boshqa vosita) yordamida ajratish uchun moslangan boʻlishi kerak, u imkoni boricha akkumulyatorga yaqin joyda boʻlishi kerak. Viklyuchatelni boshqarish – toʻgʻridan-toʻgʻri yoki masofadan turib boshqarish privodi ham haydovchining kabinasidan, ham avtotransport vositasining tashqarisida boʻlishi kerak. U oson topilishi va farq qiladigan belgi bilan belgilanishi kerak. Viklyuchatel ishlab turgan dvigatelda elektr zanjirining xavfli ortiqcha yuklamasini keltirib chiqarmasdan uning kontakti ishlayotgan dvigatelda ulanadigan tarzda boʻlishi kerak.

rezbali sokolga ega boʻlgan lampalardan foydalanish taqiqlanadi.

Avtotransport kuzovlarining ichida tashqi elektr simlar tarmogʻi boʻlmasligi kerak, kuzov ichidagi yoritish elektr lampalari mustahkam toʻsuvchi toʻr yoki panjaraga ega boʻlishi kerak;

d) avtotransport vositalari uchqunga xavfsiz boʻlgan materialdan 200 mm uzunlikdagi yerga tegib turadigan metall zanjir va toʻxtash joyida statistik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoya qilish uchun metall shtir bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Neft mahsulotlari tashiydigan avtotsisternalar kamida 2,5 mm kesimli va neft mahsulotlarini oqizish va quyishda yerga ulanish uchun kamida 20 mm uzunlikdagi egiluvchan koʻp tomirli sim bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

g) “Furgon” tipidagi kuzovli avtotransport vositasida kuzov toʻliq yopiq boʻlishi, mustahkam boʻlishi, tirqishlari boʻlmasligi hamda tashilayotgan xavfli yukning xossasiga qarab tegishli ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanishi kerak. Ichki qoplash uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalaniladi, yogʻoch materiallar oʻtga chidamli modda bilan qoplanishi kerak. Eshiklar yoki eshikka qulf solingan boʻlishi kerak. Eshik yoki eshiklar konstruksiyasi kuzovning qattiqligini pasaytirmasligi kerak.

Ochiq kuzovlarni qoplash uchun brezentdan foydalanilgan hollarda, u oʻt olishi qiyin boʻlgan va suv oʻtkazmaydigan matodan tayyorlanishi va bortni ular darajasidan 200 mm yopishi hamda zapor moslamali metall reykalar yoki zanjirlar bilan mahkamlanishi kerak;

j) avtotransport vositasida orqa tomonda butun sisternada kenglikda zarbalardan yetarli darajada saqlaydigan bamper boʻlishi kerak. Sisternaning orqa devori bilan bamperning orqa qismi oʻrtasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil etishi kerak (ushbu masofa sisterna devorining chet orqa nuqtasidan boshlab yoki tashilayotgan moddaga tegib turgan chiqib turuvchi armaturadan boshlab oʻlchanadi);

l) quvurlar va rezervuarning yuqori qismiga oʻrnatilgan sisternalarning yordamchi uskunalari silkitilgan holda shikastlanishlardan himoyalangan boʻlishi kerak. Bunday himoya konstruksiyasi shakli samarali himoyani taʼminlashi kerak boʻlgan kuchayadigan halqalar, himoya qopqoqlari, uzuna yoki boʻylama elementlar shaklida tayyorlanishi kerak;

m) avtotransport vositasi quyidagi soz instrumentlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak:

avtotransport vositasini avariya yuz berganda taʼmirlash uchun qoʻlda ishlatiladigan asboblar toʻplami;

yongʻinni oʻchirish uchun belkurak va qumning zarur zaxirasi;

har bir avtotransport vositasi uchun kamida bitta yurib ketishdan saqlaydigan tirgak, tirgakning oʻlchami avtotransport vositasi tipiga va uning gʻildiragi diametriga muvofiq boʻlishi kerak;

toʻq sariq rangli oʻchib yonadigan (yoki doimiy) avtonom taʼminlanadigan ikkita fonar. Ular ulardan foydalanish xavfli yuklarning yonishini yuzaga keltirmaydigan tarzda konstruksiyalangan boʻlishi kerak. Tunda toʻxtaganda yoki koʻrish yaxshi boʻlmaganda, agar avtotransport vositasining chiroqlari nosoz boʻlsa, bitta fonar taxminan 10 m masofada avtotransport vositasi oldiga va boshqasi taxminan 10 m masofada avtotransport vositasining orqasida oʻrnatiladi;

dori qutisi va tashiladigan xavfli moddalarni neytrallashtirish vositalari.

Yuklarni xavfsiz tashish shartlarida va avariya kartochkasida nazarda tutilgan hollarda avtotransport vositasi tashilayotgan xavfli moddani neytrallashtirish hamda haydovchi va kuzatuvchi xodimning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan butlanishi kerak;

n) xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi jadvallarini avtotransport vositalariga mahkamlash ularning ishonchli fiksatsiyasini taʼminlaydigan maxsus qurilmalar yordamida bajarilishi kerak.

Xavf toʻgʻrisidagi axborot tizimi jadvallari avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqada, transport vositasining raqami belgilarini va tashqi chiroqlari priborlarini toʻsmagan, shuningdek avtotransport vositasining gabaritlaridan turtib chiqmagan holda uning boʻylama oʻqiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak;

k) xavfli yuklarni tashish uchun gaz generatorli avtotransport vositalarini qoʻllash taqiqlanadi;

p) xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga bittadan ortiq tirkama yoki yarim tirkama tirkalmasligi kerak.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Guvohnoma 6 oy muddatga beriladi.

12.

Izoh:

I. Xavfli yuklar oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud boʻlgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.

II. Agar yoʻnalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq boʻlsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi.

III. Qish vaqtida togʻ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishki shinalari bilan butlashlari kerak.

(48-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma pasportiga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№ ______

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi

GUVOHNOMA

1. Ushbu guvohnoma quyidagi avtotransport vositasi Yoʻl harakati qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi va quyidagi sinflar va kichik sinflarda nazarda tutilgan xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat etiladi:

___________________________________________________________________________________________

(xavfli yukning nomi, BMT roʻyxati boʻyicha moddaning tartib raqami, sinfi, kichik sinfi koʻrsatiladi)

2. Avtotransport vositasining ishlab chiqaruvchisi va kuzov turi:__________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

(yopiq, ochiq, sisterna, yarim tirkama va boshqalar)

___________________________________________________________________________________________

3. Avtotransport vositasining davlat raqam belgisi va shassi raqami: _____________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

4. Murojaat etuvchining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.), joylashgan manzili (jismoniy shaxslar uchun — yashash manzili):

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________________________________________

___________________________________________________________________________________________

5. Amal qilish muddati:______________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________________________________________

Vakolatli organ rahbari_____________________________________________________________________________________________________

(egallab turgan lavozimi, F.I.O., elektron imzosi,)

(48-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
49-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma

1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan tovarlar eksporti uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — Ruxsatnoma).

2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish.

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi*:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi, hisobvaragʻi, telefon raqami;

tashqi savdo shartnomasi toʻgʻrisida maʼlumot (shartnoma tomonlari, ularning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari yoki import qiluvchi isteʼmolchi hisoblanmasa isteʼmolchi toʻgʻrisida maʼlumot, uning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari);

tovarlarni tashish toʻgʻrisida maʼlumot (yukning tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) va (yoki) BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi, transport turi (davlat raqami belgisi), yukni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (olib kirish) joylari, tranzit qatnashchilari boʻlgan davlatlar hududi boʻylab harakatlanishining moʻljallanayotgan yoʻnalishlari);

toʻlov topshiriqnomasi raqami va sanasi;

b) tashqi savdo shartnomasi (bitimi).

6. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

Mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

Mablagʻ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga kirim qilinadi.

8. Arizani koʻrib chiqish muddati:

20 ish kuni.

9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Talabgor quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:

eksportga chiqarilayotgan tovar eksport narxi ichki bozorda shakllangan narxlardan past boʻlmasligi;

eksportga chiqarilayotgan tovar hajmi ichki bozordagi narxlar oshib ketishiga olib kelmasligini asoslantirish;

eksportga chiqarilayotgan tovarga ichki bozorda talab pasayganligini asoslantirish;

eksportga chiqarilayotgan tovarni respublika hududida qayta ishlash quvvatlari yetishmayotganligini asoslantirish.

10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Eksportiga ruxsat beriladigan tovar xususiyatidan kelib chiqib:

chorva mollari, parranda, goʻsht va qoʻshimcha ozuqabop goʻshtli mahsulotlar, don: bugʻdoy, javdari bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori, guruch, grechixa, un, yorma boʻyicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining;

polietilentereftalat (PET) chiqindilari, parchalari va chiqindilari, charm xom ashyosi (nostandartlari ham), momiq moʻyna xom ashyosi, shu jumladan, qorakoʻl (nostandartlari ham), titishga yaroqli ipak qurt pillasi, ipak xom ashyosi (oʻralmagan), rangli metall parchalari va chiqindilari boʻyicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining;

katta qimmatga ega boʻlgan badiiy, tarixiy, ilmiy yoki boshqa madaniy (Madaniy meros agentligining xulosasiga koʻra) qadimiy buyumlar (rasmlar, haykaltaroshlik asarlari va boshqalar) boʻyicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, Madaniy meros agentligining xulosalarini majburiy tartibda olish uchun yuboriladi.

Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi organlari hamda sohaga aloqador respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur maʼlumotlar va tegishli xulosalarni olishi mumkin.

11. Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

Bir martalik harakatni bajarish bilan cheklanadi.

12. Izoh:

* maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun talabgor javob beradi.

(49-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
50-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ozonni buzuvchi moddalarni hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

jismoniy shaxsning maʼlumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

ozonni buzuvchi moddalarning nomi va miqdori;

moddalarning xususiyati va vazifasi (kerakligi belgilansin):

ozonni buzuvchi moddalarga mansub boʻlmagan boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun dastlabki xom ashyo sifatida foydalanish uchun yangi moddalar;

reagent sifatida qoʻllaniladigan yangi moddalar;

yoʻq qilishga moʻljallangan yangi moddalar, tasdiqlangan texnologiyalar yordamida ushbu moddalarni yoʻq qiladigan tashkilotning nomi va manzili;

karantinli ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);

tashishdan oldin ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);

qoʻllashning boshqa turlari uchun yangi moddalar;

utillashtirilgan, retsirkulyatsiyalangan, tiklangan moddalar.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim (shartnomalar, invoyslar va h.k.);

ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomasi (avval ishlatilgan va tiklangan ozonni buzuvchi moddalar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda taqdim etiladi);

import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining talabiga koʻra eksport qiluvchi mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa;

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

7 ish kuni

8.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Quyidagilar ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda ruxsat berishning talablari va shartlari hisoblanadi:

a) ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etish;

b) ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning importi va eksportini Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga muvofiq amalga oshirish;

v) ozonni buzuvchi yoki ularga bogʻliq boʻlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsiyalash uskunalarining:

Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan, ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatining A roʻyxatidagi I guruhga va S roʻyxatidagi I guruhga mansub boʻlmagan;

Oʻzbekiston Respublikasiga importi taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga mansub boʻlmaganlarining importini amalga oshirish;

g) ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini ushbu moddalar uchun belgilangan va taqsimlangan kvotaga muvofiq amalga oshirish;

d) eksport qiluvchi eksport qiladigan mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumotga asosan, tegishli ozonni buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi, importga ruxsat etilgan holda;

e) ozonni buzuvchi modda importini import qiluvchi mamlakat qonunchiligi, shuningdek, Monreal protokoli talablarini buzmagan holda amalga oshirish;

j) ozonni buzuvchi yangi moddali (retsirkulyatsiya qilingan, tiklangan ozonni buzuvchi moddali, ularning retsirkulyatsiya yoki tiklanganligi holati, ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilotlarning nomi va manzillari koʻrsatilgan holda), tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarning import yoki eksport qilinadigan konteynerlarini, berilgan ruxsatnoma asosida markirovkalash;

z) import qilingan va sotilgan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlarining, xaridorlarning nomlari va manzillari hamda qoʻllanilishi taxmin qilingan sohalar koʻrsatilgan holda hisobini yuritish, shuningdek eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari hisobini yuritish;

i) Ekologiya vazirligiga amalda import qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdori va ularning qoʻllanish sohalari boʻyicha sotilgan miqdorlari haqidagi, shuningdek, amalda eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda har yili taqdim etish.

9.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksportini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muddatga, biroq har joriy yilning 31-dekabr sanasidan oshmagan muddatga beriladi.

11.

Izoh:

1. Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, jismoniy shaxslar tomonidan tashiladigan va ular notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallanmagan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, mazkur shaxslar tomonidan import yoki eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.

2. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning import qilinganlik holati aniqlanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun belgilangan va taqsimlangan kvotadan ortiq import qilinganlik holati aniqlanganligi;

eksportchi eksport qilinadigan mamlakatda tegishli ozon buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan tashkilot ekanligi holati, import uchun ruxsat boʻlgan holda, tegishli mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumot asosida aniqlanganligi;

ozonni buzuvchi moddaning importi noqonuniy muomala holatini tashkil etganligi yoxud importchi mamlakatda importchi mamlakatning Monreal protokoli boʻyicha majburiyatlarini bajarish maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazoratiga noqulay taʼsir koʻrsatganligi yoxud eksportga ruxsat etilgan holatda — ushbu mamlakat uchun mazkur Protokolda nazarda tutilgan miqdor cheklovlarining oshishiga olib kelganligi aniqlanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi xodimlari, shuningdek, tegishli sohaning yuqori malakali mutaxassislari bilan birgalikda, ozonni buzuvchi moddalar, tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni tashqi koʻzdan kechirishni, ularning ruxsatnomaga muvofiqligini aniqlash uchun asbob-uskunalar yordamida oʻlchovlar, oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻzdan kechirishlar va boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni boʻyicha ruxsat berish tartib-tamoyillari talab va shartlari buzilganlik holati aniqlanganligi.

(50-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
51-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ruxsatnoma olish uchun obyektning nomi, maqsadi va manzili koʻrsatilgan ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs boʻlgan talabgor uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

jismoniy shaxs boʻlgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

b) obyekt joylashgan joydagi yerning dengiz sathidan mutlaq balandligi, obyektning balandligi, eng yaqin aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagining ikki tarafi boshlanish joyidan X va U boʻyicha koordinatalari haqidagi maʼlumotlar;

v) obyektning 1984-yilgi butunjahon geodeziya koordinatalar tizimi WGS-84dagi geografik koordinatalari (kenglik va uzunlik);

g) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori voltli), radio va elektromagnit nurlanishlar tarqatuvchi obyektlar, elektr yoritish obyektlari, shuningdek, ish jarayonida samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga sabab boʻladigan obyektlarning texnik parametrlari;

d) radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalarining nomlari, elektr uzatish liniyalarining kuchlanishi, aerodromlarning nazorat nuqtasidan 46 km radiusdagi barcha tayanch ustunlarining balandligi va koordinatalari, ular oʻtadigan tuman va viloyatlar, shuningdek, ularning boshlangʻich va tugash punktlari haqidagi maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Har bir obyektga ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravariga teng boʻlgan miqdorda yigʻim shartnoma tuzmasdan undiriladi.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 kun

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish zarur:

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan binolar, inshootlar, shuningdek, odamlar, qushlar hamda yovvoyi hayvonlar (kemiruvchilar) koʻplab toʻplanishiga sabab boʻladigan obyektlar;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan radioaloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari (shu jumladan, yuqori kuchlanishli), radio va elektromagnit nurlanishli boshqa obyektlar, shuningdek, yoritish texnikasi obyektlari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 15 km radiusda joylashtiriladigan portlash xavfi boʻlgan obyektlar (balandligidan qatʼi nazar);

joylashtiriladigan joyidan qatʼi nazar, chiqarib yuboriladigan gazlarni favqulodda yoqish uchun mashʼala qurilmalari;

aerodrom nazorat nuqtasidan 46 km radiusda joylashtiriladigan sanoat va boshqa korxonalar hamda inshootlar, parvoz koʻrinishini va aerodrom uchish maydonlarining holatini yomonlashtiruvchi obyektlar;

joylashtiriladigan yeridan qatʼi nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq boʻlgan obyektlar.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi joylashtiriladigan joyidan qatʼi nazar, mutlaq balandligi 50 m va undan ortiq boʻlgan obyektlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab 5 kun muddat ichida kelishadi.

2. Ruxsatnoma Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 4-bobida koʻrsatilgan hollarda va belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi.

Har bir obyektga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun mazkur Pasportning 7-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi.

3. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

4. Arizaning namunaviy shakli

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish haqida

ARIZA

_____________________________________________________________________________________________ga

(ariza beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli)

yegishli __________________________________________________________________________________ obyektga

(obyektning nomi va foydalanish maqsadi, joylashgan joyi, balandligi, oʻlchovlari)

ruxsatnoma berishingizni soʻraymiz.

Shu bilan birga ________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

tomonidan mazkur obyekt qurilishi tugagandan soʻng obyektda kunduzgi markirovkalash va yoritish boʻyicha talablar bajarilishi kafolatlanishini tasdiqlaymiz.

Ilova: ruxsatnoma olish uchun talab etiladigan hujjatlar ____ varaqda.

__________

___________

___________________________

(rahbar)

(imzo)

(F.I.O.)

Izoh. Jismoniy shaxslar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.

5. Arizaga ilova etiladigan maʼlumotnomaning namunaviy shakli

Ruxsatnoma olinishi zarur boʻlgan obyektning joylashgan joyi haqida

MAʼLUMOTLAR

1.

Obyekt nomi

2.

Obyektning pochta manzili

3.

Obyekt joylashgan joydagi yerning dengiz sathidan mutlaq balandligi

No = ______ m

4.

Bino (inshoot) balandligi

N = ______ m

5.

Obyekt balandligi

N = ______ m

6.

Obyektning eng yuqori qismi

N = ______ m

7.

Obyektning 1984-yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimi WGS-84dagi geografik koordinatalari (kenglik va uzunlik)

L = ______ m

B = ______m

8.

Eng yaqin aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagining ikki tarafi boshlanish joyidan X va U boʻyicha koordinatalari haqidagi maʼlumotlar

X = (+) (-) _____m,

U = (+) (-) _____m,

X = (+) (-) _____m,

U = (+) (-) _____m,

Izoh. Mazkur maʼlumotnoma ushbu yoʻnalishda tegishli litsenziyaga ega geodeziya tashkiloti tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanib, arizaga ilova qilingan holatda ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi.

6. Ruxsatnomaning namunaviy shakli

Ariza beruvchiga

“Oʻzaviatsiya” agentligi, ________________________________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

tomonidan parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun taqdim etilgan materiallarni belgilangan tartibga muvofiqligini tahlil qilib, arizada koʻrsatilgan _____________________________________________________________ (obyektning nomi, joylashgan joyi, obyektning eng yuqori qismi balandligi va geografik koordinatalari) obyektning joylashishiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganini maʼlum qiladi (yoki asoslangan tarzda ruxsatnoma berishni rad etadi).

Ariza beruvchi _________________________________________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi)

parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan obyekt qurilishi (uyali aloqa tizimining tayanch stansiyalari machtalarini oʻrnatish) tugallangandan soʻng yetti ish kuni ichida “Oʻzaviatsiya” agentligiga ixtisoslashtirilgan geodeziya tashkiloti tomonidan obyektning yuqori qismi balandligini tasdiqlovchi hujjatlarni, qurilishi tugallangan obyektning komissiya tomonidan qabul qilish dalolatnomalari va sanitariya pasportlarini (zarur hollarda) taqdim etishingiz shart ekanligini maʼlum qilamiz.

Rahbar

_______________________________

______________

(F.I.O.)

(imzo)

(51-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
52-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar tomondan fuqaro havo kemasidan foydalanish bilan bogʻliq fuqaro aviatsiyasidagi faoliyatni amalga oshirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ekspluatant sertifikatini olish uchun ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1. yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.

2. Quyidagilarni belgilash:

ekspluatant sertifikatini berish;

ekspluatant sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish;

ekspluatant sertifikatini qayta rasmiylashtirish;

ekspluatant sertifikatining amal qilishini tiklash;

ekspluatant sertifikatining dublikatini berish;

ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatish;

ekspluatant sertifikatini bekor qilish.

3. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

yuridik shaxslar uchun:

1) Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi;

2) Joylashgan joyi (pochta manzili);

3) Telefon raqamlari;

jismoniy shaxslar uchun:

1) Familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) Turar joy manzili;

4) Telefon raqamlari.

4. Ilova (hujjatlar nomi, ularning raqamlari, imzolangan sana, varaqlar soni, taqdim qilish shakli);

b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati.

Yuridik shaxslar uchun:

1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar va faoliyat turlari, foydalanish geografik zonalari (regionlari) haqida maʼlumotlar.

2. Ariza beruvchi tashkilotning tasdiqlangan tarkibiy sxemasi.

3. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

4. Mazkur Pasportning 9-pozitsiyasidagi talablar va shartlarning 5-bandida koʻrsatilgan boshqaruv xodimlari boʻyicha ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar lavozimlari, familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning malakalari va fuqaro aviatsiyasida tegishli rahbarlik ishidagi tajribasi koʻrsatilgan maʼlumotlar.

5. Aviatsiya ekipajlari tarkibi va texnik-muhandis xodimlarning malakalari va ruxsatnomalari toʻgʻrisida nomma-nom maʼlumotlar.

6. Foydalaniladigan havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati koʻrsatilgan maʼlumotlar.

7. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni taʼminlash turlari uchun shartnomalar nusxalari.

8. Barcha turdagi majburiy sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polislari nusxalari.

9. Parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasi, havo kemasiga yer ustida xizmat koʻrsatishga doir qoʻllanma, xavfli yuklarni tashish boʻyicha taʼlim va tartibotlarga doir qoʻllanma, havo kemasi ogʻirligi va markazlanishini rostlashga doir qoʻllanma, ekipajning yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

10. Havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat koʻrsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), asosiy minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), konfiguratsiyadan ogʻishlar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun).

Jismoniy shaxslar uchun:

1. Havo kemasi joylashgan manzil, taklif qilinadigan parvozlar, parvozlarning geografik zonalari (regionlari) haqida maʼlumotlar.

2. Havo kemasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.

3. Ariza beruvchining havo kemasida parvozlarni bajarish uchun malakalari va ruxsatnomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar.

4. Havo kemalarining turi, modeli, seriyasi, tanish belgilari, parvozga yaroqlilik holati koʻrsatilgan maʼlumotlar.

5. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxalari.

6. Havo kemalari joylashgan aeroportda parvozlarni taʼminlash turlari uchun shartnomalar nusxalari.

7. Barcha turdagi majburiy sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta polislari nusxalari.

8. Parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasining ekspluatatsiyasiga doir qoʻllanma, havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma, havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturi, ekspluatantining aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Ariza beruvchi

Yigʻim

Jismoniy shaxslar uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining 165,3 baravari

Yuridik shaxslar uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining 393,5 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 57,3 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

60 ish kuni

9.

Ruxsat beruvchi talablar va shartlar:

Ekspluatant tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ruxsat beruvchi talablar va shartlar quyidagilardan iborat:

a) qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

b) ariza beruvchi oʻzgargan (yuridik shaxs uchun — uning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgargan, jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgargan) holatda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni mobaynida “Oʻzaviatsiya” agentligini xabardor qilish;

v) havo kemasi ekspluatantining belgilangan ruxsat beruvchi talablar va quyida keltirilgan shartlarga muvofiqligi:

yuridik shaxslar uchun:

1. Ekspluatant havo kemasiga (mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida), parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va taʼminlash uchun aviatsiya xodimlariga va ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi shart.

2. Ekspluatantning havo kemasi belgilangan turlardagi va mintaqalardagi parvozlarni amalga oshirishi uchun tegishli ravishda jihozlangan boʻlishi, aviatsiya xodimlari esa zarur malakaga va tayyorgarlikka ega boʻlishlari shart.

3. Ekspluatant belgilangan turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy resurslar mavjudligini tasdiqlashi shart.

4. Ekspluatant quyidagilarga ega boʻlishi shart:

aviatsiya xizmati;

texnik xizmat;

ishlab chiqarish-dispetcherlik boʻlinmasi yoki parvozlarni tashkiliy taʼminlash boʻyicha tegishli ravishda tayyorlangan xodim (dispetcher);

parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspeksiya yoki parvozlar xavfsizligi boʻyicha ekspluatant rahbarining oʻrinbosari (maslahatchisi);

aviatsiya xavfsizlik xizmati yoki aviatsiya xavfsizligi boʻyicha ekspluatant rahbarining oʻrinbosari;

havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish xizmati yoki havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini tashkil etish uchun masʼul tegishli ravishda tayyorlangan xodim;

tibbiy boʻlinma yoki parvozlarning tibbiy taʼminotini tashkil etish uchun masʼul shifokor;

parvozlarning qidiruv, avariya-qutqaruv taʼminot xizmati yoki parvozlarning avariya-qutqaruv taʼminoti uchun tegishli ravishda tayyorlangan masʼul xodim;

aeronavigatsion taʼminot xizmati yoki aeronavigatsiya taʼminotini tashkil etish uchun tegishli ravishda tayyorlangan masʼul xodim.

5. Ekspluatant quyidagilar uchun masʼul boshqaruv xodimlariga ega boʻlishi shart:

havo kemasidan aviatsiyada foydalanish va aviatsiya ishlarini tashkil etish qoidalariga rioya etish (fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining amaldagi guvohnomasi bilan);

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va uning qoidalariga rioya etish;

parvozlarni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishning operativ nazoratini taʼminlash;

havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlari taʼminlanishini tashkil etish;

aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;

parvozlar xavfsizligini taʼminlash nazoratini tashkil etish.

6. Ekspluatant havo kemasining ekipajini tashkil etuvchi, ekspluatantning belgilangan parvozlar dasturini bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlarga va havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasiga muvofiq havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va bajarish uchun texnik-muhandis xodimlarga ega boʻlishi shart.

7. Aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, ekspluatantning texnik-muhandis xodimlari aviatsiya mutaxassisining kerakli malakaviy belgilar va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlishlari shart.

8. Ekspluatant normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, parvozlar xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir axborotni olish, oʻz aviatsiya xodimlariga yetkazish hamda ularning ijrosini nazorat qilish tizimiga ega boʻlishi shart.

9. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga ega boʻlishi kerak. Ekspluatant parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimi doirasida rahbarlik va oʻz aviatsiya xodimlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan parvozlarning xavfsizligiga doir hujjatlar tizimiga ega boʻlishi shart.

Maksimal sertifikatlangan 27 000 kg dan koʻproq oirlikdagi havo kemasi ekspluatanti parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida parvoz maʼlumotlarini tahlil qilish dasturini ishlab chiqishi va bajarishi shart.

10. Ekspluatant havoda tashishlar va/yoki aviatsiya ishlarini operativ boshqarish uchun har bir havo kemasi bilan aloqa mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak. Havo kemasi bilan aloqa ekspluatant tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli ishlarni bajarish huquqiga ega tashkilot bilan shartnoma asosida taʼminlanishi mumkin.

11. Ekspluatant xavfli yuklarni tashish uchun quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikatga, shuningdek, ekspluatant nomidan aviatsiyada xavfli yuklarni tashish uchun ruxsat berish (ruxsat berishni rad etish) hamda xavfli yuklarning sinfiga (toifasiga) qarab ularni tashish shartlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega masʼul mutaxassis;

aviatsiya tarkibi va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlarida xavfli yuklarni tashish qoidalari boʻyicha malaka darajasini tasdiqlovchi sertifikat;

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan xavfli yuklarni tashish boʻyicha taʼlim va tartibotlarga doir qoʻllanma.

12. Ekspluatant oʻzi foydalanayotgan har bir havo kemasi:

parvozga yaroqli holatda saqlanishini;

rejalashtiriladigan parvoz uchun kerakli ishga yaroqli foydalanish va avariya uskunalariga ega boʻlishini;

fuqaro havo kemasi parvozga yaroqliligining amaldagi sertifikatiga ega boʻlishini taʼminlashi shart.

13. Ekspluatant quyidagi axborot hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlashi shart:

havo kemasi hamda cheklangan resursli va xizmat muddatli barcha agregatlaridan umumiy foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar);

barcha majburiy axborotning muvofiqligi, parvozga yaroqlilikni saqlash toʻrisidagi joriy maʼlumotlar;

modifikatsiyalar va taʼmirlashlar toʻgʻrisida tegishli batafsil maʼlumotlar;

havo kemasi yoki uning agregatlari soʻnggi kapital taʼmirlashdan keyin ulardan foydalanish vaqti (tegishli ravishda soatlar, kalendar vaqti va sikllar) toʻrisida maʼlumotlar;

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturining bajarilishi toʻrisida joriy maʼlumotlar;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlovchi texnik xizmat koʻrsatish toʻrisida batafsil maʼlumotlar.

Mazkur bandning yettinchi xatboshisidan tashqari axborot tegishli agregat foydalanishdan butkul olib tashlangandan soʻng 90 kundan kam boʻlmagan muddatda saqlanishi kerak. Ushbu bandning yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan axborot texnik xizmat koʻrsatish toʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan soʻng eng kamida bir yil saqlanishi shart.

