03.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2734-2
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi оliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2734-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 30-oktabrdagi 9-2015-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2734, 2015-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 47-son, 604-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son

Oʻzbekiston Respublikasi оliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-martdagi 117-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom oliy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) magistratura mutaxassisliklari talabalari (bundan buyon matnda magistratura talabasi deb yuritiladi) tomonidan stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat boshqaruvi akademiyasi” degan soʻzlar “Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 35-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yozma ravishda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 44-banddagi “yozma ravishda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 48-banddagi “yozma ravishda” degan soʻzlar “yozma yoki elektron ravishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “qoniqarsiz baho qoʻyilganda,” degan soʻzlar “60 va undan kam ball toʻplagan hollarda magistratura talabasining bilimi “qoniqarsiz” deb baholanadi hamda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi mazmundagi 581 — 588-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“581. Magistratura talabasining apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun OTM rahbarining qarori bilan ushbu tashkilot tizimining kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi komissiya aʼzosining Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582. Stajirovka boʻyicha hisobot himoyasi komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan magistratura talabasi natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasini shikoyat koʻrib chiqilishidan ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida magistratura talabasiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabasi natijalariga oʻzgartirish kiritish va uni stajirovkadan oʻtgan deb topish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan magistratura talabasiga oʻz qarorini u qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan magistratura talabasi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2734-2/0308-son)