17.04.2026 yildagi PF-63-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qoʻyish, korrupsion xavflarni kamaytirish, tadbirkorlar va davlat organlari oʻrtasidagi muloqotda shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, qulay biznes muhitini rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yil 1-iyuldan boshlab amaldagi funksiyalariga qoʻshimcha ravishda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tekshirish oʻtkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tekshiruvlarni tadbirkorlik subyektidagi maxsus QR-kod yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar 2026-yil 1-avgustdan boshlab joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchisi) hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tadbirkor va davlat organi oʻrtasidagi muloqotning shaffofligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat xizmatchisi davlat organi nomidan yoki oʻzining xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan binoga nazorat yoki profilaktika tadbirini oʻtkazish maqsadisiz tashrif buyurishi yoxud tadbirkorlik subyektini boshqa joyga chaqirishi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot (keyingi oʻrinlarda — muloqot) sifatida baholanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablardan kelib chiqib hamda davlat xizmatchisining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti bilan amalga oshirilgan muloqot asosli hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarga olib keluvchi, shuningdek, mazkur kichik bandning “i” xatboshisida bayon etilgan holatlarga kirmaydigan muloqot asossiz hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tadbirkorlik subyektlarining jamoat birlashmalari tomonidan tashkillashtirilgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar hamda sayyor qabullarda, shuningdek, davlat xavfsizligiga oid kechiktirib boʻlmaydigan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlat xizmatchisining tadbirkorlik subyekti vakili bilan muloqotga kirishishi mazkur kichik bandda nazarda tutilgan muloqot sifatida tavsiflanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga muloqot haqidagi maʼlumotlarni kiritish davlat xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi va ushbu talabga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) boʻlib oʻtgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan boʻlinma yoxud mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Biznes-ombudsman) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi, qonunchilikda belgilangan hollarda axborot huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchisiga quyidagi choralar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ayni shu tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur taqiqqa rioya etmaslik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish hisoblanadi hamda tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma amal qilishining uch oygacha toʻxtatib turilishiga olib keladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish va ular bilan muloqot qilish tartibini surunkali tarzda buzuvchi shaxslar olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti oʻrtasida boʻlib oʻtgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat nazorati tartibotlarini raqamlashtirish va shaffofligini oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish orqali uni qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni roʻyxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkorlik subyektidagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Biznes-ombudsman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur Farmonda belgilangan talablardan kelib chiqib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini va uning mobil ilovasini takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tadbirkorlik subyekti faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganlik hamda tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun alohida maʼmuriy jazo choralarini qilmishiga mutanosib ravishda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali ushbu toifadagi qilmishni jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali qayd etilgan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik chorasini avtomatlashtirilgan tartibda qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni cheklash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabineti kompozit tartibida ochiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega boʻlmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda ishtirok etishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar davlat organi mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Biznes-ombudsman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi muloqotni hisobga olish va uning monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda uning qayta ishlangan tahririni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikki oy muddatda Biznes-ombudsman devonining faoliyatini qayta koʻrib chiqsin va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy uslublarni, shu jumladan, faoliyatini raqamlashtirish hamda unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish choralarini koʻrsin, shuningdek, Biznes-ombudsman devoni xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazsin va amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A.A. Buriyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-63-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti oʻrtasida boʻlib oʻtgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Tadbirlar

Muddatlar

Masʼullar

(subyektlar)

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Biznes himoya” QR-kodini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasida skanerlash orqali u bilan boʻlib oʻtadigan muloqotni qayd etish va uni asoslash*

Muloqot amalga oshirilishidan oldin

Davlat xizmatchisi

Davlat xizmatchisi bilan boʻlib oʻtgan muloqot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oʻz munosabatini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasiga kiritish

Muloqot amalga oshirilgandan keyin 3 kun ichida

Tadbirkorlik subyekti

(ixtiyoriy asosda)

2-bosqich

Davlat xizmatchisi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish, boʻlib oʻtgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish va bu haqida axborot tizimiga belgi qoʻyish

