17.10.2024 yildagi PF-162-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlari samaradorligini oshirish, sohada yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish hamda mas’ul davlat organlarining aniq vazifalari va javobgarligini belgilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasini Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasi etib qayta nomlash va uning yangilangan tarkibini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatini tugatish hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligini (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasini Agentlikka o‘tkazish hamda uning negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Migratsiya jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari va uning mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligi mablag‘larini shakllantirish manbalari va uning mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Vazirlar Mahkamasi va Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasiga bevosita hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining va Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga berilgan barcha soliq imtiyozlari Agentlik uchun saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xorijdagi mehnat munosabatlarini tartibga solish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari, xalqaro va idoralararo hujjatlardagi huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, uning hududiy filiallari, xorijdagi vakolatxona va vakillari hamda Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining shtat birliklari, mablag‘lari va mol-mulklari Agentlikka o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning (xorijdagi vakolatxona va vakillaridan tashqari) jami boshqaruv shtat birliklari soni 117 ta etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan holda o‘tkazishga ruxsat etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik zimmasiga u tomonidan o‘tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, har bir tekshirilgan subyekt kesimida aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda besh kun muddatda “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasiga joylashtirib borish majburiyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, Agentlik direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har olti oyda Agentlik va Jamg‘arma faoliyati, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar, tizimli muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasiga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar ishini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga so‘zsiz va to‘laqonli erishish uchun mas’ul hamda shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifa va funksiyalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning markaziy apparati, uning hududiy filiallari, xorijdagi vakolatxonalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik, uning hududiy filiallari, xorijdagi vakolatxonalari tuzilmasini tasdiqlash, xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasi (A. Aripov) bilan kelishilgan holda Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanish parametrlariga tezkor o‘zgartirishlar kiritish yoki Jamg‘arma mablag‘larini mazkur Farmonning 4-ilovasida nazarda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini hamda ekspertlarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda sohani takomillashtirishga doir tashabbuslar bilan chiqish va takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasiga (A. Aripov) quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etish va tugatish, Agentlik vakillari uchun shtat birliklarini ochish va qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha diplomatik lavozimlarni kiritish va tugatish yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasi 1-uy manzilidagi bino va inshootlarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish, sohaga xususiy sektor vakillarini keng jalb qilish va fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Agentlik va Jamg‘arma to‘g‘risidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Migratsiya agentligi direktori B.A. Musayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-162-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

B.A. Musayev

Migratsiya agentligi direktori, Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

S.E. Xusanov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari — Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni

N.N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

I.R. Maxkamov

transport vaziri

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.Y. Mavlonov

Bojxona qo‘mitasi raisi

O.A. Parpibayeva

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

K.K. Kuranbayev

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi

F.F. Eshmatova

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

K.M. Rafikov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

O.B. Sattorov

“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi

S.S. Boboqulov

Vazirlar Mahkamasining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i, Respublika komissiyasi mas’ul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini kompleks tartibga solish, fuqarolarni xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish ishlarini nazorat qilish hamda ushbu fuqarolarning hisobini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash, ular tomonidan litsenziya talablari va shart-sharoitlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Migratsiya sohasida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarni xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish ishlarini tashkil qilish, rivojlangan davlatlarda tan olinadigan malakani baholash va sertifikatlash tizimlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy va boshqa qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekistonning xorijdagi va xorijiy davlatlarning respublikamizdagi diplomatik muassasalari bilan doimiy hamkorlik qilish, o‘zbek diasporalari va vatandoshlar bilan aloqalarni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

Agentlikning xorijdagi vakolatxona va vakillari

Migratsiya jamg‘armasi

Agentlikning hududiy filiallari

Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi

Markaz filiallari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat budjetidan ajratiladigan beg‘araz moliyaviy yordam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar uchun yig‘imlarning bir qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya jamg‘armasining mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, yashash uchun mablag‘larsiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga huquqiy, ijtimoiy hamda moddiy yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat migratsiyasida bo‘lgan vaqtda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning o‘z mablag‘lari yoki tibbiy sug‘urta hisobidan to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib bo‘lgan yoki og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avval uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik to‘langan mablag‘larni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan sharoitlar bilan ta’minlanmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga subsidiyalar to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashkil etish va faoliyat yuritishini ta’minlash, shuningdek, malakali chet ellik pedagog kadrlarni mahalliy ta’lim tashkilotlariga jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillariga o‘qitish hamda ularning malakasini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini to‘lab berish, xorijga ketish uchun yo‘l transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Migratsiya Agentligining chet eldagi vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ish bilan ta’minlanganlik holatini ular ishga joylashgan joylarga borgan holda monitoring qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Migratsiya agentligi xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va uning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan “call markaz” faoliyatini texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mehnat migrantlari uchun vaqtincha bo‘lib turgan mamlakatlari va u yerdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni kelgusida texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va mamlakatimiz hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi Yagona idoralararo elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va uni kelgusida texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkillashtirilgan holda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga 10 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ingliz, koreys, nemis va yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng ko‘p bo‘lgan kasbiy ta’lim tashkilotlari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarining 50 nafar chet tili fani o‘qituvchilariga 50 million so‘mdan subsidiya to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligi mablag‘larini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pulli xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar uchun undiriladigan yig‘imlarning bir qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llangan jarimalardan tushgan mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik, grant mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Migratsiya agentligining mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy filiallari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik xodimlarini xizmat safariga yuborish xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik va uning hududiy filiallari bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash hamda saqlab turish xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik faoliyatini amalga oshirish uchun asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish hamda saqlash xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4554-son Farmoniga 2-ilovaning 3-ro‘yxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishincha o‘n sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2024 — 2026-yillarda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni tayyorlash va chet elga tashkillashtirilgan tartibda yuborishning hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 20-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddan “huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qolgan mablag‘larning 50 foizi Migratsiya jamg‘armasiga, 20 foizi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga hamda 30 foizi Migratsiya agentligiga yo‘naltiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/162/0847-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)