07.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3890
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3890]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2026-yil 6-iyuldagi 137-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi) vakolatiga kiradigan masalalarga doir favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼiy nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, shu jumladan avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirish orqali olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 va 2-ilovasida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar (sub-koʻrsatkichlar) boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xavf darajasini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar va sub-koʻrsatkichlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 1-guruhga mansub obyektlarda yongʻin xavfsizligi sohasida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tabdirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asosiy koʻrsatkichlar (sub-koʻrsatkichlar) boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 80 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 60 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Yonuvchi muhitni hosil qiluvchi omillar mavjudligi

25

 

1.1

Chordoq va yertoʻlalar, texnik qavat, ventilyatsiya kanallari va boshqa texnik xonalarda yonadigan mahsulotlar, uskuna, mebel va boshqa yonuvchi buyumlarning saqlanishi

5

 

1.2

Obyekt hududi va unga tutash qismi, ombor va yordamchi xonalarning axlatlar, qadoq, xazon, quruq oʻt va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanmaganligi

5

 

1.3

Obyektdagi shamollatish kameralari, siklon, filtrlar, havo oʻtkazgich va boshqa texnologik uskunalarning belgilangan muddatlarda yonuvchi chang hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanmaganligi

5

 

1.4

Yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi gaz, bosim ostidagi sigʻim va texnologik uskunalardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi

5

 

1.5

Modda va materiallarni birgalikda saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi

5

 

2.

Yondirish manbalarini hosil qiluvchi omillar mavjudligi

30

 

2.1

Obyektda yongʻinga qarshi rejimga rioya qilinmaganligi va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmaganligi

6

 

2.2

Elektr kabel va simlar himoya qobiqlarining qarshilikka chidamliligini sinovdan oʻtkazilmaganligi

6

 

2.3

Elektr uskunalari elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻrnatilmaganligi, ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoyalanmaganligi hamda ulardan foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi

6

 

2.4

Isitish pechlarini, shu jumladan gazdan foydalanish uskunasini ishlatishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi

6

 

2.5

Gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarining koʻrilmaganligi

6

 

3.

Yongʻinning tarqalishiga olib keluvchi omillarning mavjudligi

15

 

3.1

Binolarning yogʻoch qurilish konstruksiyalariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmaganligi

3

 

3.2

Bino va inshootlar oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliqlarda turli buyumlar, asbob-uskunalar, qadoqlar va transport vositalarini saqlashga, shuningdek ushbu oraliqlarda bino va inshootlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek omborxonalarda tovar-moddiy boyliklarni saqlashda belgilangan yongʻinga qarshi oraliq masofalariga rioya etilmaganligi

3

 

3.3

Evakuatsiya yoʻllarida devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, boʻyoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanilganligi

3

 

3.4

Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

3

 

3.5

Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

3

 

4.

Yongʻinda odamlar hayotiga katta xavf soluvchi omillarning mavjudligi

15

 

4.1

Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish taʼminlanmaganligi, shuningdek evakuatsiya yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi

3

 

4.2

Yoʻlaklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, har xil buyumlar bilan toʻsib qoʻyish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlanganligi

3

 

4.3

Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yoʻllarini va chiqish joylarini koʻrsatuvchi yongʻin xavfsizligi belgilari oʻrnatilmaganligi

3

 

4.4

Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tashkil etilmaganligi

3

 

4.5

Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablarining bajarilmaganligi

3

 

5.

Yongʻinni bartaraf etishni qiyinlashtiruvchi omillarning mavjudligi

15

 

5.1

Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

3

 

5.2

Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

3

 

5.3

Olovli ishlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari bajarilmaganligi

3

 

5.4

Obyekt hududi hamda undagi bino va inshootlarga yongʻin oʻchirish texnikalarining erkin kirib borishi va yongʻin oʻchirish hamda avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish imkoniyati taʼminlanmaganligi

3

 

5.5

Obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti tuzilmaganligi

3

 

Jami ball yigʻindisi

100

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-guruhga mansub obyektlarda yongʻin xavfsizligi sohasida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

1-guruhga mansub obyektlar bir yilda koʻpi bilan bir marta batafsil va nazorat tartibida tekshiruvdan oʻtkazilmaganligi

80

 

2.

Normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ hujjatlar, davlat yongʻin nazoratining hujjatlari va yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinmaganligi

10

 

3.

Soz holatdagi yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻin texnikasi, shuningdek tezkor aloqa vositalari bilan taʼminlanmaganligi

5

 

4.

Gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilganligi

5

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) 21-ilovasida keltirilgan 1-guruhga mansub obyektlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/3890/0702-son)