18.04.2026 yildagi KQ-335-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha parlament nazoratini kuchaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, murojaatlarni koʻrib chiqishning asosiy prinsiplari, shakl va turlari, murojaatlarga qoʻyiladigan talablar aniq belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish kafolatlari mustahkamlanib, qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik qatʼiylashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ijrosi yuzasidan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz ichki meʼyoriy hujjatlari qayta koʻrib chiqildi hamda murojaatlar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinib, Konstitutsiyaviy sud fuqarolar hamda yuridik shaxslarning ayrim turdagi shikoyatlarini koʻrib chiqishi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 98-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda virtual qabulxonasi tashkil etilishi natijasida joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqot va sayyor qabullar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalari orqali va sayyor qabullarda koʻtarilgan dolzarb muammolar tahlili natijasida koʻplab sud-huquq hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi masalalar ijobiy hal etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining maqsadlaridan biri etib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda aholini murojaat qilishga majbur qilayotgan muammolarni mahallaning yoki hududning oʻzida hal qilish hamda ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish boʻyicha yetarli choralar koʻrilmayapti. Bu esa murojaatlar sonining oshib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bilan davlat organlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqotni taʼminlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvida ishtirokini yanada kengaytirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-sonli Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-maydan eʼtiboran aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotlarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotlarini esa tegishlicha Senatda yoki mahalliy Kengashlarda har chorakda kamida bir marta eshitish tartibi joriy qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis Senati tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holatini tanqidiy oʻrganib, tahlil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻp murojaatlar kelib tushayotgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini qoʻmitada eshitish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida amalga oshirsin hamda har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirgan holda har chorak yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Senat Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar tomonidan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijro etilishini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda oʻtkaziladigan oʻrganish va tahlillar hamda ularning natijalari boʻyicha Oliy Majlis Senatida hamda mahalliy Kengashlarda oʻtkaziladigan eshituvlarni samarali tashkil etishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi ushbu Qarorning ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining tegishli hududda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axboroti asosida hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda sessiyalarda eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshituv yakuni boʻyicha sohada tizimli muammolar saqlanib qolishiga, takroriy murojaatlar soni ortishiga yoʻl qoʻygan va murojaatlarni belgilangan muddatlarda koʻrib chiqmagan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash deputatlari va “mahalla yettiligi” ishtirokida jamoaviy murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muhokamalar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga kelib tushgan murojaatlarni hamda deputatlarning qabullarida koʻtarilgan masalalarni har chorak yakunida tahlil qilish, tahlil natijasiga koʻra aholi eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan tizimli muammolarni bartaraf qilish boʻyicha tegishli davlat organlariga takliflar kiritib borish, zarur hollarda, deputat soʻrovi va Kengash soʻrovi yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi murojaatlari bilan ishlash borasida Kengash va deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda hamda Kengashning rasmiy veb-saytida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-335-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 18-apreldagi KQ-335-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Amalga oshirish shakli (mexanizmi)

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar sohasiga masʼul rahbar hamda xodimlari roʻyxatini shakllantirish.

2. Ular uchun senatorlar, olimlar, amaliyotchi-mutaxassislar ishtirokida Oliy Majlis Senati binosida seminar tashkil etish.

2026-yil may

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

2.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini (axborotini) eshitish boʻyicha sessiyalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda murojaatlar bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazish.

1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini (axborotini) eshitish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishga doir vakolatlarini va Kengashlar kotibiyatlari vazifalarini tahlil qilish.

2. Mahalliy Kengashlar deputatlari, Kengashlar kotibiyatlari xodimlari ishtirokida (onlayn shaklda) seminar tashkil etish.

2026-yil iyun

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

3.

Senat qoʻmitalari tomonidan vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash holatini oʻrganish.

1. Joriy yil olti oylik hamda oʻn ikki oylik yakunlari yuzasidan har bir Senat qoʻmitasi tomonidan tegishliligiga koʻra eng koʻp murojaat kelib tushgan bitta soha boʻyicha vazirlik va idoraning murojaatlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini oʻrganish.

