03.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3493-1
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3493-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023-yil 26-dekabrdagi 104-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493, 2024-yil 29-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2024-y., 10/24/3493/0074-son) bilan tasdiqlangan Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun murojaatqilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Agar ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchiligi normalari va qoidalari qoʻllaniladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ (bundan keyin Markaziy depozitariy deb yuritiladi) va “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maxsus rejim doirasida harakatlarni (operatsiyalarni) amalga oshirish uchun maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Chet ellik ishtirokchilar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishga ariza berish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organining yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar vakolatli organining tegishli litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlmagan investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchi faoliyatni amalga oshirish;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Maxsus rejim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investitsiya vositachilari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishi va depo hisobvaraqlarini ochishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlar ochishi va Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini toʻgʻridan toʻgʻri yoki agent orqali amalga oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar, jumladan kastodian banklarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy va milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga, shuningdek Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitar bank (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida kiritilgan xalqaro bozorlarda davlat aksiya paketlarini IPO/SPO orqali sotishda ishtirok etayotgan rezident-emitentlarning aksiyalariga nisbatan huquqlarni tasdiqlovchi global depozitar tilxatlarning xorijiy emitenti) (bundan buyon matnda depozitar bank deb yuritiladi) maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kastodian maʼlumotlari asosida oʻz nomidan kastodianda va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida rezident-emitentlarning aksiyalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni berishga huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlar — bazaviy aktiv asosidagi depozitar tilxatlar dasturi (chiqarish, konvertatsiya qilish va bekor qilish) doirasida qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz oʻtkazish (Free of Payment Transfer) Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan egalik huquqi oʻzgarishi (Change of Beneficiary Owner) haqidagi topshiriqnomalar asosida amalga oshiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda bitim sifatida rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi va muomalasi hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda obligatsiyalarning qiymatini chet el valyutasida belgilash va mazkur valyutada toʻlashga ruxsat beriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan emitentlarning korporativ obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasida ochilgan hisobvaraqlaridagi hisobga olingan qimmatli qogʻozlar yoki pul mablagʻlarining benefitsiar mulkdori hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning chet el nominal hisobvaragʻidan (yoki chet el nominal hisobvaragʻiga) benefitsiar mulkdor oʻzgarmagan holda “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazilishi ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish (sotish) hisoblanmaydi va tomonlarning hech biri, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun soliq majburiyatini keltirib chiqarmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini alohida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan, filial yoki yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan yoxud mahalliy yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etmasdan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investitsiya vositachilarining xodimlariga tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan ishlash imkonini beruvchi malaka sertifikatlari mazkur xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq alohida qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka attestatini olmagan holda Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejimning chet ellik ishtirokchilari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga, shu jumladan investitsiya fondlariga ular chiqarilgan va ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan kastodial xizmatlar va nominal saqlash xizmatlari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan depozitar bank Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini ochishga, shuningdek qimmatli qogʻozlarni xorijiy nominal hisobvaraqdan (yoki xorijiy nominal hisobvaraqqa) benefitsiar egasini almashtirmasdan “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) yoʻli bilan oʻtkazishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi va depozitar bank oʻzining nominal saqlashida boʻlgan aksiyalar bilan berilgan aksiyadorning barcha huquqlarini oʻz mijozlari — chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab, oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan, bunday chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan vakillik qilish huquqini tasdiqlovchi hech qanday ishonchnomalarsiz amalga oshirishga haqli. Agar chet ellik nominal saqlovchi yoki depozitar bankda bir emitentning bir turdagi aksiyalari bir nechta mijoz uchun nominal saqlanayotgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar bank aksiyadorning huquqlarini bunday shaxslardan olingan alohida topshiriqlar asosida har bir mijozga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda amalga oshiradi. Bunda qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar banki, agar nominal saqlov shartnomasi shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kun tartibidagi ayni bir masala boʻyicha bunday shaxslarning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda alohida-alohida ovoz berishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent-aksiyadorlik jamiyati ustav fondini keyinchalik kamaytirish yoki aksiyalarni qayta sotish maqsadida, hisob-kitoblar va ularning yuritilishi maxsus rejim doirasida faoliyat yuritishga ruxsat etilgan kastodian orqali amalga oshirilishi sharti bilan, depozitar tilxatlar boʻyicha xorijiy benefitsiar mulkdorlarning manfaatlarida bunday aksiyalarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi xorijiy nominal saqlovchi yoki depozitar bankdan oʻz aksiyalarini toʻgʻridan toʻgʻri sotib olishga haqli. Agar amallar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olingan kastodian orqali bajarilsa, ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun emitent va depozitar bankning maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ nizolarga taalluqli boʻlgan hamda emitentning qimmatli qogʻozlarini depozitar tilxatlardan foydalangan holda xorijiy bozorlarda joylashtirish va ularning muomalada boʻlishidan, shuningdek emitent, kastodian, chet ellik nominal saqlovchi, depozitar bank va depozitar tilxatlar egalarining huquq va majburiyatlarini bajarishdan kelib chiqadigan yoki emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq nizolar taraflarning kelishuviga koʻra xalqaro tijorat arbitrajiga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari muomalasini fond birjalarining tegishli savdo maydonchasi orqali yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan investitsiya vositachilarining elektron platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91. Fond birjasining savdo maydonchalariga va investitsiya vositachisining elektron platformasiga qoʻyiladigan talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 10-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatning nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrining tegishli rasmiy manbasiga havola;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Arizachini quyidagi hollarda maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilarining iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarda, shuningdek uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan ariza beruvchilar tomonidan maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan oldingi oxirgi 2 yil mobaynida qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslantirilgan mulohazasi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha berilgan hisobotlarda yolgʻon maʼlumotlar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi, shuningdek uning litsenziyasi yoki tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatining bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlaridan arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilari iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish va ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi, korrupsiya hamda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni ketma-ket ikki oy davomida taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan talab va shartlarning buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslantirilgan mulohazasi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026 y., 10/26/3493-1/0318-son)