14.11.2024 yildagi PF-184-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlarga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga koʻmaklashish va qonunbuzilishlarning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Biznes ombudsman), Oliy Sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarimani bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar sonini yashirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga davlat bojini quyidagi miqdorlarda qaytarib berish tartibini joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi instansiya sudida — toʻlangan davlat bojining 70 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlar boʻyicha sudda — toʻlangan davlat bojining 30 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznes-ombudsman Oliy Sud, Adliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu band talablaridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar) va ularning nazorat sohalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu roʻyxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etilishi, shuningdek, tekshiruv va profilaktika tadbirlarini tashabbus etish ushbu tizim natijalari asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq boʻlmagan holatlarda, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga, davlat manfaatlariga, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfining tezkor oldini olish yoki bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 2-ilovaga muvofiq tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 39-moddasiga muvofiq, kameral soliq tekshiruvlari hamda Bojxona kodeksiga muvofiq amalga oshiriladigan bojxona nazorati shakllari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta va yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi yoki tekshiruv oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazish xavfining oldini olish yoki bartaraf etishga qaratilgan tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalaridan qatʼi nazar oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona organlari tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbirlari doirasida amaldagi profilaktika shakllariga qoʻshimcha ravishda Biznes-ombudsman va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tasdiqlangan namunadagi cheklist toʻldirilishi natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil qilish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar takomillashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida xavf darajasini aniqlash tartiblarini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Biznes-ombudsman bilan birgalikda 2025-yil 1-martga qadar budjet tashkilotlari faoliyatida oʻtkaziladigan tadbirlarni roʻyxatga oladigan “Davlat auditi” dasturiy kompleksini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet tashkilotlari faoliyatidagi nazorat tadbirlari va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga uzatilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yildan boshlab nazorat qiluvchi organlarning tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega xodimlari har ikki yilda Biznes-ombudsman tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kurslarida malakasini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquv kurslarida ishtirok etishni moliyalashtirish nazorat qiluvchi organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Biznes-ombudsman har yili 1-fevralga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi tekshiruvlarning qonuniyligi va oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilganligi, tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlari, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari kabi koʻrsatkichlar asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholab, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning reytingini eʼlon qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar rahbarlari masʼuliyatini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Biznes-ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Biznes-ombudsman D.S. Qosimov hamda nazorat qiluvchi organlar rahbarlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-184-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nazorat qiluvchi organ nomi

Nazorat sohasi

1.

Hisob palatasi

Vakolatiga kiradigan masalalarga doir davlat tashqi auditi va moliyaviy nazorat

2.

Markaziy bank

Markaziy bank tomonidan faoliyati tartibga solinadigan tashkilotlar faoliyati ustidan nazorat

3.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi nazorat

 31.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari maqsadli sarflanishi ustidan nazorat

4.

Adliya vazirligi

Intellektual mulkka oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat

5.

Ichki ishlar vazirligi

Xususiy avtomaktablar faoliyati, oʻq-dorilarning, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek, pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada boʻlishi ustidan nazorat

6.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat

7.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimlikni yetishtirish faoliyati ustidan nazorat

8.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi, koʻp kvartirali uylarni saqlash va foydalanish xarajatlarini aniqlash talablariga, koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

9.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Nodavlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati ustidan nazorat

10.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Nodavlat oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat

11.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

Tibbiy faoliyat ustidan nazorat

111.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi ustidan nazorat

12.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish hamda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat

13.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat

14.

Bojxona qoʻmitasi

Bojxona kodeksi talablari asosida bojxona nazorati, shu jumladan bojxona auditi

15.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Veterinariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat

16.

Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi

Davlat zaxirasidagi tovarlarning toʻplanishi, yangilanishi, almashtirilishini tartibga solish sohasida nazorat

17.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Diniy taʼlim muassasalari hamda umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyati ustidan nazorat

18.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, tovar-xomashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat

19.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari ustidan nazorat

20.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini, atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini hamda liftlar va attraksionlardan foydalanish xavfsizligini taʼminlash ustidan nazorat

21.

Soliq qoʻmitasi

Soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat

22.

Turizm qoʻmitasi

Turizm sohasidagi qonunchilik talablari bajarilishi ustidan nazorat

24.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, lotereya hamda internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga solish sohasida nazorat

25.

