O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 5-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda ma’qullangan
Keyingi yillarda fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali budjet mablag‘larini taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga budjet jarayonlarini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi yuzasidan hisobdorlikni va nazoratni kuchaytirish, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash zarurati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni, navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etishga hamda uni ko‘rib chiqishga, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan tashqi auditdan o‘tkazishga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini ko‘rib chiqish va qabul qilishga, ularning ijrosiga doir hisobotlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kirishi belgilanmoqda.
Shuningdek budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga, xarajatlar smetasiga yiliga ko‘pi bilan to‘rt marta o‘zgartirishlar kiritishga doir tartib bekor qilinmoqda.
Shu bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jamlanma xarajatlar smetalarini, jamlanma shtat jadvallarini hamda jamlanma moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini o‘rnatish, shuningdek ushbu tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borilishi belgilanmoqda.
Ushbu Qonun budjet jarayonlarini takomillashtirishga, budjet intizomiga rioya etilishiga doir mas’uliyatni oshirilishiga, shuningdek hisobdorlikni va nazoratni kuchaytirish orqali ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi bo‘yicha shaffof tizimni yaratishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164,165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233-modda) 1756-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1756-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda, № 4, 519, 520, 522-moddalar, № 6, 730-modda, № 8, 968-modda, № 10, 1152-modda) 357-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi”.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 3, 198-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 8, 787-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 13-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalaridan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar g‘aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda, № 12, 1285-modda; 2025-yil, № 4, 516-modda, № 7, 831-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan to‘ldirilsin:
“291-modda. Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini ko‘rib chiqish
Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfellari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar Qonunchilik palatasiga kiritib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalarda hamda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalar portfeli fraksiyalar va Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tomonidan o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
2) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar fraksiyalarda va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish davomida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi. Uni ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, mas’ul qo‘mitaning xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi hamda hisobot Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar mas’ul qo‘mitaning majlisida ko‘rib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib boradi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalarida har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib borilishi mumkin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bilan birga O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilish holati haqidagi axborot Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalariga har chorak yakunlari bo‘yicha ma’lumot uchun kiritib boriladi”;
3) 335-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qonunchilik palatasining deputatlari navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda, № 11, 652-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 10, 973-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 577-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 9, 958-modda, № 10, 1080-modda, № 12, 1285, 1297-moddalar; 2025-yil, № 2, 201-modda, № 10, 1155-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda:
o‘n beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin:
o‘n oltinchi — qirq to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha o‘n beshinchi — qirq sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablag‘lar jalb etilishi natijasida yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‘indisi”;
yigirma birinchi — qirq sakkizinchi xatboshilari tegishincha yigirma ikkinchi — qirq to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ttizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy fiskal balans — O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan ajratiladigan depozit, budjet ssudalari va kredit liniyalari hamda ularning qaytarilishi o‘rtasidagi farqni o‘z ichiga olgan jamlanma balans”;
o‘ttiz oltinchi xatboshisidagi “umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar, yig‘imlar va davlat bojlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
qirqinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
qirq ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi qirq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti — budjet tizimi budjetlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining barcha tushumlari va xarajatlari hamda davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga doir xarajatlar bo‘yicha tuziladigan budjet”;
qirq beshinchi — qirq to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha qirq oltinchi — elliginchi xatboshilar deb hisoblansin;
qirq oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g‘aznachilik bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik xizmati boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari”;
qirq to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududiy iqtisodiyot va moliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari”;
2) 17-moddaning:
uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarning ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini hamda yangilab borilishini anglatadi”;
3) 18-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 21-moddaning oltinchi qismidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlarni, yig‘imlarni va davlat bojini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 25-modda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi”;
sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — o‘n yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘tgan moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek joriy moliya yili uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tashqi auditdan o‘tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi”;
o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti daromadlari prognozini choraklar va hududlar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
6) 26-moddaning birinchi qismi:
to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot hamda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi bo‘yicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalarining ijrosi to‘g‘risida taqdim etilgan choraklik hisobotni Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan hamda boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy va boshqa ma’lumotlar asosida tahlil qilish hamda baholash usuli orqali amalga oshiriladigan o‘rganishlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tezkor xulosa taqdim etadi”;
to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi xatboshisi “mahalliy budjetlarining ijrosi” degan so‘zlardan keyin “hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 27-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi “shaharlar budjetlarini” degan so‘zlardan keyin “va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi”;
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliqlar hamda yig‘imlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida belgilaydi”;
8) 28-modda:
to‘rtinchi xatboshisi “tumanlar va shaharlar budjetlari” degan so‘zlardan keyin “hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi” degan so‘zlar “ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi choraklik va yillik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi”;
yettinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan Davlat budjeti daromadlari prognozining o‘z hududiga tegishli qismining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimotini tasdiqlaydi”;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 29-modda:
nomidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va hududlar kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi”;
yettinchi xatboshisidagi “tuzish va tayyorlash” degan so‘zlar “shakllantirish va tuzish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning takliflari asosida o‘zining ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘larga 10 va undan ortiq foiz miqdorda o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi”;
o‘n beshinchi xatboshisidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlarni, yig‘imlarni va davlat bojlarini, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ttiz ikkinchi xatboshisidagi “shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 30-modda:
nomidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisi “tumanlar va shaharlar budjetlari” degan so‘zlardan keyin “va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlarning, yig‘imlarning, davlat bojlarining va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda:
Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va tumanlar (shaharlar) kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;
budjet ssudalarini beradi”;
uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 31-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘zining joriy xarajatlarini, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan iqtisod qilingan mablag‘lar doirasida boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq o‘zlariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida o‘zlashtirilishi va ulardan samarali foydalanishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan majlislarda ishtirok etadi hamda ushbu masalalar bo‘yicha hisobot beradi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning tashabbusiga ko‘ra, ularga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari loyihalari ishlab chiqilganda, zarur hollarda mazkur loyiha tashabbuskorlari tomonidan bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi”;
ikkinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
12) 32-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 33-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “yig‘imlar, davlat bojlari, soliq bo‘lmagan to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 36-moddaning birinchi qismidagi “majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “yig‘imlar, davlat bojlari, soliq bo‘lmagan to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 45-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining barcha tushumlari va xarajatlarini (ular o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda) hamda davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlarni hisobga olib borish uchun tuziladi”;
16) 46-moddaning birinchi qismi:
to‘rtinchi xatboshisi “jamg‘armalari” degan so‘zdan keyin “mablag‘lari” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar”;
17) 47-modda to‘rtinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “1-iyulgacha” degan so‘zlar “1-maygacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 50-moddaning:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar, yig‘imlar va davlat boji, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar”;
oltinchi xatboshisidagi “kreditlar mablag‘larini qaytarish hisobiga to‘lovlar, shuningdek ular bo‘yicha foizli tushumlar” degan so‘zlar “kreditlar mablag‘lari bo‘yicha foizli tushumlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 51-modda:
1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarib berilgan daromad solig‘i summasi chegirilgan holda)”;
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) qo‘shilgan qiymat solig‘i (qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar chegirilgan holda)”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari, kompensatsiya to‘lovlari, jarima sanksiyalari va belgilangan normativlar bo‘yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan va foydalanishga berishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari va chet davlatlarga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va boshqa daromadlar kiradi”;
20) 52-modda:
1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan qaytarib berilgan daromad solig‘i summasi chegirilgan holda)”;
9-bandidagi “davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
21) 61-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi miqdorida, respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi miqdorida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar”;
22) 65-moddaning:
birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
23) 66-moddaning birinchi qismidagi “Iqtisodiyot” degan so‘z “Investitsiyalar, sanoat va savdo” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 67-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Investitsiyalar, sanoat va savdo” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 68-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 70-modda:
1-bandi quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam”;
3-bandining yettinchi xatboshisidagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “xizmat ko‘rsatish” degan so‘zlar “foiz to‘lovlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
27) 71-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “muassasalarini” degan so‘z “muassasalari va tashkilotlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarini hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tuman tibbiyot birlashmalarini, tuman markaziy poliklinikalarini va yotoq joysiz dispanserlarni, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini, oilaviy poliklinikalarni hamda qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari”;
beshinchi — o‘ninchi xatboshilari tegishincha oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n birinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining hududiy organlarini saqlab turish xarajatlari”;
quyidagi mazmundagi 8, 9 va 10-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“8) advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to‘lash xarajatlari;
9) ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta’mirlash xarajatlari;
