1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini tashabbusli budjet jarayoniga keng jalb qilishni yanada kuchaytirish, budjet mablagʻlarining bir qismini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, shuningdek, oʻtgan davr mobaynida orttirilgan tajribani inobatga olgan holda mazkur tizimni yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha Ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Mening yoʻlim” loyihasi 2024-yildan boshlab Tashabbusli budjet jarayonining 1-mavsumi doirasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Mening yoʻlim” loyihasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan holda mazkur Qaror ilovasida keltirilgan nizom talablari asosida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 9-fevralga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarni identifikatsiya qilish orqali “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili ishga tushirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ochiq budjet” axborot portalida jismoniy shaxsning mobil raqami maʼlumotlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining elektron tizimi orqali aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlarni tashkil etsin hamda har mavsum yakunlariga koʻra amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 9-fevralga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida xarid bilan bogʻliq loyihalarni shakllantirishda ruxsat etiladigan tovar va xizmatlar roʻyxatini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisida”gi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-666-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish, shuningdek, “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbusli budjet jarayoni — “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish, ularni saralash, ovoz berish yoʻli orqali gʻolib loyihalarni aniqlash hamda budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni oʻz ichiga olgan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyiha (keyingi oʻrinlarda — loyiha) ushbu Nizomda belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan mahalladagi mavjud ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib loyiha — ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra toʻplangan ovozlar soni asosida Portal tomonidan avtomatik tarzda tanlab olingan loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi — tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi — tashabbusli budjet jarayoni doirasida gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishning barcha bosqichlarini Portal orqali bevosita fuqarolarga kuzatib borish imkoniyatini beruvchi maxsus boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya — loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari huzurida tashkil etilgan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor — Portal orqali gʻolib deb topilgan loyiha muallifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn murojaat — Portalda fuqarolar tomonidan savol, shikoyat, taklif yoki qonun buzilishi holatlari yuzasidan xabar qoldirish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda xabar — Portalda tashabbuskor tomonidan gʻolib loyihani amalga oshirishda yuzaga kelgan favqulodda holat yuzasidan qoldirilgan xabar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“monitoring” moduli — Portalda loyihalar ijrosi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari aks ettirib boriladigan maxsus boʻlim;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat tashabbusi loyihasi — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tanloviga koʻra qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topilgan loyihalar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini tashkillashtirish, oʻtkazish hamda tartibga solishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalarni baholash, saralab olish hamda ijrosini monitoring qilish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etiladigan Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har bir tuman va shahar boʻyicha Iqtisodiyot va moliya organlaridan Tashabbusli budjet masalalariga masʼul etib biriktirilgan xodimlar Ishchi komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi. Ishchi organ Portalda oʻziga biriktirilgan vakolatlardan elektron raqamli kalit orqali foydalanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar budjetlarida Tashabbusli budjet jarayoni uchun rejalashtirilgan mablagʻlar. Bunda, har yili tuman va shahar budjetida tegishli moliya yilida ishtirok etadigan mahallalar sonidan kelib chiqib (tanaffusga tushgan mahallalar mustasno), qoida tariqasida 6 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining 30 foizi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-34-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat oʻrtasida sherikchilik asosida loyihalarni moliyalashtirish maqsadida fuqarolarning ixtiyoriy ravishda yoʻnaltirgan mablagʻlari;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning tegishli davr uchun tasdiqlangan rivojlantirish dasturlari doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashabbusli budjet jarayoni doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish tartibi “Tashabbusli budjet jarayoni doirasida loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq belgilanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mablagʻlarni tashabbusli budjet jarayonini moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mablagʻlarni Jamgʻarmaga yoʻnaltirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)lar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tuman (shahar) budjet parametrlarini tasdiqlashda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak (yil) yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning kamida 30 foiz qismini Jamgʻarmaga yoʻnaltirishga doir takliflarni tasdiqlash uchun tegishli xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashlariga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli moliya yilining 1-yanvar holatiga qayd etilgan aholi va mahallalar sonidan kelib chiqib, har chorak (yil) yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarning 30 foiz qismini teng taqsimlagan holda tuman (shahar) jamgʻarmalariga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlarida har chorak (yil) yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarni taqsimlash masalasi chorak (yil) yakunlariga koʻra keyingi oyning 25-sanasiga qadar tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashabbusli budjet jarayonlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Jamgʻarmaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) budjetlarida rejalashtirilgan mablagʻlarning teng yarmi — birinchi mavsum uchun yanvar oyidan boshlab, qolgan qismi ikkinchi mavsum uchun may oyidan boshlab oʻtkazib beriladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-34-V-sonli qarori tahririda)
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-34-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobiga ajratiladigan mablagʻlar — xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tegishli qarori qabul qilinganidan soʻng uch ish kunida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning tasdiqlangan rivojlantirish dasturlari doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlar aprel oyida tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ochilgan hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayoni uchun hukumat qarorlari yoki boshqa hujjatlar asosida qoʻshimcha mablagʻlar ajratilganda — bir hafta muddatda (agar hujjatda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa) qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalar uchun ochilgan hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar mahalliy budjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan Jamgʻarmaga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli chorak (yil) hisobidan oʻtkazilmasa, kelgusi chorak (yil) yakunlari boʻyicha shakllangan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan qoplab berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarma mablagʻlari faqat gʻolib loyihalar mazmunida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda shu bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza xulosalarini olish va boshqalar) xarajatlari uchun yoʻnaltiriladi. Mazkur mablagʻlarni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro Byurosi va boshqa undiruvchi organlar