Ekspluatant oʻzgargan holatda, mazkur bandda qayd etilgan axborot yangi ekspluatantga taqdim qilinishi shart.

14. Maksimal sertifikatlangan ogʻirligi 5 700 kg dan koʻproq boʻlgan havo kemasi ekspluatanti texnik xizmat koʻrsatish va foydalanish tajribasini nazorat qilishi, umumlashtirishi va baholashi hamda havo kemasini ishlab chiquvchiga havo kemasining parvozga yaroqliligini taʼminlashga salbiy taʼsirni yuzaga keltiradigan yoki yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan ishdan chiqishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻrisidagi axborotni taqdim qilishi shart. Ekspluatant havo kemasini ishlab chiqaruvchidan parvozga yaroqliligini taʼminlashga doir barcha zarur maʼlumotlar va tavsiyalarni olib, ularni atroflicha tahlil qiladi va tegishli harakatlarni “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiradi.

15. Ekspluatantning havo kemasini barcha modifikatsiyalari va taʼmirlash ishlari havo kemasining parvozga yaroqliligiga doir talablarga javob berishi shart.

16. Ekspluatant havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatilgan va texnik xizmat koʻrsatish toʻrisidagi tegishli dalolatnoma “Oʻzaviatsiya” agentligi tasdiqlagan tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan holatda, havo kemasida parvozlarni amalga oshiradi.

Agar havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish shartnomaga asosan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti tomonidan bajarilsa, ushbu shartnomaning texnik sohalari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan oʻzaro muvofiqlashtirilishi shart.

17. Havo kemasi parvozga yaroqlilik meʼyorlariga asosan va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanmadagi foydalanish cheklanishlari doirasida ishlatilishi shart.

18. Havo kemasi ekipajning uchuvchilar tarkibiga havo kemasi parvozining trayektoriyasini nazorat qilish, qoidalar bilan talab qilinadigan har qanday harakatlarni bajarish, kutilgan foydalanish sharoitlarida ushbu havo kemasiga tegishli foydalanish cheklovlariga rioya etish imkonini beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.

19. Ekspluatant havo kemasining yuklanishini parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanmaga va ekspluatantning tegishli foydalanish hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiradi.

20. Ekspluatant aviatsiya xodimlarining oʻz funksional vazifalari doirasida aviatsiya xavfsizligi chora-tadbirlari bilan tanishib chiqishlarini taʼminlaydi va ekspluatantning aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi xodimlar tomonidan bajarilishini tashkil etadi.

21. Ekspluatant ekipajining aviatsiya tarkibi xorijiy mamlakatlarning oʻz vazifalariga tegishli va uchib oʻtiladigan hududlarga, foydalaniladigan aerodromlarga va tegishli aeronavigatsion vositalarga (xalqaro parvozlarni bajarish uchun) qoʻllaniladigan qonunlari, qoidalari va tartibotlari bilan tanishib chiqishi shart.

22. Ekspluatant har bir foydalaniladigan havo kemasi ekipajining uchuvchilar tarkibini havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma va aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma bilan taʼminlashi shart.

23. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi havo kemasi bortida ularning havo kemasi uchib oʻtadigan hududda qidiruv-qutqaruv xizmatlariga tegishli barcha zarur axborotga ega boʻlishi shart.

24. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi radiotelefon aloqa yuritishda ishlatiladigan ingliz tilida soʻzlashishi va uni tegishli darajada tushunishi shart (xalqaro parvozlarni bajarish uchun).

25. Ekspluatant ekipajining uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi tarkibi oʻzining muayyan vazifalari va javobgarliklari yuzasidan instruktajdan oʻtishlari shart.

26. Ekspluatant tashkiliy tuzilmani, boshqaruv va nazorat metodikasini oʻz ichiga oladigan yer ustida xizmat koʻrsatish tizimiga ega boʻlishi shart.

27. Ekspluatant Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy turdagi suurtalanishlarni taʼminlaydi.

28. Ekspluatant quyidagilarga ega boʻlishi va ularni bajarishi shart:

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatishni boshqarishga doir qoʻllanmasi, parvozlarning xavfsizligini boshqarish tizimiga doir qoʻllanma, havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), havo kemasi oirligi va markazlanishini rostlashga doir qoʻllanma, havo kemasiga yer ustida xizmat koʻrsatishga doir qoʻllanma;

“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma (har bir turdagi havo kemasi uchun), texnik xizmat koʻrsatish dasturi (har bir turdagi havo kemasi uchun), ekipaj aʼzolarining yer ustida va parvozdagi tayyorgarlik dasturi, minimal uskunalar roʻyxati (har bir turdagi havo kemasi uchun), aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturi.

Hujjatlar inson omili sohalari hisobga olingan holda, ishlab chiqiladi, ularning tuzilishi va mazmuni esa standartlar talablariga va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotga muvofiq boʻlishi shart.

29. Agar ekspluatant boshqa davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemasidan foydalansa, u havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatga tegishli standartlar talablarini va Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) tomonidan tavsiya etiladigan amaliyotni bajarishi shart.

30. Ekspluatant oʻz faoliyatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarishi shart;

jismoniy shaxslar uchun:

1. Ekspluatant havo kemasiga mulkka egalik huquqlarida yoki ekipajsiz ijara shartlarida ega boʻlishi shart. Ekspluatantning asosiy faoliyat yuritish va havo kemasini joylashtirish manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi shart.

2. Ekspluatant fuqaro aviatsiyasi uchuvchisining kerakli malaka belgilari va ruxsatlar qayd etilgan amaldagi guvohnomalari bilan tasdiqlangan tegishli maxsus tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlishi shart.

3. Yuqoridagi talab va shartlarning 12, 15, 22, 23, 27 va 30-bandlari talablariga javob berishi va ularni bajarishi shart.

4. Ekspluatant “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan parvozlarni amalga oshirishga doir qoʻllanma, havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma, aviatsiyada havo kemasidan foydalanishga doir qoʻllanma, havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturi va aviatsiya xavfsizligini taʼminlash dasturiga ega boʻlishi va ularni bajarishi shart.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

1. Ekspluatant sertifikati “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan havo kemasidan foydalanish bilan bogʻliq fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

Ekspluatant sertifikati jismoniy shaxsga faqat uning shaxsiy ehtiyojlari uchun beriladi.

2. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ekspluatant sertifikati asl nusxasini beradi.

4. Ekspluatant sertifikati “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun ekspluatant sertifikati matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

6. Havo kemasining hujjati hisoblangan ekspluatant sertifikati nusxasi “Oʻzaviatsiya” agentligining masʼul mutaxassisi imzosi bilan tasdiqlanadi.

7. Ekspluatant sertifikatiga muvofiq rasmiylashtirilgan foydalanish xususiyatlari ilova qilinadi. Spetsifikatsiyalar tavsiflarning har bir varagʻi “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

8. Ekspluatant sertifikati ikki yoki undan koʻp yuridik (jismoniy) shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi.

9. Ekspluatant faqat amaldagi ekspluatant sertifikati mavjud boʻlgan holatda va foydalanish xususiyatlaridagi shartlar hamda cheklanishlarga muvofiq havo kemasidan fuqaro aviatsiyasida faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin.

10. “Oʻzaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda ekspluatant sertifikatini berish uchun kerakli hujjatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi maʼlumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan, elektron hujjat shaklida oladi.

11. Ekspluatant faoliyatini nazorat qilish ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish shaklida amalga oshiriladi.

Inspeksiya tekshiruvi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

12. Ekspluatant sertifikatini berish yoki uning berilishini rad qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar baholanishini va ariza beruvchining sertifikatlash tekshiruvini amalga oshiradi.

13. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi.

14. Sertifikatlash tekshiruvi ariza beruvchining havo kemasi joylashgan manzilda ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

15. Sertifikatlash tekshiruvi “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tomonidan oʻtkaziladi, ushbu buyruqda komissiya tarkibi, dasturi va tekshiruvni oʻtkazish muddatlari koʻrsatiladi.

16. Hujjatlar va sertifikatsiyaviy tekshiruv baholanishi natijalariga asosan “Oʻzaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga ekspluatant sertifikatini beradi (yuboradi) yoki uni ekspluatant sertifikatini berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

17. Ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos hisoblangan bir martalik qoʻpol qoida buzilishiga quyidagi holatlar tegishlidir:

havo kemasidan, dvigatellar yoki ularning agregatlaridan belgilangan resurslar va xizmat muddatlaridan yuqori foydalanish;

nosoz havo kemasida parvozlarni amalga oshirish;

maxsus tayyorgarlikka va/yoki tegishli amaldagi aviatsiya mutaxassisi guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslarga parvozlarni amalga oshirish yoki aviatsiya texnikasiga xizmat koʻrsatish uchun ruxsat berish;

uchuvchi ekipaj tarkibi aʼzolari tomonidan belgilangan parvoz ish vaqti va dam olish vaqti meʼyorlarining buzilishi;

havo kemasini tashkil etish, taʼminlash, undan foydalanish va parvozlarni amalga oshirish qoidalarining aviatsiya hodisasiga olib kelgan buzilishi;

uchuvchi ekipaj tarkibi aʼzolarini tayyorlash, taʼminlash va malakasini oshirishga doir belgilangan majburiy talablarning buzilishi;

fuqaro aviatsiyasida tekshirilishi lozim boʻlgan aviatsiya hodisalari va noxush voqealarni yashirish;

belgilangan tartibotlar buzilgan holda, havo kemasining tuzilishiga parvozlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi oʻzgartishlarni kiritish;

aviatsiya xavfsizligi yuzasidan parvozdan oldingi tekshiruvdan oʻtkazilmagan yoʻlovchilarni, qoʻldagi yuklarni, bagajni, yuklarni, pochtani, bort zaxiralarini tashish;

yoʻlovchilarni, bagajni yoki yuklarni tashish boʻyicha foydalanish cheklovlari buzilishi, havo kemasining yuk ortish yoki yoʻlovchilar kabinalarining meʼyordan yuqori yuklanishi.

18. Ekspluatantlar inspeksiya tekshiruvlari quyida belgilanganidan kam boʻlmagan muddatlarda amalga oshiriladi:

perrondagi inspeksiya — uch oyda bir marta;

marshrutdagi (parvozdagi) inspeksiya — uch oyda bir marta;

asosiy obyektlar inspeksiyasi — yiliga bir marta.

19. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

(52-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
53-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro havo kemasini uchishga yaroqlilik sertifikatni olish chogʻida taqdim etish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani olish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan sanasi;

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchisi (tashkilot nomi), turi va soni;

bazasi joylashgan manzil;

3) mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) havo kemasi turining sertifikati;

v) jismoniy yoki yuridik shaxsning fuqaro havo kemasiga boʻlgan mulkiy huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (shu jumladan, shartnomalar);

g) havo kemasi xorijiy davlat havo kemalari reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida hujjat;

d) havo kemasi xorijiy davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelganda, uchishga yaroqlilik eksport sertifikati.

2. Fuqaro havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

arizani berish sababi:

fuqaro havo kemasini chegirib tashlash

fuqaro havo kemasini foydalanishdan chiqarish

fuqaro havo kemasini belgilangan tartibda xorijiy davlatga, xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotish yoki topshirish

fuqaro havo kemasini davlat yoki eksperimental aviatsiyaga oʻtkazish

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellarning ishlab chiqaruvchi, turi va soni;

yangi egasi/mulkdorning nomi agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa;

yangi roʻyxatga oluvchi davlat, agar havo kemasi sotilsa yoki topshirilsa;

3) mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) ilgari berilgan hujjatlarning asl nusxalari:

fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;

fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat;

fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat;

v) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;

g) SELCAL tizimi ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasining roʻyxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat (agar ushbu tizim havo kemasida mavjud boʻlsa);

d) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining roʻyxatidan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 63,7 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 75,8 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli boʻlgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini taʼminlash;*

b) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;*

v) fuqaro havo kemasida uning parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan konstruktiv oʻzgartirishlar yoʻqligini taʼminlash;*

g) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Ushbu Pasportning qoidalari davlat va eksperimental havo kemalari, deltaplanlar, paraplanlar, parashutlar, boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostatlar, uchuvchisiz uchish qurilmalari hamda meteorologik maqsadlarda ishlatiladigan uchuvchi sharlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Guvohnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligining vakolatli shaxsi fuqaro havo kemasida tekshiruvni oʻtkazib, fuqaro havo kemasining texnik holatini tekshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

3. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

4. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay guvohnomaning asl nusxasini beradi.

5. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun guvohnomaning matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

6. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida guvohnoma havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi guvohnoma boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga guvohnoma quyidagi hollarda berilishi mumkin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilishda;

b) havo kemasini sotib olishda (ijaraga olish).

8. Guvohnomani berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida guvohnomani berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq guvohnomani berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemasini qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

10. Guvohnoma fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — davlat reyestri) kiritilganligini va Oʻzbekiston Respublikasining milliy mansubligiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

11. “Oʻzaviatsiya” agentligi davlat reyestrini yuritadi.

12. Davlat reyestri qooz va elektron shaklda yuritiladi. Qooz shaklidagi yozuvlar bilan elektron shakldagi yozuvlar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, qooz shaklidagi yozuvlar ustuvorlikka egadir.

13. Davlat reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.

14. Fuqaro havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar davlat reyestriga kiritilganda, fuqaro havo kemasiga ushbu kemaga qayd etiladigan davlat tanish va roʻyxat belgilari tayinlanadi. Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan tashkil topadi.

Fuqaro havo kemasiga tayinlangan davlat tanish va roʻyxat belgilari, havo kemasining modifikatsiyasi va/yoki egasi oʻzgarishidan qatʼi nazar, havo kemasini ekspluatatsiya qilinishi, butun muddati davomida saqlanib qoladi.

15. Davlat reyestriga kiritilgan fuqaro havo kemasi talabgorning murojaati asosida davlat reyestridan chiqariladi.

16. Taqdim etilgan hujjatlar asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqaradi va talabgorga fuqaro havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi. Fuqaro havo kemasi davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.

17. Talabgor fuqaro havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisida guvohnomani olganidan keyin fuqaro havo kemasiga qayd etilgan davlat tanish va roʻyxat belgilarini havo kemasidan oʻchirib tashlaydi (yoʻq qiladi).

18. Fuqaro havo kemasi mulkdorining yozma murojaatiga koʻra Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻrisidagi konvensiya (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) asosida fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish tartib-taomillari amalga oshirilishi mumkin.

19. Hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda fuqaro havo kemasini davlat reyestridan chiqarish va havo kemasi davlat roʻyxatidan chiqarilganligi toʻrisida guvohnomani berish tartib-taomillari amalga oshiriladi.

20. Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan havo kemasi egasi/mulkdorining maʼlumotlari oʻzgartirilgan taqdirda, talabgor tomonidan fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart.

21. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(53-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
54-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatni olish uchun:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududi joylashgan;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan;

3) arizani berish sababi;

4) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

dvigatellar / havo vintlari turi;

havo kemasi toifasi va/yoki qoʻllanilishi;

taʼmirlashlarning soni, joyi va oxirgi taʼmirlash sanasi;

havo kemasi bazirovka (arenda) joyi;

havo kemasi vaznini oxirgi oʻlchash sanasi va joyi;

boʻsh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %;

jihozlangan havo kemasining boʻsh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %;

maksimal uchish vazni, kg;

tayinlangan resurs va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana);

taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana);

ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

5) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

6) havo vintlari toʻrisidagi maʼlumotlar:

Havo vintlarining tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

uchishga yaroqlilik boʻyicha barcha bajarilishi shart boʻlgan byulletenlar va koʻrsatmalar, ariza berish kuniga qadar bajarilgan, havo kemasi ishlab chiqaruvchining talablariga muvofiq jihozlangan, reglamentda koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilgan;

havo kemasi ishlaydigan holatda va foydalanish uchun yaroqlidir;

7) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan boʻlsa;

v) ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan havo kemasini tashqi boʻyash individual/namunaviy sxemasi;

g) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

d) ariza beruvchi tomonidan oʻtkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

e) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat koʻrsatish dasturi ishlari boʻyicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari;

j) ushbu havo kemasiga tegishli boʻlgan “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik xizmat koʻrsatish dasturi va minimal jihozlar roʻyxati;

z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5000 kg dan kam boʻlgan havo kemalari uchun);

i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat berilgan boʻlsa, quyidagi hujjatlar nusxalari:

aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash toʻgʻrisidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar);

resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi;

havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha dastur natijalariga koʻra havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnoma;

havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi dalolatnoma.

2. Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikatni olish uchun

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) Havo kemasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan;

3) arizani berish sababi;

4) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ekspluatatsiyasi boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi operativ/davriy texnik xizmat koʻrsatish (sana, texnik xizmat koʻrsatish uchun karta/naryadlarining raqami);

parvozning maqsadi va moʻljallangan yoʻnalishi;

maxsus parvozni amalga oshirish uchun ekipaj tarkibi;

havo kemasining konstruksiyasi va xarakteristikalari uning konstruksiyasi turiga nomuvofiqligi haqida batafsil tavsif;

parvozni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ekspluatatsion cheklovlar va maxsus jihozlar roʻyxati;

parvoz xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli tekshiruvlar yoki sinovlarning natijalari;

parvoz uchun aviatsiya yoqilgʻisining hisoblangan miqdori va havo kemasining aslida uchib chiqish vazni;

havo kemasi belgilangan maqsadlar va cheklovlar bilan xavfsiz parvozni taʼminlashga qodirligi haqida maʼlumot;

b) havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga koʻra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud boʻlgan hollarda parvozni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisida fuqaro havo kemasining ishlab chiqaruvchisi (loyihalovchi) bilan kelishuv;

v) ariza beruvchining uchuvchi-texnik komissiyasi tomonidan tayyorlangan, xavfsiz parvozni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosa qayd etilgan fuqaro havo kemasining texnik holatini baholash dalolatnomasi.

3. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikatini olish uchun

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) arizani berish sababi;

3) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasining turi;

davlat tanish va roʻyxat belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

dvigatellar / havo vintlari turi;

havo kemasi toifasi va/yoki qoʻllanilishi;

taʼmirlashlarning soni, joyi va oxirgi taʼmirlash sanasi;

havo kemasi bazirovka joyi;

havo kemasi vaznining oxirgi oʻlchash sanasi va joyi;

boʻsh havo kemasi vazni, kg Sentrovkasi (CAX), %;

jihozlangan havo kemasining boʻsh vazni (Basic Empty Weight), kg Sentrovkasi (CAX), %;

maksimal uchish vazni, kg;

tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikl/sana);

taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati uzaytirishlarini hisobga olgan holda (soat/sikli/sana);

ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

oxirgi taʼmirdan keyin havo kemasining ishlagan vaqti (soat/sikli);

4) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

Taʼmirlashlarning soni, oxirgi taʼmirlash sanasi va joyi

Tayinlangan resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Taʼmirlararo resursi va xizmat qilish muddati (uzaytirishlarni hisobga olgan holda)

Ekspluatatsiya boshlangan vaqtdan eʼtiboran ishlagan vaqti (soat/sikli)

Oxirgi taʼmirdan keyin ishlagan vaqti (soat/sikli)

5) havo vintlari toʻrisida maʼlumotlar:

uchishga yaroqlilik boʻyicha barcha bajarilishi shart boʻlgan byulletenlar va koʻrsatmalar, ariza berish kuniga qadar bajarilgan, havo kemasi komplektlab qoʻyilgan, reglamentda koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilgan;

havo kemasi ishlaydigan holatda va baza joyigacha uchish uchun yaroqlidir;

6) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan havo kemasini qabul qilish-topshirish dalolatnomasining nusxasi;

v) yangi roʻyxatga olish davlatining Aviatsiya maʼmuriyatidan fuqaro havo kemasi ushbu davlatda roʻyxatga olinishi toʻrisidagi xabarnomaning nusxasi;

g) havo kemasida uning uchishga yaroqliligini aniqlash uchun nazorat-sinov parvozlari (nazorat uchishlari) bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, dalolatnoma va hokazo) nusxasi, ushbu parvoz amalga oshirilgan boʻlsa;

d) havo kemasining vazni va sentrovkasini aniqlash toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi;

e) ariza beruvchi tomonidan oʻtkazilgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va hokazo) nusxasi;

j) havo kemasi komponentlarining resursini hisobga olish, dvigatellari, uchishga yaroqlilik boʻyicha direktivalar, servis byulletenlari va texnik xizmat koʻrsatish dasturi ishlari boʻyicha hujjatlar (reyestrlar, qaydnomalar, hisobga olish kartochkalari va boshqalar) nusxalari;

z) havo kemasi formulyari (maksimal uchish vazni 5 000 kg dan kam boʻlgan havo kemalari uchun);

i) resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish boʻyicha ishlar bajarilgan havo kemasiga uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat berilgan boʻlsa, quyidagi hujjatlar nusxalari:

aniq bir namunaviy havo kemasi uchun resurs va/yoki xizmat muddatini belgilash toʻgʻrisidagi havo kemasi loyihachisining (ishlab chiqaruvchisining) qarorlari (xulosalari va boshqalar);

resurs va/yoki xizmat muddatini uzaytirish mumkinligini aniqlash maqsadida havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha havo kemasi loyihalovchisining (ishlab chiqaruvchisining) dasturi;

havo kemasining texnik holatini tadqiq etish boʻyicha dastur natijalariga koʻra havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisida dalolatnoma;

havo kemasining texnik holatini baholash toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida dalolatnoma;

k) ilgari berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 153,7 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 278,2 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi saqlanishini taʼminlash;*

b) havo kemasi quyidagilarga ega boʻlishi kerak:

havo kemasida roʻyxatga olish va davlat belgilari aks ettirilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasvirini ifodalovchi belgi tushirilgan holda tashqi boʻyalishi;*

havo kemasining asosiy kirish yoʻlagida koʻrinadigan joyga oʻrnatilgan, havo kemasining turi, havo kemasining roʻyxatga olish va davlat tanish belgilari koʻrsatilgan tanituvchi tablo;*

v) belgilangan resurslar va xizmat muddati doirasida fuqaro havo kemasidan foydalanish;*

g) belgilangan muddatlarda uchishga yaroqlilik direktivalari, majburiy byulletenlar va nazorat tariqasida tekshiruvlarni bajarish;*

d) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1. Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat bir kalendar yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

2. Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat oʻn besh kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

3. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati bir kalendar oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.

12.

Izoh:

1. Uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish uchun fuqaro havo kemasi uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchishga yaroqlilik sertifikatining uch turi qoʻllaniladi:

uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat;

uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat;

uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati.

3. Uchishga yaroqlilik sertifikatiga sertifikatning aniq turini aniqlaydigan ikkita harfdan iborat raqam (CA — uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat, SC — uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat, YEC — uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati) va tartib raqami, ortib boruvchi oraliq raqam beriladi.

4. Quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat beriladi:

fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilgandan (uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatini dastlabki berish), radiojihozlar sertifikati va shovqinlar boʻyicha sertifikat olgandan keyin;

avval berilgan uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;

fuqaro havo kemasining toifasi va/yoki qoʻllanilishi oʻzgarganda.

Uchishga yaroqlilik boʻyicha standart sertifikat raqami ekspluatatsiyada boʻlgan butun davr mobaynida aniq bir fuqaro havo kemasida saqlanib qoladi.

5. Fuqaro havo kemasi va/yoki parvozlarni amalga oshirish sharoitlari uchishga yaroqlilik normalari talablariga javob bermasa, quyidagi hollarda uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat beriladi:

taʼmirlash, modifikatsiyalash yoki texnik xizmat koʻrsatish lozim boʻlgan joyga, shuningdek, saqlab turish joyiga havo kemasi uchib borishi uchun;

havo kemasi joylashgan joyda bartaraf etilishi mumkin boʻlmagan, ushbu turdagi havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlariga koʻra ruxsat berish va cheklovlar doirasidan chetga chiqqan zarar va/yoki nosozliklar havo kemasining konstruksiyasi yoki uning komponentlarida mavjud boʻlsa;

xavf solishi mumkin boʻlgan hududdan yoki fors-major holati yuzaga kelganda fuqaro havo kemasini evakuatsiya qilish uchun;

“Oʻzaviatsiya” agentligi qaroriga koʻra boshqa har qanday holatlarda.

Uchishga yaroqlilik boʻyicha maxsus sertifikat faqat maʼlum bir parvozni amalga oshirish uchun haqiqiy hisoblanadi va fuqaro havo kemasi sertifikatda koʻrsatilgan ekspluatatsiya cheklovlarini hisobga olgan holda, belgilangan yoʻnalish boʻylab xavfsiz parvozni amalga oshirishga qodirligini tasdiqlaydi.

6. Uchishga yaroqlilik boʻyicha eksport sertifikati, fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilib, uni xorijiy davlatning aviatsiya maʼmuriyati yurisdiksiyasiga oʻtkazish chogʻida beriladi.

7. Uchishga yaroqlilik standart sertifikatini berish uchun fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv oʻtkaziladi. Tekshiruv dasturi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi. Maksimal uchish vazni 5 700 kg dan kam boʻlgan fuqaro havo kemasida “Oʻzaviatsiya” agentligi mutaxassisi tomonidan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligiga doir tekshiruv oʻtkazilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.

8. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchishga yaroqlilik sertifikatining asl nusxasini beradi.

10. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun uchishga yaroqlilik sertifikati matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

11. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida uchishga yaroqlilik sertifikati havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi uchishga yaroqlilik sertifikati boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

12. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, uchishga yaroqlilik sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga uchishga yaroqlilik sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

b) havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

14. Uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq uchishga yaroqlilik sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

16. Talabgor ekspluatatsiya qiladigan fuqaro havo kemalariga xorijiy davlat Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikatini, bunday sertifikatni berish talablari Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlariga muvofiq boʻlishi sharti bilan “Oʻzaviatsiya” agentligi haqiqiy deb tan oladi.

17. Fuqaro havo kemasini ishlab chiqaruvchi davlat yoki havo kemasining turiga doir sertifikatni bergan vakolatli organ tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalarini “Oʻzaviatsiya” agentligi tan oladi.

18. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(54-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
55-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

havo kemasining turi;

havo kemasining modeli;

havo kemasining toifasi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

ishlab chiqarilgan joyi va sanasi;

maksimal uchish vazni;

maksimal qoʻnish vazni;

shovqin boʻyicha sertifikatlash standarti;

3) dvigatellar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Dvigatelning tartib raqami

1

2

3

4

Ishlab chiqaruvchi

Turi

Modeli

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

4) havo vintlari toʻrisidagi maʼlumotlar:

Havo vintining tartib raqami

1

2

3

4

Ishlab chiqaruvchi

Turi

Modeli

Zavod raqami

Ishlab chiqarilgan sanasi

5) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami / e-mail;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami / e-mail;

b) fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

v) havo kemasida parvoz qilish choida ishlatiladigan qoʻllanma;

g) shovqin boʻyicha sertifikatsiya oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

d) havo kemasidan foydalanish paytida shovqin darajasi meʼyorlariga taʼsir qiladigan modifikatsiyalar va oʻzgartirishlar havo kemasida bajarilmaganligini tasdiqlovchi hujjat;

e) qoʻshimcha maʼlumotlar, agar havo kemasida ruxsat etilgan shovqin darajasi meʼyorlariga erishish uchun zarur boʻlgan tegishli konstruktiv oʻzgartirishlar bajarilgan boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 41,1 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 54 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining amaldagi shovqin standartlariga mosligi koʻrsatilgan, tasdiqlangan namunaviy konstruksiyaga muvofiqligini taʼminlash;*

b) fuqaro havo kemasida uning shovqin xususiyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan konstruktiv oʻzgartirishlar yoʻqligini taʼminlash;*

v) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Shovqinlar boʻyicha sertifikat Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan va shovqin boʻyicha sertifikatlash oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan fuqaro havo kemalariga beriladi.

2. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

3. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay shovqinlar boʻyicha sertifikatning asl nusxasini beradi.

4. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun shovqinlar boʻyicha sertifikat matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

5. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida shovqinlar boʻyicha sertifikat havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi shovqinlar boʻyicha sertifikat boʻlmagan hollarda havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

6. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, shovqinlar boʻyicha sertifikat avtomatik ravishda bekor qilinadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga shovqinlar boʻyicha sertifikat quyidagi hollarda berilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

8. Shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

10. Shovqinlar boʻyicha sertifikatda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgartirilgan taqdirda, havo kemasida modifikatsiyalar bajarilgan hollarda, talabgor tomonidan shovqinlar boʻyicha sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berilishi shart.

11. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(55-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
56-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalarining radiojihozlari uchun sertifikat

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq fuqaro havo kemasidan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar aks ettiriladi:

1) (talabgorning) yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

2) havo kemasi toʻrisidagi maʼlumotlar:

havo kemasini ishlab chiqaruvchi;

havo kemasining turi;

milliy va roʻyxatga olish belgilari;

zavodda berilgan raqami;

3) radiosignallarni uzatuvchi radiojihozlar toʻrisidagi maʼlumotlar:

T/r

Turi

Tizimlar nomi

Soni, dona

Chastotasi (MGs)

4) havo kemasiga tegishli boʻlgan chaqiruv signallari, kodlar va manzillar toʻrisidagi maʼlumotlar:

Telefon:

Telegraf:

SELCAL kodi:

Havo kemasining 24-bitli manzili:

5) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

yuridik shaxslar uchun:

tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklini koʻrsatgan holda toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami;

jismoniy shaxslar uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi;

yashash joyi manzili;

telefon raqami;

b) fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

v) havo kemani ishlab chiqaruvchisining oʻrnatilgan uskunalari roʻyxati yoki ekvivalent hujjat;

g) arizada koʻrsatilgan komponentlar uchun texnik xizmat koʻrsatish qoʻllanmalari (component maintenance manual);

d) avariya radiomayoqlarini qayta dasturlashni tasdiqlovchi hujjat;

e) fuqaro havo kemasining 24-bitli manzili (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) identifikatsiya kodi) fuqaro havo kemasining radiojihozlar tizimiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;

j) avariya radiomayoqlari KOSPAS-SARSAT tizimining roʻyxatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat;

z) ASRI (Aviation Spectrum Resources) kompaniyasida roʻyxatiga kiritilganligi bilan birga havo kemasiga SELCAL kodi berganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu tizim havo kemasida mavjud boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Havo kemasi

Yigʻim

Maksimal uchish massasi 15 000 kg dan yuqori boʻlmagan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 45,64 baravari

Maksimal uchish massasi 15 000 kg va undan yuqori boʻlgan havo kemalari

Bazaviy hisoblash miqdorining 67,3 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 7,8 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Fuqaro havo kemasini xorijiy davlat hududida tekshirish amalga oshirilgan hollarda, muddat 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) fuqaro havo kemasining turiga tegishli boʻlgan fuqaro havo kemasining uchishga yaroqliligi normalariga muvofiqligini taʼminlash;*

b) maʼlum bir havo kemasiga tegishli boʻlgan chaqiruv signallarini, kodlarni va manzillarni qoʻllashni taʼminlash, bunda ularni boshqa havo kemasida qoʻllash huquqi berilmaydi;*

v) Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga rioya qilish.*

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Radiojihozlar sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olingan fuqaro havo kemalariga beriladi.

2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay radiojihozlar sertifikatining asl nusxasini beradi.

3. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemasi uchun radiojihozlar sertifikatining matni ingliz tilida boʻlishi lozim.

4. Parvozlarni amalga oshirish vaqtida radiojihozlar sertifikati havo kemasida boʻlishi lozim. Amaldagi radiojihozlar sertifikati boʻlmagan hollarda, havo kemasida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

5. Fuqaro havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda, radiojihozlar sertifikati avtomatik ravishda bekor qilinadi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan fuqaro havo kemasiga radiojihozlar sertifikati quyidagi hollarda berilishi mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasini ekspluatatsiya qilish;

havo kemasini sotib olish (ijaraga olish).

7. Radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari talabgorning yozma murojaati asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mutaxassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida fuqaro havo kemasining radiojihozlar sertifikatini berish tartib-taomillari bajarilgan taqdirda, talabgor oldindan taqdim qilmagan ushbu pasportning 5-bandiga muvofiq radiojihozlar sertifikatini berish uchun arizaga ilova qilinadigan (talabgor tomonidan havo kemani qabul qilganidan keyin rasmiylashtiriladigan) hujjatlar, tekshiruv oʻtkaziladigan joyda talabgorning vakolatli mutaxassislari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

9. Radiojihozlar sertifikatida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgartirilgan taqdirda, havo kemasiga boshqa chizma raqami bilan radiojihozlar oʻrnatilgan hollarda, talabgor tomonidan radiojihozlar sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ariza berilishi shart.

10. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazish uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(56-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
57-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1) arizani berish sababi:

sertifikatni berish

faoliyat sohasini kengaytirish

faoliyat sohasini qisqartirish

boshqa sabablar (koʻrsatilsin) __________

2) talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumot:

tashkilotning roʻyxatga olingan nomi;

tashkilotning roʻyxatga olingan joyi, roʻyxat raqami;

tashkilotning joylashgan joyi, manzili;

tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi boʻyicha ishlarni bajarish manzili (davlat, shahar, aeroport nomi va boshqalar);

telefon raqami;

tashkilot rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bogʻlanish uchun maʼlumotlari;

sifat tizimiga nisbatan vakolatli shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi va bogʻlanish uchun maʼlumotlari.

3) maʼlum qilinayotgan faoliyat sohasi haqida maʼlumot:

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

DAVRIY TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

OPERATIV TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

HAVO KEMALARI:

A1

Uchib chiqish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A2

Uchib chiqish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A3

Vertolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

AVIATSIYA DVIGATELLARI:

V1

Gaz turbinali dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V2

Porshenli dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

Qurilmalarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIGʻILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATSIYA DVIGATELI VA YORDAMCHI KUCH QURILMALARI BUNDAN MUSTASNO

S1

Kema kabinasini konditsionerlash va bosimini boshqarish tizimlari

Havo kemasi va/yoki komponentlar yoxud aniq komponentlar va/yoki tashkilotning faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxati bilan oʻzaro havolalari va/yoki bajariladigan texnik xizmat turlari koʻrsatiladi

21

S2

Avtopilot

22

S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari

23, 34

S4

Eshiklar va lyuklar

52

S5

Elektr toki bilan taʼminlash tizimlari

24

S6

Maishiy va maxsus jihozlari

25, 38, 45

S7

Dvigatel va yordamchi kuch qurilmalari tizimlari

49, 71 — 83

S8

Havo kemasini boshqarish tizimlari

27, 55, 57

S9

Yonilgʻi — planer tizimi

28

S10

Vertolyotning asosiy vintlari

62, 64, 66, 67

S11

Vertolyotning transmissiyasi

63, 65

S12

Gidrotizimlar

29

S13

Asbob-jihozlar

31

S14

Shassi

32

S15

Kislorod jihozlari

35

S16

Havo vintlari

61

S17

Pnevmotizimlar

36, 37

S18

Muzlashga qarshi va yongʻinga qarshi tizimlar

26, 30

S19

Derazalar

56

S20

Planerning konstruksiyasi

53, 54, 57

MAXSUS ISHLAR TURI

D1

Putur yetkazmasdan nazorat qilish

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

D2

Payvand va boshqalar

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

b) talabgor tomonidan amalga oshirilgan, tashkilotning maʼlum qilinayotgan faoliyat sohasiga muvofiqligini tekshirish toʻgʻrisidagi hujjat (bayonnoma, hisobot, dalolatnoma va boshqalar) nusxasi;

v) kelishilgan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma;

g) kelishilgan sifati boʻyicha qoʻllanma;

d) kelishilgan parvoz xavfsizligini boshqarish qoʻllanmasi;

e) rahbar xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari, shuningdek, ularning maʼlumoti va ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

j) ruxsat beruvchi xodimlarning roʻyxati;

z) boshqa davlatlarning aviatsiya maʼmuriyatlarini tasdiqlash (sertifikatlar) toʻgʻrisidagi mavjud hujjatlar roʻyxati, mavjud boʻlsa.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti xodimlari soni

Yigʻim

10 dan 49 gacha

BHMning 196,6 baravari

50 dan 99 gacha

BHMning 294,9 baravari

100 dan 499 gacha

BHMning 442,35 baravari

500 dan 999 gacha

BHMning 663,5 baravari

999 dan ortiq

BHMning 995,25 baravari

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti xodimlari soni

Yigʻim

10 dan 49 gacha

BHMning 109,5 baravari

50 dan 99 gacha

BHMning 164,2 baravari

100 dan 499 gacha

BHMning 246,3 baravari

500 dan 999 gacha

BHMning 369,4 baravari

999 dan ortiq

BHMning 548,1 baravari

Toifali ruxsat klassi uchun yigʻim

1-Jadvalga muvofiq

1-jadval

Toifali ruxsat klassi

Havo kemasi va ish turi

Toifali ruxsat klassi uchun yigʻim

A1

Uchib chiqish vazni 5 700 kg dan ortiq boʻlgan samolyotlar

612,2 BHM

A2

Uchib chiqish vazni 5 700 kg dan oshmaydigan samolyotlar

153 BHM

A3

Vertolyotlar

306,1 BHM

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

30,6 BHM

V1

Gazoturbinali dvigatellar

306,1 BHM

V2

Porshenli dvigatellar

153 BHM

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

30,6 BHM

C/D

Demontaj qilingan komponentlar, yigʻilgan holdagi asosiy aviatsiya dvigateli va yordamchi kuch qurilmalari bundan mustasno

30,6 BHM

Izoh. Bir nechta A va/yoki V toifali ruxsatlarga ega boʻlgan tashkilotlar uchun faqat eng yuqori toʻlov olinadi.

Bir nechta C va/yoki D toifali ruxsatlarga ega boʻlgan tashkilotlar uchun har bir toifali ruxsati uchun toʻlov olinadi.

Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

45 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Umumiy talablar

1. Tashkilot quyidagi talablarga javob berishi lozim:

a) ishlab chiqarish masalalarining samarali hal qilinishini taʼminlovchi tashkiliy tuzilmasiga va oʻzining faoliyatini boshqarish tizimiga ega boʻlish;*

b) belgilangan faoliyat sohasiga muvofiq ishlar tashkil etilishi va bajarilishiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan amaldagi hamda belgilangan tartibda hisobga olingan ekspluatatsiya hujjatlariga ega boʻlish;*

v) texnik xizmat koʻrsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “Oʻzaviatsiya” agentligining buyruq va koʻrsatmalari, havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) byulletenlari boʻyicha havo kemasiga va uning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishini taʼminlash;*

g) fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va ularning talablarini hamda tashkilotning ichki hujjatlarini (shu jumladan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan hamda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda) oʻz vaqtida oʻrganish va ijro etish maqsadida xodimlar eʼtiboriga yetkazish tartib-taomillariga ega boʻlish;*

d) ishlarni bajarish va xodimlar uchun kerakli sharoitlarni yaratish uchun binolar, inshootlar, zarur energiya turlari, ishlab chiqarish xonalari, omborxona, ofis va maishiy binolarga ega boʻlish;*

e) havo kemasini loyihalovchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq zarur boʻlgan uskunalar va asboblarga, shuningdek, ularni yaroqli holda saqlash tizimiga ega boʻlish;*

j) havo kemasini loyihalashtiruvchining (ishlab chiquvchining) hujjatlariga muvofiq ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan komponentlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarining kerakli zaxirasiga ega boʻlish;*

z) tashkilot shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini taʼminlashga yetarlicha malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjud boʻlishi;*

i) xodimlarning malaka darajasini saqlash (oshirish), ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimiga ega boʻlish;*

k) aviatsiya texnikasida texnik xizmat koʻrsatish, modifikatsiyalash, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlar toʻla hajmda va texnik xizmat koʻrsatish (reglament) dasturi, uchishga yaroqlilik direktivalari, “Oʻzaviatsiya” agentligining buyruq va koʻrsatmalari, havo kemasini loyihalovchi (ishlab chiquvchi)ning byulletenlariga muvofiq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning roʻyxatga olinishi va saqlanishini taʼminlash;*

l) barcha texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarning tegishli darajada bajarilishini kafolatlaydigan sifatni taʼminlash tizimiga ega boʻlish;*

m) tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga va sifat boʻyicha qoʻllanmaga ega boʻlish;*

n) parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimiga ega boʻlish.*

Ishlab chiqarish obyektlari

2. Tashkilot quyidagi shartlar bajarilishini taʼminlashi kerak:

a) barcha rejalashtiriladigan ishlarni bajarish uchun, xususan, ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qilishni taʼminlaydigan ishlab chiqarish obyektlarining mavjudligi. Quyidagi ishlarni amalga oshirish vaqtida bir-biridan ajratilgan, ifloslanish va atrof-muhit taʼsiridan himoya qilishni taʼminlaydigan sex va angarlarning mavjudligi:

havo kemalariga davriy texnik xizmat koʻrsatish — davriy texnik xizmat koʻrsatishning rejalashtirilgan ish hajmiga koʻra, havo kemalarning soni va oʻlchami boʻyicha yetarli boʻlgan angarlar;

komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish — komponentlarga texnik xizmat koʻrsatishning rejalashtirilayotgan ish hajmini taʼminlash uchun yetarlicha keng boʻlgan sex (laboratoriya, uchastka)lar;

b) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan barcha rejalashtirilgan ishlarni boshqarishni taʼminlash, shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish standartlarida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratish maqsadida ruxsat beruvchi xodimlarni joylashtirish uchun xizmat (ofis) xonalarining mavjudligi;

v) ishlab chiqarish muhiti, shu jumladan, uskunalar bilan ishlash uchun angarlar, sexlar (laboratoriyalar, uchastkalar) sharoitlari ehtimoliy maxsus talablarni hisobga olgan holda, u yerda bajariladigan ishlarga mos boʻlishi. Alohida sharoitlarda maxsus ishlar turlarini bajarish hollaridan tashqari mehnat sharoitlari xodimlarning samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak, shu bilan birga:

harorat rejimi xodimlar ortiqcha noqulayliksiz, ularga yuklangan ishlarni bajarish uchun mos ravishda taʼminlanishi kerak;

chang va boshqa shunga oʻxshash havo ifloslanishi omillari minimallashtirilgan boʻlishi kerak, havo kemasi va/yoki komponent yuzasida koʻrinadigan chang qoplamasi paydo boʻlishiga, ish joyining bunday ifloslanish darajasiga yoʻl qoʻyilmaydi. Chang yoki yuza qismida koʻrinadigan chang qoplamasi shaklida boshqa ifloslanishlar paydo boʻlsa, qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar barcha ifloslanishga sezgir tizimlarning joylarini zich ravishda yopish kerak;

yorugʻlik barcha turdagi tekshiruvlar, koʻriklar va boshqa texnik ishlar samarali bajarilishini taʼminlash kerak;

shovqin xodimlarga ishlarni bajarishda xalaqit bermasligi kerak. Shovqin manbaini rostlashning imkoni boʻlmagan hollarda, koʻrsatilgan xodimlar ortiqcha shovqinning ishlarni bajarishga salbiy taʼsirini istisno qiluvchi zarur shaxsiy shovqindan himoya qilish vositalari bilan taʼminlanishi kerak;

texnik xizmat koʻrsatishda aniq bir ish uchun yuqorida tavsiflanganlardan farq qiladigan ishlab chiqarish muhiti maxsus sharoitlari yaratilishi talab qilinadigan boʻlsa, bunday sharoitlar yaratilishi kerak boʻladi. Bunday maxsus sharoitlar texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatiladi;

tezkor texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish sharoitlari ishlar ortiqcha zoʻriqish va charchash holatlarisiz bajarilishini taʼminlashi lozim. Shu sababli, ish sharoitlari harorat, namlik, tuman, muz, qor, shamol, yorugʻlik, chang yoki havoning boshqa tarzda ifloslanishi sababli noqulay darajagacha yomonlashgan hollarda, aniq ish yoki texnik xizmat koʻrsatish turi qulay ish sharoitlari tiklanguniga qadar toʻxtatib turilishi kerak;

g) komponentlar, uskunalar, asboblar va materiallarni joylashtirish uchun xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan omborxonalarning mavjudligi. Saqlash sharoitlari talablarga javob beradigan hamda bermaydigan komponentlar va materiallarni hamda barcha komponentlar, materiallar, uskunalar va asboblarni alohida saqlash imkoniyatini taʼminlashi kerak. Saqlash sharoitlari aviatsiya texnikasi ishlab chiqaruvchilarining koʻrsatmalariga javob berishi, ushbu xonalarga kirish esa chegaralangan boʻlib, faqat vakolatli xodimlarga kirish ruxsati berilishi kerak.

Xodimlar

3. Tashkilotda masʼul rahbarga ishlar buyurtmachisining talablariga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha ishlarni oʻz vaqtida bajarish va moliyalashtirish uchun javobgarlik yuklanadi.

Tashkilot masʼul rahbarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

a) ushbu Talablarning 55-bandiga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish uchun barcha zarur resurslar mavjudligini taʼminlash. Bu tashkilot tomonidan tasdiqlashning haqiqiyligini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan omildir;

b) ushbu Talablarning 54-bandiga muvofiq parvozlar xavfsizligi va aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish sifati sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va joriy qilish.

4. Tashkilotning ushbu talablarga doimo muvofiq boʻlishi boʻyicha javobgarlik yuklangan rahbar xodimlari tayinlangan boʻlishi zarur. Rahbar xodimlar bevosita tashkilotning masʼul rahbariga boʻysunadi, shu bilan birga:

a) bir kishi yoki vakolatli shaxslar guruhi (rahbar xodimlar) oʻzida ushbu tashkilotdagi texnik xizmat koʻrsatishni boshqarish tuzilmasini namoyon qiladi va ushbu talablarda nazarda tutilgan barcha vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi;

b) rahbar xodimlar havo kemalariga yoki komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tegishli bilim, ish tajribasi va koʻnikmalarga ega boʻlishi shart.

5. Mazkur Talablarning 3-bandiga koʻra masʼul rahbar sifat tizimiga, jumladan mazkur Talablarning 62-bandiga asosan qaytadigan aloqa tizimiga javobgar shaxsni tayinlashi zarur. Ushbu tayinlagan shaxs tashkilotning masʼul rahbariga sifat va talablarga muvofiqlik masalalari toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlash maqsadida masʼul rahbar oldiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish huquqiga ega boʻlishi lozim.

6. Tashkilot quyidagilarga ega boʻlishi shart:

a) tasdiqlanish sohasiga muvofiq ishlarni rejalashtirish, bajarish, ishlab chiqarishni boshqarish, tashkilotda sifatni nazorat qilish uchun yetarli boʻlgan oʻz xodimlariga egaligini tasdiqlovchi ish bilan taʼminlanganlik rejasi;

b) shtatdagi haqiqiy xodimlarning soni aniq ish smenasiga yoki ish davriga rejalashtirilgandan kam boʻlgan hollarda, bajarishga qabul qilingan ishlarni tezkorlik bilan qayta rejalashtirish tartib-taomillari;

v) tashkilot va ekspluatant oʻrtasidagi texnik xizmat koʻrsatish shartnomasida nazarda tutilgan ishchi texnologik kartalarni, texnik xizmat koʻrsatish dasturlarini, minimal uskunalar roʻyxatini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun muhandislik boʻlimi.

7. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan tartib-taomillarga muvofiq texnik xizmat koʻrsatishni bajarishda, boshqarishda yoki sifatni nazorat qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning bilim va malaka darajasini belgilashi va nazorat qilishi kerak. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi barcha xodimlarning oʻziga yuklangan vazifalar va masʼuliyatlarga muvofiq dastlabki va keyingi taʼlim olishini taʼminlaydi. Tashkilot tomonidan joriy etiladigan oʻquv dasturida inson imkoniyatlari sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish, shu jumladan, havo kemasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanadigan boshqa xodimlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish maqsadida mashgʻulotlar koʻzda tutilishi kerak.

8. Tashkilot havo kemalarini va/yoki komponentlarni putur yetkazmasdan nazorat qilish kabi uchishga yaroqlilikni taʼminlash bilan bogʻliq maxsus turdagi ishlarni bajaruvchi yoki nazorat qiluvchi xodimlar havo kemalarini va/yoki komponentlarini ishlab chiqaruvchilarning normativ talablariga javob beradigan malakaga ega boʻlishini taʼminlashi zarur.

9. Sifat tizimiga javobgar shaxs ishlarni bajarish uchun ruxsat berilgan xodimlarga tashkilot nomidan ruxsatnomalar berilishi uchun ham javobgar boʻlishi kerak. Bunday shaxs sifat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan tartib-taomillarga muvofiq yuqorida koʻrsatilgan ruxsatnomalarni berish yoki qaytarib olishni amaliy jihatdan rasmiylashtirish boʻyicha vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.

10. Tashkilot barcha muhandis-texnik xodimlarning roʻyxatini yuritishi lozim. Xodimlar roʻyxatida quyidagilar koʻrsatilishi zarur:

a) “Oʻzaviatsiya” agentligi va tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislarga berilgan guvohnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) xodimlarning barcha oʻtgan tayyorgarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

v) berilgan ruxsatnomalarning sohalari;

g) chegaralangan yoki bir martalik ruxsatnomalarga ega boʻlgan xodimlar boʻyicha maʼlumotlar.

11. Tashkilot roʻyxatidagi maʼlumotlarni shaxs muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan boʻshagan kundan yoki ruxsatnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran kamida ikki yil davomida saqlashi shart. Bundan tashqari, muhandis-texnik xodimlar tarkibidan ishdan boʻshayotgan xodimning soʻrovi boʻyicha tashkilot unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatdan koʻchirma berishi shart.

12. Muhandis-texnik xodimlar tarkibidagi shaxsning soʻroviga koʻra unga yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatdan shaxsiy maʼlumotlarni olishga ruxsat berilishi shart.

13. Texnik xizmat koʻrsatishdan keyin havo kemasini parvozga qoʻyish huquqini beruvchi ruxsatnoma tashkilot tomonidan ruxsat beruvchi xodimlarga qogʻoz yoki elektron koʻrinishda beriladi.

14. Ruxsat beruvchi xodimlar ushbu boʻlimning 13-bandiga muvofiq berilgan ruxsatnoma mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni 24 soat ichida vakolatli shaxsga taqdim etishi shart.

Uskunalar, asboblar va materiallar

15. Tashkilot faoliyatning tasdiqlangan sohasiga muvofiq aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan uskunalar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi lozim.

Aviatsiya texnikasini ishlab chiqaruvchi koʻrsatmasi boʻyicha aniq uskunalar yoki asboblardan foydalanish belgilangan boʻlsa, tashkilot aynan shu uskunalar yoki asboblardan foydalanishi lozim, tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada uskunalar yoki asboblarning boshqa turlaridan foydalanish boʻyicha tartib-taomillar bayon etilgan hollar bundan mustasno.

Uskunalar va asboblar doimiy ravishda tashkilotning tasarrufida boʻlishi lozim, uskunalar va asboblar kamdan-kam hollarda kerak boʻlib, ular doimiy tasarrufda mavjud boʻlishi zarur boʻlmagan hollar bundan mustasno. Bunday holatlar tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada batafsil bayon etilgan boʻlishi zarur.

Davriy texnik xizmat koʻrsatish uchun tasdiqlangan tashkilot havo kemasini tekshirish va koʻzdan kechirish ishlarining puxta bajarilishi uchun zarur boʻlgan barcha platformalar (yoki bunga ekvivalent boʻlgan uskunalar) va boshqa zarur vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.

16. Tashkilot barcha uskunalar va asboblarning, ayniqsa, nazorat qilish vositalarining hisobi yuritilishini hamda ishlash layoqati va aniqlikni taʼminlash davrida metrologik nazoratdan oʻtkazilishini taʼminlashi zarur. Tashkilot bunday metrologik nazoratni va bu hollarda foydalaniladigan standartlar boʻyicha hisobga olish hujjatlarining yuritilishini taʼminlashi lozim.

Komponentlar

17. Barcha komponentlar, standart mahsulotlar va materiallar quyidagicha tasniflanishi va ajratilishi kerak:

a) qoniqarli holatda boʻlgan, foydalanish uchun ruxsat berilgan (masalan, FAA 8130-3 yoki EASA Form 1 yoki ekvivalent hujjat) va ushbu boʻlimning 18-bandiga muvofiq markirovka qoʻyilgan komponentlar;

b) ishga yaroqsiz, mazkur boʻlimning talablariga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishi zarur boʻlgan komponentlar;

v) ushbu Talablarning 25-bandiga muvofiq tasniflanadigan, tiklab boʻlmaydigan komponentlar;

g) ishlab chiqaruvchi tomonidan asosiy qismlarning tasvirlangan katalogida va/yoki texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatilgan, havo kemasida, dvigatelda, havo vintida yoki havo kemasining boshqa komponentida foydalaniladigan standartli mahsulotlar;

d) texnik xizmat koʻrsatish jarayonida sarflash materiallari va xomashyo sifatida foydalaniladigan materiallar. Barcha materiallar materialning aniq markasi uchun rasmiylashtirilgan, talablarga (oʻziga xos xususiyatlarga) muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlardan va materialning ishlab chiqaruvchisi hamda yetkazib beruvchisi koʻrsatilgan kelib chiqish manbaidan iborat kuzatuv hujjatlariga ega boʻlishi lozim.

18. Texnik xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish qoʻllanmasida almashtirilishi mumkinligi koʻzda tutilgan komponentlarda mahsulot kodi, chizma va zavod raqami markirovkasi tushirilgan boʻlishi kerak.

Agar komponentning oʻlchami kichik boʻlsa va markirovkani toʻliq hajmda bajarish mumkin boʻlmasa, zarur maʼlumotlar kuzatuv hujjatlariga kiritilishi kerak.

19. Ekspluatatsiya hujjatlarida nazarda tutilgan komponentlarning pasportlariga (yorligʻiga) nisbatan tashkilot ularni rasmiylashtirish va yuritish tartib-taomillariga ega boʻlishi kerak.

20. Komponentni havo kemasiga oʻrnatishdan oldin tashkilot turli modifikatsiyalar va/yoki uchishga yaroqlilik direktivalari qoʻllanilishini hisobga olgan holda aniq komponent oʻrnatilishining toʻgʻriligini, kuzatuv hujjatlarning mavjudligini va ular tashkilotda belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishi zarur.

21. Havo kemasiga kuzatuv hujjatlari (masalan, EASA Form 1, formulyar, pasport, yorliq, talon, birka) rasmiylashtirilgan, aniq turdagi havo kemasining tasdiqlangan konstruktorlik-texnologik hujjatlariga muvofiq boʻlgan, zarur reglament ishlari oʻtkazilgan (kirish nazorati, texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash) faqat konditsion (tasdiqlangan) komponentlarni oʻrnatish mumkin.

22. Havo kemasidan yechilgan komponentlar uchun kuzatuv hujjatlari rasmiylashtirilishi, ulash joylari teshiklari va ulagichlar begona predmetlar tushishidan va ifloslanishdan himoyalangan boʻlishi kerak.

23. Tashkilot havo kemasi va/yoki komponent turiga berilgan sertifikat egalariga “Oʻzaviatsiya” agentligiga texnik xizmat koʻrsatish jarayonida aniqlangan, nokonditsion (tasdiqlanmagan) butlovchi qismlar, standart mahsulotlar yoki komponentlar va ularning kuzatuv hujjatlari toʻgʻrisida haqqoniy va toʻla maʼlumot taqdim etishi zarur.

Komponentlarning va kuzatuv hujjatlarining yuqorida qayd etilgan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlganda yoki nomuvofiqligi tasdiqlanganda, ularni havo kemasiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda komponentlarni nokonditsion (tasdiqlanmagan) va havo kemasida foydalanish uchun yaroqsiz deb tasniflash kerak. Bunday mahsulotlar aniqlangan nomuvofiqlikning aniq xususiyatini tavsiflagan holda zudlik bilan izolyatsiya qilinishi lozim.

24. Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada tegishli tartib-taomillar va texnologiyalar koʻrsatilgan boʻlsa, tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish chogʻida oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanish uchun tarkibiy qismlarning cheklangan nomenklaturasini ishlab chiqarish huquqiga ega. Standart mahsulotlar va komponentlar (mahkamlash elementlari va boshqalar) qabul qilingan milliy yoki tarmoq standartlariga va konstruktorlik-texnologik hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgandagina, ulardan maʼlum bir turdagi havo kemasida texnik xizmat koʻrsatish jarayonida foydalanishga ruxsat etiladi. Oʻta masʼuliyatli detallar toifasiga kiradigan komponentlardan havo kemasida foydalanishga ularni havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarish maʼqullangan holda ruxsat etiladi.

25. Belgilangan resurslarini yoki xizmat muddatini ishlab boʻlgan yoxud taʼmirlab boʻlmaydigan buzilish holatiga kelgan (shikastlangan) komponentlar qayta tiklanmaydigan deb tasniflanadi hamda ekspluatatsiyaga, shu jumladan, komponentlarning aylanma tizimiga qaytarilmaydi, komponentning resursi (xizmat muddati) uzaytirilgan yoki uni taʼmirlash uchun hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlangan hollar bundan mustasno.

Quyidagi komponentlar turlari odatda qayta tiklab boʻlmaydigan deb tasniflanadi:

1) taʼmirlab boʻlmaydigan nuqsonli komponentlar;

2) ishlab chiqarilganiga doir hujjatlarga nomuvofiq boʻlgan va bunday hujjatlarga muvofiq keltirish imkoni boʻlmagan komponentlar;

3) nomaqbul modifikatsiyaga yoki qayta ishlashga yuborilgan, toʻgʻrilab boʻlmaydigan komponentlar;

4) cheklangan yaroqlilik muddati yetib kelgan yoki oshib ketgan yoxud kuzatuv hujjatlarida mavjud boʻlmagan yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarga ega boʻlgan mahsulotlar;

5) ekstremal sharoitlarda boʻlganligi, qizib ketish yoki zararli sharoitlar tufayli uchishga yaroqliligi holatini qaytarish imkoniyati boʻlmagan komponentlar;

6) qoʻllaniladigan uchishga yaroqlilik direktivalariga muvofiqlashtirish imkoni boʻlmagan komponentlar;

7) texnik xizmat koʻrsatish va/yoki ishlab chiqarishni kuzatish va ekspluatatsiya maʼlumotlarini tiklab boʻlmaydigan komponentlar.

