10.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3938
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarni sanatsiya qilishda baholash oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 10-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3938]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Banklarni sanatsiya qilishda baholash oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati, Oʻzbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S. MURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati raisi Z. NIGMANXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchilar jamiyati direktori F. MIRSOATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 14-avgustdagi 22/9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarni sanatsiya qilishda baholash oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom banklarni, banklar guruhlarini va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalarini sanatsiya qilish, shuningdek ularning aksiyadorlari va kreditorlari zararlarini aniqlash maqsadida baholash oʻtkazish tartibini, baholovchi tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni hamda baholovchi tashkilotni tayinlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning banklarga taalluqli qoidalari banklar guruhlariga va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bankni sanatsiya qilishda baholash (bundan buyon matnda baholash deb yuritiladi) bankni sanatsiya qilish uchun baholash hamda sanatsiya qilish tartib-taomillari amalga oshirilganidan keyin sanatsiya qilinayotgan bank aksiyadorlari va kreditorlarining zararlarini baholashni (bundan buyon matnda aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash deb yuritiladi) oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bankni sanatsiya qilish uchun oʻtkaziladigan baholashda bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholanadi. Bunda baholash sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankni sanatsiya qilish uchun baholash oʻtkazish maqsadida baholovchi tashkilotning tayinlanmaganligi yoki baholashning oʻtkazilmaganligi mazkur bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash sanatsiya qilish tartib-taomillari amalga oshirilganidan keyin sanatsiya qilinayotgan bank aksiyadorlari va kreditorlarining sanatsiya qilish natijasida koʻrgan zararlari sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bank majburiy tugatilgan taqdirda ular koʻrishi mumkin boʻlgan zararlardan oshganligini yoki oshmaganligini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Baholash oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi, “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti (roʻyxat raqami 3487, 2023-yil 28-dekabr) va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan masalalar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Baholash oʻtkazish maqsadida baholovchi tashkilotni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaziy bank bankni sanatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish doirasida va sanatsiya qilish toʻgʻrisida oʻz vaqtida qarorlar qabul qilish maqsadida dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy bank dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish maqsadida oʻzining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabarnoma eʼlon qiladi. Xabarnomada dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kirish istagida boʻlgan hamda banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga javob beruvchi baholovchi tashkilotlar Markaziy bankka yozma murojaat qilishi kerakligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan xabarnomani eʼlon qilish bilan birga baholovchi tashkilotlarga va (yoki) baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalariga ushbu xabarnomani yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kirish istagida boʻlgan baholovchi tashkilotning Markaziy bankka yozma murojaatida kamida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish maqsadida baholash oʻtkazish boʻyicha tajribasi va imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazuvchi xodimlarining malaka sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash boʻyicha ichki siyosati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazishga nisbatan ushbu Nizomda belgilangan talablarga rioya qilishga roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaziy bank baholovchi tashkilotning ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan murojaatini va unga ilova qilingan hujjatlarni ikki oy muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilotni dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritishda baholovchi tashkilotning baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari tomonidan berilgan reytingi, uning salohiyati, tajribasi va imkoniyatlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Baholovchi tashkilotni dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaziy bank bu haqda baholovchi tashkilotni tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Baholovchi tashkilot Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaziy bank baholovchi tashkilotni dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqishda baholovchi tashkilotning xizmat koʻrsatish narxini ham inobatga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaziy bank dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan har bir baholovchi tashkilot bilan axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazarda tutuvchi shartnoma tuzadi. Shartnomada baholovchi tashkilotga taqdim etilgan maʼlumotlarni oshkor etmaslik bilan bogʻliq talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxati Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va