10) davlat qarzi bo‘yicha foiz xarajatlari va davlat kafolatini bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
28) 72-modda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar (shaharlar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, umumiy o‘rta ta’lim, qo‘shimcha ta’lim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari”;
beshinchi xatboshisidagi “tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari tasarrufidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisidagi “kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, shuningdek” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarini, laboratoriyalarni saqlab turish”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
29) 73-moddaning:
oltinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 84-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
31) 85-moddaning uchinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
32) 89-moddaning ikkinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
33) 90-modda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“umumiy fiskal balans prognozlarini”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili 15-aprelga qadar o‘rta muddatli davr uchun kamida ikkita ssenariydagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining dastlabki bahosi ishlab chiqiladi”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda boshqa vazirliklar, shuningdek idoralar tomonidan — har yili 15-mayga qadar amaldagi soliq-budjet siyosatidan kelib chiqqan holda o‘rta muddatli davr uchun Davlat budjetiga soliq va bojxona tushumlarining prognozlari bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi”;
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
34) 901-moddaning
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35) 902-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
36) 91-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar bo‘yicha budjet so‘rovlarini ko‘rib chiqadi”;
37) 92-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlari — joriy yilning 15-avgustiga qadar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi”;
to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining yozma bildirishlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet so‘rovlarini taqdim etishi shart”;
38) 93-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy yilning 25-iyulidan kechiktirmay;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga joriy yilning 1-avgustidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
39) 94-modda:
birinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “davlat soliq inspeksiyalari” degan so‘zlar “soliq inspeksiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “davlat soliq boshqarmalari” degan so‘zlar “soliq boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
40) 95-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
41) 97-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi”;
42) 99-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas’ul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
43) 100-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
44) 102-moddaning:
uchinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Moliya vazirligiga” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
45) 103-moddaning:
uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun yillik jamlanma xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 20-dekabriga qadar tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining kelgusi moliya yil uchun xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan joriy yilning 25-dekabriga qadar tasdiqlanadi”;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, budjet mablag‘larini taqsimlovchining kelgusi moliya yil uchun jamlanma xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
46) 104-modda chiqarib tashlansin;
47) 105-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
48) 106-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotining shtat jadvali 1-dekabr holatiga ko‘ra har bir budjet tashkiloti bo‘yicha mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha tuziladi”;
beshinchi qismidagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotlarining kelgusi moliya yili uchun shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
49) 107-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashkilotlarning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelgusi moliya yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari ular iqtisodiyot va moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin amalga kiritiladi”;
birinchi xatboshisidagi “1-apreligacha” degan so‘zlar “25-dekabrigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalarida” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlarida” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
50) 108-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini kelgusi yil uchun tasdiqlash joriy yilning 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari bo‘yicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 25-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
51) 109-modda:
beshinchi qismining birinchi jumlasidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
52) 110-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
53) 111-moddaning:
nomidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona g‘azna hisobvarag‘i O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag‘i bo‘lib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur budjetlarning xarajatlari to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida hamda boshqa banklarda o‘zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega”;
uchinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
54) 112-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismi chiqarib tashlansin;
55) 113-moddaning ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
56) 114-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
57) 115-moddaning matnidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
58) 116-moddaning:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
59) 118-modda:
ikkinchi qismi “ajratmalarning normativlari” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunida hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” degan so‘zlar “Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar qonunchilikda Davlat budjetiga o‘tkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa (bundan ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno), bu turdagi daromadlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tizimi budjetlariga ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushum summalarini qaytarish ularni qaytarish vaqtida amalda bo‘lgan ajratmalarning normativlariga muvofiq tegishli budjet tizimi budjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan amalga oshiriladi”;
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
60) 119-modda:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan kamaytirilishi natijasida maqbullashtirilgan mablag‘lardan;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qo‘shimcha aniqlangan daromadlardan respublika budjetiga undirilgan mablag‘lardan”;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, tegishli budjet daromadlarini undirishga vakolatli organlar o‘rtasida rasmiylashtiriladigan solishtirma dalolatnomalarga asosan Davlat budjeti darajalari kesimida alohida aniqlanadi.
