Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 27.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3869
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI ELEKTR ENERGIYASI, NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3869]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 17-noyabrdagi 606-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq D. ISAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarininghuquqlari va qonuniy manfaatlarinihimoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 16-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2026-yil 16-iyundagi 18-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻzenergoinspeksiya deb yuritiladi) vakolatiga kiradigan masalalarga doir yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali Oʻzenergoinspeksiya vakolati doirasida oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzenergoinspeksiya tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzenergoinspeksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyekti faoliyatining xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalarida koʻrsatilgan baholash koʻrsatkichlariga muvofiq “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzenergoinspeksiya tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Issiqlik energiyasi yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Neft va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq Energiya auditidan oʻtkazish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Oʻzenergoinspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ballar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq reaktiv quvvat yetarli darajada kompensatsiya qilinmaganligi oqibatida tarmoqlarda hosil boʻlgan yoʻqotishlarning mavjudligi, texnik shartlarda ruxsat etilgan quvvatdan ortiqcha quvvat ulanganligi va (yoki) elektr energiyasi isteʼmoli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yoʻl qoʻyilganligi
25
3.
Elektr xoʻjaligiga javobgar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan tartibda bilim sinovidan oʻtkazilmaganligi yoki elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli guruhga ega boʻlmaganligi, shuningdek, elektr tarmogʻi muhofaza zonalarida isteʼmolchi bino-inshootlarining mavjudligi
25
4.
Elektr energiyasi uchun HETK bilan hisob-kitob qilish maqsadida isteʼmolchilarda Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT)ga mos keladigan hisoblagichlarningmavjud emasligi va (yoki) elektr hisoblagichlarning EHNAT bilan aloqaga chiqmayotganligi
16
5.
Isteʼmolchilarning quvvati 20 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalari yagona elektr energetika tizimi elektr tarmoqlariga ularning ekspluatatsiya qilishga tayyorligi aniqlanmasdan va Oʻzenergoinspeksiya tomonidan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolanmasdan ulanganligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ballar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Elektr qurilma, uskuna va tarmoqlarda qoniqarsiz texnik holatning mavjudligi, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlashda foydalaniladigan qurilma, uskuna va tarmoqlardan foydalanish vaqtida texnologik nosozliklar, oʻchishlar, avariyalar, yongʻinlar sodir boʻlganligi va (yoki) sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida inson(lar)ning tan jarohati olganligi yoki oʻlimiga sabab boʻlganligi
31
2.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash tizimlarini elektr tarmoqlariga ulash, parallel ishlatish va ekspluatatsiya qilishda texnik shartlar, tarmoq rejimi, chastota va kuchlanish parametrlari talablariga rioya qilinmaganligi yoki dispetcherlik boshqaruvi talablari buzilganligi
25
3.
Elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlari (chastota, kuchlanish, garmonik buzilishlar) boʻyicha tеxnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan meʼyorlarga rioya qilinmaganligi
25
4.
Yongʻin xavfsizligi, elektr xavfsizligi hamda texnik xizmat koʻrsatish talablariga rioya qilinmaganligi va (yoki) elektr energetikasi obyektlari xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga muvofiq malaka va bilim sinovidan oʻtmaganligi
16
5.
Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi(EHNAT)mavjud emasligi, uning ishlamasligi yoki maʼlumotlarni uzatishda tashqi aralashuv va inson omilining mavjudligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ballar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Elektr qurilma, uskuna va tarmoqlarda qoniqarsiz texnik holatning mavjudligi, shuningdek, elektr qurilma, uskuna va tarmoqlardan foydalanish vaqtida avariyalar, yongʻinlar sodir boʻlganligi va (yoki) sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida inson(lar)ning tan jarohati olganligi yoki oʻlimiga sabab boʻlganligi
Elektr taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻyilganligi va sifati past elektr energiyasi yetkazib berilganligi
25
4.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash boʻyicha elektr energiyasi yetkazib berilishida tafovutlarga yoʻl qoʻyilishi va (yoki) texnologik yoʻqotishlar meʼyorlariga amal qilinmaganligi
16
5.