doimiy yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaziy bank bir yilda kamida bir marta dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatini koʻrib chiqishi va roʻyxatga kiritilgan baholovchi tashkilotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaziy bank ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq baholovchi tashkilotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish maqsadida ulardan zarur hujjat va maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaziy bank baholovchi tashkilotni ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan shartnoma shartlariga muvofiq, shuningdek baholovchi tashkilotning talabiga koʻra dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Baholash oʻtkazish maqsadida baholovchi tashkilotni tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Baholash Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 75-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan auditorlik tashkiloti yoki baholovchi tashkilot (bundan buyon matnda baholovchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bankni sanatsiya qilishda baholash oʻtkazish maqsadida Markaziy bank baholovchi tashkilotni dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan baholovchi tashkilotlar orasidan tanlab oladi. Bunda Markaziy bank dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan baholovchi tashkilotlarga baholash oʻtkazish boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Baholovchi tashkilotlarning baholash oʻtkazish boʻyicha takliflari xabarnomada belgilangan muddatda Markaziy bankka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markaziy bank baholovchi tashkilotlarning baholash oʻtkazish boʻyicha takliflarini oʻn besh ish kunida koʻrib chiqadi va quyidagi mezonlar asosida baholovchi tashkilotni tanlab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning tajribasi va imkoniyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish uchun taklif etilayotgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ikki yoki undan ortiq baholovchi tashkilot mavjud boʻlmagan taqdirda Markaziy bank dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan bitta baholovchi tashkilotga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikki yoki undan ortiq baholovchi tashkilotga xabarnoma yuborilgan boʻlsa, baholash boʻyicha esa faqat bitta baholovchi tashkilotdan taklif kelib tushsa, ushbu baholovchi tashkilot baholashni oʻtkazish uchun tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Baholash oʻtkazish uchun baholovchi tashkilot Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlab olinmagan baholovchi tashkilotlar tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan baholovchi tashkilotlar baholash oʻtkazish boʻyicha oʻz takliflarini taqdim etmasa, baholash oʻtkazishni rad etsa yoki Markaziy bank ularning hech biri bilan baholash oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erisha olmasa, Markaziy bank dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilmagan, biroq ushbu Nizomda belgilangan talablarga javob beruvchi boshqa baholovchi tashkilotni baholash oʻtkazish uchun tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Baholovchi tashkilotni tanlab olish jarayonlari dastlabki tanlangan baholovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan har bir baholovchi tashkilot bilan alohida amalga oshiriladi hamda baholovchi tashkilot tayinlangunga qadar eʼlon qilinmaydi. Markaziy bank sanatsiya qilish jarayoni davomida yoki u yakunlanganidan soʻng baholovchi tashkilotni tanlab olish jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaziy bank baholash oʻtkazish uchun tanlab olingan baholovchi tashkilot bilan Markaziy bank boshqaruvining baholovchi tashkilotni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida baholash oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Baholash oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada kamida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholashning bankni sanatsiya qilish yoki aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini aniqlash uchun oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish uchun oʻtkaziladigan baholashning dastlabki yoki yakuniy baholash ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish muddati, shu jumladan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni Markaziy bankka taqdim etishning aniq muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning baholash oʻtkazuvchi xodimlarining malaka sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, qiymat diapazonlariga oid kutilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank baholovchi tashkilot inobatga olishi zarur deb hisoblaydigan farazlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Baholash oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda baholovchi tashkilot baholashni oʻz vaqtida va xolis oʻtkazishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar haqida Markaziy bankni oldindan xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Baholash oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomada koʻrsatilgan baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha toʻlovlar, agar bankning moliyaviy holati imkon bersa, mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Aks holda Markaziy bank mazkur toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda sanatsiya qilinayotgan bankdan undiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholashdan oʻtkazish maqsadida Markaziy bank tomonidan bankni sanatsiya qilish uchun baholashni oʻtkazgan baholovchi yoki Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan boshqa baholovchi tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Baholovchi tashkilotga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Baholovchi tashkilotning mustaqilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Baholash oʻtkazish uchun tayinlanadigan baholovchi tashkilot manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va boshqarishga qaratilgan ichki siyosat hamda tartib-taomillarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Baholash oʻtkazish uchun tayinlanadigan baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishni boshlashidan oldin sanatsiya qilinayotgan bank bilan manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Markaziy bankka taqdim etadi. Baholashni oʻtkazish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan yoki aniqlangan taqdirda Markaziy bankni zudlik bilan bu haqda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Markaziy bank manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar yuzasidan baholovchi tashkilotdan tushuntirish berishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Baholovchi tashkilotning xolis va mustaqil baholash oʻtkazishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar manfaatlar toʻqnashuvi deb hisoblanadi hamda kamida quyidagi holatlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan sanada baholovchi tashkilotning sanatsiya qilinayotgan bankka xizmat koʻrsatayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma tuziladigan sanadan oldingi oʻn ikki oy ichida baholovchi tashkilotning sanatsiya qilinayotgan bankka xizmat koʻrsatganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning yoki uning baholash oʻtkazishda ishtirok etuvchi xodimining sanatsiya qilinayotgan bankda ahamiyatli manfaatga egaligi. Manfaatning ahamiyatli ekanligi Markaziy bank tomonidan har bir holat uchun belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot yoki uning baholash oʻtkazishda ishtirok etuvchi xodimi bilan sanatsiya qilinayotgan bank rahbariyati yoki xodimlari oʻrtasida moliyaviy munosabatlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot yoki uning baholash oʻtkazishda ishtirok etuvchi xodimi sanatsiya qilinayotgan bank yoki Markaziy bankka aloqador shaxs ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning mustaqil va xolis baholash oʻtkazishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi holatlar manfaatlar toʻqnashuvi deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinayotgan bankda baholovchi tashkilotning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragʻiga ega boʻlishi, shuningdek, baholovchi tashkilot xodimlarining mazkur bank tomonidan emissiya qilingan bank kartasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholashda baholovchi tashkilotning mazkur bankni sanatsiya qilish uchun baholash oʻtkazganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Baholovchi tashkilotga baholash oʻtkazganlik uchun haq Markaziy bank yoki sanatsiya qilinayotgan bank tomonidan toʻlanishi baholovchi tashkilotning mustaqilligiga taʼsir etuvchi holat deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Baholovchi tashkilotning tajribasi va imkoniyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Baholovchi tashkilotning sanatsiya qilinayotgan bankda baholash oʻtkazishda ishtirok etuvchi xodimlari ushbu baholashni sifatli oʻtkazish uchun zarur malaka, bilim va tajribaga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sanatsiya qilinayotgan bankda baholash oʻtkazuvchi baholovchi tashkilot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning shtatdagi malakali baholovchilarning eng kam soniga oid talablarga javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazish uchun unga taqdim etilgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash imkonini beruvchi axborot xavfsizligi tizimiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Baholash oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Baholash oʻtkazishga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bankni sanatsiya qilish maqsadida baholash oʻtkazishda baholash sanasi Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Agar baholash sanasi Markaziy bank tomonidan belgilanmagan boʻlsa, baholovchi tashkilot baholash sanasi sifatida bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanani yoki unga imkon qadar yaqin boʻlgan sanani belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Baholash kamida quyidagi maʼlumotlarga asoslanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning moliyaviy hisobotlariga, shu jumladan buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hujjatlari va bankda mavjud boshqa maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning balansdan tashqari aktivlari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor tahlili maʼlumotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning bank moliyaviy holatiga oid maʼlumotlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan bankning xususiyatlariga moslashtirilgan tarmoq va bozor koʻrsatkichlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan bankning xususiyatlariga moslashtirilgan baholashga doir tarixiy maʼlumotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot tomonidan ahamiyatli deb topilgan boshqa maʼlumotlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda qoʻllaniladigan asosiy farazlar va (yoki) baholash obyekti qiymatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kamida quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka va (yoki) uning aktivlari va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan makroiqtisodiy va (yoki) moliya sektoriga oid sharoitlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kapital