26. Tashkilot yaroqsiz komponentlar xizmat koʻrsatishga va belgilangan maqsadlariga koʻra ekspluatatsiyaga qaytishini istisno etuvchi sharoitlarda joylashtirilishi choralarini koʻrishi lozim.

Texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari

27. Tashkilot oʻz tasarrufida texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, modifikatsiyalash va taʼmirlash ishlarini bajarishda qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlariga ega boʻlishi va ulardan foydalanishi zarur.

28. Texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllaniladigan hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:

a) havo kemasi yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday talablar, texnologiyalar va ekspluatatsiya direktivalari yoki boshqa maʼlumotlar;

b) havo kemasi yoki komponent boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan chiqarilgan va qoʻllaniladigan har qanday uchishga yaroqlilik direktivalari;

v) havo kemasi turiga berilgan sertifikat (shu jumladan uning qoʻshimchalari) egalari tomonidan hamda aviatsiya texnikasini sertifikatlash talablariga muvofiq bunday koʻrsatmalarni chiqaradigan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan uchishga yaroqlilikni talab darajasida saqlash boʻyicha qoʻllaniladigan koʻrsatmalar, xorijiy havo kemalari yoki komponentlar uchun esa — havo kemalari yoki komponentga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan uchishga yaroqlilik boʻyicha ishlab chiqilgan majburiy maʼlumotlar;

g) mazkur Talablarning 30-bandiga muvofiq chiqarilgan har qanday qoʻllaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar.

29. Tashkilot ishlab chiqarish xodimlari tomonidan foydalaniladigan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri tartib-taomillar yoki texnologiyalar, maʼlumotlar yoki koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, bunday maʼlumotlarning roʻyxatga olinishini va texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari muallifiga xabar berilishini taʼminlovchi tartib-taomillarni belgilashi shart.

30. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatmalarga tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida belgilangan tartibdagina oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Ushbu oʻzgartirishlarga nisbatan tashkilot ular texnik xizmat koʻrsatishning ekvivalent yoki yanada yuqoriroq standartlari taʼminlashini ifodalab berishi hamda havo kemasi turiga berilgan sertifikat egasini bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qilishi zarur.

31. Tashkilot oʻz faoliyatida qoʻllash uchun ishchi texnologik kartalarini ishlab chiqish boʻyicha umumiy tizimni yaratishi shart. Bundan tashqari, tashkilot mazkur Talablarning 27 va 28-bandlari bilan nazarda tutilgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlaridan ushbu ishchi texnologik kartalariga toʻla va aniq maʼlumotlarni kiritishi lozim yoki texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarida koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish boʻyicha muayyan koʻrsatmalarga doir aniq havolalarni ishchi texnologik kartalarida berishi zarur.

Ishchi texnologik kartalarini kompyuterdan foydalangan holda shakllantirishga va maʼlumotlar bazasini ruxsatsiz oʻzgartirishlardan toʻgʻri himoyalash sharoitlarini yaratish va zaxira maʼlumotlar bazasiga ega boʻlish sharti bilan elektron bazada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda zaxira maʼlumotlar bazasi asosiy maʼlumotlar bazasiga har qanday oʻzgartirish kiritilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda yangilanishi lozim. Texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha murakkab ishlar bajarilishining hisobini yuritish uchun ularning texnologiyalari ishlarni aniq va tushunarli bosqichlarga taqsimlagan holda ishchi texnologik kartalarga kiritilishi kerak.

Tashkilot oʻzining ishchi texnologik kartalari tizimidan foydalanishni talab qilgan havo kemasi ekspluatantiga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini taqdim etayotganda, ekspluatantning bunday kartalar tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda tashkilot havo kemasi ekspluatantining ishchi texnologik kartalari toʻgʻri bajarilishini taʼminlaydigan tartib-taomillarni qabul qilishi shart.

32. Tashkilot oʻz xodimlariga texnik xizmat koʻrsatish hujjatlaridan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini taʼminlashi zarur.

33. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari holatini nazorat qilish uchun ushbu hujjatlar oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlaydigan tartib-taomillarni belgilashi zarur. Hujjatlar holatining bu kabi nazoratini ekspluatant va/yoki buyurtmachining oʻzi amalga oshirib, oʻzi texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarini taqdim etayotgan boʻlsa, tashkilot ekspluatant va/yoki buyurtmachining texnik xizmat koʻrsatish hujjatlariga barcha zarur oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi xatni yoxud havo kemasining ekspluatanti va/yoki buyurtmachi taqdim etgan va foydalanilishi lozim boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari mavqeyi belgilangan shartnomani yoxud texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarining oʻzgartirishlarni hisobga olish varagʻini taqdim etishi zarur.

Ishlab chiqarishni rejalashtirish

34. Tashkilot bajariladigan ishlarning hajmi va murakkabligiga javob beradigan hamda barcha resurslarni, shu jumladan xodimlar, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari, texnik xizmat koʻrsatish ishlarini xavfsiz bajarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish xonalarini rejalashtirishda foydalaniladigan ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimiga ega boʻlishi shart.

35. Texnik xizmat koʻrsatish ishlarini rejalashtirish va smenali ishlarni tashkil etish insonning psixofiziologik cheklovlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.

36. Smena almashishi yoki bajaruvchilar tarkibining oʻzgarishi sababli texnik xizmat koʻrsatish ishlarini davom ettirish yoki tugatish boshqa shaxslarga topshirilishi zarurati tugʻilganda, tegishli maʼlumotlar ishni topshiruvchi tomonidan yangi kelayotgan xodimlarga tegishlicha topshirilishi lozim.

Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma

37. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish hujjatlari” boʻlimida koʻrsatilgan texnik xizmat koʻrsatish hujjatlarining mavjudligini va ulardan foydalanilganligini hisobga olgan holda, tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha ishlar shartnomaga muvofiq toʻliq va sifatli bajarilgani tekshirilgandan soʻng, shuningdek, parvozlar xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarning yoʻqligi tasdiqlangandan keyin tashkilot nomidan ishlarni bajarishga tegishli ruxsatnoma berilgan ruxsat beruvchi va muhandis-texnik xodimlar tomonidan rasmiylashtiriladi.

38. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma har qanday texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetgandan keyin parvozlar tiklanguniga qadar rasmiylashtirilishi zarur.

39. Bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari jarayonida yangi aniqlangan buzilishlar, shikastlanishlar yoki yakuniga yetkazilmagan ishlar havo kemasi ekspluatanti eʼtiboriga yetkazilishi zarur, bunda buzilishlar, shikastlanishlarni bartaraf etish yoki shartnoma boʻyicha yakuniga yetkazilmagan operatsiyalarni oxiriga yetkazish uchun havo kemasi ekspluatanti roziligini olish koʻzda tutiladi. Havo kemasi ekspluatanti mazkur bandda koʻrsatilgan ishlar bajarilishiga rozilik bermagan hollarda, mazkur Talablarning 41-bandi qoidalari tatbiq etiladi.

40. Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma havo kemasi bortidan demontaj qilingan har qanday komponentda texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetkazilganidan keyin rasmiylashtirilishi zarur. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentning formulyarida (pasporti, yorligʻi) qoʻyilgan belgi yoki xorijiy komponentlar uchun — yorliq (EASA Form 1 yoki uning ekvivalenti) komponentda texnik xizmat koʻrsatish bajarilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hisoblanadi.

41. Mazkur Talablarning 39-bandidan, istisno tariqasida, tashkilot tomonidan shartnomada nazarda tutilgan barcha texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻla-toʻkis yakuniga yetkazilishining imkoni boʻlmagan hollarda, tashkilot berilgan havo kemasi uchun tasdiqlangan cheklovlar doirasida texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga haqli. Tashkilot bunday guvohnomani imzolashdan oldin havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomada umumiy ravishda ushbu holatni aks ettirishi lozim.

42. Mazkur Talablarning “Komponentlar” boʻlimi va 38-bandidan, istisno tariqasida, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan komponent yoʻqligi tufayli asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi hisoblanmagan joyda havo kemasi majburan turib qolganda, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilmagan komponentni koʻpi bilan 30 soat uchish vaqtiga teng boʻlgan muddatga yoxud asosiy bazirovkasi yoki texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasiga birinchi bor qaytishigacha boʻlgan vaqtga, qaysi biri ertaroq boʻlishiga qarab, havo kemasiga vaqtincha oʻrnatishga ruxsat beriladi.

Bunday istisno havo kemasi ekspluatantining koʻrsatilgan komponent qoʻyilishiga roziligi hamda ushbu komponent uning ekspluatatsiyasiga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlishi sharti bilan qoʻllaniladi. Ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, texnik xizmat koʻrsatish ishlariga nisbatan qoʻllaniladigan barcha talablarga va ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilinishi lozim. Bunday komponentlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vaqt cheklovlari boʻyicha muddatlar tugaganidan keyin havo kemasi bortidan demontaj qilinishi lozim, mazkur Talablarning 38-bandi va “Komponentlar” boʻlimiga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan hollar bundan mustasno.

Texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisida hisobga olish maʼlumotlari

43. Tashkilot bajarilgan ishlar boʻyicha barcha maʼlumotlarni hisobga olishi zarur.

44. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomaga nisbatan barcha talablarga rioya qilinganligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hisobga olish maʼlumotlarini, shu jumladan, subpudratchi (boshqa tashkilot)lar tomonidan rasmiylashtiriladigan aviatsiya texnikasini ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlashga majbur.

45. Tashkilot mazkur Talablarning 47-bandida koʻrsatilgan muddatlarda quyida qayd etilgan maʼlumotlar saqlanishini taʼminlashi shart:

1) havo kemasini va xizmat muddati cheklangan barcha komponentlarni ekspluatatsiya qilishning umumiy vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan);

2) uchishga yaroqlilikni saqlash haqidagi barcha majburiy maʼlumotlar muvofiqligi toʻgʻrisida joriy maʼlumotlar;

3) modifikatsiyalar va taʼmirlashlar boʻyicha tegishli batafsil maʼlumotlar;

4) majburiy taʼmirlararo xizmat muddatiga muvofiq havo kemasini yoki uning komponentlarini oxirgi taʼmirdan keyin ekspluatatsiya qilish vaqti (soatlar, kalendar vaqti va sikllarga nisbatan);

5) havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish dasturiga rioya qilinganligi haqida joriy maʼlumotlar;

6) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolashda barcha talablar bajarilganligini tasdiqlaydigan texnik xizmat koʻrsatishga doir batafsil maʼlumotlar.

46. Tashkilot havo kemasining ekspluatantiga tashkilot tomonidan rasmiylashtirilgan har bir texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek, taʼmirlash yoki modifikatsiya qilish ishlarini bajarishda foydalanilgan taʼmirlashga yoki modifikatsiyaga doir har qanday hujjatlarning nusxasini taqdim etishi zarur.

47. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarini va texnik xizmat koʻrsatish ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ushbu ishlar bajarilgan aniq havo kemasi yoki havo kemasi komponenti tashkilotdan chiqarilgan sanadan boshlab ikki yil davomida quyidagicha saqlashi shart:

a) mazkur bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar shikast yetkazilishidan va yoʻq qilinishdan himoyalangan boʻlishi lozim;

b) maʼlumotlarni arxivlashtirish va zaxira sifatida saqlash uchun foydalaniladigan barcha kompyuter jihozlari maʼlumotlarning ishchi nusxalari kiritilgan jihozlardan alohida hamda ushbu jihozlar va arxiv maʼlumotlari yaxshi holatda saqlanishini taʼminlovchi sharoitlarda joylashtirilishi lozim;

v) tashkilot oʻz faoliyatini tugatgan taqdirda, oxirgi ikki yil davomida bajarilgan texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻrisidagi barcha saqlangan hisobga olish maʼlumotlari oxirgi buyurtmachiga yoki tegishli havo kemasining yoki komponentning egasiga topshirilishi yoki “Oʻzaviatsiya” agentligining koʻrsatmalariga binoan saqlanishi taʼminlanishi lozim.

Uchishga yaroqlilik meʼyorlari buzilishi boʻyicha hisobot yuritish

48. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligiga, havo kemasini roʻyxatdan oʻtkazgan davlatga va havo kemasi yoki komponentning namunaviy konstruksiyasi yoki namunaviy konstruksiyasi modifikatsiyasi uchun javobgar boʻlgan tashkilotga, zaruratga koʻra ekspluatant davlatiga mazkur tashkilot tomonidan aniqlangan havo kemasining yoki komponentning parvozlar xavfsizligiga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan yoki bunday taʼsir koʻrsatilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan uchishga yaroqlilik meʼyorlarining har qanday buzilishlari holatlari toʻgʻrisida hisobot yuborishi shart.

49. Tashkilot hech boʻlmaganda quyidagi sabablar va holatlar bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan yoki aniqlangan har qanday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak:

a) tegishli yongʻin signalizatsiyasi tizimi toʻgʻri ishlagan yoki ishlamaganligini koʻrsatgan holda parvoz vaqtidagi yongʻinlar;

b) tegishli yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanmagan havo kemasining parvozi vaqtidagi yongʻinlar;

v) parvoz vaqtida yongʻin haqidagi signalizatsiya notoʻgʻri ishlab ketgani;

g) dvigateldan chiquvchi gaz oqimi, dvigatelning oʻzi, unga yaqin joylashgan konstruksiyalar, uskunalar yoki komponentlarning taʼsiri oqibatida parvoz vaqtida yuzaga kelgan shikastlanishlar;

d) parvoz vaqtida ekipaj kabinasi yoki yoʻlovchilar salonida havo kemasi komponentlarining biri oqibatida tutun, bugʻlar, zaharli yoki zaharli boʻlmagan bugʻlanishlar toʻplanishi yoki sirkulyatsiyasi paydo boʻlishi;

e) parvoz vaqtida dvigatel oʻz-oʻzidan oʻchib qolishi;

j) havo kemasining dvigateliga yoki konstruksiyasiga tashqi shikast yetkazilishi oqibatida parvoz vaqtida dvigatelning oʻchib qolishi;

z) begona obyektlar tushishi yoki muz bilan qoplanishi tufayli parvoz vaqtida dvigatelning oʻchib qolishi;

i) parvoz vaqtida bittadan ortiq dvigatelning oʻchib qolishi;

k) flyuger tizimi orqali havo vintining shamol yoʻnalishi boʻylab aylanishi yoki ushbu tizim parvoz vaqtida aylanishlar soni oshib ketishini nazorat qila olmasligi;

l) parvoz vaqtida yoqilgʻi tizimida yoki yoqilgʻi drenaj tizimida yoqilgʻi uzatishda yuzaga kelgan kamchiliklar yoki xavfli tarzda yoqilgʻining oqib chiqishi;

m) parvoz vaqtida shassi chiqarilishi yoki yigʻishtirilishi, shassining tavaqasi ochilishi yoki yopilishi;

n) havo kemasi yerda harakatlanishi vaqtida tormoz tizimining komponentlaridan kelib chiqqan tormoz boshqaruvi kuchining yoʻqolishi;

o) havo kemasi planerida yirik taʼmirlash ishlarini oʻtkazish zarurati;

p) ishlab chiquvchi/ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajadan oshadigan yoriqlar, doimiy deformatsiya yoki havo kemasining planer konstruksiyasidagi korroziya;

r) parvoz vaqtida havo kemasining tizimlari yoki komponentlaridan kelib chiqqan avariya holatlari (dvigatel oʻchib qolishi bundan mustasno);

s) maʼlum yoki shubha qilinayotgan mexanik shikastlanishlar yoki buzilishlar oqibatida yuzaga kelgan parvozni har qanday holda toʻxtatib qoʻyish, yoʻnalishda havo kemasini rejadan tashqari almashtirish yoki parvoz rejasini oʻzgartirish holatlari;

t) nosozlik, buzilish yoki nuqson tufayli muddatidan oldin yechib olingan dvigatellarning soni, bunda ularning seriyasi, modeli va ular oʻrnatilgan havo kemasi turi koʻrsatiladi;

u) havo vinti parvoz vaqtida shamolning yoʻnalishi boʻylab oʻrnatilishi, bunda havo vintining, u oʻrnatilgan dvigatel va havo kemasining turi koʻrsatiladi;

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, tashkilot havo kemasida oʻrin olgan yoki har qanday vaqtda aniqlangan buzilish, nosozlik yoki nuqson havo kemasining xavfsiz ekspluatatsiyasiga tahdid solishi yoki tahdid solishi mumkinligi toʻgʻrisidagi fikrda boʻlsa, har bir tashkilot bunday buzilish, nosozlik yoki nuqson haqida xabar berishi kerak.

50. Tashkilot uchishga yaroqlilik meʼyorlarining buzilishlari toʻgʻrisida ichki hisobot tizimini yaratishi va tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada bayon etishi zarur. Ushbu tizim bunday hisobot maʼlumotlarini yigʻish va baholashni, shu jumladan, mazkur Talablarning 49-bandiga binoan hisobot berilishi lozim boʻlgan holatlarni baholash natijalari boʻyicha saralash tartib-taomillarini taʼminlashi lozim. Koʻrsatilgan tartib-taomillar salbiy tendensiyalarni, kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshirilgan tuzatish ishlarini belgilashi, shuningdek, koʻrib chiqilayotgan holatlar boʻyicha barcha mavjud maʼlumotlarni tahlil qilish tartibi hamda zaruratga koʻra ushbu maʼlumotlarni tarqatish uslublarini oʻz ichiga olishi kerak.

51. Tashkilot aniqlagan barcha qoidabuzilishlar, ularni aniqlash sharoitlari va tahlil qilish natijalari toʻgʻrisida barcha kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotlar tashkilot tomonidan yuborilishi kerak.

52. Tashkilot havo kemasining uchishga yaroqliligi talab darajasida boʻlishini uning tijorat ekspluatanti bilan tuzilgan shartnoma asosida taʼminlayotgan boʻlsa, bu holda tashkilot belgilangan ekspluatantga qarashli havo kemasining yoki komponentning uchishga yaroqlilik meʼyorlariga taʼsir koʻrsatuvchi har qanday holat toʻgʻrisida havo kemasining ekspluatantiga ham hisobot yuborishi zarur.

53. Tashkilot imkon qadar qisqa muddatda, ammo hisobot berilishi majburiy boʻlgan holatlar aniqlangan vaqtdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmagan holda hisobot tayyorlashi va yuborishi shart.

Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari

54. Tashkilot aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasida oʻzining siyosatini oʻrnatishi hamda mazkur Talablarning “Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma” boʻlimiga muvofiq tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaga tegishli qoidalar kiritishi zarur.

55. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshirilgan havo kemasi va komponentlar belgilangan talablarga javob berishini taʼminlash vositasi sifatida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan sifat tizimini ishlab chiqishi va taʼminlab borishi lozim. Sifat tizimi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va tizimning asosiy hujjati hisoblangan sifat boʻyicha qoʻllanma, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi standartlar, koʻrsatmalar va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinishi kerak:

tashkilotning sifat sohasidagi siyosati;

tashkilotning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasi;

sifat tizimi tuzilmasi va boshqaruvining tashkil etilishi;

sifat tizimi elementlari (funksiyalari) tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablar, shu jumladan, ularni amalga oshirish tartib-taomillari;

tashkilot mansabdor shaxslarining sifat tizimiga doir vazifalari va javobgarligi;

tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasida funksiyalarning taqsimlanishi;

turli xil havo kemalariga va mahsulotlarga texnik xizmat koʻrsatish xususiyatlari.

56. Sifat tizimi talablari tushunarli shaklda bayon etilishi va bajaruvchilarga yetkazilishi lozim.

57. Sifat tizimi hujjatlari samarali qoʻllanilishi va ularda belgilangan tartib va talablar amalga oshirilishi lozim.

58. Tashkilotda joriy etilgan sifat tizimi ushbu talablarga va sifat standartlari talablariga javob berishi kerak.

59. Tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida havo kemasining xususiyatlari va texnologik jarayonlarning ekspluatatsiya hujjatlari talablaridan chetga chiqishlarni (nomuvofiqliklar) koʻrib chiqish tartib-taomillari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Havo kemasining xususiyatlari va parametrlari hamda mahsulotlar namunaviy konstruksiyaga nomuvofiqligi boʻyicha qabul qilingan qarorlar ularning ishlab chiquvchisi (ishlab chiqaruvchisi) bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Mahsulotlar xususiyatlarining ruxsat etilgan nomuvofiqliklarini koʻrib chiqish materiallari (texnik yechimlar varaqalari, ruxsat berish kartalari va boshqalar) havo kemasiga (komponentga) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan birga saqlanishi lozim.

60. Ishlarning metrologik taʼminoti Oʻlchashlar birligini taʼminlash tizimi standartlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

metrologiya laboratoriyalari mutaxassislarini tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish;

oʻlchash vositalarini tekshirish;

oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va pasportlashtirish;

oʻlchash vositalarining reyestrini yuritish;

tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan texnologik va konstruktorlik hujjatlarning metrologik ekspertizasini oʻtkazish.

61. Tashkilotning sifat boʻyicha qoʻllanmasida ushbu talablarga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish ishlarining toʻgʻri bajarilishini taʼminlovchi tartib-taomillar va texnologiyalar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.

Ushbu tartib-taomillarda inson omilining jihatlari va insonning psixofiziologik xususiyatlari hisobga olingan boʻlishi hamda mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma” boʻlimiga muvofiq havo kemasi yoki komponent ekspluatatsiyasiga ruxsat berilishini taʼminlash uchun ishlarni bajarishga doir aniq buyurtma yoki shartnoma mavjud boʻlishi nazarda tutilishi kerak.

Mazkur boʻlimning talablariga muvofiq tashkilot tomonidan belgilangan yoki belgilanishi lozim boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillarida va texnologiyalarida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga doir barcha jihatlar, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan xizmatlarni jalb etish va ularning bajarilishini nazorat qilish holatlari qamrab olingan boʻlishi, shuningdek, tashkilot tomonidan ishlash uchun qabul qilingan tartib nazarda tutilgan boʻlishi lozim.

Havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish ishlariga nisbatan tashkilot koʻp sonli xatoliklarni kamaytiruvchi va oʻta masʼuliyatli funksional tizimlardagi ishlarda xato harakatlarning oldini oluvchi tartib-taomillarni belgilashi zarur.

Belgilangan tartib-taomillarda aniq turdagi (shakldagi) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish chogʻida bir xil ekzemplyardagi havo kemasining bittadan ortiq funksional tizimida oʻrnatilgan bir nechta bir xil turdagi komponentlar qismlarga ajratilishi va yigʻilishini talab qiladigan ishlarni hamda tekshirishlarni bajarish bitta shaxsga ruxsat berilmasligi kafolatlanishi lozim. Ammo, tashkilotda koʻrsatilgan ishlarni bajaradigan shaxs bitta boʻlsa, u holda barcha bir xil turdagi ishlar yakuniga yetkazilgandan keyin koʻrsatilgan ishlar ushbu shaxs tomonidan qoʻshimcha ravishda nazorat qilinishiga doir operatsiya tashkilotning ishchi texnologik kartalariga kiritilishi shart.

“Oʻzaviatsiya” agentligi yoki havo kemasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan hujjatlardan foydalangan holda, shikastlanishlar baholanishini hamda modifikatsiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarilishini taʼminlovchi texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari va texnologiyalari belgilangan boʻlishi shart.

62. Tashkilot quyidagi elementlarni oʻz ichiga olgan sifat tizimini yaratishi lozim:

a) havo kemasiga va/yoki komponentlarga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini va uchishga yaroqlilik holatida boʻlgan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish ishlari toʻgʻri bajarilishini taʼminlash uchun tartib-taomillar va texnologiyalarning toʻgʻriligini nazorat qilish maqsadida mustaqil auditorlik tekshiruvlari. Eng kichik tashkilotlarda sifat tizimining auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish qismi ushbu Pasport asosida berilgan sertifikatga ega boshqa tashkilot bilan yoki tegishli texnik bilimlarga hamda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha hujjatlar bilan tasdiqlangan qoniqarli tajribaga ega boʻlgan jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosida tuzilishi mumkin;

b) mazkur Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxsga yoki shaxslar guruhiga, shuningdek, mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq oʻtkazilgan mustaqil auditorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha tuzilgan hisobotlar asosida tuzatish choralarining oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlovchi tashkilot masʼul rahbariga taqdim etiladigan sifat sohasidagi hisobot maʼlumotlari boʻyicha oʻzaro muloqot tizimi.

63. Sifat boʻyicha qoʻllanmada tashkilotning bugungi holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida kiritilishi kerak. Sifat boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan oʻzgartirishlar “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi shart.

64. Tashkilotning hajmi, faoliyat doirasi, bajariladigan ishlar hajmi va turiga qarab, tashkilotning xohishiga koʻra sifat boʻyicha qoʻllanma tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmaning havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tarkibiy qismi boʻlishi mumkin.

Tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanma

65. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligiga quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmani (keyingi oʻrinlarda — faoliyat boʻyicha qoʻllanma) taqdim etishi zarur:

a) tashkilot faoliyati ushbu Pasport asosida berilgan sertifikat shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida tashkilot rahbari tomonidan imzolangan deklaratsiya, shuningdek, ushbu muvofiqlikni talab darajasida muntazam ravishda taʼminlash boʻyicha majburiyatlar;

b) ushbu Talablarning “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish xavfsizligi va sifati sohasidagi siyosat, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari” boʻlimiga muvofiq tashkilotda oʻrnatilgan tashkilotning parvoz xavfsizligi va sifat sohasidagi siyosati, sifat tizimi va qoʻllaniladigan texnik xizmat koʻrsatish texnologiyalari;

v) ushbu Talablarning 4-bandiga binoan tayinlangan shaxslarning ismi, familiyasi, otasining ismi va lavozimlari roʻyxati, huquq va majburiyatlari, ularning boʻysunuvi koʻrsatilgan tashkilot boshqaruv tuzilmasi, shu jumladan, ular tashkilot nomidan toʻgʻridan-toʻgʻri “Oʻzaviatsiya” agentligiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan masalalar;

g) soʻralayotgan tasdiqlash sohasiga muvofiq tashkilot faoliyat sohasining tavsifi;

d) tashkilotning arizasida koʻrsatilgan har bir manzilda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarining umumiy tavsifi;

e) texnik xizmat koʻrsatish xodimlarining malaka darajasini belgilash uchun ishlatiladigan tartib-taomillarning tavsifi;

j) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolash vakolatiga ega boʻlgan xodimlar va ularning vakolatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;

z) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va saqlash usullarining tavsifi. Hisobga olish maʼlumotlarida texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolashga doir barcha talablar bajarilganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak;

i) texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani tayyorlash tartibining taʼrifi hamda bunday guvohnomani imzolash uchun talab etiladigan shartlar va holatlarning taʼrifi;

k) tashkilot texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini taqdim etayotgan havo kemasi ekspluatanti va/yoki tashkilot (shundaylar mavjud boʻlsa) bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi;

l) havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatgan yoki salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan buzilishlar, nosozliklar, nuqsonlar va boshqa hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni havo kemasi ishlab chiqaruvchisiga va “Oʻzaviatsiya” agentligiga taqdim etish tartib-taomillarining taʼrifi;

m) havo kemasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan yuboriladigan uchishga yaroqlilikka oid maʼlumotlarni olish, oʻzining hujjatlariga oʻzgartirishlarni kiritish va tarqatish tartib-taomillarining taʼrifi;

n) texnik xizmat koʻrsatish liniyasi/tashqi liniya stansiyasi bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (mavjud boʻlsa);

o) zaruratga koʻra ekspluatantning texnik xizmat koʻrsatish talablari va tartib-taomillariga muvofiqlikni taʼminlash uchun foydalaniladigan qoʻshimcha tartib-taomillarning taʼrifi.

66. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmada tasdiqlanishi lozim boʻlgan faoliyat sohasi belgilanishi kerak (ushbu Pasportning 12-bandida “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali keltirilgan).

67. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga tashkilotning joriy holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida kiritilishi kerak. Faoliyat boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi zarur.

Faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar nusxalari qoʻllanma taqdim etilgan barcha tashkilotlarga yoki shaxslarga darhol yuboriladi.

68. Mazkur Talablarning 67-bandiga rioya qilinishini istisno qilmagan holda, faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga kiritilayotgan ikkilamchi oʻzgartirishlar tashkilot tomonidan qoʻllanmani yuritish boʻyicha oʻrnatilgan tartiblarni bajarish jarayonida tasdiqlanishi mumkin.