Kadastr agentligi

Yerlardan maqsadli foydalanilishi, ijara shartnomasi boʻyicha majburiyatlarga rioya etilishi ustidan nazorat

26.

Kinematografiya agentligi

Kinematografiya faoliyati ustidan nazorat

27.

Madaniy meros agentligi

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida nazorat

28.

“Oʻzarxiv” agentligi

Arxiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi ustidan nazorat

29.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat

30.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

Oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalari ustidan nazorat

31.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan parvozlar insonlar sogʻligʻi va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini taʼminlash ustidan nazorat

32.

Migratsiya agentligi

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat ustidan nazorat

33.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat

34.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida nazorat

35.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi

Axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt sohalarida, shu jumladan, axborot tizimi va resurslari, maʼlumotlar bazalari, raqamli xizmatlar, dasturiy taʼminot faoliyati, ommaviy axborot vositalari faoliyati, noshirlik va matbaa faoliyati nazorati hamda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish

36.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat ustidan nazorat

37.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Qurilish obyektlarida, koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ichimlik suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarish sohasida nazorat

38.

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat

39.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazorat

40.

Transport nazorati inspeksiyasi

Avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat

41.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazorat

42.

“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi

Konsert-tomosha va gastrol faoliyati ustidan nazorat

43.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiya qilinishini tartibga solish hamda farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat

44.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati 

45.

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, shuningdek, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish faoliyati ustidan nazorat

 

46.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya

Bino va inshootlarda, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida hamda transport vositalaridan foydalanishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan nazorat

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda, taftish esa jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazish “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF-141-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish tartibida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEKSHIRUVLAR ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nazorat funksiyalari

(tekshiruvlar)

Nazorat qiluvchi organ

1.

Quyidagi masalalar boʻyicha tekshiruv oʻtkazish: tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish; tibbiy faoliyat litsenziya olinmasdan amalga oshirayotganligini tekshirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

12.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Quyidagi masalalar boʻyicha tezkor nazorat tadbirlarini oʻtkazish:

yonuvchan moddalar va qurilish materiallarini joylashtirish yoki ochiq alangalatishda va boshqa salbiy holatlar orqali atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik;

maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamagan holda bitumni eritish, dalalar va aholi punktlarida angʻiz, toʻkilgan xazon va daraxtlar novdalarini yoxud boshqa oʻsimlik qoldiqlarini yoqish;

oqova suvlarni joy relyefiga yoki ochiq suv obyektlariga, shuningdek, kommunal kanalizatsiya tizimiga meʼyoridan ortiq yoki ruxsatsiz tashlash;

suvni tabiiy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish yoki maxsus isteʼmoli uchun ruxsatnomasiz olish;

daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni noqonuniy terish va tayyorlash yoki yoʻq qilish, yovvoyi hayvonlarni (shu jumladan baliqlarni) noqonuniy ovlash;

chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaslik;

daryolar, soylar, kichik daryo va koʻllarning oʻzanlari va suvni muhofaza qilish zonalarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmaslik, keng tarqalgan foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish;

sanoat usulida baliq ovlash bilan shugʻullanuvchi shaxslarning baliq ovlash qoidalariga rioya qilishi boʻyicha monitoring;

atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

3.

Mehnat munosabatlarida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

4.

Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, shuningdek, pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish.

Ichki ishlar vazirligi

5.

Zaharlanish va yuqumli kasalliklar tarqalishi holatlari boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tekshiruvlar.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

6.

Fitosanitariya talablariga rioya qilinishini, mineral, organik va mikrobiologik oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini saqlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish, biomahsulotlar ishlab chiqarilishida sifat koʻrsatkichlari borasida belgilangan qoida va talablarga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan parvozlar insonlar sogʻligʻi va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oshirilishini nazorat qilish.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi

8.

Ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya qilinganligini oʻrganish maqsadida barcha qurilish obyektlarida, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joy qurish, koʻp kvartirali uylar, ichimlik suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarish obyektlarida, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari oʻtkazish.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

9.

Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar.

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

10.

Yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirmaslikka, oʻzboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olishga yoki ularning chegaralarini oʻzgartirishga, yerlarning toifasidan qatʼi nazar, barcha turdagi binolar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurishga yoʻl qoʻymaslik ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kadastr agentligi,

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

11.

Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

12.