monandligi va likvidlilik koeffitsiyentlarini hisoblashda foydalaniladigan asosiy koʻrsatkichlarni, shu jumladan, tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga taʼsir etuvchi omillarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning biznes modeli va undagi oʻzgarishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatini, xususan, bankning kredit tavakkalchiliklarini boshqarish va investitsiya siyosatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning baholash natijasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa xususiyatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Baholash oʻtkazishda baholovchi tashkilot bank tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvlar, usullar va modellardan yoki oʻzi maqbul deb topgan yondashuvlar, usullar va modellardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda bankning aktivlari, huquqlari va majburiyatlarining aniq qiymatini belgilashi lozim. Agar aniq qiymatni belgilashning imkoni boʻlmasa yoki uni belgilash maqsadga muvofiq boʻlmasa, baholovchi tashkilot qiymat diapazonini belgilashi mumkin. Bunda qiymat diapazonini belgilash uchun asos boʻlgan tegishli maʼlumotlar baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Baholovchi tashkilot baholash obyektining aniq qiymatini aniqlash maqsadida oʻzi asosli deb hisoblagan farazlardan foydalanishi mumkin. Bunda baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda qoʻllanilgan farazlar hamda ularning asoslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar baholash oʻtkazishda baholovchi tashkilot tomonidan qoʻllanilgan farazlar bankning moliyaviy hisobotlarida yoki bank tomonidan tegishli vakolatli organlarga taqdim etilgan hisobotlarda keltirilgan farazlardan sezilarli darajada farq qilsa, baholovchi tashkilot mazkur farqning sabablarini asoslashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda mavjud noaniqliklar, jumladan, buxgalteriya hisobi standartlari va (yoki) qonunchilik doirasida hisobga olib boʻlmaydigan kutilayotgan zararlar boʻyicha inobatga olingan chegirmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Baholovchi tashkilot ahamiyatli noaniqliklar mavjud boʻlgan hollarda qiymat diapazonini belgilashi mumkin. Ahamiyatli noaniqliklar mavjud boʻlgan holatlarga kamida quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning moliyaviy holati yomonlashganligi sababli qaytmaslik xavfi mavjud boʻlgan aktivlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritmayotgan yuridik shaxslarga tegishli aktivlarni baholash. Bunda ushbu aktivlar qiymatini belgilashda ularning daromad keltirish xususiyatini yoʻqotganligi hamda bozor qiymatini aniq belgilash imkoni mavjud emasligi ehtimoli inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adolatli qiymat boʻyicha baholanadigan, biroq bozor qiymatini darhol aniqlash imkoni mavjud boʻlmagan moliyaviy instrumentlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gudvill va boshqa nomoddiy aktivlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning sud nizosi predmeti boʻlgan majburiyatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli majburiyatlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olinmagan foyda yoki zararlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik (qayta takrorlanmaydigan) foyda yoki zararlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalariga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Baholovchi tashkilot bank va (yoki) uning aktivlari qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlaganida, shuningdek bankning auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotlaridagi maʼlumotlardan yoki bank tomonidan tegishli vakolatli organlarga taqdim etilgan maʼlumotlardan sezilarli darajada farq qiluvchi maʼlumotlar aniqlanganda, bu haqda Markaziy bankni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Baholovchi tashkilot bankning aniqlangan va shartli (aniqlanishi mumkin boʻlgan) aktivlari hamda majburiyatlari roʻyxatini, shuningdek taʼminlangan majburiyatlari va ularning taʼminoti boʻlgan aktivlari roʻyxatini shakllantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Baholovchi tashkilot axborot xavfsizligi yoki axborotni oshkor etmaslik talablari buzilgan, shuningdek ularning buzilishi xavfi yuzaga kelgan holat haqida Markaziy bankni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bankni sanatsiya qilish uchun baholash oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bankni sanatsiya qilish uchun oʻtkaziladigan baholashda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sanatsiya qilish vositasi qoʻllanilganda bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish jarayoni boshlangan taqdirda bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobdan chiqarilishi va (yoki) konvertatsiya qilinishi talab etiladigan majburiyatlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktiv, huquq va majburiyatlarning oʻtkazilish (sotilish) qiymati hamda aktiv, huquq va majburiyatlar oʻtkazilganda (sotilganda) bank yoki uning aksiyadorlariga toʻlanadigan qiymatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazish maqsadida muayyan yondashuvlar, usullar va modellarni tanlashda Markaziy bank tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan sanatsiya qilish vositalarini inobatga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Markaziy bank bankka nisbatan qoʻllashi mumkin boʻlgan sanatsiya qilish vositalari haqida baholovchi tashkilotni oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning aktivlari, huquqlari va (yoki) majburiyatlarini mazkur bank balansida saqlab qolishni rejalashtirgan boʻlsa, baholovchi