Elektr hisoblagichi Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT)ga mos kelmaydigan isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berilganligi
3
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik energiyasi yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ballar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni va issiqlik tarmoqlarini avariya xavfini tugʻdiradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holatda, shuningdek, izolyatsiyasiz yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan izolyatsiya bilan ekspluatatsiya qilinganligi
31
2.
Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarida issiq suv, bugʻ va bugʻ kondensatining sirqib toʻkilishiga yoʻl qoʻyilishi va (yoki) belgilangan sifat koʻrsatkichlaridan chetga chiqilganligi
25
3.
Issiqlik xoʻjaligiga javobgar shaxs, uning oʻrinbosari va xavfsizlik texnikasi muhandisi Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 3836, 2026-yil 18-may) muvofiq bilim sinovidan oʻtkazilmaganligi yoki bilim sinovining muddati oʻtganligi
25
4.
Issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan tarmoq suvining bir soatda olinadigan maksimal miqdoridan oshirilishiga va bugʻ kondensatining issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan miqdordan kam qaytarilishiga yoʻl qoʻyilganligi
15
5.
Issiqlik energiyasini hisobga olish priboriga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ballar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi hamda neft va neft mahsulotlarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilmasligi
60
2.
Neft va neft mahsulotlaridan foydalanishda belgilangan tеxnologik jarayonlar va tеxnologik uskunalarning holati tеxnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bеrmasligi
24
3.
Neft va neft mahsulotlarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlari, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar mavjudligi
8
4.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi uchun sarflanadigan yoqilgʻi-energetika resurslari normalariningbelgilanmasligi, shuningdek belgilangan normalarga rioya etilmasligi
4
5.
Neft va neft mahsulotlaridan foydalanishda Oʻzenergoinspeksiyatomonidan vakolat doirasida berilgan koʻrsatmalarning bajarilmasligi
4
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Balllar
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi hamda tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), realizatsiya qilish, sifat va miqdor jihatdan toʻgʻri saqlash va taqsimlash hamda isteʼmol qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilmasligi
60
2.
Tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda belgilangan tеxnologik jarayonlar va tеxnologik uskunalarning holati tеxnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bеrmasligi
24
3.
Tabiiy va suyultirilgan gazni talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlari, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlar mavjudligi
8
4.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi uchun sarflanadigan yoqilgʻi-energetika resurslari normalariningbelgilanmasligi, shuningdek belgilangan normalarga rioya etilmasligi
4
5.
Tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda Oʻzenergoinspeksiya tomonidan vakolat doirasida berilgan koʻrsatmalarning bajarilmasligi
4
Jami ballar yigʻindisi
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya auditidan oʻtkazish yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari
Ball
Oʻtkazilgan tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar
1.
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari tomonidan majburiy energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditori bilan shartnoma tuzilmaganligi
27
2.
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari tomonidan majburiy energiya auditi Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini majburiy energiya auditidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan muddatlarda oʻtkazilmaganligi
27
3.
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari tomonidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ijrosini belgilangan muddatlarda “Energonazorat” platformasiga kiritmaganligi
27
4.
Mahsulot ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) uchun sarflanadigan elektr energiyasi meʼyorlari ishlab chiqilmaganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanmaganligi, shuningdek, tasdiqlangan meʼyorlarga rioya etilmasligi
7
5.
Elektr energiyasini iqtisod qilish boʻyicha yillik tashkiliy-texnik chora-tadbirlar tasdiqlanmaganligi hamda ularni ijrosi taʼminlanmaganligi
6
6.
Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinadigan tabiiy gazdan foydalanish va yordamchi uskunalarda har uch yilda kamida bir marotaba, gazdan energiya sifatida foydalanuvchi tashkilotlarda esa (mukammal va joriy taʼmirlashni oʻtkazish xususiyatini hisobga olgan holda) har toʻrt yilda bir marotaba RSI (rejim-sozlash ishlari) oʻtkazilmaganligi
6
Jami ballar yigʻindisi
100
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3869/0645-son)