     Quyidagi masalalar boʻyicha tezkor nazorat tadbirlarini oʻtkazish:

     yoqilgʻi-energiya resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va isteʼmol qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ushbu sohadagi talablarga rioya etish;

     yoqilgʻi-energiya resurslarini behuda sarflash, ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish hamda isteʼmolchilarga realizatsiya qilinayotgan yoqilgʻi-energiya resurslari sifatini (neft va gaz mahsulotlaridan namunalar olish, laboratoriyada tahlil qilish, miqdorini oʻlchash va tarqatish) nazorat qilish.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

13.

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish qoidalariga rioya etilishini tashish jarayonida reydlar oʻtkazgan holda nazorat qilish.

Transport nazorati inspeksiyasi

14.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va attraksionlardan foydalanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

15.

Farmatsevtika faoliyatini (shu jumladan, dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishni) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga muvofiq quyidagilar yuzasidan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish:

1. Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish.

2. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq toʻlash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik.

3. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish.

4. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida toʻliq aks ettirmaslik.

Soliq qoʻmitasi

17.

 Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olish holatlari boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

18.

Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq quyidagilar yuzasidan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida tekshiruv oʻtkazish:

1. Koʻp kvartirali uylarni saqlash va foydalanish xarajatlarini aniqlash boʻyicha talablarga, koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

2. Koʻp kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 

19.

Bino va inshootlarda, yoʻl va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida hamda transport vositalaridan foydalanishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqsiz muhit yaratilganligi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan nazorat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatga kiritilgan tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshiruvlar boshlangandan soʻng 24 soat ichida roʻyxatga olinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarimani bekor qilish;

b)quyidagilar uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilish:

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;

qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;

xodimlar sonini yashirish;

v) sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga davlat bojini quyidagi miqdorlarda qaytarib berish tartibini joriy etish:

birinchi instansiya sudida — toʻlangan davlat bojining 70 foizi;

apellyatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlar boʻyicha sudda — toʻlangan davlat bojining 30 foizi.

Qonun loyihasi

2024-yil dekabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Oliy Sud

(Islamov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

g) Biznes-ombudsmanning quyidagi masalalar yuzasidan sudlarga shikoyat kiritish vakolatini taʼminlash maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish:

tadbirkorlik subyektlariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorlar ustidan;

tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash masalalari boʻyicha masʼul tashkilotlar ustidan.

2.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida xavf darajasini aniqlash mezonlari va tartiblarini qayta koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Nazorat qiluvchi organlar,

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

3.

1. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Nazorat qiluvchi organlar

2. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi bilan integratsiya qilish, (bundan soliq va bojxona organlarining “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimlari mustasno).

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Nazorat qiluvchi organlar,

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

4.

Quyidagilar asosida nazorat qiluvchi organlarning nazorat tadbirlarini oʻtkazishga doir talab va nizomlarni takomillashtirish:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirilishi;

tekshiruv va profilaktika tadbirlarini tashabbus etish “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida amalga oshirilishi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

Nazorat qiluvchi organlar

5.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda qatnashadigan xodimlarni inson omilini cheklagan holda avtomatlashtirilgan tizim orqali belgilash amaliyotini yoʻlga qoʻyish va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga integratsiya qilish, bundan maxsus guvohnomaga ega xodimlar soni 10 tagachani tashkil etadigan nazorat qiluvchi organlar mustasno.

Bunda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni nazorat qiluvchi organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Nazorat qiluvchi organlar,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

6.

Budjet tashkilotlari faoliyatida oʻtkaziladigan tadbirlarni roʻyxatga oladigan “Davlat auditi” dasturiy kompleksini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.

Bunda budjet tashkilotlari faoliyatida oʻtkazilgan tadbirlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga uzatilishini inobatga olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Hisob palatasi

(Boboyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

7.

1. Nazorat qiluvchi organlarning tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish. Bunda:

oʻquv kurslarida ishtirok etadigan nazorat qiluvchi organlar va ular xodimlarining reyestrini shakllantirish;

tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv oʻtkazish tartibi, tadbirkorlar va tekshiruvchilarning huquq va majburiyatlariga doir koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslari rejasini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

2. Oʻquv kurslari rejasiga asosan nazorat qiluvchi organlarning tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega xodimlarini oʻqitish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab har ikki yilda

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

nazorat qiluvchi organlar

3. Oʻquv jarayonlarini raqamlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

8.