tomonidan tuman/shahar hokimliklari huzuridagi fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga sud va boshqa organlar ijro hujjatlariga asosan undiruvlar qoʻllash taqiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gʻolib loyihada nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq amalga oshirilib, loyiha foydalanishga qabul qilib olingandan soʻng ushbu loyiha uchun ochilgan hisob raqamidagi qoldiq mablagʻlar (kafolat mablagʻlari bundan mustasno) tejalgan mablagʻ hisoblanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tejalgan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda buyurtmachi tomonidan oʻn ish kuni ichida ushbu mablagʻlar tegishli tuman (shahar) Jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oy (chorak) yakuni boʻyicha yakunlangan va foydalanishga topshirilgan loyihalar yuzasidan tejalgan mablagʻlar (kafolat summasi bundan mustasno) avtomatik tarzda Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi orqali tegishli tuman (shahar) Jamgʻarmasida tiklanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbirlarni amalga oshirish ishlari tegishli moliya yilida yakunlanmay qolsa, shuningdek, bajarilgan ishlar uchun mablagʻlar pudratchilarga toʻliq oʻtkazib berilmasa, gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar Jamgʻarmaga oʻtkazilmaydi hamda kelgusi yil davomida belgilangan tartibda pudratchiga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yil yakunlariga koʻra rasmiylashtirilgan shartnomaga muvofiq tadbirlar amalga oshirilmagan yoki qisman bajarilgan boʻlsa, shartnomada belgilangan tadbirlarni hamda toʻlovlarni kelgusi yilda amalga oshirishni nazarda tutadigan qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashabbusli budjet jarayoni har yili ikki mavsum doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi mavsum — fevral-mart oylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi mavsum — iyun-iyul oylari davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda vakolatli organ keng jamoatchilikni xabardor qilgan holda mavsumlarni oʻtkazish muddatiga aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashabbusli budjet jarayonlari “Ochiq budjet” axborot portali (openbudget.uz) orqali oʻtkaziladi. Bunda Portalning veb-sahifasi va mobil ilovasi teng kuchli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bir mavsum qoida tariqasida quyidagi bosqichlarda va muddatlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish bosqichi — 20 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya tomonidan loyihalarni saralab olish bosqichi — 20 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
targʻibot bosqichi — 7 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish bosqichi — 10 kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ravishda gʻolib loyihalarni aniqlash — 10 kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlarning davomiyligiga vakolatli organ tomonidan har bir mavsumning oʻziga xosligidan hamda texnologik shartlarni inobatga olgan holda aniqlik kiritilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fuqarolar Portaldan roʻyxatdan oʻtgan holda 20 kun davomida oʻzlarining mahalla yoki tuman (shahar)dagi yoxud respublikaning istalgan hududidagi mavjud muammolarini bartaraf etish boʻyicha loyihalarni joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har bir fuqaro bir mavsumda faqat bitta loyihani ilgari surish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, barcha mahallalar uchun gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida tashabbusli budjet doirasida soʻnggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga tashabbusli budjet doirasida ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgani munosabati bilan loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qoʻllanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla soni 15 va undan kam boʻlgan tuman va shaharlardagi barcha mahallalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahalla” sifatida TOP-100 talik roʻyxatga kirgan mahallalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat oʻrtasida sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga istisno tariqasida sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surishga ruxsat etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan uchinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Agar yil davomida loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar boshqa mahallalar bilan birlashtirilsa, loyiha kiritish boʻyicha cheklov birlashish natijasida hosil boʻlgan (yoki yangi tashkil etilgan) mahalla uchun tegishli davr mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tanaffusga tushgan mahalla hududida yangi mahalla tashkil etilsa (mahalla hududi boʻlinsa), ushbu hudud boʻyicha soʻnggi ikki mavsumda gʻolib boʻlgan loyihalar qaysi mahalla hududiga tegishli boʻlsa ushbu mahallaga nisbatan tanaffus saqlab qolinadi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Olis hamda Internet xizmati toʻliq yetib bormagan hududlarda fuqarolarga imkoniyat yaratish maqsadida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli mahalla yoki ovulda loyihalarni shakllantirishga koʻmaklashuvchi tashabbuskorlar burchaklari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Loyihalarni shakllantirishda quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha mazmuni, jumladan, amalga oshiriladigan ish turlari yoki xarid qilinadigan tovar va xizmatlar nomi va soni aniq koʻrsatilgan boʻlishi (bunda jihozlar roʻyxati elektron tarzda shakllantiriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish aniq manzili (mahalla va ushbu mahalladagi koʻchalar nomi) koʻrsatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada yagona ijtimoiy muammo aks ettirilgan boʻlishi (loyiha tarkibiga bir necha manzildagi yoki turli xil obyektlar boʻyicha tadbirlarni kiritilishiga ruxsat berilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning amaldagi holatini tasvirlovchi kamida 3 ta fotosurat ilova qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqarolarga loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha hujjatlarni (loyiha hujjatlari, vakolatli organ xulosalari kabi hujjatlar) ilova qilish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyihalarni amalga oshirish turiga koʻra qurilish-taʼmirlash yoki jihozlash yoʻnalishlari boʻyicha ilgari surilishi mumkin. Bir loyiha tarkibida ikki xil turdagi tadbirlar kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jihozlash boʻyicha xarid qilinishi ruxsat etilgan tovar (xizmat)lar roʻyxati vakolatli organ tomonidan tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ruxsat etilgan tovar (xizmat)lar roʻyxati tegishli vazirliklar tomonidan har mavsum boshlanishidan kamida oʻn kun avval vakolatli organga taqdim etilishi lozim. Roʻyxat taqdim etilmagan hollarda tegishli soha boʻyicha jihozlash loyihalarini shakllantirish imkoniyati cheklanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli boʻlishi (maʼlum bir tuman (shahar)ga tegishli boʻlgan (roʻyxatdan oʻtgan) ammo joylashuvi boʻyicha boshqa tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bundan mustasno);
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha tashkilotlari bino va inshootlarini taʼmirlash yoki jihozlash, bunda tashabbusli budjet jarayonida ishtirok etishi ruxsat etilgan tashkilotlar roʻyxati vakolatli organ tomonidan har mavsum boshida “Ochiq budjet” axborot portalida eʼlon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yoʻllarni taʼmirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish (taʼmirlash) va mahalla hududini obod qilish boʻyicha tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlmasligi (barcha turdagi avtomashinalar, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, maʼmuriy binolarni taʼmirlash);
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat yuritmasligi va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlamasligi;
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun toʻlovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini shuningdek, ushbu organlar balansida boʻlgan obyektlarni qurish, taʼmirlash va jihozlashga qaratilgan boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni oʻz ichiga olmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati qurilish-taʼmirlash loyihalari boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming, jihozlash loyihalari boʻyicha ikki ming barobaridan oshmasligi lozim.
