26.12.2018 yildagi 1050-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, qizil liniyalarga tutashgan zonalarda va obyektlarning muhofaza zonalarida obyektlar qurilishidagi mezonlar va cheklashlarni aniqlash tartibini tartibga soluvchi talablarni aktuallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tasdiqlangan Qoidalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari joylashgan joylarda ishlarni amalga oshirayotgan o‘zlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilinishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kunidan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.S. Sultanov va “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i D.O. Isakulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1050-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalarini (keyingi o‘rinlarda muhofaza zonalari deb ataladi) o‘rnatish, shuningdek, muhofaza zonalari doirasida joylashgan yer uchastkalaridan (keyingi o‘rinlarda yer uchastkalari deb ataladi) foydalanishni, ushbu obyektlarning xavfsiz ishlashini va ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydigan alohida shartlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari deb ataladi), shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muhofaza zonalarida hududlardan foydalanishning xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi shartlarini ta’minlaydigan va elektr uzatish liniyalari va elektr tarmoqlari xo‘jaligining boshqa obyektlarini shikastlanishi mumkinligini istisno etadigan alohida shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muhofaza zonalari chegaralarini o‘rnatish talablaridan kelib chiqib, mazkur Qoidalarga muvofiq barcha elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari uchun muhofaza zonalari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muhofaza zonalari, ularning o‘lchamlari, tegishli elektr ta’minoti korxonasi to‘g‘risida ma’lumot, shuningdek, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan cheklashlarga rioya etilishi shartligi to‘g‘risida ko‘rsatmaga ega bo‘lgan ogohlantirish belgilarini o‘rnatish yo‘li bilan markirovkalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari qurilishi uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonasi yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makonidir. Ularga egalik qilish va ulardan foydalanishning alohida tartibi belgilanadi. Mazkur Qoidalarga muvofiq belgilangan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari ajratilgan yer uchastkalari hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya suratlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lingan va yer uchastkalari kadastr bo‘yicha suratga olingan holda qishloq joylarda yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan, shaharlar va shaharchalarda — ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan naturada belgilanadi hamda kadastr ishida qayd etilishi va yer uchastkasining kadastr rejasida aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ifloslantirish va elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining korroziyaga uchrashi manbai bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarida ifloslanish va korroziyaga uchrashni cheklovchi yoki elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ifloslanish (korroziya) zonasidan chiqarish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mavjud elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari muhofaza zonalarining yer uchastkalari ularning mulkdorlaridan, yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan, shu jumladan, ijarachilardan olib qo‘yilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘larning qo‘riqxona zonalari va davlat rezervatlari va hokazolarning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida 110, 220 va 500 kilovoltli elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari qurilishiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar tomonidan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha o‘rnatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr uzatish havo liniyalari bo‘ylab — chetdagi simlardan, ularning og‘magan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni bo‘ylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos bo‘lgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi ko‘rinishida kuchlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir kilovoltgacha kuchlanishli liniyalar uchun — 2 metr (binolarning devorlari, konstruksiyalar va hokazalar bo‘ylab o‘tkazilgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq o‘rnatilgan bunday liniyalardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 — 20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan o‘zini o‘zi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer osti elektr uzatish kabel liniyalari bo‘ylab -elektr uzatish liniyasining ikkala tomoniga parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan, chetdagi kabellardan 1 metr, agar kabel liniyalari shaharlarda yo‘laklar ostida o‘tkazilganda esa — bino va inshootlar tomonga 0,6 metr va ko‘chaning transport harakatlanadigan qismi tomoniga 1 metr masofaga chetlangan yer uchastkasining yuza qismi, uning ostida joylashgan (elektr uzatish kabel liniyalari o‘tkazilgan chuqurlikka mos chuqurlikdagi) yer qa’ri ko‘rinishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suv osti elektr uzatish kabel liniyalari bo‘ylab — liniyaning xar ikki tomoni bo‘ylab chetdagi kabellardan 100 metr masofadagi vertikal tekislik bilan cheklangan suv yuzasidan uning tubigacha bo‘lgan suv makoni ko‘rinishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) elektr uzatish havo liniyalarini suv havzalaridan (daryolar, kanallar, ko‘llar va boshqalar) o‘tishlari bo‘ylab — suv havzalaring suv sathi ustidagi (balandligi elektr uzatish havo liniyasi tayanchlari balandligiga mos bo‘lgan) elektr uzatish liniyasining ikkala tomonidan chetdagi simlardan, ularning o‘zgarmagan holatida kema yuradigan suv havzalari uchun 100 metr masofada, kema yurmaydigan suv havzalari uchun esa — elektr uzatish havo liniyalari uchun o‘rnatilishi nazarda tutilgan muhofaza zonasi masofada vertikal tekisliklar bilan cheklangan havo makoni ko‘rinishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) podstansiyalar atrofi bo‘ylab — podstansiya to‘sig‘ining (tashqi devorining) barcha tomonlaridan perimetri bo‘ylab, podstansiyaning birlamchi kuchlanishiga nisbatan qo‘llanilgan holda ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan, masofada vertikal (balandligi podstansiyaning eng baland nuqtasiga mos bo‘lgan) tekisliklar bilan cheklangan yer uchastkasi sathi va havo makoni qismi ko‘rinishida.
