22.12.2025 yildagi 353-8-119-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI SHEROBOD TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-bobi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalarigaasosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga asosan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar hamda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantirishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi hamda xodimlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar esa faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantirishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 7 foizidan oshmasligi va xodimlar soni 20 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga tatbiq etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sherobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (Sh.Egamberdiyev) hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman hududidagi tashkilotlar boʻyicha 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarini belgilash boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar soni 20 nafardan ortiq boʻlgan davlat tashkilotlarida majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari xodimlar umumiy sonining 7 foizidan oshmagan miqdorda, xodimlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) esa majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmagan miqdorda boʻlishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun jami 98 ta ish oʻrni zaxiraga qoʻyilsin, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun — 15,3 % (15 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — 1,02 % (1 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun — 77,55 % (76 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun — 1,02 % (1 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun — 3,06 % (3 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun — 2,04 % (2 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yilda ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni ishga joylashtirish maqsadida davlat tashkilotlari tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining kamida 25 foizini yil boshlanishidan oldin, oʻn kundan kechiktirmay tayyor holda taʼminlashi va bu haqida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan ish oʻrinlarini kalendar yilning birinchi choragida zaxiraga qoʻyishi va chorak yakunidan soʻng oʻn kundan kechiktirmay maʼlumot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirish boʻyicha har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha axborot berib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarini saqlash tartibi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga muvofiq, belgilangan eng kam sondan ortiq miqdorda ijtimoiy ehtiyojmand shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida oyiga BHMning 2 baravari miqdorida subsidiya toʻlab berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-, 13-, 34-, 38-, 39-, 40-, 41-moddalariga asosan, ushbu qaror talablari bajarilmagan taqdirda ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 965-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 21-bandi, 2-qismiga muvofiq, zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarini yaratmaslik uchun jarima toʻlash tashkilotni majburiyatdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sherobod tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (Sh.Egamberdiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror nusxasini 5 kun ichida 1-ilovada keltirilgan tashkilotlar rahbarlariga yetkazsin va bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilish rad etilganda yoki ish oʻrinlari yaratilmaganda mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U.Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumani hokimi U. I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-8-119-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.