(23-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan boʻlsa, ulardan maʼlumoti toʻliq koʻrsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida Hukumat topshirigʻi yoki koʻrsatmalari ijrosini taʼminlash maqsadida manzilli ravishda loyihalarning shakllantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishchi komissiya loyihalarni saralash bosqichi davomida ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan buyurtmachilarga saralash bosqichining dastlabki kunidan kechiktirilmasdan yuborilishi taʼminlanadi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihalarni koʻrib chiqish va amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Buyurtmachilar tomonidan loyihalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan loyihalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buyurtmachilar belgilangan mezonlarga muvofiq loyihalarni qabul qilish yoki mezonga zid loyihalarni asoslantirilgan holda rad etish yuzasidan ishchi komissiyaga xulosa taqdim etadi. Taqdim etilgan xulosada qabul qilingan loyihalarning hisob-kitoblar asosida dastlabki qiymati koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha taʼlim muassasalari boʻyicha loyihalarning dastlabki qiymatiga istisno tariqasida tegishincha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining tegishli boʻlinmalar tomonidan aniqlik kiritiladi. Bunda, tegishli boʻlinmalar loyihani amalga oshirish boʻyicha dastlabki texnik smetani Ishchi komissiyaga taqdim etishi shart.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Loyihalarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻning dastlabki qiymati tegishliligiga koʻra buyurtmachilar xulosasi yoki tegishli boʻlinmalarning hisob-kitoblari asosida Ishchi organ tomonidan Portalga kiritiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tarmoq tashkilotlarining taqdim etgan xulosasiga asosan Ishchi komissiya loyihalarni ovoz berish bosqichiga oʻtkazish yoki rad etish yuzasidan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror asosida Ishchi organ Portalda rad etiladigan va ovoz berishga oʻtkaziladigan loyihalar roʻyxatini shakllantiradi hamda masʼul xodimlar tomonidan elektron kalit orqali ushbu roʻyxat tasdiqlanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishchi komissiya tomonidan loyihalarni asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar asossiz rad etilganda fuqarolarga holat yuzasidan Portal orqali xabar yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish jarayonida loyihalar haqiqatda asossiz ravishda rad etilgan deb topilsa, vakolatli organ tomonidan ushbu loyihalar ovoz berish bosqichiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar bir tuman (shahar)da mavsum doirasida ikki yoki undan ortiq asossiz ravishda rad etish holati yuzasidan xabar kelib tushsa, ushbu tuman (shahar) Ishchi organining mazkur mavsum uchun loyihalarni saralash jarayonidagi vakolatlari cheklanadi hamda tegishli hudud boʻyicha barcha loyihalar vakolatli organ tomonidan qaytadan saralashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar tegishli tuman (shahar) Ishchi komissiyasi loyihalarni rad etish uchun asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etmasa, barcha loyihalar ovoz berish bosqichiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishchi komissiya tomonidan rad etilgan takliflar boʻyicha taklif bergan shaxsning shaxsiy kabinetiga rad etishning asoslangan sabablari toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Saralash bosqichi yakunlariga koʻra loyihalarni targʻib qilish uchun targʻibot bosqichi oʻtkaziladi. Bunda tashabbuskorlar loyihalariga ovoz toʻplash uchun oʻz loyihalarini targʻib qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda targʻibot bosqichi boshlangunga qadar kelib tushgan barcha loyihalar saralashdan oʻtkazilishiga shaxsan Ishchi komissiya masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Targʻibot bosqichi yakunlariga koʻra Portalda ovoz berish jarayonlari oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ovoz berish bosqichida fuqarolar bir mavsum doirasida bitta loyihaga ovoz berish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ovoz berishda fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, Portalda ovoz beruvchilar roʻyxati shakllantirilib boriladi hamda takroran ovoz berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida ovoz berish SMS xizmati orqali Portal, mobil ilova yoki ijtimoiy tarmoqlarda ishga tushirilgan rasmiy botlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish bosqichi yakunlangan kun holatiga Portalda tegishli mavsum uchun yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan mablagʻlarga aniqlik kiritiladi;
(38-bandning uchinchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng koʻp ovoz olgan loyihalar tegishli mavsum uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Portal tomonidan avtomatik tarzda gʻolib deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda gʻolib loyihalarni aniqlashda ovoz beruvchilar maʼlumotiga aniqlik kiritish uchun qoʻshimcha vaqt talab etilishi natijasida gʻolib loyihalar roʻyxatini eʼlon qilish maʼlum bir muddat talab etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra, ayrim loyihalar teng ovoz toʻplagan boʻlsa gʻoliblarni aniqlashda ushbu loyihalardan mazkur ovozni Portalda birinchi boʻlib qayd etgan loyiha tanlab olinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan loyihalarga majburiy ovoz toʻplashga jalb etilishi yuzasidan shikoyatlar kelib tushsa, vakolatli organ tomonidan mazkur holatga aniqlik kiritish yuzasidan mehnat munosabatlari boʻyicha vakolatli tashkilotga soʻrov yuboriladi.
