Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3341-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 24-maydagi PF-76-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 26-maydagi PF-79-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 6-sentabrdagi PF-156-son “Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan ayrim vazirlik va idoralarning aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish sohasidagi funksiyalarini optimallashtirish toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-son “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 5-maydagi PF-77-son “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari va 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-385-son “Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3341, 2021-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 10/21/3341/1138-son) bilan tasdiqlangan Davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-fevral,
330-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 330-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarining moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish tartibini belgilaydi.”.
2. 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 7, 8 va 9-bandlardagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi,” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. 2-bobda:
1) nomidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Xarajatlar smetasi” va “moliya yilining oʻninchi martidan kechiktirmay” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kelgusi yil uchun xarajatlar smetasi” va “joriy yilning 20-dekabridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 2-paragraf oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
4) 24-banddagi “jamlanma xarajatlar smetasi” va “moliya yilining 10-martidan kechiktirmay” degan soʻzlar tegishli ravishda “kelgusi yil uchun jamlanma xarajatlar smetasi” va “joriy yilning 20-dekabridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 4-paragrafning nomidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari va 27-banddagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 28-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasida” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 29-bandning uchinchi xatboshisidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasiga” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasining asoslanganligini qoʻshimcha oʻrganish maqsadida tegishli davlat maqsadli jamgʻarmalari va ularning hududiy boʻlimlaridan xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etishning istalgan bosqichida ularga doir hisob-kitoblar talab qilib olinishi mumkin.”;
10) 31-bandda:
birinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasida” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 32-banddagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 3-bobda:
1) nomidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 35-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
3) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy boʻlimlarining kelgusi yil uchun xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi mos ravishda davlat maqsadli jamgʻarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari tomonidan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining kelgusi yil uchun xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi esa davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joriy yilning 25-dekabridan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkaziladi.”;
4) 37-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini” va “35 va 36-bandlarida” degan soʻzlar tegishli ravishda “xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasini” va “36-bandida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 38-bandning birinchi xatboshisidagi “Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi,” degan soʻzlar “Xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 39 va 40-bandlardagi “xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar “xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 114-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. 139-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 138-bandida koʻrsatilgan vakolatli shaxslarning” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmasi rahbari va bosh hisobchisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9. 143-banddagi “yozma ravishdagi murojaatiga asosan” degan soʻzlar “yozma yoki elektron ravishdagi murojaatiga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10. 3-ilovada:
1) 2-ilovaning nomidagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 3-ilovaning nomidagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 4-ilovadan “Bolalikdan nogironlik nafaqasi”, “Bola tugʻilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi” va “Bir martalik dafn nafaqasi” pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
4) 6-ilovaning nomidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Migratsiya jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 10-ilovaning nomidagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 14-ilovaning nomidagi “Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 16-ilovada:
nomidagi “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “Suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga ajratilgan subsidiyalar miqdori”, “Mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiyalar miqdori” va “In vitro” usulida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiyalar miqdori” pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
9) 18-ilovaning nomidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 12-ilovadan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari (4-002-0-0)” pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026 y., 10/26/3341-1/0159-son)