Nazorat qiluvchi organlarning reytingini shakllantirish va eʼlon qilish. Bunda:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi tekshiruvlarning qonuniyligi va oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilganligi, tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlari, tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari kabi koʻrsatkichlar asosida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholash metodikasini ishlab chiqish hamda Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashida muhokama qilgan holda tasdiqlash;

Idoraviy hujjat

2024-yil dekabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

ishlab chiqilgan metodika asosida nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini baholash, ularning reytingini shakllantirish va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida eʼlon qilish;

nazorat qiluvchi organlar rahbarlari masʼuliyatini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili 1-fevralga qadar

9.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirilishi;

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

b) tadbirkorlik subyektlari faoliyati majburiy talablarga mosligi boʻyicha oʻzini oʻzi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish:

majburiy talablar reyestri asosida tadbirkorlikning har bir yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatining majburiy talablarga mosligini tekshirish imkonini beruvchi cheklist joylashtirish;

cheklistni toʻldirish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil mart

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

nazorat qiluvchi organlar

10.

1. Xalqaro nohukumat tashkilotlarning grantlarini jalb etish hisobiga quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Business-ombudsman maʼmuriy” axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish:

tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish hamda ularni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish va koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan vakolatli organlarga elektron shaklda yuborish;

maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxs, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda toʻplash, umumlashtirish, saqlash va tahlil qilish;

maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan mansabdor shaxslarning elektron reyestrini shakllantirish;

maʼmuriy bayonnoma va maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni elektron shaklda rasmiylashtirish;

maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni joyida axborot texnologiyalari yordamida rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

2. “E-Business-ombudsman maʼmuriy” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi yagona elektron ish yurituv tizimiga (“E-maʼmuriy ish”) integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

11.

Barcha sohalardagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida xavf darajasini aniqlash tartibini oʻz ichiga oluvchi yagona “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashida muhokama qilish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil noyabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

nazorat qiluvchi organlar,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

12.

Advokatlik faoliyati yoki xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi maʼmuriy sudlarga beriladigan arizalar boʻyicha arizachi va javobgarlarning davlat bojidan ozod etilganligini belgilash.

Qonun loyihasi

2025-yil yanvar

Oliy sud

(Islamov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

13.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini takomillashtirish, uni texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Call-markaz” xizmatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot xati

2024-yil dekabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

14.

1. Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda targʻibot materiallari toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash.

2. Targʻibot materiallari toʻplamini Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazish.

3. Targʻibot materiallari toʻplami asosida Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

15.

1. Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazilishi haqida Biznes-ombudsman rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish.

2. Matbuot anjumani oʻtkazish va ommaviy axborot vositalari vakillariga tayyorlangan targʻibot materiallari toʻplamini taqdim etish.

3. Matbuot anjumanini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

OʻzMTRK

(Joʻraboyev)

16.

1. Tadbirkorlarning tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablardan xabardorligini oshirishga oid seminar-treninglar tashkil etish boʻyicha choraklik reja-grafiklarni tasdiqlash.

Reja-grafik

2025-yil fevral

Nazorat qiluvchi organlar,

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Malakali mutaxassislar, ekspertlar, jumladan, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlarini jalb etgan holda reja-grafikka asosan seminar-treninglarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafikka asosan

17.

1. Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar boʻyicha savol-javoblar, animatsion roliklar va boshqa usullardan foydalangan holda huquqiy axborot kontentini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy targʻibot materiallarini tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmonining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning asosliligini, oʻtkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi va oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilganligini oʻrganadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6314-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxati qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda ushbu roʻyxatga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan hamda nazorat sohasida nazarda tutilmagan masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat tadbirlarini oʻtkazish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning beshinchi xatboshisidagi “oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlari “oʻtkaziladigan tekshiruvlar hamda Vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatida nazarda tutilgan tekshiruvlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilovaning 10-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-178-son Farmoni 5-bandining “b” kichik bandidagi “1-martga qadar” soʻzlari “1-avgustga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoni 7-bandining oʻn birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmonining 8-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5006-son qarorining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlarini tadbirkorlik subyektlari moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qoʻllanmalar bilan taʼminlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida yoxud cheklist toʻldirilishi natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish orqali amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil belgilangan tartibda xabardor etilmaganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom nazorat qiluvchi organlar va ularning tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organlar) tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga nisbatan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibining ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — qonunchilik bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolat berilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik bilan vakolat berilgan davlat organlari va tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi — vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qiluvchi, tadbirkorlik subyektlarida yuridik ahamiyatga ega harakatlarni hamda maʼmuriy yoki sud organlarida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
cheklist — profilaktika tadbiri doirasida tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻldiriladigan namunaviy shakldagi savolnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfni tahlil etish” elektron tizimi — nazorat qiluvchi organlar tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv dasturi — tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvning nazorat savolnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) — tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bogʻliq katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni (xabardor etish yoki tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish orqali) va ular natijalarini roʻyxatga olishni taʼminlovchi elektron axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tekshiruvlar vakolatli organni xabardor etish yoki tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida xabardor etgan holda Axborot tizimida roʻyxatga olish orqali oʻtkaziladi, bundan tezkor-qidiruv tadbirlari, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida oʻtkaziladigan taftish va kameral soliq tekshiruvlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi texnik sabablarga koʻra ishlamagan taqdirda tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor etish yoki tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish keyinchalik Axborot tizimga kiritish sharti bilan qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda texnik nosozlik Vakolatli organ tomonidan rasman tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organ va vakolatli organ oʻrtasidagi davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan tekshiruvlarni oʻtkazishga oid axborot almashinuvi davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda bunday tekshiruvlar Axborot tizimida roʻyxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tekshiruv ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tekshiruv oʻtkazishda tadbirkorlik subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxsining tekshiruv masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkazishda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilib olinayotgan hujjatlarni, agar ushbu hujjatlar yoki ularning nusxalari tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organga oldingi oʻtkazilgan tekshiruvlarda taqdim etilgan boʻlsa, taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish, ekspertning xulosasi bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertni rad etish va ekspertni oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan tayinlash toʻgʻrisida iltimos qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan, shuningdek, belgilangan tartibda tekshiruv natijalari ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq (qaror, farmoyish) belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan va buyruq nusxasi tadbirkorlik subyektiga berilmagan, tekshiruv toʻgʻrisida vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilmagan (tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida xabardor etish tartibi bundan mustasno), nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud boʻlmagan, Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortilgan hollarda, nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududi va binolariga qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tekshiruvlarni oʻtkazishda tadbirkorlik subyektlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxsining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik, uning tekshiruv bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsiga tekshiruv bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot tashuvchi vositalarda saqlanadigan hujjatlar va axborotni oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tekshiruvlarni oʻtkazishda nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining tekshiruv bilan bogʻliq, shu jumladan, elektron axborot tashuvchi vositalarda saqlanadigan hujjatlari va maʼlumotlarini talab qilib olish va oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining hududlari va binolarini koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlar davomida tadbirkorlik subyektini yozma bildirish asosida nazorat qiluvchi organga tekshiruv bilan bogʻliq tushuntirishlar berish uchun chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tekshiruvlarni oʻtkazishda nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektini tekshiruv maqsadi, tadbirkorlik subyektining huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlar haqidagi yozuvlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti faoliyatiga tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan masalalar boʻyicha aralashmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshiruv tugagan kuni tadbirkorlik subyektiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv natijalarini Axborot tizimiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining zimmasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vakolatli organni tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nazorat qiluvchi organ tadbirkorlik subyekti faoliyatida quyidagilar asosida tekshiruv oʻtkazishni tashabbus qilishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazish xavfining oldini olish yoki bartaraf etish uchun (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalaridan olingan maʼlumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishni tashabbus qilishda, dastlab nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik subyektining amalda faoliyat koʻrsatayotganligi oʻrganib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma Axborot tizimiga nazorat qiluvchi organning markaziy apparati tomonidan kiritiladi. Bunda bir kunlik muddatda tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qiluvchi organning hududiy boʻlinmasi tomonidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatida (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) nazarda tutilgan tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida Axborot tizimiga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat qiluvchi organ rahbari (yoki rahbar oʻrinbosari) tomonidan tekshiruv toʻgʻrisida xabardor qilish uchun Axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda tasdiqlangan xabarnoma kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkazadigan nazorat qiluvchi organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, IFUT kodi, yuridik va tekshiruv oʻtkazish manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat yoki maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkazish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv predmeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvda qamrab olinadigan faoliyat davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha batafsil maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, profilaktika tadbirlari oʻtkazilganligi boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (oʻtkazilgan boʻlsa) hamda tekshiruv dasturi xabarnomaga ilova sifatida Axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv dasturi ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan asos doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq (qaror, farmoyish) qabul qiladi hamda bir ish kunida Axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyruqda (qarorda, farmoyishda) tekshiruv oʻtkazish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan asos, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari tarkibi, tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati, tekshiruvda qamrab olinadigan faoliyat davri va tekshiruv Axborot tizimida roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi maxsus kod koʻrsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tekshiruvlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nazorat qiluvchi organ “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda tadbirkorlik subyektini uning Axborot tizimidagi shaxsiy kabineti yoki pochta aloqasi (agar elektron shaklda xabardor etishning texnik imkoniyati mavjud boʻlmasa) orqali xabardor qiladi, Roʻyxatda nazarda tutilgan hamda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tekshiruv oʻtkazish muddati va predmeti, taraflarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar berish tartibi, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat berish tartibi va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq masalalar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv boshlanishi haqida xabarnomani olgan tadbirkorlik subyekti tekshiruv oʻtkazilishidan oldin yuridik manzilini oʻzgartirgan yoki u qayta tashkil etilgan hollarda tekshiruv nazorat qiluvchi organ tomonidan qayta xabardor qilmasdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti Axborot tizimi yoki pochta aloqasi orqali yuborilgan tekshiruv boshlanishi haqida xabarnomani shaxsan olmaganligi tekshiruv oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbarini (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshiruv maqsadi bilan tanishtiradi, unga oʻz xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomani koʻrsatadi, tekshiruvni oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organning tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshiruv dasturi) nusxalarini tilxat olgan holda taqdim qiladi, shuningdek, Axborot tizimiga tekshiruvning maxsus kodini kiritish orqali tekshiruvga doir maʼlumotlarni olish huquqini tushuntiradi, Roʻyxatda nazarda tutilgan tekshiruvlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti oʻz soʻroviga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Axborot tizimidan bepul real vaqt rejimida Internet tarmogʻi orqali yoki qisqa xabar (SMS) koʻrinishida olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxasi tadbirkorlik subyektiga tilxat olingan holda topshirilgan kun tekshiruvni oʻtkazish boshlangan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektining tekshiruv oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshiruvni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnoma rasmiylashtirilgan vaqt tekshiruvni oʻtkazish boshlangan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tekshiruvni faqat tekshiruv oʻtkazishga ruxsat berilgan nazorat qiluvchi organ va uning tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan mansabdor shaxslari oʻtkazishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organning tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvga uning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni oʻzining hududiy boʻlinmalariga yuklatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirishdan bosh tortgan taqdirda yoki mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq taqdim etmagan hamda tekshiruvga nazorat qiluvchi organning buyrugʻida (qarori, farmoyishi) koʻrsatilmagan boshqa shaxslarni jalb etish holatlarida, tekshiruvga shartnoma asosida auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlarni jalb etish holatlari bundan mustasno, tadbirkorlik subyekti tekshiruv oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda ushbu holat haqida vakolatli organga, Savdo-sanoat palatasiga va prokuratura organlariga xabar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruv qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tekshiruv oʻtkazish jarayonida nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari va tekshiruv dasturida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tekshiruv tadbirkorlik subyektining ish vaqti davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkorlik subyekti faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvda, shuningdek, profilaktika tadbirlarida uning soʻroviga koʻra Savdo-sanoat palatasining vakillari, tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatida tekshiruv oʻtkazishda esa mazkur birlashmalar vakillari ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruv davomida