(381-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar holat oʻz tasdigʻini topsa majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki gʻoliblar roʻyxatidan chiqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga taqdimnoma yuboriladi.
(381-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha gʻolib loyiha sifatida aniqlangandan soʻng Kengash tomonidan majburiy ravishda ovoz toʻplagan deb topilib rad etilganda, rad etilgan loyihaga ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar doirasida keyingi oʻrindagi loyiha(lar) gʻolib deb eʼlon qilinadi.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Barcha tuman (shahar)lar boʻyicha gʻolib loyihalar bir vaqtning oʻzida Portal orqali eʼlon qilinadi. Loyiha tashabbuskorlariga gʻolib boʻlganligi yuzasidan SMS xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Gʻoliblar aniqlanganidan soʻng Jamgʻarmada shakllangan qoldiq mablagʻlar qoʻshimcha gʻolib loyihalarni aniqlashga, gʻolib deb topilgan loyihalarning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritilishi munosabati bilan qoʻshimcha talab etiladigan farqni qoplashga yoki kelgusida oʻtkaziladigan tashabbusli budjet jarayonlariga yoʻnaltiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
(40-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Ovoz berish bosqichi yakunlangandan soʻng gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan qoʻshimcha ravishda gʻolib loyihalarni aniqlash bosqichi oʻtkaziladi. Ushbu bosqich ovoz berish jarayoni yakunlangan kundan boshlab oʻn kun davomida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha gʻolib loyihalar quyidagi usulda aniqlanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari tomonidan tegishli saylov okruglaridagi loyihalardan birini Portalda tanlash orqali.
(401-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari yoki iqtisod qilinib Jamgʻarmaga qaytarilgan mablagʻlar hisobidan keyingi oʻrinlardagi loyihalarni (ushbu loyihalarga yetmagan mablagʻni toʻliq ajratgan holda) qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari Jamgʻarmaga mablagʻlar oʻtkazilganligi hamda qoʻshimcha gʻoliblarni aniqlash yuzasidan vakolatli organga ovoz berish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 10 kun ichida soʻrov yuborishi lozim.
(402-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Qoʻshimcha gʻolib loyihalarni aniqlash bosqichi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga tegishli saylov okruglarida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan bitta loyihani deputat tashabbusi loyihasi sifatida qoʻshimcha ravishda gʻolib deb eʼlon qilish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda oʻzlarining Portaldagi shaxsiy sahifalari orqali loyihalardan birini tanlaydi hamda ushbu loyihalar Portalda gʻolib loyihalar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan tanlangan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi. Bunda, ushbu loyihalar uchun mablagʻlar tegishli tuman (shahar) Jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda deputat tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq roʻyxati yuritiladi.
(403-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Deputatlar tomonidan loyihalarni tanlab olishda qoʻyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha deputat saylangan tegishli saylov okrugi hududida joylashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ovoz berish bosqichiga oʻtgan hamda mazkur Nizom bilan belgilangan eng kam ovoz sonini toʻplagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda moliyalashtirish amaliyoti doirasida ishtirok etib sherikchilik asosida loyiha amalga oshirilayotgan mahallaga tegishli loyiha boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bir mahalladan ketma-ket ikki mavsumda deputat tashabbusi sifatida loyihalarni tanlab olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli mavsum doirasida qoʻshimcha gʻolib loyihalarni aniqlash bosqichi yakuniga qadar deputatlar tomonidan qoʻshimcha gʻoliblar aniqlanmasa (loyihalar tanlanmasa), deputatlar oʻz vakolatidan foydalanmagan deb hisoblanadi hamda bu kelgusi mavsum(lar)da ushbu vakolatdan foydalanish huquqini bermaydi.
