29.10.2025 yildagi VII-15-137-11-156-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet maʼlumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3917-son hamda 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son Qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvar kungi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-666-IV-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 81-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizomning 11-bandi, 4-xatboshisida koʻrsatilgan tartibda belgilangan davr mobaynida jamoatchilik muhokamasida boʻlganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Quva tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan Quva tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Siddiqovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha tashabbusli budjetlashtirish natijalari yuzasidan maʼlumot 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” hisobidan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar (gʻolib deb topilgan) toʻgʻrisida maʼlumot 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Siddikov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish markazi (I.Xakimov), Yoshlar ishlari tuman boʻlimi (K.Abdurazaqov) hamda mahalla fuqarolari yigʻinlari bilan birgalikda kelgusida oʻtkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish boʻyicha targʻibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Siddikov), tuman hokimligi axborot xizmati (R.Oʻrinboyev) Tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (J.Zakirov), nazorat qilish xalq deputatlari Quva tumani Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha” doimiy komissiya raisi (A.Dadajonov)lar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-137-11-156-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.