tadbirkorlik subyektiga soliq maslahatchilari, tarjimon va (yoki) advokatlar tomonidan shartnoma asosida tegishli xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tekshiruv boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarni tekshiruvda ishtirok etishga jalb qilish huquqini tushuntiradi hamda bu haqda tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan tekshiruv oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar nusxalari olinganligini tasdiqlovchi tilxatda maʼlumot qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan maʼlum qilingan mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslarning tekshiruvda ishtirok etish uchun yetib kelmasligi tekshiruv oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tekshiruv bilan tadbirkorlik subyektining bevosita tekshiruv predmeti bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat davri qamrab olinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv oʻtkazish vaqtidan oldingi uch kalendar yildan koʻp boʻlmagan muddatdagi faoliyat qamrab olinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvni oʻtkazayotgan nazorat qiluvchi organ tomonidan ilgari tekshirilgan faoliyat davri, predmeti va obyekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazilmaydi, davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshiruvlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvda ishtirok eta olmagan, talab etilgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki sohaviy mutaxassislar mavjud boʻlmagan taqdirda, tekshiruv nazorat qiluvchi organning buyrugʻi (qarori, farmoyishi) asosida toʻxtatilishi hamda nazorat qiluvchi organning asoslantirilgan murojaatiga koʻra yoki nazorat qiluvchi organ tomonidan asoslantiruvchi hujjatlar bilan keyinchalik vakolatli organni xabardor qilgan holda tekshiruv boshqa vaqtga koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati koʻchirilgan tekshiruvni oʻtkazish tekshiruv toʻxtatilgan oydan keyingi oyning soʻnggi kunidan kechiktirmasdan taʼminlanishi lozim. Ushbu muddatda oʻtkazilmagan tekshiruv oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunday tekshiruv keyinchalik umumiy tartibda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tekshiruv muddatini maksimal uzaytirish nazorat qiluvchi organning asoslantirilgan soʻroviga muvofiq vakolatli organni xabardor qilgan holda faqatgina bir marta va dastlab belgilangan tekshiruv muddatidan oshmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin. Bunda dastlab oʻtkazilgan va uzaytirilayotgan tekshiruvlarning jami muddatlari qonunchilikda belgilangan tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlaridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tekshiruvni tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan manzilda oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, uni tadbirkorlik subyektining yozma roziligi bilan ushbu subyekt roʻyxatdan oʻtgan yoki faoliyat yuritayotgan hududdagi nazorat qiluvchi organ binosida oʻtkazish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tekshiruvlar natijalari tekshiruv dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Tekshiruv dalolatnomasi kamida ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kunlik muddatda oʻtkaziladigan tekshiruv dalolatnomasi tekshiruv oʻtkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq boʻlgan tekshiruv boʻyicha esa, tekshiruv muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tekshiruv dalolatnomasining nusxalari nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi va tadbirkorlik subyektining rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolanadi, bir nusxasi tadbirkorlik subyekti rahbariga (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxsga) uni olgan sanani koʻrsatgan holda imzo qoʻydirib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tadbirkorlik subyekti oʻtkazilgan tekshiruv natijasi boʻyicha oʻz eʼtirozlarini dalolatnomada yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tadbirkorlik subyekti tekshiruv dalolatnomasini olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda dalolatnomada qayd etadi va shu paytdan eʼtiboran tekshiruv tugagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda tekshiruv dalolatnomasining bir nusxasi u tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda elektron shaklda tuzilib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tekshiruv natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma, qayd etilgan qonunbuzilish holatlari va tekshiruv oʻtkazish haqida tadbirkorlik subyekti xabardor etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pochta kvitansiyasi va elektron axborot tizimlarining maʼlumotlari) tekshiruv yakunlangandan soʻng uch ish kuni ichida, tadbirkorlik subyektiga nisbatan qoʻllanilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yozma koʻrsatma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar va sud qarorlari) mazkur choralar qoʻllanilgandan soʻng bir ish kunidan kechiktirilmasdan nazorat qiluvchi organlar tomonidan Axborot tizimiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tekshiruv natijasida aniqlangan bank siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarga oid maʼlumotlar Axborot tizimiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvda jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, nazorat qiluvchi organ darhol huquqni muhofaza qiluvchi organga xabar berishi hamda tekshiruv yakunlangan vaqtdan boshlab oʻn kun ichida ushbu holat boʻyicha barcha hujjatlarni yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvida jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa, bu haqda xabar berish soliq qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tekshiruvlar oʻtkazilishini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vakolatli organ nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar belgilangan tartibda oʻtkazilganligini doimiy ravishda monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Monitoring natijalariga koʻra nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganligi yoki tekshiruv davomida qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyganligi aniqlanganda vakolatli organ tomonidan ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazorati Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda qonunchilikda belgilangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Profilaktika tadbirlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Profilaktika tadbiri nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni tushuntirish, ularning talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar, shuningdek, tadbirkorlik subyektining faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unga soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar va preferensiyalar haqida tushuntirishlar berish, shuningdek, qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Profilaktika tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita joyiga chiqmagan va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmagan holda huquqiy targʻibot, seminarlar, tushuntirish ishlari va amaliy mashgʻulotlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga pochta aloqasi yoki elektron axborot tizimlari orqali ularning faoliyati yuzasidan qonunchilik talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar, tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgan sohada sodir etilayotgan tizimli huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlar boʻyicha xabarnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni ommaviy muhokama qilish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida veb-saytlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda blog va chatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik talablariga oid maʼlumotlar aks ettirilgan tarqatma materiallar va boshqa qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlariga oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan cheklist taqdim etish, cheklist toʻldirilishi natijalari boʻyicha ular faoliyatida qonunbuzilishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligini, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar (obyektlar)ning texnik mustahkamligini, obyekt ichki va ruxsat berish rejimini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni koʻzdan kechirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan choraklik reja-grafiklar asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari boʻyicha bayonnoma yuritilib, qayd etilgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Profilaktika tadbirini oʻtkazish natijasi boʻyicha nazorat qiluvchi organ Axborot tizimga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbirini oʻtkazgan nazorat qiluvchi organ va uning tegishli tarkibiy boʻlinmasi nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbirining shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbiri ommaviy ravishda oʻtkazilgan taqdirda unda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni, oʻtkazilgan tadbir bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbiri manzilli amalga oshirilganda unda qatnashgan tadbirkorlik subyektlari soni va ularga berilgan tavsiya va xabarnomalar soni va mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, Internet jahon axborot tarmogʻida veb-saytlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda blog va chatlar orqali oʻtkazilgan muhokamalar, ular oʻtkazilgan sana, manzili (ommaviy axborot vositalaridagi koʻrsatuv yoki loyiha nomi, muhokamaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi manzili).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Nazorat qiluvchi organlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha mazkur Nizomning 38-bandida belgilangan maʼlumotlarni Axborot tizimga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida koʻp takrorlanuvchi qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar har yarim yil yakunlari boʻyicha 1-avgustga qadar, yil yakunlari boʻyicha 1-fevralga qadar ular tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv va profilaktika tadbirlari tahlilini vakolatli organga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ har yarim yil yakunlari boʻyicha 1-sentabrga qadar, yil yakunlari boʻyicha 1-martga qadar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida koʻp takrorlanuvchi huquqbuzarliklar hamda ular sodir etilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotni Axborot tizimiga joylashtiradi va jamoatchilikka eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vakolatli organ va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari mazkur Nizom talablariga rioya etilishi, tekshiruv munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlgan tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar, shuningdek, oshkor etilmaydigan axborotlar muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nazorat qiluvchi organlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlari tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor etish yoki vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng xabardor etish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi hamda tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda Axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari va nazorat sohasidan tashqari masalalar boʻyicha har qanday tekshiruv oʻtkazilmasligi hamda tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda Axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda amalga oshirilishi, shuningdek, oʻtkazilgan tekshiruvlar boʻyicha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida Axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tadbirkorlik subyektlari ularda oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi hamda ularning faoliyatini tekshirayotgan nazorat qiluvchi organlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni vakolatli organdan yozma shaklda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Axborot tizimidan foydalangan holda elektron shaklda bepul olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻtkazilgan tekshiruvdan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning yuqori tashkilotlariga, vakolatli organga, Savdo-sanoat palatasiga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-204-son qarori 7-bandining oltinchi xatboshisidagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat korxonasi” soʻzlari “Unicon-Soft” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ilovaning 1 — 10 bandlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5547-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5566-son Farmoniga 2-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmoniga 2-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5668-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5707-son Farmoniga 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5846-son Farmoniga 1-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5863-son Farmonining 16-bandi va 3-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5870-son Farmoniga 1-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5884-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6033-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmoniga 4-ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-6221-son Farmoniga 4-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmoniga 2-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6252-son Farmoniga 5-ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6262-son Farmoniga 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6263-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3-son Farmoniga ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoniga 6-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-182-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmonining 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmoniga 5-ilovaning 1 va 44-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-84-son Farmoni 6-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-104-son Farmoniga 6-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-149-son Farmoniga 3-ilova 1-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-156-son Farmoniga ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-162-son Farmoniga 6-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5140-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ilova 2025-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 11.02.2025-y., 06/25/20/0122-son; 01.04.2025-y., 06/25/57/0291-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son; 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son; 25.07.2026-y., 06/26/141/0776-son)