(404-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan texnik muammolar yoki ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha boshqa manbalar hisobidan mablagʻlar ajratilganida mazkur loyihalar gʻoliblar roʻyxatidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda gʻoliblar roʻyxatidan chiqarish uchun Ishchi komissiya tomonidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori rasmiylashtirilib, Portalga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib loyihalarning asossiz tarzda rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Gʻolib loyihalar toʻliq amalga oshirilmagunga qadar Portaldan nazoratdan olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Asoslangan holda gʻoliblar roʻyxatidan chiqarilgan loyihalar uchun ajratilgan mablagʻlar Jamgʻarmaga qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan ushbu mablagʻlar doirasida (kelgusi mavsum boshlangunga qadar) tegishli tuman (shahar)da eng koʻp ovoz toʻplab gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyiha(lar) gʻolib deb eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon yoki qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qoʻshimcha gʻolib deb eʼlon qilingan loyihalar uchun alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilib, ajratilgan mablagʻlar ushbu hisobvaraqlarga yoʻnaltiriladi.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu loyihalar Portalda shartli gʻolib sifatida qayd etilib, umumiy gʻolib loyihalar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan gʻolib loyihalarni moliyalashtirish tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Gʻolib loyihalar eʼlon qilingan kundan boshlab 7 kun muddatda mazkur loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan Ishchi komissiya tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga qaror loyihasi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qaror loyihasiga gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan 4-ilovadagi namunaga muvofiq “Manzilli roʻyxat” ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jihozlash loyihalari uchun mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xarid qilinadigan tovar (xizmatlar) reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) koʻzda tutilgan xaridlarning jami summasi Manzilli roʻyxatda tegishli loyihani moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻdan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(47-bandning ikkinchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Gʻolib loyiha doirasida faqat tashabbuskor tomonidan loyiha mazmunida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan gʻolib deb topilgan loyiha mazmunini Manzilli roʻyxatda oʻzgartirishga yoki loyihada koʻzda tutilmagan tadbirlar kiritilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Manzilli roʻyxat belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, jumladan, buyurtmachi tashkilotlar toʻgʻri tanlanishi, Reyestr toʻgʻri shakllantirilishi, xarid qilish tartib-taomili turi va loyihani amalga oshirish aniq manzili kabi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilishda Ishchi komissiya masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yer va boshqa resurslar ajratilishi, shuningdek, tegishli soha inspeksiyalarining ekspertiza xulosalari talab etilgan hollarda ushbu resurslarni ajratish boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega tashkilotlarga Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunida tuman (shahar) hokimligi tomonidan soʻrov yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida buyurtmachi tashkilotlarga har bir loyiha uchun alohida Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gʻolib loyihani amalga oshirishda respublika yoki viloyat darajasidagi tashkilot buyurtmachi etib tayinlansa — ushbu tashkilotga tegishli tuman (shahar) darajasida Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga 3 ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalar uchun Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib deb topilgan loyihalar uchun nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazib berilishini asossiz tarzda kechiktirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib berilgandan soʻng buyurtmachi tashkilotlar 3 ish kunida tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha loyihachi korxonalarni aniqlash boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimiga eʼlon joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qurilish va taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab 1 ish kunida buyurtmachi tashkilotlar Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan xarid qilish tartib-taomili boʻyicha pudratchi korxonalarni aniqlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida gʻolib loyihaning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agar loyihaning dastlabki qiymatiga nisbatan yakuniy qiymati koʻproqni tashkil etsa, loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻ tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida Jamgʻarmadagi mavjud yoki kelgusida kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Jamgʻarma hisobidan loyihaga ajratiladigan mablagʻ tegishli mavsum oʻtkazilgan holatga amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshib ketmasligi lozim. Loyiha qiymati ushbu miqdordan oshgan hollarda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻ tuman (shahar) mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga asosan qoplab berilishi mumkin.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib deb topilgan loyihaning dastlabki qiymatidan kelib chiqib, tadbir doirasida amalga oshiriladigan ishlar (tovar va xizmatlar) hajmini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jihozlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Jihozlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda buyurtmachi tashkilot davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki pudratchilarni aniqlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron doʻkon orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali davlat xaridlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Loyihalar uchun mablagʻlar oʻtkazib berilgan kundan boshlab qoida tariqasida toʻrt oyda tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) xarid qilish tadbirlari toʻliq yakunlanishi lozim. Loyihalarni toʻliq amalga oshirilishiga buyurtmachi tashkilotlar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ajratilgan mablagʻlar faqat Manzilli roʻyxatga ilova qilingan Reyestrda nazarda tutilgan tovar-moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni xarid qilish uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Reyestrga kiritilgan tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) turini oʻzgartirish yoki miqdorini oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Xarid qilinishi nazarda tutilgan tovar-moddiy qiymatliklarni