69. Yuqoridagi talablarga qoʻshimcha ravishda faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga quyidagi qoidalarni kiritish kerak:

a) tashkil etish va boshqarish:

tashkilotning tartib-taomillari va xodimlarning ular bilan bogʻliq vakolatlari, shuningdek, ularga doimiy ravishda rioya etib borilishi faoliyat boʻyicha qoʻllanmada belgilanganligini tasdiqlaydigan va rahbar tomonidan imzolangan ariza;

65-bandning “v” kichik bandiga muvofiq tayinlangan shaxslar vakolatlarining taqsimoti va oʻzaro bogʻliqligi koʻrsatilgan tashkilot sxemasi;

tashkilotning tasdiqlangan faoliyat turlari, ruxsat beruvchi ruxsatnomalari, joylashgan joyi va xodimlariga nisbatan kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligini xabardor qilish tartib-taomillari;

tasdiqlangan faoliyat turlari bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etuvchi boshqa tashkilotlar bilan munosabatlar yoki shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

faoliyat boʻyicha qoʻllanmaga oʻzgartirish kiritish tartibi;

b) texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari:

yetkazib beruvchilarni baholash;

tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan havo kemalari komponentlari va materiallarning kirish nazorati;

texnik xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun havo kemalarining komponentlarini va materiallarni omborga joylash, markirovkalash, hujjatlashtirish va omborxonadan berish;

asboblar va uskunalarni qabul qilish;

asboblar va uskunalarni kalibrovkalash;

xodimlar tomonidan asbob va uskunalardan foydalanish, shu jumladan, ruxsat etilgan boshqa turdagi asbob va uskunalardan foydalanish;

texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish bazasining tozalik standartlari;

texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar hamda ularning havo kemalari va komponentlarini yetkazib beruvchilarning ekspluatatsiya maʼlumotlari bilan oʻzaro bogʻliqligi, shu jumladan, oʻz vaqtida oʻzgartirishlarni kiritish hamda shtatdagi xodimlar foydalanishi uchun imkoniyat yaratish masalalari;

taʼmirlashning tartib-qoidalari va texnologiyalari;

havo kemasi ekspluatantining texnik xizmat koʻrsatish dasturiga muvofiqlikni taʼminlash tartib-taomillari;

uchishga yaroqlilik direktivalarini amalga oshirish tartibi;

majburiy boʻlmagan modifikatsiyalarni bajarish tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha foydalaniladigan hujjatlar va ularni yuritish;

hisobga olinadigan texnik maʼlumotlarni nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatishda aniqlangan nuqsonlar bilan ishlash;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish;

ekspluatant uchun maʼlumotlarni hisobga olish (tashkilotning oʻzi ekspluatant boʻlmasa);

ushbu Talablarning “Uchishga yaroqlilik meʼyorlari buzilishi boʻyicha hisobot yuritish” boʻlimiga binoan nuqsonlar va boshqa hodisalar haqida hisobotlar;

havo kemalarining nuqsonlari boʻlgan komponentlarini omborga qaytarish tartibi;

taʼmirlash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun tashqi pudratchilarga yuborilgan nuqsonli komponentlarning aylanmasini nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi hisobga olish maʼlumotlarini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni boshqarish;

subpudratchilar bilan ishlash tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus tartib-taomillar, masalan:

dvigatelni sinash (tekshirish);

havo kemasining germetikligini tekshirish (bosim ostida sinab koʻriladi);

havo kemalarini shatakka olish;

havo kemalarini yerda boshqarish;

v) operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari:

havo kemalari komponentlari, asboblar, uskunalar va boshqalar aylanmasini nazorat qilish;

havo kemalariga yoqilgʻi quyish, tayyorlash, muz qoplashiga qarshi himoya qilish va boshqa ishlar bilan bogʻliq boʻlgan operativ texnik xizmat koʻrsatish tartib-taomillari;

texnik xizmat koʻrsatish vaqtida nuqsonlar va takrorlanuvchi nuqsonlar bilan ishlash;

birgalikda foydalaniladigan tarkibiy qismlardan va ijaraga olingan tarkibiy qismlaridan (pooling) foydalanish tartibi;

texnik xizmat koʻrsatish vaqtida aniqlangan havo kemalarining nuqsonli komponentlarini omborga qaytarish tartibi;

g) sifat tizimi tartib-taomillari:

tashkilotda foydalaniladigan tartib-taomillar (quality audit) sifatini nazorat qilish;

havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish sifatni nazorat qilish;

kamchiliklarni bartaraf etish sifatini nazorat qilish;

texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani imzolaydigan xodimlarni (ruxsat beruvchi xodimlar — certifying staff) tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

ruxsat beruvchi xodimlar reyestrini yuritish;

sifat tizimi xodimlarini (quality audit personnel) tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

aviamexaniklarni tayyorlash va ishga qoʻyish tartib-taomillari;

qabul qilingan tartib-taomillarga rioya qilishdan ozod qilish tartibi (exemption process);

tashkilotda qabul qilingan tartib-taomillardan chetga chiqish uchun ruxsat berish tartibi;

putur yetkazmasdan nazorat qilish (NDT), payvandlash kabi va boshqalar maxsus ishlar turlariga ruxsat berish tartibi;

ushbu tashkilotda joylashgan va berilgan tasdiqlash sertifikatida nazarda tutilgan faoliyatga aloqador ishlarda band boʻlgan yetkazib beruvchilar brigadalarining faoliyatini nazorat qilish;

subpudratchilar bilan ishlash sifatini tekshirish (yoki ularning akkreditatsiyasini uchinchi shaxslar tomonidan tan olish, masalan, putur yetkazmasdan nazorat qilish sohasida ishlaydigan va “Oʻzaviatsiya” agentligidan boshqa davlat tomonidan tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanish);

d) berilgan tasdiqlash sertifikati vakolatlari va shartlariga muvofiq tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatda foydalaniladigan standart hujjatlarning misollari, masalan:

texnik hujjatlarni yuritish shakllari;

nuqsonlarni va ularni bartaraf etish ishlarini hisobga olish shakllari.

Tashkilotning huquqlari

70. Tashkilot quyidagi ishlarni bajarish huquqiga ega:

a) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga sertifikatda va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan joylashish manzilida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish;

b) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga birinchi tashkilotning sifat tizimi doirasida ishlaydigan boshqa tashkilotda texnik xizmat koʻrsatish ishlari bajarilishini tashkil etish. Mazkur holat bu kabi texnik xizmat koʻrsatish ishlarini hamda mazkur Talablarning 66-bandiga muvofiq tasdiqlangan faoliyat sohasi bilan cheklangan ishlarni bajarish uchun ushbu Pasportga binoan tasdiqlash sertifikatiga ega boʻlmagan tashkilotlar tomonidan bajariladigan ishlarga tegishlidir.

Faoliyatining bu sohasiga havo kemasiga davriy texnik xizmat koʻrsatish yoki dvigatel yoxud uning modulini rejali nazorat koʻrigidan oʻtkazish yoki taʼmirlash ishlarining toʻla hajmini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi;

v) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasiga va/yoki komponentga har qanday joylarda texnik xizmat koʻrsatish, bunda quyidagi shartlar belgilanadi:

aniqlangan buzilishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish yoxud texnik xizmat koʻrsatishni operativ bajarish uchun birdan paydo boʻlgan zaruratni taʼminlash maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirish zarurati boʻlganda;

bu kabi ishlarni faoliyat boʻyicha qoʻllanmaning qoidalariga rioya qilgan holda bajarish;

g) tasdiqlash sertifikati berilgan har qanday havo kemasi va/yoki komponentga faqat murakkab boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatish turlarini bajarish imkoniyatiga ega boʻlgan, operativ texnik xizmat koʻrsatish punkti deb belgilangan joylarda texnik xizmat koʻrsatish, bunda faoliyat boʻyicha qoʻllanmada bunday joylar roʻyxati mavjud boʻlishi va koʻrsatilgan ishlarni ushbu joylarda bajarish uchun ruxsat berilgan boʻlishi shart;

d) texnik xizmat koʻrsatish ishlari yakuniga yetkazilgandan soʻng mazkur Talablarning “Texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnoma” boʻlimiga binoan texnik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish.

Tashkilotning ishlar turi boʻyicha cheklovlari

71. Tashkilot texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha hujjatlar va ruxsat beruvchi xodimlar mavjud boʻlgandagina tasdiqlash sertifikati berilgan havo kemasiga va/yoki komponentga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishi mumkin.

Tasdiqlangan tashkilotda oʻzgarishlar

72. “Oʻzaviatsiya” agentligi tashkilotning ruxsat berishga oid talab va shartlarga doimiy ravishda muvofiqligini oʻrnatishi va zarurat boʻlganda tasdiqlash sertifikatiga oʻzgartirishlar kiritishi uchun tashkilot barcha rejalashtirilayotgan quyidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, ular kiritilmasidan oldin xabar berishi zarur:

a) tashkilotning nomi;

b) tashkilot joylashgan manzil;

v) masʼul rahbar;

g) mazkur Talablarning 4-bandiga muvofiq tayinlangan har qanday shaxs (rahbar xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari, shuningdek, qaysi taʼlim muassasasini tamomlaganligi hamda ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda);

d) tasdiqlashga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish binolari, uskunalar, asboblar, materiallar, ish tartibi, texnologiyalar va ruxsat beruvchi xodimlar.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

3 yil

12.

Izoh:

Umumiy qoidalar

1. Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxati ilova qilingan tashkilot sertifikati mavjudligi sharti bilan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) amalga oshiradi. Sertifikatga ega boʻlmagan tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega emas.

2. Tashkilotning quyidagi faoliyat sohasi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanishi lozim:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish dasturiga (reglamentiga) muvofiq havo kemasi, aviadvigatellar va ularning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarining barcha turlari;

b) maxsus ishlar (putur yetkazmasdan nazorat qilish, havo kemasi modifikatsiyalarini bajarish, havo kemasining massasi va markazlanishini aniqlash, dvigatellar diagnostikasi va boshqalar).

3. Faoliyat sohasini tasdiqlash uchun tashkilotni sertifikatlash va sertifikatni berish “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan mazkur Pasport asosida amalga oshiriladi.

4. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlarni oʻtkazishi uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan amalga oshiriladi.

5. Tasdiqlangan faoliyat sohasi toʻliq havo kemasiga yoki uning komponentlariga texnik xizmat koʻrsatish yoki ushbu ishlarni birgalikda turli koʻrinishda bajarish ishlarini oʻz ichiga olishi mumkin.

6. Tashkilot quyidagicha faoliyat yuritishi mumkin:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish asosiy faoliyat turi boʻlgan mustaqil tashkilot sifatida;

b) havo kemasi ekspluatanti, aviakompaniya, aeroport, aviataʼmirlash yoki aviasozlik zavodining havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan, havo kemalariga asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajaradigan boʻlinmasi sifatida.

7. Tasdiqlangan tashkilot havo kemasi ekspluatantiga qarashli tashkilotning bir qismi hisoblanmasa, u holda havo kemasi ekspluatanti va tashkilot oʻrtasida yozma shaklda rasmiylashtirilgan, havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlash boʻyicha tomonlarning vazifalari va majburiyatlari belgilangan shartnoma tuzilishi kerak.

Mazkur shartnomaning texnik jihatlari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilishi lozim.

8. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish vaqtida texnik xizmat koʻrsatish dasturida (reglamentida) nazarda tutilgan baʼzi turdagi ishlarni boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Bu shartnomaning texnik tomonlari “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishib olinishi lozim.

9. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yiim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay sertifikatning asl nusxasini beradi.

Sertifikat ingliz va rus tillariga tarjima qilingan boʻlishi mumkin.

Sertifikat “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

10. Tashkilot havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bitta yoki bir nechta liniya/tashqi liniya stansiyasiga ega boʻlsa, bu holda tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatlari havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy stansiyaga va havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha har bir liniya yoki tashqi liniya stansiyasiga beriladi.

Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxati “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

11. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

Ariza beruvchini sertifikatlash

12. Ariza beruvchini sertifikatlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

a) ariza beruvchi tomonidan rasmiy ariza taqdim etish;

b) arizani dastlabki baholash;

v) asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish;

g) ariza beruvchining ruxsat etishga oid talab va shartlarga muvofiqligini tekshirish boʻyicha inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish hamda tekshiruv natijalari boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklar koʻrsatilgan hisobot rasmiylashtirish;

d) ariza beruvchidan asoslovchi hujjatlarning ekspertizasi natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va 1-toifali nomuvofiqliklar bartaraf qilingani toʻgʻrisidagi hisobotni olish;

e) tekshiruv natijalari boʻyicha sertifikat berish yoki bermaslik toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatilgan xulosa tayyorlash;

j) sertifikatni va tashkilot tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini rasmiylashtirish.

Arizani dastlabki baholash va asoslovchi hujjatlarni ekspertiza qilish

13. Arizani dastlabki baholash arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganidan soʻng amalga oshiriladi.

Arizani dastlabki baholashda quyidagilar tekshiriladi:

a) ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarning yetarliligi va arizaning uni rasmiylashtirish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi;

b) asoslovchi hujjatlarning toʻliqligi.

14. Ariza va asoslovchi hujjatlar kelib tushgandan soʻng, “Oʻzaviatsiya” agentligi asoslovchi hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.

Inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish

15. Asoslovchi hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng ariza beruvchi bilan kelishilgan holda inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish sanasi va muddati aniqlanadi.

16. “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori tomonidan inspektorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida buyruq chiqarilib, unda komissiya tarkibi hamda inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish dasturi va muddati belgilanadi.

17. Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlarning rahbarlari bilan kelishilgan holda ularning mutaxassislari (ekspertlari) kiritilishi mumkin.

18. Inspektorlik tekshiruvlarining dasturi aniq bir ariza beruvchining xususiyatlari hisobga olingan holda, inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi asosida ishlab chiqiladi. Inspektorlik tekshiruvlarining namunaviy dasturi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

19. Inspektorlik tekshiruvlarining bevosita oʻtkazilishi, komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi va tekshiruv natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik komissiya raisi zimmasiga yuklanadi.

20. “Oʻzaviatsiya” agentligining buyrugʻi va inspektorlik tekshiruvlarining dasturi inspektorlik tekshiruvlari boshlanishidan besh kundan oshmagan muddatda ariza beruvchiga yuboriladi va komissiya aʼzolarining eʼtiboriga yetkaziladi.

21. Inspektorlik tekshiruvlarining maqsadi ariza beruvchi oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini hamda tashkilotning haqiqiy holati va arizada koʻrsatilgan ishlarning barcha turlari boʻyicha ariza beruvchining faoliyati taqdim etilgan hujjatlarda toʻgʻri aks ettirilganligini tasdiqlashdan iborat.

22. Tashkilotda inspektorlik tekshiruvlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

a) ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;

b) axborot bilan taʼminlanganlik;

v) xodimlar bilan taʼminlanganlik;

g) ishlab chiqarish bazasi;

d) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining tashkil etilishi;

e) texnik xizmat koʻrsatishning sifat tizimi;

j) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining moddiy-texnik taʼminoti;

z) texnik xizmat koʻrsatish jarayonlarining moliyaviy taʼminoti.

Inspektorlik tekshiruvlarining natijalarini rasmiylashtirish

23. Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari har bir tekshiruv yoʻnalishi boʻyicha hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Nomuvofiqliklar mavjud boʻlgan taqdirda, hisobot ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shart. Hisobot shakli va uni rasmiylashtirish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

24. Inspektorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar 1-toifali va 2-toifali nomuvofiqliklarga boʻlinadi.

1-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turishni taʼminlashga toʻsqinlik qiladigan har qanday nomuvofiqliklar. 1-toifali nomuvofiqliklar sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qiladi va Ruxsat etishga oid talab va shartlarda “*” bilan belgilangan.

2-toifali nomuvofiqliklar — havo kemasining uchishga yaroqlilik darajasini saqlab turish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, ammo belgilangan talablar yoki tartiblardan chetga chiqishlarni namoyon etuvchi har qanday nomuvofiqliklar 2-toifali nomuvofiqliklar boʻlib, sertifikatning berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.

Inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha qaror qabul qilish

25. Xulosa — inspektorlik tekshiruvlarining natijalari boʻyicha yakuniy hujjat hisoblanib, unda tekshiruvlarning natijalari, “Oʻzaviatsiya” agentligi komissiyasining xulosalari, bajarilishi majburiy boʻlgan tavsiyalar va 1-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddatlari aks ettiriladi. Xulosaning nusxasi ariza beruvchiga yuboriladi.

26. Ariza beruvchi xulosalarni va tavsiyalarni inobatga olgan holda, “Oʻzaviatsiya” agentligiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:

a) 1-toifali nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hisobot (zarurat boʻlganda, “Oʻzaviatsiya” agentligining qarori boʻyicha, nomuvofiqliklarning haqiqatan bartaraf etilganligi tekshiruvi oʻtkaziladi);

b) 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi. Bu rejada inspektorlik tekshiruvlarida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularning bartaraf etilishi boʻyicha tadbirlar, bajarish muddati va tadbirlarning bajarilishi boʻyicha masʼul shaxslar koʻrsatiladi.

27. 2-toifali nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan boʻlishi kerak. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda, ariza beruvchi tomonidan chora-tadbirlar va muddatlar toʻgʻrilangan boʻlishi kerak.

28. 25-bandning “a” kichik bandiga muvofiq aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan yoki xulosada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan boʻlsa, “Oʻzaviatsiya” agentligi sertifikatni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Sertifikat berish

29. Sertifikatning asl nusxasi xulosada qayd etilgan “Oʻzaviatsiya” agentligining qarori boʻyicha rasmiylashtiriladi.

30. Ariza beruvchi yangi sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini olgandan keyin ilgari berilgan sertifikat yoki tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxati “Oʻzaviatsiya” agentligiga qaytarilishi kerak.

Sertifikatni qayta rasmiylashtirish

31. Sertifikat Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 4-bobida koʻrsatilgan hollarda va oʻrnatilgan tartibda hamda Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini qisqartirish hollarida qayta rasmiylashtiriladi.

Tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish

32. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) tashkilot tomonidan yangi turdagi havo kemalari, komponentlar va texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish;

b) liniyali/tashqi liniyali stansiyani tashkil etish.

33. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi sertifikatni berish uchun oʻrnatilgan tartibda kengaytiriladi.

34. Tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasini kengaytirish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun mazkur Pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻim undiriladi.

35. Faoliyat sohasi yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatini berish orqali kengaytiriladi.

36. Yangi tasdiqlangan faoliyat sohalari roʻyxatining amal qilish muddati sertifikatning amal qilish muddati doirasida belgilanadi.

Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish

37. Sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va sertifikatni bekor qilish Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 5-bobida koʻrsatilgan hollarda va oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

38. Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatib turiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida amal qilgan va tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarni buzish (ularga rioya qilmaslik) hollari aniqlanganda;

“Oʻzaviatsiya” agentligining parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki umuman tashkilotning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari bajarilmaganda.

Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash

39. Xorijiy tashkilotlarni sertifikatlash jarayoni mazkur tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatantlarining havo kemalariga va/yoki ularning komponentlariga reja asosida texnik xizmat koʻrsatish ishlarini uzoq muddatli shartnomalar asosida bajarishni koʻzda tutgan holda va texnik xizmat koʻrsatgan havo kemasiga (komponentiga) ekspluatatsiya qilishga ruxsat beruvchi guvohnomani berish huquqiga ega boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.

40. Xorijiy tashkilotni sertifikatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotini sertifikatlash tartibidan farq qilmaydi.

41. Xorijiy tashkilotlar quyidagi shartlarga rioya etilgandagina sertifikatlanadi:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjat Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga (IKAO) aʼzo boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan boʻlishi lozim;

b) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatni bergan vakolatli organ tomonidan tashkilotga qoʻyilgan talablar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tomonidan belgilangan minimal standartlarga javob berishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.

42. Xorijiy tashkilot masʼul rahbar (bosh boshqaruvchi) boshchiligidagi tashkilotga nisbatan umumiy ravishda sertifikatlanadi. Tashkilotning masʼul rahbari sertifikatni bergan vakolatli organ va “Oʻzaviatsiya” agentligi oldida sertifikatning shartlari hamda cheklovlariga muvofiqlikni taʼminlash uchun toʻliq javobgarlikni zimmasiga olishi lozim.

43. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotlar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaradigan xorijiy tashkilotlarga sertifikat berilishi talab qilinmaydi. Bunda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida quyidagi talablarga asoslangan tegishli tartib-taomillar mavjud boʻlish sharti qoʻyiladi:

a) tashkilot shartnoma boʻyicha topshirilayotgan ishlarga nisbatan sertifikatga ega boʻlishi kerak;

b) tashkilot yordamchi pudratchining muvofiqligini baholashni (audit) amalga oshirishi kerak;

v) tashkilot shartnoma boʻyicha topshirilgan ishlar bajarilgandan keyin sifatni nazorat qilish va ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish, shu jumladan, havo kemasining uchishga yaroqliligini tegishli darajada saqlab turishga doir tegishli talablarga rioya qilish boʻyicha javobgarlikni oʻz zimmasida saqlab qolishi lozim;

g) tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmada shartnoma asosida topshirilgan faoliyat turlariga nisbatan boshqarish va nazorat qilish zarur boʻlgan tartib-taomillarning taʼrifi, shuningdek, ushbu faoliyat turlarini boshqarish topshirilgan xodimlar uchun koʻrsatmalar boʻlishi kerak.

Tashkilotning faoliyatini nazorat qilish

44. Tashkilotning faoliyati “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan inspektorlik tekshiruvlari orqali quyidagi maqsadlarda nazorat qilinadi:

a) tashkilotni tasdiqlashda rioya etilgan talablarga tashkilot shu kunda muvofiqligini baholash;

b) tashkilotning faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, tashkilotning amaldagi hujjatlariga kiritilishi talab etiladigan oʻzgarishlarni aniqlash, bu oʻzgarishlarning tashkilot faoliyatiga koʻrsatadigan taʼsirini baholash;

v) tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatiga kiradigan aniq ishlarning bajarilishini nazorat qilish.

45. Tekshiruvlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) reja asosida inspeksiya tekshiruvlari;

b) rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari.

46. Reja asosida inspeksiya tekshiruvlari fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish jadvaliga muvofiq, lekin oʻn ikki oyda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.

47. Rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari sertifikat berishda belgilangan shartlar va cheklovlar talablariga muvofiqlikni baholash uchun oʻtkaziladi.

48. Tashkilotda rejadan tashqari inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

a) havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish sifatining darajasi pasayganligi va havo kemalarining parvozlar xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

b) tashkilotning faoliyati jarayonida vujudga kelgan belgilangan talablarga nomuvofiqligi.

49. Inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi ushbu Pasport talablariga javob berishi kerak. Tekshiruvlar boʻyicha hujjatlar “Oʻzaviatsiya” agentligida 1 yil davomida saqlanadi.

50. Tashkilot “Oʻzaviatsiya” agentligining komissiyasi uchun barcha ish sharoitlarini yaratib berishi shart. Komissiyaning ish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.

51. Inspektorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtiriladi. Hisobotda tekshirish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar va tekshirilayotgan tashkilot faoliyatining tekshirilgan yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan talablarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.

Nomuvofiqliklar aniqlanganda, hisobot tekshirilayotgan tashkilotning vakili tomonidan imzolanishi lozim.

52. Sertifikat egasi aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida hisobotni olgach, nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqishi va kelishilgan muddatda nomuvofiqliklarning muvaffaqiyatli bartaraf etilganligi toʻgʻrisida “Oʻzaviatsiya” agentligiga hisobot taqdim etishi lozim.

Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar

TIZIMI

1. Ishlarning turlari boʻyicha standartlashtirilgan ruxsatlar va aviatsiya texnikasi klasslari roʻyxati “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvalida berilgan.

Tashkilot tegishli cheklovlar bilan tasdiqlangan ruxsatni olishi kerak (bir klassda bitta ruxsat yoki barcha klasslarda barcha ruxsat shaklida oʻzgarishi mumkin).

2. Tashkilot ushbu ruxsatlar tizimining 11-bandi talablarini hisobga olgan holda, “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvaliga muvofiq tegishli klasslar va ishlarni bajarishga beriladigan ruxsatlarni tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasining tasdiqlangan faoliyat sohasida koʻrsatishi shart.

3. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan ishlarning turlari boʻyicha klasslar va ruxsatlar doirasida tashkilotning faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida koʻrsatilgan faoliyat sohasi, tasdiqlashning aniq chegaralari belgilanadi. Shuning uchun ham ishlarning turlari boʻyicha tasdiqlangan klasslar va beriladigan ruxsatlar hamda tashkilot faoliyat sohasi bir-biri bilan uygʻunlashgan boʻlishi lozim.

4. “A” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasi bortidan komponentlarni demontaj qilmagan holda, havo kemalariga va komponentlarga (shu jumladan, dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Istisno tariqasida, “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan faoliyat boʻyicha qoʻllanmada nazorat tartib-taomillari koʻrsatilganda, texnik xizmat koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish havo kemasining ekspluatatsiya hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilganda, texnik xizmat koʻrsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish mumkin. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning taʼrifini oʻz ichiga oladi.

5. “V” toifali ruxsat klassi tashkilot demontaj qilingan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga faqat dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalaridan komponentlar demontaj qilinmagan holda, texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Texnik xizmat koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida demontaj qilish dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalarining ekspluatatsiya hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsat etilganda, texnik xizmat koʻrsatish vaqtida komponentlarni vaqtincha demontaj qilish hollari bundan mustasno. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning taʼrifini oʻz ichiga oladi va bu tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi. “V” toifali ruxsat klassiga ega boʻlgan tashkilot nazorat qilish boʻyicha tegishli tartib-taomillar faoliyat boʻyicha qoʻllanmada koʻrsatilgan boʻlsa, operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish vaqtida havo kemasiga oʻrnatilgan dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan boʻlishi lozim.

6. “S” toifali ruxsat klassi tashkilot havo kemasiga yoki dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga oʻrnatish uchun moʻljallangan, havo kemasi bortidan demontaj qilingan komponentlarga (dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalari bundan mustasno) texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga egaligini bildiradi. Cheklovlar boʻlimi texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha bunday ishlarning tavsifini oʻz ichiga oladi. Tasdiqlashning amal qilish doirasini belgilaydi.

Shu bilan birga, “S” toifali ruxsat klassiga ega boʻlgan tashkilot faoliyati boʻyicha qoʻllanmasida nazoratga oid tegishli tartib-taomillar koʻrsatilgan boʻlsa, havo kemasiga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish jarayonida yoxud dvigatel va/yoki yordamchi kuch qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish bazasida havo kemalariga oʻrnatilgan komponentlarga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish huquqiga ega. Faoliyat boʻyicha qoʻllanmadagi tasdiqlangan faoliyat sohasida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsat berilgan faoliyat turlari aks ettirilgan boʻlishi lozim.

7. “D” toifali ruxsat klassini taʼriflash ehtiyoji yoʻq va ushbu klass aniq bir havo kemasi, dvigatel yoki komponent bilan bogʻliq emas. Maxsus ishlar turiga kompozit materiallarning yuzasiga ishlov berish, qum (drob) bilan ishlov berish (mustahkamlash), qoplamalar, boʻyash, putur yetkazmasdan nazorat (NDT) qilish, payvandlash va boshqalar kiradi.

8. “A” toifali ruxsat klasslari “operativ texnik xizmat koʻrsatish” yoki “davriy texnik xizmat koʻrsatish” turlariga boʻlinadi. Tashkilot tomonidan davriy texnik xizmat koʻrsatish, operativ texnik xizmat koʻrsatish yoki ikkala toifa boʻyicha ham tasdiqlangan boʻlishi mumkin. Tashkilot manzilida joylashgan operativ texnik xizmat koʻrsatish xizmati operativ texnik xizmat koʻrsatish toifasi boʻyicha tasdiqlanishi lozim.

9. “Cheklovlar” boʻlimi muayyan bir tashkilotning tasdiqlangan faoliyat sohasi roʻyxatini shakllantirishda foydalaniladi. “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali mumkin boʻlgan cheklovlar turlarini belgilaydi, bunda texnik xizmat koʻrsatish ishlarining turlari har bir ruxsat klassi oxirida yoziladi, shuning uchun havo kemasi yoki dvigatelning turi yoki ishlab chiqaruvchisiga emas, balki har bir tashkilotga muhimroq boʻlgan texnik xizmat koʻrsatish ishlariga koʻproq urgʻu berish mumkin.

10. “A” va “V” toifali ruxsat klasslari uchun cheklovlar boʻlimining “Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi” jadvali turkumlar (seriya), turlar va guruhlar boʻyicha havolalarni oʻz ichiga oladi. “Turkum” soʻzi bir xil turdagi havo kemalarning va/yoki dvigatellarning toʻplamini anglatadi, jumladan, Airbus 300, Airbus 320 yoki Boeing 737 yoxud RB211. Bunday turkum yoki turlarning har qanday soni koʻrsatilishi mumkin. “Tur” soʻzi aniq bir tur yoki modelni bildiradi, misol uchun Airbus 310-240 yoki RB 211-524B4. “Guruh” esa, jumladan, “Cessna” porshenli bir dvigatelli samolyotlar yoki “Lycoming” turbinasiz porshenli dvigatellar va boshqalarni anglatadi.

11. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining tez-tez oʻzgartirish kiritib boriladigan kengaytirilgan roʻyxatiga “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan va faoliyat boʻyicha qoʻllanmada aks ettirilgan tartib-taomillarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.