Davlat xizmatchisi maʼlumot kiritgandan keyin 3 kun ichida

Komplayens nazorat tuzilmalari**

3-bosqich

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni qayta tekshirish va solishtirish asosida davriy hisobotlar tayyorlash, Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish

Doimiy

Komplayens nazorat tuzilmalari,

Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

4-bosqich

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni monitoring qilish, tegishli choralar koʻrish uchun taqdimnomalar kiritish, zarur hollarda, axborotni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish

Doimiy

Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Boʻlib oʻtgan muloqotning davomiyligi va takrorlanishidan qatʼi nazar, har bir holatda alohida xabar berilishi va muloqot sabablari asoslab berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Komplayens nazorat tuzilmalari — davlat xizmatchisi ishlaydigan davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan boʻlinma yoxud mansabdor shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni kiritishga qaratilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganlik hamda tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun alohida maʼmuriy jazo choralarini belgilash;

(b) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzish qilmishini jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;

(v) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini avtomatlashtirilgan tartibda qoʻllash.

Qonun loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

2.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishga tushirish:

(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;

(b) oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish va korrupsiya holatlari haqida onlayn shikoyat yuborish;

(v) tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;

(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;

(d) tekshirish oʻtkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash va maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;

(j) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish;

(z) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish. Bunda tekshiruvlarni soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami orqali roʻyxatga olishni ham nazarda tutish;

(i) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish;

(k) tadbirkorlik subyektlarini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlarini majburiy etib belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

3.

Farmonda quyidagilar belgilangani munosabati bilan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta ishlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega boʻlmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda ishtirok etishlari mumkinligi;

nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkordagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga olishi;

davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqining berilishi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

4.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish va monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Prezident Administratsiyasiga kiritish:

(a) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchilariga nisbatan:

tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilash;

ushbu tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida ishtirok etishini cheklash;

(b) tadbirkorlar bilan muloqot qilish va tekshiruv oʻtkazish tartibini surunkali ravishda buzgan shaxslarni olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov)

5.

Insofsiz tekshiruvchilar reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

6.

2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev),

Tuman (shahar) hokimliklari

7.

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni takomillashtirish:

(a) xavf darajalarini aniqlash mezonlari, baholash indikatorlari, axborot almashinuvi tartibini belgilash;

(b) ishlab chiqilgan loyihani Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishish;

(v) kelishilgan loyihani belgilangan tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmonining 1-ilovasida koʻrsatilgan nazorat qiluvchi organlar

8.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish tartibini belgilash:

(a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish, videoyozuvlarni rasmiylashtirish, saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish;

(b) bodi-kamera orqali olingan videoyozuvlarni hisobga olish hamda ularni nazorat qiluvchi organlarning maʼlumotlar bazasida saqlash;

(v) tekshiruv davomida bodi-kamera orqali uzluksiz videoyozuvni amalga oshirish, yozuvni asossiz toʻxtatish yoki oʻchirishni taqiqlash, bodi-kamera nosoz boʻlgan holatda tekshiruvni toʻxtatish;

(g) videoyozuvlarning butligi va oʻzgarmasligini taʼminlash, ularni shaxsiy qurilmalarga koʻchirish yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlash hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

9.

Biznes-ombudsman devoni faoliyatini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish va samaradorligini oshirish:

(a) ish yuritish jarayonini raqamlashtirish hamda unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

(b) xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish, bunda ularning kasbiy bilimlari, amaliy tajribasi va ish samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish;

(v) attestatsiya natijalariga koʻra devon shtatini davlat organlarida amaliy tajribaga va raqamli texnologiyalar sohasida kompetensiyalarga ega, yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;

(g) faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy KPI mexanizmlarini joriy etish hamda ular asosida doimiy baholab borish.

Amaliy chora-tadbirlar va idoraviy hujjat

2026-yil may

Biznes-ombudsman (Buriyev)

10.

Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyalardan axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkazish, attestatsiya komissiyalarini tugatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Axborot xati yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil noyabr

Biznes-ombudsman (Buriyev)

11.

“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarni doimiy monitoring qilib borish, qonunchilikda belgilangan hollarda axborotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),

Bosh prokuratura (Kasimov)

12.

Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash.