Har oy yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishli moliya yilida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boriladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari va soliq bo‘lmagan to‘lovlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “uchinchi qismida” degan so‘zlar “beshinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
61) 120-modda:
to‘rtinchi qismi 1-bandining:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablag‘larning ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablag‘lar, shtat birliklari to‘ldirilmaganligi, shuningdek tarmoq, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha reja bajarilmaganligi natijasida bo‘shab qoladigan mablag‘lar ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi”;
62) 122-modda o‘ninchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni” degan so‘zlar “soliqlarni, yig‘imlarni, davlat bojlarini va soliq bo‘lmagan to‘lovlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
63) 125-modda:
birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Yagona g‘azna hisobvarag‘ining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilinishi mumkin.
Yagona g‘azna hisobvarag‘ining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun jalb qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
64) 126-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan tadbirlarni” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismining birinchi jumlasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
65) 127-modda:
birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismining birinchi jumlasidagi “Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
66) 128-modda:
birinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin
ikkinchi qismining birinchi jumlasidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
67) 129-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi “(bundan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
68) 130-modda:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘tgan moliya yilida amalda bo‘lgan soliqlar, yig‘imlar va davlat bojlari, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlarni taqsimlash normativlari saqlab qolinadi”;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari yil boshlanguniga qadar qabul qilinmasa, boshlanayotgan moliya yilida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining o‘tgan moliya yilining oxirgi choragidagi ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajat qilinadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
69) 131-moddaning yettinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
70) 134-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“134-modda. Budjetlararo transfertlar”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning” degan so‘zlar “soliqlarning, yig‘imlarning, davlat bojlarining va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Budjetlararo transfertlarni moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, ushbu mablag‘lar o‘tkazib berilgan budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlarini shakllantirish manbasi hisoblanmaydi.
Budjetlararo transfertlar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari tarkibiga kiritilmaydi, ularning hisobi alohida yuritiladi hamda ular Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Budjetlararo transfertlarni hisobga olish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettirilgan holda amalga oshiriladi”;
uchinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
71) 136-moddaning:
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
72) 138-moddaning uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
73) 140-moddaning:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — tegishli moliya yili yakunigacha bo‘lgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi”;
beshinchi qismidagi “Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n ikkinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘rtinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “hududiy moliya organlari va davlat soliq boshqarmalari” degan so‘zlar “hududiy iqtisodiyot va moliya organlari hamda soliq boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi qismidagi “moliya organi va budjet ssudasini oluvchi moliya organi” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya organi va budjet ssudasini oluvchi iqtisodiyot va moliya organi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
74) 142-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlarni hisobga olgan holda balanslashtirilgan bo‘lishi lozim”;
ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “budjetlar mablag‘lari” degan so‘zlardan keyin “hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mol-mulki” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
75) 143-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi, elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni realizatsiya qilishdan ushbu budjetlarga tushgan mablag‘lar hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan xarajatlar tegishli budjetlarga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
uchinchi — oltinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya vazirligi” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti daromadlari va xarajatlariga tasdiqlangan budjetlar doirasida uning ijrosi jarayonida qonunchilik hujjatlari asosida o‘zgartirishlar kiritish tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida hisobga olib boriladi”;
76) 145-modda:
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablag‘lar birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larni, shuningdek Davlat maqsadli jamg‘armalariga, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan budjetlararo transfertlarni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi. Bunda qayta taqsimlangan mablag‘lar hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi”;
uchinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10 va undan ortiq foiz miqdorda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda;
10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladi”;
77) 147-moddaning ikkinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
78) 148-moddaning ikkinchi qismidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
79) 149-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
80) 150-modda:
birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasidagi “budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarajatlar smetasiga yiliga ko‘pi bilan to‘rt marta kiritiladi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlari” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet tashkilotining shtat jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha tegishli iqtisodiyot va moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollar mustasno”;
81) 152-modda quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘lar tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanmaydi.
Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlarini moliyalashtirish tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobidan amalga oshiriladi hamda tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlarida alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Davlat qarzining hisobi alohida yuritiladi va O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi”;
82) 154-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
83) 155-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
84) 156-modda:
birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini joylashtirishda”;
85) 157-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ushbu berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar tegishli hisobotlarda alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi”;
86) 158-moddaning:
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
87) 159-moddaning birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
88) 161-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet hisobi va budjet hisobotining yagona uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, budjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Budjet hisobining standartlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“iqtisodiyot va moliya organlari”;
89) 162-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “hisobot” degan so‘z “yillik va choraklik hisobotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
90) 163-modda:
ikkinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga” degan so‘zlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “hokimliklarining moliya bo‘limlariga” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya bo‘limlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismidagi “moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar “iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi”;
o‘n birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
91) 164-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar soliq inspeksiyalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlariga hisobot davri uchun soliqlar va yig‘imlarning hisoblanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga hisobot davri uchun soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning hisoblanishi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot davri uchun soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning hisoblanishi hamda tushumi to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadi.
Soliqlar, yig‘imlar, davlat boji va soliq bo‘lmagan to‘lovlarning hisoblanishi va tushumi to‘g‘risidagi hisobotlarning shakllari hamda ularni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar hamda muddatlarda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarining tushumlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi”;
92) 165-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“165-modda. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini o‘z ichiga oladi:
Davlat budjeti ijrosining balansini;
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni;
Davlat qarzi to‘g‘risidagi hisobotni.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tuzadi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi;
foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va miqdori;
hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar;
Davlat budjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘lar ijrosi;
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
yuqori budjetdan quyi budjetlarga, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan budjet ssudalari”;
93) quyidagi mazmundagi 1651 va 1652-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“1651-modda. Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
Davlat budjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan mablag‘ oluvchi budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni tuzadi.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi;
foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va ularning miqdori;
hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar;
Davlat budjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘lar ijrosi;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi to‘g‘risidagi ma’lumot;
yuqori budjetdan quyi budjetlarga, davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan budjet ssudalari.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etadi.