haqiqiy bozor narxi gʻolib deb topilgan loyiha uchun nazarda tutilgan mablagʻdan ortiq boʻlsa, ushbu holatda Reyestrning jami summasiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Jamgʻarma hisobidan ajratilishi uchun Manzilli roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Xarid qilinishi nazarda tutilgan tovar yoki xizmat turi boʻyicha ichki bozorda takliflar mavjud boʻlmagan holda mazkur tovar (xizmatlar)ni turiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda xaridlar vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklar buyurtmachi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda tovar va xizmatlar yetkazib berilgan kundan boshlab balansga kirim qiladi hamda buxgalteriya hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Balansda saqlovchi tashkilot xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan kelgusi moliya yili uchun budjet soʻrovida tegishli mablagʻlar koʻzda tutilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Umumfoydalanishda boʻlgan resurslar bilan taʼminlash vositalari (transformator, quvurlar, uzellar va boshqa resurslarni yetkazib berishda qoʻllaniladigan vositalar)dan foydalanishda buyurtmachi tashkilot mazkur vositalarni oʻz balansiga kirim qiladi hamda tomonlar oʻrtasida kelishuv asosida tegishli ekspluatatsiya korxonalariga foydalanish uchun beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2025-yilga qadar xarid qilingan avtotransport vositalariga vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan shablon boʻyicha maxsus belgi — stikerlar joylashtiriladi. Maxsus belgilari oʻrnatilmagan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya har yili 25-yanvarga qadar mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan shaklda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan avtotransport vositalaridan foydalanishi yuzasidan hisobotni mahalliy hokimlikning rasmiy veb-sayti hamda Portal orqali jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qurilish-taʼmirlash loyihalari boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mavjud bino va inshootlarni joriy yoki kapital taʼmirlash (keyingi oʻrinlarda — taʼmirlash) hamda bino va inshootlarni qurish boʻyicha tadbirlar buyurtmachi tashkilot tomonidan “Shaffof-qurilish” axborot tizimi orqali tender tanlovlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Loyihalar uchun mablagʻlar oʻtkazib berilgan kundan boshlab qoida tariqasida besh oyda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish tadbirlari toʻliq yakunlanishi lozim. Loyihalarni toʻliq amalga oshirilishiga buyurtmachi tashkilotlar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ajratilgan mablagʻlar faqat Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va ushbu tadbirlarni bajarish uchun qoʻshimcha talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlariga sarflanishi mumkin. Bunda Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan taʼmirlash ishlari hajmining oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Taʼmirlash ishlarining haqiqiy bozor narxi Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻdan ortiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda buyurtmachi korxonaning xulosasiga asosan loyihaning amalga oshirish yakuniy qiymatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Jamgʻarma hisobidan ajratilishi uchun Manzilli roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Buyurtmachi korxona etib yagona buyurtmachi korxonalar belgilanganda ushbu korxona uchun tegishli tuman (shahar) darajasida maxsus gʻazna hisobvaraqlari ochiladi va gʻolib loyihani amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar maxsus gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yagona buyurtmachi korxona va balansda saqlovchi oʻrtasida bitim imzolanadi. Bitimda loyihani amalga oshirish qiymati, amalga oshiriladigan ishlar, qabul qilib olish muddati va boshqa texnik koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Yagona buyurtmachi korxonalar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pudratchi korxonalar bilan shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng taʼmirlangan obyekt amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjat va xulosalar bilan birga balansda saqlovchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Taʼmirlash ishlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik buyurtmachi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Balansda saqlovchilar sifatida buyurtmachi belgilanib ishlar amalga oshirilganda qurilish ishlari yakunlariga koʻra bajarilgan ishlarni belgilangan texnik mezonlarga muvofiqligi yuzasidan mutaxassislar jalb etilgan holda obyektlar qabul qilib olinishi va foydalanishga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida gʻolib deb topilgan qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirishda barcha turdagi buyurtmachi korxonalarning saqlash xarajatlari uchun toʻlovlar shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazining xulosasiga asosan aniqlangan loyiha yakuniy qiymatining uch foizidan ortmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmachi korxonalarning saqlash xarajatlari uchun toʻlovlar dastlab boʻnak sifatida 50 foiz qismi, obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng qolgan 50 foiz qismi toʻlab beriladi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Hisobdorlik va ochiqlikni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ishchi komissiya gʻolib deb topilgan loyihalar roʻyxatini hokimlikning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari fuqarolar uchun ochiqligini va ular tomonidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida Portalda loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi yuritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ishchi komissiya loyihalarni amalga oshirish xronologiyasida tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatlarda kiritilishiga va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilot nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha uchun ajratilgan mablagʻ miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta va ekspertiza hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq oʻtkazilgan tanlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi korxona toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan xarajatlar va rasmiylashtirilgan shartnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
791. Loyihalarning amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borish va monitoringini kuchaytirish maqsadida Portalda Sayyor-monitoring boʻlimi ishga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tumandagi ishchi organ har oy loyihalarni bevosita joyiga chiqqan holda doimiy tarzda nazorat qilib borish hamda pudratchilar uchun toʻlov qilishdan avval Sayyor-monitoring boʻlimi orqali obyektning joriy holatini oʻrganish va Portalda qayd etish imkoniyati yaratiladi.
