26.06.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3864
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3864]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-iyun

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 15-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 26-iyundagi 22-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektibelgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan intellektual mulk sohasini aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvtadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 6-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Firma nomlari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Seleksiya yutuqlari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni, shuningdek ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlanganligi

20

2.

Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni, shuningdek ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni ruxsat berilmagan tarzda sotilganligi

20

3.

Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni, shuningdek adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni ruxsat berilmagan tarzda qoʻllanilganligi

20

4.

Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni, shuningdek adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni ruxsat berilmagan tarzda savdoga taklif etilganligi

15

5.

Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni, shuningdek adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni ruxsat berilmagan tarzda olib kirish, fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlanganligi

15

6.

Roʻyxatdan oʻtkazilmagan tovar belgisiga, xizmat koʻrsatish belgisiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik koʻrsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan, koʻrgazmalarda va yarmarkalarda namoyish etilayotgan yoki boshqacha tarzda Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan yoki tashilayotgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarda, tovarlarning yorliqlarida, oʻrovlarida qonunga xilof ravishda foydalanilganligi

15

2.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan blankalarda, hisobvaraqlarda, boshqa hujjatlarda va bosma nashrlarda qonunga xilof ravishda foydalanilganligi

15

3.

Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda oʻrovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda qonunga xilof ravishda ishlatilganligi

15

4.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan tovarlarni sotish toʻgʻrisidagi takliflarda, shuningdek eʼlonlarda, peshlavhalarda va reklamada qonunga xilof ravishda foydalanilganligi

15

5.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan undan foydalanish, hatto bunda, agar tovar ishlab chiqarilgan haqiqiy joy koʻrsatilgan boʻlsa yoki geografik koʻrsatkichdan uni tarjima qilgan holda yoxud “xildagi”, “turdagi”, “oʻxshatib ishlangan” degan va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshib foydalanilganligi

10

6.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichdan undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlmagan yoxud geografik obyekt chegarasidan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarga nisbatan foydalanilganligi

10

7.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkichga oʻxshash belgidan tovar ishlab chiqarilgan joy yoki tovarning xususiyatlari xususida isteʼmolchilarni chalgʻitadigan tarzda har qanday tovarlar uchun foydalanilganligi

10

8.

Roʻyxatdan oʻtkazilmagan geografik koʻrsatkichga va tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan ogohlantiruvchi tamgʻadan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomlari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va yuridik shaxsning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarda qonunga xilof ravishda aks ettirilganligi

20

2.

Firma nomini tovarlarda, ularning idishi va oʻrovida qonunga xilof ravishda ishlatilganligi

20

3.

Firma nomini reklamada va peshlavhalarda qonunga xilof ravishda ishlatilganligi

20

4.

 Firma nomini bosma maʼlumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda qonunga xilof ravishda ishlatilganligi

20

5.

Firma nomini tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkaziladigan koʻrgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida qonunga xilof ravishda ishlatilganligi

20

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlaganligi

20

2.

Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz qoʻllaganligi yoki import qilganligi

20

3.

Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz sotganligi, sotishga taklif etganligi

20

4.

Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritganligi yoki shu maqsadda saqlab turganligi

20

5.

Ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni ruxsatsiz qoʻllash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritganligi yoki shu maqsadda saqlab turganligi

20

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutuqlari sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (koʻpaytirish)

20

2.

Seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini ruxsatsiz nav yoki nasllik konditsiyasiga yetkazish

20

3.

Seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini ruxsatsiz sotish uchun taklif qilish

20

4.

Seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini ruxsatsiz sotish va boshqa usullarda oʻtkazish

20

5.

Seleksiya yutugʻining urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini ruxsatsiz Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish yoki olib kirish

20

Jami ballar yigʻindisi

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish

35

2.

Asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash

25

3.

Asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini tarqatish

15

4.

Asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini barchaning eʼtiboriga yetkazish

15

5.

Asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon axborotni koʻrsatish

10

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2026 y., 10/26/3864/0643-son)