2026-yil 20-iyul,

Senatning barcha qoʻmitalari,

Vazirlar Mahkamasi,

vazirlik va idoralar

2. Oʻrganish natijalari yuzasidan vazirlik va idora rahbariyatining murojaatlar bilan ishlashga oid faoliyati boʻyicha axborotini qoʻmita majlisida eshitish.

3. Eshituv natijalari boʻyicha qoʻmita qarorini qabul qilib, tegishli vazifa va tavsiyalar belgilash.

2027-yil 20-yanvar

4.

Mahalliy Kengashlarning aholi murojaatlari bilan ishlash hamda sessiyalarda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini (axborotlarini) eshitish borasidagi faoliyatini oʻrganish va natijalarini muhokama qilish.

1. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati va tuman (shahar) Kengashlarining (tanlov asosida) aholi murojaatlari bilan ishlash hamda sessiyalarda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini (axborotlarini) eshitish borasidagi faoliyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalarini sessiyada tanqidiy muhokama qilish, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlar faoliyatiga baho berish.

2026-yil oktabr

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

5.

Hududlarda murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazish.

1. Davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qiluvchilar bilan jarayonni tanqidiy tahlil qilish maqsadida anonim shaklda soʻrovnomalar tashkil qilish.

2. Soʻrovnoma natijalarini tahlil qilish va zaruratga koʻra, tegishli davlat organlarining faoliyatini sessiyada muhokama qilish.

Har chorakda kamida bir marotaba

Adliya vazirligi,

mahalliy Kengashlar,

“Yuksalish” harakatining hududiy boʻlinmalari

(kelishuv asosida)

6.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish borasidagi faoliyatiga uslubiy koʻmaklashish.

1. Mahalliy Kengashlarning murojaatlar bilan ishlashga oid faoliyatini maʼlumotlarni tahlil qilish orqali monitoring qilib borish.

2. Mahalliy Kengashlar kotibiyatlariga murojaatlar bilan ishlashni tashkil etish boʻyicha uslubiy, koʻmaklashish, zarur tushuntirishlar berib borish.

Doimiy

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya,

Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

7.

Murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib qilish.

1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi holatlari boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari roʻyxatini tuzish.

2. Ushbu roʻyxatni har oyda yangilab borish.

3. Roʻyxatni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

Doimiy

Vazirlar Mahkamasi,

davlat organlari va tashkilotlari

8.

Respublika hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari, hokimliklar xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlari, xususan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish.

1. Respublika davlat organlari va tashkilotlari hayʼat yigʻilishlarida xodimlarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish.

Doimiy

Vazirlar Mahkamasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari,

Adliya vazirligi,

davlat organlari va tashkilotlari

2. Hokimliklar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun “Hokimlik soatlari” tadbirlarini oʻtkazib borish boʻyicha grafik ishlab chiqish.

2026-yil 10-may

3. Grafik asosida “Hokimlik soatlari” tadbirlarini oʻtkazish.

Grafik asosida

9.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun aholi murojaatlarini koʻrib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash.

1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun aholi murojaatlarini koʻrib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash.

2. Tayyorlangan huquqiy qoʻllanmani davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish.

2026-yil may

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

davlat organlari va tashkilotlari

10.

Aholiga murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, muddatlari, shakli va usullari yuzasidan targʻibot materiallari tayyorlash.

1. Targʻibot materiallarini (buklet, flayer va boshqa) tayyorlash. Bunda amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan javobgarlik choralari, murojaatlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati va boshqa masalalarni nazarda tutish.

2. Tayyorlangan targʻibot materiallarini joylarga aholiga yetkazish.

2026-yil may

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

davlat organlari va tashkilotlari

11.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlari tashkil etish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlarini tashkil etish.

2. Matbuot anjumanlarida fuqarolik jamiyati institutlari, jurnalist va blogerlar ishtirokini taʼminlash.

3. Matbuot anjumanlari natijalarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Har chorakda kamida bir marotaba

Vazirlar Mahkamasi,

davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari

12.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan televideniyeda koʻrsatuv, intervyu va suhbatlar tashkil etish.

1. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan televideniyeda koʻrsatuv, intervyu va suhbatlarni tashkil etish.

2. Intervyu va suhbatlarni ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

Doimiy

Vazirlar Mahkamasi,

davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, davlat va nodavlat telekanallar