26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3865
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3865
Кучга кириш санаси
01.10.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3865]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq A. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UM-78-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining 2026-yil 8-iyundagi UM-78-25-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda — “Oʻzagroinspeksiya” deb yuritiladi) vakolatiga kiradigan masalalarga doir qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali “Oʻzagroinspeksiya” vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfni tahlil etish” elektron tizimi — “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼiy nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, shu jumladan avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularni mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 5-ilovalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xavf darajasini baholash uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlar tashkil etilishini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Paxta, boshoqli don, texnik chigit va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tabdirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfi darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 dan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfi darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfi darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikdabelgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

“Oʻzagroinspeksiya”ning ogohnomalarida belgilangan talablarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida yoxud qisman bajarmaslik

10

2.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazmasdan foydalanish

10

3.

Traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalarini buzish

10

4.

Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish

10

5.

Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash

10

6.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqi boʻlmagan (toifalari boʻyicha) mexanizatorlarni boshqarish

10

7.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan tegishli hujjatlarsiz va belgilangan talablarga zid ravishda foydalanish

10

8.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish talablariga rioya etmaslik

10

9.

Transport vositalaridan foydalanish vaqtida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan transport vositalaridan foydalanish

10

10.

Transport vositalaridan foydalanishda nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalaridan foydalanish

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlar tashkil etilishini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

“Oʻzagroinspeksiya”ning ogohnomalarida belgilangan talablarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida yoxud qisman bajarmaganligi

10

2.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar oʻtkazish talablarining buzilishi

10

3.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish talablarining buzilishi

10

4.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish talablarining buzilishi

10

5.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish talablarining buzilishi

10

6.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va ekish bilan bogʻliq hamda oʻsish (vegetatsiya) davrida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirmaganligi

15

7.

Shudgorlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilmaganligi

10

8.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarida begona oʻtlar, hashoratlar, zararkunanda va kasalliklariga qarshi biologik va kimyoviy kurash ishlarini sifatsiz yoki kech oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligi

15

9.

Qishloq xoʻjaligi agrotexnik tadbirlarida foydalanish uchun oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalar, mineral oʻgʻitlar hamda boshqa kimyoviy vositalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish qoidalarini buzilishi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

“Oʻzagroinspeksiya”ning ogohnomalarida belgilangan talablarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida yoxud qisman bajarmaganligi

10

2.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan xoʻjasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishi

15

3.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etishi

15

4.

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat boʻlmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishi

10

5.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanmaganligi

10

6.

Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarining ekilmasdan qoldirilishi

10

7.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha majburiyatlarining bajarmaganligi

10

8.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishi

10

9.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslantirish qoidalariga amal qilmasligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

Urugʻlik yetishtirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni, shuningdek “Oʻzagroinspeksiya”ning ogohnomalarida belgilangan talablarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida yohud qisman bajarmaslik

10

2.

Urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning amaldagi tartib va shartlarga koʻra urugʻliklarni yer maydonlariga toʻgʻri hamda hududni tuproq iqlim sharoitiga mos joylashtirish holatiga rioya etmaslik

10

3.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi subyektlarning yer maydonlarda ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav va duragaylari urugʻliklarini respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestriga kiritish amaldagi tartibga nomuvofiq bajarilganlik

10

4.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi subyektlarning urugʻlik maqsadlari uchun xorijiy, mahalliy navlar va koʻchatlar qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlar qoidalariga amalga qilmaganligi va urugʻlik yetishtirish yuzasidan mavjud tavsiya va yoʻriqnomalardagi  talablarni bajarmaslik

10

5.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish, urugʻlik xarid qilish va qabul qilish boʻyicha belgilangan talablarni bajarmaslik

15

6.

Urugʻlikni tayyorlashda standartlarga amal qilmaslik, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzganlik

15

7.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekuvchilar tomonidan import qilinadigan hamda mahalliy qishloq xoʻjaligi ekinlarining barcha turdagi urugʻliklari, koʻchat hamda koʻchat materiallarining raqamli QR kod bilan yorliqlangan holda foydalanish talablarini bajarmaslik

15

8.

“In-vitro” laboratoriyalarida tayyorlangan koʻchat va koʻchat materiallari hamda kartoshkaning mini tuganaklarini belgilangan standart talablariga rioya qilmagan holda yetishtirilishi va raqamli QR kodlanmagan holda realizatsiya qilinganlik

15

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta, boshoqli don, texnik chigit va ulardan qayta ishlangan mahsulotlarni nazorat qilish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ball

1.

“Oʻzagroinspeksiya”ning ogohnomalarida belgilangan talablarni bajarmaslik yoki oʻz vaqtida yohud qisman bajarmaslik

10

2.

Paxta xom ashyosi, don va don mahsulotlari hamda texnik chigitni qabul qilish va saqlash qoidalarini buzilishi hamda qabul qiluvchi, saqlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik holati taʼminlash tartibini buzish

15

3.

Paxta xom ashyosi, don va don mahsulotlari hamda texnik chigitni toʻliq texnologik siklda qayta ishlash tartibini buzish hamda tegishli hujjatlarsiz faoliyat yuritish

15

4.

Paxta xom ashyosi, don va don mahsulotlari hamda texnik chigitni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan mahsulotlarning chiqish miqdorlari hamda tabiiy kamayish meʼyorlariga rioya etmaslik

15

5.

Paxta xom ashyosi, don va don mahsulotlari hamda texnik chigitni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish qoidalarini, shuningdek boshoqli don partiyalari boʻyicha tuziladigan tozalov dalolatnomalarini buzish

10

6.

Paxta xom-ashyosi, don va don mahsulotlari hamda texnik chigitni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan maqsadli foydalanmaslik va ularni sifatli saqlash, qadoqlash, oʻrab joylash, markalash hamda tashish qoidalarini buzish

15

7.

Xoʻjalik faoliyatida texnologik reglamentlar va standartlar majburiy talablariga rioya etmaslik

10

8.

Xoʻjalik faoliyatida metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya rasmiylashtirish qoidalarini buzish

10

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2026 y., 10/26/3865/0649-son)