22.08.2018 yildagi PQ-3917-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet maʼlumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash lozimki, mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini isloh qilish doirasida iqtisodiy va moliyaviy statistika maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va budjet jarayoni ochiqligini oshirishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, budjet maʼlumotlarining ochiqligi va sifati, ularni xorijiy investorlarga va boshqa manfaatdor subyektlarga yetkazish, shuningdek, parlament vakillari va fuqarolik jamiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb yuritiladi) shakllantirish va ijro etish jarayonidagi ishtiroki darajasi yetarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, budjet mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat budjetini shakllantirish va ijro etishning shunday tartibi oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yildan boshlab budjet mablagʻlarini taqsimlashda fuqarolar ishtirokining tuman (shahar)lar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirishni nazarda tutadigan mexanizmi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yildan boshlab Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari axborotlar batafsil bayon etilgan, ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlangan qonun bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etilishidan oldin majburiy jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihalari hamda ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan tashqi audit va baholash natijalari boʻyicha xulosalari majburiy eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan “Ochiq budjet” axborot portalining (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishga tushirilishini va faoliyat yuritishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalarini joylashtirish orqali budjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tuman (shahar)lar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilish taklif etilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet qonunchiligini buzish holatlari toʻgʻrisida xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini oʻz ichiga olgan fuqarolar bilan qayta aloqani tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishda fuqarolarning Portal orqali kelib tushgan fikr va takliflarini tahlil qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2014-yilgi davlat moliya statistikasi boʻyicha qoʻllanmasiga muvofiq ishlab chiqilgan yangilangan budjet tasnifini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda budjet hisobi tartibini Davlat sektorida xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IPSAS) uygʻunlashtirish boʻyicha 2019-2020-yillarga moʻljallangan tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet shaffofligi boʻyicha xalqaro reytingda yetakchi oʻrinlarni egallab turgan ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida Portalni doimiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini Jahon bankining davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik mezonlari boʻyicha baholashdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet ochiqligi indeksi boʻyicha reytingga erishishi, jumladan Portalning yaratilishi yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, budjet shaffofligini baholash uchun xalqaro moliya institutlarining ekspertlari va texnik koʻmagi jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda baholashni oʻtkazish muddatini belgilagan holda davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlikni Jahon banki mezonlari asosida baholashni taʼminlash boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-oktabrga qadar Portalga joylashtiriladigan maʼlumotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning roʻyxatini va ularni joylashtirish muddatlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga ushbu qaror talablariga muvofiq qonun bilan tasdiqlanadigan 2020-yilga moʻljallangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari loyihalarining shakllarini kelishish uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yildan boshlab Xalqaro budjet hamjamiyatining Budjet ochiqligi indeksida ishtirok etishini taʼminlash uchun “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy budjetlar parametrlari va ijrosi haqidagi hisobotlarning koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi jarayonining ommaviy axborot vositalarida har tomonlama yoritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari qoʻshimcha manbalaridan kamida 10 foizining Portal orqali jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Davlat moliyaviy statistikasini yuritish va budjet ochiqligini taʼminlash boʻlimi tashkil etilsin hamda uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moliyaviy statistikasini takomillashtirish va budjet shaffofligini taʼminlash sohasida islohotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet jarayoni va budjet maʼlumotlarining shaffofligini, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor subyektlarning ulardan foydalanish imkoniyatini, budjet jarayoniga fuqarolarning jalb etilishini, shuningdek, “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrining eʼlon qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni axborot, uslubiy, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va boshqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti tomonidan aholi oʻrtasida uning budjet savodxonligi va budjetning ochiqligi darajasini oʻrganishga qaratilgan tegishli soʻrovlar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovlar natijalariga koʻra, Jahon bankining uslubiyotiga muvofiq aholining budjet savodxonligini oshirish ishlarini amalga oshirish uchun texnik koʻmak jalb etilishini, shuningdek, loyiha doirasida umumtaʼlim maktablari uchun oila budjeti va davlat budjeti boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3917-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2018-y., 07/18/3917/1792-son)