(14-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr uzatish liniyalari bilan yaqin joylashgan binolar va inshootlar, shuningdek, daraxtlar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar o‘rtasidagi ruxsat etiladigan eng kam masofa Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan holatlarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari o‘lchovi va ularning rejimi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qarmog‘ida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxona tomonidan belgilanadi. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘llar, kirish yo‘llari va boshqa inshootlar Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlashining buzilishi, shu jumladan ularning shikastlanishiga yoki yo‘q qilib tashlanishiga olib borishi va (yoki) fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga va jismoniy yoki yuridik shaxslarning mulkiga shikast yetkazishi, shuningdek ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) elektr uzatish havo liniyalari simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, shuningdek, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) texnik qoidalar, normalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yaratilgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transport vositasida o‘tish joylariga har qanday obyektlarni, predmetlarni (materiallarni) joylashtirish, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga kirish yo‘llarini barpo qilmay turib, bunday kirishlarga xalaqit beruvchi har qanday ishni amalga oshirish va inshootlar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududi doirasida va xonalarida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulashlarni (ushbu talab o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni amalga oshirish bilan band bo‘lgan xodimlarga tatbiq etilmaydi) amalga oshirish, podstansiyalarning kirish va taqsimlash qurilmalari, elektr uzatish havo liniyalari muhofaza zonasi doirasida, shuningdek, elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida olov yoqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish, o‘rnatilgan tartibda ruxsat etilgan ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) axlatxonalarni joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash, yemiruvchi korroziyalovchi moddalarni va yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash va quyish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
(15-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) muhofaza zonalari yer uchastkalarini to‘siq va devorlar bilan o‘rab olish orqali o‘z hududlarini kengaytirish, muhofaza zonalari yer uchastkalarida bino va inshootlarni qurish hamda chorva qo‘ralarini joylashtirish taqiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari uchun o‘rnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 15-bandida keltirilgan harakatlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday, shu jumladan yoqilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har qanday uchish apparatlarini, shu jumladan varraklarni, uchish apparatlarining sport modellarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonalarida) uchirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kemalardan langar tashlash va ularni (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida) tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni o‘lchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kemalarni kranlarining va boshqa mexanizmlarining ko‘tarilgan strelasi bilan (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasidan) o‘tishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 500 kV EUL muhofaza zonasida, temir yo‘ldan tashqari, barcha transport vositalarining to‘xtashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklarini chiqarib olish, (elektr uzatish suv osti kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kemalarning vertikal bo‘yicha eng yuqori gabaritidan (yuk bilan yoki yuksiz) elektr uzatish havo liniyalari simlarigacha ruxsat etilgan minimal masofadan kam masofada, shu jumladan toshqin davrida suv sathining maksimal ko‘tarilishi hisobga olingan holda o‘tish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) umumiy balandligi yo‘lning sathidan (yuk bilan yoki yuksiz) 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning o‘tishi (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) balandligi 4 metrdan ortiq qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalarini qo‘llagan holda dala qishloq xo‘jaligi ishlarini (elektr uzatish havo liniyalarining muhofaza zonasida) yoki yerni haydash bilan bog‘liq dala qishloq xo‘jaligi ishlarini olib borish (elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonasida) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kuchlanishi 1000 voltgacha bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari uchun o‘rnatilgan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan harakatlardan tashqari, elektr ta’minoti korxonasining ruxsatisiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday, shu jumladan yoqilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan omborlarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kemalar, barjalar va suzuvchi kranlarning turishi uchun to‘xtash joylarini tashkil qilish, kemalardan langar tashlash va ularni tashlangan langarlar, zanjirlar, chuqurlikni o‘lchaydigan asboblar, sudralma aravalar va traplar bilan o‘tishi (suv osti elektr uzatish kabel liniyalarining muhofaza zonalarida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) varraklarni, uchish apparatlarini, shu jumladan boshqarilmaydigan uchish apparatlarini uchirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga yozma rozilik olish uchun manfaatdor shaxslar tegishli elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining ekspluatatsiyasi uchun javobgar bo‘lgan, ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotga yozma ariza bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilot ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 kun mobaynida uni ko‘rib chiqadi va tegishli harakatlarni amalga oshirishga roziligi (rozi emasligi) to‘g‘risida