1652-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
budjet ijrosining balansini;
budjet daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
budjetdan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha tarmoqlarga, shtatlarga va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining nomoliyaviy aktivlari harakati to‘g‘risidagi hisobotni.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot budjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun tegishli budjet daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
budjet daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik xizmati bo‘linmalari tegishli tumanlar hamda shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlariga tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga — hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraligacha;
tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni yuqori turuvchi Iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar g‘aznachilik xizmati boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tegishli budjetlarning kassa ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha, hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraligacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga;
mahalliy budjet ijrosining borishi to‘g‘risidagi yillik hisobotni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida taqdim etadi;
b) hisobot davri uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda tegishli hokimliklarga taqdim etiladi”;
94) 166-modda:
birinchi xatboshisidagi “hisobot” degan so‘z “yillik hisobot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “budjetlari daromadlarining” degan so‘zlar “budjetlarining daromadlari va xarajatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshisidan “milliy va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshisidagi “jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar” degan so‘zlar “jamg‘armalari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
davlat maqsadli jamg‘armalarining chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni”;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar”;
uchinchi xatboshisidagi “1-apreliga” degan so‘zlar “10-fevraliga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martiga qadar taqdim etadi”;
95) 1661-moddaning:
beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda budjet” degan so‘zlar “Budjet” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar “Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar hokimliklari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar o‘z rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi”;
sakkizinchi qismi to‘qqizinchi qism deb hisoblansin;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’lumotni ushbu moddaning birinchi — sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
96) 24-bob quyidagi mazmundagi 1662-modda bilan to‘ldirilsin:
“1662-modda. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlariga ko‘ra shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha taqdim etadi”;
97) 167-moddaning birinchi — beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi”;
98) quyidagi mazmundagi 1671-modda bilan to‘ldirilsin:
“1671-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni baholash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida taqdim etadi”;
99) 168-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning tashqi auditi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas’ul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi”;
100) 169-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“169-modda. O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi. Uni ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari va takliflari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi hamda hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘laridan va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yillik, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli hisobotlarga doir axborot O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi”;
101) 171-moddaning birinchi qismidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
102) 173-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “g‘aznachilik bo‘linmalari moliya organlari va” degan so‘zlar “g‘aznachilik bo‘linmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va” degan so‘zlar “g‘aznachilik bo‘linmalari, iqtisodiyot va moliya organlari hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
103) 174-modda:
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni tashqi auditdan o‘tkazishni hamda baholashni”;
o‘ninchi — o‘n uchinchi xatboshilari tegishincha o‘n birinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n birinchi xatboshisidagi “Moliya” degan so‘z “Iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
104) 175-moddaning:
nomi va birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“175-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo‘limlari o‘z vakolatlari doirasida”;
ikkinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “moliya” degan so‘z “iqtisodiyot va moliya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
105) 177-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi;
hisobot yili yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi”;
106) 187-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha ijro etish navbatlariga rioya qilmaslik”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
107) 190-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“190-modda. Budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Iqtisodiyot va moliya organlariga budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik budjet so‘rovini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzishdir”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 11-aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-403-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 123-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) 7-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar fraksiyalarda va Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish davomida fraksiyalar va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi. Uni ko‘rib chiqish vaqtida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning fikrlari va takliflari, mas’ul qo‘mitaning xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi hamda hisobot Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining birinchi chorakdagi va to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar mas’ul qo‘mitaning majlisida ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib boradi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlarning bajarilishi hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalarida har chorak yakunlari bo‘yicha eshitib borilishi mumkin.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bilan birga O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilish holati haqidagi axborot Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalariga har chorak yakunlari bo‘yicha ma’lumot uchun kiritib boriladi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-546-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 384-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803, 804-moddalar, № 12, 1198-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda, № 7, 539-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 9-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 24-modda:
to‘qqizinchi xatboshisidagi “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi”;
3) 30-modda:
o‘ninchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Davlat budjetining hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlar yuzasidan tezkor xulosa tayyorlaydi”;
o‘n birinchi — yigirma uchinchi xatboshilari tegishincha o‘n ikkinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 35-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) quyidagi mazmundagi 351-modda bilan to‘ldirilsin:
“351-modda. Tezkor xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosining choraklik hisobotlarini Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi va boshqa elektron manbalardan olingan statistik, moliyaviy hamda boshqa ma’lumotlarni o‘rganish asosida Hisob palatasi tezkor xulosa tayyorlaydi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-aprelda qabul qilingan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 4, 272-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 10, 1081-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda) 36-moddasining to‘rtinchi qismiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-982-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 10, 1081-modda) 39-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasini Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi”;
ikkinchi — o‘n ikkinchi qismlar tegishincha uchinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 5-moddasi 5-bandining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o‘tkazish va baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida belgilasin;
ushbu Qonun 5-moddasi 5-bandining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin olti oy ichida belgilasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 8-moddasi 2027-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
O‘RQ-1107-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)