26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3866
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3866]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 8-iyundagi 234-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 5-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Nodavlat oʻrta maxsus taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Nodavlat kasbiy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nodavlat oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Nodavlat kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina nodavlat taʼlim sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat oʻrta maxsus taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Taʼlim-tarbiya jarayoni davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi

15

2.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng akademik litseylarda taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS AL axborot tizimiga kiritmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab bormaganligi

10

3.

Taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaganligi

10

4.

Taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjud emasligi

10

5.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

10

6.

Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi

5

7.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori shakllantirilmaganligi

5

8.

Taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi taʼminlanmaganligi

3

9.

Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilmaganligi

3

10.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi

3

11.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi

3

12.

Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritilmaganligi

3

13.

Taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilmaganligi

2

14.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi

2

15.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

16.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

2

17.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

18.

Qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilinmaganligi (bundan mazkur Koʻrsatkichlarning 1 — 17-pozitsiyalari mustasno)

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat kasbiy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Taʼlim-tarbiya jarayoni davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi

15

2.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng

kasbiy taʼlim jarayonlarini boshqarish — EMIS PT axborot tizimiga kiritmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab bormaganligi

10

3.

Taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaganligi

10

4.

Taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjud emasligi

10

5.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

10

6.

Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi

5

7.

Talabgor tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori shakllantirilmaganligi

5

8.

Taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi taʼminlanmaganligi

3

9.

Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilmaganligi

3

10.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi

3

11.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi

3

12.

Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritilmaganligi

3

13.

Taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilmaganligi

2

14.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi

2

15.

Bitta guruh uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

16.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

2

17.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

18.

Qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilinmaganligi (bundan mazkur Koʻrsatkichlarning 1 — 17-pozitsiyalari mustasno)

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi — HEMIS axborot tizimiga kiritmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab bormaganligi

15

2.

Taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaganligi

10

3.

Taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshmasligi hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga talabalarni tegishli taʼlim dasturlari belgilangan tartibda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilganidan soʻng navbatdagi (kelayotgan) oʻquv yili uchun belgilangan tartibda qabul qilinishi talablarining buzilishi

10

4.

Taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlarining maydoni 5 000 m2dan kamligi

8

5.

Taʼlim tashkiloti tomonidan depozit hisobvaragʻida zaxira qilinishi lozim boʻlgan mablagʻning minimal miqdori shakllantirilmaganligi

5

6.

Taʼlim tashkilotining dastlabki ustav fondi (ustav jamgʻarmasi)ga qoʻyiladigan minimal talablarning bajarilmaganligi

5

7.

Taʼlim-tarbiya jarayoni davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi

5

8.

Taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi taʼminlanmaganligi

3

9.

Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilmaganligi

2

10.

Taʼlim tashkilotining tashqi hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

11.

Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi

2

12.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi

2

13.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi

2

14.

Taʼlim tashkiloti dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizini, keyingi yillarda esa kamida 50 foizini mazkur taʼlim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish talabi bajarilmaganligi

2

15.

Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga kiritilmaganligi

2

16.

Taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilmaganligi

2

17.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi

2

18.

Taʼlim oluvchilar uchun moʻljallangan auditoriya xonalarining minimal hajmi bajarilmaganligi

2

19.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

2

20.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

2

21.

Qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilinmaganligi (bundan mazkur Koʻrsatkichlarning 1 — 20-pozitsiyalari mustasno)

15

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turi boʻyicha moddiy-texnik bazaning holati talab darajasida emasligi

15

2.

Taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilmaganligi

15

3.

Taʼlim-tarbiya jarayoni davlat taʼlim standartlariga (davlat taʼlim talablariga), oʻquv reja va dasturlariga (taʼlim dasturlariga), shuningdek, taʼlim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan oʻquv dasturlariga muvofiq tashkil etilmaganligi

10

4.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻquv faoliyati boshlangandan soʻng

oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi — Daraja.ilmiy.uz axborot tizimiga kiritmaganligi yoki muntazam ravishda yangilab bormaganligi

10

5.

Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tahsil oluvchilar uchun yer, bino va inshootlarda belgilangan maydonning mavjud emasligi

5

6.

Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga beriladigan diplom maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligining tegishli maʼlumotlar bazasiga
kiritilmaganligi

5

7.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi

5

8.

Taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar bajarilmaganligi

5

9.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodim uchun ajratiladigan maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi

3

10.

Taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilganligi

2

11.

Taʼlim tashkilotlarining nomi, muhrlari, tamgʻalari, lavhalari, eʼlonlari, narxnomalari, ish qogʻozlarining matnlari va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida boʻlishi taʼminlanmaganligi

2

12.

Taʼlim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi, shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi talablarining bajarilmaganligi

2

13.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda, oʻrnatilgan tartibga muvofiq davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi

2

14.

Davlat akkreditatsiyasidan oʻtish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi

2

15.

Taʼlim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilmaganligi

2

16.

Qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilinmaganligi (bundan mazkur Koʻrsatkichlarning 1 — 15-pozitsiyalari mustasno)

15

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturining mavjud emasligi

20

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud emasligi

20

3.

Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa  mavjud emasligi

20

4.

Asosiy shtatdagi oʻqituvchilar ulushiga qoʻyilgan talablarning bajarilmaganligi

15

5.

Taʼlim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulk yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjud emasligi

10

6.

Taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi talabi bajarilmaganligi

5

7.

Oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan taʼminlanmaganligi

2

8.

Taʼlim oluvchilarning minimal va maksimal soniga qoʻyilgan talablarning bajarilmaganligi

2

9.

Faoliyat amalga oshiriladigan joyning devor yoki panjara bilan oʻralganligi, tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi talablarining bajarilmaganligi

2

10.

Taʼlim tashkilotidagi xonalar hamda har bir taʼlim oluvchi yoki xodimlar uchun ajratiladigan minimal maydon oʻlchamiga qoʻyilgan talablarning bajarilmaganligi

2

11.

Qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom hamda malaka oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida sertifikat berilishi talabi bajarilmaganligi

2

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3866/0644-son)