yozma xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga yozma roziligi (rozi emasligi) ariza bergan shaxsga taqdim etiladi yoxud unga pochta orqali, taqdim etilganligi to‘g‘risida xabar qilingan holda yuboriladi. Arizachi, shuningdek, ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilot tomonidan faksimal yoki elektron aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi, agar arizada shunday xabardor qilish so‘ralgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlarning mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishga rozi bo‘lmasligiga, tegishli harakatlar bilan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar buzilsa va tegishli elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining ishlab turishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganda ruxsat etiladi. Tegishli harakatlarni amalga oshirishga norozilik to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi va unda arizachi tomonidan tegishli ishlarning (harakatlarning) amalga oshirilishi oqibatida normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishiga izohlar mavjud bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhofaza zonalarida harakatlarni amalga oshirishga yozma ruxsat olgan shaxslar, harakatlarni elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofazasini ta’minlaydigan talablarga rioya etgan holda amalga oshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar elektr xo‘jaligi obyektlari o‘rmon massivlari orqali o‘tsa, bevosita simlarga yaqin joyda turgan daraxtlar elektr tarmog‘i xo‘jaligini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan kesiladi. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari istirohat bog‘lari, bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlar orqali o‘tsa, daraxtlarni kesish elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra esa ushbu daraxtlar o‘z ixtiyorida bo‘lgan tashkilot tomonidan yoki bog‘lar va boshqa ko‘p yillik daraxtlarning egalari bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi korxona tomonidan belgilanadigan tartibda kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tor yo‘llar ochish uchun daraxtlarni kesish elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari tomonidan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining shartlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalarini buzgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avariya holatlarining oldini olish uchun elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarida ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari trassasiga tutashib ketgan o‘rmon massivlarida ayrim daraxtlarni ushbu daraxtlar tegishli bo‘lgan tashkilotning ruxsati bilan, keyinchalik o‘rmon kesish chiptalari (dalolatnomalari)ni belgilangan tartibda rasmiylashtirgan va kesish joyini kesish qoldiqlaridan tozalagan holda kesishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kabel langar, baliqchilik changagi yoki boshqa usul bilan yuqoriga ko‘tarilgan taqdirda kapitanlar, kema egalari kabelni xoli qilish choralarini qurishga va yuz bergan voqea to‘g‘risida eng yaqindagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muhofaza zonasi, temir yo‘llarning ajratilgan polosasi va (yoki) muhofaza zonasi, avtomobil yo‘llarining ajratilgan polosasi va (yoki) yo‘l cheti polosasi, quvur o‘tkazgichlarning, aloqa liniyalarining va boshqa obyektlarning muhofaza zonalari bilan mos kelsa (kesishsa), hududlarning mos kelgan uchastkalarida ushbu obyektlarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘lik ishlarni olib borish, manfaatdor tomonlar bilan kelishilgan holda ushbu obyektlarning muhofaza zonalarini, yo‘l cheti zonalarini, ajratilgan polosalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq, agar avariya holatlari sodir bo‘lsa, o‘zaro munosabatlar kelishuvi tuzilgan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Uzilgan, yerda yotgan yoki osilib turgan elektr uzatish havo liniyasi simini ko‘rgan, shuningdek, tayanchning yiqilishi yoki simning uzilishi xavfini sezgan fuqarolar bu haqda darhol eng yaqindagi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ustida va ular yaqinida havo kemalarining parvozi, havo makonidan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni amalga oshirishga yozma rozilik olgan shaxslar ularni elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalarida ushbu obyektlarning saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarga rioya qilgan holda bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari muhofaza zonalari yaqinida ularning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan portlatish, qurilish ishlari va boshqa ishlarni olib boruvchi tashkilotlar ishlarni bajarish boshlanishidan kamida o‘n ikki kun oldin elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘z ixtiyorida bo‘lgan korxonalar bilan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari saqlanishini ta’minlovchi ushbu ishlarni bajarish shartlari va tartibini kelishishga hamda tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik ushbu ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tegishli ruxsatnomasi taqdim etilgandan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlarning elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalarida portlatish ishlarini olib borishga yozma rozilik berish rad etilishining sabablari ko‘rsatilgan va asoslangan bo‘lishi kerak. Rozilik berishning rad etilishi bo‘yicha belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘zlarining yer uchastkalari orqali elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari o‘tadigan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu obyektlar saqlanishini ta’minlashga ko‘maklashadigan o‘zlariga bog‘liq barcha choralarni ko‘rishga, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari bilan ushbu ishlarni amalga oshirish joyi va muddatlari oldindan, mazkur Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan tartibda kelishilmasdan binolar va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslikka majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va boshqa shaxslar tomonidan mazkur Qoidalarning 15 va 16-bandlarida taqiqlangan yoki ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonaning yozma ruxsatisiz mazkur Qoidalarning 17 va 18-bandlarida nazarda tutilgan harakatlar amalga oshirilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu shaxslar bunday holatlar mavjudligi to‘g‘risida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga ariza yuboradilar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini qayta qurish va ko‘chirish elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari bilan kelishilgan texnik shartlar bo‘yicha, ishlarni bajaruvchilar, asosiy qurilishni yoki ishni amalga oshiruvchi yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer egalari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yer ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan ushbu ishlarni olib borishning texnik hujjatlarida ko‘rsatilmagan yer osti kabellari aniqlangan taqdirda, aniqlangan kabellar atrofida ish olib borishni darhol to‘xtatishga, ularning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishga va bir kun mobaynida bu haqda ushbu kabel liniyasi egasiga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga xabar berishga majbur.