(791-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ishchi komissiya har oyning yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar loyihalar bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot, video-rolik va fotolavhalarning ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ishchi komissiya tomonidan tashabbusli budjet jarayonlari ijrosi toʻgʻrisida har chorak yakunlariga koʻra keyingi oyning 25-sanasiga qadar mazkur Nizomning 6 va 7-ilovalarida keltirilgan shakllarda hisobotlar mahalliy hokimlikning rasmiy veb-sayti hamda Portal orqali jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ishchi komissiya har yili 25-yanvarga qadar oʻtgan yilda oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har yili 1-fevralga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan hisobotni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ishchi komissiya har yili 10-fevralga qadar ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan tasdiqlangan hisobotni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har chorak (yil) yakunlariga koʻra “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini baholab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Baholash tizimi “0” balldan “100” ballgacha baholanib, tuman va shaharlar tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari natijalariga koʻra “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quyidagilar baholash mezonlari sifatida qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiya tomonidan saralash bosqichi haqqoniy va sifatli oʻtkazilishini baholash — asossiz rad etilgan loyihalar hamda loyihalarni amalga oshirish imkoniyati toʻliq oʻrganilmaslik natijasida gʻolib boʻlgan loyihalarning keyinchalik rad etilishi holatlari mavjudligi (20 ballgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi darajasi — tegishli hudud boʻyicha toʻplangan ovoz sonining mavjud aholi soniga nisbati hamda mavjud mahallalar jalb etilishi darajasi (20 ballgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini baholashda — Jamgʻarmaga tuman (shahar) qoʻshimcha mablagʻlarining tegishli qismi yoʻnaltirilishi holatidan kelib chiqib (20 ballgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini baholashda — “Ochiq budjet” axborot portalida Jamoatchilik nazorati boʻlimi orqali loyiha mualliflari tomonidan bajarilgan ishlarni sifati va holatini baholash tizimi orqali (20 ballgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilar bilan tizimli ishlar tashkil etilganligi darajasi — loyihalar moliyalashtirilishidan kelib chiqib, jami ajratilgan mablagʻga nisbatan oʻzlashtirilgan mablagʻga nisbati orqali (20 ballgacha) baholab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hududlar faolligini baholashda qoʻshimcha mezonlar joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Har chorak yakunlariga koʻra mezonlarga muvofiq tuman va shaharlarning toʻplagan ballaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 balldan 100 ballgacha — “yashil hudud”,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan 71 ballgacha — “sariq hudud”,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan past boʻlganda — “qizil hudud” deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyting natijalariga koʻra tuman va shaharlar boʻyicha koʻrsatkichlari eng past hudud hokimliklarining tashabbusli budjet jarayoni ijrosi yuzasidan hisoboti yil yakunlariga koʻra Oliy Majlis Senatida eshitib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Portalda gʻolib deb topilgan loyihalar mualliflari tomonidan tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real-vaqt koʻrinishida baholab borish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Fuqarolar tomonidan loyihani amalga oshirishda boshqa koʻrinishdagi aralashuvlarga (pudratchi korxonani aniqlash yoki ishlarni ularning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shu kabilar) yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar loyihalar ijrosini kuzatib borish orqali qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar kuzatilganda shikoyat tarzida Portal orqali “Favqulodda xabar” qoldirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu xabar Portalda tegishli hudud sahifasida muammoli holat sifatida aks ettiriladi va tashabbuskor tomonidan koʻrsatib oʻtilgan vajlarga aniqlik kiritilib xabarda koʻrsatilgan holat bartaraf etilmagunga qadar Portalda nazoratdan olinmaydi.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Loyihalar amalga oshirilgandan soʻng tashabbuskorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar Portalda Jamoatchilik nazorati boʻlimi orqali “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qizil” toifaga kiritilgan loyihalar boʻyicha tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ishlar toʻliq yakunlangan loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga topshiriladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Moliya yili yakunlariga koʻra “qizil” deb baholangan loyihalar boʻyicha ishlarni amalga oshirgan pudratchilar roʻyxati shakllantirilib, Portal orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli organ tomonidan ushbu loyihalar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmagan holatlar aniqlansa, ushbu pudratchilarni “Shaffof-qurilish” tizimining Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilishi boʻyicha tegishli ushbu reyestrni yuritishga vakolatli boʻlgan organga taklif kiritiladi.
(93-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ-787-IV-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Yil yakunlariga koʻra har yili dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjet jarayonida faollik koʻrsatgan fuqarolar, mahalla raislari, ishchi organ yoki pudratchi korxonalardan bir guruhini ragʻbatlantirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ragʻbatlantiruvchilar soni hamda ularni tanlab olish mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlarga rioya etilmasligi, jumladan, loyihalarni saralab olish, buyurtmachi korxonalar tomonidan xulosalarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, loyihalarni amalga oshirish tartibi va muddatlariga rioya etmaslik, shuningdek, tegishli hujjatlarni ochiqligini taʼminlamaslik — budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Jamgʻarma mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablagʻlarning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Ishchi komissiya aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Jamgʻarma mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tadbirlari yakunlariga koʻra aniqlangan kamomad mablagʻlari toʻliq hajmda tegishli Jamgʻarmalarga qaytariladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Hududlarda takliflarni saralab olish jarayoni yuzasidan yoki tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq yuzaga kelgan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHABBUSLI BUDJET JARAYONLARINI OʻTKAZISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimliklari
1. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilash boʻyicha taklifni tasdiqlash uchun tegishli xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashiga kiritadi.
Har chorak (yil) yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qada
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
2. Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi.
Takliflar olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida
2-bosqich
Ishchi komissiya
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdori va jarayonni oʻtkazish tartibini “Ochiq budjet” axborot portali va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazadi.
Mavsumlar boshlanishidan kamida yigirma kun avval
3-bosqich
Taklif berish istagini bildiruvchilar
Mahalla yoki tuman (shahar)dagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Loyiha kiritish jarayoni boshlangan sanadan boshlab yigirma kun davomida
4-bosqich
Ishchi komissiya
Mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini oʻrgangan holda takliflarni tanlab oladi va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Taklif berish tadbirlari yakunlangan sanadan eʼtiboran yigirma kun davomida
1. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra har bir hududda eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar gʻolib deb topiladi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab saralab olinadi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra
Ishchi komissiya
2. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra Jamgʻarma mablagʻlardan moliyalashtiriladigan tadbirlar boʻyicha takliflarni tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ovoz berish jarayoni yakunlangan sanadan eʼtiboran bir hafta muddatda
7-bosqich
Ishchi komissiya
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangan takliflarni “Ochiq budjet” axborot portalida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 kun muddatda
8-bosqich
Ishchi komissiya
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot kiritadi.
Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar
9-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlaydi.
Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar
10-bosqich
Ishchi komissiya
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan tasdiqlangan hisobotni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Loyihaning qisqacha nomi
Balansda saqlovchi
Buyurtmachi korxona
Xarid tadbirlari
Qurilish-taʼmirlash tadbirlari*
1.
Avtomobil yoʻllarini (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi
x
Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati
Umumfoydalanishdagi yoʻllar
x
Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati
2.
Aholi dam olish maskanlarini taʼmirlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq tadbirlar
Barcha hollarda
Madaniyat boʻlimi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
3.
Bolalar maydonchalarini (oʻyingohlarini) barpo etish yoki taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar
Mahalla fuqarolar yigʻini
Mahalla fuqarolar yigʻini
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish shirkatlari
Hokimlik
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
4.
Boshqa taʼlim muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
5.
Drenaj va ariq (zovur)larni tartibga keltirish bilan bogʻliq tadbirlar
Irrigatsiya boʻlimi
x
“Suvqurilishinvest” DM
6.
Ichimlik suvi va oqova suv tizimini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlar
Suv taʼminoti korxonasi
x
Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi
8.
Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish yoki taʼmirlash (simyogʻoch oʻrnatish) tadbirlari
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi
9.
Qabristonlarni tartibga keltirish tadbirlari
Obodonlashtirish boshqarmasi
Obodonlashtirish boshqarmasi
Obodonlashtirish boshqarmasi
10.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
Maktabgacha maktab taʼlimi boʻlimi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
11.
Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda boʻlgan boshqa obyektlar)ni taʼmirlash-tiklash bilan bogʻliq xarajatlar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
12.
Musiqa tashkilotlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Musiqa maktablari
Musiqa maktablari
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
13.
Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish (tuman yoki shahar qiyofasini oʻzgartirish) bilan bogʻliq tadbirlar
Obodonlashtirish boshqarmasi
Obodonlashtirish boshqarmasi
Obodonlashtirish boshqarmasi
14.
Oliy oʻquv yurtlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Oliy oʻquv yurti
Oliy oʻquv yurti
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
15.
Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Tibbiyot birlashmasi
Tibbiyot birlashmasi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
16.
Sport muassasalari yoki sogʻlomlashtirish markazlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
Barcha hollarda
Sportni rivojlantirish boʻlimi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
17.
Tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq loyihalar
Tuman gaz taʼminoti
x
“Hududgaztaʼminot” AJ
18.
Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
Maktabgacha maktab taʼlimi boʻlimi
Yagona buyurtmachi xizmati korxonasi
19.
Elektr taʼminoti, transformator oʻrnatish va taʼmirlash tadbirlari
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
20.
Boshqalar
x
Tuman hokimligi
Tuman hokimligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu roʻyxatda koʻrsatib oʻtilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilarni belgilash xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-ilvoa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________ tumani (shahri) boʻyicha 20__-yil __-bosqichida gʻolib boʻlgan loyihalarni Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tadbirning xos (ID) raqami
Obyekt aniq manzili
Balansda saqlovchi korxonaning nomi
Amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar mazmuni
Amalga oshirish qiymati
Buyurtmachi tashkilot nomi
Jami
1.
2.
3.
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________ tumani (shahri) boʻyicha oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan ID ____________ loyihani amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan tovar (xizmat)lar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ming soʻm
T/r
Tovar (xizmat)lar nomi
Soni
Bozor narxi
Summasi
1.
2.
3.
4.
5.
...
Loyihani amalga oshirish jami qiymati*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻdan ortib ketishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________ tumani (shahri) boʻyicha tashabbusli budjetlashtirish natijalari yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___-yil _____________ (oy)
T/r
Koʻrsatkich nomi
Summa
(ming soʻm)
1.
Yil (chorak) boshiga qoldiq
Shundan avvalgi mavsumlarda gʻolib boʻlgan loyihalar uchun ajratilishi lozim boʻlgan, qayta taqsimlanmagan mablagʻ.
2.
Hisobot davrida “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga oʻtkazilgan mablagʻ
3.
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan
3.1.
Bajarilgan ishlar uchun hisobvaraqlardan moliyalashtirilgan mablagʻ
3.2.
Hisobvaraqlardagi qoldiq
4.
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasida qoldiq mablagʻ
T/r
Tadbirlar nomi
Moliyalashtirilgan taklif soni
Koʻrsatkichlar
oʻlchov birligi
miqdori
sarflangan mablagʻ
Jami
X
X
1.
Hududiy ichki yoʻllar
umumiy uzunligi
2.
Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash
soni
3.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash va jihozlash
soni
4.
Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash
soni
5.
Boshqa ijtimoiy soha muassasalarini taʼmirlash va jihozlash
soni
6.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash
umumiy uzunligi
7.
Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish tadbirlari
chiroqlar soni
8.
Hududlarni tartibga keltirish (obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish)
tadbir soni
9.
Boshqa tadbirlar
soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________ tumani (shahri) boʻyicha Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi hisobidan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Loyihaning xos raqami (ID)
Loyihaning qisqacha mazmuni (sohasi)
Loyihaning moliyalashtirilishi (ming soʻm)
Moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq
Tashabbuskor tomonidan kiritilgan loyihaning dastlabki qiymati
Loyihani amalga oshirishdagi aniqlangan qiymati*
Ajratilgan mablagʻ
Bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilgan mablagʻ
Qoldiq mablagʻ
Jami
1.
2.
3.
...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasiga asosan pudratchi korxonalar tomonidan taklif etilgan qiymat.