Ushbu tartib-taomillarda ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxatini (capability list) yuritish, oʻzgartirishlarni kiritishni nazorat qilish va buning uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirish boʻyicha javobgar shaxs belgilanishi kerak. Mazkur harakatlar roʻyxatga kiritiladigan mahsulotlar va ishlar turi mazkur Pasportda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini taʼminlaydi.

12. Barcha texnik xizmat koʻrsatish ishlarini rejalashtirish va bajarish uchun faqat bitta xodimni yollaydigan tashkilot ishlar turi boʻyicha chegaralangan ruxsatlar soniga ega boʻlishi mumkin. Ruxsat beriluvchi chegirmalar quyidagilardan iborat:

KLASS

TOIFA

BERILGAN RUXSAT

Havo kemasi

A2 samolyotlar

Uchish massasi dan yuqori boʻlmagan porshenli samolyotlarga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A2 ruxsati — samolyotlar

Gaz turbinali dvigatellar oʻrnatilgan, uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlarga operativ texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A3 ruxsati — vertolyotlar

Uchish massasi 3 175 kg dan yuqori boʻlmagan, bir dvigatelli vertolyotlarga operativ va davriy texnik xizmat koʻrsatish

Havo kemasi

A4 A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Cheklanmagan

Havo kemasi

V2 porshenli dvigatellar

Quvvati 450 ot kuchidan past

Komponentlar (yigʻilgan holdagi asosiy aviatsiya dvigateli va yordamchi kuch qurilmasi bundan mustasno)

S1 …S20 komponentlar

Ishlab chiqarish quvvatlarining roʻyxati boʻyicha

Maxsus ishlar

D1 — putur yetkazmasdan nazorat qilish

Putur yetkazmasdan nazorat qilish turlari koʻrsatiladi

Muayyan tashkilotning ishlab chiqarish imkoniyatlariga qarab, bunday tashkilotga “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan faoliyat sohasiga nisbatan qoʻshimcha cheklovlar qoʻyilishi mumkin.

Tashkilotlarning faoliyat turlari boʻyicha beriladigan klasslar va ruxsatlar tizimi jadvali

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

DAVRIY TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

OPERATIV TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

HAVO KEMALARI

A1

Uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlgan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A2

Uchish massasi 5 700 kg dan yuqori boʻlmagan samolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A3

Vertolyotlar

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

A4

A1, A2 va A3 toifalariga taalluqli boʻlmagan havo kemalari

Havo kemasi turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

AVIATSIYA DVIGATELLARI

V1

Gaz turbinali dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V2

Porshenli dvigatellar

Dvigatellarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

V3

Yordamchi kuch qurilmalari

Qurilmalarning turkumi yoki turi va/yoki bajariladigan texnik xizmat koʻrsatish turlari koʻrsatiladi

KLASS

BERILGAN RUXSAT

CHEKLOVLAR

ATA / GOST 18675 boʻyicha kod

Toifa

Aviatsiya texnikasi yoki ishlarning turi

DEMONTAJ QILINGAN KOMPONENTLAR, YIGʻILGAN HOLDAGI ASOSIY AVIATSIYA DVIGATELI VA YORDAMCHI KUCH QURILMALARI BUNDAN MUSTASNO

S1

Kema kabinasini konditsionerlash va bosimini boshqarish tizimlari

Havo kemasi va/yoki komponentlar yoxud aniq komponentlar va/yoki tashkilotning faoliyat boʻyicha qoʻllanmasida ishlab chiqarish imkoniyatlari roʻyxati bilan oʻzaro havolalari va/yoki bajariladigan texnik xizmat turlari koʻrsatiladi

21

S2

Avtopilot

22

S3

Aloqa va navigatsiya jihozlari

23, 34

S4

Eshiklar va lyuklar

52

S5

Elektr toki bilan taʼminlash tizimlari

24

S6

Maishiy va maxsus jihozlar

25, 38, 45

S7

Dvigatel va yordamchi kuch qurilmalari tizimlari

49, 71 — 83

S8

Havo kemasini boshqarish tizimlari

27, 55, 57

S9

Yonilgʻi — planer tizimi

28

S10

Vertolyotning asosiy vintlari

62, 64, 66, 67

S11

Vertolyotning transmissiyasi

63, 65

S12

Gidrotizimlar

29

S13

Asbob-jihozlar

31

S14

Shassi

32

S15

Kislorod jihozlari

35

S16

Havo vintlari

61

S17

Pnevmotizimlar

36, 37

S18

Muzlashga qarshi va yongʻinga qarshi tizimlar

26, 30

S19

Derazalar

56

S20

Planerning konstruksiyasi

53, 54, 57

MAXSUS ISHLAR TURI

D1

Putur yetkazmasdan nazorat qilish

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

D2

Payvandlash va hokazo

Aniq ishlar yoki ish va xizmatlar turi koʻrsatiladi

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(57-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
58-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“Oʻzaviatsiya” agentligi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

1) ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili);

telefon raqami;

2) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida maʼlumot:

nomlanishi (turi);

belgilangan maqsadi;

seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar);

ishlab chiqarilgan sana;

ishlab chiqaruvchining nomi;

ishlab chiqaruvchi joylashgan joy;

maksimal uchish vazni;

oʻrnatilgan dvigatellar turi;

oʻrnatilgan dvigatellar soni;

dvigatel kuchi (tortish);

radioelektron vositalar haqida maʼlumot;

vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi;

fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi saqlanadigan manzil (joy);

3) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari operatorlari toʻgʻrisida maʼlumot:

F.I.O.;

maxsus tayyorgarligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;

fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasi operatorining oʻz vazifalarini bajarishga yaroqliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa;

4) idoraviy vazifalar roʻyxati:

1. ______________________;

2. ______________________;

b) uchuvchisiz uchish qurilmasiga mulk huquqi, mulkni sotish yoki ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomalar nusxasi;

v) uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);

g) uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qoʻllanma, yoʻriqnoma, texnik tavsif) nusxasi;

d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 69,5 baravari.

Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlarning 60 foizi — vakolatli organning hisobvaragʻiga, 40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

15 ish kuni

9.

Ruxsat beruvchi talablar va shartlar:

a) fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchish qurilmalarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi;

b) zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat berilishi;

v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishi;

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar:

a) uchuvchisiz uchish qurilmalarini saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat boʻlganda, videokuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, toʻgʻri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorugʻlik taʼsiri, shuningdek, yongʻinga qarshi xavfsizlik boʻyicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish;

b) uchuvchisiz uchish qurilmalarini ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash;

v) uchuvchisiz uchish qurilmalarini qisman yoki demontaj qilingan holda, ularning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;

g) uchuvchisiz uchish qurilmalarini dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan boʻlishi va saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs nazorati ostida boʻlishi kerak;

d) saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchish qurilmasini tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari talablariga va tavsiya qilingan amaliyotga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi talabgorga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun yigʻim toʻlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa asl nusxasini beradi.

3. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining buyrugʻi bilan vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligining muhri bilan tasdiqlanadi.

4. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa nusxasi “Oʻzaviatsiya” agentligida saqlanadi.

5. Uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslarga berilishi mumkin emas va boshqa shaxsga berilmaydi.

6. Ekspluatant amaldagi uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosadan faqat oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishi mumkin.

7. “Oʻzaviatsiya” agentligi belgilangan tartibda mustaqil ravishda uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berish uchun kerakli hujjatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridagi maʼlumotlarni axborot hamkorligi tizimi vositasida, shu jumladan elektron hujjat shaklida oladi.

8. “Oʻzaviatsiya” agentligi ekspluatant uchun belgilangan ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

9. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa berish yoki berishni rad qilish toʻgʻrisida qaror ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar asosida qabul qilinadi.

10. Hujjatlarning baholanishida ularning butligi hamda ekspluatantga belgilangan faoliyatga doir ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiqligi tekshiriladi.

11. Hujjatlar baholanishi natijalariga asosan “Oʻzaviatsiya” agentligi ariza beruvchiga uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa beradi (yuboradi) yoki uni uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosani berish rad etilganligi haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirilmagan holda yozma shaklda xabardor qiladi.

12. Ekspluatantning manzili oʻzgarganda, uchuvchisiz uchish qurilmasi uni qayta jihozlash bilan bogʻliq modifikatsiya qilinganda (nomi oʻzgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmasi roʻyxatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan uchuvchisiz uchish qurilmasi operatori (operatorlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ekspluatant yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida “Oʻzaviatsiya” agentligiga xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.

Ekspluatant tomonidan yuqoridagi talablar bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosa toʻxtatiladi.

13. Ekspluatant faoliyati uchuvchisiz uchish qurilmasidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosada belgilangan ekspluatantning ruxsat beruvchi talablar va shartlarga joriy muvofiqligini baholash maqsadida inspeksiya tekshiruvlarini oʻtkazish shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvining natijalari hisobotlar shaklida rasmiylashtiriladi.

14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanadigan ekspluatantlarning inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

15. Vakolatli organ arizani koʻrib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan oʻrganishlar uchun xarajatlar (xizmat safari va yoʻlda boʻlgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport xarajatlari, kirish vizasini rasmiylashtirish va sugʻurta polisini sotib olish xarajatlari) haqiqiy xarajatlar summasi boʻyicha talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga koʻra qoplanadi.

(58-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
59-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga beriladigan ruxsatnoma;

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga beriladigan ruxsatnoma;

v) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga beriladigan ruxsatnoma;

g) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning eksport qilishga veterinariya sertifikati;

d) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga veterinariya sertifikati.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma — davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning import qiluvchi mamlakat veterinariya talablari asosida eksportga (veterinariya sertifikati) veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish, veterinariya sertifikati mavjud boʻlganda importga (veterinariya guvohnomasi) kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar tranziti;

b) veterinariya sertifikati — davlat veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilinadigan tovarlar eksporti va importi.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga vakolatli organ tomonidan beriladigan ruxsatnomalar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga beriladigan veterinariya sertifikati — Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasining chegara va transportdagi veterinariya punkti (uchastkasi).

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnomani olish uchun arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

tovarlar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O., JSH SHIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (manzili);

import qiluvchi mamlakat;

nazoratdagi tovarlarning nomi va TIF TN boʻyicha kodi;

nazoratdagi tovarlarning miqdori, shuningdek, uning qadoq shakli va oʻlchov birligi;

ishlab chiqaruvchining nomi;

transport turi;

marshrut yoʻnalishi (MDH davlatlari orqali oʻtish chegaralari nomlari koʻrsatiladi);

davlat chegarasidan oʻtish punktlari nomi;

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga veterinariya sertifikatini olish uchun arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

tovarlar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — JSH SHIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);

import qiluvchi mamlakat;

nazoratdagi tovarlarning miqdori, shuningdek, uning qadoq shakli va oʻlchov birligi;

ishlab chiqaruvchining nomi;

tranzit qilinadigan davlatning nomi;

davlat chegarasidan oʻtish punktlari nomi;

v) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga ruxsatnomani olish uchun arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

tovarlar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O. va JSH SHIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);

eksport qiluvchi mamlakat;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (manzili, shtat, provinsiya);

ishlab chiqaruvchining nomi, ishlab chiqaruvchilar reyestridagi roʻyxatga olish raqami;

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan nazoratdagi tovarlarni ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslar (xorijiy eksport qiluvchilar) reyestriga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlar va shaxslarning (xorijiy eksport qiluvchilarning) raqami va sanasi**;

nazoratdagi tovarning nomi va TIF TN boʻyicha kodi;

nazoratdagi tovarning miqdori, shuningdek, uning qadoq shakli va oʻlchov birligi;

import qilish maqsadlari (qayta ishlamasdan sotish, qayta ishlash, qayta ishlashdan olinadigan mahsulot koʻrsatilgan holda va h.k.);

transport turlari;

marshrut yoʻnalishi (MDH davlatlari orqali oʻtish chegaralari nomlari koʻrsatiladi);

davlat chegarasidan oʻtish punktlari;

nazoratdagi tovarni import qilishning taxminiy muddati;

saqlash va karantin (hayvonlar uchun) qilish joylari;

nazoratdagi tovarni qayta ishlovchi korxonaning nomi (mavjud boʻlganda);

g) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga veterinariya sertifikatini olish uchun arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:

tovarlar egasining nomi (jismoniy shaxslar uchun — JSH SHIR), joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, STIR (yuridik shaxslar uchun);

vakolatli organning ruxsatnomasi raqami va sanasi;

nazoratdagi tovarlarning kelib chiqish joyi (manzili, shtat, provinsiya);

yuborgan davlat;

nazoratdagi tovarlarning nomi va TIF TN boʻyicha kodi;

nazoratdagi tovarlarning miqdori, shuningdek, uning qadoq shakli va oʻlchov birligi;

tovarlarning ishlatilishi maqsadi;

ishlab chiqaruvchining nomi;

transport turi va davlat raqami;

olib kirilgan nazoratdagi tovarlar kelib tushgan joy.

Eksport qiluvchi tomonidan yuborilgan va tasdiqlangan import qiluvchi mamlakat davlat veterinariya xizmatining veterinariya sertifikatlari nusxalari biriktiriladi.

Eksport qiluvchi mamlakatning milliy qonunchiligida davlat veterinariya xizmati tomonidan nazoratdagi tovarlarga veterinariya sertifikati rasmiylashtirish belgilanmagan taqdirda, mahsulot kelib chiqishi toʻgʻrisidagi yoki sifati toʻgʻrisidagi sertifikatlar nusxalari taqdim etiladi;

d) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnomani olish uchun murojaatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

joʻnatuvchi va oluvchining nomi;

marshrut yoʻnalishi;

transport turi;

nazoratdagi tovarlar nomi;

tovarlarning kelib chiqishi va miqdori.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma uchun-yigʻim undirilmaydi;

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga ruxsatnoma uchun-bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi**;

v) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma uchun — yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

a) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma — 2 ish kuni;

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga veterinariya sertifikati — 7 ish kuni, 4 soat;

v) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga ruxsatnoma — 18 ish kuni;

g) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga veterinariya sertifikati — 4 ish kuni, 4 soat;

d) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma — 20 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilish;

v) Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomning ruxsat berishga doir talab va shartlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

a) Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga ruxsatnoma — ruxsatnoma berilgan kalendar yilning 31-dekabr kuniga qadar (31-dekabr ham qoʻshib hisoblanadi);

b) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport qilishga veterinariya sertifikati — tayinlangan oxirgi manzilga yetib borgunga qadar;

v) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga ruxsatnoma — ruxsatnoma berilgan kalendar yilning 31-dekabr kuniga qadar (31-dekabr ham qoʻshib hisoblanadi);

g) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni import qilishga veterinariya 1 sertifikati — tayinlangan oxirgi manzilga yetib borgunga qadar;

d) davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma — ruxsatnoma berilgan kalendar yilning 31-dekabr kuniga qadar (31-dekabr ham qoʻshib hisoblanadi).

12.

Izoh:

* Ushbu pasport Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi.

** Ushbu tartib favqulodda vaziyatlarda, xalqaro koʻrgazmalarda qatnashishda, laboratoriya tahlillari uchun namunalarda, shuningdek, diplomatik korpus, oʻquv muassasalari, ilmiy va davlat maqsadlari hamda insonparvarlik (gumanitar) yordami uchun olib kelinadigan nazoratdagi tovarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport va import qilishga veterinariya sertifikatini rasmiylashtirish uchun koʻrsatilgan pulli ish va xizmatlar uchun toʻlov Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan preyskurant boʻyicha amalga oshiriladi.

(59-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
60-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, qoʻllash hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxs F.I.O.;

manzil, telefon (agar mavjud boʻlsa), elektron pochta (agar mavjud boʻlsa);

vakil boʻlgan yuridik shaxs nomi yoki jismoniy shaxs F.I.O., manzili, telefon (agar mavjud boʻlsa), elektron pochta (agar mavjud boʻlsa);

dori vositasi/ozuqabop qoʻshimcha toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

umumiy qabul qilingan nomi;

savdodagi nomi;

tarkibi;

shakli;

qoʻllanishi;

patent (mualliflik guvohnomasi) mavjudligi, uning tartib raqami;

tayyorlovchi boʻlgan yuridik shaxs nomi yoki jismoniy shaxs F.I.O., manzili, telefon (agar mavjud boʻlsa), elektron pochta (agar mavjud boʻlsa);

ishlab chiqaruvchi boʻlgan yuridik shaxs nomi yoki jismoniy shaxs F.I.O., manzili, telefon (agar mavjud boʻlsa), elektron pochta (agar mavjud boʻlsa);

b) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning nomi va miqdori koʻrsatilgan roʻyxat;

v) mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning sifat koʻrsatkichlarini texnik talablar asosida nazorat qilish usullari, tegishli xalqaro yoki davlat farmakopeya maqolalari matnlari (TSh, Ts, OʻzMSt, KSt, TSt, GOST);

g) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridagi tadbirkorlik subyektlari va ularning ishonchli vakillari uchun veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning ishlab chiqarilishi boʻyicha maʼlumotlar (TU, GOST, OST, STO);

d) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan tashqari davlatlarda ishlab chiqarilayotgan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning sifat koʻrsatkichlarini texnik talablar asosida nazorat qilish usullari, tegishli xalqaro yoki davlat farmakopeya maqolalari matnlari, validatsiyasi usullari;

e) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar (qoʻllanmalar) yoki ularning loyihalari;

j) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning sifat yoki muvofiqlik sertifikati;

z) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning ishlab chiqarilishi boʻyicha maʼlumotlar (tayyorlash boʻyicha texnologik yoʻriqnoma yoki reglament, blok-sxemalar);

i) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning taʼsir qilish samaradorligi, zararsizligi va sifat barqarorligi boʻyicha maʼlumotlar;

y) veterinariya biologik preparatlarining samaradorligi, immunogenligi, zararsizligi, virulentligi va ularni tayyorlashda ishlatiladigan mikroorganizmlar shtammlari (viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlar va boshqalar) boʻyicha asoslovchi maʼlumotlar;

k) veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarda koʻrsatilgan sinash uchun yetarli hajmdagi namunalari hamda ularning faol taʼsir etuvchi moddalari (asosiy taʼsir etuvchi moddaning standart namunasi), test-tizimlar, diagnostik toʻplamlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

24 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilish;

b) Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga rioya qilish;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga rioya qilish;

g) Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son bilan tasdiqlangan Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani berish toʻgʻrisida nizomning ruxsat berishga doir talab va shartlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh:

* Ushbu pasport Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son bilan tasdiqlangan Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani berish toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi.

Mahalliy hamda xorijiy ishlab chiqaruvchi (yoki uning nomidan harakat qiluvchi vakili) tomonidan taqdim etilgan arizalarni koʻrib chiqishda koʻrsatilgan pulli xizmatlar uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan preyskurant boʻyicha amalga oshiriladi.

(60-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
61-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruxsatnoma*

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi toʻrisida maʼlumot (ariza beruvchining nomi F.I.O., tashkiliy-huquqiy shakli, pochta adresi va joylashgan manzili, telefon);

ishlab chiqaruvchi tashkilot toʻrisida maʼlumot (tashkilot nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, litsenziya raqami, faoliyat turi, amal qilish muddati, yuridik manzili telefon, rahbarning F.I.O.);

vosita toʻrisida maʼlumot(nomi (savdo nomi), xalqaro patentlanmagan nomi, preparat shakli, preparat turi, konsentratsiyasi (g/l, g/kg, FB/g, FB/ml), qoʻllanilgan ekin turi yoki obyekti, zararli organizm, sarf meʼyori, qoʻllash usuli, qoʻllash davri (himoyalanadigan oʻsimlikning rivojlanish fazasi), qoʻllash takroriyligi);

vosita xomashyosi toʻrisida maʼlumot(taʼsir etuvchi modda(lar)ni ishlab chiqaruvchi tashkilot, davlat, taʼsir etuvchi modda(lar) (ISO);

vositaning yaroqlilik muddati toʻrisida maʼlumot(yaroqlilik muddati, birlamchi oʻramni birinchi marotaba ochilgandan yoki eritilgandan soʻng saqlash (yaroqlilik muddati), vositani saqlash toʻgʻrisida maʼlumot;

Oʻsimliklarni himoya qilish vositasi hamda taʼsir etuvchi modda(lar)ning Xavfsizlik pasporti;

Oʻsimliklarni himoya qilish vositasini tajriba sifatida qoʻllash davrida hosil boʻladigan chiqindilardan va sarf qilinmagan qoldiqlaridan qayta foydalanish, zarasizlantirish, utilizatsiya qilishga oid maʼlumotlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinov-tajriba asosida qoʻllash uchun shoshilinch choralar koʻrish zarurati yuzaga kelganda olib kirish;

b) tajriba tarzida olib kirilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash maydoni, zararli organizm va oʻsimlik turi haqida maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim qilish;

v) tajriba uchun olib kelingan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini saqlash va undan foydalanish yoʻriqnomasining mavjudligi;

g) oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tariqasida qoʻllashga doir ruxsatnomani berish chogʻida maxsus vakolatli davlat organi tajriba rahbarini, shuningdek, uni oʻtkazish qoidalari va shartlarini belgilaydi.

d) oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining tajriba-sinov jarayonini olib boruvchi shaxs, joy nomi va qoʻllash natijalari haqida toʻliq hisobot taqdim etish;

e) ochiq dala sharoitida oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba — sinov maqsadida qoʻllash jarayonida maxsus hududiy boshqarma mutaxassislarini xabardor qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof — muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Oʻsimliklarning himoya qilish vositalarining qoʻllanish xususiyatiga koʻra koʻpi bilan bir yil

12.

Izoh:

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(61-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
62-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish boʻyicha xulosa berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihasini kelishish boʻyicha xulosa.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyatlar (harakatlar):

Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihasini kelishish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi “Oʻzenergoinspeksiya” (hududiy boshqarmalar)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi filiallardan olingan texnik shart;

isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya etilishi*;

2. Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari (roʻyxat raqami 20-15-143/14,18.07.2006-y.) talablariga rioya etilishi*;

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-oktabrda 1864-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari boʻyicha reaktiv quvvat kompensatsiyalovchi boʻyicha ishlar amalga oshirilganligi*;

4. Texnik shartlarda quvvati 500 kVtdan yuqori hamda qoʻshimcha quvvat olgan taqdirda olingan texnik shartning oldingi quvvati bilan qoʻshib hisoblanganda umumiy quvvati 500 kVtdan oshgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan tegishli xulosa olinganligi*;

5. Energiya samaradorlikni oshirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari)dan foydalanishi (zaruratga koʻra);

6. Oʻz hududidan tashqarida elektr tarmoqlari hamda transformator qurilmalari oʻrnatilgan taqdirda arxitektor va tegishli tashkilotlar bilan kelishilganligi*;

7. Elektr taʼminot loyihasi tegishli ruxsatnomasi bor (litsenziya) tashkilotlar bilan loyiha hujjatlarni amalga oshirish *;

8. Isteʼmolchi ulanadigan tarmoq yoki transformator boshqa isteʼmolchining tasarrufida boʻlgan taqdirda ulanish uchun ruxsat olish*;

9. Yuqori kuchlanishli (35 kVtdan yuqori) tizim tarmoqlariga ulangan taqdirda “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Milliy dispetcherlik markazi” bilan kelishilganligi*;

10. Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari (SHNQ 2.04.17-2019) qoida talablariga rioya etilishi;

11. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish (SHNQ 2.07.01-03) qoida talablariga rioya etilishi;

12. Tabiiy va sunʼiy yoritish (QMQ 2.01.05-2019) qoida talablariga rioya etilishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

11.

Izoh:

Isteʼmolchi tomonidan qoʻshimcha quvvatga ehtiyoj tugʻilganda qoʻshimcha texnik shart olish uchun loyiha qayta kelishiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga asosan elektr tarmoqlariga ulash uchun arizalar yuborilganda loyihalarni kelishish kompozit tarzda amalga oshiriladi.

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

(62-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
63-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

2.

Ruxsatnoma beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar):

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami, faoliyatini amalga oshirish joyi (yuridik va ishlab chiqarish manzillari);

jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami, faoliyatini amalga oshirish joyi (yuridik va ishlab chiqarish manzillari).

1. Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarga ruxsatnoma olish uchun:

a) maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish uchun:

ishlab chiqaruvchi-tashkilot tomonidan, ishlab chiqaruvchining nomidan ariza berish va ruxsatnoma olish uchun vakolat berilgan ishonchli shaxs (ariza beruvchi) nomiga berilgan ishonchnoma;

biologik faol qoʻshimchalarning xavfsizlik sertifikati yoki ishlab chiqaruvchi joylashgan davlatda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

biologik faol qoʻshimchalarning davlat tilida maʼlumotlari yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;

intellektual mulk obyekti (tovar belgisi yoki sanoat namunasi) (keyingi oʻrinlarda — IMO) roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki IMOdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);

biologik faol qoʻshimchalarning tarkibiy qismi, qoʻllanishi boʻyicha yoʻriqnoma va qoʻllashga moyillik koʻrsatuvchi maʼlumotlar (biologik faol qoʻshimchalarning tarkibida oʻsimlik qismlari boʻlganda, ularning botanik nomlari (lotin tilida) taqdim etiladi);

biologik faol qoʻshimchalarning inson organizmi uchun samaradorligini eksperimental laboratoriya modellashtirish usulida baholash xulosasi;

biologik faol qoʻshimchalarning kimyoviy tarkibi (faol modda va yordamchi vositalar) koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya xulosasi;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

biologik faol qoʻshimchalar tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud emasligini tasdiqlovchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boshqarmalarining laboratoriya xulosasi;

b) maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarish uchun:

mahsulotlarning davlat tilida maʼlumotlari yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;

IMO roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi muhofaza hujjati (guvohnoma, patent yoki ularga ilova) nusxasi yoki IMOdan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);

biologik faol qoʻshimchalarning tarkibiy qismi, qoʻllanishi boʻyicha yoʻriqnoma va qoʻllashga moyillik koʻrsatuvchi maʼlumotlar (ovqatga biologik faol qoʻshimchalarning tarkibida oʻsimlik qismlari boʻlganda, ularning botanik nomlari (lotin tilida), qoʻshimcha farmokopeya maqolalar va (yoki) davlat standartlari (mavjud boʻlganda) taqdim etiladi);

biologik faol qoʻshimchalarning inson organizmi uchun samaradorligini eksperimental laboratoriya modellashtirish usulida baholash xulosasi;

biologik faol qoʻshimchalarning kimyoviy tarkibi (faol modda va yordamchi vositalar) koʻrsatilgan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya xulosasi;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

milliy standart;

biologik faol qoʻshimchalar tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud emasligini tasdiqlovchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining laboratoriya xulosasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura.

2. Oziq-ovqat qoʻshimchalariga ruxsatnoma olish uchun:

a) oziq-ovqat qoʻshimchalarini olib kirish uchun:

oziq-ovqat qoʻshimchalarining tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;

xavfsizlik sertifikati va ishlab chiqaruvchi joylashgan davlatda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

b) oziq-ovqat qoʻshimchalarini ishlab chiqarish uchun:

oziq-ovqat qoʻshimchalarining tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;

mahsulotlarning davlat tilida maʼlumotlari yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

milliy standart;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura.

3. Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlariga ruxsatnoma olish uchun:

a) yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun:

yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotining davlat tilida maʼlumotlar yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;

yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotining tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;

yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotining xavfsizlik sertifikati yoki ishlab chiqaruvchi joylashgan davlatda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

b) yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun:

yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarining davlat tilida maʼlumotlar yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;

yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarining tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;

akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);

xalqaro yoki milliy standartlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

12 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarishga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchi tomonidan mahsulotlarning amaliyotda qoʻllanilishida qonunchilik hujjatlariga rioya etish;

b) ruxsatnomani olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;

v) ruxsatnomaning amal qilish davrida ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish;

g) mahsulotlarga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, ushbu mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida keltirilgan talablarga qatʼiy rioya etish;

d) mahsulotlarni olib kirish va ishlab chiqarish faoliyatini ruxsatnoma doirasida amalga oshirish;

e) vakolatli organ tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish;

j) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hollarda, bu haqda vakolatli organni xabardor etish va ruxsatnomaga oʻzgartirish kiritish hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat etish;

z) retsepturada keltirilgan tarkib va laboratoriya tekshiruvida aniqlangan tarkibning oʻzaro muvofiq boʻlishi;

i) biologik faol qoʻshimchalarning kimyoviy tarkibi (faol modda va yordamchi vositalar) koʻrsatilgan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya xulosasi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boʻlishi;

k) toksikologiya-gigiyenik laboratoriya tekshiruvlari natijasi boʻyicha ijobiy xulosa boʻlishi;

l) quyidagilar taqiqlanadi:

mahsulotlar qadoq oʻramlaridagi yorliqlariga oʻzgartirishlar kiritish;

bitta retseptura asosida tayyorlangan mahsulotni qayta turli nomlar bilan nomlash;

turli xil tarkibga ega boʻlgan mahsulotlarni bir xil nom bilan nomlash;

yangi mahsulotni ishlab chiqarishda taqiqlangan xomashyolardan foydalanish;

biologik aktiv moddalarni dori vositalari qadoq oʻrami yoki nomi bilan aynan bir xil yoxud isteʼmolchini adashtirib yuborish darajasida oʻxshash qadoq oʻramida qadoqlash yoki nom bilan nomlash;

biologik aktiv moddalarning qadoq oʻramlari, loyihasi yoki nomi oʻzga shaxslarning IMOga boʻlgan huquqlarni buzishi. Bunda biologik aktiv moddalarga ruxsatnoma berishda vakolatli organ “Intellektual mulk muhofazasi portali” orqali IMOga boʻlgan huquqlarga rioya etilganlik holatini tekshiradi va oʻrganadi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati

5 yil

12.