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Muhofaza zonalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va maxsus rejimli obyektlar hududidan o‘tsa, u holda tegishli tashkilotlar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalariga sutkaning istalgan vaqtida ko‘zdan kechirish va ishlarni bajarish uchun ruxsatnoma berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Muhofaza zonalari va o‘rmon so‘qmoqlarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yo‘llar, kirish yo‘laklari va boshqa inshootlar qurishga (yer ajratish va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga tutashishga qo‘shimcha kelishuvlar bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik albatta ko‘mib tashlagan va yerlarni tekislagan holda ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash uchun chuqurlar va xandaqlar va kotlovanlar ochishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon so‘qmog‘ining belgilangan kenglikda bo‘lishini ta’minlash uchun daraxtlarni kesishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishga mo‘ljallangan yerlarda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash ishlarini olib borishga (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), qoidaga ko‘ra, ushbu yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan band bo‘lmagan paytda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyalarni bartaraf etish ishlari (ekin bor-yo‘qligidan qat’iy nazar) istalgan davrda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlar bajarilgandan keyin elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari qishloq xo‘jaligi maqsadidagi yerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli holatga keltirishlari, shuningdek, agar elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining shikastlanishi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijarachilar tomonidan mazkur Qoidalar talablari buzilishi oqibatlari bo‘lmasa, avariya-tiklash ishlarini amalga oshirishda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijarachilarga yetkazilgan zararni qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonasi temir yo‘l yoki avtomobil yo‘llari polosasi, quvurlar, aloqa liniyalari, elektr tarmog‘i xo‘jaligining boshqa obyektlari va hududning mos kelish uchastkalaridagi o‘zga obyektlarning qo‘riqlanadigan zonalariga to‘g‘ri kelib qolganda, ushbu zonalardan foydalanish tomonlarning kelishuviga ko‘ra manfaatdor korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yo‘l qoplamalari va tuproq olinishini talab etuvchi elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash ishlari (avariya-tiklash ishlaridan tashqari), bunday ishlarni olib borish shartlari tegishli yo‘l tashkilotlari bilan, shaharlar va boshqa aholi punktlari doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgandan keyin olib borilishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalariga tegishli organ tomonidan ishlarni bajarish zarurligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda yuborilishi kerak. Ish joylarini o‘rash tegishli organlar bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya-tiklash ishlari ularni amalga oshirish shartlari oldindan kelishilmasdan, biroq ishlar bajariladigan joyga yo‘l tashkiloti yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakilini albatta chaqirgan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ishlarni bajaruvchi elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalari transport va yo‘lovchilar uchun zarur ogohlantirish belgilari qo‘ygan holda avariya joylarini aylanib o‘tish yo‘llari qurishlari hamda ishlarni bajarish tugallangandan keyin tuproqni tekislashi va yo‘l qoplamalarini tiklashi kerak.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari shikastlanganligini ogohlantirishda hamda barcha yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishini ta’minlashda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalariga ko‘maklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Muhofaza zonalari doirasida ishlarni bajarish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sanoat qurilishi va boshqa qurilish uchun, shuningdek, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratiladigan uchastkalarda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur uchastkalarni olgan tashkilotlar ulardan foydalanishni elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining tegishli egalari bilan kelishishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan yer uchastkalarida qurilishga rozilik olish uchun quruvchilar tomonidan ushbu obyekt loyihasi mazkur elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida chuqur qazish, yo‘llarni vaqtincha aylanib o‘tish, kirish yo‘lini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, to‘siq uchun tayanch o‘rnatish, tuproq namunasi olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egalarining yozma roziligi mazkur Koidalarning 19-bandida belgilangan tartibida olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Loyihasiz amalga oshirilayotgan ishlar bajarilayotgan zonada yer osti elektr kabellari bo‘lishi mumkinligini aniqlash uchun ishlarni bajaruvchilar tomonidan viloyat, tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)dan axborot olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari muhofaza zonasida amalga oshiriladigan ishlarning buyurtmachisi (quruvchi) ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr kabeli joylashgan joyni texnik hujjatlar