tashkilot ularning qiymatini aniqlashda mazkur aktivlar, huquqlar va majburiyatlarni muddati tugaguniga qadar yoki hisob-kitob toʻliq yakunlangunga qadar saqlab turish natijasida olinishi kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatini inobatga olishi lozim. Bunda baholovchi tashkilot kelgusidagi pul oqimlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillarni inobatga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Agar Markaziy bank tomonidan sanatsiya qilinayotgan bankning aktivlari, huquqlari va majburiyatlarini oraliq bankka yoki boshqa oluvchiga oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlsa, baholovchi tashkilot ularning qiymatini aniqlashda asosiy baholash yondashuvi sifatida yoʻq qilish qiymatidan foydalanishi lozim. Bunda baholovchi tashkilot qiymatni aniqlashda baholash obyektining kelajakdagi tijorat jozibadorligi va daromad keltirish salohiyatini hisobga olishi mumkin. Yoʻq qilish qiymati deganda baholash obyektining uni tashkil etgan aktivlar, huquqlar yoki majburiyatlarning bozor qiymatiga teng qiymati, yaʼni amaldagi bozor sharoitlarida aktivlar, huquqlar yoki majburiyatlar sotilganda (oʻtkazilganda) olinishi kutilayotgan qiymat tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Baholovchi tashkilot har bir sanatsiya qilish vositasini qoʻllashning baholash natijalariga taʼsirini inobatga olishi lozim. Bunda baholovchi tashkilot har bir sanatsiya qilish vositasi qoʻllanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni hisobga olishi hamda ularni baholash natijalarida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Agar ushbu Nizomning 55-bandida belgilangan sanatsiya qilish vositalari doirasida majburiyatlarni aksiyalarga konvertatsiya qilish nazarda tutilgan boʻlsa, baholashda mazkur aksiyalarning qiymati ham aniqlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Zarur hollarda baholash natijalari qiymat diapazonlarini oʻz ichiga olishi lozim. Qiymat diapazonlari oqilona belgilangan boʻlishi hamda Markaziy bankning sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilishida baholash natijalaridan foydalanish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Baholovchi tashkilot Markaziy bank va bankdan baholash oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Bankni sanatsiya qilish uchun dastlabki va yakuniy baholash oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bankni sanatsiya qilish uchun toʻliq baholashdan oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar hamda sanatsiya qilish maqsadlariga erishishni xavf ostiga qoʻyuvchi boshqa holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Markaziy bank yoki Markaziy bank tomonidan tayinlangan baholovchi tashkilot bankning aktivlarini, majburiyatlarini va balansdan tashqari moddalarini dastlabki baholashdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Bankni sanatsiya qilish maqsadida dastlabki baholashni oʻtkazishda noaniqliklar mavjud boʻlgan yoki zararlar yuzaga kelishi kutilayotgan hollarda baholash obyekti qiymatini aniqlashda qoʻshimcha chegirmalar belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Qoʻshimcha chegirmalar miqdorini belgilashda Markaziy bank yoki baholovchi tashkilot qoʻllaniladigan sanatsiya qilish vositalarining muayyan aktivlar boʻyicha pul tushumlariga va ularning qiymatiga koʻrsatadigan taʼsirini inobatga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Dastlabki baholashni oʻtkazishda Markaziy bank yoki baholovchi tashkilot zararlarni baholashda zarur hollarda ekstrapolyatsiya usulidan foydalanishi, yaʼni bir aktiv boʻyicha aniqlangan zararni oʻxshash aktivlarga yoki muayyan aktivlar guruhi boʻyicha aniqlangan zararni bank balansining muayyan qismiga nisbatan tatbiq etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agar bankni sanatsiya qilish maqsadida ushbu paragrafga muvofiq dastlabki baholash oʻtkazilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasida belgilangan talablarga javob beruvchi yakuniy baholash baholovchi tashkilot tomonidan imkon qadar tezroq oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Yakuniy baholash natijalaridan Markaziy bank quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarning va (yoki) kreditorlarning talablarini hisobdan chiqarish yoki qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qarorni asoslantirish yoxud majburiyatlar boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar summasini oshirish yoki kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning avval oʻtkazilgan aktivlari va majburiyatlariga qoʻshimcha tarzdagi aktivlari va majburiyatlarini oraliq bankka oʻtkazish yoki avval oʻtkazilgan aktivlari va majburiyatlarini qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Oʻzbekiston Respublikasining “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkazilgan yakuniy baholash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlar va majburiyatlarni oʻtkazish (sotish) vositasini qoʻllash chogʻida oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlar va majburiyatlarni oʻtkazish (sotish) vositasini qoʻllash maqsadida hisobdan chiqarishni va (yoki) konvertatsiya qilishni amalga oshirishda sanatsiya qilinayotgan bank aksiyadorlari va kreditorlari tomonidan olingan mablagʻlarga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Sanatsiya qilish tartib-taomillari amalga oshirilganidan keyin sanatsiya qilinayotgan bank aksiyadorlari va kreditorlarining sanatsiya qilish natijasida koʻrgan zararlari sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bank majburiy tugatilgan taqdirda ular koʻrishi mumkin boʻlgan zararlardan oshganligini yoki oshmaganligini aniqlash uchun Markaziy bank qisqa