Izoh:

Talabgorda ayni bir vaqtda bitta ruxsatnoma boʻlishi mumkin.

Ishlab chiqarish korxonasining mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda vakolatli organ xabardor qilinishi lozim.

Quyidagi hollarda biologik faol qoʻshimchalarni ruxsatnoma olmasdan olib kirishga ruxsat etiladi:

jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga bojsiz olib kirish normasi doirasida olib kirilgan biologik faol qoʻshimchalar;

koʻrgazmalar, yarmarkalar uchun namunalar, eksponatlar va reklama materiallari sifatida import qilingan mahsulotlar;

roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida sinov va tadqiqot uchun, shuningdek, laboratoriyalararo solishtiruv sinovlarini oʻtkazish uchun namuna sifatida olib kiriladigan mahsulotlar. Bunda biologik faol qoʻshimchalarni belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun javobgarlik ushbu mahsulotlarni olib kirgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan biologik faol qoʻshimchalarni olib kirish va ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berish jarayonida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi va sanoat namunasiga) boʻlgan huquqlarga rioya etilgani “Intellektual mulk muhofazasi” portali orqali majburiy ravishda tekshiriladi va (yoki) oʻrganiladi.

Respublikaga olib kirilayotgan hamda ishlab chiqarilayotgan biologik faol qoʻshimchalar tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligini aniqlashga qaratilgan majburiy tadqiqotlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(63-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
64-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olish uchun ularning egasi oldindan Madaniy meros agentligiga ariza beradi.

Arizaga:

jismoniy shaxs uchun — F.I.O, yashash manzili;

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

olib chiqib ketiladigan ashyolarning roʻyxati;

matbaa asarlari olib chiqilishi uchun ularning roʻyxati (ikki nusxada);

sugʻurta xavflarining barcha hollari taʼminlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklar mulkiy sugʻurta shartnomasining sugʻurta polisi (guvohnoma, sertifikat, toʻlov pattasi);

vaqtincha olib chiqilayotgan musiqa asboblarining pasportlari (doimiy yashash uchun joʻnab ketish bundan mustasno);

xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy fortepiano asboblari uchun ekspert xulosasi (MDH mamlakatlari uchun talab qilinmaydi);

madaniy boylikning ikki xilda (old va orqasi) olingan kamida 4 ta fotosurati;

b) davlat muzeylari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari tomonidan madaniy boyliklarni vaqtincha olib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni olish uchun Madaniy meros agentligiga ariza beradi.

Arizaga:

madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishining maqsadlari, muddatlari va shartlari toʻgʻrisida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma;

sugʻurta xavflarining barcha hollari taʼminlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklar mulkiy sugʻurta shartnomasining sugʻurta polisi (guvohnoma, sertifikat, toʻlov pattasi);

qabul qiluvchi mamlakat davlat organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklarning saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari;

madaniy boyliklarning roʻyxati;

madaniy boylikning ikki xilda (old va orqasi) olingan kamida 4 ta fotosurati.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Madaniy boyliklar badiiy ekspertizasini oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun maxsus yigʻim bazaviy hisoblash miqdorining 2 % — 100 % gacha

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

3 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori talablariga rioya qilish

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat muddati — 3 oy.

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat muddati mazkur sertifikatning muddatiga muvofiq belgilanadi.

12.

Izoh:

Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishiga sertifikat berilmaydi.

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat olishda talab qilingan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmagan taqdirda sertifikat berilmaydi.

Ushbu pasportning 7-bandida nazarda tutilgan maxsus yigʻim miqdori madaniy boylikning soni, uning yaratilgan davri, materiali va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, Madaniy meros agentligining mutaxassislari tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan va vaqtincha olib chiqilayotgan madaniy boyliklarning oʻzini Madaniy meros agentligiga alohida taqdim qilish shart.

(64-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
65-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashishga doir ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Portlovchi materiallar muomalasi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan portlovchi materiallarni olib kirish, olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar)

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir;

b) portlovchi materiallarni avtomobil va temir yoʻl transportida viloyatlararo (Qoraqalpogʻiston Respublikasidan yoki Toshkent shahridan viloyatlarga, viloyatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasigacha yoki Toshkent shahriga) yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish korxonasidan portlovchi materiallarni saqlash omboriga, yuklash-tushirish maydonchasidan portlovchi materiallarni saqlash omboriga, portlovchi materiallarni saqlash omboridan portlovchi materiallarni saqlash omboriga tashishga doir.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari quyidagi ruxsatnomalarni berish boʻyicha:

a) portlovchi materiallarni sotib olishga doir;

b) portlovchi materiallarni saqlashga doir;

v) portlovchi materiallarni avtomobil va temir yoʻl transportida viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar) doirasida boʻlgan hududdagi yoʻnalishlar boʻyicha portlovchi materiallarni tashishga doir

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), pochta manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi;

ariza beruvchining amalga oshirmoqchi boʻlgan aniq harakatlari va (yoki) muayyan faoliyati uchun ruxsatnoma olishdan maqsadi;

harakatlar va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan joy;

harakatlar va (yoki) faoliyat amalga oshiriladigan taxminiy muddat (zarur boʻlganda).

2. Soʻralayotgan ruxsatnoma turiga qarab, arizada qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:

a) portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda — yukning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) va BMT nomenklaturasi boʻyicha kodlari, portlovchi materiallarning rusumi, nomi va miqdori, yukni joʻnatuvchi, qabul qiluvchi va uni tashishga taqdim etuvchi tashkilot, yukni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi, foydalaniladigan transport turi (avtomobil transportida tashishda — transport vositalarining rusumi va davlat roʻyxati belgilari) toʻgʻrisida maʼlumotlar;

b) portlovchi materiallarni tashishda — tashilayotgan  portlovchi materiallarning rusumi, nomi va miqdori, yukni joʻnatuvchi va qabul qiluvchi, tashish yoʻnalishi, maxsus jihozlangan transport vositalari, yukni tashish uchun masʼul boʻlgan va ularni kuzatib boruvchi shaxslar (yuridik shaxsning yukni yuklovchi va uni qoʻriqlovchi xodimlari), yukning qurolli kuzatuvini taʼminlash boʻyicha ichki ishlar organlari (yoki Milliy gvardiya)  guruhining mavjudligi toʻgʻrisida;

v) portlovchi materiallarni sotib olishda — ularni sotib olish uchun masʼul boʻlgan shaxs(lar).

3. Ruxsatnoma turiga qarab, arizaga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar ilova etiladi:

a) portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun:

portlovchi materiallarni yetkazib berishga doir kontrakt (shartnoma) nusxasi, olib kirish bir necha turkumlarda amalga oshirilgan taqdirda — tashish jadvali;

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining olib kirilayotgan portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga doir, portlatish ishlari bajarilganda esa, portlatish ishlarini bajarishga doir ruxsatnomalarining nusxalari*;

olib kirilayotgan portlovchi materiallarga ular ishlab chiqarilgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatining nusxasi;

mahsulot ishlab chiqaruvchiga xalqaro standartlarga (ISO-9001, 9002) muvofiq berilgan mahsulot sifati sertifikatining nusxasi;

avariya kartochkasining nusxasi;

portlovchi materiallarni tashishga doir ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar (mazkur bandning “g” kichik bandi);

b) portlovchi materiallarni sotib olish uchun — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining portlovchi materiallarni sotib olishga guvohnomasining nusxasi*;

v) portlovchi materiallarni saqlash uchun:

portlovchi materiallarni saqlash ombori pasportining nusxasi (belgilangan hollarda);

portlovchi materiallarni saqlash joyini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasining nusxasi;

portlovchi materiallarni saqlash ombori pasporti mavjud boʻlishi talab etilmagan hollarda, portlovchi materiallarni saqlash joyining sxemasi hamda sigʻimi boʻyicha eng katta portlovchi materiallarni saqlash obyektidan havoning zarbali toʻlqini boʻyicha hisob-kitob qilingan xavfsiz masofaga muvofiq keluvchi radiusdagi tutash hududning chizmasi ilova etiladi;

portlovchi materiallarni saqlashga moʻljallangan koʻchma ombor uchun ombor xizmat koʻrsatadigan hudud koʻrsatilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)ning koʻchma omborni portlovchi materiallarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi taqdim etiladi;

g) portlovchi materiallarni avtomobil va temir yoʻl transportida tashish uchun:

yuridik shaxsning yukni tashish uchun masʼul shaxsni hamda haydovchilar bilan instruktaj va transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun masʼul shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻining nusxasi (buyruqda yuridik shaxs xodimlarining yukning qurolli kuzatuvini taʼminlovchi ichki ishlar organlari (yoki Milliy gvardiya) xodimlari bilan hamkorlik qilish tartibi belgilanadi);

yuk tashish yoʻnalishi boʻyicha hududiy DYHXX organlari bilan kelishilgan yuk tashish sxemasining hamda transport vositasini va haydovchini portlovchi materiallarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari*;

avval olingan va amal qilish muddati tugagan portlovchi materiallarni tashishga doir ruxsatnoma (mavjud boʻlsa), orqa tarafida yuk tashish hujjatlarining raqami va sanasi, haqiqatda tashilgan portlovchi materiallarning turi, nomi va miqdori koʻrsatilgan holda (qaydlar korxona rahbarining imzosi va muhri (agar boʻlsa) bilan tasdiqlanadi);

portlovchi materiallarni saqlash ombori pasportining nusxasi (belgilangan hollarda);

portlovchi materiallarni saqlash joyini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi (portlovchi materiallarni saqlash ombori pasporti mavjud boʻlishi talab etilmagan hollarda, portlovchi materiallarni saqlash joyining sxemasi hamda sigʻimi boʻyicha eng katta portlovchi materiallarni saqlash obyektidan havoning zarbali toʻlqini boʻyicha hisob-kitob qilingan xavfsiz masofaga muvofiq keluvchi radiusdagi tutash hududning chizmasi ilova etiladi);

portlovchi materiallarni saqlashga moʻljallangan koʻchma ombor uchun — ombor xizmat koʻrsatadigan hudud koʻrsatilgan DYHXXning koʻchma omborni portlovchi materiallarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi*;

portlovchi materiallarni sotib olishga Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi guvohnomasining nusxasi (portlovchi materiallarni ombordan omborga tashishda)*;

portlovchi materiallar yuklangan transport vositalarni (vagonlarni) qurolli kuzatuvini taʼminlash guruhini ajratish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (yoki Milliy gvardiya boshqarmalari) yoki Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻining buyrugʻi*.

portlovchi materiallar tashishni ayni bitta yoʻnalish boʻyicha bir necha bor takroran amalga oshirish (portlovchi materiallarni katta turkumini yetkazib berish, ularni ombordan portlatish ishlari amalga oshiriladigan joylarga tashish) zarurati tugʻilganda, yuk tashish uchun koʻp martalik ruxsatnoma olish asoslari keltiriladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

a) 30 kun — portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun;

b) 10 kun:

portlovchi materiallarni sotib olish uchun;

portlovchi materiallarni saqlash uchun;

portlovchi materiallarni tashish uchun

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Quyidagilar portlovchi materiallarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda ruxsat etish talablari va shartlari hisoblanadi:

sanoat xavfsizligi, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, ularni saqlash va tashish, shuningdek, portlatish ishlarini bajarish sohalaridagi normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarining majburiy talablariga amal qilish;

portlatish ishlarini bajarishda loyiha hujjatlari va loyihalarning mavjudligini taʼminlash;

portlovchi materiallarni ishlab chiqarish va saqlash obyektlari qoʻriqlanishini, ularni transportda tashishda kuzatuvini taʼminlash, portlovchi materiallarni saqlash joylariga ruxsatsiz kirish va ulardan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejim hamda boshqa choralarni koʻrish;

portlovchi materiallarning mavjudligi va sarfi hisobini yuritish;

portlovchi materiallarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun yuridik shaxs egaligida yoki boshqa ashyoviy huquq asosida belgilangan talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaning (binolar, xonalar, hududlar, apparatura jihozlari, asbob-uskunalar, transport, nazorat qilish va oʻlchash vositalari, hisoblash va tashkiliy texnika vositalari) mavjudligi;

shtatda belgilangan norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi materiallar bilan ishlashga ruxsat berilgan tegishli malakaga ega boʻlgan texnik xodimlarning mavjudligi;

portlovchi materiallarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaradigan xodimlarni muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan, shu jumladan, psixiatrik va narkologik dispanserlarning tekshiruvlaridan oʻtkazish;

harakatni va (yoki) maʼlum bir faoliyat turini portlovchi materiallaring muomalasi sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda koʻrsatilgan doiralarda amalga oshirish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga

ega hujjatning amal qilish muddati:

a) 30 kungacha — portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun;

b) 6 oygacha — portlovchi materiallarni olish uchun;

v) 3 yilgacha — portlovchi materiallarni saqlash uchun;

g) 1 yilgacha — portlovchi materiallarni tashish uchun

12.

Izoh:

1. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi:

ruxsat berishga doir talablar va shartlarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan bosh tortish;

ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat taqdim etilgan harakat va (yoki) maʼlum bir faoliyat turini amalga oshirish oqibatida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfini keltirib chiqarish.

2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyasi bekor qilinishi portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashishga doir ruxsatnomaning bekor boʻlishiga olib keladi.

3. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining portlovchi materiallarni sotib olish guvohnomasi ichki ishlar organlarida portlovchi materiallarni sotib olishga doir ruxsatnoma olish uchun asos hisoblanib, ushbu guvohnomaning berilishi rad etilishi ichki ishlar organlari tomonidan portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashishga doir ruxsatnomaning berilishi rad etilishiga olib keladi.

4. Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek avtomobil va temir yoʻl transportida tashishga doir maʼlumotlar  foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanib, ruxsat etish hujjatini berish tartib-taomillaridan oʻtkazish jarayoni ishtirokchilari tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi. Ushbu maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestri bilan oʻzga shaxslarning tanishishiga va yuklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

* Vakolatli organlar tomonidan zarur hujjatlar va axborotlar mustaqil ravishda olinadi.

(65-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
66-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza.

Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili;

yuridik shaxs rahbarlari va mutaxassislari toʻgʻrisidagi axborot;

xavfsizlik tizimlari, nazorat mexanizmlari hamda elektron tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari haqida maʼlumotlar;

tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish yoki bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tavsifi;

operator davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirilgan raqamli maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirish uchun texnik vositalar maʼlumotlari;

operatorda raqamli maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirishda shifrlovchi, shuningdek, axborotni oʻzgartirish yoki buzib koʻrsatishning oldini oladigan tarzda saqlaydigan asbob-uskunalar va dasturiy-texnik vositalar maʼlumotlari.

2. Bazaviy hisoblash miqdorining 350 ming baravaridan kam boʻlmagan va toʻliq shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. Bunda ustav fondi yuz milliard soʻm mablagʻ koʻrinishida shakllantirilganini tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi.

3. Operator faoliyatining xususiyati hamda hajmini inobatga olgan holda, texnik quvvati yetarli boʻlgan funksional uskunalar (kompyuter, kommunikatsiya, maʼlumotlarni saqlash va toʻlov tizimi ishlashini taʼminlaydigan boshqa texnik uskunalar) va dasturiy taʼminotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.

4. Davlat xaridlari elektron tizimining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashganini tasdiqlovchi hujjatlar.

5. Axborot tizimi va resurslarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiq kompleks ekspertizadan oʻtkazilgani haqidagi xulosa.

6. Davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish dasturi:

talabgor tomonidan taqdim etiladigan rivojlantirish dasturida quyidagilar nazarda tutiladi:

yaqin ikki kalendar yil uchun davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish, shu jumladan, operator faoliyatini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari;

faoliyatning normal va barqaror ishlashini taʼminlash uchun mavjud tizim hamda jarayonlar, texnik va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan asoslangan hisob-kitoblar, ikki yil davomida daromad va xarajatlar prognozi;

koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan xizmatlar hajmi va qiymati, mijozlar soni, narxlar, rentabellikning kutilayotgan oʻsishi kabi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot;

moliyaviy koʻrsatkichlar va asosiy vositalarning tasnifi;

davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarni jalb qilish yuzasidan reklama kampaniyalari oʻtkazilishi, seminar-treninglar tashkil etish boʻyicha marketing rejasi;

faoliyatni amalga oshirish uchun texnik vositalar va zarur manbalar tavsifi, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, hisob-kitoblar va buxgalteriya tizimlari.

7. Buxgalteriya balansi va oxirgi hisobot davriga doir moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot.

8. Xavfsizlik siyosati haqidagi hujjat.

9. Qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan  Odob-axloq qoidalari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

20 ish kuni.

Vakolatli organ qaror qabul qilishda arizani koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, uni koʻrib chiqish muddatini 10 ish kuniga uzaytirish huquqiga ega. Arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilganda, bu haqida talabgor tegishli tartibda xabardor qilinadi.

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Umumiy talablar

Operatorlar faoliyatini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishi lozim:

a) qonunchilik hujjatlarida va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik yoʻriqnomada belgilangan talablarga javob beradigan davlat xaridlari elektron tizimining mavjudligi hamda mazkur tizimning operatorga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi;

b) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari boʻyicha statistika maʼlumotlarini qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona milliy klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini amalga oshirish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra shartnomalar tuzishni va hisob-kitob-kliring palatasi orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini taʼminlaydigan axborot tizimining mavjudligi;

v) davlat xaridlarining elektron tizimini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtirishi;

g) davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlarini koʻrsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarining samarali ishlashi uchun malakali va tajribali xodimlarga, shu jumladan, elektron tijorat hamda axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan kamida ikki nafar malakali xodim hamda call-markaz mavjudligi;

d) operator rahbarlarni tayinlash haqida vakolatli organni xabardor qilishi;

e) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanmagani;

j) vakolatli organga davlat xaridlari elektron tizimining ishlashi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda taqdim etib borishi;

z) qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalariga rioya etishi;

i) operatordan davlat xaridlari elektron tizimida xarid qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq, shuningdek, davlat xaridlari elektron tizimi ishlashi toʻgʻrisidagi axborotlarni maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida yuborishi;

k) oʻziga tegishli boʻlgan zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda:

infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TB xotiraga ega boʻlishi, bunda server uskunalarining kamida 1 tasi alohida maʼlumotlarni saqlash tizimi boʻlishi;

bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovini qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi;

kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi;

yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi;

isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;

kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;

kamida 2 soat elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) taʼminlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega boʻlishi;

maxsus gaz yordamida avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi;

maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi;

axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi;

l) operator ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortiq umumiy ulushi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan taʼsischilar (aksiyadorlar) va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli boʻlishi, shuningdek, rahbari hamda davlat xaridlari elektron tizimini yuritish va axborot xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi;

m) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hamda kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishi*;

n) axborot xavfsizligini taʼminlashi, bunda*:

dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi;

maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS (Intrusion Detection System) va IPS (Intrusion Prevention System) funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlashi;

dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlishi;

veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL (Secure Sockets Layer) sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi;

maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega boʻlishi;

elektron tizimni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi;

xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP (Data Loss Prevention) tizimiga ega boʻlishi;

o) davlat xaridlari elektron tizimida davlat xaridlari jarayonidagi barcha tegishli maʼlumotlarni va hujjatlarni, shu jumladan, elektron hujjatlarni saqlash muddati shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan qogʻoz hujjat uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi, biroq moliya yilidan keyin kamida besh yil boʻlishi kerak;

p) quyidagilarni amalga oshirish va natijalari yuzasidan vakolatli organga taqdim etishi*:

har uch yilda operator moliyaviy faoliyati va axborot tizimlari xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazilishi;

har yil yakunidan soʻng belgilangan tartibda davlat xaridlari elektron tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

* qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. 2-band amalda faoliyat koʻrsatayotgan davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari uchun ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach tatbiq etiladi.
(66-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
67-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik toifasi ekologik zonaga muvofiq boʻlmagan avtotransport vositalarida ekologik zonalar hududida ekologik kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash orqali harakatlanish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ekologik toifasi ekologik zonaga muvofiq boʻlmagan avtotransport vositalarida ekologik zonalar hududida ekologik kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash orqali harakatlanishi uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

“Ekologik zona” sifatida belgilangan hududlarda toifasi “oʻrta” va “zararli” deb topilgan avtotransport vositalarining ekologik kompensatsiya toʻlovlari toʻlangan holda harakatlanishi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy yoki yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIRi, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

jismoniy shaxsning maʼlumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

ruxsatnoma olinayotgan avtotransport vositasining texnik pasporti;

kompensatsiya toʻlovi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinishi mumkin).

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim:

“Zararli” va “oʻrta” toifadagi avtotransport vositalari ekologik zonalarga kirishi uchun quyida belgilangan miqdorda ekologik kompensatsiya toʻlovlari toʻlanadi:

“oʻrta” ekologik toifadagi avtotransport vositalari egalari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;

“zararli” ekologik toifa avtotransport vositalari egalari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga doir talab va shartlar:

a) transport vositasining belgilangan qismiga ekologik toifani koʻrsatuvchi ekologik stiker yopishtirilgan boʻlishi;

b) ekologik zona hududida ruxsatnoma amal qilish muddati davomidagina harakatlanish;

d).atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

1 yil

12.

Izoh:

Ekologik zonalarda “oʻrta” va “zararli” ekologik toifadagi avtotransport vositalarining ruxsatnomasiz harakatlanishi taqiqlanadi.

Ekologik zonalarda ruxsatnomasiz harakatlanish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

(67-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
68-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish (Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasi ilovalariga kiritilgan oʻsimliklar bundan mustasno).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, (xorijiy fuqarolar uchun pasportining elektron nusxasi) pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

turlar boʻyicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan oʻsimliklarning, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni (botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni koʻrsatiladi);

chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi (yashash manzili, pitomnik);

olib chiqish uchun asos — yovvoyi oʻsimliklarning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma)ning sanasi va raqami, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnomaning sanasi va tartib raqami;

yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlari plantatsiyada (yoki pitomnikda) yetishtirilgan taqdirda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirgan pitomniklar va plantatsiyalar reyestr raqami koʻrsatiladi.

b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma;

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma;

boshqa shaxs tomonidan ruxsatnoma asosida gʻamlangan (toʻplangan) oʻsimlik dunyosi obyektlari sotib olingan taqdirda ushbu hujjatlarga sotib olinishini tasdiqlovchi hujjatlar;

boshqa mamlakatlardan Oʻzbekiston hududiga olib kirishga va olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ruxsatnoma, bojxona hujjatlari);

oʻsimliklar zaxirasining holati toʻgʻrisida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va taʼlim muassasalari biolog mutaxassislarining xulosasi (plantatsiyada yetishtirilgan oʻsimlik dunyosi obyektlari sotib olingan taqdirda, ularning sotib olinishini tasdiqlovchi hujjatlar);

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi moʻljallanayotgan boʻlsa yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlariga qonuniy ega boʻlganligini (chet el mamlakatlardan oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib chiqishga ruxsatnoma, qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat) tasdiqlovchi hujjat.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib chiqish uchun toʻlov miqdorlari

Oʻsimlik dunyosi obyektlari turlari

Oʻlchov birligi

Toʻlovlar miqdori

Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklar, shuningdek, mazkur oʻsimlik turlaridan botanika kolleksiyalari

1 dona

mazkur tur oʻsimligini yigʻish qiymatining 5%

Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar xom ashyosi va ularning qismlarini (yalangʻoch qizilmiya, va sassiq kovrak yelimi bundan mustasno)

1 kg

ushbu turdagi oʻsimliklarni tayyorlash uchun toʻlov miqdorining 10%

yuridik va jismoniy shaxslari (chet el fuqarolari va yuridik shaxslar) uchun xom ashyo shaklida yalangʻoch qizilmiya (TIF TN kodi 1211 90 860 8)

1 tn

Toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki kursi boʻyicha 225 AQSH dollari

yuridik hamda jismoniy shaxslari (chet el fuqarolari va yuridik shaxslar) uchun sassiq kovrak yelimining xom ashyo holdagisi

1 tn

Toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki kursi boʻyicha 300 AQSH dollari

Qizil kitobga kiritilgan Tojik kovragi yelimi, ildizi, xom ashyosi

1 tn

400 AQSH dollari

Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimliklarning botanik kolleksiyasi (ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy yoki estetik ahamiyatga ega)

1 ekzemplyar

ushbu turdagi oʻsimliklarni tayyorlash uchun toʻlov miqdoridan 0,001% miqdorida

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun ariza beruvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Ariza beruvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etish;

ruxsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;

ariza beruvchi yuridik shaxs boʻlganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi jismoniy shaxs boʻlganda, unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organni xabardor qilish;

ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya qilish;

arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim hamda ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yigʻim boʻyicha toʻlov qilish;

ruxsatnomaga oʻz ixtiyori bilan qandaydir tuzatishlar va qoʻshimchalarni kiritmaslik.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (zarur hollarda)

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatga beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

1. Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini yetishtirish plantatsiyasi (pitomnigi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat hisobiga qoʻyilmagan boʻlsa ruxsatnoma berish rad etiladi.

2. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha pitomniklar va plantatsiyalarni barpo etish va ularning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-maydagi 430-son qarori talablari asosida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan roʻyxatga olingan plantatsiyalarda yetishtirilgan (tabiiy muhitdan ajratib olinmagan) yovvoyi oʻsimliklar hamda ularning qismlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma olishda toʻlov undirilmaydi.

3. Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan ruxsatnomalar boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining belgilangan miqdori olib chiqilmagan (olib kirilmagan) hollarda, ariza beruvchining arizasiga koʻra qolgan miqdor uchun yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilishi mumkin.

Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishidan oldin rasmiylashtirilgan boʻlsa, yangi ruxsatnoma berishda narxdagi farq miqdori qoʻshimcha toʻlov sifatida undiriladi.

Ruxsatnomadan foydalanilmagan yoki qisman foydalanilganligini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan elektron tizim orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.

4. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirishga ruxsatnoma uchun toʻlov undirilmaydi.

5. Ruxsatnoma uchun toʻlov summasi toʻliq ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.

6. Ruxsatnoma olgan shaxs foydalanish uchun uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma yuridik shaxs rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.

(68-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
69-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish (Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasi ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, JSH SHIR, (xorijiy fuqarolar uchun pasportining elektron nusxasi), pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami, hayvon turining nomi boʻyicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, oʻljalari, tulumlari, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni;

zoologiya kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni;

chetga olib chiqish (mamlakati) yoki olib kirish joyi (pitomnik);

chetga olib chiqish uchun asos — hayvonning qonuniy sotib olinganligini yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami).

Yovvoyi hayvonlarni har bir guruh namunalari uchun alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnoma namuna bilan birga boʻladi (hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, yashash faoliyati mahsulotlari, oʻljasi, tulumlari va boshqalar);

b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

yovvoyi hayvonlar va ularning qismlariga qonuniy tarzda egalik qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma, boshqa mamlakatlardan olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar);

zoologiya kolleksiyasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;

ariza beruvchiga tegishli pitomnikda koʻpaytirilgan (saqlanayotgan) yovvoyi hayvonlar yoki boshqa shaxsning pitomnigida koʻpaytirilgan (saqlanayotgan) yovvoyi hayvonlar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

yovvoyi hayvonlar va ularning qismlari Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi moʻljallanayotgan boʻlsa, ularga qonuniy ega boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

a) jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

b) yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.

7.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma

berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib chiqish uchun toʻlovlar miqdorlari

Yovvoyi hayvonlar turlari

Oʻlchov birligi

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun toʻlovlar miqdoriga nisbatan bitta hayvon, uning qismi, toʻlumi, oʻljasi, teri, bir juft shoxi, bitta juft boʻlmagan shoxi, bir qush yoki sudraluvchi hayvon tuxumi uchun toʻlovlar miqdori

Qizil kitobga kiritilgan

1 dona

5 %

Boshqa hayvon

1 dona

3 %

Baliq (tirik yoki muzlatilgan, shuningdek, uvildiriq)

1 tn

10 %

Umurtqasiz jonivorlar gʻumbaglari, Artemiya sistalari, mayda qisqichbaqasimonlar, molyuskalar chigʻanoqlari, mumiyo

1 kg

3 %

Hayvon zahari

1 gramm

1 gramm quruq shakldagi zaharini olish uchun zarur boʻlgan hayvonlar sonini hisobga olgan holda zahar olingan hayvonni tutish uchun toʻlov miqdoridan 3 %

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni (7 ish kuni artemiya sistalari uchun).