bo‘yicha aniq belgilash, ularning chuqurligini aniqlash va qurilayotgan obyekt inshootlari bilan o‘zaro joylashishini aniqlash uchun elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasining vakilini chaqirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yer osti elektr kabellarining aniq joylashishini belgilash ishlar bajariladigan zonada ularning butun uzunligi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda buning uchun elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qurilish uzoq muddat davomida olib borilgan taqdirda ishlarni bajarish zonasida yo‘l osti elektr kabellarining aniqlashtirilgan trassasi bo‘yi 1,5 — 2 metr bo‘lgan ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilanishi kerak. Ko‘rsatkich qoziqlar trassaning to‘g‘ri uchastkalarida barcha trassa burilishlarida trassaning to‘g‘ri o‘qidan 0,5 metr cheklanishning barcha nuqtalarida har 15 — 20 metrga, shuningdek, ishlar qo‘lda bajariladigan tuproqni qazish chegaralarida o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatkich qoziqlar o‘rnatish, quduq qazish ishlari elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasining vakili ishtirokida quruvchining kuchi va mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trassani ko‘rsatkich qoziqlar bilan belgilamasdan yer ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlar boshlangungacha ishlarni bajaruvchilar yer osti elektr kabellari trassalarining joylashishi, ularning joyidagi belgilanishi bilan tanishishi kerak. Ularga shuningdek elektr kabellari saqlanishini ta’minlovchi qo‘lda va mexanizatsiya usulida yer ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomalar beriladi. Bundan tashqari, ular elektr kabellarida odamlarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan kuchlanish borligini hisobga olgan holda elektr toki urish xavfi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan elektr kabel liniyalari shikastlantirilganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr kabellarining muhofaza zonalarida ishlarni olib borishda ushbu elektr kabellari egasining vakilini chaqirish zarurligi ko‘rsatilishi, zarur hollarda esa, qo‘lda bajariladigan ishlarning sxemasi berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun mas’ul shaxsning kuzatuvida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Havo va kabel liniyalarining muhofaza zonasida ishlarni bajaruvchilar ishlar boshlanishidan kamida 3 sutka oldin elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasiga telefonogramma orqali yoki shaxsan ishlarni bajarishda vakillari hozir bo‘lishi zarur bo‘lgan ishlarni bajarish sanasi va soati to‘g‘risida ma’lum qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan vakillar ish bajarilayotgan joyga kelmagan taqdirda ishlarni bajaruvchilar bir sutka mobaynida bu haqda elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari egasiga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonasida ko‘rsatib o‘tilgan vakillar hozir bo‘lmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yer osti kabellarining bevosita yaqinida tuproq ishlarini faqat belkuraklar yordamida, qattiq zarb bermasdan bajarishga yo‘l qo‘yiladi, zarbali asboblar (lom, kirka)dan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ishlab turgan kabel elektr tarmoqlari kommunikatsiyalari bilan kesishgan joylarda yer ishlari qonunchilikda nazarda tutilgan elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ixtiyorida qurilayotgan yoki ishlayotgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni begona toklardan himoya qilish choralarini ko‘rishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonalarning xodimlariga ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun boshqa tashkilotlarning hududida joylashgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga belgilangan tartibda to‘siqsiz kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari bilan kesishish joylaridagi avtomobil yo‘llarida ushbu liniyalarning muhofaza zonalarida transport to‘xtashini taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Tabiiy ofatlar tufayli elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari shikastlanganda, shuningdek, shikastlanishining oldini olish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimliklariga zarur hollarda o‘z vakolatlari doirasida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari shikastlanishini bartaraf etish va shikastlanishining oldini olish ishlariga tashkilotlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunday holatlarda bajarilgan ishlarga haq to‘lash va sarflangan moddiy resurslar qiymatini qoplash ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalaridagi va ular yaqinidagi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonalar xodimlarining elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari saqlanishini ta’minlashga va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir talablarini bajarishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonalarning xodimlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan muhofaza zonalarida mazkur Qoidalar talablari buzilgan holda bajarilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari, ularning elementlari shikastlangan taqdirda ishlarni bajaruvchi bu haqda darhol ushbu elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining egalariga ma’lum qilishi va shikastlanishni zudlik bilan bartaraf etishda yordam ko‘rsatishi, shu jumladan, ishchi kuchi va mexanizmlar ajratishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish Qoidalari talablari buzilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar (keyingi o‘rinlarda Dalolatnoma deb ataladi) ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotlarning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan, mazkur Qoidalarga ilovadagi shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan bittasi mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxsga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan tashkilotda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar buzilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar tuzishga vakolatli mansabdor shaxslar ro‘yxati xar yili tasarrufida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zararni qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Elektr tarmog‘i xo‘jaligi
‎obyektlarini muhofaza qilish qoidalarining talablari buzilganligi to‘g‘risida
‎DALOLATNOMA