Targʻibot materiallari toʻplamini Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.

Hujjatlar toʻplami asosida Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

13.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari uchun quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladigan oʻquv seminarlar tashkil etish:

(a) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tartibi;

(b) belgilangan tartibni buzgan davlat xizmatchisi ustidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi.

Oʻquv seminarlar

2026-yil avgust-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Kolenko)

14.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabinetini kompozit tartibida ochish imkonini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

15.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, davlat organi mansabdor shaxslari va masʼul xodimlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash.

Qonun loyihasi

2026-yil avgust

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Bosh prokuratura (Kasimov),

Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmoniga 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi (8)

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi (3)

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi (4)

Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi (2)

Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi (4)

Xalqaro aloqalar va protokol xizmati (1)

Birinchi boʻlim

Axborot xizmati (2)

Devonxona

Yuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi (1)

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi (1)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi (2)

Moliya-xoʻjalik shoʻbasi (2)

Vakil devonining hududiy shoʻbalari (58)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 91 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining umumiy soni — 40 nafar, shundan murojaatlar bilan ishlaydigan mutaxassislar soni — 15 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tuzilmaga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHTATLAR JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Lavozimning nomlanishi

Birliklar soni

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

1

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari

1

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari

1

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi

4.

Shoʻba mudiri

1

5.

Bosh inspektor

1

6.

Yetakchi inspektor

6

Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi

7.

Shoʻba mudiri

1

8.

Bosh inspektor

1

9.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi

10.

Shoʻba mudiri

1

11.

Bosh inspektor

1

12.

Yetakchi inspektor

1

Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi

13.

Bosh inspektor

1

14.

Yetakchi inspektor

1

Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi

15.

Shoʻba mudiri

1

16.

Bosh inspektor

1

17.

Yetakchi inspektor

2

Xalqaro aloqalar va protokol xizmati

18.

Bosh inspektor

1

Yuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi

19.

Bosh inspektor

1

Axborot xizmati

20.

Bosh inspektor

1

21.

Yetakchi inspektor

1

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi

22.

Bosh inspektor

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi

23.

Bosh inspektor

1

24.

Yetakchi inspektor

1

Moliya-xoʻjalik shoʻbasi

25.

Bosh hisobchi

1

26.

Moddiy buxgalter (kassir)

1

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shoʻbasi

27.

Shoʻba mudiri

1

28.

Bosh inspektor

1

29.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Andijon viloyatidagi shoʻbasi

30.

Shoʻba mudiri

1

31.

Bosh inspektor

1

32.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Buxoro viloyatidagi shoʻbasi

33.

Shoʻba mudiri

1

34.

Bosh inspektor

1

35.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Jizzax viloyatidagi shoʻbasi

36.

Shuʼba mudiri

1

37.

Bosh inspektor

1

38.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi shoʻbasi

39.

Shuʼba mudiri

1

40.

Bosh inspektor

1

41.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi shoʻbasi

42.

Shuʼba mudiri

1

43.

Bosh inspektor

1

44.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Namangan viloyatidagi shoʻbasi

45.

Shuʼba mudiri

1

46.

Bosh inspektor

1

47.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi shoʻbasi

48.

Shuʼba mudiri

1

49.

Bosh inspektor

1

50.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi shoʻbasi

51.

Shuʼba mudiri

1

52.

Bosh inspektor

1

53.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi shoʻbasi

54.

Shuʼba mudiri

1

55.

Bosh inspektor

1

56.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent viloyatidagi shoʻbasi

57.

Shuʼba mudiri

1

58.

Bosh inspektor

1

59.

Yetakchi inspektor

3

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Fargʻona viloyatidagi shoʻbasi

60.

Shuʼba mudiri

1

61.

Bosh inspektor

1

62.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Xorazm viloyatidagi shoʻbasi

63.

Shuʼba mudiri

1

64.

Bosh inspektor

1

65.

Yetakchi inspektor

2

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent shahridagi shoʻbasi

66.

Shuʼba mudiri

1

67.

Bosh inspektor

1

68.

Yetakchi inspektor

3

Jami

91

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-son Farmoniga 1-ilova quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Intellektual mulk sohasidagi nazorat

2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 06/26/63/0373-son)