muddat ichida baholash oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash bankni sanatsiya qilishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish jarayoni boshlangan taqdirda bankning aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymatni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholashdan oʻtkazishda bankni sanatsiya qilish uchun baholash oʻtkazgan baholovchi tashkilot yoki banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga javob beruvchi boshqa baholovchi tashkilot tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash bankni sanatsiya qilish uchun oʻtkazilgan baholash bilan bir xil sana holatiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Bank aksiyadorlari va kreditorlarining zararlarini baholashda sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish natijasida bankning aksiyador va kreditorlari amalda olgan qiymat bilan ushbu Nizomning 72-bandida nazarda tutilgan qiymat oʻrtasidagi farq aniqlanadi. Bankning aksiyadorlari va kreditorlari amalda olgan qiymat Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash oʻtkazish sanasiga diskontlangan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Agar sanatsiya qilingan bank kreditorlarining talablari bank aksiyalariga konvertatsiya qilingan boʻlsa, baholovchi tashkilot ushbu aksiyalarning qiymatini aniqlash orqali mazkur kreditorlarning bankni sanatsiya qilish natijasida amalda olgan qiymatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish jarayoni boshlangan taqdirda bank aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymatni aniqlashda baholovchi tashkilot quyidagilarni inobatga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan bankni majburiy tugatishga oid qoidalarni, jumladan, kreditorlar talablarini qanoatlantirish navbatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashga oid qoidalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni majburiy tugatish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, jumladan, aktivlarni saqlash, realizatsiya qilish va undirish bilan bogʻliq xarajatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarda avval yuz bergan toʻlovga qobiliyatsizlik holatlariga oid maʼlumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik yoki boshqa moliyaviy qiyinchilik holatlarida tuzilgan bitimlarda belgilangan qiymatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni majburiy tugatishda aktivning realizatsiya qilinish ehtimolini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish jarayoni boshlangan taqdirda bank aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymatni aniqlashda baholovchi tashkilot sanatsiya qilingan bankka koʻrsatilgan tashqi moliyaviy yordamni, shu jumladan Markaziy bank tomonidan likvidlilikni favqulodda qoʻllab-quvvatlash doirasida taqdim etilgan mablagʻlarni inobatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash quyidagi shartlarga asoslanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni majburiy tugatish jarayoni mazkur bankni sanatsiya qilishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran boshlangan deb hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hech qanday sanatsiya qilish vositalari yoki vakolatlari qoʻllanilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan bankka moliyaviy yordam koʻrsatilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Bank aksiyadorlari va kreditorlari zararlarini baholashdan oʻtkazishda baholovchi tashkilot bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Baholovchi tashkilot sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirish natijasida bankning aksiyadorlari va kreditorlari olgan mablagʻlar hamda nomoliyaviy kompensatsiya qiymatini aniqlashda ushbu Nizomning 80-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda bankni sanatsiya qilish natijalariga oid maʼlumotlardan ham foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholashda baholovchi tashkilot tomonidan qoʻllaniladigan qiymat diapazonlari asosli boʻlishi hamda bankning aksiyadorlari va kreditorlari bankni sanatsiya qilish natijasida koʻrgan zarar mazkur bank majburiy tugatilgan taqdirda ular koʻrishi mumkin boʻlgan zarardan oshgan yoki oshmaganligini aniqlash imkonini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazish jarayoni yakunlanganidan soʻng Markaziy bankka yozma shakldagi baholash toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi buxgalteriya hujjatlariga va boshqa hujjatlarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning baholash hisoboti tuzilayotgan sanadagi buxgalteriya balansiga, shuningdek foyda va zararlari toʻgʻrisidagi hisobotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aktivlari va majburiyatlarini hisobga olish qiymatining tahliliga va baholanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank buxgalteriya hisobotining balansdagi va balansdan tashqari hisobvaraqlarida aks ettirilgan majburiyatlarning roʻyxatiga, ularni bajarish muddati koʻrsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash uchun ahamiyatga ega boʻlgan, Markaziy bank tomonidan talab qilinadigan boshqa maʼlumotlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot Markaziy bankning sanatsiya qilishga oid qarorlar qabul qilishi uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartining (roʻyxat raqami 3487, 2023-yil 28-dekabr) 56-bandida belgilangan maʼlumotlar bilan bir qatorda kamida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot tomonidan qoʻllanilgan hamda qiymat va qiymat diapazonini belgilashga asos boʻlgan va (yoki) taʼsir koʻrsatgan barcha farazlarning batafsil tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazishda qoʻllanilgan yondashuvlar, usullar