‎‎____________________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎__________________________________________________________________ buzilganligi yuzasidan
______________________ sh.‎‎ ‎‎20__ yil “___” ______________
‎‎Dalolatnoma tuzilgan vaqt: soat ___________________ ____________________ daqiqa.
‎‎Biz, imzo qo‘yganlar:
‎_____________________________________________________________________________________

‎‎‎‎(ixtiyorida elektr xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan

‎‎_____________________________________________________________________________________,
‎‎tashkilot vakolatli shaxslarining lavozimlari va F.I.O)
‎‎___________________________________________________________________________ ishtirokida
‎‎(yuridik shaxs vakilining lavozimi va F.I.O., yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
‎‎ushbu dalolatnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdik:
‎‎20 ___ yil “____” ______________ _______________________________________________________

(mazkur Qoidalar talablari buzilganligi holati)

‎‎____________________________________________________________________________________ .
‎‎Mazkur Qoidalar talablarining buzilishiga ________________________________________________
‎‎__________________________________________________________________________ sabab bo‘lgan.
‎‎Imzolar:
‎‎Ixtiyorida elektr xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan
‎‎tashkilotning vakolatli shaxsi

‎‎___________________________

___________________________‎‎

‎‎F.I.O.

(imzo)

‎‎Dalolatnoma bilan tanishdim:‎
yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs vakili

______________________‎‎

‎‎______________________

F.I.O.

(imzo)

‎‎Dalolatnoma tuzilayotgan shaxs imzo chekishdan bosh tortgan holatda, bu haqda qayd etilib, dalolatnoma tuzuvchilar yana bir bor imzo chekmoqdalar _______________________________________

‎‎Imzo chekishdan bosh tortdi ______________________________________________________________
‎‎(yuridik shaxs vakilining yoki jismoniy shaxsning F.I.O)
* Mazkur Dalolatnoma yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2010-yil 17-maydagi 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 23-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 17-dekabrdagi 301-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 69-modda) ilovaning 40-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 46-son, 1134-modda) 1-ilovaning 37-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1050/2395-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)