Vakolatli organ qaror qabul qilish uchun ariza beruvchilar tomonidan harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini aniqlash uchun zarur boʻlsa, mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazish huquqiga ega. Bunda koʻrib chiqish muddati 20 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Ariza beruvchilar tomonidan harakatlarni bajarishda va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda qonun talablariga majburiy rioya etish;

ariza beruvchi yuridik shaxsning nomi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin 7 ish kuni mobaynida vakolatli organni xabardor qilish;

hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni ekologik, sanitariya-gigiyenik, boshqa meʼyor va qoidalarga qatʼiy rioya etish;

ruxsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;

ruxsatnomaga oʻz ixtiyori bilan qandaydir qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritmaslik.

arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim hamda ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yigʻim boʻyicha toʻlov qilish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (zarur hollarda)

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomada belgilangan muddatga beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech boʻlmagan muddatda tugaydi.

12.

Izoh:

1. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlanadi va ruxsatnoma berilishi rad etiladi.

2. Hayvonlarni respublikaga olib kirish va reeksport qilish hamda pitomniklarda introduksiya maqsadida koʻpaytirilgan hayvonlarni, ularning qismlarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayot faoliyati mahsulotlarini, oʻljalarini, tulumlarini respublikadan olib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.

3. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib chiqishda bojxona rasmiylashtiruvi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

4. Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan ruxsatnomalar boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining belgilangan miqdori olib chiqilmagan (olib kirilmagan) hollarda, ariza beruvchining arizasiga koʻra qolgan miqdor uchun yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilishi mumkin.

Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishidan oldin rasmiylashtirilgan boʻlsa, yangi ruxsatnoma berishda narxdagi farq miqdori qoʻshimcha toʻlov sifatida undiriladi.

Ruxsatnomadan foydalanilmagan yoki qisman foydalanilganligini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan elektron tizim orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.

5. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, oʻljalarini va shu kabilarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida beriladi.

6. Ruxsatnoma uchun toʻlov summasi toʻliq ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.

7. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas, ruxsatnoma yuridik shaxs rahbari nomiga berilgan holatlar bundan mustasno.

(69-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
70-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

CITES Konvensiyasining I, II va III ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklarning turlari namunalarini olib kirish (import), chetga olib chiqish (eksport va reeksport).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar, chet el fuqarolari

4.

Ruxsat berish

tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (CITES Konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy organi)

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun talab etiladigan hujjatlar:

a) Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxs uchun — nomi, uning rekvizitlari (pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami, xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi;), STIR;

jismoniy shaxs uchun — FIO, STIR yoki JSHSHIR, yashash manzili (telefon raqami);

yovvoyi hayvon va (yoki) yovvoyi oʻsimlikni import yoki eksport qiluvchi shaxsning yuridik manzili (jismoniy shaxslar uchun — uy manzili) oʻzbek, rus va ingliz tillarida;

yovvoyi hayvonlar va (yoki) yovvoyi oʻsimliklarning turlari namunalarini import qilish, eksport qilishning maqsadlari (tijorat, ilmiy izlanishlar, muzey va hayvonot bogʻlari oʻrtasida almashinuv, ov oʻljalari, sovgʻa va hokazo);

yovvoyi hayvon va (yoki) yovvoyi oʻsimlik turi, uning oʻzbek, lotin va rus tillaridagi toʻliq nomi;

yovvoyi hayvon turlari namunalari taʼrifi (tirik hayvonlar, ularning terilari, tulumlar, hayvon tanasi, suyaklari, shoxlari, tishlari, qoni, uvuldirigʻi, shuningdek, mahsulotlar va hokazo);

yovvoyi oʻsimlik turlari namunalari taʼrifi (gerbariy, barg, ildiz, poya, novda, gul, urugʻi, shira va hokazo);

tirik yovvoyi hayvonlar uchun — jinsi va yoshi, belgilarining mavjudligi, miqdori;

yovvoyi oʻsimliklar uchun — miqdori;

yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunasining kelib chiqishi (tabiatdan olingan, sunʼiy sharoitlarda-plantatsiya, oranjereya, pitomniklarda va hokazolarda yetishtirilgan yoki katta qilingan, boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, sovgʻa sifatida yoki meros tariqasida olingan va boshqalar);

yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunalarini import yoki eksport qilish moʻljallanayotgan muddat, yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalarini tashish uchun transport vositalari;

yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunalarini import qilinishi yoki eksport qilinishi moʻljallanayotgan mamlakat.

Yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunalarini import, eksport yoki reeksport qilishning maqsadlari:

T — tijorat uchun;

Z — hayvonot bogʻlari uchun;

G — botanika bogʻlari uchun;

Q — sirklar va koʻchma koʻrgazmalar uchun;

S — ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun;

N — ov oʻljalari uchun;

R — shaxsiy buyumlar uchun;

M — biologik va tibbiy izlanishlar uchun;

E — taʼlim maqsadlari uchun;

N — tabiatga introduksiya yoki reintroduksiya qilish uchun;

V — tabiatdan tashqarida koʻpaytirish yoki sunʼiy yetishtirish uchun;

L — huquqni muhofaza qilish, sud va kriminalistik maqsadlar uchun;

yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik CITES Konvensiyasining roʻyxatiga kiritilgan ilovasi:

I — I ilova;

II — II ilova;

III — III ilova;

yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turi namunasining kelib chiqish manbai:

W — tabiatdan ajratib olingan namunalar;

R — yovvoyi tabiatdan olingan tuxum yoki yosh yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar parvarishlanib, nazorat qilinadigan muhitda yetishtirilgan hayvon yoki oʻsimlik turlari.

D — Konvensiyaning VII moddasi 4-bandiga muvofiq olib chiqiladigan I ilovaga kiritilgan tijorat maqsadlarida tutqunlikda (sunʼiy yetishtirilgan) yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari hamda ularning qismlari va derivatlari;

A — sunʼiy yetishtirilgan yovvoyi oʻsimliklar hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida sunʼiy yetishtirilgan I, II va III ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);

S — “tutqunlikda yetishtirilgan” yovvoyi hayvonlar, hamda ularning qismlari va derivatlari (notijorat maqsadlarida tutqunlikda koʻpaytirilgan I, II va III ilovalarga kiritilgan turlar namunalari);

F — tutqunlikda yetishtirilgan tushunchasiga toʻliq javob bermaydigan tabiiy boʻlmagan joyda yetishtirilgan yovvoyi hayvonlarning birinchi avlodi hamda ularning qismlari va derivatlari;

U — kelib chiqish manbai aniq emas;

I — musodara qilingan yoki olib qoʻyilgan namunalar.

b) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlariga qonuniy tarzda egalik qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yovvoyi hayvonlarni ovlashga (tutishga) ruxsatnoma, yovvoyi oʻsimliklarni yigʻishga ruxsatnoma, pitomnik yoki plantatsiyada koʻpaytirilgan, namunalar koʻrsatib oʻtilgan kassa cheklari, oldi-sotdi shartnomasi, boshqa bitimlar va boshqacha tarzda qonuniy ega boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar, boshqa mamlakatlardan yovvoyi hayvonlar yoki yovvoyi oʻsimliklarni import qilishga ruxsatnoma);

Oʻzbekiston Respublikasidan CITES Konvensiyasining I ilovasiga kiritilgan yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunasini eksport qilish uchun import qiluvchi davlatning import ruxsatnomasi.

Oʻzbekiston Respublikasiga CITES Konvensiyasining I ilovasiga kiritilgan yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimlik turlari namunasini import qilish uchun eksport qiluvchi davlatning eksport ruxsatnomasi.

Agar yovvoyi hayvon yoki yovvoyi oʻsimliklar hamda ularning qismlari oldi sotdi shartnomasi boʻyicha chetga olib chiqish bir necha bor amalga oshirilsa, u bir marotaba taqdim etiladi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida;

yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 koeffitsiyenti miqdorida;

chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi 50 AQSH dollari qiymati miqdorida.

Har bir ruxsatnoma uchun alohida pul toʻlanishi lozim.

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvon turlari namunalarini chetga olib chiqish uchun toʻlovlar miqdorlari

Yovvoyi hayvonlar

Oʻlchov birligi

Yovvoyi hayvonlarni tutish uchun toʻlovlar miqdoriga nisbatan bitta hayvon, uning qismi, toʻlumi, oʻljasi, teri, bir juft shoxi, bitta juft boʻlmagan shoxi, bir qush yoki sudraluvchi hayvon tuxumi uchun toʻlovlar miqdori

Qizil kitobga kiritilgan turlar

1 bosh

5 %

Qizil kitobga kiritilmagan boshqa turlar

1 bosh

3 %

Baliq (tirik yoki muzlatilgan, shuningdek, uvildiriq)

1 tn

10 %

Umurtqasiz lichinkalar, mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuska chigʻanoqlari, moʻmiyo

1 kg

3 %

Hayvon zaharlari

1 gramm

1 gramm quruq holdagi zaharni olish uchun zarur boʻlgan hayvonlar sonini hisobga olgan holda zahar olingan hayvonni tutish uchun toʻlov miqdoridan 3 %

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan oʻsimlik turlari namunalarini chetga olib chiqish uchun toʻlovlar miqdorlari

Flora uchun

Toʻlovlar miqdori (oʻsimlikni yigʻish qiymatining)

I — yoʻqolib ketayotgan

5%

II — kamyob

III — kamayayotgan

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni.

SITES Maʼmuriy organi ariza beruvchi tomonidan muayyan xatti-harakatlarni sodir etish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash, zarur boʻlganda, qaror qabul qilish uchun mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda oʻrganish, tekshirish yoki boshqa texnik baholashni amalga oshirish huquqiga ega. Ushbu holda arizani koʻrib chiqish muddati 30 kunga qadar uzaytiriladi.

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

SITESning I Ilovasi yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi. Konvensiya Kotibiyati tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan pitomniklarda, shu jumladan, hayvonot bogʻlarida koʻpaytirilgan ikkinchi avlod namunalari bundan mustasno.

I Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.

SITESning II Ilovasi mazkur vaqtda yoʻqolib ketish xavf ostida boʻlmasa-da, lekin shunday xavf ehtimoli boʻlgan turlardan foydalanishda tirik qolishiga xavf soluvchi shart-sharoitlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, bunday turlar bilan oldi-sotdi qilinishi qatʼiy tartibga solinmasligi, ularning bunday xavf ostida qolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. II Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.

SITESning III Ilovasi foydalanishning oldini olish yoki cheklash maqsadida har bir Konvensiya Tarafining tavsifi boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tartibga solinishi lozim boʻlgan va ularga nisbatan savdo-sotiq nazoratini amalga oshirish borasida boshqa Konvensiya Taraflari hamkorligi zarur boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. III Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun SITESning eksport ruxsatnomasi olinishi talab etiladi.

SITESning I, II va III ilovalarga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalarini eksport, reeksport va import qilish uchun ruxsatnoma SITES ilmiy organining ijobiy xulosasi berilishi sharti bilan SITES maʼmuriy organi tomonidan beriladi.

SITES ilmiy organi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlarini import qilishda ushbu turning tirik qolishiga tahdid solinmasligi hamda tirik namunani oluvchi tomon ushbu namunani saqlash va uni parvarish qilish uchun zarur shart-sharoitlarga ega ekanligi yuzasidan oʻtkazgan monitoring natijalariga muvofiq xulosani tayyorlaydi va SITES maʼmuriy organiga taqdim etadi.

SITESning Maʼmuriy organi yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalari yuzasidan:

qonunchilik buzilishi, shu jumladan, namuna kelib chiqqan mamlakat — davlat qonunchiligi buzilgan holda sotib olinmaganligiga;

reeksport qilinishi lozim boʻlgan namuna ushbu pasport talablariga muvofiq import qilinganligiga;

tirik namunalarni transportda tashish Konvensiya prinsiplariga muvofiq amalga oshirilganligiga aniqlik kiritishi lozim.

CITES maʼmuriy organining ruxsatnomasisiz yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalarini bojxona rasmiylashtiruvi taqiqlanadi.

SITESning import ruxsatnomasining mavjudligi bojxona, veterinariya va fitosanitariya qoidalariga rioya etish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirishda ariza beruvchilar tomonidan Konvensiya talablariga majburiy rioya qilish.

yuridik shaxs uchun — nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi yuzasidan qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, jismoniy shaxs uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan guvohnomadagi familiyasi, ismi va otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgarganidan soʻng yetti kun ichida SITES maʼmuriy organini xabardor qilish.

Tegishlicha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarga hamda ekologik, sanitariya-gigiyena va boshqa normalar va qoidalarga majburiy rioya qilish.

Ruxsatnomalarda koʻrsatilgan doirada harakatlarni sodir etish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish;

Havo transporti Xalqaro Assotsiatsiyasining Tirik hayvonlarni tashish qoidalariga rioya etish.

Ruxsatnomada koʻrsatilgan talablarga rioya etish.

Ruxsatnomaga oʻzboshimchalik bilan har qanday toʻgʻrilash va qoʻshimchalar kiritilishi taqiqlanadi.

Ruxsatnoma olish uchun ariza koʻrib chiqilganligi va ruxsatnoma berilganligi uchun toʻlovni toʻlash. Bunda, har bir olinadigan ruxsatnoma uchun alohida pul toʻlanishi lozim.

Ruxsatnomani olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishga haqli emas, ruxsatnoma tashkilot rahbari nomiga berilgan hollar bundan mustasno.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (CITES Konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi ilmiy organi) — xulosa olish zarur boʻlganda uni CITES Konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy organiga 5 ish kunida taqdim etadi.

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnomalar har bir alohida namunalar turkumi uchun eksport yoki reeksport uchun 6 oy muddatga, import uchun 12 oy muddatga beriladi.

12.

Izoh:

1. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning” roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlanadi va ruxsatnoma berilishi rad etiladi.

2. SITES Konvensiyasi ilovalariga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi sharoitiga nomaʼlum (begona) boʻlgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilk marotaba olib kirish uchun ruxsatnoma SITES ilmiy organining ijobiy xulosasi asosida beriladi.

3. Yovvoyi hayvonlar va yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalarini respublikaga import va reeksport qilish hamda pitomniklarda introduksiya maqsadida koʻpaytirilgan hayvonlarni, ularning qismlarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayot faoliyati mahsulotlarini, oʻljalarini, tulumlarini respublikadan olib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.

4. SITES Konvensiyasi ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvon turlari namunalari hamda yovvoyi oʻsimliklar turlari namunalarini import va eksport nazorati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining idoraviy axborot tizimlarini “Litsenziya” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali amalga oshiriladi.

5. Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan ruxsatnomalar boʻyicha yovvoyi hayvon va yovvoyi oʻsimlik turlari belgilangan miqdori olib chiqilmagan hollarda, ariza beruvchining arizasiga koʻra qolgan miqdor uchun yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilishi mumkin.

Agar avval berilgan ruxsatnoma bazaviy hisoblash miqdori oʻzgarishidan oldin rasmiylashtirilgan boʻlsa, yangi ruxsatnoma berishda narxdagi farq miqdori qoʻshimcha toʻlov sifatida undiriladi.

Ruxsatnomadan foydalanilmaganligini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan elektron tizim orqali taqdim etilgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi.

6. Eksport qilinayotgan yovvoyi hayvon va yovvoyi oʻsimlik turlari namunalari bojxona rasmiylashtiruvi SITES Maʼmuriy organining ruxsatnomalari asosida amalga oshiriladi.

7. Ruxsatnoma uchun toʻlov summasi toʻliq ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.

8. Ruxsatnomada quyidagi yozuvlar mavjud boʻlishi lozim: “Tirik hayvonlar uchun mazkur ruxsatnoma haqiqiy hisoblanadi, transport vositalarida olib yurish shartlari SITES tavsiyanomalari, aviatsiyada tashilgan taqdirda esa — Havo transporti Xalqaro Assotsiatsiyasining tirik hayvonlar toʻgʻrisidagi tavsiyanomalari shartlariga muvofiq boʻlsa (Forliveanimals, this permit is only valid if the transport conditions conform to the CITES Guide lines for Transport of Live Animalsor, in the case of air transport, to the IATA Live Animals Regulations)”, bu tirik hayvonlarni transport vositalarida tashish shartlari bajarilmaganda bojxona chegarasida mutasaddi organlar ruxsatnomalarni olib qoʻyishga, hayvonlarni esa musodara qilishga majbur ekanligini anglatadi.

9. Ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatishga asos boʻluvchi ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga quyidagilar kiradi:

SITESning Maʼmuriy organi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirishdan bosh tortish;

ruxsatnomadan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarini buzish;

ruxsatnoma olish uchun soxta hujjatlar taqdim etish yoki oʻsimliklarni asrash va saqlash sharoitlari mavjud emasligi.

(70-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
71-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organlari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi.

jismoniy shaxsF.I.O., manzil, kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi;

yuridik shaxstoʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rekvizitlari (STIR, MFO, hisob raqami), faoliyat turi, yuridik manzili (indeks, manzil), kadastr ishi raqami va roʻyxatga olingan sanasi.

2. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

suvdan maxsus foydalanuvchilar Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qaroriga 3a — 3i ilovalarga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 27 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

1) Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksi talablariga rioya qilish.

2) Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilish sohasini tartibga soladigan ekologik norma va qoidalar, texnik reglamentlar va standartlar talablariga rioya qilish.

3) Suvni va suv obyektlarini muhofaza qilishni taʼminlash hamda suv rejimini va suvning holatini yaxshilash tadbirlarini belgilash.

4) Suvni va suv obyektlarini bulgʻatish hamda ifloslantirish va kamayishdan muhofaza qilish choralarini koʻrish.

5) Alohida davlat ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlarini muhofaza qilish talablariga rioya etish.

6) Sanitariya va ekologik maqsadlarda suv chiqarish va suv sifatining normativlariga rioya etilishini taʼminlash.

7) Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida, sohil boʻyi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida xoʻjalik faoliyatining maxsus rejimini saqlash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilish.

8) Suvdan foydalanuvchilarning majburiyatlarini bajarilishiga qaratilgan chora tadbirlarni nazarda tutish, oʻziga berilgan suv resurslarini oqilona boshqarishi va ulardan foydalanishi, suvdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi, suvni tejab sarflash, uning sifatini tiklash va yaxshilash choralarini koʻrishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Suv xoʻjaligi vazirligining quyi organlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Yer usti tabiiy suv oqimlaridan suv olish uchun suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan kundan boshlab besh yil

12.

Izoh:

Ushbu pasport qoidalari yer osti, mineral va termal suvlarni olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabiiy yer usti suvlari foydalanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

Suvdan foydalanuvchilarning suv yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan kelishilmagan holda, suv uzatilishini koʻpaytirish yoki kamaytirish maqsadida suv obyektlaridagi gidrotexnika inshootlarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishi, shuningdek ularga muvaqqat toʻsiqlarni, nasos stansiyalarini, nasoslarni, suvni koʻtaradigan va suv oladigan boshqa inshootlarni oʻrnatishi;

Ruxsatnoma olmasdan turib oʻzboshimchalik bilan suv olish.

Alohida davlat ahamiyatiga yoxud alohida ilmiy yoki madaniy qimmatga ega boʻlgan suv obyektlaridan foydalanish qisman yoki batamom taqiqlanishi mumkin.

Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi.

Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ushbu pasportning 7-bandida keltirilgan miqdorda yigʻim undiriladi.

(71-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiladigan vakolatli organlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli organning rahbari, Kengash raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli organning ijro nazorati boʻyicha tarkibiy boʻlinma rahbari, Kengash aʼzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli organ tarkibiy boʻlinmasining rahbari, Kengash aʼzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ yuridik xizmatning rahbari, Kengash kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Zarur hollarda, Kengash tarkibiga vakolatli organning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va boshqa vazirliklar hamda tashkilotlarning rahbar va xodimlari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat berish tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GRAFIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ruxsatnoma nomi

Masʼul ijrochilar va muddat*

Vazirlar Mahkamasida masʼul va muddat**

1.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma

Transport vazirligi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

2.

Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma

3.

Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini foydalanishga qoʻyish toʻgʻrisidagi xulosa

4.

Ekspluatant sertifikati

5.

Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

6.

Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati

7.

Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikat

8.

Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat

9.

Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkiloti sertifikati

10.

Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2022-yil 20-mart

11.

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma

12.

Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

13.

Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma

14.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi

Qurilish vazirligi

2022-yil 20-mart

15.

Loyiha hujjatlarini kelishib olish

16.

Bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishib olish

17.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma

18.

Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi

19.

Obyektning yongʻin xavfsizligi va zilzilabardoshliligi boʻyicha davlat ekspertizasi xulosasi

20.

Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

X. Berdibayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

21.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

2022-yil 20-mart

Sh. Abidov,

T. Rapikov,

A. Jumanazarov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 1-aprel

22.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi

Davlat soliq qoʻmitasi

2022-yil 22-mart

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 5-aprel

23.

Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

Davlat bojxona qoʻmitasi

2022-yil 22-mart

24.

Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

25.

Maxfiy kartografiya materiallarini koʻpaytirish uchun ruxsatnoma

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

2022-yil 22-mart

26.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish uchun ruxsatnoma

27.

Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (maʼlumotlarini) berish uchun ruxsatnoma

28.

Import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

2022-yil 22-mart

29.

Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2022-yil 24-mart

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 11-aprel

30.

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma

31.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish uchun ruxsatnoma

32.

Oʻzbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sertifikat

33.

Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi

2022-yil 26-mart

O. Qudratov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 15-aprel

34.

Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi

2022-yil 28-mart

T. Rapikov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 20-aprel

35.

Veterinariya sertifikati

36.

Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda oziqabop qoʻshimchalar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma

37.

Karantin ruxsatnomasi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

2022-yil 28-mart

38.

Fitosanitariya sertifikati

39.

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruxsatnoma

Qishloq hoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

2022-yil 28-mart

T. Rapikov,

Sh. Abidov,

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 20-aprel

40.

Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022-yil 1-aprel

F. Raximov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 23-aprel

41.

Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma

42.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma

43.

Foydalanish, tugatish va konservatsiya qilishda neft va gaz quduqlarini oʻtkazish dalolatnomasi, shuningdek, shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga oʻtkazishni tasdiqlash va kelishish toʻgʻrisida xulosa

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

44.

Togʻ-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma

45.

Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma

46.

Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma

47.

Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qoʻllash uchun ruxsatnoma

48.

Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma

49.

Portlash xavfi boʻlgan texnologik yangi jarayonlar va asbob-uskunalarni, istirohat bogʻlari attraksionlarini montaj qilish, taʼmirlash va ishga tushirish, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

50.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi nazoratidagi obyektlarda elektr qurilmalarini sozlash ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

51.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni va inshootlarni koʻrik va sinovdan oʻtkazish uchun ruxsatnoma

52.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bogʻlari attraksionlarida putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

53.

Xavfli yuklarni tashish uchun sigʻimlarning yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa

54.

Gaz quvurlari va gaz xoʻjaligining gaz isteʼmol qiluvchi boshqa obyektlarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnoma

55.

Uskunalar, quvurlar, sisterna va boshqa sigʻimlarni kimyoviy himoya qilish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

56.

Kon ajratish dalolatnomasi

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

2022-yil 2-aprel

57.

Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishib olish

58.

Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish

59.

Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga tushirishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish toʻgʻrisida qaror

60.

Yer qaʼri toʻgʻrisidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror

61.

Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror

62.

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma

63.

Yer qaʼri boʻyicha geologik materiallarga doir loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi

64.

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini hisobga olish

65.

20 kilovattdan ortiq quvvat da ishlaydigan obyektlarga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishib olish

Energetika vazirligi

2022-yil 2-aprel

66.

Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili oʻzgargan taqdirda, ulardan xoʻjalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

M. Vaxabov,

Sh.Abidov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

67.

Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

2022-yil 2-aprel

A. Jumanazarov,

M. Vaxabov,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 26-aprel

68.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida qaror

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2022-yil 4-aprel

Sh. Rajabbayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 29-aprel

69.

Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish toʻgʻrisida qaror

70.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish) uchun ruxsatnoma

71.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma

72.

Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma

73.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqini berish uchun ruxsatnoma

74.

Davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma

“Oʻzarxiv” agentligi

2022-yil 4-aprel

75.

Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma

Mudofaa vazirligi

2022-yil 6-aprel

X. Berdibayev,

D. Xolmurodov,

D. Kalandarov

2022-yil 30-aprel

76.

Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat koʻrigidan oʻtkazish uchun ruxsatnoma

77.

Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhim va toifalangan obyektlarida qoʻriqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarishga ruxsatnoma

Milliy gvardiya

2022-yil 6-aprel

78.

Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish

Ichki ishlar vazirligi

2022-yil 6-aprel

79.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma

80.

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yoʻl transportida tashish uchun ruxsatnoma

81.

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa

82.

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma, sanoat maqsadlarida foydalaniladigan pirotexnika vositalari bundan mustasno

83.

Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini belgilangan tartibda himoyasini tashkil qilish sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini taʼminlash qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ogʻir vaznli va katta hajmli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma berish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tartibga solinadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 29-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻnalish chizmasi transport vositasining va yukning yoʻl harakati qoidalariga hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiqligi haqida muhr bilan tasdiqlanadi (bunday yozuvi boʻlmagan yoʻnalish chizmasi haqiqiy hisoblanmaydi).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda maxsus elektron axborot tizimi orqali beriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-8 hamda 11 — 14-bandlar, 2 — 4, 6 — 8-boblar, shuningdek, 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8 — 15-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“III. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-banddagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va chetga olib chiqib ketish uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19 — 21-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-banddagi “5 — 12-ilovalariga muvofiq shakllar” soʻzlari “7-ilovaga muvofiq shakl” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha ravishda toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31, 36, 40, 44 — 46-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “ruxsatnomada koʻrsatilgan ularning oʻsish muhitidan tashqari (gʻamlash, toʻplash va boshqa) harakatlardan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “yoki oʻsimliklarni toʻplash va saqlash sharoitlarining mavjud emasligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1, 2, 4, 6, 9, 10, 12-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-banddagi “hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, shuningdek, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida” soʻzlari “yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — 13 va 15 — 19-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning ilovalariga kiritilgan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari va zoologiya kolleksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatlari Konvensiya talablariga muvofiq aniqlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-banddagi “Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, shu jumladan” soʻzlari “Hayvonot dunyosi obyektlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha beriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bandning oʻninchi-oʻn birinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-33, 37, 66 — 71, 73 — 111, 120 va 124-125-bandlar hamda Nizomga 1 — 3, 5-6, 8 — 12-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi tegishlicha ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan 2022-yil 23-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/464/0761-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-martdagi 244-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi tegishlicha beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-ilova va 13-ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2013-yil 6-noyabrdagi 298-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 52-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2015-yil 31-martdagi 72-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 8-ilovaning 14-bandi “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2017-yil 15-dekabrdagi 987-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 42 va 52-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 398-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyundagi 169-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi 614-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-oktabrdagi 884-son qaroriga ilovaning 28 va 32-bandlari, 38-bandining “a”, “b” kichik bandlari, rus tili matnidagi 40-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 83-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1012-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qaroriga 2-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni jadal rivojlantirish va mamlakat kino jozibadorligini keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 499-son qarorining 10-bandi hamda qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyuldagi 559-son qaroriga ilovaning 4, 7-8, 12, 25-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 27-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi 841-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda qarorga 1-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 207-bandi “a” va “b” kichik bandlari, 249, 255-bandlari hamda 284-bandining “g” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qaroriga 4-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 14-yanvardagi 24-son qaroriga ilovaning 7-bandi “a” va “b” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 35-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 338-son qarorining 1 va 2-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 22-bandi “b”, “v”, “g” kichik bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi 508-son qaroriga ilovaning 2-bandi “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son qarorining 1-bandi hamda qarorga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vazirlar Mahkamasining “Film va seriallar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda kinematografiyani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-dekabrdagi 813-son qaroriga 2-ilovaning 1 va 3-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 12-avgustdagi 513-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son, 17.06.2022-y., 09/22/338/0534-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son, 22.08.2022-y., 09/22/464/0761-son, 07.09.2022-y., 09/22/501/0802-son, .09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 13.12.2022-y., 09/22/704/1085; 21.12.2022-y., 09/22/716/1106; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son; 07.10.2023-y., 09/23/530/0757-son; 16.10.2023-y., 07/23/330/0776-son; 06.11.2023-y., 09/23/584/0831-son; 29.12.2023-y., 09/23/685/1010-son; 22.01.2024-y., 09/24/37/0056-son; 10.02.2024-y., 09/24/80/0113-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son, 02.05.2024-y., 09/24/256/0320-son; 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son; 29.06.2024-y., 09/24/360/0456-son; 02.07.2024-y., 09/24/366/0459-son; 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 11.07.2024-y., 09/24/387/0494-son; 15.07.2024-y., 09/24/418/0508-son; 13.09.2024-y., 09/24/569/0714-son, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son; 24.10.2024-y., 06/24/162/0847-son; 31.10.2024-y., 09/24/710/0867-son; 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son; 23.11.2024 g., № 07/24/403/0955; 25.11.2024-y., 09/24/780/0962-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 19.06.2025-y., 09/25/377/0522-son; 30.07.2025-y., 09/25/476/0669-son; 05.08.2025-y., 09/25/493/0694-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 29.11.2025-y., 09/25/750/1112-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son; 15.05.2026-y., 09/26/245/0491-son; 22.06.2026-y., 09/26/315/0614-son; 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son; 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)