va modellar boʻyicha batafsil tushuntirish va asoslantirishlar, shu jumladan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan turli yondashuv, usul va modellar orasidan muayyan yondashuv, usul va modellarni tanlash sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qiymat diapazonlari boʻyicha batafsil asoslantirishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash oʻtkazishda mavjud boʻlgan noaniqliklar va (yoki) murakkabliklar tavsifi, xususan, maʼlumotlarning mavjudligi va (yoki) ishonchliligi bilan bogʻliq noaniqliklar va (yoki) murakkabliklar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning sanatsiya qilish toʻgʻrisida qabul qilingan sanadagi barcha zararlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Bankni sanatsiya qilish uchun oʻtkazilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda mazkur Nizomning 86-bandida belgilangan maʼlumotlar bilan bir qatorda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilishning har bir vositasi qoʻllanilganda bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish jarayoni boshlangan taqdirda bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Aksiyadorlar va kreditorlarning zararlarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda, mazkur Nizomning 86-bandida belgilangan maʼlumotlar bilan bir qatorda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda mazkur bankni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari olishi mumkin boʻlgan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni sanatsiya qilish natijasida bankning har bir turdagi aksiyadorlari va kreditorlari amalda olgan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning aksiyadorlari va kreditorlari bankni sanatsiya qilish natijasida olgan qiymat bilan bank majburiy tugatilgan taqdirda ular olishi mumkin boʻlgan qiymat oʻrtasidagi farq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Agar baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilmagan va (yoki) tasdiqlanmagan maʼlumotlardan foydalangan boʻlsa, baholovchi tashkilot ushbu maʼlumotlar bilan bogʻliq noaniqliklarni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash oʻtkazish jarayonida baholovchi tashkilotning belgilangan tartib-taomillarga rioya etganligini tekshirish imkonini beruvchi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Oʻtkazilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning qisqacha mazmuni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida belgilangan tartibda eʼlon qilinadi. Bunda baholash toʻgʻrisidagi hisobotdagi quyidagi maʼlumotlar eʼlon qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya qilinayotgan bankka yoki bankning mijozlari, kontragentlari, xodimlari yoki aksiyadorlariga tegishli sir saqlanadigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot tomonidan baholash oʻtkazishda qoʻllanilgan sir saqlanadigan maʼlumotlar, shu jumladan baholash yondashuvi, usuli va modellari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Agar Markaziy bank baholash toʻgʻrisidagi hisobotning qisqacha mazmuni eʼlon qilinishi sanatsiya qilish maqsadlariga erishishga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin deb hisoblasa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning qisqacha mazmunini eʼlon qilishni sanatsiya qilish jarayoni yakunlanguniga qadar kechiktirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼlumot taqdim etishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Banklar baholovchi tashkilotning baholash oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovini bajarishi shart. Agar bank baholovchi tashkilotning maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovini bajara olmasa, bu haqda Markaziy bankni va baholovchi tashkilotni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Banklar baholash oʻtkazish uchun baholovchi tashkilot talab qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni, jumladan, tegishliligi boʻyicha ushbu Nizomning 44-bandida belgilangan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishni taʼminlash maqsadida axborot tizimiga ega boʻlishi, shuningdek, tegishli maʼlumotlarning doimiy saqlanishini taʼminlashi va ularni muntazam yangilab borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishda foydalanilgan barcha maʼlumotlarning kamida uch yil davomida xavfsiz saqlanishini taʼminlashi lozim. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot yuzasidan nizo kelib chiqqan boʻlsa yoki baholash toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqilayotgan sud ishida dalil sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlsa hamda bunday nizo yoki sud ishi uch yildan ortiq davom etsa, baholovchi tashkilot tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni nizo yoki sud ishi toʻliq yakunlanguniga qadar saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Baholash oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Markaziy bank quyidagi hollarda baholovchi tashkilot bilan baholash oʻtkazish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomani bekor qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot baholash oʻtkazishni boshlash yoki davom ettirish imkoniga ega boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilot shartnomada belgilangan muddatda baholash toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning mustaqilligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki manfaatlar toʻqnashuviga olib keluvchi holatlar aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Baholash ustidan shikoyatlar sanatsiya qilish toʻgʻrisidagi qarordan alohida tarzda koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2026-y., 10/26/3938/0927-son)