Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
qarori
“Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3309-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 8-iyundagi 3-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 16-son “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3309, 2021-yil 9-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3309/0544-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 21-avgust,
5-son
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining boshligʻi J. XATAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-avgust,
32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026-yil 21-avgustdagi 5-son, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 20-avgustdagi 32-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi va 1-banddagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) nomidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 1-bandda:
uchinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi (bundan buyon matnda xizmatlar provayderi deb yuritiladi) — kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda litsenziyani olgan yuridik shaxs;”;
oʻn uchinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarda” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar.”;
4) 2-bandning uchinchi xatboshisi va 3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 4 va 16-bandlardagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Masʼul xodim xizmatlar provayderlari rahbarining buyrugʻi bilan uning oʻrinbosarlari orasidan tayinlanadi. Mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq xizmatlar provayderlari oʻzining masʼul xodimi va mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har yili 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda yuboradi.
Xizmatlar provayderi belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin bir oy muddat ichida masʼul xodimning tayinlanishini taʼminlashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga masʼul xodimning anketa maʼlumotlarini (familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR) yuborishi shart.
Masʼul xodim oʻzgargan taqdirda xizmatlar provayderi, yangi tayinlangan masʼul xodim haqida uni tayinlangan ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qilishi lozim.”;
7) 6-banddagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardagi” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 8 va 81-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Masʼul xodim lavozimiga oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqarganini namoyon etgan hamda sudlanganlik muddati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
Xizmatlar provayderlari rahbari lavozimiga:
oʻz faoliyati va shaxsiy xulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqarganini namoyon etgan;
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashayotgan, boʻlib turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar tayinlanishi mumkin emas.
81. Xizmatlar provayderlarning ustav jamgʻarmasida:
mazkur Qoidalarning 8-bandi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalarning ishtirok etishi taqiqlanadi.”;
9) 9-banddagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 10-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs” degan soʻzlar “xizmatlar provayderi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmatlar provayderlari mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan xizmatlar provayderlarining rahbariga koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;”;
oltinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 12-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mijozning faoliyatini (biznesini), uning mulki va boshqaruv tuzilmasini tushunish;”;
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
13) 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kadrlarni tayinlash, tayyorlash va oʻqitishga, shu jumladan ularning ishchanlik obroʻsi va malakasiga qoʻyiladigan talablar;”;
14) quyidagi mazmundagi 131-band bilan toʻldirilsin:
“131. Xizmatlar provayderining nazorati ostida yoki sezilarli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
komplayens nazorati, audit va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarining muvofiqligini guruh darajasida taʼminlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishni taʼminlash;
maxfiylikni va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.”;
15) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmatlar provayderining boshqaruv organlarining roziligi olingani va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini oʻrganilishidan soʻng boshqa xizmatlar provayderlari bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish;”;
16) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Xizmatlar provayderlarining ichki qoidalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonunchilik va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi, shuningdek aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi shart. Ichki qoidalar, ularga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar xizmatlar provayderining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”;
17) 17-banddagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 18 va 29-bandlarning birinchi xatboshilari hamda 33-banddagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 19-bandning uchinchi xatboshisidagi “muomalasiga” degan soʻz “aylanmasiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
20) 20-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ishonchli manba va hujjatlardan foydalangan holda (bunda uchinchi tomon xizmatlaridan foydalanilishi mumkin) mijozni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash;”;
oltinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 21-bandning birinchi xatboshisidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 22-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Mijoz xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzish uchun murojaat qilganda, xizmatlar provayderlari quyidagilarga majburdirlar:”;
24) 28-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslari” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 31 va 32-bandlardagi “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 34-banddagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” va “kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar tegishli ravishda “Xizmatlar provayderlari” va “xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 35-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttiz birinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs,” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 37-banddagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 40-bandning yettinchi xatboshisidagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 41 va 42-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Shubhali operatsiya haqidagi xabar xizmatlar provayderi tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
Shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabar maxsus vakolatli davlat organiga axborotni kriptografik himoyalash vositalari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uzatishning elektron tizimlari orqali yoki ruxsat berilmagan foydalanishdan himoyalangan maxsus elektron pochta manzili yoxud maxsus vakolatli davlat organining shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish tizimidagi shaxsiy kabinet yordamida yuboriladi.
Shaxsiy kabinetga ulanish uchun xizmatlar provayderlari ushbu Qoidalarning 3a-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga murojaat qilishlari kerak.
42. Xizmatlar provayderi tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.”;
31) 43-bandda:
birinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat olib boradigan shaxs” degan soʻzlar “xizmatlar provayderi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32) 45-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Masʼul xodim mazkur Qoidalarning 44-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilganidan keyin Roʻyxatga kiritilgan shaxsga uning operatsiyasi toʻxtatib turilganligi va (yoki) kripto-aktivlari ishga solinmay toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida imkon qadar qisqa vaqtda xabar berishi hamda operatsiyani tiklash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berishi kerak.”;
33) 46-bandda:
birinchi xatboshidagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning” degan soʻzlar “xizmatlar provayderlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 48-bandning birinchi xatboshisidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar,” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 49-banddagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
36) 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Xizmatlar provayderi tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar hamda mijozlarning tavakkalchilik darajalari bir yilda kamida bir marotaba yangilanib borilishi lozim.”;
37) 56-bandning birinchi xatboshisidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
38) 57-banddagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 571-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“571. Xizmatlar provayderining rahbari ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qiladi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek samarali ishlashini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Xizmatlar provayderining ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan ham olib borilishi mumkin.”;
40) 58-banddagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “Xizmatlar provayderining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
41) 1-ilovada:
ilova belgisidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-banddagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs” degan soʻzlar “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
42) 2 va 3-ilovalarning belgilaridagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 3a-ilova bilan toʻldirilsin;
44) 4-ilovada:
ilova belgisidagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar” degan soʻzlar “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxsning” degan soʻzlar “kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderi xodimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3a-ILOVA
3a-ILOVA
Maxsus vakolatli davlat organining shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish tizimidagi shaxsiy kabinetga ulanish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar
I. Tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. | Tashkilot nomi (oʻzbek tilida, lotin alifbosida) | |
2. | Tashkilot nomi (oʻzbek tilida, kirill alifbosida) | |
3. | Tashkilot nomi (rus tilida) | |
4. | Tashkilot turi | |
5. | Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami | |
6. | Tashkilot bankining MFOsi | |
7. | Tashkilot bankining SWIFT kodi | |
8. | Tashkilot roʻyxatga olingan hudud (viloyat, shahar, tuman) | |
9. | Tashkilotning toʻliq manzili | |
10. | Tashkilotning telefon raqami | |
11. | Tashkilotning elektron pochta manzili |
II. Tashkilotning masʼul xodimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
1. | Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami | |
2. | Xodimning F.I.O. | |
3. | Xodimning elektron pochta manzili | |
4. | Xodimning telefon raqami | |
5. | Xodimning yashash manzili | |
6. | Xodimning lavozimi | |
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026-y., 10/26/3309-3/0980-son)